Научная статья на тему 'KONSTITUTSIYA – INSON QADRI VA ADOLAT USTUNI'

KONSTITUTSIYA – INSON QADRI VA ADOLAT USTUNI Текст научной статьи по специальности «Право»

228
40
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
Konstitutsiya / Konstitutsiyaviy islohotlar / inson qadri / inson huquqlari / adolatlilik / demokratiya

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Muhammadyusuf Eldorbek O’g’li Fahriddinov, Inagamova Mafura Muxtarxanovna

Ushbu maqolada inson huquqlarini himoya qilish mexanizmi, inson huquqlari va qadr qimmatining oliy ne‟mat ekanligi, O‟zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy islohotlarining inson qadriga ta‟siri va ayrim xorijiy mamlakatlarning konstitutsiya tizimi bilan qiyosiy-huquqiy tahlili ko‟rib chiqiladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KONSTITUTSIYA – INSON QADRI VA ADOLAT USTUNI»

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

KONSTITUTSIYA - INSON QADRI VA ADOLAT USTUNI

Muhammadyusuf Eldorbek o'g'li Fahriddinov

Toshkent davlat transport universiteti Iqtisodiyot fakulteti 2-kurs Yu-2 guruh talabasi fahri ddinovm uhammadyus uf44@gmai l .com Ilmiy rahbar: Inagamova Mafura Muxtarxanovna

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada inson huquqlarini himoya qilish mexanizmi, inson huquqlari va qadr qimmatining oliy ne'mat ekanligi, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy islohotlarining inson qadriga ta'siri va ayrim xorijiy mamlakatlarning konstitutsiya tizimi bilan qiyosiy-huquqiy tahlili ko'rib chiqiladi.

Kalit so'zlar. Konstitutsiya, Konstitutsiyaviy islohotlar, inson qadri, inson huquqlari, adolatlilik, demokratiya.

KIRISH. Inson huquqlari - har bir alohida shaxsning qadr-qimmati va erkinliklari himoya qilinishini ta'minlaydigan qoidalar majmuasidir. Ular huquqiy davlat konstitutsiyaviy huquqining negizini tashkil etib, shaxsning huquqiy maqomi asosini va asosiy huquqlarini mujassamlashtiradi.

Tarixga nazar tashlaydigan bo'lsak Xalqimiz azaldan erksevar bo'lgan, beva-bechoralar, yetim-yesirlar, nochor va nogironlarga yordam qo'lini cho'zishni insoniy burch hisoblagan. Zardushtiylik muqaddas kitobi - «Avesto»da inson huquqlarining ustuvorligi, insonlarning jamoa bo'lib yashash tarzi, ular, shuningdek davlat va jamiyat o'rtasidagi munosabatlar, jamoa hayoti bilan bog'liq masalalarni birgalikda hal etish tartibi qayd etilgan. O'sha davrlarda mehnat faoliyati, jamoalarni boshqarish saylanadigan oqsoqollar qo'lida bo'lib, jamoa hayoti bilan bog'liq barcha ishlar Oqsoqollar kengashi orqali hal etilgan. Oqsoqollar kengashining boshlig'i zimmasiga qishloqda istiqomat qiladigan jamoaning manfaatlarini himoya qilish vazifasi yuklatilgan.

"Temur tuzuklari"da esa "Saltanatning ishlarini qonun-qoida va intizomga solib, saltanatim martabasiga zebu ziynat berdim" deb ta'kilagan Sohibqiron bobomiz. Amir Temur saltanatida sipohiy qo'l ostidagi kishiga zulm o'tkazsa, u xizmat doirasidan tashqari chiqqan sanalib, sipohiyning o'zi jabrlanuvchilarga topshirilgan. Bu holda jabrlanuvchi sipohiyni xohlagancha jazolashi mumkin bo'lgan. Basharti katta va mahalliy

December 1

324

boshliqlar o'z vakolatlari doirasidan chiqib, o'zlaridan kichik darajadagi kishilarga zulm o'tkazsalar, ularga mol-mulkiga qarab jarima solish nazarda tutilgan. Shu bilan birga biror kishining aybi isbotlanganda, unga nisbatan faqat bitta jazo qo'llanilgan.

Umuman, inson huquqlari va erkinliklarining shakllanishi o'z tarixiga ega. Hozirgi davr tushunchasidagi inson huquqlari kontseptsiyasi Yevropada Uyg'onish va Reformatsiya davrlarida boshlangan deb hisoblanadi. 1215 yili Angliyada Buyuk erkinliklar xartiyasi qabul qilingan. Ushbu hujjatda soliq solish, sud ishlari, diniy huquqlar, mulk huquqi, vasiylik va boshqa masalalarni tartibga soladigan 63 modda bo'lgan. Deklaratsiyaga erkinlik, mulkchilik, xavfsizlik va kamsitishga qarshilik ko'rsatish kabi huquqlar kiritilgan. Inson huquqlari sifatida shuningdek fikr va mulohazalarni, shu jumladan, diniy masalalar bo'yicha ham erkin ifodalash huquqlari ham tan olingan. Barcha fuqarolarning qonun oldida tengligi printsipi e'lon qilingan.

Hozirda esa Davlatimizning bosh qomusi - yurtimizni demokratik yo'ldan rivojlantirishning huquqiy kafolati hisoblanadi. Inson huquqlari esa - demokratik jamiyatning umume'tirof etgan prinsiplaridan biridir. Inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan insonparvarlik g'oyalari o'tmishdagi davlatchiligimiz taraqqiyotida ham o'z aksini topganini yuqorida aytib o'tdik. Konstitutsiya -atamasining ma'nosiga e'tiborni qaratadigan bo'lsak tuzish, tuzuk, nizom, tuzilish, yaratish degan ma'nolarni anglatadi. Insoniyat tarixiy taraqqiyoti shundan xabar beradiki, qayerdaki demokratiya ildiz otsa, o'sha joyda inson huquqlari kafolatlanadi va fuqarolarning tengligi masalasi alohida qayd etiladi. Inson huquqlari insonning dunyoga kelishi bilan bog'liq.

Inson huquqlari tushunchasi bizning zaminimizda asrlar davomida yashab kelayotgan qadriyatligini hisobga olgan holda va hozirgi rivojlanib borayotgan huquq tizimida inson qadrini yuksak darajada e'zozlanishi davlatimizning yutuqlaridan biri hisoblanadi. Shuningdek Bugun xalqimiz, xalqaro hamjamiyat "Yangi O'zbekistonga - yangilangan Konstitutsiya" lozimligini e'tirof etmoqda. Zero, har qanday islohot kuchli konstitutsiyaviy-huquqiy asosga tayansagina, ko'zlangan ezgu maqsadga va ulug'vor vazifalarga, samarali natijalarga erishadi. Huquqiy soha rivoji islohotlar shiddatidan ortda qolsa - bu jamiyat va davlat inqiroziga olib kelishi mumkinligini jahon davlatlari tarixidan ham ko'rishimiz mumkin.

Ta'kidlash joizki, bugungi kunda inson qadri ulug'lanadigan Yangi O'zbekiston g'oyasi - butun xalqimizning qalbidan chuqur joy olib, uni hayotga tatbiq etish umummilliy harakatga aylanib ulgurdi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METADALOGIYA. Tadqiqot jarayonida O'zbekiston Respublikasi va rivojlangan

December 1

davlatlar Konstitutsiyasi, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Sh.Mirziyoev asarlari hamda internet manbalaridan foydalanildi. Maqolani yozish davomida asosan tarixiy, qiyosiy-huquqiy tahlil, xulosa chiqarish, analiz va sintez, mantiqiylik me'todlari keng qo'llanildi.

ASOSIY QISM. Keyingi yillarda yurtimizda inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlar bajarilishini ta'minlash bo'yicha kompleks chora-tadbirlar qabul qilindi. Fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga rioya etish va ularni himoya qilishning qonunchilik, ta'lim va institutsional asoslari yaratildi.

Insonning Konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklari rioya qilish monitoringi tizimi shakllantirildi. Inson huquqlarini himoya qilish bo'yicha xalqaro va mintaqaviy mexanizmlar, shuningdek, xalqaro inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha izchil ishlar amalga oshirildi. Hozirgi kunda olib borilayotgan davlat siyosati va qilinayotgan har bir islohot Inson qadrini yanada yaxshilanishiga xizmat qilmoqda. Shuningdek xalqimiz va xalqaro hamjamiyat "YangiO'zbekiston" deganda "Inson qadri va xalq manfaati hamma narsadan ustun", degan ezgu g'oya, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining samarali himoyasi amaliy ishlar bilan o„z tasdig'ini topayotgan, demokratik va adolatli qonunlar amal qilayotgan, yuksak ma'naviy-huquqiy madaniyatga ega fuqarolar mamlakatini ko„z oldiga keltiradi. Zero, xalqaro huquqda ham inson huquqlari va erkinligini ta'minlash - inson qadr-qimmatini ro'yobga chiqarishning huquqiy asosi ekanligi tan olingan.

Demokratik, huquqiy davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish yo'lini tanlagan O'zbekiston inson huquqlari va manfaatlarini jamiyatni rivojlantirish va davlat qurilishining, butun ichki va tashqi siyosatining eng ustivor yo'nalishi etib belgiladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning "Yangi O'zbekiston strategiyasi" kitobida "Inson, uning haq - huquqlari va baxt saodati davlat siyosati, barcha davlat organlari faoliyatining eng ustivor maqsadi bo'lishi lozim. Jamiyat qurilishi va davlat siyosati ana shu g'oyaga tayanishi hamda "Davlat - inson uchun" tamoyili asosida tashkil etilishi darkor" deb ta'kidlangan. mazkur tamoyilga amal qilish esa, inson huquqlari va manfaatlarini davlat siyosati va islohotlarning asosiy mezoniga aylantirish lozimligidan dalolat beradi

Yangi qabul qilinayotgan qonun loyihasida bevosita inson huquqlarini, uning sha'ni va qadr qimmatini himoya qiluvchi normalar qo'shilganini alohida ta'kidlash kerak. Masalan yangi tahrirdagi 13 va 14-moddalarda inson hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi va bularni himoya qilish

December 1

davlatning majburiyati ekanligi bayon etilgan. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi" deb to'ldirish taklif qilinayotganligi ham yurtimizda inson huquqlari, sha'ni va qadr-qimmatiga e'tibor berilayotganligidan dalolat berib turibdi.

Shuningdek Insonning davlat organlari bilan o'zaro munosabatlarida qonunchilikda yuzaga keladigan, bartaraf etib bo'lmaydigan barcha qarama-qarshiliklar va noaniqliklar inson foydasiga talqin qilinishi aytib o'tilgan. Bunga mos ravishda 14-moddada davlat o„z faoliyatini inson farovonligini hamda jamiyatning barqaror rivojlanishini ko'zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi.

Jinoyat qonunchiligining bir qancha normalari konstitutsiyada o'z aksini topdi ya'ni Miranda qoidasi ham jinoyat protsessi uchun asos sifatida qabul qilindi. Bir qancha rivojlangan davlatlar Konstitutsiyalarini chuqur tahlil qilgan holda qabul qilinayotgan normalar orqali inson huquqlari va manfaatlari mustahkamlanmoqda. Shuningdek "O'zbekiston Respubikasi konstitutsiyasiga o'zgartirish va qo'shimchlalar kiritish to'g'risida"gi qonun loyihasi umuxalq muhokamasiga qo'yildi. Ushbu umumxalq muhokamasi davomida 150 mingdan ortiq takliflar kelib tushdi va bu takliflar bir qancha mezonlar yuzasidan tahlil qilindi bular:

1.Takliflarning xalqchilligi, aholi uchun ortiqcha byurokratiya keltirib chiqarmasligi;

2.Taklifning Konstitutsiyaning boshqa normalariga, olib borilayotgan davlat siyosatiga, belgilangan strategiyaga hamda xalqaro huquq normalariga zid kelmasligi;

3. Takliflarning amalga oshirilishi o'zbek davlatchiligining tarixiy taraqqiyotiga, buyuk ajdodlarimizning madaniy merosiga va milliy qadriyatlarimizga putur yetmasligi;

4. Takliflarning dolzarbligi, uning shaxsiy ehtiyojdan kelib chiqib emas, balki ko'pchilikning maanfatlaridan kelib chiqib berilgan va boshqa me'zonlar asosida tahlil qilindi.

Bu umumxalq muhokamasi shuni anglatadiki O'zbekitson demokratiya borasida yana bir qadam olg'a siljishga erishdi buni esa bir qancha xalqaro tashkilotlarning vakillari qayd etmoqda. Misol tariqasida BMTning O'zbekistondagi vakili Roli Astxana quyidagi fikrlarni bildirdi "O'zbekiston ohirgi yillarda huquqiy islohotlarni amalga oshirishda katta qadamalar qo'ydi va ulkan ishlarni amalga oshirdi. Ayniqsa inson huquqlarini himoya qilish va ijtimoiy-siyosiy sohalar bo'yicha qabul qilinayotgan normalar alohida e'tirofga sazovor. BMT bu sa'y-harkatlarni qo'llab-quwatlaydi.

December 1

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati

Umid qilamizki islohotlar inklyuziv bo'ladi va hamma qatlamlar ishtirok etadi" Yurtimizda bo'layotgan islohotlarni bevosita kuzatib turgan xalqaro ekspertlarning ham fikrlari ijobiy ekanligini ko'rishimiz mumkin.

XULOSA. Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki inson va uning huquqlari qadriyati deb tan olgan yurtimizda inson huquqlarini xalqaro andozalariga mos ravishda amalga oshirilayotganda, inson huquqlari va qadr qimmati oliy ne'mat ekanligini tushunib etishimiz maqsadga muvofiqdir. Mamlakatimizda inson huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida barcha huquqiy asoslar yaratilgan va kafolatlangan hamda amalga oshirilayotgan islohotlarning barchasi inson huquq va manfaatlarini ta'minlash, ularni himoyalash kabi oliyjanob maqsadlarga xizmat qilmoqda. Bu esa inson huquqlari sohasida salmoqli yutuqlarni qo'lga kiritganligidan dalolat beradi.

Shuni ta'kidlash kerakki Inson huquqlari rivojlanishi uzluksiz davom etuvchi va takomillashib boruvchi jarayon hisoblanadi. Shunga ko'ra, inson huquqlariga oid norma va qoidalarni har bir shaxs qalbi va ongiga singdirishi, o'z fuqarolik pozitsiyasiga ega bo'lishi va o'z navbatida, milliy o'zlikni anglashga hamda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati shakllantirilishiga o'z hissasini qo'shmog'i lozim.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, T. 2020.

2. Sh.Mirziyoyev "Yangi O'zbekiston: demokratik o'zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda" Toshkent-2021.

3. Muminov Abdulxay Rashidovich, Tillabaev Mirzatillo Alisherovich Inson huquqlari: darslik /Muminov A.R., Tillabaev M.A. Mas'ul muharrir A.X. Saidov. - 2-nashr. -T.: "Adolat" nashriyoti, 2013. - 402 bet.

4. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi

5. http://www.lex.uz

6. https : //pravacheloveka.uz/oz/news/human-ri ghts-are-the-highest-value

7. Дaдaшевa, A. A. (2022). ДAВЛAТ XM3MATMHM ИСЛО^ ^ИЛИШ ШAРОИТИДA ^ОКИМЛЛР ФAОЛИЯТИ УСТИДЛН ЖAМОAТЧИЛИК НAЗОРAТИНИ AМAЛГA ОШИРИШНИНГ ACOC™ ЙУНДЛИШЛДРИ. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 1), 117-122.

8. ^araMoBa, М. М. (2022). ЯНГИ УЗБЕКИСТОННИНГ ТЛРЛ^КИЁТ СТРAТЕГИЯДA ^ОНУН УСТУВОРЛИГИНИ

December 1

328

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati

ТАЪМИНЛАШ ВА МАДАЛЛА ИНСТИТУТИ ФАОЛИЯТИНИНГ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШНИНГ ТАШКИЛИЙ-ХЖУ^ИЙ МАСАЛАЛАРИ (ТАХЛИЛИЙ-СТАТИСТИК МАЪЛУМОТЛАР

АСОСИДА). Academic research in educational sciences, 3(10), 315-321.

9. Dadasheva, A. A. (2022). PUBLIC OPINION AND GOVERNMENT EVALUATION IN NEW UZBEKISTAN. The American Journal of Interdisciplinary Innovations Research, 4(01), 16-19.

10. Дадашева, А. А. (2020). МАХДЛЛИЙ ИЖРО ХОКИМИЯТИ ФАОЛИЯТИ УСТИДАН ЖАМОАТЧИЛИК НАЗОРАТИНИ НАТИЖАДОРЛИГИНИ ОШИРИШНИНГ ИЛМИЙ-НАЗАРИЙ ЕЧИМЛАРИ. ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ, (SPECIAL 2-2).

11. Abdumannapovna, M. D., & Juraevna, N. N. (2022). THE ROLE OF SOCIAL INSTITUTIONS IN THE DEVELOPMENT OF YOUNG PEOPLE. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10 (6), 67-70.

12. Дадашева, А. А. (2022). УЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ-КОНСТИТУЦИЯВИЙ ИСЛОХОТЛАР ДАВР ТАЛАБИ. Academic research in educational sciences, 3(10), 288-291.

December 1

329

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.