O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA INSON HUQUQLARINI HIMOYA QILISH XUSUSIDA AYRIM MULOHAZALAR Topildiyev V.R.
Ozbekiston Milliy universiteti Yu.,f.,d.,professor Sharapova Malika Dilshod qizi
Ozbekiston Milliy universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti 2-kurs talabasi https://doi.org/ 10.5281/zenodo.6809308
Annotatsiya. Ushbu maqolada inson huquqlarini himoya qilish mexanizmi, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson huquqlarini himoya qilish shart sharoitlari, inson huquqlari va qadr qimmatining oliy ж 'mat ekanligi, inson huquqlarini himoya qilishda mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlar batafsil bayon etilgan.
Kalit so^zlar: huquq, inson huquqlari, huquqiy shakl, huquqiy shaklning turlari.
НЕКОТОРЫЕ ЗАМЕЧАНИЯ ПО ЗАЩИТЕ ПРАВ ЧЕЛОВЕКА В РЕСПУБЛИКЕ
УЗБЕКИСТАН
Аннотация. В данной статье подробно описан механизм защиты прав человека, условия защиты прав человека в Конституции Республики Узбекистан, верховенство прав и достоинства человека, осуществляемые в нашей стране реформы по защите прав человека.
Ключевые слова: право, права человека, правовая форма, виды правовой формы. SOME COMMENTS ON PROTECTION OF HUMAN RIGHTS IN THE REPUBLIC OF
UZBEKISTAN
Abstract. This article describes in detail the mechanism ofprotection of human rights, the conditions for the protection of human rights in the Constitution of the Republic of Uzbekistan, the high merit of human rights and dignity, the reforms carried out in our country in the protection of human rights.
Keywords: Law, Human Rights, Legal Form, types of legal form.
KIRISH
Inson jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida davlat qonunlarida mustahkamlangan o'z huquqi, erkinligi va burchlarini amalga oshirishi bilan qatnashadi. Jamiyat va davlat insonning huquqi va erkinligi, uning shani va qadr qimmatini oliy qadriyat sifatida e'tirof etadi. Bu bosh qomusimizning 13-moddasida o'z aksini topgan. Unga ko'ra: O'zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, unga ko'ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Konstitutsiya inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlanishini birinchi o'ringa qo'yadi, shaxsning ma'muriy buyruqbozlik tizimining bir muruvvati, belgilangan maqsadga erishishning oddiygina bir vositasi deb hisoblamaydi.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
"Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklar har bir shaxsga va O'zbekistonning har bir fuqarosi uchun taalluqlidir. Asosiy huquq, erkinlik va burchlarning o'ziga xos xususiyati shundaki, ular hech bir istisnosiz har bir kishi yoki har bir fuqaro uchun teng va birdir. Davlat u yoki bu asosiy huquqni tan olishida ularni hamma tomonidan amalga oshirish imkoniyatining huquqiy zaminini yaratadi. "
Konstitutsiyamizning shaxs yoki fuqaroning huquq va erkinliklari haqidagi bobi aniq huquq va erkinliklarga bag'ishlangan bo'lib, undagi moddalar mantiqiy tizimni tashkil etadi. Bular huquq va erkinliklarning, shaxs va fuqarolar turmush darajalarining o'ziga xos xususiyatlarini ifoda etadi. Mana shu belgilarga asoslanib konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarni uch guruhga: a)shaxsiy; b) siyosiy; d) ijtimoiy- iqtisodiy huquqlarga bo'lish mumkin.
Shaxsiy huquq va erkinliklar inson erkinligining asosiy jabhalarini qamrab oladi, kishining jamiyatdagi turmushi, yashash va faoliyat ko'rsatish asoslarini ifodalaydi, uning shaxsiy hayotini, xususiy erkinliklarini turli xildagi aralashuvlardan himoya qiladi.
Inson hayoti qonun tomonidan qo'riqlanadigan oliy ijtimoiy ahamiyatga molik qadriyatdir. Har bir shaxs yashash huquqiga ega bo'lib, hech kim uni o'zboshimchalik bilan mahrum etish mumkin emas. Bosh qomusimizning 24-moddasida ham bu o'z qonuniy tasdig'ini topgan. " Yashash huquqi har bir insonnng uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og'ir jinoyatdir ".
Insonning jamiyatda tutgan o'rni uning shaxsiy huquq va erkinlilar bilan birga, uning siyosiy huquqlaridan foydalanish imkoniyatlari bilan ham belgilanadi. Siyosiy huquqlar har bir shaxsning jamiyatning siyosiy hayoti va munosabatlarida qanday ishtirok qilishini belgilab beradi. Har bir voyaga yetgan to'liq muomala layoqatiga ega bo'lgan "O'zbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga ega " - deya bosh qomusimizda ta'kidlab o'tilgan. Har bir shaxs o'zining siyosiy tashkilotlar yoki jamoat birlashmalariga a'zo bo'lish huquqidan qanchalik samarali foydalansa, bu uning siyosiy jihatdan yetuk bo'lishida muhim ahamiyatga ega. Insonning siyosiy tashkilotlar va jamoat birlashmalaridagi faol ishtiroki uning o'zligini anglash va himoya qilish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Siyosiy huquqlarda insonning ijtimoiy tengligi o'z aksini topadi. Barcha fuqarolarning siyosiy huquqlardan samarali foydalanish imkoniyatlari bunday tenglikning amaliy ifodasidir. Iqtisodiy huquq o'z mohiyatiga ko'ra muayyan ijtimoiy boylikka nisbatan huquqqa ega bo'lishdir. Bunday ijtimoiy boyliklar turli xilda bo'lib, ular fuqarolarning siyosiy, moddiy va ma'naviy ehtiyojlarining qondirilishini ko'zda tutadi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasiga muvofiq, " Har kim bilim olish huquqiga ega. Davlat bepul umumiy ta'lim olishni kafolatlaydi. Maktab ishlari davlat nazoratida."
Talim inson shaxsining to'la rivojlanishiga va uning hurmatini joyiga qo'yishga qaratilishi, har kim jamiyatning foyda keltiruvchi erkin ishtirokchisi bo'lishiga imkon yaratib berishi, barcha xalqlar, irqlar, etnik va diniy guruhlar o'rtasida do'stlik va hurmatini qaror toptirishga ko'maklashishi zarur. Ta'lim to'g'risidagi qonunning 4-moddasiga muvofiq har kimning kelib chiqishi, jinsi, tili, yoshi, irqi, milliy mansubligidan, e'tiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy ahvoli, mashg'ulotlar turi, respublika hududida qancha vaqt yashayotganidan qatiy nazar, har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlanadi" .
Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq O'zbekiston o'z taraqqiyot yoTini faollashtirdi, bu davr Vatanni erkin, kuchli va ravnaq topayotgan diyorga aylantirishga intilish davri boTdi. Jahon hamjamiyatiga kirish, davlatlararo kop qirrali aloqalarning eng maqbul yoTlari izlandi. Bularning barchasi jamiyatning yangilanishi O'zbekistonga xos yo'lni keltirib chiqardi. Bu yo'l ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga jahon tajribasini, shuningdek, xalqimizning turmush tarzini, an'analarini, urf-odatlarini har tomonlama hisobga olishga asoslangan, konstitutsion asosga ega bo'lgan respublika aholisining manfaatlariga to'la mos tushadigan
2G22 № 3
taraqqiyot jarayonidir. O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning tub maqsadi insonga munosib turmush sharoitini yaratishdan hamda inson huquqlarini himoya qilishdan iborat.
TADQIQOT NATIJALARI
Davlatimizning asosiy qonuni - mamlakatni demokratik yo'ldan rivojlantirishning huquqiy kafolati hisoblanadi. Inson huquqlari esa - demokratik jamiyatning umume'tirof etgan tamoyillaridan biridir. Inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan insonparvarlik g'oyalari o'tmishdagi davlatchiligimiz taraqqiyotida ham o'z aksini topgan. Konstitutsiya - atamasining ma'nosiga e'tiborni qaratadigan bo'lsak, tuzish, tuzuk, nizom, tuzilish, yaratish degan ma'nolarni anglatadi. Insoniyat tarixiy taraqqiyoti shundan dalolat beradiki, qayerda demokratiya ildiz otsa, o'sha joyda inson huquqlari kafolatlanadi va fuqarolarning tengligi masalasi alohida qayd etiladi. Inson huquqlari insonning dunyoga kelishi bilan bog'liq. Inson huquqlari degan tushuncha bizning zaminimizda asrlar davomida yashab kelayotgan qadriyatdir. Qadimgi So'g'diyona va Xorazm davlatchiligidan tortib Somoniylar, Xorazmshohlar, Temur va temuriylar davlatida inson huquqlari yuksak darajada e'zozlangan. Bunga birgina "Temur tuzuklari" ning o'zigina yaqqol misol bola oladi.
Demokratiya va hokimiyatning ajratilishi, qonun va Konstitutsiyaning ustuvorligi prinsiplari asosida qurilayotgan mutlaqo yangi davlat mexanizmi shakllanmoqda. Demokratik davlatda inson huquq va erkinliklari ishonchli himoya qilinadi, uning munosib hayot kechirishi uchun davlat tomonidan ko'mak beriladi. Aynan shunday rivojlanish O'zbekistonning munosib turmush kechirishini ta'minlashga kafolat bo'ladi, milliy an'analar va madaniyatning yuksalishini ma'naviy-ahloqiy qadriyatlarning tiklanishini ta'minlaydi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 1948yil 10-dekabrda qabul qilingan "Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi" ning 3-moddasida ham har bir inson yashash, erkin bo'lish va shaxsiy daxlsizlik huquqlariga ega ekanligi qayd etib o'tilgan" .
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan keyin qo'shilgan birinchi xalqaro - huquqiy hujjat hisoblanadi. Demokratik, huquqiy davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish yo'lini tanlagan O'zbekiston inson huquqlari va manfaatlarini jamiyatni rivojlantirish va davlat qurilishining, butun ichki va tashqi siyosatining eng ustuvor yo'nalishi etib belgiladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning "Yangi O'zbekiston strategiyasi" kitobida "Inson, uning haq - huquqlari va baxt saodati davlat siyosati, barcha davlat organlari faoliyatining eng ustuvor maqsadi bo'lishi lozim. Jamiyat qurilishi va davlat siyosati ana shu g'oyaga tayanishi hamda "Davlat - inson uchun" tamoyili asosida tashkil etilishi darkor" deb ta'kidlangan. Mazkur tamoyilga amal qilish esa, inson huquqlari va manfaatlarini davlat siyosati va islohotlarning asosiy mezoniga aylantirish lozimligidan dalolat beradi.
Barchamizga ma'lumki, joriy yil Vatanimiz mustaqilligining 30 yilligi nishonlanishi bilan o'ziga xos ahamiyat kasb etmoqda. O'tgan davr mobaynida xalqimiz hayotida ro'y bergan o'zgarishlar, iqtisodiyotimizning rivojlanishi, ijtimoiy - iqtisodiy sohadagi yutuqlar, demokratik islohotlarning natijalarini sarhisob qiladigan bo'lsak, bu borada amalga oshirilgan keng ko'lamli ishlarning mohiyatida inson huquq va manfaatlarini ta'minlashdek ezgu maqsad mujassam ekaniga yana bir bor ishonch hosil qilamiz. Aholining huquqiy madaniyati, inson huquq va erkinliklarining himoyalanganlik darajasi, davlat mexanizmi ijro etuvchi tizimining barcha darajalarida, shu jumladan, davlatga bevosita va bilvosita bog'liq bo'lgan tashkilotlar va
muassasalarda rahbarlik va boshqaruvning shakllangan uslubi, qarorlar qabul qilinishida fuqarolarning ishtiroki darajasi, ma'naviy sohaning rivojlanganligi va boshqalar huquqiy davlat rivojlanishining mana shunday omillari hisoblanadi.
MUHOKAMA
Huquq - bu insonning tabiiy ehtiyojlariga, uning qadriyatlari tizimiga yoyiladigan va boshqa insonning huquqlariga shikast yetkazmaydigan qoidalar bilan cheklanadigan erkinlikdir. Davlat tomonidan amalga oshiriladigan qonun huquqning rasmiy va tizimli aks ettirilishi hisoblanadi. Aholining huquqiy madaniyatini rivojlantirish uchun huquqiy munosabatlar amaliyoti vositasida barcha zarur shart - sharoitlar yaratildi. Inson huquqlari bo'yicha milliy markaz, Ombudsman instituti, parlamentning tegishli komissiyasi tuzilgan. Hozirgi vaqtda O'zbekiston inson huquqlari bo'yicha 80 dan ortiq xalqaro hujjatga, jumladan, BMTning 7 ta asosiy shartnomasi hamda 4 ta fakultativ protokoliga qo'shilgan. Insonning asosiy huquq va erkinliklarini ta'minlash O'zbekistondagi islohotlarda g'oyat muhim o'rinda turadi. Islohotlar aholining barcha qatlamlari manfaatlariga ijobiy ta'sir korsatmoqda.
Inson hayoti va sog'ligi oliy qadriyat sanalganligi bois, har bir shaxsning yashash huquqlarini ta'minlash va himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan hisoblanadi. Zero, insonning sog'ligi va yashashga bo'lgan huquqlari, ya'ni hayoti bu dunyoda boshqa hech narsa bilan qiyoslab bo'lmaydigan bebaho ne'matdir. Inson omilisiz shaxs, jamiyat va davlat, shuningdek, millatlar va mamlakatlar o'rtasidagi huquqiy munosabatlarni tasavvur etish mumkin emas. O'zbekiston mustaqilligini qo lga kiritgach, mamlakatda sud huquq tizimi tubdan isloh qilinishi lozim bo'lgan sohalardan biri sifatida e'tirof etildi. Ushbu masala ma'muriy-buyruqbozlik boshqaruv tizimidan voz kechilib, rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish jarayonida yanada dolzarblik kasb etdi. Qonun ustuvorligini mustahkamlash, shaxs, jamiyat va davlat huquq va manfaatlari muhofazasini kuchaytirish, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish borasida bosqichma-bosqich islohotlar amalga oshirila boshlandi. Buning natijasida ijtimoiy munosabatlarni yanada rivojlantirish, demokratik o'zgarishlarni chuqurlashtirish, umuminsoniy qadriyatlarni himoya qilishning kafolatlarini kuchaytirish, eng avvalo shaxs, uning hayoti, ozodligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa uzviy huquqlarini muhofaza qilish uchun sharoit yaratildi. O'zbekistonda xalqaro huquqning umume'tirof etilgan prinsip va normalari ustunligi konstitutsiyaviy asosda e'tirof etiladi. Bugungi kunda mamlakatimiz inson huquqlari bo'yicha 70 dan ziyod xalqaro hujjatlar, xususan, BMT tomonidan inson huquqlari bo'yicha qabul qilingan 10 ta majburiy xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilib, o'zining xalqaro majburiyatlarini muntazam ravishda bajarib kelmoqda. Inson huquqlarini himoya qilish bo'yicha milliy institutlar faoliyatini qo'llab-quvvatlash to'g'risida qabul qilingan me'yoriy hujjatlar, xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish maqsadlarida milliy institutlarning qonunchilik asoslarini takomillashtirish O'zbekistonning demokratik o'zgarishlarga sodiqligini yana bir karra namoyish qilmoqda. XULOSA
Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki, inson va uning huquqlari qadriyati deb tan olgan yurtimizda inson huquqlarini xalqaro andozalariga mos ravishda amalga oshirilayotganda, inson huquqlari va qadr qimmati oliy ne'mat ekanligini tushunib y etishimiz maqsadga muvofiqdir. Mamlakatimizda inson huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida barcha huquqiy asoslar yaratilgan va kafolatlangan hamda amalga oshirilayotgan islohotlarning barchasi inson huquq va manfaatlarini ta'minlash, ularni himoyalash kabi oliyjanob maqsadlarga xizmat
qilmoqda. Bu esa inson huquqlari sohasida salmoqli yutuqlarni qolga kiritganligidan dalolat beradi. Ayni paytda mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarining huquqiy asoslari yaratilishi va uning amalda qo'llanishi hamda kafolatlanishini kuzatuvchi mexanizmlardan yuqorida tilga olib o'tilgan institutlar bilan bir qatorda Oliy sud huzuridagi sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta'minlash bo'yicha tadqiqot markazi va Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, inson huquqlari bo'yicha bo'linmalar va boshqarmalar samarali faoliyat yuritmoqda. Bir so'z bilan aytganda, O'zbekistonning demokratik o'zgarishlarga sodiqligini namoyish qilish, yurtimizda kechayotgan ulkan o'zgarishlar va yangilanishlar davrida avvalo inson huquqlarini himoya qilish va rag'batlantirish birlamchi vazifalardan sanaladi. Bunda jamiyatimizda mavjud milliy institutlar ichida inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazining o'rni beqiyosdir.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T. O'zbekiston. 2016-y. 7-b
2. H.B.Boboyev. Inson huquqlari . T. O'zbekiston. 2017-y. 103-b.
3. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T. O'zbekiston. 2016-y. 11-b
4. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T. O'zbekiston. 2016-y. 13-b
5. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T. O'zbekiston. 2016-y. 16-b
6. Ta'lim to'g'risidagi qonun ORQ-637-son 23.09.2020.
7. "Temur tuzuklari" Amir Temurning harbiy va siyosiy faoliyatidan malumot beruvchi tarixiy asar. XXVI asr.
8. BMT "Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi" 10.12.1948., O'zbekiston Respublikasi tomonidan 30.09.1991 yilda ratifikatsiya qilingan.
9. "Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari" 2022 — 2026 yillar.
10. Do'smatov D., qizi Shodiyeva G. N. O 'ZBEK TILSHUNOSLIGIDA SO 'ZLARNI TURKUMLARGA AJRATISH TAMOYILLARI //INTERNATIONAL CONFERENCES ON LEARNING AND TEACHING. - 2022. - Т. 1. - №. 8. - С. 770-774.
11. Najmiddinovna R. Z. et al. INNOVATIVE APPROACHES IN FOREIGN LANGUAGE TEACHING //INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429. - 2022. - Т. 11. - №. 05. - С. 19-21.
12. Shodiyeva G. N. Q. MATN GRAMMATIKASINING ASOSIY MUAMMOLARI //Academic research in educational sciences. - 2022. - Т. 3. - №. NUU Conference 2. - С. 1173-1176.
13. Kizi S. G. N., Tolibovna S. A. Semantic features and new methods of non-standard English //Ta'lim fidoyilari. - 2022. - Т. 24. - №. 17. - С. 2-272.
14. Komilova N. A. COMPARATIVE ANALYSIS OF LEXICAL VERBALIZERS OF THE CONCEPT "GENDER" IN UZBEK AND ENGLISH LANGUAGES //International Scientific and Current Research Conferences. - 2022. - С. 103-106.
15. Komilova N. A. Comparative Analysis of "Gender" Concept and Issues of Gender Field in English and Uzbek Languages.
16. Abdilkadimovna K. N. Comparative And Linguocultural Analysis Of The Concept" Gender" In Uzbek And English Languages //The American Journal of Social Science and Education Innovations. - 2021. - Т. 3. - №. 06. - С. 112-117.
17. Мирзaax,мeдович Х. F., Комиловa Н. А. ИНГЛИЗ ВА УЗБЕК ТИЛЛАРИДА ГЕНДЕР КОНЦЕПТУАЛ СЕМАНТИКАСИ ВЕРБАЛИЗАТОРЛАРИ НОМИНАТИВ ТУРЛАРИНИНГ ЛИНГВОКУЛЬТУРОЛОГИК ХУСУСИЯТЛАРИ //МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА. - 2021. - Т. 4. - №. 6.
18. Shodieva G. N. Q., Rakhmonova M. A. Q. INFORMATION PERIOD CHANGE OF PEOPLE'S OUTLOOK, NEGATIVE AND POSITIVE IMPACT OF THE INTERNET //Scientific progress. - 2021. - Т. 2. - №. 8. - С. 563-566.