Научная статья на тему 'JAMIYATNING YANGILANISHI SHAROITIDA INSONLARNING KONSTITUTSIYAVIY HUQUQLARINI TA’MINLASHNING DOLZARB MASALALARI'

JAMIYATNING YANGILANISHI SHAROITIDA INSONLARNING KONSTITUTSIYAVIY HUQUQLARINI TA’MINLASHNING DOLZARB MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
265
46
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jamiyat / yangilanish sharoiti / inson / konstitutsiyaviy huquqlar / dolzarb masalalar / erkinliklar.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Sardor To‘xtayev, Farruh Muzaffarovich Tashev

Mustaqil demokratik yo'ldan dadil odimlayotgan O'zbekistonning eng ulug' maqsadi, avvalo, xalqimiz manfaatlari ko'zlangan islohotlarni amalga oshirishga qaratilgani bilan e'tiborlidir. Bu jihatlar Konstitutsiyamizda ham mustahkamlab qo'yilgan. Jumladan, Bosh Qomusimizning II bob 13-moddasida “O'zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko'ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va Qonunlar bilan himoya qilinadi” deyilgan. Ushbu maqolada, jamiyatning yangilanishi sharoitida insonlarning konstitutsiyaviy huquqlarini ta'minlashning dolzarb masalalari haqida fikr va mulohazalar yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «JAMIYATNING YANGILANISHI SHAROITIDA INSONLARNING KONSTITUTSIYAVIY HUQUQLARINI TA’MINLASHNING DOLZARB MASALALARI»

JAMIYATNING YANGILANISHI SHAROITIDA INSONLARNING KONSTITUTSIYAVIY HUQUQLARINI TA'MINLASHNING DOLZARB

MASALALARI

Sardor To'xtayev

Jahon iqtisodiyot va diplomatiya universiteti Xalqaro huquq fakulteti,1-kurs talabasi

Farruh Muzaffarovich Tashev

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti "Huquq nazariyasi va davlat boshqaruvi"

kafedrasi katta o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Mustaqil demokratik yo'ldan dadil odimlayotgan O'zbekistonning eng ulug' maqsadi, avvalo, xalqimiz manfaatlari ko'zlangan islohotlarni amalga oshirishga qaratilgani bilan e'tiborlidir. Bu jihatlar Konstitutsiyamizda ham mustahkamlab qo'yilgan. Jumladan, Bosh Qomusimizning II bob 13-moddasida "O'zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko'ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va Qonunlar bilan himoya qilinadi" deyilgan. Ushbu maqolada, jamiyatning yangilanishi sharoitida insonlarning konstitutsiyaviy huquqlarini ta'minlashning dolzarb masalalari haqida fikr va mulohazalar yuritiladi.

Kalit so'zlar: jamiyat, yangilanish sharoiti, inson, konstitutsiyaviy huquqlar, dolzarb masalalar, erkinliklar.

KIRISH

Yurtimizda inson huquq va erkinligini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga hamohang tarzda faoliyat yuritayotgan Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi ham shu kabi ezgu ishlarni amalga oshirishga yordam bermoqda. O'tgan davr mobaynida mazkur Markaz o'z oldidagi o'ta dolzarb sanalgan milliy harakat rejasini tuzish, Konstitutsiyamiz, qonunlar va inson huquqlari sohasidagi umume'tirof etilgan xalqaro huquq me'yorlari qoidalarini amalga oshirish strategiyasini ishlab chiqish, inson huquqlari sohasida O'zbekiston Respublikasining xalqaro va milliy tashkilotlar bilan hamkorligini rivojlantirish, mamlakatimizda inson huquqlariga rioya etilishi va bu huquqlarning muhofaza qilinishi yuzasidan milliy ma'ruzalar tayyorlash, davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga, shuningdek, inson huquqlari bo'yicha jamoat birlashmalariga maslahatlar berish, inson huquqlarini rag'batlantirish va muhofaza

qilishning turli jihatlari yuzasidan tadqiqotlar o'tkazish kabi vazifalarni muvaffaqiyatli ado etib kelmoqda. [1]

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Konstitutsiyaviy huquq - asosiy ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yig'indisi, huquq tizimining yetakchi sohasi. Konstitutsiyaviy huquq normalari davlatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va hududiy tuzilishi, uning fuqarolik jamiyati institutlari bilan munosabatlari tartibini, fuqaro va shaxs huquq hamda erkinliklaribh amalga oshirilishining asosiy tamoyillarini, davlat hokimiyati organlari tizimini belgilaydi. Bir qancha mamlakatlarda (jumladan, O'zRda ham) ushbu huquq sohasini belgilash uchun davlat huquqi tushunchasi qo'llanadi.

Konstitutsiyaviy huquqning asosiy tamoyillari: boshqaruvning respublika shakli, inson va fuqarolar huquq hamda erkinliklarining ustunligi, hokimiyatlarning bo'linishi. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy huquqi O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumi asoslarini; inson va fuqarolarning asosiy huquq hamda erkinliklari, ularning kafolatlarini; ma'muriy-hududiy va davlat tuzilishini; saylov tizimini; hokimiyat tizimi va davlat organlari tizimini tashqil etish hamda faoliyatining asosiy tamoyillarini; fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish asoslarini mustahkamlaydi. Konstitutsiyaviy huquq manbalari: Konstitutsiya, konstitutsiyaviy qonunlar, xalqaro huquq normalari, Oliy vakillik, ijro etuvchi hokimiyat, mahalliy vakillik va konstitutsiyaviy sud hujjatlari hisoblanadi. [2]

O'zbekistonda qisqa tarixiy muddat ichida milliy davlatchilikni shakllantirishning huquqiy asoslari yaratildi. Mamlakatimiz barcha rivojlangan huquqiy davlatlardagi kabi uch hokimiyatga, ya'ni qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga taqsimlandi. Xalq farovonligi yo'lida kuchli huquqiy davlatdan fuqarolik jamiyati sari ildam qadam qo'yish maqsadida erkin bozor munosabatlariga asoslangan kuchli iqtisodiyot barpo etildi. Shu tariqa, yurtimiz xalqaro huquqning to'laqonli va teng huquqli sub'ektiga aylandi.

Inson huquqlari va erkinliklarini muhofaza qilishning ta'sirli vositasini barpo etish, xalqaro tashkilotlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikni kengaytirish, davlat muassasalari xodimlari va aholining inson huquqlari bo'yicha madaniyatini oshirish maqsadida BMTning Inson huquqlari va boshqaruv tizimini demokratiyalashni qo'llab-quvvatlash dasturiga muvofiqdir.

Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi davlatga qarashli idoralararo tahlil, tushuntirish va muvofiqlashtirish organi hisoblanadi. Ya'ni, mazkur organ inson huquqlari sohasida davlat boshqaruv organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, inson huquqlari sohasidagi ishlar milliy rejasini ishlab chiqadi, O'zbekistonning inson huquqlari bo'yicha milliy ma'ruzalarini tayyorlaydi, davlat xizmatchilari uchun esa inson huquqlari muhofazasi sohasida axborot bazasini yaratadi, ularni o'qitadi, maslahatlar beradi, tashviqot

ishlarini olib boradi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, Markazning asosiy maqsadi bu ustuvor vazifalarni har tomonlama hal etish yo'li bilan Inson huquqlari sohasidagi Milliy faoliyat dasturini, huquq va erkinliklarni himoya etishning ko'p jihatli tizimini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etishdan iborat.

MUHOKAMA

Shu o'rinda, Milliy markazning xalqaro hamkorligiga ham to'xtalib o'tish joiz. Xususan, BMTning O'zbekistondagi Taraqqiyot Dasturi, YXHTning O'zbekistondagi Loyihalar Koordinatori, Xalqaro mehnat tashkiloti, O'zbekistondagi Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi, YuNESKO, YuNISEF, Xorijiy mamlakatlarning mamlakatimizdagi elchixonalari, qator xalqaro jamg'armalarning vakolatxonalari bilan samarali hamkorlik o'rnatilgan. Xalqaro sheriklar bilan hamkorlikda respublikamizda inson huquq va erkinliklarini yanada mustahkamlash, himoya qilish va rag'batlantirishga yo'naltirilgan turli loyihalar amalga oshiriladi.

O'zbekistonda Inson huquqlari bo'yicha milliy institutlarning shakllanishi mamlakatni isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonlari doirasida davlat va jamiyatning barcha sohalarida demokratik islohotlar o'tkazish amalga oshirildi. Inson huquqlari bo'yicha milliy institutlarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash, moddiy-texnikaviy bazani mustahkamlash, Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi va boshqa milliy institutlar bo'linmalarining samarali ishlashi uchun zarur bo'lgan sharoitlarni yaratish bo'yicha kompleks chora-tadbirlarni qabul qilish ko'zda tutilgan. Inson huquqlari bo'yicha milliy institutlar faoliyatini qo'llab-quvvatlash to'g'risida qabul qilingan me'yoriy hujjatlar, xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish maqsadlarida milliy institutlarning qonunchilik asoslarini takomillashtirish O'zbekistonning demokratik o'zgarishlarga sodiqligini yana bir karra namoyish qilmoqda.

Ayni paytda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan inson huquqlari bo'yicha milliy institutlardan Oliy Majlis Inson huquqlari bo'yicha vakili (Ombudsman), O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonunchilik monitoringi instituti hamda Milliy markazimiz zimmasidagi vazifalarni to'laqonli bajarish yo'lida xizmat qilib kelmoqda. Bu tashkilotlarning harakati, izlanishlari o'laroq, yurtimizda inson huquqlari muhofazasi yo'lida mustahkam qonunchilik tizimi barpo etildi. Istiqlol yillarida insonning asosiy huquq va erkinliklarini ta'minlashga doir konstitutsiyaviy qonunlar, kodekslar va boshqa qonunlar qabul qilinib, hayotga tatbiq etilmoqda. Ayni paytda mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarining huquqiy asoslari yaratilishi va uning amalda qo'llanishi hamda kafolatlanishini kuzatuvchi mexanizmlardan yuqorida tilga olib o'tilgan institutlar bilan bir qatorda Oliy sud huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va

liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta'minlash bo'yicha tadqiqot markazi va Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligida inson huquqlari bo'yicha bo'linmalar va boshqarmalar samarali faoliyat yuritmoqda.

XULOSA

O'zbekistonning demokratik o'zgarishlarga sodiqligini namoyish qilish, yurtimizda kechayotgan ulkan o'zgarishlar va yangilanishlar davrida avvalo inson huquqlarini himoya qilish va rag'batlantirish birlamchi vazifalardan sanaladi. Bunda jamiyatimizda mavjud milliy institutlar ichida Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazining o'rni beqiyosdir. Konstitutsiyaviy huquq, ayni vaqtda, Konstitutsiya, uning mazmun-mohiyati, ahamiyati, jamiyatdagi o'rnini belgilaydi. Kengroq ma'noda, u konstitutsiyaviy institutlar haqidagi tasavvur va bilimlar, konstitutsiyaviy normalar va ular orqali tartibga solinadigan munosabatlar hamda qonunchilikni rivojlantiruvchi qarashlarga bog'liqdir. Bugungi jamiyatning yangilanishi sharoitida insonlarning konstitutsiyaviy huquqlarini ta'minlash muhim ahamiyat kasb etadi.

REFERENCES

1. https://constitution.uz/oz/pages/maqola55

2. https://uz.wikipedia.org/wiki/Konstitutsiyaviy huquq

3. Hakimov R.R. O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisining konstitusiyaviy-huquqiy maqomi. 2020. https://library-tsul.uz/uzbekiston-respubhkasi-olii-mazhlisining-konstitutsiyavii-u-u-ij-ma-omi-hakimov-r-r-2020/

4. Mamatov X. Konstitutsiyaviy huquq. 2018. https://library-tsul.uz/konstituttsiyavii-u-u-mamatov-h-2018/

5. Muhammedov X. Konstitusiya - huquqiy davlat poydevori. 2013.

6. Xidirov S. O'zbekiston Respublikasida davlat boshqaruv shaklining konstitutsiyaviy -huquqiy asoslari. 2012. 114-bet

7. Muxitdinova F. Konstitusiya va siyosiy-huquqiy merosimiz. 2013. 87-89-betlar

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.