Научная статья на тему 'O’ZBEKISTONDA COVID-19 PANDEMIYASI DAVRIDA INSON HUQUQ VA MANFAATLARI BO’YICHA AMALGA OSHRILGAN ISLOHOTLAR MOHIYATI'

O’ZBEKISTONDA COVID-19 PANDEMIYASI DAVRIDA INSON HUQUQ VA MANFAATLARI BO’YICHA AMALGA OSHRILGAN ISLOHOTLAR MOHIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
196
25
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
inson / huquq / jamiyat / pandemiya / raqamli avlod / taraqqiyot / islohot / demokratiya / konstitutsiya / huquqiy madaniyat. / man / law / society / pandemic / digital generation / development / reform / democracy / constitution / legal culture.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Asadbek Zairov

Mazkur maqolada inson huquqlari va erkinliklari kafolatining ustuvor yo’nalishlariga ahamiyat berilgan. Shuningdek yangilanayotgan O’zbekiston taraqqiyotida inson manfaatlarini ro’yobga chiqarishda islohotlar va qonunlar uyg’unligi e’tibor qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE NATURE OF REFORM ON HUMAN RIGHTS AND INTERESTS DURING THE COVID-19 PANDEMEMY IN UZBEKISTAN

This article focuses on the priorities of guaranteeing human rights and freedoms. It also focuses on the harmonization of reforms and laws in the interests of the people in the development of a renewed Uzbekistan.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTONDA COVID-19 PANDEMIYASI DAVRIDA INSON HUQUQ VA MANFAATLARI BO’YICHA AMALGA OSHRILGAN ISLOHOTLAR MOHIYATI»

O'ZBEKISTONDA COVID-19 PANDEMIYASI DAVRIDA INSON HUQUQ VA MANFAATLARI BO'YICHA AMALGA OSHRILGAN ISLOHOTLAR

MOHIYATI

Asadbek Zairov

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti III bosqich "Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi" yo'nalishi talabasi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada inson huquqlari va erkinliklari kafolatining ustuvor yo'nalishlariga ahamiyat berilgan. Shuningdek yangilanayotgan O'zbekiston taraqqiyotida inson manfaatlarini ro'yobga chiqarishda islohotlar va qonunlar uyg'unligi e'tibor qaratilgan.

Kalit so'zlar: inson, huquq, jamiyat, pandemiya, raqamli avlod, taraqqiyot, islohot, demokratiya, konstitutsiya, huquqiy madaniyat.

THE NATURE OF REFORM ON HUMAN RIGHTS AND INTERESTS DURING THE COVID-19 PANDEMEMY IN UZBEKISTAN

ABSTRACT

This article focuses on the priorities of guaranteeing human rights and freedoms. It also focuses on the harmonization of reforms and laws in the interests of the people in the development of a renewed Uzbekistan.

Keywords: man, law, society, pandemic, digital generation, development, reform, democracy, constitution, legal culture.

Bugungi shiddatli davrda jadal suratlarda rivojlanish va barqarorlikka erishish, har bir mamlakat oldidagi dolzarb vazifadir. Hozirgi murakkab bir sharoitda turli tahlikali vaziyatlarda ham inson huquqlarini ta'minlash har qachongidan ham ustuvor ahamiyat kasb etib bormoqda. Faol kechayotgan raqamlashtirish va texnologik o'zgarishlar jarayonida inson qadr-qiymati va sha'nini ulug'lashga alohida e'tibor qaratish davr taqazosiga aylanmoqda. Vaholanki, bugun yer yuzining barcha nuqtalarida inson huquqlarini ta'minlashga birdek amal qilinyapti, deb bo'lmaydi. Turli kamsitishlar, zo'ravonlik va boshqa g'ayriinsoniy hatti- harakatlar oqibatida bir qancha kishilarning haq-huquqlari toptalayotganligi hechkimga sir emas. Ayniqsa, oxirgi ikki yildan beri davom etayotgan global pandemiya sharoitida fuqorolarning sog'lig'ini saqlash masalalari bo'yicha tibbiiy huquqlari to'laligicha ta'minlanmayapti. Shuningdek, ijtimoiy-siyosiy huquqlardan foydalanishda muayyan cheklovlarning o'rnatilayotganligi, albatta, kishini tashvishlantirmay qo'ymaydi. Bugun bir ma'lumotni

dunyoning bu burchagidan u burchagiga yetkazishda axborot tizimidagi raqamlashtirish jarayonlarining roli nihoyatda beqiyosdir. Raqamli transformatsiya va innovatsiyalarning keng joriy etilishi natijasida ko'plab soha va tarmoqlar, hatto jamiyat hayoti ham raqamlashmoqda. Shu bois insoniyat tarixidagi eng katta avlod bo'lgan bugungi yoshlar dunyoqarashini shakllantirish va sifatli axborotga ega bo'lishida raqamlashtirish jarayonlari muhim ahamiyatga egadir. Bu esa "raqamli avlod" tushunchasini hayotimizga keng kirib kelishidan dalolat beradi. Axborot texnologiyalarini rivojlanishida va bir qancha ma'lumotlarni raqamlashtirishda pandemiyaning o'ziga xos ta'siri sezildi. Lokdaun va karantin choralari sabab real munosabatlarda uzilish yuzaga keldi. Lekin bu bilan jamiyatning rivojlanishi to'xtab qolmadi. Aksincha masofadan turib ham o'z faoliyatini olib bora oldi. Bu bilan inson aql-zakovat egasi sifatida noyob mavjudot ekanligini isbotladi. Shuni unutmaslik kerakki, inson haq-huquqlari oliy qadriyat sanaladi. Demokratik jamiyatlar o'z davlatchiligini aynan shu asoslarga ko'ra quradi. O'zbekistonda oxirgi yillarda amalga oshirilayotga islohatlar ham, avvalo, shu yurtda yashovchi insonlar manfaatlarini ta'minlashga qaratilgani ahamiyatlidir. Zero o'z yurtida qadr topgan inson baxtli hayot kechiradi. Shu bois bu masala davlatchiligimizning diqqat e'tiborida bo'lib kelmoqda.

Inson huquq va erkinliklarini ta'minlashda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq va Virtual qabulxonalari, shuningdek, Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini ko'rib chiqish bo'yicha qabulxonalari alohida o'rin egallamoqda.

Sud-huquq sohasini yanada demokratlashtirish, Konstitutsiya ustuvorligi, qonun oldida tenglik, insonparvarlik, adolatlilik, sud hokimiyatining mustaqilligini ta'minlash, sud jarayonida tortishuv tamoyillarini tatbiq etish, aholining odil sudlovga bo'lgan ishonchini oshirish, "Xabeas korpus" institutini kengaytirish, tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish bo'yicha chora-tadbirlar majmui qabul qilindi.

Inson huquq va erkinliklarini ta'minlashda, nizolarni sudgacha hal qilishda va taraflarni yarashtirishda advokatlarning vakolatlari sezilarli darajada kengaytirilmoqda.

Sudlarda ishlarni ko'rib chiqishda adolatni, ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash uchun "Elektron odil sudlov" tizimi joriy etildi. Aholiga bepul yuridik yordam ko'rsatish tizimi, shuningdek, Advice.uz huquqiy ma'lumotlar tizimining imkoniyatlarini kengaytirish hamda fuqarolarga bepul huquqiy maslahatlar xizmatini ko'rsatuvchi "Madad" nodavlat notijorat tashkilotini qo'llab-quvvatlash bo'yicha chora-tadbirlar qabul qilindi.1

So'nggi yillarda inson qadr-qiymatini e'zozlash va adolatni qaror toptirish masalasi bo'yicha fuqarolarimizning faollashganini ko'rishimiz mumkin. Huquqi yo'q kishini bamisoli jonsiz tanaga qiyoslash mumkin. Chunki uning na ovozi va na erki bor. Shu bois birinchi galda inson huquq va erkinliklarini kafolatlashda qabul qilinayotgan qonun hujjatlari va davlat dasturlarini "Inson qadri uchun" tamoyiliga mosligini

1 https://lex.uz/docs/-4872355

Uzbekistan

ta'minlash davlatimiz siyosatining asosiy masalasiga aylandi.. Yangilanayotgan O'zbekiston taraqqiyotida amalga oshirilayotgan islohotlar, avvalo, xalqni rozi qilish va inson manfaatlarini ifodalashga qaratilgan. Sohada belgilab berilgan vazifalar ijrosining amaliy namoyoni va xalqaro e'tirofi sifatida O'zbekiston Respublikasini Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari kengashiga a'zo bo'lganligini alohida ko'rsatish mumkin.

2020-yilning 13- oktabr kuni O'zbekiston o'z tarixida ilk bor BMT Inson huquqlari bo'yicha kengashi a'zosi etib saylandi.1946 yil 10 dekabrda BMT Inson huquqlari bo'yicha komissiyasi tashkil topgan edi. 2006 yil 15 martda esa ushbu komissiyaning vorisi sifatida Inson huquqlari bo'yicha kengash tuzilgan.

Mazkur kengash inson huquqlarini himoya qilish, inson huquqlarining buzilishi bilan bog'liq holatlarni ko'rib chiqish va tavsiyalar berish uchun mas'ul organ sanaladi. Kengash 47 a'zo davlatdan iborat bo'lib, ularning har biri uch yillik muddatga saylanadi. 13- oktabr kuni Kengashdagi 15 ta bo'sh o'rin uchun ovoz berildi. Kengashga O'zbekiston bilan birga Rossiya, Kuba, Gabon, Boliviya, Xitoy, Kot -d'Ivuar, Fransiya, Malavi, Meksika, Nepal, Pokiston, Senegal, Buyuk Britaniya va Ukraina saylangan. Ushbu yangi a'zolar 2021 yil 1 yanvardan o'z faoliyatini boshladi.

2021-2023-yillar davimida O'zbekiston Inson huquqlari kengashi a'zosi sifatida bir qator xalqaro, mintaqaviy va milliy majburiyatlarni o'z zimmasiga oldi. Bu esa mamlakatimizning xalqaro maydondagi imijining yaxshilanishi va nufuzi oshishiga xizmat qiladi. Xalqaro tuzilma a'zosi sifatida yuksak ishonch bildirilishi bejiz emas albatta. O'zbekiston xalqaro munosabatlar sub'yekti degan konstitutsiyaviy formula nafaqat O'zbekiston Respublikasining jahonda tutgan o'rnigina emas, balki O'zbekiston jahon hamjamiyatining ajralmas bir qismi, uning teng huquqli a'zosi ekanligini anglatadi. Shuningdek, Inson huquqlari kengashi a'zosi sifatida O'zbekiston boshqa jahon mamlakatlariga amalda namuna sifatida o'rnak bo'lmoqda. Shu o'rinda bir savol tug'iladi: kengashga a'zolik faoliyayi tugagandan keyin yana qayta saylanish mumkin va uning tartibi qanday? Ushbu savolga quyidagicha javob berish mumkin. Kengashga a'zolik faoliyat muddati tugagandan so'ng kengashga ikki marta saylash jaroyonlaridan keyin qayta a'zo bo'lish mumkin. Buni O'zbekiston misolida ko'radigan bo'lsak 2021-2023-yillarda o'z faoliyatini olib borgach, yana 2 saylov jarayonlaridan keyin aniqrog'i 6 yildan so'ng 2030-yilda kengashga a'zo bo'lishi mumkin.

Barcha sohalar qatori inson huquqlari sohasida ham taraqqiyot yo'lidan borayotganligini hisobga olsak, kelgusida ham O'zbekiston ushbu sohada jahonning il 'or mamlakatga aylanishi shubhasizdir. Kishining hayoti davomidagi ehtiyoji, munosib yashashi va jamiyatda o'z o'rnini topishi davlat va boshqa shaxslar bilan muloqotga kirishishidagi zarur xususiyatlar ayni inson huquqlariga oid normalar bilan tushuniladi. Inson huquqlari va erkinliklari tizimi o'z yaralish ibtidosi va rivojlanish mantig'iga ega.

2 Qarang: https://t.me/huquqiyaxborot

Uzbekistan www.scientificprogress.uz

Adabiyotlarda inson huquqlarining uch avlod bosqichi haqida ko'rsatilgan. Ular quyidagilardan iborat: inson huquqlarining birinchi avlodi, ya'ni fuqarolik va siyosiy huquqlari hisoblanadi. Inson huquqlarining ikkinchi avlodi bir qator ob'yektiv va sub'yektiv omillar ta'siri ostida shakllanadi. XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida sanoati rivojlangan ko'pgina mamlakatlarda iqtisodiyot sohasida sezilarli siljishlar ro'y berdi. Nihoyat inson huquqlarining uchinchi avlodi, ya'ni qo'shtirnoq ichida "hamjihatlik huquqlari" deb atalib, ular davlatlardan ustun turuvchi va kollektiv xarakterga ega. Umume'tirof etilgan qoidalarga ko'ra, bu huquqlar tinchlikka bo'lgan huquq, bexavotir tabiiy atrofga bo'lgan huquq, insoniyatning iqtisodiy va madaniy merosidan foydalanish huquqi va boshqalar nazarda tutilgan.

Hozirda alohida mamlakatlarda inson huquqlari himoyasini ko'rib chiqish borasidagi xalqaro hamjamiyat huquqlarining kengayish tendensiyasi kuzatilmoqda. Bu, ayniqsa, umumyevropa jarayoni doirasida ko'zga tashlanadi. Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti hujjatlarida, xususan, 1991-yilda Moskvada bo'lib o'tgan Insoniylik mezonlari to'g'risidagi konferensiya hujjatlarida "inson huquqlari, asosiy erkinliklari, demokratiya va qonun ustuvorligi xalqaro xarakterga ega, chunki, ushbu huquq va erkinliklarga rioya qilish xalqaro huquqiy tartibot asoslaridan birini tashkil qiladi", - deb ta'kidlanadi.

Bundan anglashiladiki, inson huquqlarini to'la-tokis ta'minlash jiddiy yondashishni talab etadi. Hozirgi kunda ko'plab sohalar qatori huquq sohasida ham malakali yuridik kadrlarga ehtiyoj yuqori. Zero, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, inson huquq va erkinliklariga hurmat munosabatini shaklantirishda huquq sohasi faollarining o'rni muhim rolga ega. Milliy huquq tizimini tubdan isloh qilish xalqaro huquq tajribalaridan kelib chiqqan holda zamonaviy usullar yordamida fuqorolarning huquqiy savodxonligini oshirishda ushbu soha mutaxassislaring bilim va ko'nikmalari asqotadi. Mamlakatda yuqori darajadagi huquqiy madaniyatni ta'minlash, avvalo, barqaror huquqiy tartibni saqlashga xizmat qiladi. Ayni shu ma'noda yuksak huquqiy madaniyat mamlakat taraqqiyoti kafolati degan konseptual g 'oya asosida aholining barcha qatlamlarini huquqiy savodxonlikka erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega bo 'lishlari hamda huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qo'llay olishlari uchun tizimli va keng qamrovli huquqiy chora tadbirlarni ko'rishni davrning o'zi taqozo etmoqda.

" Biz " Adolat-qonun ustuvorligida " degan tamoyil asosida jamiyatimizda qonunga hurmat, huquqbuzarlik holatlatiga murosasizlik hissini kuchaytirishga qaratilgan ishlarimizni jadal davom ettiramiz." deb ta'kidladi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev. 4

3 Inson huquqlari darslik, A.Mo'minov, M.Tillabayev, Toshkent- "Adolat" 2013, 214-bet.

4 "Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari", Yoshlar nashriyot uyi Toshkent-2019, 8- bet

O'zbekistonda inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlash bo 'yicha izchil olib borilayotgan davlat siyosatini amalga oshirishning asosiy vazifalari va yo'nalishlarini belgilash quyidagilarda namoyon bo 'ladi:

- mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo 'nalishlarini, umume'tirof etilgan xalqaro standartlar hamda O'zbekistonning inson huquqlari sohasidagi majburiyatlarini, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining ustav organlari va shartnomaviy qo'mitalarining tavsiyalarini hisobga olgan holda qonunchilikni takomillashtirish;

- 2030-yilgacha bo'lgan davrda O'zbekistonning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishida parlament va fuqarolik jamiyati institutlarining rolini oshirish, qonun ustuvorligini mustahkamlash, milliy qonunchilik va huquqni qo'llash amaliyotini inson huquqlari bo'yicha xalqaro majburiyatlarga muvofiqlashtirish;

- O'zbekistonning inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro reytinglar va indekslardagi (qonun ustuvorligi, norma ijodkorligi sifati, hukumat faoliyati samaradorligi, so'z va axborot erkinligi, jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurash, biznesni olib borish shart-sharoitlari, global raqobatbardoshlik, innovatsion rivojlanish va boshqalar) o'rnini mustahkamlash maqsadida dunyodagi 50 ta yetakchi mamlakatlar qatoriga kirishini ta'minlash;

-inson huquqlari buzilishlariga barham berish maqsadida sud hokimiyati mustaqilligini ta'minlash, prokuratura organlari faoliyatini takomillashtirish va odil sudlov tizimi vakolatlarini mustahkamlash, shuningdek, inson huquqlarini himoya qilish bo'yicha milliy institutlar faoliyati uchun keng sharoitlarni yaratish, inson huquqlari sohasidagi davlat siyosatini monitoring qilish va baholashning milliy tizimini yanada rivojlantirish amalga bajarilishi lozim bo'lgan asosiy vazifalar sirasiga kiradi. Sir emaski, uzoq vaqt davomida inson va uning hayotiga yetarlichi e'tibor qaratilamadi. Bu esa davlat organlari va ayrim mansabdor shaxslar faoliyatida yaqqol sezildi.

Aslida esa, avvalo, inson, uning haq-huquqlari va baxt-saodati davlat, siyosat, barcha davlat organlari faoliyatining eng ustuvor maqsadi bo'lishi lozim. Jamiyat qurilishi va davlat siyosati ana shu g 'oyaga tayanishi hamda "Davlat- inson uchun" tamoyili asosida tashkil etilishi darkor. Mazkur tamoyilga amal qilish esa, insonni va uning manfaatlarini davlat siyosati va islohatlarning asosiy mezoniga aylantirish lozimligidan dalolat beradi. Bu nafaqat yurtimizda, balki butun dunyoda islohatlarning eng demokratik tamoyillarga mosligi, ularning pirovard maqsadi va davlat siyosatining ustuvor yo 'nalishi inson manfaatlari haq- huquqlari va erkinliklarini ta'minlashga qaratilganining e'tirof etilishiga sabab bo'lmoqda.5

XXI asr kelib, ustuvor vazifaga aylangan inson huquqlarini ta'minlash demokratik islohotlarning bosh mezoni hisoblanadi. Yer yuzida demografik ko 'rsatkichning o'sib borishi mamlakatlarni o'z fuqarolari oldidagi majburiyatlarning

5 Shavkat Mirziyoev. Yangi O'zbekiston strategiyasi -Toshkent. " O'zbekiston", 2021. -B.67

Uzbekistan www.scientificprogress.uz

oshib borishiga ishora qiladi. Muayyan bir mamlakatda fuqarolarning tinch-totuv yashashida avvalo, ularning huquq va erkinliklari qonun bilan kafolatlanishi lozim. Ulkan geostrategik va geoiqtisodiy ahamiyatga ega Markaziy Osiyo mintaqasida eng ko 'p aholiga ega O'zbekistonda ham davlat siyosatining asosiy yo'nalishi va demokratik islohotlarning pirovard maqsadi inson manfaatlarini ro'yobga chiqarish va munosib turmush sharoitini ta'minlashga qaratilgan. Shu o'rinda ta'kidlash kerakki, mamlakatda qonun ustuvorligini ta'minlash va qonuniylikni mustahkamlash borasida huquqiy ta'lim va tarbiya ishlarini tizimli hamda uzviy olib borish zarur.

Huquq sohasidagi masalarga huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ayrim davlat organlarining vazifasi sifatida qaramaslik kerak. Ayni yo 'nalishda oila, mahalla va nodavlat- notijorat tashkilotlarining rolini sezilarli ravishda oshirish kerak. Ma'lumki, O'zbekiston aholisining 60 foizini 30 yoshgacha bo 'lgan yosh yigit-qizlar tashkil etadi. Shuning uchun ham yoshlarning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta'sir ko 'rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish har bir shaxsda qonunlarga va odob-axloq qoidalariga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasiz kurashish hissini uyg'otishga kompleks yondashish zarur.

Har qanday mustaqil davlatda xalqning erkin yashashi, farovon turmush qurishi, hohish-irodasining amalga oshirilishi, ezgu maqsad niyatlari huquqiy jihatdan kafolatlanishi lozim. Shu kafolat vatan taraqqiyotini, davlat mustaqilligini, xalqning jipsligini, millatlararo do'stlik va hamjihatlikni, mustaqillikning barqarorligini ta'minlashga shart-sharoit yaratadi. Yuqorida aytilgan kafolat respublikamiz Konstitutsiyasida o'z ifodasini topgan. Oldimizga qo'ygan yuksak maqsadlarga erishish uchun bugungi O'zbekistonga erkin va ravon fikrlay oladigan, uning hayotida faol ishtirok eta bil 'adigan, o'z so'zini aytishga qodir, o'z vazifa va burchlarini to'g'ri anglab yetgan fuqarolar zarur. Bunday fuqaroni tarbiyalash zamon, taraqqiyotimiz talabi. Bunga qanday erishish mumkin? Demokratik huquqiy davlatning bunyodkorlari huquqiy madaniyati, tarbiyasini to'g'ri yo'lga qo'yish bilan maqsadimizga erisha olamiz.6

Albatta, barkamol avlod tarbiyasida huquqiy jihatlarga urg'u qaratish avvalo kishilarning o'z huquqini bilmaslik va qonunlarga itoatsizlik kabi salbiy holatlarning oldini olishga turtki bo 'ladi. Qonunlarga hurmat va amal qilish hissini barchada uyg'otishning samarali usullaridan biri bu- huquqiy targ'ibotdir. Targ'ibot jarayonida jamiyatning har a'zosi o'z huquqini tushunib, undan foydalanish bo'yicha muayyan bir huquqiy bilim darajaga ega bo'lib, huquqiy tafakkur shakllanadi. Demokratik huquqiy davlat qurish yo'lidan borayotgn mamlakatlarda davlat hokimiyatini demokratlashtirish orqali xalq farovonligining huquqiy asoslari yaratiladi. Shu jumladan asosiy

6 "Milliy g'oya va millatlararo munosabatlar" o'quv qo'llanma, N.A.Nazarov, O.M.Muhammadieva, M.I.Xujaev, Toshkent- 2021, 62-bet.

qonunimiz- konstitutsiyaning 13-moddasida inson sha'ni va uning hayoti bilan bog'liq normalar belgilangan. Unga k 'ra:

O'zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko'ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va

n

qonunlar bilan himoya qilinadi.

Tahlillar va islohotlar borishi shuni ko'rsatmoqdaki, milliy taraqqiyotimizning yangi bosqichida inson huquqlari sohasida yangi davr boshlanmoqda. Bu esa milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari g'oyasi atrofida barcha fuqarolarning jipslashishiga dastur-ul amal bo'lib xizmat qiladi.

Xulosa qilib aytganda, bugun harakatlar strategiyasidan taraqqiyot strategiyasi sari yuzlangan O 'zbekistonda inson qadri uchun ustuvor tamoyilga amal qilib, islohotlar ko lami kengayib bormoqda.

REFERENCES

1. Shavkat Mirziyoev. Yangi O 'zbekiston strategiyasi -Toshkent. " O 'zbekiston", 2021. -B.67

2. A.Mo 'minov, M.Tillabayev, Inson huquqlari. darslik, Toshkent- "Adolat" 2013, 214-bet.

3. "Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari", Yoshlar nashriyot uyi Toshkent-2019, 8-bet

4. "Milliy g 'oya va millatlararo munosabatlar" o 'quv qo 'llanma, N.A.Nazarov, O.M.Muhammadieva, M.I.Xujaev, Toshkent- 2021, 62-bet.

5. O 'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Toshkent-"O 'zbekiston"-2018

7 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Toshkent-"0'zbekiston"-2018

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.