Научная статья на тему 'INSON HUQUQLARI VA MANFAATLARI OLIY QADRIYATDIR'

INSON HUQUQLARI VA MANFAATLARI OLIY QADRIYATDIR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
427
64
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Inson huquqlari / huquq / dеmokratiya / Konstitutsiya.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Bahodir Baxtiyorovich Xasanov, Alisher Maraimovich Ruzmetov

Ushbu maqolada inson huquqlari va ularning manfaatlari, inson huquqlari va qadr qimmatining oliy nе’mat ekanligi, inson huquqlarini himoya qilishda mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlar haqida to`хtalib o`tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INSON HUQUQLARI VA MANFAATLARI OLIY QADRIYATDIR»

INSON HUQUQLARI VA MANFAATLARI OLIY QADRIYATDIR

Bahodir Baxtiyorovich Xasanov

Toshkent viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy - texnika mutaxassisliklari bo'yicha tayyorlash markazining ma'naviy -ma'rifiy tayyorgarlik fani o'qituvchisi

Alisher Maraimovich Ruzmetov

Toshkent viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy - texnika mutaxassisliklari bo'yicha tayyorlash markazi boshlig'i

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada inson huquqlari va ularning manfaatlari, inson huquqlari va qadr qimmatining oliy ne'mat ekanligi, inson huquqlarini himoya qilishda mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlar haqida to'xtalib o'tilgan. Kalit so'zlar: Inson huquqlari, huquq, demokratiya, Konstitutsiya.

Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq Ozbekiston oz taraqqiyot yo'lini faol izladi, bu davr Vatanni erkin, kuchli va ravnaq topayotgan diyorga aylantirishga intilish davri boldi. Jahon hamjamiyatiga kirish, davlatlararo ko'p qirrali aloqalarning eng maqbul yollari izlandi. Bularning barchasi jamiyatning yangilanishi O'zbekistonga xos yo'lni keltirib chiqardi. Bu yol ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga jahon tajribasini, shuningdek, xalqimizning turmush tarzini, an'analarini, urf-odatlarini har tomonlama hisobga olishga asoslangan, konstitutsion asosga ega bolgan respublika aholisining manfaatlariga tola mos tushadigan taraqqiyot jarayonidir. Ozbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning tub maqsadi insonga munosib turmush sharoitini yaratishdan iborat. Mustaqillik tufayli xalqimizning asriy orzulari ro'yobga chiqdi, millatning g'ururi, or - nomusi, sha'ni tiklandi. Har bir fuqaro oz orzu - umidlariga mos ravishda hayot kechirish, ozod va obod yashash baxtiga muyassar boldi.

Davlatimizning asosiy qonuni - mamlakatni demokratik yoldan rivojlantirishning huquqiy kafolati hisoblanadi. Inson huquqlari esa - demokratik jamiyatning umume'tirof etgan tamoyillaridan biridir. Inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan insonparvarlik g'oyalari o'tmishdagi davlatchiligimiz taraqqiyotida ham oz aksini topgan. Konstitutsiya - atamasining ma'nosiga e'tiborni qaratadigan bolsak tuzish, tuzuk, nizom, tuzilish, yaratish degan ma'nolarni anglatadi. Insoniyat tarixiy taraqqiyoti shundan dalolat beradiki, qaerda demokratiya ildiz otsa, o'sha joyda inson huquqlari kafolatlanadi va fuqarolarning tengligi masalasi alohida qayd etiladi. Inson huquqlari insonning dunyoga kelishi bilan bogliq. Inson huquqlari degan tushuncha bizning zaminimizda asrlar davomida yashab kelayotgan qadriyatdir. Qadimgi So'gMiyona va Xorazm davlatchiligidan tortib Somoniylar, Xorazmshohlar,

Temur va temuriylar davlatida inson huquqlari yuksak darajada e'zozlangan. Bunga birgina "Temur tuzuklari"ning o'zigina yaqqol misol bo'la oladi.

Demokratiya va hokimiyatning ajratilishi, qonun va Konstitutsiyaning ustivorligi prinsiplari asosida qurilayotgan mutlaqo yangi davlat mexanizmi shakllanmoqda. Demokratik davlatda inson huquq va erkinliklari ishonchli himoya qilinadi, uning munosib hayot kechirishi uchun davlat tomonidan ko'mak beriladi. Aynan shunday rivojlanish O'zbekistonning munosib turmush kechirishini ta'minlashga kafolat bo'ladi, milliy an'analar va madaniyatning yuksalishini ma'naviy-ahloqiy qadriyatlarning tiklanishini ta'minlaydi. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan keyin qo'shilgan birinchi xalqaro - huquqiy hujjat bo'ldi. Demokratik, huquqiy davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish yo'lini tanlagan O'zbekiston inson huquqlari va manfaatlarini jamiyatni rivojlantirish va davlat qurilishining, butun ichki va tashqi siyosatining eng ustivor yo'nalishi etib belgiladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning "Yangi O'zbekiston strategiyasi" kitobida "Inson, uning haq - huquqlari va baxt saodati davlat siyosati, barcha davlat organlari faoliyatining eng ustivor maqsadi bo'lishi lozim. Jamiyat qurilishi va davlat siyosati ana shu g'oyaga tayanishi hamda "Davlat - inson uchun" tamoyili asosida tashkil etilishi darkor" deb ta'kidlangan. mazkur tamoyilga amal qilish esa, inson huquqlari va manfaatlarini davlat siyosati va islohotlarning asosiy mezoniga aylantirish lozimligidan dalolat beradi.

Barchamizga ma'lumki, joriy yil Vatanimiz mustaqilligining 30 yilligi nishonlanishi bilan o'ziga xos ahamiyat kasb etmoqda. O'tgan davr mobaynida xalqimiz hayotida ro'y bergan o'zgarishlar, iqtisodiyotimizning rivojlanishi, ijtimoiy - iqtisodiy sohadagi yutuqlar, demokratik islohotlarning natijalarini sarhisob qiladigan bo'lsak, bu borada amalga oshirilgan keng ko'lamli ishlarning mohiyatida inson huquq va manfaatlarini ta'minlashdek ezgu maqsad mujassam ekaniga yana bir bor ishonch hosil qilamiz. Aholining huquqiy madaniyati, inson huquq va erkinliklarining himoyalanganlik darajasi, davlat mexanizmi ijro etuvchi tizimining barcha darajalarida, shu jumladan, davlatga bevosita va bilvosita bog'liq bo'lgan tashkilotlar va muassasalarda rahbarlik va boshqaruvning shakllangan uslubi, qarorlar qabul qilinishida fuqarolarning ishtiroki darajasi, ma'naviy sohaning rivojlanganligi va boshqalar huquqiy davlat rivojlanishining mana shunday omillari hisoblanadi.

Huquq - bu insonning tabiiy ehtiyojlariga, uning qadriyatlari tizimiga yoyiladigan va boshqa insonning huquqlariga shikast etkazmaydigan qoidalar bilan cheklanadigan erkinlikdir. Davlat tomonidan amalga oshiriladigan qonun huquqning rasmiy va tizimli aks ettirilishi hisoblanadi. Aholining huquqiy madaniyatini rivojlantirish uchun huquqiy munosabatlar amaliyoti vositasida barcha zarur shart - sharoitlar yaratildi. Inson huquqlari bo'yicha milliy markaz, Ombudsman instituti, parlamentning tegishli komissiyasi tuzilgan. Hozirgi vaqtda O'zbekiston inson huquqlari bo'yicha 80 dan ortiq

xalqaro hujjatga, jumladan, BMTning 7 ta asosiy shartnomasi hamda 4 ta fakultativ protokoliga qo'shilgan. Insonning asosiy huquq va erkinliklarini ta'minlash O'zbekistondagi islohotlarda goyat muhim o'rinda turadi. Islohotlar aholining barcha qatlamlari manfaatlariga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda.

Ozbekiston mustaqilligini qolga kiritgach, mamlakatda sud-huquq tizimi tubdan isloh qilinishi lozim bo'lgan sohalardan biri sifatida e'tirof etildi. Ushbu masala ma'muriy-buyruqbozlik boshqaruv tizimidan voz kechilib, rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish jarayonida yanada dolzarblik kasb etdi. Qonun ustuvorligini mustahkamlash, shaxs, jamiyat va davlat huquq va manfaatlari muhofazasini kuchaytirish, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish borasida bosqichma-bosqich islohotlar amalga oshirila boshlandi. Buning natijasida ijtimoiy munosabatlarni yanada rivojlantirish, demokratik o'zgarishlarni chuqurlashtirish, umuminsoniy qadriyatlarni himoya qilishning kafolatlarini kuchaytirish, eng avvalo shaxs, uning hayoti, ozodligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa uzviy huquqlarini muhofaza qilish uchun sharoit yaratildi.

Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki inson va uning huquqlari qadriyati deb tan olgan yurtimizda inson huquqlarini xalqaro andozalariga mos ravishda amalga oshirilayotganda, inson huquqlari va qadr qimmati oliy ne'mat ekanligini tushunib etishimiz maqsadga muvofiqdir. Mamlakatimizda inson huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida barcha huquqiy asoslar yaratilgan va kafolatlangan hamda amalga oshirilayotgan islohotlarning barchasi inson huquq va manfaatlarini ta'minlash, ularni himoyalash kabi oliyjanob maqsadlarga xizmat qilmoqda. Bu esa inson huquqlari sohasida salmoqli yutuqlarni qo'lga kiritganligidan dalolat beradi.

REFERENCES

1. Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

2. Sh.Mirziyoyev "Yangi Ozbekiston strategiyasi" Toshkent-2021y.;

3. Sh.Mirziyoyev "Yangi Ozbekiston: demokratik o'zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda" Toshkent-2021y.;

4. S.Zokirov "Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati sari" Toshkent -1999y.;

5. N.Ismatova, M.Xolboeva "Kosntitumyamiz jamiyatimiz hayotining poydevori" metodik qollanmasi Toshkent -2008y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.