Научная статья на тему 'YANGILANAYOTGAN KONSTITUTSIYA – INSON HUQUQLARI, ERKINLIKLARI VA QONUNIY MANFAATLARINING ASOSIY MANBAIDIR'

YANGILANAYOTGAN KONSTITUTSIYA – INSON HUQUQLARI, ERKINLIKLARI VA QONUNIY MANFAATLARINING ASOSIY MANBAIDIR Текст научной статьи по специальности «Право»

491
77
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
Konstitutsiya / inson va fuqarolarning asosiy huquqlari / erkinliklari va qonuniy manfaatlari / huquqbuzarlik / o‘zicha sudlash(samosud) / ilmiy va tibbiy tajribalar / huquqiy ong va huquqiy madaniyat

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Abdulaziz Abdulatif O’g’li Qo’chqoraliyev, Umurzakova Nargisaxon Muxtarovna

Ushbu maqolada inson va fuqarolarning konstitutsiyada belgilangan asosiy huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlari katta ahamiyatga ega ekanligi va bu huquqlarni yanada kengaytirish va yangi normalar bilan boyitish orqali inson va fuqarolarning xavfsizligi, daxlsizligi, erkin yashashi, jamiyat a‘zolari tomonidan o‘zboshimchalik bilan jazolash kabi harakatlari noqonuniy ekanligi, bu borada inson va fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGILANAYOTGAN KONSTITUTSIYA – INSON HUQUQLARI, ERKINLIKLARI VA QONUNIY MANFAATLARINING ASOSIY MANBAIDIR»

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

YANGILANAYOTGAN KONSTITUTSIYA - INSON HUQUQLARI, ERKINLIKLARI VA QONUNIY MANFAATLARINING ASOSIY

MANBAIDIR

Abdulaziz Abdulatif o'g'li Qo'chqoraliyev

Toshkent Davlat Agrar Universiteti "Yurisprudensiya" yo'nalishi 1-kurs talabasi [email protected]

Ilmiy rahbar: Umurzakova Nargisaxon Muxtarovna

Toshkent Davlat Agrar Universiteti "Gumanitar fanlar"kafedrasi katta o'qituvchisi nargisau71 @gmail.com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada inson va fuqarolarning konstitutsiyada belgilangan asosiy huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlari katta ahamiyatga ega ekanligi va bu huquqlarni yanada kengaytirish va yangi normalar bilan boyitish orqali inson va fuqarolarning xavfsizligi, daxlsizligi, erkin yashashi, jamiyat a'zolari tomonidan o'zboshimchalik bilan jazolash kabi harakatlari noqonuniy ekanligi, bu borada inson va fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatni yanada kengaytirish masalalari ko'rib chiqilgan.

Kalit so'zlar. Konstitutsiya, inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, huquqbuzarlik, o'zicha sudlash(samosud), ilmiy va tibbiy tajribalar, huquqiy ong va huquqiy madaniyat.

Biz jamiyatimizda bunday huquqiy madaniyatni shakllantirishimiz kerakki, unga muvofiq Konstitutsiya va qonunlarga amal qilish, boshqalarning huquq va erkinliklari, sha 'ni va qadr-qimmatini xurmat qilish majburiyat emas, balki kundalik qoida va odatga aylanishi shart. Muxtasar qilib aytganda, fuqarolarimiz qonunlarni buzishda ko 'ra, ularga amal qilishdan manfaatdor bo 'lishlari lozim. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev

Yangi O'zbekistonda erkin fuqarolik jamiyati barpo etish va insonparvar demokratik huquqiy davlat qurish yo'lida keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu islohotlardan

December 1

258

ko'zlangan asosiy maqsad inson, uning huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini ta'minlashdir. Avvalo Konstitusiyamizning muqaddimasiga yuzlanadigan bo'lsak O'zbekiston xalqi inson huquqlariga va davlat suvereniteti g'oyalariga sodiqligini e'lon qilib, respublikamizda istiqomat qilayotgan fuqarolarning munosib hayot kechirishlarini ta'minlashga intilib va insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishni ko'zlab, shuningdek fuqarolarning tinchligi va milliy totuvligini ta'minlashni maqsad qilib, ushbu Konstitutsiyani qabul qilganligini ko'rishimiz mumkin.

Konstitusiyamizning 13-moddasida esa shunday deyiladi; "O'zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko'ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi". Ko'rinib turibdiki insonni ulug'lash, uning huquq va qonuniy manfaatlarini ifoda etish, himoya qilish hamda har tomonlama yuksaltirish Konstitusiyaning asosiy g'oyasiga va maqsadiga aylantirilganini bilib olishimiz mumkin[1].

Hozirgi kunda jamiyatimizda inson va fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishi holatlari, ularga nisbatan hurmatsizlik kayfiyatlari uchramoqda. Fuqarolarimiz tomonidan boshqa shaxslarni qilgan ayblari uchun yoki aksincha, qilmagan ayblari uchun ham "o'zicha sudlash", ularga o'zboshimchalik bilan jazo berish holatlari juda ko'payib bormoqda. Bu holatlar ko'pincha, insonning sha'ni va qadr-qimmati, erkinligining toptalishiga, tan jarohati yetkazish va o'lim holatlari bilan ham tugamoqda. Bu hammamiz uchun juda achinarli holat. "O'zicha sudlash" bu jamiyat uchun juda katta xavf tug'diradigan holat hisoblanadi.

"O'zicha sudlash" nima? O'zicha sudlash bu-huquqbuzarlik sodir etgan yoki huquqbuzarlik sodir etishda gumonlanayotgan shaxs haqida vakolatli davlat organlariga xabar bermasdan turib, o'zboshimchalik bilan jazolashdir.

"O'zicha sudlash" nima uchun xavfli? Asosiy xavflarni sanab o'tamiz:

- birinchidan holatda, "o'zicha sudlash" natijasida jazolangan shaxslar tan jarohati olishi, yoki boshqa ko'rinishdagi huquqlari buzilishiga olib kelsa, jazolagan shaxslarga esa qonunda belgilangan tartibda davlatning vakolatli organlari tomonidan huquqiy ta'sir chorasi qo'llanilishiga olib keladi. Ya'ni ular yuzaga keltirgan huquqbuzarliklariga qarab jazoga tortiladi.

- ikkinchi holatda "o'zicha sudlash" oqibatida jazolangan shaxs aslida aybsiz bo'lishi yoki aybdor-u, lekin jazo adolatli bo'lmasligi, ya'ni arzimagan qilmish uchun juda og'ir jazo berib yuborilishi mumkin. Chunki, o'zicha sudlash ko'pincha to'satdan aniqlangan holatlar bo'yicha va holat sodir bo'lgan joyning o'zida, ko'pchilikning his-hayajonini jilovlash

December 1

imkoni mavjud bo'lmagan sharoitlarda sodir etiladi. "O'zicha sudlash" paytida jazolayotgan shaxslar jazo adolatli bo'lishi kerakligini o'ylab o'tirmaydi, odatda kuchi yetganicha jazolab yuboraveradi;

- uchinchi holatda, "o'zicha sudlash"ni amalga oshirayotgan shaxslarning o'zlarini sog'ligi va hayoti xavf ostida qolishi mumkin. Agar ushlangan shaxs rostdan ham jinoyatchi bo'lsa va o'zi bilan tig'li buyum yoki biror sovuq qurol olib yurgan bo'lsa, jazolamoqchi bo'lganlarning sog'ligiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin;

- to'rtinchidan, "o'zicha sudlash" bu tartibsizlik va huquqiy savodsizlik bo'lib, fuqarolarning konstitutsiya va qonunlarga amal qilmasligi va mensimasligi, beparvoligi oqibatida kelib chiqmoqda[6]

Zamonaviy demokratik davlatlarda qabul qilinayotgan barcha qonunlar "o'zicha sudlashni" taq'iqlaydi. Avvalo 1948 yil 10 dekabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 217 A (III) ko'rsatmasi orqali qabul qilingan va e'lon qilingan Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining asosiy poydevori hisoblanadi. Ushbu deklaratsiyaning 5-moddasiga ko'ra "Hech kim qiynoqqa yoki shafqatsiz, g'ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni xo'rlovchi muomala va jazoga duchor etilmasligi kerak"[2] deyiladi.

Shuningdek, rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ham "o'zicha sudlash" uchun og'ir jazo choralari belgilangan. Xususan, Buyuk Britaniyada 3 va undan ortiq kishi umumiy maqsad uchun qonunga xilof kuch ishlatsa yoki shunday kuch ishlatish bilan qo'rqitsa, hamda ularning xatti-harakati o'sha yerda hozir bo'lgan boshqa shaxslarga o'z shaxsiy xavfsizligi uchun qo'rqishiga sabab bo'lishi mumkin bo'lsa, ushbu shaxslar zo'ravonlik harakatlarini sodir etishda aybdor deb topiladi hamda 5 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Agar birgalikda hozir bo'lgan 12 va undan ortiq kishi umumiy maqsad uchun qonunga xilof kuch ishlatsa yoki shunday kuch ishlatish bilan qo'rqitsa, hamda ularning xatti-harakati o'sha yerda hozir bo'lgan boshqa shaxslarga o'z shaxsiy xavfsizligi uchun qo'rqishiga sabab bo'lishi mumkin bo'lsa, barcha shaxslar ommaviy tartibsizlik sodir etishda aybdor deb topiladi hamda 10 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi[6]. Bunday holatlarni oldini olishimiz uchun qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish, jamiyat a'zolarini bunday nohush holatlarni sodir etmasliklari haqidagi normalarni kuchaytirish zarur deb hisoblaymiz.

Konstitutsiyamizning II-bo'lim VII-bobi bevosita inson va fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklariga bag'ishlangan. Ushbu bobning 26-moddasida esa "jinoyat sodir etganlikda

December 1

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko'rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmasligi belgilab qo'yilgan". Ya'ni, tegishli sudning adolatli tarzda chiqarilgan qarori yoki qonuniy tarzda kuchga kirgan hukmisiz birovni aybdor hisoblash ham, jazolash ham mumkin emas. Bu norma davlat organlari bilan jinoyat sodir etgan shaxslar o'rtasidagi shaxsiy daxlsizlik munosabatlarini tartibga soladi. Ya'ni jinoyat sodir etgan shaxs qachonki sudda, uning ishi oshkora ko'rilib aybi isbotlangan taqdirda va tegishli sudning adolatli va qonuniy hukmi asosida aybdor hisoblanishi va shundan so'ngina sud tomonidan belgilangan huquqiy ta'sir chorasi qo'llanilishi tushuniladi. Masalan, o'zboshimchalik bilan jazolash O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 200-moddasi[4] va Jinoyat kodeksining 229-moddasiga muvofiq, fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlariga, davlat manfaatlari yoki jamoat manfaatlariga jiddiy zarar yoki ziyon keltirmagan holda sodir etilsa, eng kam ish haqining uch baravarigacha miqdorda jarima bilan, fuqarolarning huquqlari yoki qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko'p miqdorda zarar yoki jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo'lsa, — eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi[3]. Shuningdek, "o'zicha sudlash" ko'pincha jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik, urish-do'pposlash, badanga yengil shikast yetkazish yoki o'zganing mulkiga shikast yetkazish yoxud nobud qilish ancha zarar yetkazish bilan bog'liq holda sodir etiladi va Jinoyat kodeksining 277-moddasiga muvofiq "bezorilik" deb baholanib, besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilishgacha bo'lgan jazo bilan jazolanadi. O'zicha sudlash oqibatlaridan kelib chiqib, jazo yanada og'irlashishi mumkin. Masalan, o'zicha sudlash oqibatida kimdir o'ldirib qo'yilsa, unda qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida odam o'ldirish (jazosi - 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilishgacha), tan jarohati yetkazilsa, qasddan badanga shikast yetkazish (jazosi - 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishgacha), agar o'zicha sudlash xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga nisbatan amalga oshirilsa unda hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko'rsatish (jazosi - 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishgacha) deb baholanishi va aybdor

December 1

shaxslar ana shu jinoyatlar uchun belgilangan jazoga tortilishi mumkin.

O'zicha sudlash bu umumiy va keng tushunchadir. "O'zicha sudlash" bu-huquqbuzarlik sodir etgan yoki huquqbuzarlik sodir etishda gumonlanayotgan shaxs haqida vakolatli davlat organlariga xabar bermasdan turib, o'zboshimchalik bilan jazolashdir. Bu tushuncha jamiyat a'zolari va huquqbuzarlik sodir etgan yoki huquqbuzarlik sodir etishda gumonlanayotgan shaxslar o'rtasidagi shaxsiy daxlsizlik huquqini buzuvchi munosabat hisoblanadi. O'zicha sudlash holati huquqiy jihatdan tartibga solinmagan.

Konstitutitsiyamizning 26-moddasida "Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko'rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o'zini himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta'minlab beriladi. Hech kim qiynoqqa solinishi, zo'ravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas. Hech kimda uning roziligisiz tibbiy yoki ilmiy tajribalar o'tkazilishi mumkin emas" deyilgan. Ya'ni bu moddaning 1 -bandi davlat organlari bilan jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxslar o'rtasidagi shaxsiy daxlsizlik munosabatlarini tartibga soladi. Konstitutsiyami zning 26-moddasi 2-bandiga uning mantiqiy davomi sifatida "huquqbuzarlik sodir etgan yoki huquqbuzarlik sodir etishda gumonlanayotgan shaxslar boshqa shaxslar tomonidan o'zboshimchalik bilan jazolanishi(o'zicha sudlanishi) mumkin emas"-degan norma kiritilsa o'rinli bo'ladi deb hisoblaymiz.

Konstitutsiyamizning 26-moddasi 3-bandida "Hech kimda uning roziligisiz tibbiy yoki ilmiy tajribalar o'tkazilishi mumkin emas" deb belgilab qo'yilgan.

Ushbu band quyidagicha o'zgartirish va qo'shimchalar bilan bayon etilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi: "O'zbekiston Respublikasi hududida davlat va jamiyatning huquqlari va qonuniy manfaatlariga zarar yetkazadigan har qanday tibbiy va ilmiy tajribalar o'tkazilishi ta'qiqlanadi. Inson va fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga zarar yetkazadigan tarzda, ularning roziligisiz va qonunga asoslanmagan holda tibbiy va ilmiy tajribalar amalga oshirilishi mumkin emas. Tibbiy va ilmiy tajribalar inson va jamiyat manfaatlariga xizmat qilishi kerak. Tibbiy va ilmiy tajribalarni o'tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi". Ushbu taklif etilayotgan normada davlat va jamiyatning, inson va fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga zarar yetkazadigan har qanday tibbiy va ilmiy tajribalar ularning roziligisiz va qonunga asoslanmagan holda o'tkazilishi ta'qiqlangan. Masalan, yaratilayotgan ixtirolar va texnik ishlanmalar inson va fuqarolarning, davlat va jamiyatning

December 1

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati

manfaatlariga putur yetkazmasliklari shartligi belgilab qo'yilgan. Bu normalarni kiritilishi inson va fuqarolar, davlat va jamiyat manfaatlariga xizmat qiladi. Yaratilayotgan ixtiro va texnik ishlanmalar patentlanayotgan vaqtda texnik va tibbiy ekspertizadan tashqari huquqiy ekspertizadan ham o'tkazilishi va xulosa olinishi zarur deb hisoblaymiz.

Respublikamizda Konstitutsiya normalarining xalqaro andozalarga mos kelishi, Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasidagi normalarni o'zida qat'iy mujassamlashtirganligi inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ta'minlangan huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurishning eng asosiy kafolati hisoblanadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.-T.:O'zbekiston, 2019.

2. "Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi" Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 217 A (III) ko'rsatmasi 1948 yil 10 dekabr

3. O'zbekiston Respubikasining Jinoyat kodeksi. 1994-yil 22-sentyabr

4. O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksi. 1994-yil 22-sentyabr

5. www.lex.uz/-O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi

6. Kun.uz-axborot xizmati.

December 1

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.