Научная статья на тему 'AYRIM XORIJIY DAVLATLAR JINOYAT QONUNCHILIGIDA KASB YUZASIDAN O‘Z VAZIFALARINI LOZIM DARAJADA BAJARMASLIK UCHUN JAVOBGARLIK MASALALARI QIYOSIY-HUQUQIY TAHLILI'

AYRIM XORIJIY DAVLATLAR JINOYAT QONUNCHILIGIDA KASB YUZASIDAN O‘Z VAZIFALARINI LOZIM DARAJADA BAJARMASLIK UCHUN JAVOBGARLIK MASALALARI QIYOSIY-HUQUQIY TAHLILI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
836
59
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jinoyat / jinoiy javobgarlik / kasbiy majburiyat / kasb yuzasidan vazifalarni lozim darajada bajarmaslik / tibbiy yordam / beparvo munosabat / failure to perform duties on crime / criminal responsibility / professional obligation / occupation / medical care / negligent attitude.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Tulqinboyev, Ulug‘bek Ilxomjon O‘g‘li

Mazkur maqolada xorijiy davlatlar jinoyat qonunchiligida kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik uchun javobgarlik masalasiga doir ilmiy yondashuvlar bayon etilgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarlikning xorijiy davlatlar jinoyat qonunchiligida ushbu jinoyat uchun javobgarlikning o‘ziga xos xususiyatlari, o‘xshash va farqli jihatlari tadqiq etilgan. Bundan tashqari, xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasini milliy qonunchilikka impelementatsiya qilish bilan bog‘liq taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

COMPARATIVE-LEGAL ANALYSIS OF THE ISSUES OF RESPONSIBILITY FOR NON-PERFORMANCE OF THEIR DUTIES SHALL EXTENT ON THE PROFESSION IN THE CRIMINAL LEGISLATION OF SOME FOREIGN COUNTRIES

In this article, scientific approaches on the issue of liability for non-performance of their duties in the field of profession in the criminal legislation of foreign countries are described, as well as specific features of liability for this crime in the criminal legislation of foreign countries, similar and different aspects of liability for non-performance of their duties in In addition, proposals and recommendations on impelement of the progressive experience of foreign countries to national legislation have been developed.

Текст научной работы на тему «AYRIM XORIJIY DAVLATLAR JINOYAT QONUNCHILIGIDA KASB YUZASIDAN O‘Z VAZIFALARINI LOZIM DARAJADA BAJARMASLIK UCHUN JAVOBGARLIK MASALALARI QIYOSIY-HUQUQIY TAHLILI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

AYRIM XORIJIY DAVLATLAR JINOYAT QONUNCHILIGIDA KASB YUZASIDAN O'Z VAZIFALARINI LOZIM DARAJADA BAJARMASLIK UCHUN JAVOBGARLIK MASALALARI QIYOSIY-HUQUQIY TAHLILI

Mazkur maqolada xorijiy davlatlar jinoyat qonunchiligida kasb yuzasidan o 'z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik uchun javobgarlik masalasiga doir ilmiy yondashuvlar bayon etilgan, shuningdek O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan kasb yuzasidan o 'z vazifalarini lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarlikning xorijiy davlatlar jinoyat qonunchiligida ushbu jinoyat uchun javobgarlikning o'ziga xos xususiyatlari, o'xshash va farqli jihatlari tadqiq etilgan. Bundan tashqari, xorijiy davlatlarning ilg'or tajribasini milliy qonunchilikka impelementatsiya qilish bilan bog'liq taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: jinoyat, jinoiy javobgarlik, kasbiy majburiyat, kasb yuzasidan vazifalarni lozim darajada bajarmaslik, tibbiy yordam, beparvo munosabat.

В данной статье изложены научные подходы к вопросу об ответственности за ненадлежащее исполнение своих профессиональных обязанностей в уголовном законодательстве иностранных государств, а также исследованы особенности, сходства и отличия ответственности за ненадлежащее исполнение своих профессиональных обязанностей, предусмотренных Уголовным кодексом Республики Узбекистан, от ответственности за данное преступление в уголовном законодательстве иностранных государств. Кроме того, разработаны предложения и

Tulqinboyev Ulug'bek Ilxomjon o'g'li

Toshkent davlat yuridik universiteti "Jinoyat qonunchiligini qo'llash nazariyasi va amaliyoti" mutaxassisligi magistranti e-mail: [email protected]

ANNOTATSIYA

СРАВНИТЕЛЬНО-ПРАВОВОЙ АНАЛИЗ ВОПРОСОВ ОТВЕТСТВЕННОСТИ ЗА НЕНАДЛЕЖАЩЕЕ ИСПОЛНЕНИЕ ПРОФЕССИОНАЛЬНЫХ ОБЯЗАННОСТЕЙ В УГОЛОВНОМ ЗАКОНОДАТЕЛЬСТВЕ ОТДЕЛЬНЫХ ЗАРУБЕЖНЫХ СТРАН

АННОТАЦИЯ

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

рекомендации, связанные с имплементацией передового опыта зарубежных стран в национальное законодательство.

Ключевые слова: преступление, уголовная ответственность, профессиональные обязанности, ненадлежащее исполнение профессиональных обязанностей, оказание медицинской помощи, халатное отношение.

COMPARATIVE-LEGAL ANALYSIS OF THE ISSUES OF RESPONSIBILITY FOR NON-PERFORMANCE OF THEIR DUTIES SHALL EXTENT ON THE PROFESSION IN THE CRIMINAL LEGISLATION OF

In this article, scientific approaches on the issue of liability for non-performance of their duties in the field ofprofession in the criminal legislation offoreign countries are described, as well as specific features of liability for this crime in the criminal legislation of foreign countries, similar and different aspects of liability for nonperformance of their duties in In addition, proposals and recommendations on impelement of the progressive experience of foreign countries to national legislation have been developed.

Keywords: failure to perform duties on crime, criminal responsibility, professional obligation, occupation, medical care, negligent attitude.

Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub sud-huquq islohotlarning asosiy maqsadi inson huquqlari va manfaatlari to'la-to'kis ta'minlanadigan huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirishdan iborat. Bu borada jinoyat huquqi tarmog'ida kechayotgan islohotlar ham, eng avvalo, demokratik huquqiy jamiyat qurish, xalq farovonligini oshirish, inson manfaatlarini oliy qadriyat darajasiga ko'tarish, shaxslarning haq-huquqlari himoyasini ta'minlashga yo'naltirilgan.

Qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, shaxs huquq va manfaatlarining ishonchli himoyasini ta'minlash davlat siyosatining muhim yo'nalishlaridan biri sanaladi. Bu jarayonda boshqa huquq sohalari bilan bir qatorda jinoyat qonunchiligini takomillashtirish va liberallashtirish ham ustuvor ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvarda qabul qilgan PF-60-sonli "2022 - 2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi"ning II bobida nazarda tutilgan mamlakatimizda adolat va

SOME FOREIGN COUNTRIES

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirishda "Jinoyat, jinoyat-protsessual va jinoyat ijroiya qonunchiligini takomillashtirish siyosatini izchil davom ettirish, jinoiy jazolar va ularni ijro etish tizimiga insonparvarlik tamoyilini keng joriy etish"[1] lozimligi belgilangan.

O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi BMTning Inson huquqlari Umumjahon Deklarasiyasi, Qiynoqqa qarshi Konvensiya va boshqa xalqaro hujjatlarda belgilangan qoidalarni hamda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining inson hayoti, sog'lig'i, erkinligi, sha'ni va qadr-qimmati, shaxsiy daxlsizlik, oila va voyaga etmaganlarning manfaatlari, fuqarolarning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va shaxsiy huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi talablarini amalga oshirishni muhim vazifalari sifatida belgilaydi.

Darhaqiqat, inson hayoti va sog'lig'i eng muhim ne'mat hisoblanadi hamda uni himoya qilish har bir demokratik huquqiy davlatning asosiy vazifalaridan biridir. Butunjahon Sog'liqni saqlash tashkilotining ma'lumotlariga ko'ra, "jahonda bemorlarnig 23% ga tibbiy yordam ko'rsatilmagan yoki lozim darajada ko'rsatilmagan, 0,7 % holatda esa malakasiz tibbiy aralashuv oqibatida ularning hayotiga xavf solinib, vafot etgan"[4]. Har yili o'rtacha "AQShda 100 ming, Buyuk Britaniyada 70 ming, Italiyada 50 ming, Germaniyada 25 ming, Avstraliyada 18 ming, Vengriyada 10 ming, Isroilda 9 ming, Bolgariyada 7 ming hamda Ispaniyada 3 ming kishi tibbiyot xodimlarining o'z vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi oqibatida vafot etadi"[5].

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24-moddasiga asosan: "Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og'ir jinoyatdir" Shuningdek, konstitutsiyamizning 40-moddasida har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega ekanligi belgilangan. Qayd etish lozimki, ko'plab ilg'or xorijiy davlatlarning konstitutsiyalarida, masalan Bolgariya (28-modda), Rossiya (20-modda), Belarusiya (24-modda), Sloveniya (17-modda), Xorvatiya (21-modda), Slovakiya (15-modda), Ukraina (27-modda), Qozog'iston (15-modda), Latviya (93-modda), Litva (19-modda), Portugaliya (24-modda), Irlandiya (40-modda) hamda Yaponiya (13-modda)da [2] ham ushbu norma o'z ifodasini topgan. Ko'rishimiz mumkinki, ko'plab xorijiy davlatlarning konstitutsiyalarida sog'liqni saqlash va tibbiy yordam ko'rsatish huquqi mustahkamlangan. MDH mamlakatlarinining deyarli barchasida fuqarolarning sog'lig'ini saqlash huquqi konstitutsiyaviy norma sifatida mustahkamlangan.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Bugungi kunda shaxsning kasb yuzasidan o'z vazifalarini lozim darajada bajarmasligi natijasida ehtiyotsizlik oqibatida ko'plab odamlarning vafot etishi jinoiy javobgarlikka tortiladigan eng ko'p sodir etilayotgan jinoyatlardan biri bo'lib qolmoqda.

Amaldagi O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 116-moddasi kasb yuzasidan o'z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik deb nomlangan bo'lib, ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq, shaxsning o'z kasbiga nisbatan beparvoligi yoki insofsizlik bilan munosabatda bo'lishi tufayli kasb yuzasidan o'z vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun, ikkinchi qismiga ko'ra qonun yoki maxsus qoidalarga muvofiq kasalga yordam ko'rsatishi shart bo'lgan shaxsning uzrli sababsiz shunday yordam ko'rsatmaganligi badanga o'rtacha og'ir yoki og'ir shikast yetkazilishiga sabab bo'lsa, uchinchi qismga muvofiq ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar ehtiyotsizlik orqasida odam o'lishiga sabab bo'lsa, to'rtinchi qismga muvofiq ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar ehtiyotsizlik orqasida odamlar o'limiga, boshqacha og'ir oqibatlarga sabab bo'lsa javobgarlik belgilangan.

Shuni ta'kidlash kerakki, jinoyat normalari kasb majburiyatlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilash bo'yicha xorijiy davlatlarning qonunlari turli xil xususiyatlarga ega. Xususan, bir qator mamlakatlar jinoyat kodekslarida (Rossiya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Moldova, Estoniya, Ukraina, shuningdek, Fransiya, AQSh, Finlandiya, Yangi Zelandiya, Vengriya, Malayziya, Yaponiya, Xitoy, Shvesariya, Venesuela, Bolgariya, Buyuk Britaniya) da kasbiy majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.

Xususan, Rossiya Federatsiyasining Jinoyat kodeksi 124-moddasida qonunlar yoki maxsus qoidalarga asosan bemor shaxsga uzrli sabablarsiz yordam ko'rsatmasligi oqibatida shaxsning sog'lig'iga o'rtacha darajada zarar yetsa, jarima, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari yoki qamoq tariqasida jazolanishi nazarda tutilgan. Shuningdek, professional vazifalarini hamda majburiyatlarni lozim darajada bajarmaslik yengillashtiruvchi holat sifatida quyidagi moddalarda, ya'ni 109-modda 2-qismiga ko'ra ehtiyotsizlik oqibatida o'lim kelib chiqsa, 118-modda 2-qismi ehtiyotsizlik oqibatida shaxsning sog'lig'iga jiddiy zarar yetsa, 122-modda 4-qismida OIV infeksiyasini yuqtirsa javobgarlik belgilangan.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Shuningdek, kasb vazifalarini lozim darajada bajarmaganligi uchun jinoiy javobgarlik Qirg'iziston jinoyat qonunchiligida ham nazarda tutilgan. Jumladan, Qirg'iziston jinoyat kodeksining 119-moddasi tibbiyot xodimlari tomonidan kasbiy majburiyatlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun shaxs sog'lig'ining uzoq muddat yo'qotilishiga sabab bo'ladigan, ish qobiliyatining uchdan bir qismi yo'qotilishiga yoki uning o'limiga sabab bo'lsa javobgarlikka tortilishi belgilangan. Bundan tashqari, Qirg'iziston Jinoyat kodeksining 120-moddasida tibbiyot xodimlarining beparvoligi va ehtiyotsizligi natijasida bemorning axvoli og'irlashishiga hamda boshqa og'ir oqibatlarga olib kelsa javobgarlikka sabab bo'lishi nazarda tutilgan.

Ozarbayjon jinoyat kodeksida bemorga yordam ko'rsatilmaganligi uchun javobgarliikni belgilovchi maxsus norma (142-modda) mavjud. Ushbu normaga asosan tibbiyot xodimi tomonidan bemorga qonunga yoki maxsus qoidalarga muvofiq sababsiz tibbiy yordam ko'rsatilmasligi, agar bu bemorning sog'lig'iga kamroq zarar yetkazsa jinoiy javobgarlikka sabab bo'ladi. Ushbu jinoyatlar sodir etilganda qonunda jarima, axloq tuzatish ishlari, ozodlikdan mahrum qilish, muayyan lavozimlarni egallash yoki ushbu sohada faoliyat bilan shug'ullanish huquqidan mahrum qilish nazarda tutilgan. Ya'ni Ozarbayjon jinoyat qonunchiligida kasb yuzasidan o'z vazifalarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik sababli insonlar sog'lig'iga zarar yetsa nafaqat tibbiyot xodimlari, balki boshqa soha vakillari ham (masalan, o't o'chiruvchilar, elektriklar, bolalar bog'chalari tarbiyalovchilari va boshqalar) jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Shunga o'xshash qoidalar boshqa MDH davlatlarining jinoyat kodekslarida ham nazarda tutilgan. Xususan, Turkmaniston Jinoyat kodeksi 121-moddasi (Bemorga yordam ko'rsatmaslik), 122-modda (Tibbiyot xodimlarining professional vazifalarini lozim darajada bajarmasligi), 123-modda (Voyaga yetmagan shaxslarning hayoti va sog'lig'ini saqlash bo'yicha vazifalarni lozim darajada bajarmaslik); Belarusiya jinoyat kodeksi 160-moddasida (Halokatga uchrayotgan kema kapitanlariga yordam ko'rsatmaslik), 161-modda (Bemorga tibbiy yordam ko'rsatmaslik), 162-modda (Tibbiyot xodimlarining professional vazifalarini lozim darajada bajarmasligi), 165-modda (Bolalarning sog'lig'i va hayotini saqlash bo'yicha majburiyatlarini lozim darajada bajarmaslik); Maldaviya jinoyat kodeksi 162-moddasida (Bemorga yordam ko'rsatmaslik); Ukraina jinoyat kodeksining 136-moddasi (Yordam ko'rsatmaslik shaxs sog'lig'ining holatiga xavf tug'dirsa), 137-modda (Bolalar sog'lig'i va hayotini saqlash bo'yicha majburiyatlarini lozim darajada bajarmaslik), 139-modda (Tibbiyot

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

xodimlarining bemorga yordam ko'rsatmasligi), 140-modda (Tibbiyot va farmasevtika xodimlarining professional vazifalarini lozim darajada bajarmasligi)[3].

O'rganishlar shuni ko'rsatdiki, ko'pgina MDH mamlakatlarida, jumladan Qozog'iston, Qirg'iziston va Belarusiya jinoyat kodeksi moddalarining sanksiyalarida kasb yuzasidan o'z vazifalarini lozim darajada bajarmaganlik uchun jarima tariqasidagi asosiy jazo belgilangan. Lekin O'zbekiston jinoyat qonunchiligida kasb yuzasidan o'z vazifalarini lozim darajada bajarmaganlik uchun jarima jazosi har bir qismda ko'rsatilmagan.

Dunyoning huquqiy demokratik rivojlangan davlatlaridan biri Finlandiya jinoyat kodeksining 44-bobi 5-bo'limida tibbiyot xodimlari tomonidan tibbiyotga oid hamda ushbu sohadagi maxsus qoidalarda nazarda tutilgan qonunbuzarlikni ehtiyotsizlik oqibatida buzsa (belgilangan dori-darmonlarni saqlash qoidalarini buzganlik, ishlatiladigan dori vositalari, tibbiy moddalar yoki boshqa moddalardan yoki tibbiyotda ishlatiladigan asboblardan yoki jihozlardan foydalanish qoidalarini buzganlik, bemorga belgilangan tartibda javob bermaslik, ma'lumot berish majburiyatini e'tiborsiz qoldirish, reestr yuritish majburiyatlarini buzish) uchun jarima yoki ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlishi belgilangan.

Shuningdek, GFR jinoyat kodeksining 223-moddasida tibbiyot xodimlarining xatosi yoki vazifalarini lozim darajada bajarmasligi oqibatida yuzaga keladigan holatlar uchun ham jarima yoki ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan bo'lsa, Fransiya jinoyat kodeksida o'z vazifalarini lozim darajada bajarmaganligi uchun nafaqat professional majburiyat yuklatilgan shaxslar, balki oddiy ishchilar hamda fuqarolar ham ehtiyotsizlik tufayli shaxsning sog'lig'iga zarar yetkazsa yoki uning o'limiga sabab bo'lsa javobgarlikka torilishi nazarda tutilgan.

Vengriya jinoyat kodeksining 165-moddasida (kasbiy huquqbuzarlik) professional vazifalarni amalga oshiradigan shaxs ehtiyotsizlik oqibatida boshqa shaxsning hayoti yoki sog'lig'iga xavf tug'dirsa bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddaning 2-qismiga ko'ra agar sodir etilgan harakat shaxs salomatligiga og'ir shikast yetishiga yoki nogironlikka olib kelsa uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan, shaxsning o'limiga sabab bo'lsa bir yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish; ikki yoki undan ortiq shaxsning o'limiga yoki boshqa og'ir oqibatlarga olib kelsa ikki yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko'rsatilgan.

Shvesariya jinoyat kodeksining 394-moddasi birinchi bandida huquqshunoslar (advokatlar) tomonidan kasb yuzasidan o'z vazifalarini bajarmaslik uchun javobgarlik belgilangan. Unga ko'ra ogohlantirish, jarima yoki kasb bilan

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

shug'ullanishni vaqtincha yoki doimiy ta'qiqlashgacha bo'lgan choralarni nazarda tutadi. Shuningdek, Shvesariya jinoyat qonunchiligida kasb yuzasidan o'z vazifalarini lozim darajada bajarmaganlik uchun tibbiy amaliyotchilar (davlat shifokorlari) uchun alohida hamda xususiy amaliyotda ishlovchi shifokorlar (xususiy klinikalarda) ishlovchi xodimlar uchun alohida javobgarlik nazarda tutilgan. Ya'ni agar shifokor tomonidan bemorga davolanishdan oldin barcha zarur tushuntirishlar berilmasa, shifokor bemorni davolashda ehtiyotkorlik bilan harakat qilganligidan qat'iy nazar, javobgarlikka tortilishi mumkin. Bunday holda, shifokor bemorga barcha zarur tushuntirishlar berganligini isbotlay olsagina, javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin. Bundan tashqari, Shvesariya jinoyat qonunchiligida bank va moliya mutaxassislari tomonidan o'z vazifalarini bajarmaganliklari uchun ham alohida javobgarlik belgilangan.

Osiyoning yetakchi davlatlaridan biri hisoblangan Yaponiya jinoyat kodeskining 211-moddasida (Ijtimoiy faoliyat sohasi bilan shug'ullanishda ehtiyotkorona munosabatda bo'lmaslik) javobgarlik nazarda tutilgan. Shuningdek, Malayziya jinoyat kodeksining 217-moddasi (Quruvchilar tomonidan o'z vazifalarini bajarmasalik), 218-modda (Jarrohlik yoki tibbiy muolaja qilish bilan shug'ullanadigan har qanday shaxsning vazifalariga beparvo munosabatda bo'lishi), 219-modda (Xavfli narsalar uchun mas'ul shaxslarning o'z majburiyatini buzishi); Xitoy jinoyat kodeksining 409-moddasida (Sog'liqni saqlash bo'yicha ma'muriy bo'limning har qanday xodimi tomonidan kasb majburiyatlarini bajarmaslik) uchun javobgarlik belgilangan.

AQSh jinoyat qonunchiligida ham bir qator kasblar uchun o'z vazifalarini lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi maxsus normalar mavjud.

Yangi Zelandiya jinoyat kodeksining 155-moddasida jarrohlik yoki tibbiy muolajani o'tkazish yoki hayot uchun xavfli bo'lgan yoki amalga oshirishi mumkin bo'lgan boshqa qonuniy harakatlarni amalga oshirish majburiyatini olgan shaxsning beparvo munosabatda bo'lganligi sababli shaxsning sog'lig'iga zarar yetsa yoki uning o'limiga sabab bo'lsa javobgarlik belgilangan.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Demak, yuqoridagi xorijiy mamlakatlarning ilg'or tajribasini o'rganish natijasida quyidagi xulosalarga kelish mumkin:

Birinchidan, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 116-moddasi birinchi qismi dispozitsiyasida nazarda tutilgan subyektlar doirasini aniq belgilash

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ijobiy natija beradi. Chunki ko'plab xorijiy davlatlar jinoyat qonunchiligida kasb yuzasidan o'z vazifalarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun aynan qaysi kasb egalari javobgarlikka tortilishi belgilab qo'yilgan;

Ikkinchidan, Jinoyat kodeksi 116-moddasi 2-qismida ko'rsatib o'tilgan uzrli sababsiz yordam ko'rsatmaslik javobgarlikka sabab bo'lishi belgilangan. Taklif sifatida aynan qanday holatlar uzrli sabablar ekanligi aniqlashtirilishi lozim. (Masalan, tabiiy ofat, oxirgi zarurat holati, dori vositalarining yetishmasligi va h.k);

Uchinchidan, Jinoyat kodeksi 116-moddasining birinchi va uchinchi qismlariga ham asosiy jazo sifatida jarima jazosini penalizatsiya qilish jazo choralari qo'llanilishiga yordam beradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.01.2022 yildagi PF-60-son. https://www.lex.uz/ru/docs/-5841063

2. Конституции государств Европы: в 3 т. М., 2001; Романовский Г. Б. Право на жизнь: юридическая норма и доктрина // Университетские научные записки. Киев, 2006. № 2.С. 75—79.

3. Хайдаров Ш.Д. Компаративистские исследования уголовного права, криминологии и уголовно-исполнительного права // Журнал зарубежного законодательства и сравнительного правоведения № 2 — 2017. С. 94.

4. https://www.who.int/ru

5. https://vawilon.ru/statistika-vrachebnyh-oshibok/#mirovaya-statistika

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.