Научная статья на тему 'YOSHLARNING HUQUQIY MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHNING MUAMMOLARI'

YOSHLARNING HUQUQIY MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHNING MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Право»

77
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
Huquq / huquqiy madaniyat / huquqiy bilim / huquqiy ko„nikma

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Navruzbek Shuhrat O’g’li Jurakulov, Umar Muxiddin O’g’li Qurbonov, Aqida Abdujabbarovna Dadasheva

Ushbu maqolada yoshlarning huquqiy madaniyatini rivojlantirishning muammolari ochib berilgan hamda amaliy taklif va tavsiyalar berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YOSHLARNING HUQUQIY MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHNING MUAMMOLARI»

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

YOSHLARNING HUQUQIY MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHNING

MUAMMOLARI

Navruzbek Shuhrat o'g'li Jurakulov Umar Muxiddin o'g'li Qurbonov

Toshkent davlat transport universiteti Iqtisodiyot fakulteti 2-kurs Yu-2 guruh talabalari @navruzbekj urakulov03 gmail .com Ilmiy rahbar: Aqida Abdujabbarovna Dadasheva Yuridik fanlari doktori, professor

v.b.

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada yoshlarning huquqiy madaniyatini rivojlantirishning muammolari ochib berilgan hamda amaliy taklif va tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: Huquq, huquqiy madaniyat, huquqiy bilim, huquqiy ko'nikma.

KIRISH. Mamlakatning ravnaq topishida huquqiy madaniyatni bugungi kunning talabiga mos ravishda yuksaltirish jamiyatdagi insonlarning kelajakka bo'lgan ishonchini yanada mustahkamlaydi hamda huquqiy madaniyatning shakllanishi jamiyatning rivojlanishiga bevosita bog'liq bo'ladi.

Yoshlarning har tomonlama barkamol inson bo'lib yetishishlari uchun huquqiy ong va madaniyatni yanada rivojlantirish bugungi kunning dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. "Huquqiy madaniyat deganda jamiyatda qaror topgan huquqiy tizimning darajasini, xalqning bu huquq tizimidan xabardorlik darajasini, fuqarolarning qonunga bo'lgan hurmati, huquqiy normalarning ijro etilish darajasi, huquqqa rioya qilmaganlarga murosasiz bo'lish, qonunga itoatkorlik darajasini tushunamiz" - deb ta'rif berilgan. Mamlakatimizda o'sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan bir vaqtda yoshlarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yanada yuksaltirish, ularni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash mamlakatimiz oldida turgan muhim masalalardan biridir.

Huquqiy demokratik davlat qurish va jamiyat taraqqiyotining rivoji, o'sib kelayotgan avlodning ta'lim darajasi, huquqiy savodxonligining yuqoriligiga bog'liqdir. Yaxshi ta'lim-tarbiya olgan barkamol avlod hech qanday huquqbuzarlikning ko'chasiga kirmaydi, uning botqog'iga botmaydi. Bu borada davlatimiz tomonidan ko'plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimizning 2019 yil 9 yanvardagi "Jamiyatda huquqiy ong huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan

va

December 1

312

Tashkent State Transport University Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022

The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -

is the Glorification of Human Dignity, the inson qadrini ulug'lash, erkin va

takomillashtirish to'g'risida"gi Farmoni hamda 2019 yil 13 dekabrdagi "Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta'minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4551-son qarori, 2022-2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risidagi 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-sonli farmonida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni rivojlantirish borasidagi ko'plab vazifalarni belgilab berdi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR. Lekin, hozirda jamiyatdagi insonlarning huquqiy saviyasini yetarli emasligiga, huquqiy ta'lim va tarbiya doirasida tizimli va uzviy olib borilmayotganligidir. Bu haqida Prezident Shavkat Mirziyoyev O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 26 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasida huquqiy ong va madaniyat darajasiga alohida to'xtalib quyidagi fikrni ya'ni "Kanadaning 1 milliondan ortiq transport vositasi mavjud bo'lgan Kalgari shahrida joriy yilning 10 oyida avtohalokatlar tufayli 10 nafar shaxs nobud bo'lgan. O'zingiz solishtirib ko'ring: jami 2 yarim milliondan ziyod avtotransport mavjud bo'lgan bizning yurtimizda esa, shu davrda 1 ming 600 dan ortiq kishi avtohalokat qurboni bo'lgan. Bu - og'ir kulfat, katta yo'qotish emasmi?! Biz yo'l harakati qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirdik. Lekin shuning o'zi bilan muammoni to'liq yechish mumkinmi? Menimcha, yo'q! Buning sababi jamiyatda huquqiy madaniyatning yetarli darajada shakllanmagani bilan bevosita bog'liq.

Biz jamiyatimizda huquqiy madaniyatni lozim darajada shakllantirmas ekanmiz, huquqbuzarlikka chek qo'ymas ekanmiz, qonunni buzish holatlari davom etaveradi" deb ta'kidlab o'tdi. Bugungi kunda yoshlarning huquqiy bilimlari yetarli emasligiga, huquqiy ta'lim borasidagi olib borilayotgan ishlar tizimli va uzviy olib borilmayotganligi kabi holatlar sabab bo'lmoqda.

Yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda avvalo ularning o'z huquq va erkinliklarini yaxshi bilib olishlari hamda ulardan hech qanday to'siq va moneliklarsiz to'liq va keng foydalanish imkoniyatlarini amalda ta'minlanishi muhim mezon bo'lib hisoblanadi. Yoshlarni jamiyat talablariga davlatning qonun-qoidalariga, milliy urf-odatlar va qadriyatlarga chuqur hurmat ehtiromli bo'lishga o'rgatish huquqiy ta'lim-tarbiyaning asosiy maqsadlaridan biridir. Jamiyatda yoshlarning huquqiy ongini rivojlantirish uchun yoshlar tarbiyasida huquqiy ta'lim sifatini yangi bosqichga ko'tarish zarur. Yoshlarni tarbiyalashda huquq nazariyasini uni o'qitish metadologiyasini va globallashuv jarayonida innovasion texnologiyalardan foydalanish

December 1

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

zarur. Ta'lim muassasalarida huquqiy ta'lim fanlarini mazmunan yangilash,Oliy ta'lim muassasalarini mutaxasisligidan kelib chiqib huquqiy ta'lim fanlarini moslashtirish,shu bilan bir vaqtda fuqarolarning huquqiy savodxonligini ta'minlashda ommaviy axborot vositalari katta ahamiyatga ega. Ommaviy axborot vositalarining huquqiy mavzulardagi ruknlariga e'tiborini kuchaytirish, aholi o'rtasida ko'proq ko'tarilayotgan huquqiy muommolarni davriy nashrlar saxifalarida, televidenie va radio eshittirishlari, ijtimoiy tarmoqlar orqali tushuntirish hamda huquqiy targ'ibot masalasi bugungi kunda huquqiy madaniyati shakillantirishning asosiy omili hisoblanadi.

Shuningdek, 20-maqsad: Faol fuqarolik jamiyatini rivojlantirish hamda fuqarolar o'rtasida qonunga hurmat va itoat qilish hissini shakllantirish,aholining huquqiy madaniyati va ongini yuksaltirish, bu borada davlat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va ta'lim tashkilotlari bilan o'zaro samarali hamkorligini yo'lga qo'yish,tadbirkorlar va aholi, ayniqsa uning kam ta'minlangan qatlamlari uchun huquqiy hujjatlarni yurist ishtirokisiz tayyorlash imkonini beruvchi "Legal Tech" platformasini ishga tushiris. kabi masalalar asosiy qilib belgilangan.

XULOSA. "Huquqiy targ'ibot-jamiyat va davlatning huquqiy siyosatini, strategik maqsadini kishilarga, ommaga yetkazishga qaratilgan ma'rifiy va targ'ibiy usullar. Huquqiy madaniyatning shakllanishi huquqiy targ'ibot ta'sirchanligi va xalqqa tushunarli ekaniga bog'liq. Shuning uchun, huquqiy targ'ibot huquqiy jamiyat nazariyasi, huquq loyihasi, huquq sotsiologiyasi kabi ilm sohalarining natijalariga tayanadi". Har bir davlatning rivojlanishining asosiy omillaridan biri bu huquqiy madaniyat hisoblanadi. Shunday ekan yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini rivojlantirish hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biridir.Buni rivojlantirishda esa katta yosh vakillarining o'rni beqiyosdir.Bundan tashqari yoshlarning huquqiy savodxonligi yuqori bo'lsa jamiyatga o'z bilimi bilan juda ijobiy ta'sir qiladi

REFERENCES

1. Tadjixanov U., Saidov A. Huquqiy madaniyat nazariyasi. 1-tom. - T.: O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 1998, 11 -bet

2. Odilqoriev H., Yakubov Sh. Milliy huquqiy tizim va huquqiy qadryatlar. -T.:2011, 56-bet.

3. O'zbekiston yuridik ensiklopediyasi. -Toshkent: Adolat, 2009. 654-b.

4. Дадашева, А. А. (2022). ДАВЛАТ ХИЗМАТИНИ ИСЛО^ ^ИЛИШ ШАРОИТИДА ^ОКИМЛАР ФАОЛИЯТИ

December 1

314

Tashkent State Transport University Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022

The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -

is the Glorification of Human Dignity, the inson qadrini ulug'lash, erkin va

УСТИДАН ЖАМОАТЧИЛИК НАЗОРАТИНИ АМАЛГА ОШИРИШНИНГ АСОСИИ ИУНАЛИШЛАРИ. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 1), 117-122.

5. Инагамова, М. М. (2022). ЯНГИ УЗБЕКИСТОННИНГ ТАРАККИЁТ СТРАТЕГИЯДА КОНУН УСТУВОРЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШ ВА МАДАЛЛА ИНСТИТУТИ ФАОЛИЯТИНИНГ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШНИНГ

ташкилиИ-дукукиИ масалалари (тадлилиИ-статистик

МАЪЛУМОТЛАР АСОСИДА). Academic research in educational sciences, 3(10), 315-321.

6. Dadasheva, A. A. (2022). PUBLIC OPINION AND GOVERNMENT EVALUATION IN NEW UZBEKISTAN. The American Journal of Interdisciplinary Innovations Research, 4(01), 16-19.

7. Юнусова, Н. Ш., Назарова, Н. Ж., & Жуманиязова, Н. С. (2022). ПЕДАГОГЛАРДА КАСБИИ КОМПЕТЕНЦИЯНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ (ОЛИИ ТАЪЛИМ ТИЗИМИ МИСОЛИДА). Современное образование (Узбекистан), (6 (115)), 9-16.

8. Назарова, Н. Ж., Муратова, Д. А., & Жуманиязова, Н. С. (2022). УЗБЕКИСТОН ТЕМИР ИУЛ ТРАНСПОРТ ТИЗИМИДА АЁЛЛАРНИНГ УРНИ ВА РОЛИ. Scientific Impulse, 7(3), 331-336.

9. Дадашева, А. А. (2020). МАДАЛЛИИ ИЖРО ДОКИМИЯТИ ФАОЛИЯТИ УСТИДАН ЖАМОАТЧИЛИК НАЗОРАТИНИ НАТИЖАДОРЛИГИНИ

оширишнинг илмиИ-назариИ ечимлари. журнал правовых

ИССЛЕДОВАНИЙ, (SPECIAL 2-2).

10. Abdumannapovna, M. D., & Juraevna, N. N. (2022). THE ROLE OF SOCIAL INSTITUTIONS IN THE DEVELOPMENT OF YOUNG PEOPLE. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10 (6), 67-70.

11. Дадашева, А. А. (2022). УЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ-КОНСТИТУЦИЯВИИ ИСЛОДОТЛАР ДАВР ТАЛАБИ. Academic research in educational sciences, 3(10), 288-291.

12. Samarov, R. S., & Rakhmonov, D. A. (2016). Social work activity in providing the life of the society (functional-structural analysis). Theoretical & Applied Science, (7), 14-16.

13. Beknazarov, A. A., Rakhmonov, D. A., Normuratova, M. K., & Nasirov, K. J. (2020). Psychological-pedagogical classification of the philosophy of social service. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(7 Special Issue), 2759-2762.

14. Abdinazarovich, R. D., Anarbaevich, P. K., & Ikromovich, T. A. (2022). Scientific Development in New Uzbekistan: Results and Prospects. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION,, 2(1), 76-82.

December 1

315

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.