Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life
Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati
O'ZBEKISTONDA YOSHLAR HUQUQI VA ERKINLIKLARINI TAKOMILLASHTIRISH VA HUQUQIY ONGINI SHAKLLANTIRISH
Tarbiya - shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon bo'lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta'sir etish imkonini beradi.
Tarbiya jarayoni o'qituvchi va o'quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o'rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo'naltirilgan hamkorlik jarayonidir. Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchming ongi shakllana boradi, his-tuyg'ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo'lgan ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo'ladi.
Mustaqil O'zbekiston Respublikasida shakllanayotgan milliy istiqlol g'oyalari fuqarolarni Respublika Konstitutsiyasida e'tirof etilgan insonparvar, demokratik, huquqiy davlat va huquqiy jamiyatni barpo etishdek ezgu maqsad atrofida birlashtirishga xizmat qiladi. Har bir fuqaroning ijtimoiy-siyosiy, huquqiy faolligini yuzaga keltirish, huquqiy madaniyatini qaror toptirish - fuqarolik (huquqiy) jamiyatning asosiy talabi sanaladi.
Jamiyat tomonidan qonunchilik yo'li bilan belgilangan talablar fuqaro xulqini baholash, xatti-harakatlari mohiyatini tahlil qilish uchun mezon bo'lib xizmat qiladi. Ana shu talablarga muvofiq fuqaroning xulq-atvoridagi ayrim ko'rinishlar, harakatlar yoki odatlar ma'qullanadi yoki qoralanadi.
O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining maqsadi erkin, demokratik, insonparvar huquqiy davlat va jamiyatni qurishdir. Bu jamiyatni bunyod etish jarayonida yangi ijtimoiy fuqarolik tarbiyasini tashkil etish vazifalarini yanada murakkablashtiradi. Zero, demokratik, huquqiy jamiyat barpo etilishining muvaffaqiyati fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy onglilik darajasi, fuqarolik fazilatlarining qaror topganligi va ijtimoiy faollik ko'rsatkichlariga bog'liq.
Fuqarolikning ijtimoiy asosi yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bo'lib, unda fuqarolarning shaxsiy manfaati jamiyat manfaati bilan qo'shilib, uyg'unlashib ketadi.
Milliy va umuminsoniy qadriyatlar mazmunida aks etgan g'oyalar, demokratik talablar hamda axloqiy-huquqiy me'yorlarga
A. M. Rustamov
(TDTRU 2- bosqich talabasi) Ilmiy rahbar: Sobirova S.T. (katta oqituvchi)
December 1
Tashkent State Transport University Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022
The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -
is the Glorification of Human Dignity, the inson qadrini ulug'lash, erkin va
muvofiq faoliyat yuritish ijtimoiy fuqarolik munosabatlarining muhim qoidasiga aylanadi.
Fuqarolik tarbiyasi fuqarolik tushunchasining mohiyatini anglatish orqali o'quvchilarda yuksak darajadagi fuqarolik madaniyatini shakllantirish, ularni xalq, Vatan, jamiyat manfaatlari yo'lida kurashuvchi fuqarolar etib tarbiyalashga yo'naltirilgan pedagogik jarayon. Fuqarolik tarbiyasining markaziy ob'ekti fuqaro sanaladi.
Fuqaro fuqaroligi huquqiy jihatdan e'tirof etilgan hamda muayyan jamiyat (davlat) a'zosi bo'lgan shaxsdir. Fuqarolik esa huquqiy va axloqiy me'yorlarga ongli rioya etish, ma'lum huquqlardan foydalanish hamda burchlarni bajarishga mas'ullik bilan yondoshuv, mehnat jarayoni va jamoadagi faollik, ma'naviy yetuklik asosida muayyan davlatga mansublik.
Fuqarolik tarbiyasining vazifalari tizimini quyidagilar tashkil etadi:
Yosh avlodni doimiy ravishda jamiyatda ustuvor mavqega ega bo'lgan axloqiy va huquqiy me'yorlarga rioya etishga o'rgatib borish.
2. O'quvchilarga fuqarolik huquq va burchlari to'g'risida ma'lumotlar berib borish, ularda fuqarolik faoliyatini tashkil etish borasida ko'nikma va malakalar hosil qilish.
3. O'quvchilarda davlat ramzlariga nisbatan hurmat va muhabbatni qaror toptirish, Respublika Prezidenti sha'ni, or-nomusini himoya qilishga tayyorlik hissini shakllantirish.
4. O'quvchilarda xalq o'tmishi, milliy qadriyatlarga nisbatan muhabbat tuyg'usini uyg'otish, ulardan g'ururlanish, faxrlanish va iftixor hislarini oshirish.
5. Vatan, xalq va millat ishiga sodiqlik, o'z manfaatlarini yurt manfaatlari bilan uyg'unlashtira olishga erishish, fidoiy fuqaroni tarbiyalab voyaga yetkazish.
6. Vatan, yurt ozodligi va mustaqilligini e'zozlovchi, ardoqlovchi, uni himoya qilishga tayyor fuqaroni tarbiyalash ishiga keng jamoatchilik e'tiborini jalb etish.
Yoshlar orasida huquqiy savodxonlikning pastligi nafaqat, ularning o'zlari uchun, balki jamiyat va davlat uchun ham zararlidir. Huquqiy savodxonlikning yetarli emasligi yoshlarning o'z huquqlaridan to'laqonli foydalana olmasliklariga, majburiyatlaridan bexabar qolishlariga sabab bo'ladi. Majburiyatlardan bexabarlik yoki harakatlarining huquqiy oqibatini anglamaslik bugungi kunda yoshlar orasida huquqbuzarliklarning sodir bo'lishiga sabab bo'lmoqda. Biz huquqiy-demokratik davlat qurishni oldimizga maqsad qilgan ekanmiz, buning uchun huquqiy ongi va madaniyati yuksak yoshlar hal qiluvchi rol o'ynaydi. Bunga esa huquqiy savodxonlikni oshiribgina
December 1
Tashkent State Transport University Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022
The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -
is the Glorification of Human Dignity, the inson qadrini ulug'lash, erkin va
erishishimiz mumkin. Qisqasini aytganda, "Faqat chuqur o'ylangan va tezkor davlat siyosatigina yoshlarning huquqiy madaniyatini ko'tara oladi va ularning huquqiy ongi darajasini yuksaltirishga yordam beradi"[6].
Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish yo'lida Mustaqillik davrida qator tadrijiy islohotlar amalga oshirildi. Yuqorida ta'kidlanganidek, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida bir qancha qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilindi. Bular sirasiga "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi Qonun, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining "Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi", O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi faoliyatini qo'llab-quvvatlash to'g'risida"gi hamda "O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o'rganishni tashkil etish to'g'risida"gi Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining "Yoshlarning huquqiy ta'limini takomillashtirish kompleks dasturi to'g'risida"gi Qarori kabilarni kiritish joiz. Bu qonun hujjatlarining ijrosi sifatida qator amaliy ishlar qilinmoqda. Masalan, Adliya vazirligi huzurida 2009-yilda tashkil etilgan yosh huquqshunoslardan iborat "Huquqiy targ'ibot guruhi" faoliyati e'tirofga loyiq. Ma'lumot o'rnida keltirish joizki, shu paytgacha bu targ'ibot guruhi respublikamizning 70dan ortiq tumanlariga borib, 62 mingdan ortiq yoshlar bilan uchrashuvlar o'tkazdi, ularning huquqiy savodxonligini oshirishga katta hissa qo'shdi. Shu bilan birga, har yili o'tkazib kelinayotgan "Siz qonunni bilasizmi?", "Huquq bilimdonlari" kabi ko'rik tanlovlar, fan olimpiadalari ham yoshlarning huquqiy savodxonlikni oshirishga bo'lgan qiziqishlariga sabab bo'lmoqda. Yangi qabul qilinayotgan qonunlarning yoshlar hayotiga ta'siri katta, albatta. Ularning bu qonunlar haqida axborot olishlari, undagi normalarga tushuntirishlar talab qilish huquqi ham qonunan mustahkamlangan[7].
Bu borada olib borilayotgan islohotlarning yanada samarali bo'lishi ko'p jihatdan chuqur o'ylanganligi va tizimliligiga bog'liqdir. Shuni e'tiborga olgan holda biz yoshlar orasida huquqiy savodxonlikni oshirish masalasi bo'yicha bir qancha takliflarni bildirmoqchimiz.
Avvalo, shunga e'tibor qaratish kerakki, yetarli huquqiy ta'lim-tarbiyagina huquqiy savodxonlikka olib boradi. Shu boisdan, pedagogika oliygohlarida "huquqshunoslik pedagogikasi" fakultetlarini tashkil etish maqsadga muvofiq bo'lgan bo'lar edi. O'z navbatida esa, umumiy o'rta ta'lim va oliy ta'lim muassasalarida "Huquqshunoslik" fani dars soatlarini optimal darajada ko'paytirish ham lozim. "Huquqshunoslik" faniga ixtisoslashtirilgan sinflarning bo'lishi ham foydali bo'ladi.
December 1
Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life
Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati
Huquqiy ta'Hm-tarbiyani maktabgacha ta'lim muassasasidan boshlash samarali bo'ladi, degan fikrdamiz. Zero, bu yoshdan boshlab bolalarga konstitutsiya, qonun, fuqarolik, huquq, majburiyat kabi tushunchalarni singdirish lozim. Huquqiy ta'limning bunday izchilligi shunisi bilan ahamiyatliki, bunda doimiy auditoriya mavjud bo'lib, huquqiy savodxonlikka erishishning tadrijiyligi ta'minlanadi.
Shu qatorda, yoshlarning huquqiy ta'lim-tarbiyasini rivojlantirishning hududiy dasturlarini yaratish davri keldi, deb hisoblaymiz. Viloyat va tumanlar miqyosidagi, o'ziga xos dasturlarning bo'lishi yoshlar orasida huquqiy savodxonlik ko'lamining oshishiga olib keladi, degan fikrdamiz. Masalan, "Yosh huquqshunos" nomli tuman hokimi mukofoti, "Konstitutsiya bilimdonlari" nomli viloyat hokimi kubogi kabi yangicha tadbirlar yoshlar orasida huquqiy bilimlarga qiziqishning yanada oshishiga olib kelishi mumkin.
Keyingi taklifimiz shundan iboratki, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga "davlat - ota-ona - maktab - huquqni muhofaza qiluvchi organlar" tizimini joriy qilish lozim. Bunda davlat joylarda shart-sharoit yaratib bersa, o'quv muassalari tadbirlarni tashkillashtiradi va ota-onalar bolalarni jalb qilishadi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xodimlari esa tizimli tarzda yoshlarni o'z huquqlarini himoya qilishda kerak bo'ladigan huquqiy bilimlar bilan tanishtirib boradilar. Bu tadbirlar suhbat, munozara, taqdimotlar, filmlar namoyish qilish kabi ko'rinishlarda o'tkazilishii mumkin.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yoshlardagi yuqori huquqiy savodxonlik demokratik-huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu qatorda, bugungi islohotlarning mohiyatini tushunishda, ularni amalga oshirishda yoshlarning yanada faol ishtirokini ta'minlaydi. Bu darajaga esa tizimli va doimiy huquqiy tarbiya orqali erishish mumkin.
REFERENCES
1. Sobirova, S. T. (2022). Issues of Education of the Younger Generation and the Formation of Spiritual and Moral Worldview. Spanish Journal of Society and Sustainability, 4, 30-32.
2. Ramatov, J., Umarova, R., Sobirova, S., & Rakhimova, M. (2022). THE PROCESS OF CIVILIZATION AND IMPORTANT CHANGES IN LIFE. Web of Scholars: Multidimensional Research Journal, 1(6), 243-246.
3. Jumaniaz, R., Umarova, R., Rakhimova, M., & Sobirova, S. (2022). PROBLEMS OF INFLUENCE OF ISLAM ON
December 1
Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life
Volume 3 j TSTU Conference 2 j 2G22 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati
CONSCIOUSNESS TRANSFORMATION. Uzbek Scholar Journal, 9, 175-179.
4. Jumaniaz, R., Umarova, R., Rakhimova, M., & Sobirova, S. (2022). TECHNOCRATIC THEORIES AND THEIR ESSENCE. Uzbek Scholar Journal, 9, 183-187.
5. Asanbaevna, K. S., Kuddusovna, R. S., & Tursunovna, S. S. (2021). Socio-Cultural Powers to Ensure the Professional Development of Military Personnel in the Conditions of COVID-19 (Under the Functional Approach). Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 7072-7076.
6. Собирова, С. Т. (2018). ЗДОРОВЫЙ ОБРАЗ ЖИЗНИ ОСНОВА РАЗВИТИЯ ОБЩЕСТВА. Теория и практика современной науки, (3), 308-311.
7. Файзиходжаева, Д. И., & Собирова, С. Т. (2022). ТРАНСПОРТ СОХДСИДА ХАЛКАРО ДАРАЖАДАГИ МУТАХАССИСЛАРНИ ТАЙЁРЛАШДА ФАЛСАФА ФАНИНИ УКДГИШ МУАММОЛАРИ. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 1), 178-183.
8. Умарова, Р., Журабоев, Н. Ю., Собирова, С. Т., Темирова, С. В., & Рахимова, М. И. (2022). ИНСОННИНГ ТАБИИЙ ХУКУКИ ВА УНИНГ MАФKУРАСИ ТАХЛИЛИ. Uzbek Scholar Journal, 9, 125-127.
9. Собирова, С. Т. (2018). РОЛЬ ЖЕНЩИНЫ В СОВРЕМЕННОМ ОБЩЕСТВЕ. Мировая наука, (5), 84-87.
10. Назарова, Н. Ж. (2022). ЁШЛАРДАГИ РАКОБАТБАРДОШЛЖ СИФАТЛАРИНИ РИВОЖЛАНТИРИШДА ХАМтРЛИК Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 1), 570-575.
11. Дадашева, А. А. (2022). УЗБЕKИСТОH РЕСПУБЛЖАСИ-ШНСТИТУЦИЯВИЙ ИСЛОХОТЛАР ДАВР ТАЛАБИ. Academic research in educational sciences, 3(10), 288-291.
December 1