Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life
Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati
O'ZBEKISTONDA GENDER TENGLIKKA OID AYRIM MULOHAZALAR
(MILLIY VA XORIJIY TAJRIBA)
Mafura Muxtorxonovna Inagamova
Toshkent davlat transport universiteti dotsenti, yuridik fanlar bo'yicha falsafa doktori
(PhD), dotsent
Diyora Dilmurod qizi Xusanova
Toshkent davlat traansport universiteti 2-kurs talabasi [email protected]
ANNOTATSIYA
Maqolada xorijiy mamlakatlar tajribasida ayol huquqlari himoyasi hamda jabrlangan ayollarga ijtimoiy-huquqiy va psixologik yordam ko'rsatishning huquqiy mexanizmlari masalalari yoritilgan.
Kalit so'zlar: Xalqaro tajriba, zo'ravonlik, gender tenglik, poligamiya, diskriminatsiya, jabrlangan, tajovvuz, kasb etikasi kodeksi, zo'ravonlik, jinoyat.
Har bir mamlakatning demokratik va insonparvarlik siyosati - uning ayollarga nisbatan bo'lgan munosabati hamda ularning huquq va erkinliklarining ta'minlangani bilan belgilanadi. Ma'lumki, mamlatimiz va rivojlangan xorijiy davlatlarda ayollar huquq va erkinliklarini ta'minlashning siyosiy, huquqiy va institutsional mexanizmlari yaratilgan[1]. Biroq, O'zbekiston va xorijiy mamlakatlarda ayollar huquqlarining buzilishi, ta'minlanmasligi va ko'p holatlarda ayollarga nisbatan tayziq va zo'ravonliklarning mavjudligi gender tenglikka oid masalalarni o'rganish va tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Statistik ma'lumotlarga ko'ra, dunyo aholisining 49,7 foiz ayollardir (ayollar 3 milliard 132 million 342 ming, erkaklar 3 milliard 169 million 122 ming kishi) . Agar homila paytida qizlar jinslari tufayli oldirib tashlanmaganlarida va chaqaloqliklarida tegishli tarzda parvarish qilinganlarida edi, ularning soni kamida 60 millionga ko'proq bo'lar edi.
Ayollarning har uchinchisi (demakki, bir milliard ayol) hayotida kamida bir marta kaltaklangan yoki jinsiy aloqa qilishga majburlangan yoxud boshqacha tarzda xo'rlangan, har beshinchi ayolning hayotida kamida bir marta nomusiga tegilgan yoki tegishga harakat qilingan. Odatda, zo'ravon kishi ayolning qarindoshlaridan biri yoki tanishi bo'lgan.
December 1
330
Shuningdek, 47 foizi ayollarning ta'kidlashicha, ular ilk marotaba o'zlari xohlamagan tarzda jinsiy aloqada bo'lganlar hamda zo'ravonlik bilan o'lim topgan ayollarning 70 foizga yaqini o'z erlari yoki birga yashayotgan erkak tomonidan o'ldirilgan [2].
Jumladan turmushga chiqishdan avval begona erkak bilan jinsiy aloqada bo'lganlik, turmushiga rozi bo'lmaganlik yoki ajrashishga harakat qilganlik, ba'zida esa faqat begona erkak bilan gaplashganlik uchun ayolning yaqin qarindoshlari uni «isnod keltirganlik»da ayblab o'ldiradilar. Bu kabi ko'rsatgichlar hozirgi ma'rifiy jamiyatda ham xotin-qizlar kamsitilishi bilan bog'liq muammolar mavjudligi, uning oldini olish bo'yicha tegishli choralar ko'rish zaruratini ko'rsatadi. Bunday dolzarb masala rivojlangan mamlakatlarda ham ayol huquqlari himoyasida alohida vazifalarni yuklaydi [3].
Ayollarning gender tengligi masalasida xalqaro tajribaga nazar tashlasak, ayol huquq va erkinliklarini himoyalash borasida Amerika Qo'shma Shtatlarida politsiya tizimi inson huquqlari, jumladan ayol huquqlarini ta'minlashga oid boy ijobiy tajribaga ega. Jumladan ayollar huquqlarini himoya qilishning bosh mezon sifatida politsiya xodimlarining «Kasb etikasi kodeksi» qabul qilingan va har bir xodim ushbu Kodeks talablariga so'zsiz rioya qilishga majburdir[4] .
Dunyoning rivojlangan mamlakatlaridan biri bo'lgan Germaniya Federativ Respublikasi politsiyasi tomonidan ham inson huquqlari, ayniqsa, ayollar huquqlari alohida himoya qilinishi nazoratga olingan bo'lib, bugungi kunda hududida qiyin hayotiy vaziyatlarga duchor bo'lgan, zo'ravonlik va turli qiyinchiliklarga uchragan ayollar uchun, «Ayollar uylari» (Frauenhäuser), yuzlab maslahat markazlari, kunduzgi psixologik yordam hamda 360 dan ortiq ijtimoiy yordam markazlari faoliyati yo'lga qo'yilgan. Shuningdek, qiyin ahvolga tushib qolgan jabrlanuvchilar uchun yordamga chaqirish maxsus telefon raqam «110» xizmati keng yo'lga qo'yilgan bo'lib, ushbu raqamdan chaqiruv signali ketishi bilan shaxsning joylashgan joyi aniqlanadi hamda zudlik bilan politsiya xodimlari yuborilishi nazoratga olingan. Zo'ravonlik va jinoyat sodir etgan shaxslar o'zlari yashayotgan xonadonlardan chiqarib yuboriladi, ularning jabrlanuvchisiga yaqinlashishi, telefon orqali so'zlashuv yoki xabarlar yuborishi taqiqlanadi. Binobarin, jabrlanuvchining turmush o'rtog'i shunday holatlarni sodir etgan taqdirda oilani moliyalashtirish majburiyati yuklatilgan[1]. Bu amaliyot esa ayollarning iqtisodiy qaramligini bartaraf etish uchun xizmat qilmoqda.
Jumladan, mamlakat hududida zo'ravonlikka duchor bo'lgan ayollarning Fransiya davlatida ham huddi Germaniya Federativ Respublikasidagi kabi jismoniy, psixologik, jinsiy,
December 1
iqtisodiy, kiber zo'ravonliklarga duchor murojaatlarini qabul qiluvchi «3919» raqamli «Violences Femmes info» telefon aloqasi va «Téléphone Grand Danger» nomli favqulodda tezkor qo'ng'iroq qilish tizimi yaratilgan bo'lib, uning asosiy vazifasi ko'makka muhtoj ayollarga tibbiy va reabilitatsion yordam ko'rsatishdan iborat. Mazkur xizmatlarga 2012/2015-yillarda 1147 nafar jabrlangan ayol murojaat etgan bo'lib, ularni himoya qilish maqsadida politsiya nazoratiga olingan. Bundan tashqari, mamlakat Bosh vaziriga «Ayol va erkaklar o'rtasidagi tenglik» masalasi bo'yicha bo'ysunuvchi davlat kotibi lavozimi joriy etilgan. Uning asosiy vazifasi Frantsiya ayollarining barcha sohalarda erkaklar bilan teng huquq va erkinliklarga ega bo'lishini ta'minlashdan iborat[5] .
Sharqiy Osiyoning yirik davlatlaridan biri hisoblangan Xitoyda ayollar huquq va manfaatlari kafolatlangan qonunchilik bazasi yaratilgan bo'lib, bu «Gender tenglik va Xitoyda ayollarning rivojlanishi» nomli Oq kitobda keltirilgan. Unga ko'ra, so'nggi yigirma yil davomida «Nikoh», «Mehnatni rag'batlantirish», «Ijtimoiy sug'urta to'g'risida»gi hamda «Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish to'g'risida»gi qonunlar qabul qilindi. Shuningdek, Xitoyda 2016/2020-yillarga mo'ljallangan «Inson huquqlari himoyasi bo'yicha davlat Dasturi» ishlab chiqilgan bo'lib, uning 2-bo'limida «Ayollar huquqlari himoyasi»ga oid qator vazifalar belgilangan, jumladan, ayollarga nisbatan zo'ravonliklarning oldini olish, ayollarni o'g'irlash, sotish kabi jinoyatlar politsiya tomonidan aniq va qat'iy nazoratga olinishi hamda qonun chiqaruvchi organlar tomonidan javobgarlik kuchaytirishga qaratilgan qonunchilik bazasi ishlab chiqilishi belgilangan[6].
Kunchiqar mamlakat sanalgan Yaponiya poytaxti Tokioda ayollar huquqlarini himoya qilish bo'yicha BMTning «BMT-Ayollar» bo'limi tashkil etildi. Bundan tashqari, Yaponiya Konstitutsiyasida ayollar huquq va erkinliklari kafolati haqidagi normalar mavjud bo'lib, mazkur norma talablarining buzilganligi natijasida kelib chiqadigan huquqbuzarliklar huquqni muhofaza qilivchi organlar, jumladan politsiya tomonidan nazorat qilinadi .
Avstraliyada «Ayollar va qizlarga nisbatan zo'ravonlikni tugatish 2018/2030 yillarga mo'ljallangan barqaror rivojlanish maqsadlari Dasturi» ishlab chiqilgan. Unga ko'ra gender tenglikni ta'minlash, ayol va qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, sog'lom turmush tarzini ta'minlash hamda toza mehnat sharoitlari va iqtisodiy o'sish maqsadlari belgilangan. Yuqorida rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasida ayol huquqlari himoyasi va unda politsiyaning ishtiroki masalasi ilmiy-amaliy jihatdan tahlil qilindi. Shu o'rinda mamlakatimizda ayollar huquq va manfaatlarini himoya qilish
December 1
masalasi davlat siyosati darajasida ekanligini alohida ta'kidlab o'tish maqsadga muvofiqdir. O'zbekiston Respublikasi demokratik huquq davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishni o'zini pirovard maqsadi deb e'lon qildi va shu yo'lda ildam qadam bosib kelmoqda.
Jamiyat hayotining barcha sohalaridagi islohotlar aynan shu vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan. Bunda O'zbekiston, bir tomondan, jahon hamjamiyatida qabul qilgan ilg'or demokratik g'oyalar hamda institutlarga tayansa, ikkinchi tomondan halqimizning uzoq o'tmishga borib taqaladigan boy davlat-huquqiy tarixiy tajriba va ta'limotlarga asoslanadi. Bu esa o'z navbatida O'zbekistonda asrlar davomida tarixiy xayot sinovlaridan o'tib sinalgan davlatchlik va huquqiy institutlarni, ajdodlarimizning siyosiy-huquqiy g'oyalarini chuqur o'rganishni taqazo etadi.
O'zbekiston o'z mustaqillikni qo'lga kiritish, milliy davlatchilikni tiklash, rivojlangan davlatlar qatoridan munosib o'rin egallash hamda inson huquq va manfaatlarini himoya qilishga intilish kuchaygan davr hisoblanadi. Bu davrda inson huquqlari, xususan ayollar huquqlarini samarali amalga oshirish, jamiyatning manfaatlariga xizmat qiluvchi davlat va huquq tuzilmalarni yaratishni o'zlarining asosiy maqsadi va vazifasi deb bilgan ichki ishlar organlari vujudga keldi. Mazkur soha vakillari o'sha davr talablariga javob beradigan va shart-sharoitlarini o'zida mujassamlashtirgan qonunlar ishlab chiqqanlar va hayotga tatbiq etishga intilganlar.
Shu o'rinda bugungi kunda, mamlakatimizda ayol huquqlrini himoya qilishda ichki ishlar organlari ishtirokining tutgan o'rni va rolini kuchaytirish, bu yo'nalishning huquqiy mexanizmlarini qaror topishiga erishish va faoliyat ko'rsatishning tashkiliy-huquqiy mexanizmini takomillashtirish bilan bog'liq muammolarning ilmiy yechimini topish o'ta muhimdir.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta'kidlaganidek, «Biz, odatda, jamiyatimiz hayotiga qarshi qaratilgan xavf-xatarlar haqida gapirganda, ko'pincha chetdan kiradigan tahdidlarni tushunamiz. Lekin eski zamondan qolgan ayrim salbiy holatlar, afsuski, bugungi tinch va yorug' hayotimizga soya solib -turibdi. Loqaydlik, bir-birini ko'rolmaslik, oilada er-xotin, qaynona-kelin, qo'ni-qo'shnilar o'rtasidagi kelishmovchilik, ayollarga bepisand qarash — bunday yaramas illatlar bizga, bizning xalqimizga mutlaqo yarashmaydi». Bu kabi salbiy illlatlarga qarshi kurashish asosiy vazifamizdan biri hisoblanib, ushbu yo'nalishda bir qator amaliy ishlarni, jumladan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan xotin-qizlarning huquqlar va manfaatlari himoyasida umumiylik printsipidan, individual yondashuvga o'tish zarur. Bunda ayollar bilan ishlash, ularning o'ziga xos xususiyatlari hisobga olinishi, awalo,
December 1
Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life
Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati
ayollarni tushunish, ularni his etish zaruratidan kelib chiqib, ichki ishlar organlari xodimlariga ayol huquqlari bilan bog'liq mavzular yanada chuqurroq tushuntirilishi, maxsus o'quv mashg'ulotlari sonining oshirilishi muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari ayol huquqlari himoyasi va bu jarayonda ichki ishlar organlari ishtirokining strategik maqsad va ustuvor yo'nalishlarini aniq belgilash, bu yo'nalishdagi harakatlarning yaqin, o'rta va uzoq muddatli rejalari ishlab chiqilishi, shuningdek oilalardagi nizoli vaziyatlarni, oilaviy-maishiy zo'rlik ishlatishni va o'z joniga qasd qilishga moyil xulq-atvorni, ularning kelib chiqishiga olib keladigan sabablar va shart-sharoitlarni tahlil qilish hamda umumlashtirish[7,8,9,10,11,12], axborot-tahliliy hamda ular profilaktikasiga oid materiallarni ommaviy axborot vositalarida va Internet tarmog'ida tarqatish orqali ushbu sohadagi muammolar haqida jamoatchilikning xabardor etilishini ta'minlash zarur.
Bu esa, O'zbekistonda ayol huquqlarini himoya qilishda ichki ishlar organlari ishtirokining tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini yanada rivojlantirishni taqazo etadi.
Shu o'rinda 2019 yilning 2 sentyabrida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida»gi hamda «Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonliklardan himoya qilish to'g'risida»gi qonunlar qabul qilinib, ijroga qaratilganligi fikrimizning dalilidir. Mazkur ikkala qonun ham bevosita ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ayollar va ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilganligi bilan alohida e'tiborga molikdir.
Xulosa o'rnida shu ta'kidlash mumkinki, hali mamlakatimiz ichki ishlar organlari tomonidan ayol huquqlarini himoya qilishning huquqiy-institutsional tuzilmalarini yaratish borasida amalga oshirilishi lozim bo'lgan hamda o'z yechimini kutayotgan bir qator masalalar mavjud. Xususan, ichki ishlar organi xodimlarining ayol huquqlariga oid xalqaro va milliy qonunchilikdan xabardorligini oshirish, ayol huquqlarining mazmun-mohiyatini yorituvchi turli o'quv - metodik va amaliy materiallar tayyorlash, ularning ichki ishlar organlari xodimlariga yetkazish ishlarini kuchaytirish hamda ichki ishlar organlari xodimlarining ayollar bilan ishlash bo'yicha zamonaviy metodikasini ishlab chiqish, shuningdek ommaviy axborot vositalari, ayniqsa, televidenie orqali ayol huquqlari himoyasi, ularni ta'minlashda ichki ishlar organlari ishtirokini keng yoritib beradigan materiallar, ko'rsatuvlar tayyorlash va tizimli ravishda yoritib borilishi maqsadga muvofiqdir.
December 1
Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life
Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati
REFERENCES
1. Ayol huquqlari: tarixiy va huquqiy talqin//O'zbekiston ichki ishlar organlari tizimida amalga oshirilayotgan ma'muriy-huquqiy islohotlar:Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari(2020 yil 25-mart). - Т.: O'zbekiston Respublikasi IIB Akademiyasi, 2020. -B. 114-121.
2. «Xalqaro Amnistiya» tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra.
3. Médecins sans Frontières, "The Crushing Burden of Rape: Sexual Violence in Darfur", 8 марта 2005 г., стр. 6.
4. Bone J. New York police in the dock again as corruption claims dent image. URL: http:// www.timesonline.co.uk/ tol/ news/ world/ us_and_americas/ article5860794.ece.
5. Одним из фундаментальных прав женщины является право не подвергаться насилию. https : //ru.ambafrance.org/Prava-zhenschin
6. Государственная программа действий в сфере прав человека /2016-2020 гг./ http : //russian.news .cn/importnews/
7. Дадашева, А. А. (2022). ДАВЛАТ ХИЗМАТИНИ ИСЛОД КИЛИШ ШАРОИТИДА ДОКИМЛАР ФАОЛИЯТИ УСТИДАН ЖАМОАТЧИЛИК НАЗОРАТИНИ АМАЛГА ОШИРИШНИНГ АСОСИЙ ЙУНАЛИШЛАРИ. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 1), 117-122.
8. Инагамова, М. М. (2022). ЯНГИ УЗБЕКИСТОННИНГ ТАРАККИЁТ СТРАТЕГИЯДА КОНУН УСТУВОРЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШ ВА МАДАЛЛА ИНСТИТУТИ ФАОЛИЯТИНИНГ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШНИНГ ТАШКИЛИЙ-ДУКУКИЙ МАСАЛАЛАРИ (ТАДЛИЛИЙ-СТАТИСТИК МАЪЛУМОТЛАР АСОСИДА). Academic research in educational sciences, 3(10), 315-321.
9. Dadasheva, A. A. (2022). PUBLIC OPINION AND GOVERNMENT EVALUATION IN NEW UZBEKISTAN. The American Journal of Interdisciplinary Innovations Research, 4(01), 16-19.
10. Дадашева, А. А. (2020). МАДАЛЛИЙ ИЖРО ДОКИМИЯТИ ФАОЛИЯТИ УСТИДАН ЖАМОАТЧИЛИК НАЗОРАТИНИ НАТИЖАДОРЛИГИНИ ОШИРИШНИНГ ИЛМИЙ-НАЗАРИЙ ЕЧИМЛАРИ. ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ, (SPECIAL 2-2).
11. Nazarova, N. J., & Nalibaeva, Z. O. (2022). THE INFLUENCE OF SOCIAL INSTITUTIONS ON THE FORMATION OF COMPETITIVE QUALITIES IN YOUTH. Thematic Journal of Applied Sciences, 2(2).
12. Дадашева, А. А. (2022). УЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ-КОНСТИТУЦИЯВИЙ ИСЛОДОТЛАР ДАВР ТАЛАБИ. Academic research in educational sciences, 3(10), 288-291.
December 1