Научная статья на тему 'O'ZBEKISTONDA BOLALAR SALOMATLIGI DAVLAT HIMOYASIDAMI?'

O'ZBEKISTONDA BOLALAR SALOMATLIGI DAVLAT HIMOYASIDAMI? Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
530
34
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sog‘liqni saqlash / bolalar soglig‘i muhofazasi / UNICEF / onabola / bolalar parvarishi. / health / child health / UNICEF / mother-child / child care.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Aziza Xusniddinovna Sabirova

Bolalar ijtimoiy himoyasining eng asosiy jihatlaridan biri salomatlik bilan bog'liq masalalardir. Ushbu maqolada bolalar himoyasining mamlakatimizdagi o‘rni va bolalar himoyasi uchun davlatimizning chora-tadbirlari haqida ma‘lumotlar berilgan. UNICEFning Sog‘liqni saqlash vazirligiga bu borada bergan tavsiyalari va bajarilayotgan amallar haqida ma‘lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IS CHILDREN'S HEALTH PROTECTED IN UZBEKISTAN?

One of the most important aspects of children‘s social protection is healthrelated issues. This article provides information on the role of child protection in our country and the state's measures for the protection of children. UNICEF's recommendations to the Ministry of Health and actions taken are provided.

Текст научной работы на тему «O'ZBEKISTONDA BOLALAR SALOMATLIGI DAVLAT HIMOYASIDAMI?»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-413-417

O'ZBEKISTONDA BOLALAR SALOMATLIGI DAVLAT

HIMOYASIDAMI?

Aziza Xusniddinovna Sabirova

O'zbekiston Milliy Universiteti Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti magistranti

ANNOTATSIYA

Bolalar ijtimoiy himoyasining eng asosiy jihatlaridan biri salomatlik bilan bog'liq masalalardir. Ushbu maqolada bolalar himoyasining mamlakatimizdagi o'mi va bolalar himoyasi uchun davlatimizning chora-tadbirlari haqida ma'lumotlar berilgan. UNICEFning Sog'liqni saqlash vazirligiga bu borada bergan tavsiyalari va bajarilayotgan amallar haqida ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: sog'liqni saqlash, bolalar soglig'i muhofazasi, UNICEF, ona-bola, bolalar parvarishi.

IS CHILDREN'S HEALTH PROTECTED IN UZBEKISTAN?

ABSTRACT

One of the most important aspects of children's social protection is health-related issues. This article provides information on the role of child protection in our country and the state's measures for the protection of children. UNICEF's recommendations to the Ministry of Health and actions taken are provided.

Keywords: health, child health, UNICEF, mother-child, child care.

KIRISH

Butun dunyoda bolalar himoyasi, parvarishiga alohida e'tibor qaratilib, 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni katta shodiyona sifatida nishonlanadi. So'nggi yillarda O'zbekiston Sog'liqni saqlash vazirligiga Xorazm, Surxondaryo va Toshkent viloyatlaridagi sakkizta birlamchi tibbiy-profilaktika muassasasida uyga tashrif buyurishning universal-progressiv tizimini modellashtirishda yordam berdi. Bunday yondashuv tibbiyot hamshiralariga kasallikning xavfli belgilarini vaqtida aniqlash, ota-onalarga bolani parvarishlash bo'yicha foydali maslahatlar berish, ijobiy amaliyotni rag'batlantirishga xizmat qiladi.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-413-417

ADABIYOTLAR TAXLILI VA METODOLOGIYASI

Bola salomatligini ta'minlashda sog'lom ovqatlanish muhim o'rin tutadi. Bu, ayniqsa, bola rivojlanishining dastlabki bosqichlarida juda muhim. Shu bois, Sog'liqni saqlash vazirligi hamkorligida oziqlanish bo'yicha milliy tadqiqot o'tkazildi. Unda so'nggi yillarda ayollar va bolalarning ovqatlanishida erishilgan yutuqlar ko'rsatib berildi. Masalan, bolaning o'z yoshiga nisbatan bo'yi me'yordan past bo'lishi holatlarini kamaytirish borasida O'zbekiston sezilarli yutuqlarga erishdi. Go'daklarni ko'krak suti bilan oziqlantirishni erta boshlash amaliyotini joriy qilish bo'yicha ham yaxshi natijalar qayd etilmoqda. Biroq tadqiqot davomida bolalar va reproduktiv yoshdagi ayollarda mikroelementlar etishmovchiligi hal qilinishi zarur bo'lgan muammolar sirasiga kirishi aniqlandi. Davlat ko'magidagi tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish va tegishli tavsiyalarni ishlab chiqish natijasida hukumat mamlakatda oziqlanish strategiyasi va mikroelementlar etishmasligini kamaytirish bo'yicha harakatlar rejasini ishlab chiqishga qaror qildi. Umid qilamizki, bu kabi sa'y-harakatlar bolalar o'limi holatini kamaytirib, ona va bola salomatligi borasida yangi yutuqlarga erishishni ta'minlaydi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

YUNISEF O'zbekistonda onalar va bolalar salomatligini yanada yaxshilash uchun nimalarni tavsiya qiladi?

Kelajakda yanada barqaror va adolatli rivojlanishga xizmat qiladigan poydevor yaratish uchun ona va bola salomatligi, ayniqsa, kam ta'minlangan, alohida e'tiborga muhtoj bolalarga ko'proq sarmoya yo'naltirish zarur. Bugun O'zbekistonda maktab yoshidagi nogiron bolalar 1 foizni tashkil etadi. Homiladorlikning erta bosqichi, tug'ilish jarayoni yoki bola hayotining birinchi yilida mazkur muammoni bartaraf etishga jiddiy qarash orqali yuqoridagi ko'rsatkichni yanada qisqartirish mumkin. Bolalar salomatligini ta'minlashda emlash qamrovining yuqori darajasini saqlab qolishda milliy immunizatsiya dasturining ta'minot va sovuqlik zanjiri tizimlarini yanada kuchaytirish yaxshi samara beradi. Bundan tashqari, bola hayotining dastlabki 1000 kuniga sarmoya yo'naltirish uzoq muddatga qaratilgan samarali sarmoyadir. Boisi, dastlabki 1000 kun — bu ulkan salohiyat, shu bilan birga, zaiflik davri hamdir. Jahon miqyosidagi tadqiqotlarning ko'rsatishicha, bu bola miyasi o'sib rivojlanadigan va hayoti davomidagi salomatligi uchun zarur poydevor qo'yiladigan davrdir. Bir so'z bilan aytganda, nafaqat O'zbekiston, balki jahon miqyosida ona va bola salomatligi davlatning eng muhim masalalaridan biri hisoblanadi. YUNISEF sog'liqni saqlash tizimini mustahkamlash, onalar va bolalarga ko'rsatiladigan tibbiy xizmatlar sifatini

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-413-417

yanada oshirishga qaratilgan eng ilg'or xalqaro yondashuvlarni joriy etish va tarqatishda O'zbekiston hukumatiga yordam berishga doim tayyor.

O'zbekistonda Sog'liqni saqlash vazirligiga ona va bolaga tibbiy yordam karsatish bayicha siyosiy, ma'muriy-qonuniy asosni mustahkamlashda kamaklashdi. Tekshirilgan ma'lumotlarga asoslangan qonun-qoidalarni ishlab chiqish, muhokama qilishni qallab - quvvatlash uchun Davlat tomonidan Ona va bola salomatligi strategiyasi ishlab chiqishda foydalanilgan sog'liqni saqlash tizimi borasida bir qator kuzatuvlar olib borildi; Sog'liqni saqlash sohasidagi 25000 dan ortiq mutaxassislar texnik bilim va malakalarini oshirdilar. Bu kabi tajriba samarali perinatal yordam karsatish, yangi tug'ilgan chaqaloqlar reanimasiyasi va yangi tug'ilgan chaqaloqlarni parvarishlash «yangi tug'ilgan chaqaloqlarni parvarishlab sog'aytirish» loyihasi va bolalar orasida kaplab uchraydigan kasalliklarni davolash, bolalar aliminining oldini olish «Bolalarni parvarishlab sog'aytirish» loyihalari yordamida bajarildi. Trening davomida olgan bilimlarini mutaxassislar joylaridagi hamkasblariga etkazish holatlari 29 ta viloyat aquv markazlari orqali kuzatilmoqda. Bu markazlar Evropa Komissiyasi bilan hamkorlikda moliyalashtirilgan " Özbekistonda onalik va bolalikni muhofaza qilish xizmatlarini takomillashtirish (1 va 2 bosqichlar)" loyihasining bir qismi sifatida tashkil etilgan. Sog'liqni saqlash vazirligiga Ona va bola salomatligi nazorati kengashining tashkil qilinishi va faoliyati borasida kamak berildi. Ushbu kengash muzokaralar olib borish, tajriba almashish va ona va bola salomatligi sohasida kamakni nazorat qilish uchun xizmat qiladi. UNICEF tomonidan kuzatilgan tug'ruqxonalarda Xalqaro tirik tug'ishni aniqlash me'zonlari qabul qilinishi qallab -quvvatlandi va hozirda mamlakat miqyosida tirik tug'ish mezonini tadbiq qilishda Sog'liqni saqlash vazirligiga kamak berilmoqda. O'zbekiston Hukumati ona va bola salomatligi sifatli tibbiy tizimidagi ahamiyatini takomillashtirishda hamkorlik qilmoqda. Asosiy e'tibor metodik masalalar bayicha maslahatlar taqdim qilish, me'yoriy-qonuniy asosni qayta karib chiqish, xavfsiz xomiladorlik, chaqaloqlar va bolalar muxofazasiga taalluqli xalqaro standartlar va bayonnomalarni joriy qilish, hamda sog'liqni saqlash tizimidagi rahbarlar va mutaxassislarning imkoniyatlarini rivojlantirishga qaratilmoqda. UNICEF tomonidan bola hayotini saqlab qolish va rivojlanishi ustida kamxarajatli, lekin samaradorligi yoqori balgan tadbir tajribadan atkazilmoqda, ayni paytda Sog'liqni saqlash vazirligiga ushbu tajribani mamlakat miqyosiga katarishda va mavjud tizim sharoitiga keng ravishda joriy qilishda kamak berilmoqda. UNICEF mahallalar va oilalar bilan ishlash bilan bir qatorda ularga bolalarga tag'ri g'amxarlik qilish va jamoa ishtirokida bolalarga uy sharoiti darajasida oladigan tibbiy yordam sifatini yaxshilovchi tarbiyalash uslublarini qallash

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-413-417

imkoniyatlarini bermoqda.

Sog'liqni saqlash vaziriigini Evгopa Komissiyasi bilan hamkoriikda moliyalashtirilgan

O'zbekistonda onalik va bolalikni muhofaza qilish xizmatlarini takomillashtirish (1 va 2 bosqicЫar)" loyihasini yalga solishda qallab - quvvatlab boradi. Dastur asosiy e'tiborni tizimni mustahkamlash, imkoniyatlarni kuchaytirish va jamoatchilikni bolalar va ulaming oilalarining sog'ligini teng huquqli, sifatli va uzluksiz muhofaza qilishga qaratadi. Yuqori saviyadagi ona va bola salomatligi bayicha atkazilayotgan tadbri^ mamlakat miqyosiga, olis aholi yashash punktlarigacha etkazib olib borilmoqda;

Sifatni yaxshilash konsepsiyasi, mexanizmlari va omillari Ona va bola salomatligi sektorida ishlab chiqilib joгiy qilinadi. Ushbu jaгayon «Yangi tug'ilgan chaqaloqlami paгvaгishlab sog'aytirish» va «Bolalami paivarishlab sog'aytirish» aquv - ta'lim loyihalari ostida keyinggi ikki yil davomida bilim va tajribaga ga baladigan 10 000 dan ziyod mutaxassislar tomonidan qallab - quvvatlaniladi.

Tibbiyot institutlarining bakalavriyat va magistгatuгa aquv dasturiari kelgusi shifokorlarning onalar va bolalarga tibbiy yoráam kaгsatishlaгida jahon standartlariga javob beгuvchi ta'limga ega bala oladigan darajaga kataгilishi ta'minlanadi; Milliy immunizasiya dasturi vaksinasiya ta'minotini boshqarish, yangi vaksinalarni joriy qilish jarayonlarida qallab - quvvatlash, xavfsiz vaksinasiya imkoniyatlarini kuchaytiгish va xizmat kareatuvchilaming takomillashtiгilgan shaxslaгaгo muloqot malakalarini yaxshilash orqali mustahkamlanadi.

12 qishloq aholi hududlaridagi oila va mahallala^a sog'lom tuгmush taгzi va bolani parvarishlashni yaxshilash va rivojlantirish borasidagi amaliyotlarni joriy qilishda kamak beriladi.

XULOSA

Hozir hukumat bilan hamkorlikda maktablarni qayta ochish strategiyasi ustida ish olib boryapmiz. Sog'liqni saqlash va gigiena qoidalariga e'tiborni qaratgan holda xavfsiz maktab faoliyatini amalga oshirish bo'yicha bayonnomalar ishlab chiqilib, masofaviy o'qitishni ta'lim olishning qo'shimcha mexanizmi sifatida tatbiq etish rejalari tayyorlanmoqda.

Umuman, O'zbekiston 2030 yilga qadar bo'lgan davr uchun o'z oldiga ulkan maqsadlar qo'ygan. Ularga erishishda nafaqat hukumat, balki hamma faol bo'lishi kerak. Xususiy sektor, ta'lim sohasi vakillari, tadqiqotchilar, mutaxassislar, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati tashkilotlari — barcha bolalar va yoshlar uchun

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-413-417 munosib kelajakni shakllantirish yo'lida birlashmog'i zarur.

REFERENCES

1. Tinch va farovon Hayot - Bolalarga neg yaxshi tuhfa. https://yuz.uz/uz/news/tinch-va-farovon-hayot-bolalarga-eng-yaxshi-tuhfa

2. Ona va bola salomatligi. https://yuz.uz/uz/news/tinch-va-farovon-hayot--bolalarga-eng-yaxshi-tuhfa

3. Alderson, P., & Montgomery, J. (1996). Health care choices: making decisions with children (Vol. 2). Institute for Public Policy Research.

4. Remschmidt, H., & Belfer, M. (2005). Mental health care for children and adolescents worldwide: a review. World Psychiatry, 4(3), 147.

5. Clark, H., Coll-Seck, A. M., Banerjee, A., Peterson, S., Dalglish, S. L., Ameratunga, S., ... & Costello, A. (2020). A future for the world's children? A WHO-UNICEF-Lancet Commission. The Lancet, 395(10224), 605-658.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.