Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR PSIXOLOGIYASI VA UNI O‘RGANILGANLIK HOLATI'

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR PSIXOLOGIYASI VA UNI O‘RGANILGANLIK HOLATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
14982
645
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
shaxs / psixologiya / maktabgacha yosh / muhit / oila / mahalla / shaxslararo munosabat / motiv / tarbiya.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Salayeva Laylo Shavkatovna

Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasini o„rganilganlik holati va ularga keraklicha tavsiyalar borasida fikr yuritiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi va ularning o„rganilganlik sabablari o„rganilib tahlil qilingan va bartaraf etish yo„llari haqida ma‟lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR PSIXOLOGIYASI VA UNI O‘RGANILGANLIK HOLATI»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-115-118

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR PSIXOLOGIYASI VA UNI

O'RGANILGANLIK HOLATI

Salayeva Laylo Shavkatovna

MTTDMQTMOI "Pedagogika va psixologiya" kafedrasi katta o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasini o'rganilganlik holati va ularga keraklicha tavsiyalar borasida fikr yuritiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi va ularning o'rganilganlik sabablari o'rganilib tahlil qilingan va bartaraf etish yo'llari haqida ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: shaxs, psixologiya, maktabgacha yosh, muhit, oila, mahalla, shaxslararo munosabat, motiv, tarbiya.

KIRISH

Respublikamizda mustaqillik yillarida inson shaxsiga nisbatan bo'lgan munosabat keskin o'zgardi. Jamiyatning a'zosi bo'lgan har bir shaxs taqdiriga alohida e'tibor qaratila boshlandi. Ayniqsa, inson hayotining kelajagiga tamal toshi qo'yiladigan maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya berish, pedagogika va psixologiya, ijtimoiy psixologiya va maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi fanlarining dolzarb muammolaridan biriga aylanib borayotganligi shubhasizdir. Zotan, kelajagi buyuk davlatni bunyodga keltirish uchun har qanday davlatning fuqarosi dastlab oilada va so'ngra maktabgacha ta'lim muassasida mukammal tarbiyalanishi, shaxs sifatida to'laqonli shakllanishi imkoniyatlariga ega bo'lishi lozim bo'ladi.

Qolaversa, kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog'liq bo'lgan, uzluksiz ta'lim tizimi orqali, har tomonlama barkamol shaxs - fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi. Shu jihatdan qaraganda insonning shaxs sifatida shakllanishida uzluksiz ta'limning boshlang'ich va joiz bo'lsa, asosiy bo'g'inlaridan biri hisoblangan maktabgacha ta'lim muassasasi muhim o'rin tutadi. Qolaversa, O'zbekistonda ko'plab yangi sohalar qatori aholiga psixologik maslahatlar berish hamda maktabgacha eshdagi bolalarni rivojlantirishga xizmat qiladigan tadqiqotlarga bo'lgan muayyan ehtiyoj tobora ko'proq sezilmoqda. Zero, bunday xizmatlarga ehtiyoj bir tomondan maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsini rivojlantirishga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan, shu maskanda tarbiyalanayotgan bolalarning ruhiy

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-115-118

rivojlanishiga ota-onalar tomonidan ko'rsatiladigan e'tiborning samarasini belgilaydi. Bolaning psixik jihatdan o'sishiga o'zlikni anglash, o'zini-o'zi baholash va o'zaro munosabatlar xususiyatlari muhim hisoblanadi.

Bu eng avvalo inson shaxsining psixologik asoslarini shakllantiruvchi, uning emotsional-hissiy, intellektual, ijtimoiy-psixologik rivojlanishiga zamin yaratuvchi ontogenezning dastlabki bosqichlariga taalluqlidir. Bunda oiladagi munosabatlar, xususan ota-ona va farzand o'rtasidagi munosabatning mohiyati, o'zaro shaxslararo muloqot katta rol o'ynaydi. Oiladagi shaxslararo munosabatlar xarakteriga ko'ra er-xotin o'rtasidagi munosabatlar, ota-onalarning o'z farzandlari bilan shaxslararo munosabatlariga bo'linadi. Biz nikoh juftligi hisoblangan er-xotin hamda farzand tarbiyalaetgan ota-onalarning maktabgacha bo'lgan yoshdagi bolalari bilan munosabatlarining turli jihatlarini eksperimental tadqiq etdik.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bizni maktabgacha yoshdagi bo'lgan bolalarning psixologiyasidagi shunday jihat e'tiborimizni qaratdikki, ular aynan shu davrda o'z qiziqishlari, yetakchi faoliyati bo'lgan syujetli-rolli o'yinlardagi harakatlari bilan birgalikda ijtimoiy dunyoning, avvalo, ota-ona oilasidagi rollarga va o'zaro munosabatlarga e'tiborli bo'lib, aynan ota-onalikka xos qiliqlarni o'zlashtirishga kirishadilar. Bola bunda uning oldida ro'y berayotgan voqea-hodisalarning kuzatuvchisi va ishtirokchisiga aylanib, bu jarayonlar qanchalik dinamik bo'lsa, shunchalik faol va qiziquvchan bo'ladi, ota-ona va bola o'rtasidagi munosabatlarga nisbatan ko'proq, to'laroq va turli-tuman axborotlarni oladi, o'zlashtiradi va fikrlaydi.

Bunda "Oila" bola "men"ini shakllantiruvchi muhim sotsium - ijtimoiy muhitga aylanib, o'zining ushbu muhitga aloqadorligini anglash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yerda shuni qayd etib o'tish joizki, ijtimoiy psixologlarning fikricha, oiladagi shaxslararo munosabatlar tuzilmasida ota - ona - bola munosabatlari evolyutsion jihatdan nisbatan kechki va mazmunan aniqroq hisoblanadi, chunki ular shakllanib bo'lgan er-xotin munosabatlari asnosida vujudga keladi.

Biz shunga ishonch hosil qildikki, aynan nikoh juftligidagi er-xotin munosabatlari bolaning ijtimoiy tasavvurlarida bilvosita ifodalangan ota-onalik munosabatlariga nisbatan moslashuvchan va dinamik bo'lib, shu sababli bolaning ota-ona munosabatini aks ettirishi uning shaxsida ifodalangan o'zgarishlarga zamin bo'ladi. Masalan, onalar va otalarda ota-ona munosabatining umumiy ko'rsatkichlari mos kelish darajasi 0 dan 5 gacha bo'lgan bir paytda oilaviy qadriyatlar iyerarxiyasida umumiy ko'rsatkichlarning mos kelmaslik darajasi 1 dan 11 gacha,

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-115-118

ya'ni ota-ona munosabatlarining xuddi shunday ko'гsatkichiga nisbatan 2 baravaT katta bo'ldi. Oiladagi ichki munosabatlar va ota-onaning bolaga munosabati ta'siri ostida shakllanuvchi biriamchi o'ziga munosabat, o'zini identifikatsiyalashning barcha ko'гinisЫaгida va kommunikativ faoliyat sub'yekti sifatida bolaning biriamchi kichik ijtimoiy guruh sifatida oilada o'zini anglashi rivojlanishining hal qiluvchi omili hisoblanadi.

Bunda nafaqat er-xotin-ota-ona o'rtasidagi munosabatlar va ularning bolaga bo'lgan munosbati, balki aynan shu munosabatlaming bevosita u bilan muloqotda aks ettirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. O'zbekistan Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev maktabgacha ta'lim muassasalari muammolariga bag'ishlangan tadbiгda: "Mutaxassis va pedagoglaming ilmiy xulosalariga ko'гa, inson o'z umri davomida oladigan barcha axborot va ma'lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo'lgan davrda oladi. Ana shu dalilning o'zi bolalarimizning yetuk va barkamol shaxs bo'lib voyaga yetishida bog'cha tarbiyasi qanchalik katta ahamiyatga ega ekanini yaqqol ko'reatib turibdi. Bunga qo'shimcha isbot qidirib uzoqqa borishning hojati yo'q.

Bog'cha tarbiyasini olgan bola bilan bog'chaga bormagan bolani solishtirganda, ularning fikrlash darajasi o'гtasida yer bilan osmoncha farq borligini sezish qiyin emas" degan edi. Maktabgacha yoshdagi bola^ psixologiyasi ilmida bu yoshdagi bolalaráa sifat o'zgaгisЫaгi tezlashganligini inobatga olgan holda bu davrni uch bosqichga taqsimlab o'гganish maqsadga muvofiq deb topilgan: kichik maktabgacha davr (3-4 yosh); o'rta maktabgacha davr (4-5 yosh); katta maktabgacha yosh (5-6 yoshgacha); maktabga tayyorlov yoshi (6-7 yoshgacha). Maktabgacha yoshdagi bola rivojlanish jarayonida ajdodlari tomonidan yaratilgan narsa va hodisalar, olam sir-sinoatlari bilan alohida maxsus munosabatga kirishadi. U insoniyat tomonidan qo'lga kiritilgan yutuqlarni faol o'zlashtirib, egallab boradi.

Bolada narsa-hodisalar olami, ular yordamida amalga oshiriladigan xatti-harakatlar, ona tili va odamlar orasidagi munosabatlarni anglash, ayni zamonda faoliyat motivlarining rivojlanishi, qobiliyatlarning o'sib borishi kattalarning bevosita yordami asosida amalga oshadi. Bu oilada ota-ona, maktabgacha ta'lim muassasalarida esa ta^iyachi^ ko'magida yuz beradi. Asosan mana shu davrdan boshlab bolaning mustaqil faoliyati kuchaya boshlaydi. Faoliyatdagi mustaqillik, o'z-o'zidan tafakkurdagi mustakillikka asos bo'ladi. Bundan tashqari, maktabgacha yoshdagi bosqich ularda murakkab harakatlarni takomillashtirish, elementar gigiyena, madaniy va mehnat malakalarini hosil qilish, nutqini o'stirish hamda ijtimoiy axloq va estetik didning dastlabki kurtaklarini yuzaga keltirish davri hamdir.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-115-118

XULOSA

Shuni aytish mumkinki, oilaning zimmasiga ulkan va zarur ijtimoiy missiya yuklangandir. Bola tarbiyasi eng og'ir ijtimoiy vazifa ekanligi ayondir. Ota va onaning shaxsiy va ijobiy namunasi solih va soliha farzandlarning kamolga yetishi uchun garovdir. Ostona hatlab tashqi dunyoga qadam qo'yilganida esa bolaga atrof-muhit va jamoatchilikning ta'siri sezilarli bo'ladi. Ta'lim muassasalari va mahalla-kuy, umuman, ijtimoiy sfera muhiti inson farzandini to hayotining so'nggi daqiqasigacha ta'qib qilib boradi. Shu boisdan, oilaviy munosabatlarda shaxsning umummadaniy dunyoqarashini shakllantirishga erishish, nafaqat shaxsiy hayotda, balki, mamlakatimizda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar va ularning taraqqiyoti jamiyatning ruhiy va ma'naviy takomilida ham muhim o'rin tutadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. https://president.uz/uz - Узбекистон Республикаси Прездентининг расмий веб-сайти.

2. Урунтаева Г.А. Детская психология. - М.: «Академия», 2010. -C. 36.

3. Поддьяков Н.Н. Мышление дошкольника. - М.: «Педагогика», 1977. -C. 222.

4. Fозиев Э. Тафаккур психологияси. - Т.: «Укитувчи», 1990.

5. Каримова В.М., Суннатова Р. Мустакил фикрлаш. - Т.: «Шарк», 2000.

6. Нишонова З.Т. Мустакил ижодий фикрлаш. - Т.: «Фан», 2004.

7. Тихомиров О.К. Психология мышления. - М.: МГУ, 1984.

8. Венгер Л.А., Венгер А.Л. Домашняя школа мышления (для пятилетных детей). - М.: «Знание», 1984.

9. Выготский Л.С. Воображение и творчество в детском возрасте. - М.: «Просвещение», 1991.

10. Выготский Л.С. Мышление и речь. - М.: «Педагогика», 1982.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.