Научная статья на тему 'O`ZBEKISTONDA TA`LIMNING HUQUQIY KAFOLATLARI'

O`ZBEKISTONDA TA`LIMNING HUQUQIY KAFOLATLARI Текст научной статьи по специальности «Право»

121
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O`ZBEKISTONDA TA`LIMNING HUQUQIY KAFOLATLARI»

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

OZBEKISTONDA TALIMNING HUQUQIY KAFOLATLARI

Sharifbayev Husniyor, Qo'chqorov Asadbek

TDTrU 1-bosqich talabalari Ilmiy rahbar: R.O'.Baratov

"Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta'lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi.

Maktab ishlari davlat nazoratidadir" (O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 41-modda).

O'lkamizda qadimdan ma'rifat, ta'lim va tarbiya masalasiga alohida e'tibor qaratishganiga guvoh bo'lamiz. Buyuk ajdodlarimizdan Kaykovus, Forobiy, Ibn Sino, Navoiy, Furqat, Fitrat, Avloniy va Behbudiy asarlarida milliy taraqqiyotning muhim omili sifatida ta'lim-tarbiya va ma'rifat keng targ'ib qilinadi.

Mamlakatimiz mustaqilligining ilk kunlaridan «Ta'lim to'g'risida» gi Qonun (1992-yil 2-iyul), qabul qilindi. Bu dasturilamal hujjatda ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari, ta'lim tizimi, uning boshqaruv tarkibi, pedagog hodimlarning burch va mas'uliyatlari aniq belgilab berildi. Mustaqillikning dastlabki yillarida 10 mingdan ortiq xalq ta'limi xodimiga davlat uylari, 22 mingdan ortiq xodimga esa tashkilot va muassasalar tasarrufidagi uylar bepul xususiylashtirilib berildi. 50 mingdan ortiq pedagog xodimga shaxsiy qurilish uchun yer maydonlari ajratildi. Qishloqlarda istiqomat qiladigan pedagog xodimlarning hammasi kommunal xizmat uchun to'lovlardan ozod etilgan bo'lsalar, shaharliklar uning 50 foizi miqdorida to'lab bordilar. Keyinchalik, kommunal xizmat bo'yicha bu imtiyozlar oylik maoshlariga qo'shib beriladigan kompensatsiya bilan almashtirildi.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil dekabrdagi qarori bilan 1-oktabr - «O'qituvchilar va murabbiylar kuni» deb belgilandi hamda bu kun bayram sifatida dam olish kuni deb e'lon qilindi. 1997-yildan boshlab har yili 1-oktabr «O'qituvchilar va murabbiylar kuni» sifatida nishonlanib kelinmoqda.

O'zbekistonda barcha jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, e'tiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqeyi, turar joyidan qat'i nazar, har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlandi.

2017-yil umumta'lim va o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi tizimida tub islohotlar yili bo'ldi. Respublika maktablaridagi bitiruvchilarning ota-onalari o'rtasida o'tkazilgan so'rovnoma

December 1

320

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

natijalaridan kelib chiqib, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 9+3, ya'ni

2017-yilning o'zida 10-sinf o'quvchilari uchun 9 mln. nusxa darsliklar chop etildi va 10 mingga yaqin umumta'lim maktabida 11-yillik ta'limga o'tilgan holda o'qitish tizimi yo'lga qo'yildi. Umumiy o'rta ta'limga ajratilayotgan mablag'lar ko'lami ham keying yillarda keskin oshirilib, mazkur sohani xalqaro talab darajasioga olib chish pirovard maqsad qilib olingan.

Maktabgacha ta'lim tizimi uzluksiz ta'limning birlamchi, eng asosiy bo'g'inidir. Maktabgacha ta'lim, 6-7 yoshgacha oilada, bolalar bog'chasida va boshqa ta'lim muassasalarida olib boriladi. Mutaxassislarning ilmiy xulosalariga ko'ra, inson o'z umri davomida oladigan barcha axborot va ma'lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo'lgan davrda oladi. Shu bois, bolalarning sog'lom va bilimli, yetuk kadrlar bo'lib voyaga yetishida bog'cha tarbiyasi juda muhim o'rin tutadi. Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog'ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash maqsadida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 30-sentabrda «Maktabgacha ta'lim tizimini boshqarishni takomillashtirish to'g'risida»gi farmonni imzoladi. Unga ko'ra, Maktabgacha ta'lim vazirligi tashkil etildi.

Maktabgacha ta'lim tizimida bugungi kunda 70 % yetkazilgani va bolalarni bog'chalarga qamrovi bo'yicha o'tkazilgan reytingda 1-o'rinni band etib turgani quvonarli albatta. Bu 2017 yildagi ko'rsatkichdan ikki yarim barobar ko'proqdir.

O'zbekiston mustaqillikka erishgan ilk kunlaridan Oliy ta'lim tizimiga ham alohida e'tibor qaratib kelmoqda. Zamonaviy fikrlaydigan, yuksak bilim va tafakkurga ega hamda xalqaro me'yorlarga to'la javob beradigan kadrlar tayyorlash doimiy dolzarb vazifa bo'lib kelgan. 1997 yildan to yangi tahrirdagi «Ta'lim to'g'risida»gi Qonunning qabul qilingunicha bo'lgan vaqt oralig'ida Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi asosida islohotlar amalga oshirildi.

Ayniqsa, keying yillarda oliy ta'limda tehsil olishni xohlovchi yoshlarga yaratilayotgan islohotlar ko'lami kun sayin kengayib bormoqda. Mazkur islohotlar natijasida O'zbekistonda OTM lar faoliyatini nisbatan qisqa muddatlarda dunyoning yetakchi oliy ta'lim muassasalarining ilg'or tajribalari asosida tashkil etish bo'yicha kata ishlar amalga oshirilmoqda.

Mamlakatimizda oliy talimni rivojlantirish, malakali

12-yillik majburiy ta'limdan 11-yillik ta'limga qaytildi.

mutaxasislar tayyorlash maqsadida OTM lar soni yildan yilga

December 1

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

ko'payib, maqsadli qabul kvotalari ham ortib bormoqda. Bugungi kundagi islohotlardan keyin yoshlar o'zi xohlagan mutaxasislik fanlari to'g'ri kelgan beshtagacha OTM ga elektron hujjat topshirish imkoniyatiga ega bo'ldi.

Mamlakatda ta'lim sohasidagi islohotlarning huquqiy asosi sifatida 2020 yil 23 avgust sanasida O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida» gi O,RQ-637-son Qonuni yangi tahrirda qabul qilindi. Ozbekiston Respublikasining mazkur qonunida qayd etilishicha, ta'lim olish shakllarining tasnifi kengaytirildi. Ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) va ajralmagan holda (sirtqi, kechki, masofaviy); nazariy - ta'lim tashkiloti negizida, amaliy - ta'lim oluvchining ish joyida birga olib boriladigan dual ta'lim, mustaqil ta'lim olish; kattata yoshdagilarni o'qitish va ularga ta'lim berish; jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo'lgan bolalar (shaxslar) uchun inklyuziv ta'lim; eksternat tartibidagi ta'lim - o'quv dasturlarini mustaqil ravishda o'zlashtirishni o„z ichiga olib, uning yakunlari bo'yicha ta'lim oluvchilardan davlat ta'lim muassasalarida yakuniy va davlat attestatsiyalaridan o'tish; mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash yoTga qo'yildi.

Vazirlar Mahkamasi, Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Ta'lim inspeksiyasi), Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tashkil etildi.

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, sohada amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar kelajakda mamlakatimiz taraqqiyotiga xizmat qiladi. Zero, eng kata samara beruvchi sarmoya - ta'limga kiritilgan sarmoya hisoblanadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: 2019.

2. Baratov R.O'., va boshqalar. O'zbekistonning eng yangi tarixi. Darslik. TDTrU. 2022.

3. Ramatov, J., Umarova, R., Baratov, R., Jurabayev, N., & Artikova, B. (2022, June). Constructive and optimal solutions for the formation of a stable ecological situation in the Aral Sea region of Uzbekistan. In AIP Conference Proceedings (Vol. 2432, No. 1, p. 030113). AIP Publishing LLC.

4. Baratov, R. (2021). Prospects of Higher Education System (on the Example of Uzbekistan). International Journal on Orange Technologies, 3(3), 128-131.

5. Баратов, Р. У. (2022). ТРАНСПОРТ ТИЗИМИДА ТАЪЛИМ ИСЛОХртЛАРИ ВА ИСТИКБОЛЛАРИ. Academic research in educational

sciences, 3(TSTU Conference 1), 90-95.

December 1

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

6. Baratov, R. U. (2019). INTEGRATION OF A SCIENCE, FORMATION, AND MANUFACTURE IN THE COURSE OF PROFESSIONAL TRAINING. In ОБЩЕСТВЕННЫЕ НАУКИ В СОВРЕМЕННОМ МИРЕ: ПОЛИТОЛОГИЯ, СОЦИОЛОГИЯ, ФИЛОСОФИЯ, ИСТОРИЯ (pp. 51-54).

7. Абдуллаева, М. Н. (2022). О СТРАТЕГИЯХ РАЗВИТИЯ ПРОМЫШЛЕННЫХ ПРЕДПРИЯТИЙ. Россия: тенденции и перспективы развития, (17-1), 325-332.

8. Абдуллаева Матлуба Нематовна Основные факторы формирования национальной инновационной системы в условиях модернизации национальной экономики // Большая Евразия: развитие, безопасность, сотрудничество. 2019. №2-1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/osnovnye-faktory-formirovaniya-natsionalnoy-innovatsionnoy-sistemy-v-usloviyah-modernizatsii-natsionalnoy-ekonomiki (дата обращения: 17.11.2022).

9. Абдуллаева, М. Н., & Мухаммедов, У. М. (2021). ОСОБЕННОСТИ ФОРМИРОВАНИЯ СОЦИАЛЬНО-ЭКОНОМИЧЕСКОГО РАЗВИТИЯ РЕГИОНА. In Multidiscipline Proceedings of Digital Fashion Conference (Vol. 1, No. 2).

December 1

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.