Научная статья на тему 'KONSTITUTSIYAMIZNING – YARALISH TARIXI'

KONSTITUTSIYAMIZNING – YARALISH TARIXI Текст научной статьи по специальности «Право»

451
34
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KONSTITUTSIYAMIZNING – YARALISH TARIXI»

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

KONSTITUTSIYAMIZNING - YARALISH TARIXI

Nasimjon No'mon og'li To'xtamurodov

MMT-7 guruh talabasi, TDTrU Ilmiy rahbar: Nosirov Rashod Adilovich t.f.d., professor

Dunyoda mustaqil deb e'tirof etilgan har bir mamlakat o'zining Konstitutsiyasi, davlat ramzlari - gerbi, bayrog'i, madhiyasiga ega, O'zbekiston Respublikasi mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq o'zining davlat ramzlarini yaratishga alohida e'tibor bilan qaradi.

Oliy Kengash Qo'mitalari Konstitutsiya komissiyasi bilan hamkorlikda o'zbek xalqining tarixi, ma'naviy qadriyatlari, mustaqil davtatimiz siyosatining mazmun-mohiyatiga mos davlat ramzlari variantlari tayyorlandi. Jahon tajribasi ko'rsatadiki, mustaqil huquqiy demokratik davlatning tashkil topishi va rivojianishlining asosiy sharti Konstitutsiyaning mavjudligidadir.

Mustaqillik qo'lga kiritilgach bir qator omillar respublika Konstitutsiyasini yaratishni zarur qilib qo'ydi. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasining xalqaro huquq sub'yektiga aylanishi, mustaqil davlat sifatida jahonga tanilishi ham Konstitutsiya qabul qilinishini talab qilardi. "Mustaqillik deklaratsiyasi" qabul qilingan O'zbekiston Oliy Kengashining 1990-yil 20-iyunda bo'lgan ikkinchi sessiyasidayoq yangi Konstitutsiya ishlab chiqish lozim, degan xulosaga kelingan edi.

Sessiya O'zbekiston birinchi Prezidenti Islom Karimov boshchiligida 64 kishidan iborat Konstitutsiya loyihasini tayyorlash bo'yicha komissiya tuzish to'g'risida qaror qabul qiladi. Yangi Konstitutsiyaning birinchi loyihasi 1992-yil 26-sentabr kuni tayyor bo'ldi va shu kuni matbuotda chop etildi. Loyiha e'lon qilingach, uning umumxalq muhokamasi juda keng tus oldi. Bu ochiq-oshkora muhokamalar 1992-yilning sentabr oxiridan dekabr boshlarigacha fuqarolarning siyosiy faolligi, ijodiy ko'tarinkilig ruhida o'tdi hamda O'zbekistonda demokratiya rivojining samarali va amaliy maktabi bo'ldi.

Muhokamada mamlakatimiz katta yoshdagi aholisining deyarli hammasi ishtirok etdi. Matbuotda, radioeshittirish va teleko'rsatuvlarda qizg'in bahs-munozaralar bo'ldi. Ko'plab uchrashuvlar o'tkazildi. Konstitutsiya loyihasiga doir masalalar bo'yicha suhbatlar, anjumanlar tashkil qilindi. Konstitutsiyaviy komissiyaga fikr-mulohazalar bildirilgan 600

December 1

Tashkent State Transport University Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022

The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -

is the Glorification of Human Dignity, the inson qadrini ulug'lash, erkin va

taga yaqin xat kelib tushdi. Fuqarolarimiz bildirgan takliflar soni 5 mingdan oshib ketdi.

Konstitutsiyani yaratish yo'lidagi to'qqizinchi huquqiy qadam - Konstitutsiya loyihasining ikkinchi marta matbuotda umumxalq muhokamasi uchun e'lon qilinishidir. Konstitutsiya loyihasi o'tkazilgan muhokamalar davomida kelib tushgan asosida ancha tuzatildi va qayta ishlandi.

So'ngra, 1992-yil 21-noyabrda umumxalq muhokamasini davom ettirish uchun Konstitutsiya loyihasi ikkinchi marta gazetalarda chop etildi. Shunday qilib, huquqiy pretsedent - ikki bosqichli umumxalq muhokamasi yuz berdi. Ushbu holat, bir tomondan, muhokama ishtirokchilarini faollashtirish uchun qudratli rag'bat vazifasini bajargan bo'lsa, ikkinchi tomondan, Asosiy Qonunimizning xalqchilligini ta'minladi. Konstitutsiya loyihasining o'zi keng jamoatchilik ekspertizasidan o'tdi.

Mazkur aksiyaning, ya'ni Konstitutsiya loyihasini ikki bosqichda muhokama etish uchun matbuotda e'lon qilinishining ma'nosi shundan iborat ediki, fuqarolar Konstitutsiyaning qayta ishlangan variantida Konstitutsiya loyihasini muhokama qilishdagi o'z ishtiroklarining natijasini ko'ra oldilar. Konstitutsiya loyihasining yangi variantida umumxalq muhokamasining dastlabki bosqichida kelib tushgan ko'plab fikr mulohazalar va takliflar o'z ifodasini topdi.

Fuqarolarimiz Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan ularning ovozi eshitilganiga, takliflari tegishli ravishda ko'rib chiqilib, inobatga olinganiga ishonch hosil qildilar.

Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan 1992-yil 6-dekabrda Konstitutsiya loyihasi oxirgi marta muhokama etildi. Shuni alohida ta'kidlash joizki, Konstitutsiyaviy komissiya xorijiy konstitutsiyaviy tajribaga murojaat qilib, asosiy Qonunning rolini yaxlit tushunishdan kelib chiqdi. Bunda jahon konstitutsiyaviy tajribasinining bir qator ilg'or jihatlari hisobga olindi. Konstitutsiya loyihasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik kengashi kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar va AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya kabi demokratik davlatlar mutaxassislarining sinchkov ekspertizasidan o'tdi.

Ayniqsa, Konstitutsiya loyihasining umumxalq muhokamasi O'zbekiston xalqining xohish-irodasini aniqlash hamda juda boy material to'plash imkonini berdi. Ushbu material chuqur va har tomonlama o'rganib chiqildi, umumlashtirildi va xalqning umumiy irodasi shaklida o'n ikkinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o'n birinchi sessiyasi muhokamasiga kiritildi.

Oliy Kengash sessiyasiga muhokama qilish uchun kiritilgan Konstitutsiya loyihasiga 80 ga yaqin o'zgarishlar, qo'shimchalar

December 1

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

taklif etildi va aniqliklar kiritildi. Parlament deputatlari tomonidan loyiha moddama-modda muhokama qilinib, unga yana bir qator o'zgartishlar kiritilgach, 1992-yil 8-dekabr kuni Bosh Qomusimiz qabul qilindi. Shu kundan e'tiboran, 8-dekabr -umumxalq bayrami deb e'lon qilindi.

O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 6 bo'lim, 128 moddadan iborat. U "Mustaqillik deklaratsiyasi", "O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida"gi Qonunda mustahkamlangan tamoyillar va g'oyalarni o'zida to'la mujassamlashtirdi, ularni rivojlantirdi.

O'zbekiston Respublikasining Asosiy qonuni, pasporti hisoblanuvchi Konstitutsiya sobiq Ittifoq davridagi barcha Konstitutsiyalardan tubdan farq qiladi.

Birinchidan, yangi qabul qilingan Konstitutsiya mustaqil O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi bo'lib, barcha moddalari haqiqiy mustaqillik g'oyalari bilan sug'orilgan. Ilgarigi Konstitutsiyalar esa O'zbekistonning mustaqilligini ta'minlay olmaydigan, respublikaning "suveren"ligi haqida quruq so'zlar yozilgan, huquqiy qoidalari qog'ozda qolib ketadigan, rasmiy bir hujjat edi.

Darhaqiqat, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi mamlakatimiz hayotida katta ahamiyatga ega bo'ldi. U mamlakatimizda qonunchilikning rivojlanishi uchun, huqu qiy islohotlar uchun asos bo'lib qoldi. Yuzlab qonunlar, kodekslar, milliy dasturlar ishlab chiqildi, umumxalq muhokamasidan o'tdi, qabul qilindi va hayotimizning barcha jabhalarida amal qilinmoqda.

Xulosa qilib aytganda, 16-moddada Mazkur Konstitutsiyaning birorta qoidasi O'zbekiston Respublikasi huquq va manfaatlariga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emas. Birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas - deb itirof etilgan. Konstitutsiyamizning qisqa davrda yaratilish, shubhasiz xalqimizning oqilona tamlangan tarixiy jasoratdir.

REFERENCES:

1. Qamariddin Usmonov. O'zbekiston tarixi (milliy istiqlol davri). -Toshkent- 2011.

2. https://constitution.uz/oz/clause/index#section2

3. Носиров, Р. А., & Темирова, С. В. (2021). Педагогическое наследие мыслителей Средней Азии. Достижения науки и образования, (2 (74)), 4-5.

4. Темирова, С. В., & Шарифбаев, Х. У. (2022). ЁШЛАР ТАРБИЯСИ ВА УМУМИНСОНИЙ ^АДРИЯТЛАР

December 1

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

ТУШУНЧАСИНИНГ МАЗМУН-МОХДЯТИ. Academic research in educational sciences, 3(10), 350-359.

5. Носиров, Р. А., Рахимова, М. И., & Темирова, С. В. (2022). Жамиятда ижтимоий онгнинг узгариши-ижтимоий муносабатлар тахлили. инновации в педагогике и психологии, 5(3).

6. Назарова, Н. Ж., Муратова, Д. А., & Жуманиязова, Н. С. (2022). УЗБЕКИСТОН ТЕМИР ЙУЛ ТРАНСПОРТ ТИЗИМИДА АЁЛЛАРНИНГ УРНИ ВА РОЛИ. Scientific Impulse, 1(3), 331-336.

7. Носиров, Р. А., & Темирова, С. В. (2021). ИСТОРИЯ РАЗВИТИЯ ТРАНСПОРТНОГО СООБЩЕНИЯ НА ТЕРРИТОРИИ СРЕДНЕЙ АЗИИ. Научный журнал, (1 (56)), 17-19.

8. Mustafoev, S. M., & Temirova, S. V. (2022). O'ZBEKISTONDA TRANSPORT SOHASIDAGI ISLOHOTLAR. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 1), 566-569.

9. Дадашева, А. А. (2022). УЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ-КОНСТИТУЦИЯВИЙ ИСЛОХ,ОТЛАР ДАВР ТАЛАБИ. Academic research in educational sciences, 3(10), 288-291.

10. Dadasheva, A. A. (2022). PUBLIC OPINION AND GOVERNMENT EVALUATION IN NEW UZBEKISTAN. The American Journal of Interdisciplinary Innovations Research, 4(01), 16-19.

11. Sanakulov, A., Rakhmonov, D., & Nazarova, N. (2020). Social Service Technologies and Mechanisms of its Implementations. International Journal of Advanced Science and Technology, 29(3), 14192-14198.

12. Носиров, Р. А., & Исмаилова, Ш. Б. К. (2022). СТРАТЕГИЧЕСКАЯ ЦЕННОСТЬ ОБРАЗОВАНИЯ ДЛЯ РАЗВИТИЯ НАУКИ И ПОДГОТОВКИ ПЕРСПЕКТИВНОГО КАДРОВОГО ПОТЕНЦИАЛА. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 1), 309-311.

13. Носиров, Р. А. (2022). УЗБЕК ХАЛКДНИНГ ЭТНИК ШАКЛЛАНИШИ. Uzbek Scholar Journal, 9, 198-202.

14. Temirova, S. V. (2022). IMPROVING THE SOCIAL AND PROFESSIONAL STRUCTURE OF YOUNG EMPLOYEES. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 1), 920-925.

15. Temirova, S. V. (2021). NEW UZBEKISTAN: FROM NATIONAL RECONSTRUCTION TO NATIONAL GROWTH. Innovative Technologica: Methodical Research Journal, 2(04), 93-96.

December 1

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.