Научная статья на тему 'ÒZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYASIDA JAMIYAT, DAVLAT VA HUQUQ MASALALARI'

ÒZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYASIDA JAMIYAT, DAVLAT VA HUQUQ MASALALARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
567
57
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
demokratiya / huquq / Konstitutsiya / xalq hokimiyati / jamiyat / davlat suverineteti va h.k. / democracy / law / Constitution / people's power / society / state sovereignty / etc.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — O. Usmonova, M. Abdurahimova

Konstitutsiya nafaqat joriy qonun-qoidalar yig’indisi, balki ma’lum davlatning suverinetitini taminkab beruvchi vosita ham hiosblanadi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xalq manfaatlari ustiga asos solingan bo’lib, unda jamiyat tushunchasi katta ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada Konstitutsiyada jamiyat, davlat va huquq masalalari haqida batafsil bayon qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ISSUES OF SOCIETY, STATE AND LAW IN THE CONSTITUTION OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

The constitution is considered not only a set of current laws, but also a tool that ensures the sovereignty of a certain state. The Constitution of the Republic of Uzbekistan is based on the interests of the people, and the concept of society is of great importance in it. This article describes in detail the issues of society, state and law in the Constitution.

Текст научной работы на тему «ÒZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYASIDA JAMIYAT, DAVLAT VA HUQUQ MASALALARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

OZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYASIDA JAMIYAT, DAVLAT

VA HUQUQ MASALALARI Usmonova Odina Habibovna

Fargona viloyati yuridik texnikumi maxsus fan oqituvchisi, 3 darajali yurist Abdurahimova Mohira Numonjonovna

Farg'ona viloyati yuridik texnikumi oquv-metodik bolim metodisti, 3-darajali yurist

https://doi.org/10.5281/zenodo.7315548

Annotatsiya. Konstitutsiya nafaqat joriy qonun-qoidalar yig'indisi, balki ma'lum davlatning suverinetitini taminkab beruvchi vosita ham hiosblanadi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xalq manfaatlari ustiga asos solingan bo'lib, unda jamiyat tushunchasi katta ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada Konstitutsiyada jamiyat, davlat va huquq masalalari haqida batafsil bayon qilinadi.

Kalit so'zlar: demokratiya, huquq, Konstitutsiya, xalq hokimiyati, jamiyat, davlat suverineteti va h.k.

ВОПРОСЫ ОБЩЕСТВА, ГОСУДАРСТВА И ПРАВА В КОНСТИТУЦИИ

РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН

Аннотация. Конституция считается не только сводом действующих законов, но и инструментом, обеспечивающим суверенитет определенного государства. Конституция Республики Узбекистан основана на интересах народа, и в ней большое значение имеет понятие общества. В данной статье подробно рассмотрены вопросы общества, государства и права в Конституции.

Ключевые слова: демократия, право, Конституция, народная власть, общество, государственный суверенитет и др.

ISSUES OF SOCIETY, STATE AND LAW IN THE CONSTITUTION OF THE

REPUBLIC OF UZBEKISTAN

Abstract. The constitution is considered not only a set of current laws, but also a tool that ensures the sovereignty of a certain state. The Constitution of the Republic of Uzbekistan is based on the interests of the people, and the concept of society is of great importance in it. This article describes in detail the issues of society, state and law in the Constitution.

Keywords: democracy, law, Constitution, people's power, society, state sovereignty, etc.

KIRISH

B.R. Ambedkar so'zlari bilan aytganda, "Konstitutsiya oddiy advokat hujjati emas, u hayot vositasidir va uning ruhi har doim Yosh ruhidir." Konstitutsiyaning mavjudligi zamonaviy dunyoda juda dolzarb bo'lib qoldi. Konstitutsiyasiz ishlaydigan, xususan demokratik davlatni uchratish juda kam. Har bir davlatda fuqarolarning manfaatlariga doimo o'z ahamiyati berilishi va hokimiyat tepasida turganlarning o'zboshimchalik harakatlaridan himoya qilinishi kerak. Siyosiy barqarorlikka erishish uchun davlatning suvereniteti buzilmasligi juda muhimdir. Ya'ni, davlatlar va sub'ektlar o'rtasidagi hamda sub'ektlar va sub'ektlar o'rtasidagi munosabatlar to'g'ri belgilanishi kerak. Konstitutsiya mohiyatan davlatning siyosiy barqarorligini ta'minlovchi vositadir. Hukumat konstitutsiyaga muvofiq to'liq faoliyat ko'rsatsa va cheklangan bo'lsa, biz ushbu siyosiy jamiyatning tizimini konstitutsiyaviy tuzum deb aytishimiz mumkin. Konstitutsiya bilan chegaralangan hukumat tushunchasi konstitutsiyaviylik deb ataladi. Konstitutsiyaviy tizimlar har doim ham demokratik bo'lishi shart emas, chunki hatto demokratik bo'lmagan

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

davlatlar ham o'z konstitutsiyalariga ega bo'lishi va ularga rioya qilishi mumkin. Demokratik bo'lmagan, lekin konstitutsiyaviylikni qo'llaydigan siyosiy tizim konstitutsiyaviy oligarxiya deb ataladi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Ma'lumki, o'tgan davr mobaynida Respublikamiz iqtisodiy-siyosiy, ijtimoiy hayotidagi o'zgarishlar, islohotlar, qanchadan-qancha bunyodkorlik ishlari amalga oshirilayotganligi hamda bevosita Konstitutsiyamizga bog'liqligi, huquqiy fuqarolik jamiyati qurishda hukumatimizning Konstitutsiya va qabul qilingan qonunlar asosida faoliyat olib borayotganligi, mustaqilligimiz bilan bir qatorda Konstitutsiyamizning qabul qilinganligini ham har yili nishonlanishi bejiz emas, albatta. Shuni ta'kidlash lozimki, jamiyatimizda har qaysi oila va fuqarolarimiz hayotida qanday ijobiy o'zgarishlar sodir bo'layotgan bo'lsa, bularning barchasini Konstitutsiyamizda belgilab qo'yilgan talab va qoidalarning hayotimizdagi amaliy ifodasi deb, qabul qilishimiz kerak albatta. Zero, Konstitutsiyamiz tarixan sinalgan umuminsoniy, umumbashariy qadriyatlarni o'zida mujassam etgan hujjatdir. Asosiy qonunimiz eng rivojlangan, taraqqiy topgan davlatlarning tarixiy tajribasiga tayangan holda yaratilgandir. Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari o'rtasidagi muvozanatni saqlash g'oyalarini aholi ongiga singdirish ishlarini doimiy olib borish lozimdir. Shuningdek, yoshlarni qonunlarga itoatkorlik ruhida tarbiyalash, maktab davridan ularda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni rivojlantirish eng muhim masalalardan biri bo'lib turibdi, fuqarolarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni rivojlantirish uchun albatta birinchi navbatda Konstitutsiyada belgilangan normalarni bilishdan boshlash maqsadga muvofiq bo'ladi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasida, shunday satrlar mavjud:

1. O'zbekiston Respublikasida O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so'zsiz tan olinadi;

2. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko'radilar.

"Konstitutsiya", deganda nimani tushunamiz? Konstitutsiya - davlatning asosiy qonuni hisoblanadi. Konstitutsiya davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va shaxsning o'zaro munosabatlari, shuningdek, sud tizimini hamda davlat va jamiyatning o'zaro munosabatlarini belgilab beradi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Sharq va G'arb, Janub va Shimolning 97 ta mamlakati to'plagan ilg'or konstitutsiyaviy tajribani hisobga olib yaratilgan. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini tayyorlash, muhokama etish, qabul qilish va uning amal qilishi yo'lidagi 10 ta huquqiy qadam eng muhim tarixiy voqealar sifatida sanab o'tish mumkin. Konstitutsiyani yaratish yo'lidagi birinchi huquqiy qadam - o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi, ikkinchi huquqiy qadam - Prezidentlik instituti ta'sis etilishi va yangi davlat ramzlarini tayyorlash bo'yicha komissiya tuzilishi bilan bog'liqligi, uchinchi huquqiy qadam -"Mustaqillik deklaratsiyasi"ning e'lon qilinishi, to'rtinchi huquqiy qadam - Konstitutsiyaviy komissiyaning tashkil etilishi, beshinchi huquqiy qadam - Birinchi Prezidentimizning Hindistonga 1991 yilgi tashrifi bilan chambarchas bog'liqligi, oltinchi huquqiy qadam - Davlat mustaqilligining e'lon qilinishi, yettinchi huquqiy qadam - 1991 yil 29 dekabrda Prezident saylovi va Davlat mustaqilligi to'g'risidagi referendumning o'tkazilishi, sakkizinchi huquqiy qadam - birinchi Konstitutsiya loyihasining ilk bor matbuotda umumxalq muhokamasi uchun e'lon qilinishi,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

to'qqizinchi huquqiy qadam - Konstitutsiya loyihasining ikkinchi marta matbuotda umumxalq muhokamasi uchun e'lon qilinishi, o'ninchi huquqiy qadam - Konstitutsiya loyihasining qabul qilinishi bo'lganini alohida ta'kidlab o'tish joiz. Ana shunday mashaqqatli yo'l natijasida shakllantirilgan Konstitutsiyamiz qabul qilingan sana - 8 dekabrni mana qatorasiga 29 yil xalqimiz munosib bayram sifatida kutib oladi. Konstitutsiyamizdan xalqimizning uzoq o'tmish davrlardan buyon shakllanib kelayotgan milliy tafakkuri, muqaddas qadriyatlari o'z aksini topgan, xalqimiz ko'nglida ustuvor bo'lgan adolat, haqiqat, iymon, olijanobliq bag'rikengliq mardlik kabi ulug' xislatlar o'rin olgan, albatta. Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan Konstitutsiyaning g'oyaviy mag'zi, ya'ni konsepsiyasi ustida ish boshlab yuborildi. Natijada, I992 yil bahorida Konstitutsiya loyihasining I49 ta moddadan iborat yangi taxriri ishlab chiqildi va u I992 yil 26 sentabrda umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e'lon qilindi. Konstitutsiya loyihasining umumxalq muhokamasi nihoyatda keng ko'lamli bo'lib, yuksak ijodiy ko'tarinkilik va ishchanlik kayfiyatida o'tdi.

TADQIQOT NATIJALARI

U jamiyatimizda chinakam demokratiya qaror topishining yorqin namoyishi bo'ldi. O'z ruhi va mazmuni jihatidan muhokama davlat va jamiyat hayotining o'ta muhim masalalari bo'yicha butun xalqning umumiy suhbatiga aylanib koldi. Loyihaning qizg'in hamda manfaatli muhokamasi xalqimizning o'zi mustaqil O'zbekiston Asosiy Qonunining bevosita ijodkori bo'lganligini ko'rsatdi. Qariyb ikki oy davom etgan umumxalq muhokamasidan so'ng bildirilgan taklif va mulohazalar umumlashtirildi va loyiha ushbu taklif va mulohazalar asosida qayta tuzatilib, I992-yil 2I-noyabrda muhokamani davom ettirish uchun ikkinchi marotaba matbuotda e'lon qilindi. Konstitutsiya loyihasining umumxalq muhokamasi O'zbekiston xalqining irodasini bevosita aniqlash, shuningdeq muhokama davomida to'plangan boy materiallarni har tomonlama chuqur o'rganish va umumlashtirish, uni davlatning mujassam Asosiy Qonuni sifatida ifodalash imkonini berdi. Asosiy Qomusimiz mustaqilligimizning mevasi, mahsuli sifatida dunyoga keldi. 1992 yil 8 dekabrda o'n ikkinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o'n birinchi sessiyasida muqaddima, 6 bo'lim, 26 bob, 128 moddadan iborat O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Konstitutsiya qabul qilingan kun 8 dekabr mamlakatimizda umumxalq bayrami sifatida dam olish kuni, deb e'lon qilindi.

Respublikamizda davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko'zlab, konstitutsiya hamda uning asosida qabul qilingan qonun-qoidalar vakolat berilgan idoralar tomonidan amalga oshirilishligi, jamiyat va davlat hayotning muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etilishi, respublikada demokratiya umuminsoniy tamoyillarga asoslanishini, ularga ko'ra inson, uning hayoti erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi, O'zbekiston Respublikasida Konstitutsiya va qonunlarning so'zsiz tan olinishi kabi munosabatlar o'z aksini topgan. Shuning uchun ham eng oliy qadriyat inson, uning hayoti, qadr-qimmati to'g'risidagi tamoyil Konstitutsiya darajasida mustahkamlab qo'yilgan. Konstitutsiyamizda fuqarolarimizni nafaqat O'zbekiston hududida, balki uning tashqarisida ham huquqiy himoya qilish va ularga homiylik ko'rsatish, ularning yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqi ekanligi, hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emasligi, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita o'z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga ega ekanligi, mulkdor bo'lish, mehnat qilish, dam olish, bilim olishligi kafolatlangan. Konstitutsiyamiz o'zining tub mohiyati falsafasi, g'oyasiga ko'ra yangi hujjat bo'lib, unda jamiki dunyoviy ne'matlar orasida eng ulug'i-inson degan fikr ilgari surildi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

MUHOKAMA

Konstitutsiyamizda davlat iste'molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi. Konstitutsiyaning barcha prinsiplari va qoidalarini hayotimizga joriy etish ularning mazmun-mohiyatini chuqur anglab yetishdan boshlanadi. Shu bois, Asosiy qonunimiz tub ma'no - mazmuniga yetib bormoq va shu asosda Konstitutsiya qoidalarini hayotimizning tarkibiy qismiga aylantirmoq barcha davlat idoralari, mansabdor shaxslar, fuqarolik jamiyati institutlari va fuqarolarning o'ta mas'uliyatli vazifasi, sharafli burchidir. Konstitutsiyamiz naqadar teran demokratik zaminga, qudratli siyosiy-huquqiy hamda ma'naviy-ahloqiy ta'sir kuchiga egaligini hayotning o'zi isbotlab turibdi. Konstitutsiyaning xuddi ana shu g'oyaviy huquqiy-mafkuraviy, ma'rifiy-tarbiyaviy salohiyatini, mazmun-mohiyatini aholi keng qatlamlari, ayniqsa, yoshlar ongiga sindirish maqsadida mamlakatimiz birinchi Prezidenti tomonidan 2001 yil 4 yanvarda "O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o'rganishni tashkil etish to'g'risida" farmoyishi qabul qilindi. XULOSA

Konstitutsiyamizning barqarorligi, uning eng muhim prinsiplari va normalarini har bir O'zbekiston Respublikasining fuqarolari to'g'ri anglab olmog'i zarur. Chunki, u ma'naviy-madaniy ehtiyojlarni, vatanparvarlik tuyg'ularini, ta'bir joiz bo'lsa, xalqning vijdoni va diyonatini o'zida mujassamlashtirgan bo'lib, biz uchun muqaddasdir. O'zbekiston Konstitutsiyasi xalqimizda vatanparvarlik tuyg'ularini tarbiyalaydi, davlatimiz ramzi bo'lmish O'zbekiston madhiyasi, bayrog'i va gerbida o'z ifodasini topgan baxt saodat sari yetaklaydi. Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun ustuvorligini ta'minlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi, huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, huquqiy ta'lim va tarbiya borasidagi ishlarni tizimli va uzviy olib borish taqozo etmoqda. Yoshlarning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, har bir shaxsda qonunlarga va odob-axloq qoidalariga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik hissini uyg'otishga jiddiy yondoshish lozim.

REFERENCES

1. https://archive.uz/post/konstitutsiyamiz-huquq-va-erkinligimiz-kafolati

2. https://lex.uz/docs/-20596?ONDATE=08.12.1992

3. https://xs.uz/uz/post/ozbekiston-respublikasining-konstitutsiyasiga-ozgartish-va-qoshimchalar-kiritish-togrisida

4. http://uzbekistan-geneva.ch/konstitutsiya-va-qonun-ustuvorligi-huquqiy-demokratik-davlat-va.html

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.