Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA PREZIDENTLIK INSTITUTINING RIVOLANISH BOSQICHLARI VA O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

O‘ZBEKISTONDA PREZIDENTLIK INSTITUTINING RIVOLANISH BOSQICHLARI VA O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
4476
197
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Prezidentlik instituti / demokratlashtirish / rivojlanish bosqichlari / Vazirlar Mahkamasi / Prezident vakolatlari. / Institution of the presidency / process of democratization / stages of the formation / Cabinet of Ministers / Presidential powers.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Sultonova, Rushana Husnidin Qizi

Ushbu maqola davlat boshqaruvini demokratlashtirish jarayonida prezidentlik institutini takomillashtirishni o’rganish mavzusiga bag’ishlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STAGES OF DEVELOPMENT AND CHARACTERISTICS OF THE PRESIDENTIAL INSTITUTE IN UZBEKISTAN

This article is devoted to the topic of studying the improvement of the institution of presidency in the process of democratization of public administration.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA PREZIDENTLIK INSTITUTINING RIVOLANISH BOSQICHLARI VA O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O'ZBEKISTONDA PREZIDENTLIK INSTITUTINING RIVOLANISH BOSQICHLARI VA O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Sultonova Rushana Husnidin qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti Davlat boshqaruvi huquqi yo'nalishi magistranti

Ushbu maqola davlat boshqaruvini demokratlashtirish jarayonida prezidentlik institutini takomillashtirishni o'rganish mavzusiga bag'ishlangan.

Kalit so'zlar: Prezidentlik instituti, demokratlashtirish, rivojlanish bosqichlari, Vazirlar Mahkamasi, Prezident vakolatlari.

Данная статья посвящена теме изучения совершенствования института президентства в процессе демократизации государственного управления.

Ключевые слова: Институт президентства, демократизация, этапы формирования, Кабинет Министров, полномчия Президента.

This article is devoted to the topic of studying the improvement of the institution ofpresidency in the process of democratization ofpublic administration.

Keywords: Institution of the presidency, process of democratization, stages of the formation, Cabinet of Ministers, Presidential powers.

Ma'lumki, Sobiq Sovet Ittifoqi davlatlari orasida O'zbekistonda birinchi bo'lib prezidentlik lavozimi joriy etilgan. Bunga o'z navbatida, Ittifoq hududida o'sha davrlarda hukm surgan murakkab vaziyat hamda ittifoqdosh respublikalarda mustaqillik uchun kurashlarning yanada kuchayib ketishi zamin yaratgan. Bundan tashqari, O'zbekistonda prezidentlik institutining shakllanishiga birinchidan, O'zbekiston SSR Konstitutsiyasiga muvofiq, davlat hokimiyatining oliy organi hisoblangan Oliy Sovet Ittifoq hududida vujudga kelgan vaziyatlarga nisbatan tasir ko'rsata oladigan tezkor qarorlar qabul qilish imkoniyatiga ega emasligi, ikkinchidan, Ministrlar Soveti faoliyatida yuzaga kelgan kamchiliklar sababli, mamlakatda qonunlarning ijrosini samarali tarzda tashkil etilishi uchun yakka shaxs javobgarligiga ehtiyoj paydo bo'lganligi, uchinchidan, tarqalib ketayotgan Ittifoq markazi o'rniga hammani birlashtirib, o'zaro uyushtirib turadigan yangi hokimiyat uchun zarurat paydo bo'lganligi sabab bo'lgan.

ANNOTATSIYA

АННОТАТЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Shu tariqa, 1990-yil 24-mart kuni 12-chaqiriq O'zbekiston SSR Oliy Sovetining birinchi sessiyasida demokratik jarayonlarini yanada rivojlantirish, siyosiy o'zgarishlarni chuqurlashtirish, konstitutsion tuzumni, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va xavfsizligini mustahkamlash, O'zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining o'zaro aloqasini takomillashtirish maqsadida «O'zbekiston Prezidenti lavozimini tasis etish hamda O'zbekiston SSR Konstitutsiyasiga(Asosiy Qonun)ga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida»gi Qonun qabul qilinib, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimi tasis etildi. Shu kuni Oliy Sovet deputatlari Respublika KP MKning 1-kotibi I.A.Karimovni O'zbekiston SSRning Prezidenti etib sayladi va bu bilan o'z navbatida milliy davlatchiligimizni barpo etishga tomon tarixiy qadam qo'yildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'zbekiston tarixida ilk daf a joriy etilgan Respublika Prezidenti lavozimi yangi O'zbekiston davlat hokimiyati organlari tizimida markaziy o'rinni egalladi. U siyosiy tizimning o'zagi bo'lib qoldi.

M.M.Mirakulovning fikriga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy-huquqiy maqomining shakllanishi va rivojlanishi uch bosqichga bo'linadi. Birinchi bosqich 1990-yil 24-martdan 1990-yilning 1-noyabriga qadar bo'lgan vaqt oralig'ini qamrab oladi. Ushbu bosqichda prezidentlik institutining huquqiy tabiati parlamentar-prezidentlik respublikalariga o'xshash bo'lgan.

Prezidentning xalq tomonidan emas, balki Parlament tomonidan saylanishi uning vakolatlari shakllanishi jarayoniga ham o'z tasirini o'tkazgan. Prezident o'sha vaqtda ijro etuvchi hokimiyat rahbari hisoblanmagan. Ijro etuvchi hokimiyat vazifasini Ministrlar Soveti bajargan. Mazkur davrda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari ananaviy parlamentar respubliklarga xos bo'lgan: ichki va tashqi siyosatda respublika nomidan ish yuritish; davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini taminlash; respublika ordenlari, medallari va yorlig'i bilan mukofotlash, malakaviy va faxriy unvonlar berish; fuqarolikka oid hamda siyosiy boshpana berishg oid masalalarni hal etish; amnistiya to'g'risidagi hujjatlarni qabul qilish va O'zbekiston Respublikasining sudlari tomonidan hukm qilingan shaxslarni avf etish kabilardan iborat bo'lgan.

Mazkur davrdagi prezidentlik institutiga xos bo'lgan muhim xususiyatlardan biri Prezidentning konstitutsiya va qonunlarning samaralishi ijro etilishini

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

taminlashga xizmat qiladigan, hamma uchun bajarilishi majburiy bo'lgan qarorlarni chiqarish vakolatining shakllanganligi hisoblanadi.

M.M.Mirakulovning takidlashicha, birinchi bosqich prezidentlikning institutlashuvi hamda kechiktirib bo'lmaydigan masalalar yuzasidan Prezidentning qarorlar qabul qilish vakolatining yetarli emasligi prezidentlik Respublikasiga o'tish va buning oqibatida Prezidentning davlat rahbari bo'lishi zaruratini yuzaga keltirganligi bilan belgilanadi.

1990-yil 1 noyabrda «O'zbekiston SSRda ijroiya va boshqaruv hokimiyatining tuzilishini takomillashtirish hamda O'zbekiston SSR Konsitutsiyasi(Asosiy Qonun)ga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida»gi Qonun qabul qilinishi bilan prezidentlik instituti rivojlanishidagi ikkinchi bosqich boshlangan va bu bosqich 2008 - yilning 1-yanvariga qadar davom etgan. Mazkur qonun o'z mazmunga ko'ra davlat boshqaruvining prezidentlik respublikasi shaklini o'rnatdi. Ushbu qonunga ko'ra, O'zbekiston SSR Konstitutsiyasida yangi bob hukumat faoliyatiga bag'ishlangan 13-bob bilan birlashib, unga «O'zbekiston SSR Prezidenti va Hukumati» deb nom berildi. O'z navbatida ushbu qonun bilan O'zbekiston SSR Ministrlar Soveti O'zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga o'zgartirilgan va Prezident Vazirlar Mahkamasiga rais etib belgilangan. Mazkur qonun O'zbekiston Respubliksi Prezidentining asosiy vakolatlari shakllanishi hamda prezidentlik instituti takomillashishiga asos bo'lib xizmat qildi.

O'zbekiston o'z mustaqilligini e'lon qilganidan so'ng, oradan qisqa vaqt o'tmay, 1991-yil 18-noyabrda ittifoqdosh respublikalar orasida birinchi bo'lib «O'zbekiston Respublikasi Przidenti saylovi to'g'risida»gi Qonun qabul qilindi. 1991-yil 29-dekabr kuni esa xalqimiz uzoq yillik mustamlakachilikdan so'ng haqiqiy mustaqillik ramzi sifatida o'z tarixida birinchi bor umumxalq xohish irodasi bilan mustaqil O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylandi.

1992-yil 8-dekabr O'zbekiston hayotida unitilmas va eng muhim kun bo'ldi. Shu kuni Oliy Kengashning XI sessiyasida mustaqil O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi.

Konstitutsiyaning qabul qilinishi bilan Prezidentning huquqiy maqomida ham o'zgarishlar ro'y berdi. Konstitutsiyaning 89-moddasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat va ijro etuvchi hokimiyt boshlig'i va ayni vaqtda Vazirlar Mahkamsining Raisi hisoblanishi mustahkamlab qo'yildi. Bu qoida shundan dalolat beradiki, Prezident davlat hokimiyat organlari faoliyatining samaradorligini taminlab tursa, ijro etuvchi hokimiyat rahbari sifatida qabul qilinayotgan qonunlar ijrosining uzluksizligini hamda operativ tarzda qarorlar qabul qilinishini taminlaydi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Yangi Konstitutsiya bilan prezidentlikka nomzodlarning yosh chegarasi (65 yoshgacha)ga qo'yilgan talablar bekor qilindi. Shu bilan birga, nomzodlarga o'zbek tilini yaxshi bilish, saylovga qadar O'zbekiston hududida 10 yildan kam bo'lmagan muddatda muqim yashaganlik, prezidentlikka saylanganidan so'ng deputatlik faoliyatini ,shuningdek, tadbirkorlik va haq to'lanadigan boshqa ish bilan shug'ullanmaslik kabi bir qator yangi talablar o'rnatildi

Mamlakatimiz o'z istiqlolini qo'lga kiritganida davlat boshqaruvining kuchli prezidentlik hokimiyatiga asoslangan shakli tanlandi. Bu davrda Prezident katta vakolatlarga ega bo'lib, buni huquqiy demokratik davlat poydevorini barpo etish va mustahkamlashda davlatning bosh islohotchilik rolini o'tashi zarurati bilan izohlash mumkin. Yangi mingyillikning kirib kelishi, demokratik-huquqiy davlat qurish jarayonida orttirilgan tajriba, vakillik organlari va ko'ppartiyaviylikning rivojlanishi, jamiyat hayotida fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalarining roli kuchayishi bilan davlat boshqaruvini demokratlashtirish, Prezident maqomini demokratik huquqiy davlatlarda umume'tirof etilgan andozalarga mos ravishda takomillashtirish zarurati yuzaga keldi.

Bu yo'nalishda mamlakatimizda 2002-yil 27-yanvarda o'tkazilgan Referendum va uning asosida 2003-yil 24-aprelda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risda»gi Qonun muhim ahamiyat kasb etdi.

Islohotlarga ko'ra, ikki palatali Oliy Majlis tashkil etilib, Konstitutsiyaning 89-moddasidan «O'zbekiston Respublikasi Prezidenti ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasining raisi hisoblanadi» degan qoidadan iborat bo'lgan ikkinchi xatboshi olib tashlandi. Demak, Vazirlar Mahkamasi raisi tugatildi, Vazirlar Mahkamasi faoliyatiga rahbarlik qilish, u tomonidan qabul qilanayotgan qarorlar va ularning ijrosini taminlash masuliyati to'laligicha Bosh Vazir zimmasiga yuklatildi. Amalga oshirilgan bu o'zgarishlar davlat boshqaruvini demokratlashtirish yo'lida yangi yutuqlarni qo'lga kiritish imkoniyatini yaratdi.

2007-yil 11-aprelda «Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiaya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to'g'risida»gi Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi bilan prezidentlik instituti rivojlanishidagi ikkinchi bosqich tugab, uchinchi bosqich boshlandi. Ushbu qonunga homahang tarzda «O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining moddalariga tuzatishlar kiritish to'g'risida»gi qonun qabul qilinib Konstitutsiyaga bir qator o'zgartirishlar kiritildi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Xususan, Konstitutsiyaning 89-moddasidan «ijro etuvchi hokimiyat boshlig'idir» deyilgan norma chiqarilib, Prezidentning davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini taminlashi belgilab qo'yildi. Vazirlar Mahkamasining shakllantirilishi va istefosining yangicha tartibi, siyosiy partiyalarning davlat va jamiyat hayotidagi rolini kuchaytirish masalalari huquqiy tartibga solindi.

2010-yil 12-noyabrda O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo'shma majlisida «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»ni taqdim etdi. Mazkur konsepsiya mamlakatimiz kelgusi taraqqiyotining asosiy strategik yo'nalishlarini belgilab beruvchi muhim hujjat bo'lib, mamlakat Prezidentining davlat rahbari sifatida maqomini yanada mustahkamlash, davlat va jamiyat hayotida Vazirlar Mahkamasining roli, uning davlat hokimiyati tizimida mavqei va masuliyatini oshirish hamda vakolatlarini kengaytirishga qaratilgan islohotlarning muhim asosi siatida e'tirof etildi.

Davlat boshqaruvini demokratlashtirish jarayonida 2011-yil 18-aprelda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida (78, 80, 93, 96, va 98 moddalariga)»gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni keyingi qadam bo'ldi.

Qonun Oliy Majlis Bosh vazir hisobotlarini eshitishi va mukoma qilishi tartibini belgiladi. Bosh prokuror o'rinbosarlarini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish to'g'risidagi prezident farmonlarini tasdiqlash Senatning mutlaq vakolatlaridan chiqarildi. Qolaversa, Prezident ijro etuvchi hokimiyatga rahbarlik qilishi haqidagi norma chiqarildi.

Qonun bilan Prezident viloyatlar hokimlarini hamda Toshkent shahar hokimini tayinlashi hamda lavozimidan ozod etishi Bosh vazir taqdimiga binoan amalga oshirilish tartibi o'rnatildi. Bundan tashqari, Bosh vazir nomzodi Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko'p deputatlik o'rinlarini qo'lga kiritgan bir necha siyosiy partiya tomonidan taklif etilishi belgilandi. Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi norma mustahkamlandi.

2011-yil 12-dekabrda «O'zbekiston Respublikasi Kostitutsiyasining 90-moddasiga tuzatish kiritish to'g'risida»gi qonun bilan Prezidentning vakolat muddati 7 yildan 5 yilga qisqartirildi.

Shundan so'ng, 2014-yil 16-aprel «O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

to'g'risida(32,78,93,98 103 va 117 moddalariga)» gi qonun qabul qilinib, Konstitutsiyaning 93-moddasiga kiritilgan o'zgartirishlarga ko'ra, Prezidentning O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga mamlakat ichki va tashqi siyosatini amalga oshirishning eng muhim masalalari yuzasidan murojaat qilish huquqiga ega ekanligi, vazirliklar, davlat qo'mitalari hamda davlat boshqaruvining boshqa organlarini O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan tuzishi va tugatishi, Bosh vazir istefoga chiqqanda, Bosh vazirga nisbatan bildirilgan ishonchsizlik votumi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan qabul qilinganda yohud qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda lavozimidan ozod qilishi tartibi belgilandi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa qilib aytganda mamlakatimizda prezidentlik instituti O'zbekiston davlat mustaqilligiga erishishining asosiy omili bo'ldi, respublikamiz uchun suverenitet va davlatchilikka prinsip jiihatdan yangi bosqichga o'tilishini bildirdi hamda prezidentlik instituti qaysidir manoda davlat mustaqilligi kafili hamda davlat ramziga aylandi.

REFERENCES

1. Mirakulov.M.M. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy-huquqiy maqomi (qiyosiy-huquqiy tahlil): diss. ...y.f.d . -Toshkent, 2016- 258 b

2. Abbosxodjayev Sh.A. Demokratik davlat qurilish sharoitida prezidentlik institutining huquqiy asoslari : diss. ... y.f.n. -Toshkent, -163.b

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.