Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI'

O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «Право»

1338
2266
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
mustaqillik / iqtisodiy islohat / bozor iqtisodiyoti / demokratik jamiyat.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Mashhura Azamjon Qizi Alimboyeva, Gulzira Idireyis Qizi Polatboyeva

Mazkur maqolada ko'hna tarix, boy merosga ega xalqimizning o'tmishi yoritilib, taraqqiyot va rivojlanish davri bayon etilgan. Bundan tashqari jamiyat hayotida bo'lib o'tgan yangilanishlarning mazmun-mohiyati ifodalangan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI»

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

O'ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRI VA RIVOJLANISH

ISTIQBOLLARI

Mashhura A'zamjon qizi Alimboyeva Gulzira Idireyis qizi Po'latboyeva

Toshkent davlat transport universiteti talabalari Ilmiy rahbar: Svetlana Vladimirovna Temirova, katta o'qituvchi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada ko'hna tarix, boy merosga ega xalqimizning o'tmishi yoritilib, taraqqiyot va rivojlanish davri bayon etilgan. Bundan tashqari jamiyat hayotida bo'lib o'tgan yangilanishlarning mazmun-mohiyati ifodalangan.

Kalit so'zlar: mustaqillik, iqtisodiy islohat, bozor iqtisodiyoti, demokratik jamiyat.

1991-yil 31-avgustda O'zbekistinning davlat mustaqilligi e'lon qilindi. "Biz uchun mustaqillik, eng avvalo, o'z taqdirimizni qo'limizga olish, o'zligimizni anglash, milliy qadriyatlarni, urf-odatlarimizni tiklash, hammamiz uchun yangilikdir. Aziz Vatanimizda adolat, insof, din-u diyonat, mehr-oqibatni qaror toptirishdir " - deb qayd etadi birinchi Prezidentimiz Islom Karimov.

Birinchi Prezident I.A.Karimov demokratik taraqqiyot yo'lini mamlakatga, xalqqa taklif etar ekan, M.Gorbachev yoki B.Eltsin variantlaridagi demokratik siyosat bizning mamlakatimizga umuman to'g'ri kelmasligini butun dunyoga oshkor aytgan edi.

Jazavaga tushgan «demokratlar», masalan, Rossiya matbuoti ham Prezidentni ortodoksal kommunistlikda yoki nokommunistlikda, ya'ni sovet Jamiyatiga xos bo'lgan totalitar tuzumni O'zbekistonda saqlab qolishga urinishmoqda, deb ayb qo'ydilar. Lekin bunday ayblar uydirma ekanligini ko'rsatdi.

Eski tuzumda mansabdor bo'lgan, kommunistik hayot va boshqaruv tarziga mukkasidan ketgan, egallab turgan kreslosini asosiy boquvchisi, deb bilgan va bu kresloda turish uchun hech narsadan qaytmaydigan partiya va davlat nomenklaturasining qarshiligini sindirish, ularni vaqtincha tinchitish zarur edi. Bu muammolarni Prezident nihoyatda ustakorlik va vazminlik, ayni paytda, shiddat bilan sivilizatsion tarzda hal etdi: uyushgan, yakka hukmronlikka ega bo'lgan, xalq, jamiyat hayotining barcha sohalarini nazorat qilishga ko'nikkan.

December 1

369

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

O'zbekiston kommunistik partiyasini parlament tipidagi, demokratik g'oyalarni targ'ib etadigan xalq demokratik partiyasiga aylantirdi. Uning asosiy rahbar hodimlarini mamlakatda tashkil qilingan yangi davlat boshqaruv organlariga, hokimliklarga tayinladi. Shu bilan birga Prezident Toshkent viloyati noiblari sessiyasida qilgan nutqida ochiqcha uqtirganidek, kimki demokratik siyosatga islohotlari olib borishga tayyor bo'lmasa yoki qarshilik qilsa undaylarning rahbarlikda uzoq turmasligi ayon bo'ldi. Islom Karimov mamlakatning dastlabki yillaridagi rivojlanish Jarayonlarini chuqur tahlil qilib, O'zbekiston davlat va jamiyat qurilishi, iqtisodiyotni isloh qilish dasturining o'zagi sifatida quyidagi beshta asosiy qoidani o'rtaga tashladi:

Birinchidan, iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, u biror mafkuraga bo'ysunishi mumkin emas. Buning ma'nosi shuki, iqtisodiyot siyosatdan ustun turishi kerak. Ham ichki, ham tashqi iqtisodiy munosabatlarni mafkuradan xoli qilish kerak.

Ikkinchidan, o'tish davrida davlat bosh islohotchi bo'lishi lozim. U islohotlarning ustuvor yo'nalishlarini belgilab berishi, o'zgartishlar va siyosatni ishlab chiqishi va uni izchillik bilan o'tkazishi shart.

Uchinchidan, qonun, qonunlarga rioya etish - ustuvor bo'lishi lozim. Buning ma'nosi shuki, demokratik yo'l bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiya va qonunlarini hech istisnosiz, hamma hurmat qilishi va ularga og'ishmay rioya etishi shart.

To'rtinchidan, aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat o'tkazish zarur.

Beshinchidan, bozor iqtisodiyotiga o'tish ob'ektiv iqtisodiy qonunlar talablarini hisobga olgan holda, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak. Ana shu muhim qoidalar O'zbekistonning mustaqil rivojlanishi va taraqqiyot yo'liga asos qilib olindi, yangi jamiyatga o'tish davrining negizini tashkil etdi. O'tgan davr mobaynida bu qoidalarning amalga oshirilishi respublikada ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni, eng muhimi, bozor munosabatlarini joriy etish yo'lidan izchil harakat qilishni ta'minladi.

Birinchi Prezident Islom Karimov: "O'zbekiston - bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga xos yo'li" risolasida (1993 yil) shunday deydi: "O'zbekiston uchun o'zi tanlab olgan yo'l ijtimoiy sohaga yo'naltirilgan, respublikaning manfaatlariga, shart sharoitlari va xususiyatlariga eng ko'p darajada mos keladigan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgandir".

December 1

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

O'zbekistonda demokratik jamiyat qurishning milliy-tarixiy, ma'naviy va axloqiy asos-manbalari

Birinchi Prezident Islom Karimov 1992 yil 2 iyulda XII chaqiriq O'zbekiston Oliy Kengashining X sessiyasida "Istiqlol yo'li: muammolar va rejalar" mavzusida nutq so'zladi. Undagi quyidagi fikrlar diqqatga sazovor. "Biz Ijtimoiy taraqqiyot va yangilanish borasida o'z yo'limiz bor, deb e'lon qildik. Bozor iqtisodiyotiga o'tar ekanmiz, milliy-tarixiy turmush tarzimizni, xalqimiz urf-odatlarini, an'analarimizni, kishilarning fikrlash tarzini hisobga olamiz. O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'lini ishlab chiqishda quyidagi omillarga alohida e'tibor berildi: Birinchidan, o'tmishdan, sobiq sovet tuzumidan meros bo'lib qolgan tajribadan tegishli xulosalar chiqarish.

Ikkinchidan, respublikadagi o'ziga xos ma'naviy-ruhiy vaziyatdan kelib chiqib ish tutilish.

Uchinchidan, O'zbekiston taraqqiyot yo'lini ishlab chiqishda respublikaning qulay jug'rofiy-siyosiy imkoniyatini hisobga olish.

To'rtinchidan, O'zbekistonning bozor munosabatlariga o'tishda ijtimoiy ong va psixologiya masalalarini e'tiborga olish. Beshinchidan, Mustaqil O'zbekiston siyosatini belgilashda islom diniga munosabatini tubdan o'zgartirish.

Oltinchidan, O'zbekistonning boy moddiy-ma'naviy hamda ishlab chiqarish potentsialidan unumli foydalanish rejalarini ishlab chiqish.

REFERENCES

1. Shodiev N. O'zbekiston milliy Tiklanish bosqichida. - M.: Vega, 1999.

2. G'ofurov 3., Toshev S. Mustaqillikning ma'naviy zaminlari. -Qarshi: Nasaf, 1994.

3. https://rewiev.uz

4. Носиров, Р. А., & Темирова, С. В. (2021). Педагогическое наследие мыслителей Средней Азии. Достижения науки и образования, (2 (74)), 4-5.

5. Носиров, Р. А., & Темирова, С. В. (2021). ИСТОРИЯ РАЗВИТИЯ ТРАНСПОРТНОГО СООБЩЕНИЯ НА ТЕРРИТОРИИ СРЕДНЕЙ АЗИИ. Научный журнал, (1 (56)), 17-19.

6. Назарова, Н. Ж. (2022). YOSHLARDA RAQOBATBARDOSHLIK SIFATLARINI SHAKLLANTIRISH PARADIGMALARI: SHARQ VA G 'ARB KONTEKSTIDA. Журнал Социальных Исследований, 5(2).

7. Носиров, Р. А., Рахимова, М. И., & Темирова, С. В. (2022). Жамиятда ижтимоий онгнинг узгариши-ижгимоий

December 1

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

муносабатлар тахлили. инновации в педагогике и психологии, 5(3).

8. Juraevna, N. N. (2021, October). THE ROLE OF COMMUNICATIVE COMPETENCE IN YOUTH SOCIAL ACTIVISM. In Archive of Conferences (pp. 50-51).

9. Носиров, Р. А. (2022). УЗБЕК ХАЛ^ИНИНГ ЭТНИК ШАКЛЛАНИШИ. Uzbek Scholar Journal, 9, 198-202.

10.ДАДАШЕВА, А. (2021). Взаимодействие органов представительной власти на местах и самоуправления граждан в осуществлении действенного общественного контроля. Fuqarolik jamiyati. Гражданское общество, 22(2), 7074. Темирова, С. В., & Шарифбаев, Х. У. (2022). ЁШЛАР ТАРБИЯСИ ВА УМУМИНгаНИЙ КАДРИЯТЛАР ТУШУНЧACИНИНГ МАЗМУН-МOX,ИЯТИ. Academic research in educational sciences, 3(10), 350-359

December 1

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.