Научная статья на тему 'YOSHLARNING RAQOBATBARDOSH KADR BO’LIB SHAKLLANISHIDA KONSTITUTSIYANING O‘RNI'

YOSHLARNING RAQOBATBARDOSH KADR BO’LIB SHAKLLANISHIDA KONSTITUTSIYANING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Право»

64
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YOSHLARNING RAQOBATBARDOSH KADR BO’LIB SHAKLLANISHIDA KONSTITUTSIYANING O‘RNI»

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

YOSHLARNING RAQOBATBARDOSH KADR BO'LIB SHAKLLANISHIDA

KONSTITUTSIYANING O'RNI

S. V. Temirova, N. J. Nazarova

Toshkent davlat transport universiteti katta o'qituvchilari

Mustaqillik sharofati tufayli 1992 yili 8-dekabrda O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi. Asosiy Qonunimiz davlat mustaqilligini mustahkamlab inson huquqi va erkining huquqiy kafolati sifatida muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Buni shu aziz Vatanning har bir farzandi yurakdan his etadi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - davlatning Asosiy qonuni bo'lib, istiqbol sari intilishimizga kuch baxshida etuvchi hujjatdir.

U ijtimoiy va davlat hayotining huquqiy asosidir. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi jamiyatimiz barcha a'zolarining, shu jumladan yoshlarning manfaatlarini, ularning haq-huquqi va erkinliklarini to'la o'zida ifoda etadi. Yoshlarning qobiliyati, iste'dodi, bilimiga muvofiq ijtimoiy ehtiyojlarini e'tiborga olib, ilm olish, kasb, mashg'ulot turi va ish tanlash huquqini o'z ichiga oluvchi huquqlar majmui Konstitusiyaviy qoidalarda mustahkamlab qo'yilgan. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasida, «Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta'lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir» deb belgilab qo'yilgan. Bilim olish huquqi shaxsning asosiy huquqlaridan hisoblanib, ushbu huquqni aniq va to'liq amalda bajarilishiga 2020 yil 23 sentyabrda qabul qlingan «Ta'lim to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasining qonuni huquqiy kafolat bo'lib xizmat qilmoqda. Iqtidorli yuksak salohiyatli yoshlarni tarbiyalashdek dolzarb masalala yuzasidan yurtimizda huquqiy izchillik bilan ishlab chiqilgan dasturlar konstitutsiyamiz bilan yanada kuchliroq mustahkamlab qo'yilgan. Yoshlarning o'z iqtidorini namoyon etishida barcha shart sharoitlar yaratib qo'yilganligi bilan biz yoshlarni quvontiridi.

Shuni takidlash kerakki, iqtidor so'zininglug'aviy ma'nosi, kuch-qudrat, qodirlik degan ma'nolarni anglatadi. Iste'dod so'zi ham arab tilidan olingan bo'lib ijodiy qobiliyat, layoqat,talant demakdir. Iqtidorli bolalar va iste'dodli yoshlar deyilgandaqobiliyatli, layoqatli, talantli hamda kuch-qudratli, mahoratli tashkilotchi o'quvchi yoshlar tushuniladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy maqsadlaridan biri ham iqtidorli bolalar va iste'dodli yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlashga qaratilgan bo'lib, dasturda alohida «4.5 bandi Iqtidorli bolalar va iste'dodli yoshlar» deb

December 1

Tashkent State Transport University Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022

The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -

is the Glorification of Human Dignity, the inson qadrini ulug'lash, erkin va

ataladi.Iqtidorli bolalar va iste'dodli yoshlarni aniqlash va o'qitish uslubiyati, psixologik-pedagogik va tashkiliy sharoitlari yaratiladi, bunda bolalar va yoshlarga oid ma'lumotlarning respublika banki va monitoringi shakllanadi. Maxsus o'quv dasturlari va progressiv pedagogik texnologiyalar ishlab chiqarish uchun eng yaxshi pedagog va olimlar jalb qilinadi. Oquv tarbiya jarayonida ularning faol ishtiroki ta'minlanadi. Fan va texnikani, siyosat va iqtisodiyotni, madaniyat va san'atni o'rgatish markazlari qabilidagi hamda milliy (elita) ta'lim muasasalari tashkil etiladi. Iqtidorli bolalar va iste'dodli yoshlarni chet ellarda umumiy va kasbiy jihatdan tayyorgarlikdan o'tkazishga qaratilgan sobitqadam faoliyat amalga oshiriladi. Akademik litseylarning o'quvchilariga, birinchi navbatda iqtidorli yuksak iste'dod sohiblariga, bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yo'nalishlari bo'yicha oz tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish o'zlaridagi noyob iste'dodini ro'yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.

Mustaqil O'zbekiston Respublikasida bugungi kunda iqtidorli bolalarni hamda iste'dodli yoshlarni qo'llab-quvatlovchi va rag'batlantiruvchi bir necha jamoat tashkilotlari faoliyat ko'rsatmoqda. Jumladan «Yoshlar» Ittifoqi, Agentligi, «Ulug'bek» jamg'armasi, «El-yurt umidi» jamg'armasi hamda UNESCO kabi xalqaro jamg'armalarni olishimiz mumkin. «El-yurt umidi» jamg'armasi Prezidentimiz tashabbusi bilan, 2018 yil 26 sentyabr qaroriga muvofiq tashkil qilingan. Mamlakatimizda tarixiy tub o'zgarishlarni muvafaqqiyatli o'tkazish, ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish uchun jahon andozalari darajasida bilim olgan iste'dodli, ruhan barkamol yosh milliy kadrlar zarur. Ular Vatan baxt-saodati yo'lida, uning qudratini mustahkamlash borasida fidokorona mehnat qiladilar, mustaqillik g'oyalariga sadoqatli boladilar. «El-yurt umidi» jamg'armasi oz oldiga ana shunday iqtidorli va iste'dodli, oz Vataniga shon-shuhrat keltira oladigan yosh yigit qizlarni aniqlash, jahonning yetakchi mamlakatlaridagi obro'li oliy o'quv yurtlarida ularning bilim olishini tashkil etish, xalq xo'jaligining nufuzli tarmoqlari uchun yuqori malakali mutaxasislar tayyorlash kabi vazifalarni asosiy maqsad qilib qo'yadi.

Mamlakatimiz oliy o'quv yurtlarining II-III kurs talabalari ta'limning bakalavr bosqichi bo'yicha tanlov saralashlarida, bitirayotgan kurslarning talabalari, oliy ma'lumotli yosh xodimlar magistrlik bosqichi tanlovlarida qatnashishlari mumkin. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, ta'lim masalalari bilan shug'ullanuvchi chet el tashkilotlari xorijiy tillar bo'yicha tanlov da'vogarlarining bilimlarini test yo'li bilan sinovdan otkazadilar. Bu ishga ta'lim va til organish boyicha AKSELS (AQSh), Britaniya kengashi

December 1

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

(Buyuk Britaniya), Akademiya almashuvning nemis xizmati (Germaniya) singari xalqaro tashkilotlar, shuningdek malakatimizdagi Fransiya, Italiya va Yaponiya elchixonalarining vakillari ham jalb qilingan. Shuningdek, ularning O'zbekiston iqtisodiyoti va siyosiy mustaqilligini mustahkamlashga dahldor bo'lgan dunyoqarashlari, ma'naviyat va tarix bo'yicha bilimlari ham tekshirib ko'riladi. Demak, yurtimizda yoshlarni qo'llab-quvvatlovchi tashkilotlarning faoliyati xalqimizning ayniqsa iqtidorli va iste'dodli yoshlarimizning ilmiy-intellektual (aqliy) imkoniyatlarini mustahkamlashga, ularning xalqaro obro'-e'tiborini ko'tarishga qaratilgandir. Umid qilamizki, ta'lim islohotlari natijasida yangidan tashkil etilgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilari yuqoridagi ko'rik-tanlovlarda faol ishtirok etib o'zbek ta'limini rivojlantirishda, Vatanimiz buyukligini jahonga yoyishda o'z iqtidor va ite'dodlarini namoyish etadilar.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Toshkent, 2020.

2. Назарова, Н. Ж., Муратова, Д. А., & Жуманиязова, Н. С. (2022). УЗБЕКИСТОН ТЕМИР ЙУЛ ТРАНСПОРТ ТИЗИМИДА АЁЛЛАРНИНГ УРНИ ВА РОЛИ. Scientific Impulse, 7(3), 331-336.

3. Temirova, S. V. (2022). IMPROVING THE SOCIAL AND PROFESSIONAL STRUCTURE OF YOUNG EMPLOYEES. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 1), 920-925.

4. Назарова, Н. Ж. (2022). ЁШЛАР РАКрБАТБАРДОШЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШДА ЛИДЕРЛИК ОМИЛИ. PEDAGOG, 1(2), 431-442.

5. Mustafoev, S. M., & Temirova, S. V. (2022). O'ZBEKISTONDA TRANSPORT SOHASIDAGI ISLOHOTLAR. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 1), 566-569.

6. Назарова, Н. Ж. (2022). ЁШЛАРДАГИ РАКрБАТБАРДОШЛИК СИФАТЛАРИНИ РИВОЖЛАНТИРИШДА ДАМКОРЛИК. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 1), 570-575.

7. Temirova, S. V. (2021). NEW UZBEKISTAN: FROM NATIONAL RECONSTRUCTION TO NATIONAL GROWTH. Innovative Technologica: Methodical Research Journal, 2(04), 93-96.

8. Juraevna, N. N. (2021). Development of Communicative Competence the Youth as a Factor of Affecting Competitiveness (On the Example of Foreign Language Teaching). Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 9, 73-79.

December 1

351

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

9. Nazarova, N. J. (2021). YOUTH COMPETITION IN PROVIDING SOCIAL DEVELOPMENT. Научный редактор, 104.

10. Jumaniaz, R., Umarova, R., Rakhimova, M., & Sobirova, S. (2022). TECHNOCRATIC THEORIES AND THEIR ESSENCE. Uzbek Scholar Journal, 9, 183-187.

11. Ramatov, J., Umarova, R., Sobirova, S., & Rakhimova, M. (2022). THE PROCESS OF CIVILIZATION AND IMPORTANT CHANGES IN LIFE. Web of Scholars: Multidimensional Research Journal, 1(6), 243-246.

December 1

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.