Научная статья на тему 'YOSHLARNING SAYLOVLARDAGI FAOLLIGINI OSHIRISH VA YUKSALTIRISHDA MAHALLANING INSTITUTSIONAL ROLI HAMDA AHAMIYATI'

YOSHLARNING SAYLOVLARDAGI FAOLLIGINI OSHIRISH VA YUKSALTIRISHDA MAHALLANING INSTITUTSIONAL ROLI HAMDA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yoshlar / islohotlat / saylovlar / mahalla / institut / qatlam / siyosiy va ijtimoiy faollik / yoshlar siyosiy pozitsiyasi / yoshlar dunyoqarashi / yoshlar madaniyati / yoshlarning siyosiy jarayonlarga qiziqishini oshirish. / youth / reforms / elections / mahalla / institution / layer / political activity / social activity / political position of youth / worldview of youth / culture of youth / increasing the interests of youth in political processes.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Аbrarov, Islomiddin Jamolovich

Maqolada yoshlar qatlamining mamlakat siyosati uchun ahamiyati, O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati va uni amalga oshirishda mahallaning institutsional oʻrni va roli, uning yoshlar qatlamini mamlakatda turli boʻgʻinlar uchun boʻlib oʻtadigan saylov jarayonlariga jalb qilish, ularning siyosiy faolligini oshirish va hayotiy pozitsiyasini shakllantirish bilan bogʻliq vazifalari, bu borada oldimizda turgan vazifalar tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE INSTITUTIONAL ROLE AND SIGNIFICANCE OF THE NEIGHBORHOOD IN INCREASING AND PROMOTING YOUTH ACTIVITY IN ELECTIONS

The article analyzes the issues of the importance of the youth category for the state policy of the country, state youth policy in Uzbekistan and the institutional place and role of the mahalla in these same processes, the role of the mahalla in attracting young people to elections at various levels, upcoming tasks related to increasing the activity and forming the life position of young people.

Текст научной работы на тему «YOSHLARNING SAYLOVLARDAGI FAOLLIGINI OSHIRISH VA YUKSALTIRISHDA MAHALLANING INSTITUTSIONAL ROLI HAMDA AHAMIYATI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

YOSHLARNING SAYLOVLARDAGI FAOLLIGINI OSHIRISH VA YUKSALTIRISHDA MAHALLANING INSTITUTSIONAL ROLI HAMDA

AHAMIYATI

Abrarov Islomiddin Jamolovich

Siyosiy fanlar bo'yicha falsafa doktori (PhD)

ANNOTATSIYA

Maqolada yoshlar qatlamining mamlakat siyosati uchun ahamiyati, O 'zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati va uni amalga oshirishda mahallaning institutsional o'rni va roli, uning yoshlar qatlamini mamlakatda turli bo'g'inlar uchun bo 'lib o 'tadigan saylov jarayonlariga jalb qilish, ularning siyosiy faolligini oshirish va hayotiy pozitsiyasini shakllantirish bilan bog'liq vazifalari, bu borada oldimizda turgan vazifalar tahlil qilingan.

Kalit soizlar: yoshlar, islohotlat, saylovlar, mahalla, institut, qatlam, siyosiy va ijtimoiy faollik, yoshlar siyosiy pozitsiyasi, yoshlar dunyoqarashi, yoshlar madaniyati, yoshlarning siyosiy jarayonlarga qiziqishini oshirish.

AННОТAЦИЯ

В статье анализированы вопросы значения категории молодежи для государственной политики страны, государственная молодежная политика в Узбекистане и институциональное место и роли махалли в этих же процессах, роль махалли в привлечении молодежи в выборах разного уровня, предстоящие задачи, связанные с повышением активности и формированию жизненной позиции молодежи.

Ключевые слова: молодежь, реформы, выборы, махалля, институт, слой, политическая активность, социальная активность, политическая позиция молодежи, мировоззрение молодежи, культура молодежи, повышение интересы молодежи в политических процессах.

KIRISH

Bugun O'zbekistonda yoshlar tom ma'nodagi ertangi kunning yaratuvchilari, o'ziga xos ijtimoiy-siyosiy qatlam bo'lib shakllandi. Ularning o'z hayotiy pozitsiyalari, qarashlari, kerak bo'lsa, e'tiqodi shakllanganki, bu holat ularning davlat va jamiyat hayotida muhim rol o'ynashining birlamchi omili sifatida namoyon bo'lmoqda. Zero, yoshlarning kategorial maqomi haqida gapirganda, BMTning aksariyat ixtisoslashgan agentliklari, jumladan, Bosh Assambleya ham yoshlar toifasini aholining "15 yoshdan 24 yoshgacha bo'lgan qismi" sifatida ko'radi[1].

Yoshlarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokining dastlabki omili bu ularning demografik salohiyati ekanligini aslo unutmaslik lozim. Chunki, bugun

Research BIB / Index Copernicus

aksariyat yoshlar ayni saylov yoshiga yetganligi, ularning ko'psonli ovoz berish imkoniyati mavjudligi, eng asosiysi, yuqorida keltirib o'tganimizdek, o'z hayotiy pozitsiyasiga, o'z prioritetlari va qarashlariga egaligidir. Odatda, dunyoning kshplab davlatlarida aholining 35 yoshgacha bo'lgan shaxslari yoshlar kategoriyasiga kiritiladi va bu ularning nafaqat ijtimoiy, iqtisodiy, balki siyosiy sahnada ham bevosita o'zlarini namoyon qilishlariga, kattadan-katta rahbarlik lavozimlarini egallashlariga ham imkon beradi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bugungi kunda mavzuimizning yuqorida keltirganimizdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, dunyo davlatlarining 1/3 qismida milliy parlamentlarga saylanish yoshi (senzi) 25 yosh va undan yuqori etib belgilangan. Bu esa ularning yanada yosh ko'rsatkichlariga nisbatan tezroq ijtimoiy-siyosiy "ulg'ayayotganligini" namoyon qilmoqda. Bugun bu imkoniyalardan dunyoning ko'plab mamlakatlari qatorida O'zbekiston yoshlari ham foydalanayotganligi, ularning ham nafaqat siyosiy dunyoqarashi shakllanganligi, balki aholining eng faol va jo'shqin qatlami sifatida turli ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy jarayonlarda keng miqyosda ishtirok etayotganligiga - bugun barchamiz guvoh bo'lib turibmiz. Zero, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek, "Biz o'z oldimizga qo'ygan ulkan maqsadlarimiz ijobatini, Yangi O'zbekiston kelajagini butun el-yurtimiz qatori sizdek azmu shijoatli farzandlarimiz bilan bog'liq holda ko'ramiz. Shu bois, yoshlarning huquq va manfaatlarini ta'minlash, ularni kamol toptirish davlatimiz siyosatining eng ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida doimo e'tiborimiz markazida bo'lib kelmoqda. Bu haqda so'z yuritganda, so'nggi yillarda yurtimizda yoshlar bilan ishlash bo'yicha dunyoda o'xshashi kam bo'lgan vertikal boshqaruv tizimi yaratilganini ta'kidlash lozim. Bu esa mahallalardagi Prezident vakillari bo'lgan yoshlar yetakchilari orqali qancha-qancha yigit-qizlarni kasb-hunarga o'qitish, bandligini ta'minlash, bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish va ijtimoiy qo'llab-quvvatlash bilan bog'liq ko'plab masalalarni quyi bo'g'inning o'zida hal etish imkonini bermoqda"[2].

Mavzuning yana bir jihati, yoshlarning bo'lib o'tadigan saylov jarayonlaridagi faolligi va uning institutsional ahamiyati, ya'ni ularning turli bo'g'inlardagi saylovlarda ishtirok etishining institutsional jihatlari haqida so'z yuritsak.

Ma'lumki, O'zbekistonda siyosiy institutlar qatorida, xalqimizning azaliy va uzoq yillik tarixga ega bo'lgan "Mahalla" muhim o'rin tutadi. Ayniqsa, uning aholi hayotini tashkil qilish, yoshlarning dastlabki madaniy, ma'naviy saviyasini shakllantirish va rivojlantirish, ularning siyosiy-institutsonal ongini yanada yuksaltirish borasidagi ahamiyati o'ta ortib bormoqda. O'tgan 33 yillik taraqqiyot

Research BIB / Index Copernicus

davri mobaynida davlat siyosati darajasida ushbu institutning jamiyat va davlat hayotidagi o'rni va rolini, salohiyatini va imkoniyatlarini oshirish borasida juda katta, aytish mumkinki, salmoqla ishlarni amalga oshirdi. Bu esa mamlakat miqyosida aholining muammolarini hal qilish, ijtimoiy-ma'naviy muhitni barqarorlashtirish, jamiyatning siyosiy ongini yanada yuksaltirish, ayniqsa, aholining muhim qatlami bo'lgan yoshlar bilan ishlashda mahallaning alohida maqomi va roli, mas'uliyati tobora ortib borishiga xizmat qilmoqda. "Milliy o'zligimiz timsoli bo'lgan mahallalarimiz go'zal va betakror vatanimizda tinchlik va ahillik, o'zaro hurmat va hamjihatlik makoniga aylangani bilan albatta barchamiz faxrlanamiz. O'zini o'zi boshqarishning noyob tizimi bo'lgan bu idoraning nufuzini oshirish, uni chinakam xalq vijdoniga aylantirish, huquq va vakolatlarini kengaytirish, moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash borasida keyingi yillarda ulkan ishlar amalga oshirilmoqda" - deya e'tirof etgan edi mamlakatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev[3].

Maqolamizda yoshlar siyosiy faolligining barometrlaridan biri bo'lgan saylovlardagi faolligi va uni yanada oshirishda mahallaning institutsional roli haqida so'z yuritish uchun avvalo, mahallaning faoliyatida yoshlarning muhim obyekt sifatidagi o'rnini alohida yoritish maqsadga muvofiqdir. Xalqimizda azaldan bir muhim maqol, kerak bo'lsa hayotiy bir mezon shakllangan: "Bitta bolaga yettita mahalla ota-ona" Mana shu maqolning zamiriga agar nazar tashlanadigan bo'lsa, mahallalarda istiqomat qilayotgan har bir yoshning yurish-turishi, ta'lim-tarbiyasi, odob-ahloqi, siyosiy kayfiyatiga mahallaning muhim siyosiy institut va boshqaruv bo'g'ini sifatida befarq bo'la olmaslik mas'uliyati mujassamligini ko'ramiz.

Yoshlar bu - mamlakat kelajagi tamoyilidan kelib chiqqan holda, mahallaning muhim bir vazifasi - ya'ni, mamlakatda turli bo'g'indagi vakillik organlariga, Respublika Prezidentligi uchun, shuningdek, Mahalla raislari sayloviga avvalo, munosabatini shakllantirish, mas'uliyatini anglatish va faolligini oshirish ekanligini ilmiy va uslubiy tavsiyalar asosida tushuntirishga harakat qilsak.

Bu borada, ya'ni yoshlarni biz yuqorida keltirib o'tgan saylovlarga jalb qilishning dastlabki sharti - bu ularda o'z kelajagi uchun faqat va faqat o'zlari javobgar ekanligi to'g'risidagi mustahkam ishonchni va shunga muvofiq pozitsiyani shakllantirishdir. Bu borada esa mahallaning o'rni beqiyos bo'lib, aynan unda yoshlar va yoshi katta avlod o'rtasidagi muloqot maydoni, o'ziga xos mavzular muhokama qilinadigan, suhbatlar va munosabatlar paydo bo'ladigan format ekanligini alohida e'tirof etmoq joiz. O'z kelajagi uchun mas'ulligini anglagan yosh albatta saylovga boradi va o'z ovozini beradi. Bundan tashqari, ovoz berish jarayoniga qadar nomzodlarning, siyosiy partiyalarning, shuningdek, bo'lajak mahalla raisining dasturi, platformalari bilan tanishadi, ma'lum ma'nodo siyosiy dunyoqarashi yuksaladi.

Research BIB / Index Copernicus

Shuning uchun ham saylovlar jarayonida yoshlarning faol fuqarolik pozitsiyasi shakllangan holdagi ishtiroki ta'minlanishida mahallaning o'rni va roli beqiyos.

Ikkinchidan, inson hayotida uning ijtimoiylashuvi yuz beradigan davr - bu uning ilk atrof-muhit bilan muloqoti ro'y beradigan bolalik vaqti bo'lsa, aynan ularning siyosiy ijtimoiylashuvini vujudga keltiradigan muhit va maydon aslida mahalladir. Har bir insonning bolaligidan boshlab, shaxs sifatida shakllanishi bilan bog'liq jarayonlar aynan mahallada sodir bo'lar ekan, bu yerda yoshlar avvalo, yosh va darajaga qarab, mahallaning har bir a'zosining maqomi va jamiyatdagi o'rniga qarab, ular bilan muomala va muloqot madaniyatini o'zlashtiradi. Shuningdek, kimlargadir xavas qilish va yoki aksincha, kimlardandir xazar qilish bilan bog'liq dunyoqarashga ega bo'ladi. Bu holat esa yoshlarda hayotiy ustuvorliklar vujudga kelishiga asos bo'ladi, ularning siyosiy tafakkuri rivojlanishiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Zero, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Biz faoliyatimizning birinchi kunlaridan hamma ishni mahallada, xalqimiz bilan birgalikda tashkil qilib kelayapmiz. Bu tizimni bosqichma-bosqich rivojlantirdik. Endi yana qo'shimcha kuch, imkoniyatlar berilyapti. Bu ham vakolat, ham mas'uliyat degani. Mahallalar - davlatimizning eng katta zamini" - deya alohida e'tirof etgan edi o'z chiqishlaridan birida[4].

Uchinchidan, mahallaning yoshlar hayotidagi tarbiyaviy-ma'naviy ahamiyati o'ta yuksak ekanligini alohida qayd etmoq joiz. Bugungi kunda yoshlarning ma'naviy-tarbiyaviy muammolari kun tartibining dolzarb yo'nalishiga aylanayotgan bir davrda mahalla tizimini, uning dastlabki boshqaruv bo'g'ini sifatidagi o'rni nihoyatda beqiyos va bu tabiiy ravishda ham shunday bo'lmog'i lozim. Chunki, bola uchun oila va ta'lim muassasidan keyingi tarbiya maskani, uni tashkil qiladigan ijtimoiy muhit - bu mahalladir. Shu nuqtai-nazardan ham mahallaning safarbarlik imkoniyatlari, salohiyati nihoyatda yuqori ekanligini alohida qayd etish va bu buning ham siyosiy va ham ijtimoiy ahamiyatini yanada orttirish, rivojlantirish lozim. Barchamizga ma'lum, har qanday ijtimoiy, ma'naviy, ma'rifiy tadbirlarga, siyosiy ahamiyatga molik masalalarga yoshlarni jalb qilish bilan bog'liq masalalarda mahallaning ta'siri yuqori bo'lib, mahalla tomonidan tashkil qilinadigan har qanday ijtimoiy-siyosiy tadbirlarga bemalol odamlarni jalb qila oladi va ularda mahalla, jamiyat va davlat ahamiyatiga molik masalalar muhokama qilinadi. Bu esa aholining ijtimoiy kayfiyatini shakllantirish bilan birga, yoshlarni yaxshi tarbiyalab, ham moddiy, ham ma'naviy jihatdan yuksaltirishga xizmat qiladi. Bunday maqsadlarning ijtimoiy-siyosiy ta'minlash mahalla, ota-ona, ustoz va murabbiylar, qolaversa, mahalla ahli, jamoatchiligi zimmasida bo'ladi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

Bundan tashqari, yoshlar tarbiyasiga jiddiy e'tibor berishning ahamiyati naqadar ulug' ekani har birimizga ayon. Ularga loqaydlik bilan o'z hollariga tashlab qo'yiladigan bo'lsa, katta ko'ngilsiz oqibatlarga olib kelishi mumkinligini hayot tajribalari va sinovlari bilan isbotlangan. Shu nuqtai-nazardan ham ma'naviy-tarbiyaviy funksiyalari bilan ham mahalla yoshlarning siyoiy safarbarligini ta'minlay oladigan alohida salohiyatga va mexanizmlarga ega. Zero, "Mahalla azaldan milliy urf-odat va an'analarimizni bezavol saqlab, xalqimizni o'zaro bir-biri bilan uyg'un bo'lib yashashga o'rgatadigan, yosh avlod vakillarini bag'rikenglik ruhida tarbiyalaydigan maskan hisoblanadi. Xalq bilan davlat o'rtasidagi ishonchli ko'prik vazifasini bajaradigan noyob tuzilma sifatida namoyon bo'layotgan mahallada yurtimizda yashayotgan har bir inson, millati, tili va dinidan qat'i nazar, o'z yutuq va kamchiliklarini muhokama qiladi, muammolariga yechim izlaydi"[5].

To'rtinchidan, yoshlarning ma'naviy, madaniy, intellektual taraqqiyotida mahallaning integrativ salohiyati yuqori ekanligini ta'kidlash joiz. Ma'lumki, shaxsning ijtimoiylashuvida, aniqrog'i siyosiy integratsiyalashuvida integratsiya o'ta muhim rol o'ynaydi. Yoshlarning avvalo hayotga, yon-atrof muhitga, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga integratsiyalashuvi - bu ularning ma'lum bir muloqot va sharoit doirasida istiqomat qilishini talab qiladi. Shu nuqtai-nazardan ham, aynan mahallaning ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-madaniy institut sifatida maqomi esa yoshlarning umumiy integratsiyasi uchun eng katta institutsional omil ekanligini unutmaslik kerak. Aynan mahallaning inson hayotidagi, ayniqsa, bolalar va o'smirlar rivojlanishi uchun integrativ roli - bu avvalo, bolalikdan boshlab ularda ko'cha-kuyda birga o'ynashlari, ma'lum bir muloqotga kirishishlari, muammolarga, masalalarga yechim topishda jamoaviylik tafakkurining shakllanishi va rivojlanishi, umumiy hasharlar, to'y-tomoshalar, dafn tadbirlari va xokazolarda namoyon bo'ladi. Shuning uchun ham mahalla instituti yoshlarning siyosiy jarayonlardagi ishtirokini, ularning mamlakat va jamiyat taqdiri bilan bevosita bog'liq voqeliklarga jalb qilinishini taqazo qiladigan integrativ funksiyasidan samarali foydalanish masalasi ham o'ta dolzarb vazifalarimizdan biri bo'lib qolmoqda.

XULOSA

Xulosa tarzida aytish mumkinki, bugun yoshlar qatlami dunyo miqyosida ertangi kunning hal qiluvchi kuchiga, eng avangard qatlamiga aylanib ulgurdi. Bundan sharoitda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan O'zbekistonda yoshlarga va ularning hayot faoliyati bevosita kechadigan institut hisoblanmish Mahallalarga yaratib berilgan barcha imkoniyat va sharoitlardan saarali foydalanish ham kun tartibining dolzarb masalasiga aylandi. Zero, bugungi yoshlar davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida faol ishtirok etmoqda, unga hamohang tarzda esa

Research BIB / Index Copernicus

Mahallaning ham institutsional mavqei tobora ortib bormoqda. Bu esa amalga oshirilayotgan davlat siyosatining samaradorligiga, yoshning huquq va erkinliklarini ta'minlash, intellektual va ma'naviy yuksalishiga sabab bo'lmoqda, o'z huquq va majburiyatlarni chuqur anglagan holda, o'z kelajagi uchun mas'ulyaitni chuqur anglab, har qanday siyosiy tadbirlarga faol ishtirok etishiga imkoniyat yaratmoqda.

Bugungi kunda yoshlarning mamlakat taraqqiyotida muhim qatlam sifatida mamlakatimizda saylovlarga jalb qilinishi va ulardagi faol ishtiroki esa kelajakda ularning davlat hokimiyatining oliy organlarida, shuningdek, shahar, tuman darajasidagi mas'uliyatli lavozimlarda faoliyat yuritishiga asos bo'lishini ular ongiga chuqur singdirish lozim. eng asosiysi esa - bu jarayonlarning dastlabki institutsional omili va asosiy motivator makoni bu Mahalla ekanligini alohida qayd etish lozim. Zero, bugun mamlakatimiz hayotiga daxldor bo'lgan qarorlarni qabul qilish jarayonida aynan yoshlarning ishtiroki ortayotganligi, ularning boshqaruv sohalaridagi ulushi ham tobora ortib borayotganligini alohida e'tirof etmoq joiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES):

1. Расширение политического участия молодежи на всех этапах электорального цикла: Руководство по передовой практике // Программа развития ООН. Январь 2013. - с.16.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "O'zbekiston yoshlariga bayram tabrigi". 30.06.2024. https://president.uz/uz/lists/view/7361

3. Prezident Shavkat Mirziyoyevning "O'zbekiston mahalla tizimi xodimlari va faollariga tabrigi". 22.03.2023. https://president.uz/oz/lists/view/6077

4. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2023 yil 26 sentyabr kuni mahallabay ishlash tizimini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan o'tkazilgan videoselektor yig'ilishi. https://president.uz/uz/lists/view/6695

5. Mavjuda Xasanova. Endi barcha muammolar mahallaning o'zida hal etiladi. https://parliament.gov.uz/oz/articles/1390#!

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.