Научная статья на тему 'SAYLOVLARDAGI FAOL ISHTIROK – YOSHLARDAGI IJTIMOIY FAOLLIKNING BOSH MEZONI SIFATIDA'

SAYLOVLARDAGI FAOL ISHTIROK – YOSHLARDAGI IJTIMOIY FAOLLIKNING BOSH MEZONI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Политологические науки»

CC BY
104
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
saylovlar / yoshlar / ijtimoiy faollik / siyosiy bilimlar / volontyorlik / xulq-atvor / davlat institutlari / parlament / Prezidentlik institutiga saylov / yoshlar siyosati. / elections / youth / social activity / political knowledge / volunteerism / behavior / state institutions / parliament / presidential election / youth policy.

Аннотация научной статьи по политологическим наукам, автор научной работы — Abrarov, Islomiddin Djamolovich

Maqolada davlat organlarini shakllantirishning muhim mexanizmlaridan biri bo‘lgan saylovlar va ularda yoshlar ishtiroki, shuningdek, yosh avlodning siyosiy ongini yuksaltirish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda saylov institutining o‘rni va ahamiyati masalalari o‘rganilgan va ushbu jarayonning ijtimoiy ahamiyati tadqiq qilingan. Shuningdek, saylov va boshqa ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda yoshlarning siyosiy xulq-atvorini shakllantiradigan holatlar, volontyorlik institutiga doir qarashlar o‘rin olgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ACTIVE PARTICIPATION IN ELECTIONS AS THE MAIN CRITERIA OF SOCIAL ACTIVITY AMONG YOUTH

The article examines elections, which are one of the important mechanisms for the formation of state bodies, and youth participation in them, as well as raising the political consciousness of the young generation, the role and importance of the electoral institution in increasing their socio-political activity, and the social significance of this process is studied. Also, there are situations that shape the political behavior of young people during elections and other social and political processes, views on the institution of volunteerism.

Текст научной работы на тему «SAYLOVLARDAGI FAOL ISHTIROK – YOSHLARDAGI IJTIMOIY FAOLLIKNING BOSH MEZONI SIFATIDA»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

SAYLOVLARDAGI FAOL ISHTIROK - YOSHLARDAGI IJTIMOIY FAOLLIKNING BOSH MEZONI SIFATIDA

Abrarov Islomiddin Djamolovich

Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahar 2-son kasb-hunar maktabi direktori, siyosiy

fanlar bo'yicha falsafa doktori (PhD),

Maqolada davlat organlarini shakllantirishning muhim mexanizmlaridan biri bo 'lgan saylovlar va ularda yoshlar ishtiroki, shuningdek, yosh avlodning siyosiy ongini yuksaltirish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda saylov institutining o 'rni va ahamiyati masalalari o 'rganilgan va ushbu jarayonning ijtimoiy ahamiyati tadqiq qilingan. Shuningdek, saylov va boshqa ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda yoshlarning siyosiy xulq-atvorini shakllantiradigan holatlar, volontyorlik institutiga doir qarashlar o 'rin olgan.

Kalit so'zlar: saylovlar, yoshlar, ijtimoiy faollik, siyosiy bilimlar, volontyorlik, xulq-atvor, davlat institutlari, parlament, Prezidentlik institutiga saylov, yoshlar siyosati.

The article examines elections, which are one of the important mechanisms for the formation of state bodies, and youth participation in them, as well as raising the political consciousness of the young generation, the role and importance of the electoral institution in increasing their socio-political activity, and the social significance of this process is studied. Also, there are situations that shape the political behavior of young people during elections and other social and political processes, views on the institution of volunteerism.

Key words: elections, youth, social activity, political knowledge, volunteerism, behavior, state institutions, parliament, presidential election, youth policy.

Saylov - mamlakatning siyosiy-ijtimoiy hayotidagi eng muhim siyosiy jarayonlardan biri. Har bir saylovchining ovozi zamirida mamlakatning ertasi, avlodlar kelajagi va fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy haq-huquqlari mujassam. Har bir millatning, mamlakatning ertasi, kelajak taqdiri yosh avlodning qo'lida ekanligi sir emas. Shu sababli, yoshlarning siyosiy ijtimoiy faolligi davlat ahamiyatiga molik masalalardandir. Mamlakatimizda so'nggi yillarda yoshlar siyosatiga e'tibor sezilarli darajada kuchaydi. 2016 yilning 14 sentabrida "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi qonun yangi tahrirda qabul qilingan edi. Ushbu qonun yillar davomida

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

mavhum bo'lib kelgan huquqiy tushunchalarga aniqlik kiritish bilan birga, yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga ko'tarishda muhim omil bo'lmoqda.

Ma'lumki, bugungi kunda yoshlar ijtimoiy jihatdan ham turlicha qarashlarga, turlicha dunyoqarashga, ijtimoiy maqomga ega qatlam (ishchi, tadbirkor, hunarmand, talaba, shaharlik, qishloqlik, tijoratchi, boy oilaga mansub, o'rta yoki kambag'alroq oilaga mansub va xokazo....) sifatida o'zlarining qatlamlashgan manfaatlariga ega. Shu nuqtai-nazardan siyosiy liderlar yoki deputatlikka nomzodlar ularga alohida ahamiyat qaratadi. Chunki, yoshlar juda katta siyosiy-ijtimoiy kuch sifatida qatlam sifatida siyosiy jarayonlar rivojiga va taqdiriga juda katta ta'sir ko'rsatadi. Shuningdek, aynan yoshlar, katta yoshlilarga nisbatan mamlakatdagi siyosiy vaziyatga va o'zgarishlarga boshqacha munosabatda bo'ladi, boshqacha ta'sir ko'rsatadi va bu holat ilmiy isbotlangan1.

Aynan ushbu holat mavzuning naqadar dolzarbligini anglatishi bilan bir qatorda, mamlakatning kelajagi bevosita zamonaviy fikrlaydigan, innovatsion va kreativ qarashlarga ega bo'lgan, vatanparvar, jonkuyar va fidoyi yoshlarga bog'liq ekanligini, ularning bilimliligi, tarbiyaliligi, ertangi kunning egasi ekanligi bilan bog'liq mas'uliyatli ola bilishiga ko'p narsa bog'liq. Bugun biz kuzatayotgan holat, ya'ni dunyodagi demografik inqirozning tobora chuqurlashib borayotganligi sharoitida O'zbekistonda aholining soni ortib borayotganligi va yangi taraqqiyparvar kuchlarni yetishtirishga bo'lgan talabning ortib borishidir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Yoshlarni qo'llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning bandligiga ko'maklashish, tadbirkorlik g'oya va tashabbuslarini rag'batlantirish, ular munosib daromad olishi uchun qo'shimcha sharoitlar yaratish, bu borada olib borilayotgan ishlarni yangi bosqichga olib chiqish, shuningdek, 2022 — 2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasidagi 38-50 maqsadlar2ning ijrosini ta'minlash maqsadidagi ushbu hujjat mamlakatimizda yosh avlodga ko'rsatilayotgan g'amxo'rlikning amaldagi yana bir yorqin ifodasidir. Bugungi kunda davlatimiz oldida turgan eng muhim va muqaddas vazifalardan biri -bu oldinda turgan O'zbekiston Respublikasi Prezidentligi uchun bo'lib o'tadigan saylovlarda aholining faol ishtirokini ta'minlash hisoblanadi. Zero, aholi, ayniqsa, yoshlarni saylov jarayonidagi faolligini oshirish, deputatlikka nomzodini ilgari surish bo'yicha bilim va ko'nikmalarini mustahkamlash bilan bog'liq O'zbekiston Respublikasining saylov qonunchiligidagi mavjud holatlarni tushuntirish ushbu

1 Бондарь Н.Н. Молодежь и выборы. ОБЩЕСТВО И ПРАВО 2011 № 4 (36). С 91.

2 Узбекистан Республикаси Президентининг 28.01.2022 йилдаги "2022 — 2026 йилларга мулжалланган Янги Узбекистоннинг таравдиёт стратегияси тугрисида"ги ПФ-60-сон Фармони. https://lex.uz/docs/5841063#5843878

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

vazifalarning mantiqiy davomi hisoblanadi. Saylov qonunchiligini yoshlarga tushuntirish, ularga aynan istiqboli bilan bog'liq siyosiy jarayonlarning mohiyatini anglashlariga ko'maklashish - bu xalqaro tajriba bo'lib, butun dunyo mamlakatlarida ushbu masalaga o'ta jiddiy va strategik ahamiyat qaratilishi ham bejiz emas.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti o'z rahbarligining ilk kunlardayoq ta'kidlaganlaridek, "Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og'ishmasdan, qat'iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko'taramiz. Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma'naviy sal ohiyatga ega bo'lib, dunyo miqyosida o'z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo'sh kelmaydigan insonlar bo'lib kamol topishi, baxtli bo'lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz" - deya ta'kidlaganidek, bugun O'zbekiston yoshlarga yuksak siyosiy pozitsiyani shakllantirish va qaror toptirish eng muhim vazifalar qatoriga chiqmoqda.

Ma'lumki, saylovlar - davlat hokimiyati organlarining davriylik prinsipiga binoan almashib turishiga, ularni xalq va jamiyat oldida hisobdorlik asosida ishlash tartib-taomillariga rioya qilishga muttasil undab, hatto majburlab turadigan yagona mexanizmdir. Gap ana shu mexanizmdan, imkoniyatdan samarali foydalanishda. Bu esa saylovchilarning huquqiy ongi, bilim va madaniyatining nechog'lik yuksakligiga, yoshlardagi xalq va Vatan taqdiriga daxldorlik tuyg'usining barqarorligiga ham bog'liq. Chunki, "Ovoz berish fuqarolik ishtirokining fundamental aktlaridan bo'lib, uning vositasida yoshlar demokratiyaga o'z hissasini qo'shadilar. Gurchi, bu jarayon yoshlarni siyosiy-ijtimoiy voqeliklarga jalb qilishning shakllaridan biri hisoblansada, u yoshlarga o'z ovozlarini, pozitsiyalarini eshittirishga imkon beradi, jamiyatdagi muammolarini yechish uchun e'tiborni qaratish omili bo'ladi, hamda ishtirokning boshqa shakllari uchun boshlang'ich asos bo'la oladi"3.

Bunday vazifalarning bir qancha strategik yo'nalishlari va metodlari bo'lib, ular ichida Saylov qonunchiligi targ'iboti va yoshlar vakillari o'rtasidagi o'tkaziladigan ochiq muloqotlar alohida ajralib turadi. Chunki, aynan shunday uslubldarning keng qo'llanilishi yoshlarda avvalo, faol fuqarolik pozitsiyani shakllantiradi va Konstitutsiyaviy huquqlarini anglab yetishlariga zamin bo'ladi. Eng asosiysi, davlat organlarining turli bo'g'inlariga, jumladan parlament va uning mahalliy kengashlari, mamlakat Prezidentligiga bo'ladigan saylovlarning mohiyati, darajasi, texnologiyalari, uullari va ushba yaxlit tizimning turli institutsional holatlari haqida bilim olishlarining asosi ham ular orasida o'tkaziladigan ma'rifiy o'quvlar, treninglar va uchrashuvlar ekanligini unutmasligimiz kerak.

3 Broadening Youth Voting. https://circle.tuits.edu/our-research/broadening-youth-voting

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

Umuman olganda, xalqaro tajribaga qaraydigan bo'lsak, saylovlar nafaqat turli bo'g'inlarda yoshlarning faol ishtirokini ta'minlashga qaratilgan turli tadbirlarga boy tarzda tashkil qilinadi, balki ularning huquqiy asoslari yaratilishiga ham keng ahamiyat qaratiladi. "Saylovlarga puxta tayyorgarlik ko'rish va uni umume'tirof etilgan xalqaro tamoyillar asosida o'tkazish uchun saylov jarayoni ishtirokchilarining milliy saylov qonunchiligi va xalqaro saylov standartlari bo'yicha bilim va amaliy ko'nikmalarini oshirishga yangicha yondashiladi"4.

Bo'lib o'tadigan turli uchrashuvlar, seminarlar, tadbirlarda "Saylov huquqi", "Saylovlarni yuqori saviyada o'tkazish jarayoni va uning o'ziga xos xususiyatlari", "Saylov jarayonlarida volontyorlar bilan ishlashning huquqiy asoslari va zamonaviy uslublari", "Saylovlarda yoshlarning ishtiroki va uni samarali tashkil etish tizimi", "Saylov jarayonlarida volontyorlar bilan ishlashning huquqiy asoslari va zamonaviy uslublari" kabi mavzularning saylov jarayonidagi o'rni masalalari chuqur muhokama qilinishi lozim va ularning aksariyati aynan yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligiga ta'sir ko'rsatishi ilmiy asoslangan.

O'zbekistonning Milliy qonunchiligi va uning taraqqiyot bosqichlariga e'tibor qaratadigan bo'lsak, shunga amin bo'lamizki, u xalqaro meyorlar va huquq asosida shakllangan bo'lib, unga binoan saylov kuni 18 yoshga to'lgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari saylash huquqiga ega. Saylov kuni 21 yoshga to'lgan yigit-qizlar mahalliy kengashlarga, 25 yoshdan esa Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylanishi mumkin. Bu esa xalqaro huquq tomonidan e'tirof etilgan va milliy xususiyatlarimizga mos keladigan mezonlar ekanligini unutmasligimiz lozim.

O'zbekistonning saylovlarga doir qonunlari, ya'ni O'zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi, "Siyosiy partiyalar to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni, "Siyosiy partiyalar faoliyatini moliyalashtirish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni, "O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni, "O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni, "Aholining elektoral madaniyatini yuksaltirish bo'yicha milliy harakatlar dasturi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi kengashining, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati kengashining Qo'shma qarori kabilarni oladigan bo'lsak, ularning barchasida yoshlarning saylovlardagi imkoniyatlari va ularning faolligi uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni ko'rishimiz mumkin.

Eng muhimi, bu yil bo'lib o'tishi kutilayotgan saylovlarning yangi qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi asosida o'tkazilayotgani saylovlarning demokratik tamoyillar asosida ochiqlik, oshkoralik va shaffof tarzda

4 Young people and the vote. https://education.aec.gov.au/democracy-rules/files/dm-topic-5.pdf

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

o'tishi bilan birga, siyosiy partiyalar oldiga ham dolzarb vazifalarni qo'yayotgani bilan yanada ahamiyatli ekanligidir.

Davlatning siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri - bu davlatning yoshlarga oid siyosati va bunda esa albatta yoshlarning faolligini oshirish ekanligi bugun hech birimizga sir emas. Bu borada siyosiy partiyalarning hududiy Kengashlari va ularning yoshlar bilan ishlash bo'limlari tomonidan 18 yoshga to'lgan ilk bor saylovlarda ishtirok etadigan yoshlarning siyosiy jarayondagi faolligini yanada oshirish maqsadidagi rejalarni ishlab chiqishi va hayotga tatbiq qilishi muhimdir. Zero, aynan bunday turdagi va xarakterdagi dasturlarning ishlab chiqilishi, ularning chuqur ilmiy xuloslarga, taklif va tavsiyalarga tayanilgan holda hayotga joriy qilinishiga alohida e'tibor qaratilishi esa, kutilgan natijalarni berishi tabiiy.

Demokratiyaning eng muhim talablaridan biri, "mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning va yoshlar siyosatining eng muhim yo'nalishi - bu yoshlarning saylovlarda shunchaki ishtirok etishi, ovozini beribgina qo'yishi emas, balki mamlakat, jamiyat, kelajak uchun har bir jarayonga mas'uliyat bilan yondashish, har bir nomzod va uning dasturi bilan yaqindan tanishish, ularda ilgari surilayotgan g'oyalar aholining, yoshlarning, xalqning oliy maqsad va manfaatlariga, orzulariga, strategik taraqqiyot yo'nalishlariga mos kelishiga alohida e'tibor berishlariga erishishdir".

Saylovlarga tayyorgarlik ko'rish va ularni o'tkazish ishiga o'zining faol hissasini qo'shishga kirishgan yoshlarning sa'y-harakatlari kelajakda o'zlari uchun ham g'oyat samarali va foydali bo'lishini yoshlar tomonidan anglab yetilishi o'ta muhimdir. Chunki ijtimoiy faol yoshlar saylov qonunchiligini chuqur o'rganadi, saylovchilarga o'rgatadi, saylovlarni tashkil etish ishiga sidqi dildan hissa qo'shadi, eng asosiysi siyosiy va ijtimoiy faollik bo'yicha zaruriy bilimlarni, tajriba va ko'nikmalarni qo'lga kiritadi. Kelajakda esa ular deputat yoki davlat organlarida ishlashga nomzod bo'lishlari, buning uchun talab etiladigan talablar va bilimlarga ega bo'lishiga zamin bo'ladi.

Bugun O'zbekiston aholisining 60 foizini, tashkil etuvchi yoshlar va ko'p ming sonli volontyorlarni saylov jarayonlariga keng jalb qilish hamda ularning salohiyatidan samarali foydalanish, bo'lajak saylovlarda yoshlarning faolligini har qachongidan yuqori bo'lishini ta'minlash bugunning ustuvor vazifalaridandir. Ma'lumki, O'zbekistondagi saylovchilarning yagona elektron ro'yxatiga kiritillari ichidagi yoshlarning ulushi 7 milliondan ortiq bo'lib, bu umumiy saylovchilarning 35 % foizi demakdir. Eng asosiysi 2 mln.dan ortiq yoshlar ilk bor saylovlarda o'z ovozlarini berishi mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotiga yuqori fuqarolik mas'uliyati va zamonaviy dunyoqarashga ega yoshlar kirib kelayotganini ko'rsatib turibdi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

Shuningdek, O'zbekistonda keyingi yillarda fuqarolik jamiyati institutlarining ham faol rivojlanishi ro'y bermoqda. Aholining, ayniqsa yoshlarning ijtimoiy faolligi o'sib, ongu-tafakkuri yuksalib bormoqda. Ulardagi demokratik islohotlarga daxldorlik hissi kuchayib, fuqarolik pozitsiyasi qaror topayotgan bir sharoitda yoshlar orasida volontyorlik institutini rivojlantirish va ushbu faoliyatga ularni yanada kengroq jalb qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Ma'lumki, Konstitutsiya va Saylov kodeksiga muvofiq, fuqarolarimiz 18 yoshdan saylash huquqiga ega va bu huquq Konstitutsiyamizning 117-moddasida, shuningdek, Saylov kodeksida mustahkamlab qo'yilgan. Aynan saylov kuni 21 yoshga to'lgan yigit-qizlar mahalliy kengashlarga, o'sha kuni 25 yoshdan esa Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylanishi mumkin.

"Fuqarolik jamiyatining o'ziga xos va muhim tarkibiy qismi, uning rivojlanganlik ko'rsatkichi bo'lib xizmat qiladigan ushbu institut yoshlarda vatanparvarlik tuyg'ularini, hissini kuchaytiribgina qolmay, ularda ijtimoiy-siyosiy ishlar, tadbirlar o'tkazish bilan bog'liq muhim ko'nikmalarni ham hosil qiladi"5. Buning xalqaro tajribada o'z isbotini topgan jihatlari ko'p bo'lib, xalqaro tajribada yoshlar tashkilotlari ko'plab siyosiy tadbirlarga jalb qilinadi va ularning bilim va ko'nikmalaridan, innovatsion g'oyalaridan siyosiy, ijtimoiy tadbirlar yo'lida jadal foydalaniladi. Mamlakatimizda ham xorijiy davlatlardagi kabi volontyorlik institutidan turli milliy va xalqaro tadbirlarni o'tkazishda keng foydalanilayotganligini, bu borada Yoshlar ishlari agentligining ishlari muhim ahamiyat kasb etayotganligini alohida e'tirof etmoq joiz.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga bo'lib o'tadigan, shuningdek, mamlakat Prezidentligiga bo'lib o'tadigan saylovlarda ishtirok etuvchi yoshlarimizning siyosiy, huquqiy bilimi va amaliy ko'nikmalarini oshirish ham bugungi kundagi eng katta vazifalardandir. Bu bilan mamlakatimizning har bir fuqarosi o'z taqdirini yurt taqdiri bilan bog'lar ekan, undagi siyosiy jarayonlarda ham faol ishtirok etishi, davlat boshqaruvida munosib nomzodni saylash orqali qatnashishi muhim ahamiyatga ega.

Xulosa o'rnida aytish lozimki, bugun insoniyat o'z taraqqiyotining butunlay yangi bosqichiga qadam qo'ydi. Chunki, hamma erkin, farovon va to'kis demokratik jamiyatda, mamlakatda yashashni orzu qiladi va tabiiy. Lekin faqat orzuning o'z kamlik qiladi. Maqsadga erishish, farovon va erkin hayotni qo'lga kiritish uchun esa faol harakat qilish, o'qish, o'rganish, intilish, eng muhimi o'z kelajagiga befarq

5 Collin P. Young citizens and political participation in a digital society: addressing the democratic disconnect. Cambridge: Palgrave Macmillan; 2015. S 44.

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

bo'lmaslik kerakligi yoshlarning ongu-shuuriga chuqur o'rnashgandagina davlat va jamiyat taraqqiyoti amalga oshadi.

Bu borada esa yoshlarning siyosiy faolligini oshiradigan, ularning siyosiy tafakkurini yanada yuksaltiradigan, ushbu jarayon yoshlarning doimiy ravishda zaruriy huquqiy-siyosiy bilimlar bilan qurollanishlari, ularning jamiyatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etishlari, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy sohalardagi keng qamrovli islohotlarning samarasi va ta'sirchanligining oshishiga xizmat qiladi.

ФОЙДАЛАНИЛГАН АДАБИЁТЛАР (REFERENCES)

1. Бондарь Н.Н. Молодежь и выборы. ОБЩЕСТВО И ПРАВО 2011 № 4 (36). С 91.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2022 yildagi "2022 — 2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-son Farmoni. https://lex.uz/docs/5841063#5843878

3. Mirziyoyev, Shavkat Miromonovich. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag'ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo'shma majlisidagi nutq /SH.M. Mirziyoyev. - Toshkent : O'zbekiston, 2017. - 56 b.

4. Broadening Youth Voting. https://circle.tufts.edu/our-research/broadening-youth-voting

5. Young people and the vote. https://education.aec.gov.au/democracy-rules/files/dm-topic-5.pdf.

6. Black R. Active citizenship and the 'making' of active citizens in Australian schools. In: Peterson A, Tudball L, editors. Civics and citizenship education in Australia: challenges, practices and international perspectives. London: Bloomsbury Academic; 2017.

7. Collin P. Young citizens and political participation in a digital society: addressing the democratic disconnect. Cambridge: Palgrave Macmillan; 2015. S 44.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.