Научная статья на тему 'YOSHLAR MA’NAVIYATIGA TA’SIR KO‘RSATUVCHI OMILLAR'

YOSHLAR MA’NAVIYATIGA TA’SIR KO‘RSATUVCHI OMILLAR Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
1120
89
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yoshlar / ma’naviyat / ma’naviy-ma’rifiy / globallashuv / virtual hayot / axborot. / Youth / spirituality / spiritual and educational / globalization / virtual life / information.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Sultanov, Sirojbek Habibullayevich

Ushbu maqolada yoshlar ma’naviyatiga ta’sir qiluvchi ijobiy va salbiy ta’sir qiluvchi omillar ilmiy jihatdan asoslangan. Bugun dunyo miqyosida tobora shiddat bilan kechayotgan tahlikali jarayonlar ijtimoiy hayotning barcha jabhalariga, jumladan, ma’naviy-ma’rifiy sohalarga ham jiddiy ta’sir o‘tkazmoqda. Bu yoshlar tafakkurida turli xil o’zgarishlarga olib keldi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FACTORS AFFECTING YOUTH SPIRITUALITY

This article scientifically substantiates the positive and negative factors that affect the spirituality of youth. Today, dangerous processes taking place on a global scale have a serious impact on all aspects of public life, including the spiritual and educational spheres. This has led to various changes in the thinking of the youth.

Текст научной работы на тему «YOSHLAR MA’NAVIYATIGA TA’SIR KO‘RSATUVCHI OMILLAR»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(1), Jan., 2023

YOSHLAR MA'NAVIYATIGA TA'SIR KO'RSATUVCHI OMILLAR

Sultanov Sirojbek Habibullayevich

Tashkent davlat transport universiteti "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi dotsenti v.b. siroj bek. sultanov@mail .ru

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada yoshlar ma'naviyatiga ta'sir qiluvchi ijobiy va salbiy ta'sir qiluvchi omillar ilmiy jihatdan asoslangan. Bugun dunyo miqyosida tobora shiddat bilan kechayotgan tahlikali jarayonlar ijtimoiy hayotning barcha jabhalariga, jumladan, ma 'naviy-ma 'rifiy sohalarga ham jiddiy ta 'sir o 'tkazmoqda. Bu yoshlar tafakkurida turli xil o 'zgarishlarga olib keldi.

Kalit so'zlar: Yoshlar, ma'naviyat, ma'naviy-ma'rifiy, globallashuv, virtual hayot, axborot.

ABSTRACT

This article scientifically substantiates the positive and negative factors that affect the spirituality of youth. Today, dangerous processes taking place on a global scale have a serious impact on all aspects of public life, including the spiritual and educational spheres. This has led to various changes in the thinking of the youth.

Keywords: Youth, spirituality, spiritual and educational, globalization, virtual life, information.

KIRISH

Insoniyat taraqqiyotining rivojlanish bosqichida azaldan ma'naviyat sohasi dolzarb masala sifatida alohida e'tibor qaratib kelingan. Shu o'rinda, ma'anaviyat insonni o'zligini anglatuvchi betakror mo'jizaviy kuch - qudratga egadir. Ma'naviyat shunday qudratli kuchdirki, u har qanday xalq va millatni buyuk va ulug'or maqsadlar sari birlashtirishga da'vat etadi.

Bugun dunyo miqyosida tobora shiddat bilan kechayotgan tahlikali jarayonlar ijtimoiy hayotning barcha jabhalariga, jumladan, ma'naviy-ma'rifiy sohalarga ham jiddiy ta'sir o'tkazmoqda. Mana shunday murakkab bir sharoitda tinchlik, barqarorlikni asrash, mustaqillikni mustahkamlash har bir davlat oldida turgan ustuvor vazifalardan biri bo'lib qolmoqda.

Bugungi kunda mamlakatimizda aniq maqsadga yo'naltirilgan ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tizimli tashkil etish borasida samarali ishlar qilinmoqda. Yurtimizda ma'naviy-ma'rifiy ishlarning ta'sirchanligini oshirish, ma'naviyat sohasidagi ichki va tashqi tahdid hamda xavf-xatarlarga qarshi samarali kurashish, jamiyatda mafkuraviy

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

immunitetni mustahkamlash borasida jiddiy fïkrlashni taqozo etmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 2021 yil 19 yanvar kuni ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo'yicha o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida ma'naviyat masalasiga alohida e'tibor qaratilgani ham bejiz emas, albatta. «Biz yangi O'zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi - bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi - ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma'naviyat» 1 . Zero, diyorimiz o'zining milliy qadriyatlari, madaniyati rivojlangan yuksak ma'naviyati bilan dunyo e'tibori va e'tirofida bo'lib kelgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Jahon geosiyosiy maydonidagi o'zgarishlar, globallashuv jarayonlarining quchayishi hamda zamonaviy axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi keskin burilishlar yasamoqda. Dunyoning turli mintaqa va davlatlarida sodir bo'layotgan ayanchli voqealar tahlili ommaviy axborot vositalari, zamonaviy axborot texnologiyalari, jumladan, internet tizimi, ijtimoiy tarmoqlar va elektron nashrlar ko'p hollarda ayrim buzg'unchi kuchlar qo'lida turli soxta, zararli g'oya va mafkuralarni targ'ib etishning qulay va tezkor vositasiga aylanib qolayotganligini ko'rsatayotir. Ayniqsa, bu borada yoshlar ma'naviyatiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar haqida fikr yuritganda yoshlar o'rtasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarning emirilishi, zo'ravonlik, inson taqdiri, jamiyat hayotiga bepisandlik, mas'uliyatsizlik, loqaydlik, andishasizlik, behayolik kabi illatlarni ildiz otayotganligi tashvishlidir. Bu esa, o'z navbatida, odamzotning o'z tarixiy, diniy, milliy-ma'naviy ildizlaridan uzilib qolishiga sabab bo'lmoqda. Mazkur holat, jahondagi ko'plab davlatlarda umumiy tendensiyaga aylanib bormoqda. Ma'naviyat va ma'rifat bashariyat farovonligining asosiy omili hisoblanadi. Shu bois, inson ma'naviy olami, xalqimiz madaniyatini belgilaydigan manbalarni asrab-avaylash va boyitish o'z navbatida jahon ilm-fani yutuqlari va umumbashariy taraqqiyotiga zamin yaratgan.

Bugungi kunda ilmiy-texnika taraqqiyoti shaxsiy va intellektual salohiyatning rivojlanishi va o'sishini rag'batlantirmoqda, bu esa o'z navbatida yoshlarning dunyoqarashini o'zgarishiga olib kelmoqda. Shu bilan birga, O'zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda yoshlar

1 Mup3HëeB ffl. ^aMHHT xaëTHHHHr TaHacu H^TucoguëT 6yica, yHHHr ®ohh Ba pyxu MatHaBHaTgup. 2021 hhi 19 aHBapb KyHH MaiHaBHH-MaipH^HH umiap th3hmhhh Ty6gaH TaKOMHiiamTupum, 6y 6opaga gaBiar Ba ^aMoaT TamKHioraapuHHHr xaMKopimuHH KynanTupum Macaiaiapu 6yÜHHa BHgeoceieKTop HHFHiHmugarH Hyr^u. 19.01.2021 // https://uza.uz/uz/p0sts/shavkat-mirziY0ev-iamiYat-haY0tining-tanasi-iqtis0diY0t-b0lsa-uning-zh0ni-va-ruhi-manavivatdir 235451.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

muammolarining ustuvor ekanligini hisobga olib, yosh avlodning huquq va erkinliklarini ta'minlash tizimini takomillashtirish, shuningdek, ularni himoya qilish uchun bir qator ilg'or islohotlar amalga oshirilmoqda.

Yoshlarga oid davlat siyosatining shakllanishiga ular bilan bog'liq muammolar jiddiy ta'sir ko'rsatadi. Jumladan, hududlardagi yoshlarga doir dolzarb masalalar, yoshlar o'rtasida uchrayotgan iqtisodiy muammolar, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlaridan kelib chiqadigan muammolar, Islom dini va diniy aqidalarga nisbatan yoshlarning munosabati, yosh oilalarda uchraydigan muammolar, jinoyatchilik va huquqbuzarlik kabi illatlar shular jumlasidandir.

XXI asrga kelib globallashuvning shiddatli tus olishi barcha jarayonlarni o'ziga qamrab olmoqda. Ayniqsa, globallashuv davrida axborot bugungi kunda inson qalbi va ongini turli yo'nalishlarda ta'sir o'tkazuvchi qudratli vositaga, eng kuchli qurolga aylangan. Chunki, «Kimki axborotga ega bo'lsa u dunyoga egalik qiladi», - degan fikr bugungi kunda barcha tomondan e'tirof etilmoqda2. Ayniqsa, dunyo miqyosida axborot almashinuvining kuchayishi yoshlarni hamisha axborot oqimi ta'sirida bo'lishiga olib kelmoqda. Bugungi kunda internet va ijtimoiy tarmoqlarida inson qalbi va ongiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi vebsaytlar 10 mingdan, axloqsizlik va behayolikni targ'ib qilishga qaratilgan veb-saytlar 50 mingdan oshganligi3 namoyon bo'layotir.

Ushbu veb-sahifalar hamda ularning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari yoshlarning ongini buzish uchun faol targ'ibot-tashviqot ishlarni olib bormoqda. Axborot olamining bunday jadallik bilan rivojlanayotganligi unda salbiy g'oyalar oqimining ko'payotganligini inobatga olgan holda Xitoy, Janubiy Koreya, Rossiya va boshqa davlatlar tomonidan axborot xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan davlat dasturlari ishlab chiqilgan va amaliyotga tatbiq etilgan4. Zero, bugungi kunda taxlikali va shiddatli bir zamonda inson ma'naviyatiga qarshi yo'naltirilgan, bir qarashda arzimas bo'lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko'zga ko'rinmaydigan, ammo, zararini hech narsa bilan qoplab bo'lmaydigan ziyon etkazishi mumkin.

Bugungi kunda televidenie, radio, video, faks, «uyali» telefon, elektron manz il, kompyuter o'yinlari va shu kabi zamonaviy texnika vositalarini kundalik turmushimizdan mustahkam o'rin egallashi, jahon axborot oqimi ma'lumotlarini

2 3^BygguHOBa H.M., XauTOB ffl.H., YpuHOB H.M. Ëm^apra oug gaMaT cnëcaTHHH aM&ira omupum CTpareraHcu: MaB^yg Ba3HHT Ba pHBO^^aHTHpnm HCTH^öo^^apH (yrçyB Ry^aHMa) - T: —Tafakkur-Bo=stonill, 2019. - E.216.

3 «yHHHHH peHeccaHc: u^M-^aH Ba TarnHM Tapa^uëTu HCTH^öo^^apH». HŒMHH Março^aïap Tyn^aMu. - T.: YßöeKHCTaH: www.oriens.uz. 2021. - E. 274.

4 3nëByg,gHHOBa H.M., XauTOB ffl.H., YpuHOB H.M. Ëm^apra oug gaMaT cnëcaTHHH aMa^ra omnpnm CTpareraHcu: MaB^yg Ba3HHT Ba puBO^^aHTupum HCTH^öo^^apH (yrçyB RyœraHMa) - T: «Tafakkur-Bostoni», 2019. - E. 216.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

qisqa muddatda, ko'p miqdorda, jonli ko'rinishda hayotimizga kirib kelishini ta'minlamoqda.

Internetning yaratilishi, turli manbalardan tez va oson yo'l bilan axborot olish imkoniyatlarini hamma uchun misli ko'rilmagan darajada oshirib yubordi. Zamonaviy axborot maydonidagi harakat shunchalar tig'iz, shunchalar tezkorki, endi ilgarigidek, bu voqea bizdan juda olisda yuz beribdi, uning bizga aloqasi yo'q, deb beparvo qarab bo'lmaydi. Sir emas, ba'zan beozorgina bo'lib tuyulgan musiqa, oddiygina multfilm yoki reklama lavhasi orqali ham ma'lum bir mafkuraviy -g'oyaviy maqsadlar va intilishlar ifodalanadi. Shuni nazarda tutgan holda axborot texnologiyalar taraqqiyoti natijasida internet tarmoqlarida tarqatilayotgan ma'lumotlar, «ommaviy madaniyat»ning turli xil ko'rinishlaridan himoyalanishga qaratilgan qoidalar tizimini yaratish, bunda davlat va nodavlat tashkilotlar vazifalarini aniq belgilab qo'yish zarurati mavjud. Bunday vaziyatda yoshlar ongini salbiy g'oyalardan himoya qilishga qaratilgan qonun loyihasi, «Axborot xavfsizligi doktrinasi yoki strategiyasi»ni ishlab chiqish, ta'lim muassasalarida olib borilayotgan AKT mashg'ulotlariga internetdan foydalinish madaniyati va axborot xavfsizligiga qaratilgan mavzularni kiritish zarur.

Bundan tashqari «uz» domenida ilm-fan, axborot olish, almashish, o'zbek tilida elektron kitoblarni yuklab olish imkoniyatlarini kengaytirish, ma'lumotlar bazasini kuchaytirish va qulaylashtirish samara beradi. Milliy Internet portaliga raqobatbardosh veb-saytlarni yaratish maqsadida grant tanlovlarini e'lon qilish mahalliy mutaxassislar va Yoshlarni virtual hayotini foydali va mazmunl i o'tkazishga rag'bat beradi.

Bugungi kunda mamlakatimizda Yoshlar uchun yaratilgan turli sohalardagi imtiyozlarni o'zida mujassam etgan yagona me'yoriy-huquqiy hujjatga ehtiyoj sezilmoqda. Bugungi kunda mavjud me'yoriy-huquqiy hujjatlarda faqatgina madaniyat, sport, fan-ta'lim sohalarida o'tkaziladigan turli xil tanlov va musobaqalar, olimpiadalar qatnashuvchilari hamda davlat mukofoti va stipendiyalar sohiblariga ta'lluqli. Iqtidorli Yoshlar, yosh oilalar va umuman barcha Yoshlarga tegishli yaxlit me'yoriy-huquqiy hujjat ishlab chiqish masalasi ham tegishli idoralar muhokamasidan o'tkazilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi.

Jamiyatda turli zararli g'oya va soxta qadriyatlarning keng tarqalishi Yoshlarning axloqiy ongining buzilishiga olib kelmoqda. Axborotlarni yoshlar ongiga salbiy ta'sir ko'rsatishi ko'proq «taqlidchi Yoshlar»da kuzatiladi. Bu ularda salbiy, xatti-harakatlarning shakllanishiga olib kelishi mumkin. Bunday yoshlarni

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

«zararli g'oyalar»ning ta'sirida ularning ruhiyati o'zgarib, axborotlarning ta'siri ortadi5.

Bu internet va boshqa OAVlardan kirib kelayotgan salbiy ruhdagi axborotlar misolida yaqqol ko'zga tashlanmoqda. Mobil telefonlar va ijtimoiy tarmoqlar orqali mentalitetimizga yot turli xil buzg'unchi g'oyalar hamda yoshlar xulq-atvoriga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi behayo foto, audio va video materiallar tarqalmoqda. So'nggi paytlarda zo'ravonlik, beshafqatlik va behayolikni targ'ib qiluvchi video materiallarning keng tarqalishi kuzatilmoqda.

Yoshlar o'rtasida tamaki va alkogol mahsulotlari iste'moliga qaramlik keng tarqalib bormoqda. Bugungi kunda maktabgacha ta'lim muassasalari va maktablardan 500 metr radiusdagi masofada alkogol ichimliklari va tamaki mahsulotlari sotilishi qonun bilan taqiqlangan bo'lsada, joylarda mazkur huquqiy me'yorlarning ko'plab buzilish holatlari uchramoqda.

Hozirgi zamon yoshlari uchun vaqtni to'g'ri taqsimlash eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Yoshlarning bo'sh vaqtlari va dam olishini mazmunli o'tkazish orqali vaqt byudjetiga asoslangan mentalitetimizga xos turmush tarzi va hayot kechirish madaniyati shakllanmagan. Yoshlarning vaqtlarini samarali tashkil etish borasida bir qator xorijiy davlatlarda o'ziga xos konsepsiyalar yaratilgan. Xususan, AQSH mehnat statistikasi byurosida vaqt byudjetidan foydalanishni o'rganish xizmati, Rossiya Fanlar akademiyasining Sotsiologiya institutida vaqt byudjeti va kunlik faoliyatni o'rganish sho''basi, Buyuk Britaniyaning Oksford universitetida vaqt byudjetini o'rganish markazi, shuningdek, Vaqt byudjetidan foydalanish xalqaro assotsiatsiyasi (IATUR) kabi tashkilotlar faoliyat yuritib, vaqt byudjetini o'rganishga qaratilgan tadqiqotlar orqali Yoshlarning bo'sh vaqtlarini unumli o'tkazish bilan shug'ullanishadi.

Tadqiqotlarga ko'ra mamlakatimizda yoshlarning vaqt byudjeti yuzasidan ilmiy tadqiqotlar olib borilmagan. Ta'lim va boshqa muassasalarda yoshlarning kunlik faoliyati va real hatti-harakatlarini o'rganishga qaratilgan vaqt byudjeti uslubi tatbiq etilmagan. Shunday ekan yuqoridagi tajribani mamlakatimiz yoshlari hayotiga tatbiq etilishi ularning hayot tarzi va uning sifati, qanday rivojlanishi, qancha vaqt sarflayotganligi, qiziqish va ehtiyojlari xususiyatlari, jamiyatdagi ijtimoiylashuv jarayoni qay darajada ekanligini ochib berishga xizmat qiladi. SHu nuqtai nazardan, mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar natijasida kutilayotgan ulkan o'zgarishlar vaqtni to'g'ri taqsimlash va uni maqsadli sarflash ko'nikmasini

5 CyBaHOB H. Ëmiapga ax6opoT-Ma$KypaBHH Taxgugiapra rçapmu MatHaBHH HMMyHHTeTHH maKiiaHTHpHmHHHr 3apypuHTH. MaiHaBHH-Maipu^HH umiap caMapagopiuruHH omupum Ba Tapru6oTHHHr 3aMOHaBHH TexHOioruaiapH pecny6iHKa HiMHH-aMaiHH кoн$epeнцнн MaTepuaiiapu [MaTH] B-17.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

shakllantirishga qaratilgan tamoyilni joriy qilish va uni Yoshlarning kundalik hayotiga tatbiq etib borish mexanizmlarini ishlab chiqish zarur.

Bu borada vaqt byudjetiga asoslangan, mentalitetimizga xos bo'lgan turmush tarzini yaratishga qaratilgan amaliy ishlar dasturini tuzib, xalqaro tajribada sinalgan uslublar orqali amaliyotga joriy etish samara beradi. Ta'lim muassasalari o'quv dasturida «Time-management» kurslarini kiritish zarur. OAV orqali muntazam ravishda yoshlarning vaqt byudjetiga asoslangan samarali hayot tarzini ijobiy tomonlarini keng namoyish etib borish ham maqsadga muvofiq.

Mahallalardagi Yoshlar etakchilari hamda profilaktika nozirlari hamkorlikda har bir oilada ota-onaning farzandi tarbiyasida ma'suliyatini oshirish yuzasidan psixologlar maslahatini yo'lga qo'yish kerak. Har bir fuqarolar yig'ini qoshida yoshlarni jalb etuvchi, hozirgi yoshlar talabiga javob beradigan, sport, konsultativ, ma'daniy-ma'rifiy to'garaklarni joriy etib ular faoliyatini joylardagi Yoshlar ittifoqi hududiy bo'linmalari tomonidan monitoringni amalga oshirishini ta'minlash mumkin.

Ma'lumki, yoshlar psixologik nuqtai nazardan o'zlaridan chiqqan etakchilar atrofida birlashishga moyil bo'ladi. Siyosiy partiyalarda ham yosh sardorlarni aniqlash va ularni tayyorlash bo'yicha olib borilayotgan ishlar samarasini kuchaytirish bo'lajak siyosatchilarning shakllantirishga xizmat qiladi. Hozirgi vaqtdagi statistikaga qaraladigan bo'lsa, siyosiy partiyalarning hududiy, tuman va shahar kengashlari va boshlang'ich tashkilotlariga partiyaga a'zo Yoshlarning atigi 1,2 foiz xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarida esa 1,3 foiz yosh a'zolari deputat etib saylangan. Xorijiy tajribaga qaraydigan bo'lsak, demokratik davlatlarda, ya'ni Garvard (AQSH), Oksford va Kembridj (Buyuk Britaniya) universitetlari, EMLYON biznes maktabi (Lion, Fransiya) kabi yirik ta'lim muassasalarida noan'anaviy fikrlash va ijodkorlik qadrlanadi. Talaba-yoshlarga jamiyatdagi iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni echishga qaratilgan aniq mexanizmlarga ega bo'lgan takliflar ishlab chiqish topshiriladi. Shu orqali bitiruvchilar siyosatda va biznes-menejmentda jamiyat tomonidan doimiy tan olib kelinadi.

Saylovga oid qonunchilikka ko'ra yoshlar 18 yoshdan faol saylov huquqiga ega bo'lgan holda saylovlarda ishtirok etishi, 21 yoshga to'lganda viloyat, tuman, shahar xalq deputatlar Kengashiga, 25 yoshdan boshlab esa Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati yoki Senati a'zosi bo'lish huquqiga ega bo'lsa-da, me'yoriy-huquqiy hujjatlarda siyosiy faol, iqtidorli Yoshlarni aniqlash, tayyorlash va rag'batlantirish mezonlari, shuningdek yoshlarni ushbu huquqlardan chuqur anglagan holda unumli foydalanishga oid normalar belgilab qo'yilmagan.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

Siyosiy xususiyatlarga boy va jamoatchilik orasida yuqori obro' e'tiborga ega yoshlarni aniqlash, mahalliy davlat hokimiyati organlari saylovlarida deputatlikka potensial nomzod sifatida tayyorlash, shuningdek, siyosiy partiyalar tomonidan xalq deputatlari Kengashlari va Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga deputatligiga nomzod uchun «Yoshlar kvotasini» shakllantirish ham maqsadga muvofiq. Bu borada markaziy hududlarda yoshlarning muqobil kanallar orqali ham huquqiy ma'lumotlarga ega bo'lishi, ularda chekka tumanlarga nisbatan huquqiy madaniyatni yuqoriroq bo'lishi ta'minlanayotganligini e'tiborga olgan holda, chekka tumanlardagi Yoshlar o'rtasida olib borilayotgan huquqiy targ'ibot tadbirlarni kengaytirish mumkin.

Yuqori texnogiyalarni o'zlashtirish, sanoatlashtirish va yuksak darajadagi taraqqiyot natijalarida aniq fanlarni yuqori darajada o'zlashtirgan mutaxassislarga bo'lgan talab keskin oshib bormoqda. Xususan, Sharqiy Osiyo mamlakatlarida (Yaponiya, Janubiy Koreya, Singapur, Gonkong) bu fanlarni o'zlashtirishga alohida e'tibor qaratilib, tug'ma iste'dod va qobiliyatlardan ko'ra o'z ustida doimiy ishlashning ustunligiga alohida e'tibor qaratiladi. Aniq fanlarni o'qitishda guruh yoki sinfdagi o'quvchilar sonining 16 nafardan oshmasligi shart qilib qo'yilgan. Shuningdek, AQSHda ham 1999 yilda prezident B. Klintonning tashabbusi bilan bitta o'qituvchi uchun 40 minutlik dars davomida 17 ta bolaga bilim va tarbiya berishi belgilab qo'yilgan6. Xalqaro ta'lim sifatini baholash dasturlarida O'zbekistonning ishtiroki masalasini atroflicha o'rganib chiqishga ehtiyoj mavjud.

Aksariyat yoshlarning xorijiy davlatlarga ishlash uchun chiqib ketish holatlari kasb-hunarga ega bo'lgan mutaxassislarning ko'proq boshqa davlatlar iqtisodiyotini rivojlantirishiga xizmat qilmoqda. Bu o'z navbatida yoshlarni ish bilan ta'minlash, hayotiy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda oylik maosh belgilashga qaratilgan va tadbirkorlikka jalb qilish bilan bog'liq hududiy dasturlar sifatini yanada oshirish lozimligi anglatadi. Xorijiy mamlakatlar xususan, Janubiy Koreyada 2013 yildan yirik kompaniya va biznesmenlar yosh tadbirkorlarni moliyalashtirish, ularning iqtisodiy barqarorlikka erishishiga ko'maklashadigan bo'lsa huquqiy hujjatlarda aks etgan ma'lum bir muddatlarda soliqlardan ozod etilishi belgilab qo'yilgan7. Biznes yoki tadbirkorlik bilan shug'ullanish uchun ketayotgan Yoshlarga xuddi shu kabi investitsion sharoit yaratib berish muhim ahamiyat kasb etadi. Umuman olganda yoshlarning chet elga chiqib ketishi mamlakatimiz iqtisodiyotiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Jumladan, statistik ma'lumotlarga qaraganda oliy ma'lumotli bitta

6 Жaлилов А.Т. Ёшлaр мyaммолaрининг aмaлий тaлкини: мyносaбaт вa ечимлaр // Ёшлaргa оид дaвлaт сиёсaтини aмaлгa ошириш стрaтегияси: мaвжyд вaзият вa ривожлaнтириш истикболлaри мaвзyсидaги илмий-aмaлий конференция мaтериaллaри туплши. -Т.: «Тaфaккyр бустони», 2019, -Б. 43.

7 Promotion of Small Business Development in South Korea Sakura Institute of Research, Inc. Hidehiko Mukoyama. https://www.jri.co.jp/english/periodical/rim/1999/RIMe199903korea/.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

mutaxassis tayyorlash uchun mamlakat byudjetidan taxminan 20 ming AQSH dollari, o'rta-maxsus ma'lumotli mutaxassis uchun esa qariyb 10 ming AQSH dollari sarflanar ekan.

Bugungi kunda 1,7 mln. yurtdoshimiz chet elda, asosan, Rossiya va Qozog'istonda mehnat qilmoqda. Ta'kidlash joiz, har yili mehnat bozoriga 600 mingga yaqin ishchi kuchi kirib kelayotgani qolaversa, mamlakatimiz aholisining 60 foizga yaqini Yoshlardan iborat ekanligi mazkur muammoning muhimligidan dalolat beradi. Tashqi mehnat migratsiyasini tartibga solish maqsadida 10 dan ortiq farmon va qarorlar, normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Ayni paytda tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi ijtimoiy munosabatlarning barcha jihatlarini kompleks tarzda tartibga soluvchi qonunchilik hujjati mavjud emas8. Shu sababli O'zbekiston Respublikasining «Tashqi mehnat migratsiya to'g'risida»gi qonunni ishlab chiqishga ehtiyoj mavjudligini ko'rsatmoqda.

O'zbekiston muhojirlari ko'p boradigan davlatlarda O'zbekiston Respublikasi diplomatik korpuslar qoshida Tashqi migratsiya masalalari bo'yicha agentlik tashkil qilish va «mehnat attashe» institutini joriy etish tashqi mehnat muhojirlarining hayotini engillatishga xizmat qiladi. Ishlash uchun xorijga ketmoqchi bo'lgan yoshlar bilan shug'ullanuvchi xususiy agentliklarning faoliyatini kengaytirish ham tashqi mehnat muhojirlarining huquqiy himoyasiga xizmat qiladi.

Shunday qilib yoshlar ma'naviyatiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar borasidagi fikrlarni umumlashtirar ekanmiz, quyidagi asosiy dolzarb bo'lgan masalalarni keltirib o'tsak:

Yoshlar bandligini ta'minlash. O'zbekistonda mehnat bozoriga har yili yaratilayotgan ish o'rniga nisbatan ko'proq ishchi kuchi kirib kelmoqda. AQSHda -10,2%, Germaniyada - 5,8%, Angliyada - 3,9%, Janubiy Koreyada - 4,2%, O'zbekistonda esa bu ko'rsatkich biroz yuqori bo'lib ishsizlik darajasi 9,6 foizni, shundan 16-30 yoshgacha bo'lganlar orasida ishsizlik darajasi - 15,1 foiz tashkil etmoqda9.

Ta'lim sifatining talab darajasida emasligi. Pandemiya sharoitida yoshlar mumammolarini o'rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tomonidan qator sotsiologik tadqiqotlar o'tkazildi. Tadqiqotlarning birida «Yoshlar orasidagi qaysi muammolarni dolzarb deb hisoblaysiz» mazmunidagi so'rovnomada

8 fflapunoB «TamRu Me^HaT Mu^^u^cu тyFpнcнga»гн ROHyHHu Ra6y^ Ru^um BaRTu Ke^gu. 29.05.2021 // https://parliament.gov.uz/uz/events/opinion/34669/.

9 https://mehnat.uz/uz/news/uzbekistonda-ishsizlik-darazhasi-96-foizni-tashkil-etdi-

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

respondentlaming 43%i (1000 nafardan ortiq ishtirokchi) ta'lim sifatini oshirish zarurligini ta'kidlashgan.

Jiyonoyatchilikning ortib borishi. Tahlillar shuni ko'rsatadiki, 2008-2019 yillarda Yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning aksariyati 25-30 yosh kategoriyasiga to'g'ri keladi. Jumladan, ushbu davrda qayd etilgan 375 700 ta jinoyatning 177 553 nafari (47,2%) ular tomonidan sodir etilgan.

Migratsiya. 2019 yilda 395 ming yoshlar mamlakatni tark etishdi, shundan 100 mingdan ziyod yoshlar mamlakatni noqonuniy ravishda tark etishgan.

Oilaviy ajrimlar. 2019 yilda respublikamizda 277 mingdan ortiq nikoh ro'yxatga olingan, ya'ni respublikada 1000 aholiga nisbatan nikoh koeffitsienti 16,9 promolni tashkil etdi. Shu bilan birga 31,4 mingta oila ajrashdi. 1000 aholiga ajralish koeffitsienti 1,9 promolni tashkil etib, 2018 yilga nisbatan 0,2 promolga o'sgan.

Virtual olam va gadjetlarga qaramlik. O'zbekistonda internetdan foydalanuvchilar soni 31 mln. (86 foiz)dan oshib, ularning 29,5 mln.dan ortig'i tarmoqqa mobil telefonlar orqali kiradi10. Yoshlar tomonidan asosiy ma'lumotlar aynan internet va ijtimoiy tarmoqlar (60%) orqali izlab qabul qiladi.

Turar-joyga bo'lgan ehtiyojning yuqoriligi. Alohida namuna ko'rsatgan yosh oilalar uchun 2020 yilda O'zbekiston bo'yicha 3878 ta uy-joy qurilishi belgilangan. Qayd etib o'tish kerakki, birgina 2020 yilning yanvar-mart oylarida FHDYO organlari tomonidan 49,5 ming nikoh qayd etilgan.

Yuqorida keltirilgan muammoli masalalarni hal etish mamlakatimiz yoshlarining ma'naviy dunyoqarishini o'zgarishiga, uning ijobiy transformatsiyalashuviga erishishda muhim qadamlardan hisoblanadi.

REFERENCES

1. Раматов, Ж. С., Эрниёзов, У. К., Султанов, С. X,., & Хасанов, М. Н. (2022). САНЪАТНИНГ ТАРИХИЙ-ФАЛСАФИЙ АСОСЛАРИНИНГ БУГУНГИ КУНДАГИ АХАМИЯТИ. World scientific research journal, 9(2), 65-70.

2. Султанов, С. Х. (2013). МЕРЫ ПРОТИВОДЕЙСТВИЯ ПРОТИВ КОРРУПЦИИ В УСЛОВИЯХ ГЛОБАЛИЗАЦИИ. SCIENCE AND WORLD, 67.

3. Исмоил Саифназаров, & Сирожбек Хабибуллаевич Султанов (2022). ИЖТИМОИЙ АДОЛАТНИ МУСТАХКАМЛАШДА ИЖТИМОИЙ ТАДБИРКОРЛИКНИ УСТУВОР ЖИХАТЛАРИ. Academic research in educational sciences, 3 (TSTU Conference 1), 71-76.

10 Узбекистан Республикаси АКТ вазирининг Олий Мажлис Крнунчилик палатасида «Хукумат соати» доирасида «Ракамли Узбекистан - 2030» Стратегияси билан белгиланган вазифаларнинг ижросини таъминлаш борасида олиб борилаётган ишлар тугрисида» берган ахборотидан.14.12.2022 // https://mitc.uz/uz/news/view/4248.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

4. Раматов, Ж. С., Баратов, Р. У., Султанов, С. Х., Муратова, Д. А., Хасанов, М. Н., & Эрниёзов, У. К. (2022). ЁШЛАР ЗАМОНАВИЙ МАДАНИЙ КИЁФАСИ ВА УМУМИНСОНИЙ КАДРИЯТЛАР ТУШУНЧАСИНИНГ МАЗМУН-МОХДЯТИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10), 376-386.

5. Султонов, С. (2017). Взгляды Амира Темура на нравственное и интеллектуальное воспитание. Молодой ученый, (4), 626-627.

6. Журабоев, Н. Ю., Баратов, Р. У., Кушаков, Ф. А., Султанов, С. X,., & Хасанов, М. Н. (2022). ХИТОЙ ФАЛСАФАСИНИНГ ИЖТИМОИЙ-СИЁСИЙ КАРАШЛАРИ. World scientific research journal, 9(2), 43-48.

7. Kadamovich, Y. J., Muzaffarovna, I. G., Maxmudovich, Y. B., Boxtiyarovna, S. S., & Xabibullayevich, S. S. (2020). Social justice as a condition of socio-spiritual stability in society. Journal of Critical Reviews, 7(5), 816-818.

8. Раматов, Ж.С., Баратов, Р.У., Кушаков, Файзулла Абдуллаевич, Валиев, Л.А., & Хасанов, М.Н. (2022). ТРАНСПОРТ ТИЗИМИ ТАРАККИЁТ БОСКИЧЛАРИ (УЗБЕКИСТОН ТЕМИР ЙУЛ ТРАНСПОРТИ МИСОЛИДА). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (9), 606-

9. Ramatov, J., Umarova, R., Baratov, R., Jurabayev, N., & Artikova, B. (2022, June). Constructive and optimal solutions for the formation of a stable ecological situation in the Aral Sea region of Uzbekistan. In AIP Conference Proceedings (Vol. 2432, No. 1, p. 030113). AIP Publishing LLC.

10. Baratov, R. (2021). Prospects of Higher Education System (on the Example of Uzbekistan). International Journal on Orange Technologies, 3(3), 128-131.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

11. Баратов, Р. У. (2022). ТРАНСПОРТ ТИЗИМИДА ТАЪЛИМ ИСЛОХ,ОТЛАРИ ВА ИСТЩБОЛЛАРИ. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 1), 90-95.

12. Baratov, R. U. (2019). INTEGRATION OF A SCIENCE, FORMATION, AND MANUFACTURE IN THE COURSE OF PROFESSIONAL TRAINING. In ОБЩЕСТВЕННЫЕ НАУКИ В СОВРЕМЕННОМ МИРЕ: ПОЛИТОЛОГИЯ, СОЦИОЛОГИЯ, ФИЛОСОФИЯ, ИСТОРИЯ (pp. 51-54).

13. Baratov, R., & Uzbekova, S. (2022). INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRODUCTION IN THE PROCESS OF TRAINING. World scientific research journal, 4(2), 7-11.

14. Baratov, Rashid, and Sadokat Uzbekova. "INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRODUCTION IN THE PROCESS OF TRAINING." World scientific research journal 4.2 (2022): 7-11.

612.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

15. Абдурашидова, Н. А., & Хдсанов, М. (2022). ЁШЛАР ДУНЁКАРАШИДА ДИН ВА АХЛОКНИНГ УЗАРО МУТАНОСИБЛИГИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10), 1226-1235.

16. Ж. С. Раматов, & М. Хдсанов (2022). ШАХС ДИНИЙ ДУНЁКАРАШИНИНГ ШАКЛЛАНИШИДА ИЛМНИНГ АДАМИЯТИ. Academic research in educational sciences, 3 (7), 35-39.

17. Нилуфар Жураевна Назарова, & Миршод Нуъмонович Хдсанов (2022). ТАЛАБАЛАРДА БУШ ВАКТДАН САМАРАЛИ ФОЙДАЛАНИШ КУНИКМАЛАРИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ. Academic research in educational sciences, 3 (6), 752-758.

18. Раматов, Ж.С., Баратов, Р.У., Кушаков, Файзулла Абдуллаевич, Валиев, Л.А., & Хасанов, М.Н. (2022). ТРАНСПОРТ ТИЗИМИ ТАРАККИЁТ БОСКИЧЛАРИ (УЗБЕКИСТОН ТЕМИР ЙУЛ ТРАНСПОРТИ МИСОЛИДА). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (9), 606-

19. PaMaroB, C., XacaHOB, M., & BanneB, .T. A. (2022). AWOEHH^O rXOm XAETH BA HTMHH OA.TCAOHH MELPOCH. Academic research in educational sciences, 3(6), 1161-1169.

20. 3pHne3OB y., PAMATOB ., TyxTa6oeB 3., BanneB .T., ^yMaHne3OBa H., & XacaHOB M. (2022). mPH AWOEHH^O KAPAfflTAPH^A HHCOH BA yHHHr MALHABHH MKCA^Hrn 3APyPATH . World Scientific Research Journal, 9 (1), 197-202. Retrieved from http: //www.wsrj ournal .com/index. php/wsrj /article/view/2285

21. Jumaniyoz Ramatov, Rozigul Umarova, Rashid Baratov, Mirshod Khasanov, Siroj Sultonov, & Fayzulla Kushakov (2022). MODERN REQUIREMENTS FOR THE SPIRITUAL IMAGE OF YOUNG PEOPLE AND ITS MANIFESTATION IN PRACTICE. Academic research in educational sciences, 3 (10), 582-586.

22. ^ypa6oeB, H. ro., KymaKOB, O. A., CynTaHOB, C. X., & XacaHOB, M. H. (2022). KOHOУЦHH.ПHK XyCyCHHTTAPH^AH XHTOH OA^CAOACHHHHr KEHrAHHfflH. World scientific research journal, 9(2), 3742.

23. Ramatov, J., Umarova, R., Baratov, R., Sultanov, S., & Khasanov, M. (2022). METHODS AND MEANS OF FORMATION OF SPIRITUAL MORAL CONSCIOUSNESS IN STUDENTS AND YOUTH OF UZBEKISTAN. World scientific research journal, 10(1), 257-262.

24. PaMaroB, C., XacaHOB, M. H., & BanueB, A. (2022). fflAP^ yHFOHHffl ^ABPH MyTAOAKKHP^APHHHHr CHECHH-Xy^y^HH TAL.THMOT.TAPH

612.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

(АБУ НАСР ФОРОБИЙ, АБУ РАЩОН БЕРУНИЙИНГ СИЁСИЙ^У^У^ИЙ ^АРАШЛАРИ АСОСИДА). Academic research in educational sciences, 3(6), 705-

25. Раматов, Ж. С., & Хдсанов, М. (2022). ОНТОЛОГИЧЕСКИХ И ГНОСЕОЛОГИЧЕСКИХ ВОЗЗРЕНИЙ АЛЬ-ФАРАБИ. Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 2(6), 537-546.

26. Рахимова, М. И., & Хасанов, М. Н. (2020). Роль среднеазиатской философии в развитии мировой и европейской науки. Вестник науки и образования, (4-1 (82)), 38-41.

712.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.