Научная статья на тему 'TALABA YOSHLAR O’RTASIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING MADANIYATINI YARATISH'

TALABA YOSHLAR O’RTASIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING MADANIYATINI YARATISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
868
81
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
internet / axborot vositalari / Mediata’lim / vizual material. / internet / media / media education / visual material.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — X. Mengatova, Sh. Allanazarova

Yoshlar qanchalik maʼnaviy barkamol boʻlsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shunchalik kuchli boʻladi. Maʼlumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CREATING A CULTURE OF USING INFORMATION TECHNOLOGIES AMONG STUDENTS AND YOUTH

The more spiritually perfect young people are, the stronger their immunity against various foreign diseases will be. It is known that the head of our state put forward 5 important initiatives to start work in the social, spiritual and educational spheres on the basis of a new system.

Текст научной работы на тему «TALABA YOSHLAR O’RTASIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING MADANIYATINI YARATISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

ORCID-0000-0003-4512-8916 TALABA YOSHLAR O'RTASIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING MADANIYATINI YARATISH X.T.Mengatova

TMTI "Yosh dasturchi'' to'garak rahbari Allanazarova Shahlo Vohidjon qizi

TMTI " Yosh dasturchi" to'garak a'zosi https://doi.org/10.5281/zenodo.7227956 Annotatsiya. Yoshlar qanchalik ma'naviy barkamol bo'lsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shunchalik kuchli bo'ladi. Ma'lumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo'lga qo'yish bo'yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.

Kalit so'zlar: internet, axborot vositalari, Mediata'lim , vizual material.

ФОРМИРОВАНИЕ КУЛЬТУРЫ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ИНФОРМАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ СРЕДИ СТУДЕНТОВ И МОЛОДЕЖИ Аннотация: Чем более духовно совершенны молодые люди, тем крепче их иммунитет против различных чужеродных болезней. Известно, что глава нашего государства выдвинул 5 важных инициатив по началу работы в социальной, духовной и образовательной сферах на основе новой системы.

Ключевые слова: интернет, СМИ, медиаобразование, визуальный материал. CREATING A CULTURE OF USING INFORMATION TECHNOLOGIES AMONG STUDENTS AND YOUTH Abstract. The more spiritually perfect young people are, the stronger their immunity against various foreign diseases will be. It is known that the head of our state put forward 5 important initiatives to start work in the social, spiritual and educational spheres on the basis of a new system.

Key words: internet, media, media education, visual material.

KIRISH

Bugungi kunda axborot olamida Internet, internet-televideniye, internet-radio, elektron pochta, onlayn-video kabi ko'plab yangi axborot tarqatish texnologiyalari tez sur'atlar bilan rivojlanib, ularning auditoriyasi va ta'sir doirasi tobora kengayib borayotganligiga guvoh bo'lmoqdamiz. Bunday axborot vositalariga asosan yoshlar juda katta qiziqish bilan qarashi va ulardan keng foydalanishini hisobga olsak, haqiqatdan ham, bu masalaning naqadar ulkan ahamiyatga ega ekanini anglash qiyin emas. Ma'lumki, aholi o'rtasida, jumladan, yosh avlod ongida dunyoda, yon-atrofimizda bo'layotgan voqea-hodisalar, yangiliklar haqidagi fikrlarning shakllanishida ommaviy axborot vositalari katta rol o'ynaydi. Shuning uchun ham bugungi kunda zamonaviy ta'lim tizimiga yana bir muhim vazifa — bolalarni turli manbalardan, birinchi navbatda, televizor, Internet va mobil telefoni kabi axborot uzatuvchi vositalardan olinayotgan turli axborotlarni to'g'ri qabul qila olishga o'rgatish vazifasi yuklatilmoqda. Farzandlarimiz har qanday axborotlarning sifati va ishonchliligini baholay olishlari, axborotlardan to'g'ri foydalana bilishlari, tanlay olishlari va har bir ma'lumotga tanqidiy yondashishni o'rganishlari zarur. Shu bilan birga, Internet, televideniye, kino, radio, video, mobil telefoni, turli ma'lumotlar aks etgan slayd va suratlar kabi aloqa va ma'lumot uzatuvchi vositalarning jadal rivojlanib borishi

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

hayotimizni sifat jihatdan o'zgartirib, ko'plab yangi muammolarni, masalan, axborot madaniyatini shakllantirish hamda o'sib kelayotgan avlodning axborot xavfsizligini ta'minlash muammolarini yuzaga keltirmoqda. Mazkur jarayonda Mediata'lim o'quvchini mustaqil fikr yuritishga, ijodkorlik faoliyatlarini rivojlantirishga, axborot olish, uni qayta ishlash, umumlashtirish, xulosa chiqarishga o'rgatib, yoshlarning dunyoqarashi, intellektual salohiyatining rivojlanishiga va kamol topishiga zamin yaratadi.

TADQIQOT METODI VA METODOLOGIYASI

Yoshlarimizning axborot bilan ishlash, axborot qidirish, turli yolg'on ma'lumotlarga aldanib qolmaslik, zarur axborotlarni ajrata bilish, qayta ishlash, tartibga keltirish, axborot mazmunini tushunish, do'stlarga xolis manbalarni uzatish, mantiqiy fikrlay olishni o'rganish kabilar asosida axborot madaniyati shakllanadi. Axborotning kim uchun va nima maqsadda tayyorlanganligini tushuna bilish muhim ahamiyatga ega. Har bir o'quvchi aloqa sohasida qanday texnik vositalar ishlatilishi to'g'risida umumiy tasavvurga ega bo'lishi kerak. Bugungi globallashuv jarayonida yoshlarda axborotlarni tahlil qila olish, axborotdagi asosiy xabarni ajratish, aloqaning yo'nalishini, uning yashirin ma'nosini to'g'ri tushunish, qisqa qilib aytganda, har qanday axborotni tahlil qilish ko'nikmalarini shakllantirishga ta'limning barcha bosqichlarida alohida e'tibor qaratish lozim. Rivojlangan xorijiy mamlakatlar pedagogikasida mediata'lim tushunchasi asosiy o'rinlardan birini egallasada, mediata'limga aniq tavsif berilmagan. Hozirgi kunda, mediata'lim resurslaridan butun dunyoda keng foydalanilmoqda. YUNESKO tashkilotining 1982-yil Germaniyaning Gryunvald shahrida, 1997-yil Parijda, 2002-yil Ispaniyaning Sevilya shahrida o'tkazilgan konferensiyalari rezolyutsiya va tavsiyalarida mediata'lim masalalariga alohida to'xtalib o'tilgan. Bugungi kunda mediasavodxonlik Buyuk Britaniya va Avstraliyada gumanitar fanlar majmuasida alohida fan sifatida o'tilsa, Finlyandiyada 1970-yildan o'rta maktablarning, 1977-yildan esa oliy ta'lim muassasalarining o'quv dasturlariga kiritilgan. 1990-yillarda esa mamlakatda mediasavodxonlik mediata'lim tushunchasi bilan almashtirildi. Shvetsiyada u 1980-yildan boshlab ta'lim muassasalarida alohida fan sifatida o'qitila boshlangan. 1990-yillarda Rossiyada mediata'lim bo'yicha tadqiqot ishlari olib borilgan. 2002-yilda pedagogika oliy ta'lim muassasalari uchun mediata'lim ixtisosligi bo'yicha yo'nalish ochildi. Shuningdek, 2005-yil YUNESKO homiyligida «Mediata'lim» darsligi yaratildi va Rossiyada kinota'lim va mediapedagogika sayti ishga tushirildi. Mediasavodxonlik alohida bir fan sifatida kiritilmagan bo'lsada, Respublikamiz umumta'lim maktab-larida ham mediata'lim elementlari «Adabiyot», «Tarix», «Vatan tuyg'usi», «Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari», «Informatika» va «Musiqa» fanlari tarkibiga singdirilgan holda o'qitilmoqda. Umuman, ta'lim tizimi oldidagi ustuvor vazifalardan biri — yosh avlodga zamonaviy bilim berish bilan birga, ularni mustaqil fikrlovchi, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni e'zozlovchi, yuksak insoniy fazilatlarga ega vatanparvar inson sifatida tarbiyalash hamda yoshlar ongida turli mafkuraviy tahdidlar va axborot xurujlariga qarshi ma'naviy immunitetni shakllantirishdan iboratdir. Bugungi globallashuv jarayonida yoshlarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya tarmoqlaridan, xususan, Internetdan foydalanish, axborotlarni tahlil etish borasidagi bilim va ko'nikmalarini yuksaltirish muhim masala hisoblanadi. Ma'lumotlarda keltirilishicha, har bir foydalanuvchi kuniga Internetdan foydalanish uchun ko'plab vaqt ajratar ekan. Biroq bugungi kun talabiga ko'ra esa, zarur axborot va ma'lumotlarni keraksiz va yaroqsiz, soxtalaridan ajrata olish, ya'ni mediasavodxonlikka ega bo'lish zarurati yuzaga keldi. Avvalo, mediasavodxonlikning o'zi nima, nega unga bugun dunyo

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

bo'ylab talab ortib bormoqda kabi savollariga javob topish lozim. Chunki so'nggi yillarda axborot oqimining bir necha barobar tezlashishi, ijobiy ma'lumotlar bilan bir qatorda, salbiy xarakterdagi axborotning ko'payishi mediasavodxonlikka ega bo'lish zaruratini qo'ydi. An'anaviy tarzda mediasavodxonlik shaxsning asarlarni tahlil eta olish va sifatli matnlarni yaratishdan iborat bo'lgan. «Bugun mediasavodxonlik — bu axborotning nega va nima uchun uzatilayotganligini bilish demakdir. Mediasavodxon inson o'ziga — bu axborotni kim va nima maqsadda yaratgan? Ushbu xabar men uchun zarurmi? — degan savolni bera olishi va to'g'ri xulosa chiqarishi, unga nisbatan tanqidiy yondasha olishi lozim.

TADQIQOT NATIJASI VA MUHOKAMA

Mazkur savollar nafaqat oila davrasida televizor ko'rayotgan, mashinada radio eshitayotgan yoki Internetdagi xabarlarni ko'rayotgan paytda berilishi, balki har qanday axborotni qabul qilayotgan va unga baho berayotganda ham kerakdir», — deydi jurnalist Nargis Qosimova o'zining «Mediasavodxonlik va mediata'lim: Mohiyat» nomli maqolasida. Ma'lumotlarda keltirilishicha, medialoglar media va mediatexnologiyalarni o'rganib chiqib, ularni shartli ravishda 5 turga bo'lganlar:

1. Dastlabki media — yozuv;

2. Bosma media — bosma nashrlar, litografiya, fotografiya;

3. Elektrik media — telegraf, telefon, ovozli yozuv;

4. Mass-media — kinematograf, televideniye;

5. Raqamli media — kompyuter, Internet. «Media» — lotincha «media» so'zidan olingan bo'lib, «vosita», «vositachi» yanada aniqrog'i, «ommaviy axborot vositalari» degan ma'noni anglatadi. Shundan 3-Tashabbus (aholi va yoshlar o'rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan)ni uni bajarilishni ta'minlash maqsadida Jismoniy madaniyat fakultetining Bir guruh talabalariga mutaxasislar bilan hamkorlikda ajoyib tadbir tashkil etildi.

Media uzluksiz ta'lim jarayonini vizual materiallar bilan boyitishga, darsning sifatli o'tilishi va o'quvchi-talabalar tomonidan o'zlashtirish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, modem, foto, video, kompyuter texnologiyalari, Internet bilan do'stlashish, bilimlarni kengaytirish imkonini yaratadi. «Lekin media yaxshilik bilan bir qatorda, yovuzlikka ham xizmat qilishga qodir. Bugun «o'rgimchak odam»ga havas qilib, o'zini pastga otgan bolalar, reklamalarda berilayotgan barcha axborotlarga ishonuvchi shaxslar, yot g'oyalarga ergashib ketayotgan kimsalar ham bor», — deydi jurnalist o'z fikrining davomida. Bugungi axborot muhitini tushunishda mediasavodxonlik muhim ahamiyat kasb etadi. Yoshlarda avvalo, OAV orqali uzatilayotgan va qabul qilinayotgan kundalik axborotni saralash ko'nikmalarini, turli axborotlarni qabul qilgandan keyin ham har qanday vaziyatda to'g'ri qaror qabul qilish, axborot qayerdan, kim tomonidan va nima maqsadda uzatilyapti, o'zida kimning manfaatlarini aks ettiryapti degan tushunchalarni shakllantirish lozim. Mohiyati o'rganilmagan, yolg'on tarqatilayotgan xabar va axborotlarning hayotimizni tubdan o'zgartirib yuborishi muqarrardir. Yuqoridagi maqolada: «Aynan axborotni tahlil etmay, o'z holicha qabul qilish oqibatida, dunyoning turli chekkalarida yoshlar jinoyatga qo'l urmoqda, o'zini kino qahramoni sifatida his qilganlar esa, «qahramon» xatti-ha-rakatlarini takrorlagan holda qo'llariga qurol olib, begunoh insonlar hayotiga zomin bo'lishmoqda. ...Demak, aynan ana shu holatlarning oldini olish, axborotga ongli ravishda yondashish bugun zamon talabidir» — degan satrlar bayon etilgan. Qayd etganimizdek, globallashuv, global axborot jamiyati shakllanishi sharoitida axborot-

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

kommunikatsiya texnologiyalari, avvalambor, Internet bolalar va o'smirlar rivojlanishiga ta'sir etuvchi muhim omilga aylanib bormoqda. Shu bilan birga, axborot-kommunikatsiya, internet-texnologiyalarining jamiyat hayotining barcha sohalariga keng miqyosda joriy etilishi yoshlarni axborot sohasidagi xavf-xatarlardan himoya qilish, chetdan kirib kelayotgan mafkuraviy xurujlardan, ularning ongini buzg'unchilik ta'sirlaridan saqlash masalalarining dolzarbligini kuchaytirdi. Ijtimoiy tarmoqlar, kompyuter o'yinlari foydalanuvchilari, video va kinomahsulot iste'molchilari ularning jismoniy va ma'naviy-axloqiy rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi axborotlarga duch kelayotgan holatlari uchramoqda. Media uzluksiz ta'lim jarayonini vizual materiallar bilan boyitishga, darsning sifatli o'tilishi va o'quvchi-talabalar tomonidan o'zlashtirish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, modem, foto, video, kompyuter texnologiyalari, Internet bilan do'stlashish, bilimlarni kengaytirish imkonini yaratadi. «Lekin media yaxshilik bilan bir qatorda, yovuzlikka ham xizmat qilishga qodir. Bugun «o'rgimchak odam»ga havas qilib, o'zini pastga otgan bolalar, reklamalarda berilayotgan barcha axborotlarga ishonuvchi shaxslar, yot g'oyalarga ergashib ketayotgan kimsalar ham bor», — deydi jurnalist o'z fikrining davomida. Bugungi axborot muhitini tushunishda mediasavodxonlik muhim ahamiyat kasb etadi. Yoshlarda avvalo, OAV orqali uzatilayotgan va qabul qilinayotgan kundalik axborotni saralash ko'nikmalarini, turli axborotlarni qabul qilgandan keyin ham har qanday vaziyatda to'g'ri qaror qabul qilish, axborot qayerdan, kim tomonidan va nima maqsadda uzatilyapti, o'zida kimning manfaatlarini aks ettiryapti degan tushunchalarni shakllantirish lozim. Mohiyati o'rganilmagan, yolg'on tarqatilayotgan xabar va axborotlarning hayotimizni tubdan o'zgartirib yuborishi muqarrardir. Yuqoridagi maqolada: «Aynan axborotni tahlil etmay, o'z holicha qabul qilish oqibatida, dunyoning turli chekkalarida yoshlar jinoyatga qo'l urmoqda, o'zini kino qahramoni sifatida his qilganlar esa, «qahramon» xatti-ha-rakatlarini takrorlagan holda qo'llariga qurol olib, begunoh insonlar hayotiga zomin bo'lishmoqda. ...Demak, aynan ana shu holatlarning oldini olish, axborotga ongli ravishda yondashish bugun zamon talabidir» — degan satrlar bayon etilgan. Qayd etganimizdek, globallashuv, global axborot jamiyati shakllanishi sharoitida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, avvalambor, Internet bolalar va o'smirlar rivojlanishiga ta'sir etuvchi muhim omilga aylanib bormoqda. Shu bilan birga, axborot-kommunikatsiya, internet-texnologiyalarining jamiyat hayotining barcha sohalariga keng miqyosda joriy etilishi yoshlarni axborot sohasidagi xavf-xatarlardan himoya qilish, chetdan kirib kelayotgan mafkuraviy xurujlardan, ularning ongini buzg'unchilik ta'sirlaridan saqlash masalalarining dolzarbligini kuchaytirdi. Ijtimoiy tarmoqlar, kompyuter o'yinlari foydalanuvchilari, video va kinomahsulot iste'molchilari ularning jismoniy va ma'naviy-axloqiy rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi axborotlarga duch kelayotgan holatlari uchramoqda.

Bu borada, Germaniyada ushbu masalalar Yoshlarni himoya qilish to'g'risidagi qonun, Inson qadr-qimmatini himoya qilish to'g'risidagi hamda teleradioeshittirish va telemediaxizmatlar sohasida yoshlarni muhofaza qilish to'g'risidagi davlat shartnomalari orqali tartibga solinadi. Nosog'lom axborot oqimlaridan yoshlarni himoyalashga oid dunyoda qator huquqiy mexanizmlar yaratilgan. Jumladan, xalqaro amaliyotda «Kiber jinoyatlar to'g'risida» Konvensiya, «Voyaga yetmaganlar uchun xavfsiz Internet va onlayn resurslarni joriy qilish to'g'risida» Yevropa Ittifoqi Parlamenti Assambleyasining tavsiyalari, «Bola huquqlari to'g'risida» BMT Konvensiyasini, «Yoshlarni himoyalash to'g'risida» Germaniya, «Voyaga yetmaganlarni ommaviy axborotning salbiy ta'siridan himoyalash to'g'risida» Litva va «Bolalarni sog'lig'i va rivojlanishiga ziyon yetkazuvchi axborotdan himoyalash to'g'risida»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Rossiya qonunlarini tilga olish mumkin. Ma'lumki, milliy qonunchiligimizda ham yoshlarni nosog'lom axborotlardan himoyalashning mexanizmlari mavjud. XULOSA

Xususan, «O'zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to'g'risida»gi Qonunda «O'zbekiston Respublikasida yoshlar orasida odob-axloqni buzishga, shu jumladan, zo'ravonlikni, hayosizlikni va shafqatsizlikni tashviqot qilishga qaratilgan har qanday xatti-ha-rakatlar man etilishi», «Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida»gi Qonunda «Pornografiya, shafqatsizlik va zo'ravonlikni namoyish etuvchi, inson qadr-qimmatini tahqirlovchi, bolalarga zararli ta'sir ko'rsatuvchi va huquqbuzarliklar sodir etilishiga sabab bo'luvchi ommaviy axborot vositalaridan foydalanish, adabiyotlarni tarqatish hamda filmlarni namoyish etish taqiqlanishi» belgilab berilgan. Tezkor Internet orqali qabul qilinayotgan, axborotlarning aksariyat foydalanuvchilari yoshlar hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Faxriddin Soliyevning «Internetdan foydalanish madaniyati» maqolasida shunday deyiladi: Global axborot makoniga real ko'z bilan qaraydigan bo'lsak, hozirda keng jamoatchilikni xavotir va tashvishga solib kelayotgan muammolardan biri, shubhasiz, axborot makonida «nosog'lom» manfaatlar, ziddiyat va qarama-qarshiliklar ta'siridagi axborotlarning (o'z joniga qasd qilishning oson yo'llarini targ'ib qiluvchi 9 ming, axloqsiz mazmunga ega 4 mingdan ziyod saytlar, kompyuter o'yinlari zo'ravonlik va yovuzlik, o'ta jangari ruhdagi (beshafqat urushlar, o'ldirishlar, otishmalar va hokazo) Internet saytlari mavjudligi), milliy axborot makonimizga kirib kelishidir.

REFERENCES

1. Informatika va axborot texnologiyalari. Akademik S.S.G'ulomov umumiy tahriri ostida. Darslik. T.: "Iqtisodiyot", -2009.

2. Hoshimov O.O., Tulyaganov M.M. Kompyuterli va raqamli texnologiyalar. T.: "Yangi asr avlodi", 2009.

3. Faronov V.V. Turbo Paskal 7.0. Nachalnwy kurs. Uchebnoye posobiye. M.: «Nollidj», 1999.

4. Urdushev X., Raximov A., Boychaqayev M, Qalandarov R. Microsoft Windows XP va Microsoft Office XP da ishlash. Uslubiy qo'llanma. Samarqand. SamQXI. 2007.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.