Научная статья на тему 'YOSHLAR HUQUQIY SAVODXONLIGINI SHAKLLANTIRISH JARAYONLARI'

YOSHLAR HUQUQIY SAVODXONLIGINI SHAKLLANTIRISH JARAYONLARI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
444
39
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yoshlar / huquqiy madaniyat / savodxonlik / huquq va majburiyatlar / «Street law». / молодежь / юридическая культура / грамотность / права и обязательства / уличный закон.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Qodirova, Nigora Shaydullayevna

Ushbu maqolada bugungi kundagi yoshlar huquqiy savodxonligini oshirishning asosiy yo’nalishlari tahlil qilingan. Shuningdek, davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan ushbu yo’nalishda olib borilayotgan ishlar bo’yicha xulosa va tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ПРОЦЕССЫ ФОРМИРОВАНИЯ ПРАВОВОЙ ГРАМОТНОСТИ МОЛОДЕЖИ

В этой статье анализируются основные направления повышения юридической грамотности молодых людей сегодня. Государственные и неправительственные организации также предоставляют выводы и рекомендации по работе, выполненной в этой области.

Текст научной работы на тему «YOSHLAR HUQUQIY SAVODXONLIGINI SHAKLLANTIRISH JARAYONLARI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

YOSHLAR HUQUQIY SAVODXONLIGINI SHAKLLANTIRISH

JARAYONLARI

Qodirova Nigora Shaydullayevna

O'zMU 2-bosqich magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada bugungi kundagi yoshlar huquqiy savodxonligini oshirishning asosiy yo'nalishlari tahlil qilingan. Shuningdek, davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan ushbu yo'nalishda olib borilayotgan ishlar bo'yicha xulosa va tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: yoshlar, huquqiy madaniyat, savodxonlik, huquq va majburiyatlar, «Street law».

В этой статье анализируются основные направления повышения юридической грамотности молодых людей сегодня. Государственные и неправительственные организации также предоставляют выводы и рекомендации по работе, выполненной в этой области.

Ключевые слова: молодежь, юридическая культура, грамотность, права и обязательства, уличный закон.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022 yil 28 yanvardagi "2022 - 2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-sonli farmoni bilan yettita ustuvor yo'nalishdan iborat 2022 - 2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi qabul qilindi. Ushbu strategiyaning Ma'naviy taraqqiyotni ta'minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish deb nomlangan 5-ustuvor yo'nalishida 70-maqsad: Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish borasida belgilangan vazifalardan biri "Yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish" [1] bo'lib, unga ko'ra tegishli muassasa va tashkilotlarning joriy masala bo'yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirishlari belgilab berilgan.

Hozirgi vaqtda O'zbekiston huquqi jiddiy va tub o'zgarishlarga uchraganligi bilan ajralib turadi. Qonunlarda, davlat huquqiy tuzilishida, huquqiy tartibga solish va huquqiy madaniyat institutlari hamda mexanizmlarida ko'z o'ngimizda yuz berayotgan o'zgarishlar shunchalar jadal va chuqurki, huquqiy rivojlanishning olamshumul, strategik istiqbollari va maqsadlari to'g'risida o'ylash, mamlakatimizda yuz berayotgan huquqiy islohotlarni jahondagi huquqiy rivojlanish jarayoni bilan

АННОТАЦИЯ

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

"moslashtirish", unda O'zbekistonning o'rnini hamda ushbu o'ringa mos islohotchilik yo'nalishlari va maqsadlarini aniqlash zarur.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bizning milliy huquqiy tizimimiz butunlay yangi asosda, jahon huquqiy jarayonining yutug'i bo'lgan demokratik printsiplar negizida yangitdan yaratilganligi shubhasiz. Konstitutsiyadan boshlab deyarli barcha qonunlarimiz tub o'zgarishga uchradi. Qonunlarimizda huquq mustaqil demokratik davlatning huquqi bo'lgan bugungi kun voqeligi hisobga olindi. O'zbekiston qonunlarida xalqaro huquqning jahonda tan olingan printsiplari va normalari o'z ifodasini topdi va mustahkamlandi. Ular rivojlangan mamlakatlar huquqiy tizimining ilg'or yutuqlarini davom ettirdi, qadimiy mamlakatimizning tarixiy-huquqiy tajribasini qamrab oldi.

Yangi Konstitutsiyaning, Fuqarolik, Jinoyat, Fuqarolik-protsessual, Xo'jalik-protsessual kabi o'nta asosiy kodekslarning hamda taxminan uch yuz qonunning qabul qilinishi milliy huquqiy tizimimizning mohiyati va mazmunini tubdan o'zgartirib yubordi. Xususiy mulk instituti, shaxsiy manfaatlarning davlat manfaatlaridan ustunligi kabi yangi huquqiy institutlar va tushunchalar yuzaga keldi.

Milliy huquqiy tizimning asosini Konstitutsiya va qonunlar tashkil etadi. Shu munosabat bilan shaxs huquqiy maqomining barcha tomonlarini, uning huquqlari va erkinliklarini amalga oshirishni faqat qonun tartibga solishini belgilovchi talablarni hayotga qat'iy va izchil joriy etish favqulodda muhim va dolzarb masaladir. Qonun ijodkorligi amaliyoti esa, ayniqsa idoraviy boshqaruv, ushbu huquq va erkinliklarningbilvosita cheklan. Yoshlarga o'z huquqlarini himoya qilishning amaliy mexanizmlarini o'rgatishga qaratilgan «Street law» (Ko'cha huquqi — oddiy huquq) loyihasini keng joriy qilish bo'yicha quyidagi tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirib kelinmoqda. Yoshlar huquqiy bilim salohiyatini va savodhonligini yuksaltirish bo'yicha qator rejali ishlar belgilangan.

ko'ngillilar guruhlari uchun interaktiv mashg'ulotlar olib borish metodikasi bo'yicha treninglar o'tkazish;

ko'ngillilar tomonidan maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari hamda umumta'lim maktablari o'quvchilari uchun mashg'ulotlar o'tkazish.

ta'lim muassasalari o'quvchilari va talabalari orasida huquq fanidan respublika miqyosida quyidagi tanlovlarni tashkil qilish va o'tkazish:

umumta'lim maktablari boshlang'ich sinf o'quvchilari o'rtasida «Huquq — bu to'g'rilikdir» mavzusidagi rasmlar tanlovini tashkil qilish;

umumta'lim maktablari o'quvchilari o'rtasida «Mening huquq va majburiyatlarim» respublika ko'rik-tanlovini tashkil etish hamda tanlov g'oliblarini rag'batlantirish;

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimida «Siz qonunni bilasizmi?» ko'rik-tanlovini tashkil qilish hamda tanlov g'oliblarini rag'batlantirish;

oliy ta'lim muassasalarida «Huquq bilimdonlari» ko'rik tanlovini tashkil qilish va tanlov g'oliblarini rag'batlantirish.

yoshlarda korruptsiya va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi murosasizlik tuyg'usini shakllantirishga qaratilgan insholar tanlovini o'tkazish.

yoshlarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, ayniqsa, ularning ongida korruptsiyaning jamiyat va mamlakat ravnaqi uchun o'ta salbiy illat ekanligini targ'ib qilishga qaratilgan o'quv materiallari tayyorlanishini tashkil qilish.

bolalar va yoshlarga ularning huquqlari va odob-axloq normalari haqida ma'lumot beruvchi ko'rgazmali targ'ibot bo'yicha quyidagi ishlarni amalga oshirish:

flaerlar, bukletlar, komikslar, taqdimot slaydlari, videoroliklar ishlab chiqish va har bir ta'lim muassasasiga etkazish (har chorakda);

ko'rgazmali huquqiy targ'ibot materiallarini bolalar va yoshlar e'tiboriga etkazish.

tarbiyasi og'ir voyaga etmaganlarga kuchaytirilgan huquqiy ta'lim berish va tarbiyalashga oid maxsus dasturlarni qo'llash.

yoshlarda sog'lom turmush tarziga bo'lgan intilishni shakllantirishga, ijtimoiy jihatdan xavfli kasalliklarga, giyohvandlikka, chekishga va boshqa zararli odatlarga qarshi kurashishga doir profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirishga, yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli uyushtirishga, ommaviy yoshlar sportini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish.

bolalar va yoshlarda davlat ramzlarini e'zozlash, uning qadr-qimmatini anglash, shuningdek, shaxsiy ehtiyojlar va jamiyat ehtiyojlari o'rtasidagi muvozanatni saqlash g'oyalarini targ'ib qilishga doir aniq rejalar asosida «ochiq darslar» va o'quv mashg'ulotlari o'tkazilishini ta'minlash.

yoshlar tomonidan sodir etilayotgan yo'l harakati qoidalarini buzish, noqonuniy avtopoygalar o'tkazish va boshqa noxush hodisalarning oldini olish maqsadida «Eng tartibli yosh haydovchi» loyihasini tashkil etish. ishiga yo'l qo'ymoqda, ularni amalga oshirishga to'sqinlik qilmoqda.

Bugungi kunda olib borilayotgan islohotlar yoshlarni huquqiy savodhonligini yuksaltiriga hamda ularni qonun ijodkorligi faoliyatiga qiziqtirib huquqiy tashabbuskorlikka undamoqda. Oliy Majlis qoshida qonun ijodkorligi strategiyasini belgilash bilan shug'ullanadigan, qonun loyihalarini ishlab chiqib, ekspertizadan o'tkazadigan Qonunchilik ilmiy tadqiqot institutini tashkil etish zarur deb hisoblaymiz. Amaldagi qonunlar monitoringi instituti esa parlamentga qonunlarning

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

ijro etilishini nazorat qilishda yordam berishi, sotsiologik tadqiqotlar o'tkazishi, qonunlarni o'zgartirishga doir takliflarni ishlab chiqishi kerak.

Shunday qilib, huquqiy madaniyatning tarkibiy qismi bo'lgan huquq tub islohot bosqichini boshdan kechirmokda, unga muayyan kamchiliklar va nuqsonlar xosdir. Umuman olganda esa, bu demokratik, huquqiy tafakkurning ilg'or yutuqlariga asoslangan huquqdir. Shuni alohida ta'kidlash mumkinki, huquqiy davlat qonunchiligining asosiy bazasi, negizi yaratilgan, endigi vazifa esa ularni takomillashtirish, chuqurlashtirish, mufassallashtirish, ro'yobga chiqarish va qo'llashdan iborat.

Huquqiy munosabatlar - amaldagi huquqiy madaniyat. Huquqiy madaniyatning ikkinchi elementi huquqiy munosabatlardir. Yuridik adabiyotlarda huquqiy munosabat huquq normalari bilan tartibga solingan ijtimoiy munosabatlardir, degan fikr keng tarqalgan. Binobarin, huquqiy munosabat, birinchi navbatda, yuridik normalarni amalga oshirishning, huquq amal qilishining natijasidir. Aynan huquqiy munosabatlar orqali huquq "yashaydi", amal qiladi. Huquq sub'ektlarining huquqiy imkoniyatlari va yuridik majburiyatlarini amalga oshirishning haqiqiy manzarasini aynan huquqiy munosabatalarning yuzaga kelishi ko'rsatadi. Huquqiy munosabatlar sub'ektlarining huquqiy pozitsiyasi va mo'ljallari, yuridik sohadagi tashabbuslari va faolliklari, xatti-harakatlari yuridik shakllarini afzal bilish darajasi birgalikda ularning huquqiy madaniyatini belgilab beradi.

Huquqiy munosabatlar, ijtimoiy-foydali yoki salbiy yuridik fakt munosabati bilan yuzaga kelganligiga qarab, jamiyat huquqiy madaniyatining ko'rsatkichi bo'ladi. Aytaylik, oila qonunlarida mustahkamlangan nikohdan o'tish imkoniyati kamdan-kam hollarda aniq huquqiy munosabatlarda amalga oshadi va o'z amaliy ifodasini topadi. Bu jamiyat huquqiy madaniyatining nafaqat yuridik, balki ijtimoiy qadriyat bo'lgan mazkur normani hali qabul qilmaganligidan dalolat beradi. Axir ushbu normani keng qo'llash er-xotin o'rtasida yuzaga keladigan juda ko'p fuqarolik-huquqiy kelishmovchiliklarning oldini olishga, ular bo'yicha uzoq davom etuvchi tortishuvlarga yo'l qo'ymaslikka, ayrim hollarda esa ajralishlar negizida sodir etilayotgan jinoyatlarning oldi olinishiga imkon bergan bo'lardi.

Huquqbuzarliklarning, huquqni qo'llash va boshqa yuridik ahamiyatga ega bo'lgan harakatlarning mikdori ham jamiyat va shaxs huquqiy madaniyatini ko'rsatadi. Huquqiy munosabatlar, bir tomondan, jamiyat ijtimoiy va huquqiy rivojlanishining darajasi bilan belgilanadi, boshqa tomondan esa, uning huquqiy madaniyati va huquqiy ongini aks ettiradi.

Huquqiy munosabatlar ahvoli va rivojlanishini tahlil etish qonunlarning rivojlanishi va takomillashishi, yuridik harakatlarning yaxshilanishi, huquqni qo'llash

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

amaliyoti samaradorligining yuksalishi bilan huquqiy munosabatlar qonun bilan tartibga solingan shunchaki ijtimoiy munosabatlardan huquq sub'ektlarining o'z huquqlari va manfaatlarini amalga oshirish maqsadida munosabatga kirishishlarining o'ziga xos shakliga aylanadi, deya taxmin qilishga imkon beradi. Ijtimoiy hayotning huquqiylashuvi ijtimoiy munosabatlarning tobora ko'proq mikdori huquqiy xususiyatga ega bo'la borishiga, huquqiy munosabatlar shaklini ola boshlashiga olib keladi.

So'nggi yillarda inson xuquqlarini himoya qilishning qonunchilik va tashkiliy-xuquqiy bazasini mustahkamlash, inson huquqlari bo'yicha xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish va halqaro majburiyatlarni bajarish, shuningdek, inson xuquqlarini ximoya qilish masalalari yuzasidan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni faollashtirishga doir tizimli ishlar olib borilmoqda. O'zbekiston Respublikasi inson huquq va erkinliklariga oid asosiy hujjatlarga qo'shilishi bilan, xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan printsiplari bosqichma-bosqich milliy huquqiy tizimga implementatsiya qilib borilmoqda. Inson huquqlari sohasidagi xalqaro huquqiy hujjatlar implementatsiyasida BMT konventsiyaviy hujjatlari bo'yicha hisobotlar mexanizmi muhim o'ringa ega. Tabiiyki, u yoki bu sohada rejalarning ishlab chiqilishi va qabul qilinishi emas, balki strategik ustuvorlikni aniqlab olish va qo'yilgan vazifalarning to'liq hal etilishi muammoning echimidir. O'zbekiston mustaqil rivojlanish yillarida inson huquqlarini himoya qilish bo'yicha inson huquqlari himoyasi mexanizmini kengaytirishga yo'naltirilgan yangi milliy institutlar tashkil qilinmoqda. Davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo'yicha ko'plab samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Yuksak huquqiy madaniyatga asoslangan demokratik jamiyatning xalqaro miqyosda e'tirof etilgan printsiplari bor. Tenglik, erkinlik, birodarlik, xalqlar va millatlararo do'stlik, insonning o'z xohish-irodasini erkin bildirishi hamda uni amalga oshirishi, ozchilikning ko'pchilikka bo'ysunishi, barcha fuqarolarning teng huquqliligi, davlat asosiy idoralarining saylanishi, ularning saylovchilar oldida hisob berishi, davlat va jamiyat boshkaruvida qonun ustunligi, tayinlash yo'li bilan shakllanadigan davlat idoralarining saylovchi tashkilotlar oldidagi javobgarligi va boshqalar shular jumlasiga kiradi. Mamlakatimizda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy sohalarda olib borilayotgan islohotlar demokratik huquqiy davlat, erkin fuqarolik jamiyati barpo etishga qaratilgan barcha say-harakatlar har bir yoshning to 'la ma'noda ijtimoiy-siyosiy faol bo 'lishini taqozo qilmoqda. Bunday keng ko'lamdagi o'zgarishlarning mazmun-mohiyatini yaxshi anglamay turib faol fuqarolik

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

pozitsyasiga ega bo'lish murakkab masaladir. Buning uchun avvalo, yoshlarning huquqiy ongi, savodhonligi va madaniyatini shakllantirish, rivojlantirish davlatimizningyoshlar siyosatidagi eng muhim vazifalaridan biri bo'lib qolmoqda.

O'zbekiston demokratik huquqiy davlatni qurish va adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo'lidan dadil borib, jahon hamjamiyatida mustahkam o'rin egallamoqda. Barqarorlik va tartib, millatlararo totuvlik va fuqarolar ahilligi tufayli yosh davlatimiz ishonch va hurmatga sazovor bo'lmoqda. O'zbekiston Respublikasi o'z rivojlanish istiqboli va yo'lini belgilar ekan, o'ziga xos siyosiy islohotlarni o'tkazishi va uning natijasida ma'lum siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy o'zgarishlarga yuz tutishi tabiiy. Bugun O'zbekiston demokratik huquqiy davlatdan fuqarolik jamiyatiga o'tish yo'lida ko'plab salmoqli ishlarni amalga oshirmoqda. Bundan asosiy maqsad nafaqat yoshlarni balki barcha o'zbekiston fuqarolarini huquq va erkinliklari, burch hamda majburiyatlarini anglab etishi, uni amaliyotda to'g'ri qo'llay olishi bilan bir qatorda davlat hokimiyatini boshqarishda siyosiy salohiyatini yuksaltirishdan, jamiyatda munosib o'rin egallashi nazarda tutib kelinmoqda. Vatanimizning ko'p jihatdan rivojlanishi va islohotlarning muvafaqqiyati ko'p jihatdan xalqning huquqiy ongi va huquqiy madaniayati darajasiga bog'liqdir. Shaxsning siyosiy faolligi, uning chinakam fuqaroviy munosabati, demokratik islohotlarga intiluvchanligi belgilangan maqsadlarga erishishning muhim omilidir. Yuksak huquqiy madaniyat demokratik jamiyat poydevori hamda huquqiy tizim etukligi ifodasidur.

Xulosa qilib aytganda, huquqiy madaniyat umumiy madaniyatning ajralmas tarkibiy qismi. Insonlar ongida shunday ishonch qaror toptirish kerakki, huquqiy bilimlarga ega bo'lgan va ularni amaliyotda tadbiq eta oladigan kishigina madaniyatli va bilimli deb hisoblanishi mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi "2022 — 2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-conli farmoni / https://lex.uz/docs/5841063

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.