Научная статья на тему 'HUQUQSHUNOS KADRLARNING YURTIMIZDA ADOLATLI JAMIYAT BARPO ETISH VA MAMLAKATIMIZNNING XALQARO OBRO‘SI YUKSALISHIDAGI ROLI'

HUQUQSHUNOS KADRLARNING YURTIMIZDA ADOLATLI JAMIYAT BARPO ETISH VA MAMLAKATIMIZNNING XALQARO OBRO‘SI YUKSALISHIDAGI ROLI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
715
91
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yurist / huquqshunos / kadr / adolat / jamiyat / xalqaro maydor / kasb etikasi / qoidalar. / lawyer / solicitor / frame / Justice / Society / International mayor / professional ethics / rules.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Allayorova, Sayoxat O‘ralovna

Mazkur maqolada huquqshunos kadrlarning yurtimizda adolatli jamiyat barpo etish va mamlakatimiznning xalqaro obro‘si yuksalishidagi roli tahlil qilingan. Bundan tashqari huquqshunos kadrlarning bugungi kundagi salohiyati hamda ularga bo‘lgan talabning oshishi hamda ularning kasb etikasiga rioya qilish ham tahlil qilingan. Shuningdek huquqshunos kadrlarning yurtimizda adolatli jamiyat barpo etish va mamlakatimiznning xalqaro obro‘si yuksalishidagi roli oid bir qancha xalqaro normativ-huquqiy xujjatlar ham tahlil qilingan. Ushbu tahlillar natijasi huquqshunos kadrlar yetishgtirishning yuzasidan bir qancha taklif va tavsiyalar berib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF LEGAL PERSONNEL IN BUILDING A JUST SOCIETY AND INCREASING THE INTERNATIONAL PRESTIGE OF OUR COUNTRY

This article analyzes the role of legal personnel in establishing a fair society in our country and increasing the international prestige of our country. In addition, the potential of legal personnel today, as well as the increase in demand for them, as well as the observance of their professional ethics were analyzed. A number of international regulatory legal acts related to the role of legal personnel in the establishment of a fair society in our country and the rise of the international prestige of our country have also been analyzed. The result of these analyzes was a number of proposals and recommendations on the cultivation of legal personnel.

Текст научной работы на тему «HUQUQSHUNOS KADRLARNING YURTIMIZDA ADOLATLI JAMIYAT BARPO ETISH VA MAMLAKATIMIZNNING XALQARO OBRO‘SI YUKSALISHIDAGI ROLI»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 8

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

HUQUQSHUNOS KADRLARNING YURTIMIZDA ADOLATLI JAMIYAT

BARPO ETISH VA MAMLAKATIMIZNNING XALQARO OBRO'SI

YUKSALISHIDAGI ROLI

Allayorova Sayoxat O'ralovna

Surxondaryo viloyati yuridik texnikum Ommaviy huquqiy fanlar kafedrasi o'qituvchisi Termiz, Surxondaryo, Ozbekiston E-mail: s.all ayarova@gmai l .com

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada huquqshunos kadrlarning yurtimizda adolatli jamiyat barpo etish va mamlakatimiznning xalqaro obro'si yuksalishidagi roli tahlil qilingan. Bundan tashqari huquqshunos kadrlarning bugungi kundagi salohiyati hamda ularga bo'lgan talabning oshishi hamda ularning kasb etikasiga rioya qilish ham tahlil qilingan. Shuningdek huquqshunos kadrlarning yurtimizda adolatli jamiyat barpo etish va mamlakatimiznning xalqaro obro'si yuksalishidagi roli oid bir qancha xalqaro normativ-huquqiy xujjatlar ham tahlil qilingan. Ushbu tahlillar natijasi huquqshunos kadrlar yetishgtirishning yuzasidan bir qancha taklif va tavsiyalar berib o'tilgan.

Kalit so'zlar: yurist, huquqshunos, kadr, adolat, jamiyat, xalqaro maydor, kasb etikasi, qoidalar.

РОЛЬ ЮРИДИЧЕСКИХ КАДРОВ В ПОСТРОЕНИИ СПРАВЕДЛИВОГО ОБЩЕСТВА И ПОВЫШЕНИИ МЕЖДУНАРОДНОГО АВТОРИТЕТА

НАШЕЙ СТРАНЫ

Аллаярова Саёхат Ураловна

Сурхандаринский областной юридический техникум Преподавател кафедры публично правовой наук Термез, Сурхандаря, Узбекистан E-mail: s .al l ayaro va@gmai l .com

АННОТАЦИЯ

В данной статье анализируется роль юридических кадров в создании справедливого общества в нашей стране и повышении международного авторитета нашей страны. Кроме того, был проанализирован потенциал юридических кадров на сегодняшний день, а также рост спроса на них, а также соблюдение ими профессиональной этики. Также был проанализирован

194

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 8 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ряд международных нормативных правовых актов, связанных с ролью юридических кадров в становлении справедливого общества в нашей стране и повышении международного авторитета нашей страны. Результатом этих анализов стал ряд предложений и рекомендаций по воспитанию юридических кадров.

Ключевые слова: юрист, адвокаты, кадры, справедливость, общество, международные основы, профессиональная этика, правила.

THE ROLE OF LEGAL PERSONNEL IN BUILDING A JUST SOCIETY AND INCREASING THE INTERNATIONAL PRESTIGE OF OUR

COUNTRY

This article analyzes the role of legal personnel in establishing a fair society in our country and increasing the international prestige of our country. In addition, the potential of legal personnel today, as well as the increase in demand for them, as well as the observance of their professional ethics were analyzed. A number of international regulatory legal acts related to the role of legal personnel in the establishment of a fair society in our country and the rise of the international prestige of our country have also been analyzed. The result of these analyzes was a number of proposals and recommendations on the cultivation of legal personnel.

Keywords: lawyer, solicitor, frame, Justice, Society, International mayor, professional ethics, rules.

O'zbekiston demokratik huquqiy davlat qurish va adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo'lidan dadil borib, jahon hamjamiyatida mustahkam o'rin egallamoqda. Barqarorlik va millatlararo totuvlik va fuqarolar ahilligi tufayli yosh davlatimiz ishonch va hurmatga sazovor bo'lmoqda.

Mamlakatimizda iqtisodiyot, siyosat, davlat qurilishi, huquqiy tizim va jamiyatni ma'naviy o'zgartirish sohasida keng ko'lamli islohotlar o'tkazilmoqda. Hokimiyatning bo'linish prinsipini amalga tatbiq qilish natijasida sud hokimiyatini

Allayarova Sayokhat Uralovna

Surkhandarya Regional Law College Lecturer of the Department of public law Termez, Surkhandarya, Uzbekistan E-mail: s .allayaro va@gmail .com

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 8

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

mustaqil hokimiyat sifatida shakllantirishga ham katta e'tibor berilmoqda. Hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo'linish prinsipiga asosan sud hokimiyatiga odil sudlovni jinoyat, fuqaroviy va xo'jalik ishlari bo'yicha amalga oshirish bilan birgalikda chiqariladigan qonuniy aktlarni O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga mos bo'lishi ustidan nazorat olib borish vazifasi yuklangan.

Mamlakatimizda sud-huquq sohasidagi islohotlar jadallik bilan olib borilmoqda. Bu sohadagi islohotlar demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurishning zamonaviy strategiyasini shakllantirishga xizmat qilmoqda. O'zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar ijtimoiy, siyosiy va davlat-huquqiy hayotning barcha sohalarini qamrab olib, pirovard maqsadi huquqiy davlatchilikni barpo etish bo'lgan ushbu islohotlar Respublikaning sudlov tizimini ham qamrab olmoqda. Sud islohoti huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati umumiy shakllanish jarayonining ajralmas zarur tarkibiy qismidir. Sud-huquq islohoti mamlakatda qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat tarmoqlari bilan teng, mustaqil, kuchli sud hokimiyatini vujudga keltirishning muhim omilidir.

Huquqiy demokratik davlat qurilishi, qonunchilikni mustahkamlash va ijtimoiy adolat qaror topishini ta'minlash, ma'naviy va madaniy rivojlanishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi mazmun bilan boyitish, aholining huquqiy bilimi va ongini yuksaltirish, jamiyatni siyosiy faolligini oshirish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish va jamoatchilik fikrini o'rganish borasidagi ishlarni yaxshilash maqsadida bugungi kunda ko'plab ishlar amalga oshirilmoqda.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Har qanday jamiyatda o'z fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya doim birinchi vazifa sanalgan. Chunki, Sh.Monteskye keltirib o'tganidek, fuqarolik jamiyatida siyosiy erkinlik zarurati huquqiy davlatchilikni barpo etishning muhim sharti bo'lib, bu erkinlik huquqiy davlat fuqarolarining xavfsizligida ifodalanadi. Xususan, "Ozodlik qonun yo'l qo'yadigan hamma narsani qilish huquqidan iborat. Mabodo, fuqaro ushbu qonunlarda ta'qiqlangan narsalarni qiladigan bo'lsa, u ozod bo'lmasdi, zero, boshqa fuqarolar ham xuddi shunday qilgan bo'lardilar".1 Demak, Monteskyening fikricha huquqiy davlatga siyosiy qonuniylik va xavfsizlikni qaror toptirishga, hokimiyatni bir-birini cheklab muvozanatga solib turuvchi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga bo'lish yo'li bilan

1 Монтескье Ш.Л. Избранные произведения. О законах в их отношениях к различным существам. - М., 1955.

196

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 8

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

erishiladi. Zero huquqiy davlat suveren bo'lgan xalqning irodasiga bog'langach, "faqat millat chinakam suverendir. Faqat xalqqina chinakkam qonun chiqaruvchi bo'la oladi. Faqat xalq irodasigina siyosiy hokimiyat hisoblanadi".2

O'zbekistonda kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash uzluksiz ta'lim tizimining mustaqil bosqichi hisoblanadi. Yurist kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi muhim o'rin egallaydi.

O'zbekiston davlat mustaqilligiga erishgandan so'ng yurist kadrlarga bo'lgan ehtiyoj yanada ortib, zamonaviy yurist kadrlarga qo'yiladigan talab ham o'zgardi. Istiqlolning dastlabki yillarida bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik huquqiy davlat qurish va erkin fuqarolik jamiyati barpo etishdek murakkab jarayonlarning huquqiy jihatlarini ta'minlab berishga qodir bo'lgan mutaxassislar kerak edi.

Shu sababli O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 19 yanvardagi "O'zbekiston Respublikasi adliya opganlapi va sudlapi faoliyatini tashkil etish masalalapi to'g'risida"gi 18-sonli qarori bilan adliya xodimlari malakasini oshirish respublika kurslari negizida Sud va adliya organlari xodimlari malakasini oshirish instituti tashkil qilindi. Davlat hokimiyati va huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning yuqori malakali kadrlarga bo'lgan ehtiyojini qondirish, zamonaviy bilimlar asosida huquqshunos xodimlarning kasbiy tayyorgarligini hamda ularni qayta tayyorlashni tubdan yaxshilash, shuningdek, huquqshunoslik sohasidagi ilmiy tadqiqotlar saviyasini oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 25 iyundagi "Huquqiy tarbiyani yaxshilash, aholining huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini o'rganish ishini yaxshilash haqida"gi UP-1791-sonli Farmoni asosida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 21 iyuldagi 364-sonli qarori bilan Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi tashkil etildi.

Markazning asosiy vazifasi sud, adliya, advokatura idoralarining vakillari, mulkchilik shaklidan qat'iy nazar korxonalar, muassasalar va tashkilotlar yuridik xizmatlarining xodimlarini qayta tayyorlashdan iborat etib belgilan. Markazda bir yilda o'rtacha 500-800 yurist o'qitilgan bo'lsa, so'nggi yillarda bu ko'rsatkich 3000 dan ortgan. Bugungi kunda Markaz yurist kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida yetakchi ta'lim muassasasi hisoblanadi. Markazda yuridik kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlari tizimli va yuqori saviyada olib borilishi yo'lga qo'yilgan.

2 HcropHH no^HTHHecKHx yneHHH. - M.: no^mrogaT, 1971

197

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 8 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlashda quyidagilarga e'tibor qaratish zarur:

- fuqarolarning murojaatlarini o'z vaqtida hal etish, murojaatlarni ko'rib chiqishda sansalorlik, rasmiyatchilik va loqayd munosabatda bo'lish holatlariga yo'l qo'yganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta'minlash, shuningdek, buzilgan huquqlarni tiklashning barcha zarur choralarini ko'rish;

- sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta'minlash;

- fuqarolarning xususiy mulkka bo'lgan huquqlarini amalga oshirish kafolatlarini mustahkamlash;

- fuqarolarning odil sudlovga to'sqinliksiz erishishini ta'minlash;

- sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosi samaradorligini oshirish orqali biz:

birinchidan, jamiyatda qonunning ustuvorligi prinsipi, davlat, uning organlari mansabdor shaxslari, jamoat birlashmalari, fuqarolar o'z ish faoliyatlarida Konstitutsiya va qonunlarga amal qilish ko'nikmasiga ega bo'lishimiz;

ikkinchidan, hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo'linish prinsiplariga asoslangan holda har biri mustaqil o'z vakolati doirasida amal qilishiga erishishimiz;

uchinchidan, insonning yashash va fuqarolarning erkinlikka, daxlsizlikka va xavfsizlikka ega bo'lishdek asosiy huquqlari, ma'suliyat va burchlari xalqaro huquq normalariga muvofiqlashtirilgan holda amalga oshirishiga erishishimiz mumkin. Bundan tashqari fuqarolarimiz ongida huquqiy tarbiyani shakllantirish borasidagi islohotlarimizni ham yanada takomillashtirishimiz kerak.

Buning uchun quyidagi omillarga e'tibor qaratishimiz kerak bo'ladi:

- huquqiy tarbiya aniq xarakter kasb etishi kerak. Huquqiy tarbiya qandaydir xayoliy g'oyalarga emas, yangi ijtimoiy munosabatlarning (iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, milliy va b.) qabul qilinishi va o'zlashtirilishiga, shuningdek yangi huquqiy vaziyatning paydo bo'lishiga fuqarolarning har taraflama munosabatiga yo'naltirilishi kerak;

- huquqiy tarbiya amaliyotida huquq normalari qonuniy xulq - atvor va jamoaviy hamda shaxsiy manfaatlar va ehtiyojlar ularning chambarchas birligi va o'zaro hamkorligida amalga oshirilishiga yordam berishi hamda rag'batlantirishiga erishish lozim. Bunda biz tasavvur qilayotganimizdek, ixtiyoran barcha tarbiyaviy kuchlarni shunday xulq - atvor shakllanishiga yo'naltirishimiz kerakki, u ijtimoiy -foydali va shaxsiy motivlar o'rtasidagi ichki kurashsiz sodir bo'lsin hamda huquq

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 8 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

normalaridan chiqadigan harakatlarni inson tomonidan ma'qullanishi va roziligi kabi motiv natijasi bo'lsin;

- huquqiy tarbiya bir maqsadga yo'naltirilgan xarakter kasb etishi kerak. Huquqiy tarbiyaning butun tizimi turli ijtimoiy qatlamlar va guruhlarga moslashtirilishi kerak, ya'ni huquqiy tarbiya obyekti kategoriyalari o'zida aholining barcha kategoriyalari - maktab yoshiga yetmagan bolalardan tortib pensionerlargacha qamrab oladigan zamonaviy ijtimoiy tuzilmalar tomonidan aniqlanishi kerak.

- huquqiy tarbiya amaliy xarakter kasb etishi kerak. Bu shuni anglatadiki, huquqiy tarbiya, birinchi navbatda davlatning huquqiy amaliyotida huquq ijodkorligi va huquqni qo'llash faoliyati bilan bir qatorda muhim ahamiyatga ega davlat faoliyatining ko'rinishlaridan biri hisoblanadi.

Davlatning huquqiy tarbiya faoliyatining o'ziga xos xususiyati shundaki, bunda u o'zida tashkiliy, bir maqsadga yo'naltirilgan va boshqariladigan xarakter kasb etadi[21; 488-b.] hamda kerakli shakl va usullar bilan ma'lum vositalar yordamida ijobiy ta'sir va bashorat qilingan natijalar, qo'yilgan maqsadlarga erishish uchun amalga oshiriladi. Shu narsani ta'kidlash kerakki, huquqiy tarbiya tizimini takomillashtirish va rivojlantirishni o'rta va o'rta maxsus ta'lim muassasalari o'quvchilaridan boshlash zarur. Chunki, I.A.Kriginaning fikricha - voyaga yetmaganlar va faol ijtimoiy hayotga kirayotganlar orasida deviatsiyaga o'ta moyillik va zaiflik ko'p uchraydi[26; 168- b.].

Xullas, fuqarolarining huquq va erkinliklari ta'minlangan huquqiy davlatning asosiy belgisi, bu davlat qonun doirasida harakat qiladi. O'z navbatida davlatning jamiyat va inson bilan bo'lgan barcha munosabatlari huquqiy normalarga asoslanadi. Shuningdek, huquq ixtiyoriy va davlat ta'siri orqali ijro etib boriladi. Shakllanishi va faoliyat ko'rsatilishida davlat organlari, mansabdor va yuridik shaxslar, jamoat birlashmalari, mehnat jamoalari hamda fuqarolar bevosita ishtirok qiladilar.

Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev 2017 yil Oliy Majlisga Murojaatnomasida ham to'xtalib o'tgan edi: "Ayni paytda yurtimizdagi oliy ta'lim muassasalariga yuridik mutaxassislik bo'yicha bir yilda 600 ga yaqin talaba qabul qilinadi. Bu jami oliy o'quv yurtlariga qabul qilinadigan talabalarning atigi bir foizini tashkil etadi. O'zingiz ayting, bu bilan davlatimiz va jamiyatimizning huquqshunos mutaxassislarga bo'lgan, tobora ortib borayotgan ehtiyojini qondirish mumkinmi? Albatta, yo'q". CHindan-da, advokatura, sud-huquq sohasida malakali kadrlarga talab yuqori. Bu so'nggi paytda sud-huquq tizimida olib borilayotgan islohotlar bilan chambarchas bog'liq. SHu bilan birga, mamlakatimizdagi xo'jalik yurituvchi sub'ektda yuristkonsul't lavozimining aksariyat qismi bo'sh turibdi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 8 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Kasb dunyo miqyosida ham nufuzli va serdaromad hisoblanadi. Bugun globallashuv davrida jamiyatda o'zining huquqiy baho va mezonlarini kutayotgan yangi munosabatlarning paydo bo'lishi, raqamli texnologiyalarning rivojlanishi, jamiyat qabul qilgan qonun-qoidalar, tartiblarning o'zgarishi, qonun ijodkorligi sohasining taraqqiyoti yuridik kadrlarni tayyorlash ko'lamini kengaytirish zarurini yuzaga keltirmoqda. e'tibor bering, birgina yirik xo'jalik sub'ektlarida 5000 ga yaqin huquqshunosga ehtiyoj bor. SHuningdek, o'rta va kichik biznes sohalariga ham huquqshunos zarur. Hozirda yurtimizdagi 540 mingdan ortiq tadbirkorlik sub'ektlarining bor yo'g'i 10 foizida huquqshunos mutaxassislar faoliyat yuritadi. Agrar sektorda ham huquqshunosga ehtiyoj katta. Zero, yangi joriy etilgan klasterlar faoliyatini huquqiy jihatdan yo'lga qo'yishda mutaxassis bo'lishi o'ta muhimdir. SHu bois mazkur soha ham 400 dan ortiq huquqshunosni ish bilan ta'minlashga tayyor. erkin iqtisodiy zonalarda faoliyat yuritayotgan xo'jalik sub'ektlari, xorijiy investorlarga ham milliy normativ-huquqiy hujjatlardan boxabar, davlat tili bilan birga, chet tilini ham mukammal o'zlashtirgan huquqshunoslar kerak bo'ladi. Zero, tadbirkorning huquqini, har bir so'mini himoya qilish shu soha mutaxassisi zimmasiga tushishi lozim.

Advokatlik tizimi ham zamon talablarga javob beradigan huquqshunoslarga zarurat sezmoqda. Prezidentimiz O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasida "Misol uchun, 33 milliondan ortiq O'zbekiston aholisiga faqatgina 4 mingta advokat xizmat ko'rsatayotganini ijobiy baholab bo'lmaydi. Hozirgi kunda mamlakatimizdagi advokatlarning 60 foizi 50 yoshdan oshgan shaxslardir. Ular orasida 30 yoshga to'lmagan yoshlar 70 nafarga ham etmasligini qanday izohlash mumkin?!" deb ta'kidlagani holatni yaqqol namoyon etmoqda.

Prezidentimizning joriy yil 29 apreldagi "O'zbekiston Respublikasida yuridik ta'lim va fanni tubdan takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi farmoniga ko'ra, Samarqand, Namangan va Termiz davlat universitetlarida yuridik fakuFtetlar tashkil etish, yuridik kadrlarga bo'lgan ehtiyojni monitoring qilish va prognozlash elektron platformasini yaratish belgilandi. Bu kabi vazifalar ijrosi yuridik ta'limda raqobat muhitini yuzaga keltirishi, yurist kadrlarga bo'lgan real ehtiyojni to'g'ri aniqlab, huquqshunoslar etishmovchiligi muammosiga barham berishi, shubhasiz.

Zero, xalqaro huquqiy maydonda vatanimiz manfaatlarini himoya qiladigan malakali huquqshunoslar tayyorlash ham nihoyatda dolzarb. Bundan tashqari, ma'muriy boshqaruv tizimi, moliya va bank, sog'liqni saqlash, ta'lim, qurilish, axborot

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 8 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

texnologiyalari, sport va boshqa sohalardagi huquqshunoslarga mavjud ehtiyoj Prezidentimiz farmonida belgilangan vazifalarning nechog'lik muhimligini bildiradi.

Ayni kunda yuridik kadrlarni tayyorlashga buyurtma shakllantirishning yangi tartibi ustida ish olib borilmoqda. Toshkent davlat yuridik universiteti, yuridik fakul tetlar va yuridik texnikumlarga qabul parametrlarini davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, turli mulkchilik shaklidagi tashkilotlar, shu jumladan, tadbirkorlik sub'ektlarida joriy va istiqboldagi yuridik kadrlarga bo'lgan ehtiyojni hisobga olib, har bir hudud, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalar kesimida tahlil qilish asosida shakllantirish ishlari olib borilmoqda.

Bu kabi tadbirlar mehnat bozori talablarini son va sifat jihatdan to'la qondirish, bo'shliqlarni to'ldirish imkonini beradi. Raqobatni yuzaga keltiradi. YUrist degan diplomi bor, bitta stolni egalladi, bo'ldi, degan tushunchalardan voz kechiladi. Huquqshunoslarning xalqimizning huquqlari kafolati yo'lida yanada samaraliroq faoliyat yuritishini ta'minlaydi.

Barchamizga ma'lumki, azaldan fuqarolik jamiyatida huquq sohasini isloh qilish va sifatli yuridik xizmatni yo'lga qo'yish davlatning dolzarb masalalaridan biri bo'lib kelgan. Hozirda ham huquqiy demokratik davlat qurishimiz hamda erkin fuqarolik jamiyati barpo etishimizda bevosita yuridik ta'lim va fan asosiy mexanizmlardan biri bo'lib qolmoqda. Yuridik ta'lim va fan xususida so'z yuritar ekanmiz, bu ta'lim qamrovi faqat huquqshunoslar bilan cheklanibgina qolmasdan jamiyat barcha a'zolariga tegishlidir. Demokratik davlatda ijtimoiy munosabatlar aslida huquqiy mezonlar asosida shakllanib borishini nazarda tutadigan bo'lsak, jamiyatimizda yuridik ta'lim va fanni ahamiyati naqadar ustuvorligiga amin bo'lamiz. O'zbekiston Respublikasida yuridik ta'lim va fanni tubdan takomillashtirish hamda unga innovatsion ruh bergan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining sohaga oid so'nggi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasi Qarorlarining qabul qilinishi bugungi davr talabidan kelib chiqqan muhim qadam bo'ldi.

O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha "Harakatlar strategiyasi"ning ikkinchi ustuvor yo'nalishi "Qonun ustuvorligini ta'minlash va sudhuquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo'nalishlari"da aholining huquqiy madaniyati va ongini yuksaltirish, yuridik yordam va xizmat ko'rsatish tizimini takomillashtirish, davlatimiz rahbarining "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi3 farmonida oliy ta'lim tizimining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xalqaro miqyosda tanilishi va raqobatbardoshligini ta'minlash kabi ustuvor vazifalar belgilab berilgan edi. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan "O'zbekiston Respublikasida

201

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 8 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

yuridik ta'lim va fanni tubdan takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Farmonining ayni vaqtda imzolangani bejiz emas. Mazkur Farmon mamlakatimizda milliy yuridik ta'limning samaradorligini oshirishga, yuqori malakali mutaxassis-huquqshunoslarni tayyorlashga, yuridik fanni rivojlantirishga to'sqinlik qilayotgan qator tizimli muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan. Avvalo, milliy yuridik ta'lim samaradorligi xususida so'nggi yillarda bir qator amaliy ishlar amalga oshirilayotgani yurtdoshlarimizda huquqiy madaniyat yuksalayotganidan dalolat bermoqda. Mazkur farmon bilan tanishib chiqarkanmiz maqsad yuridik ta'lim va fanni takomillashtirish negizida qonun ustuvorligiga erishish chinakam huquqiy davlat - yangi O'zbekistonni barpo etishdir. Bunday jamiyatni huquqiy madaniyatli har bir hatti-harakati huquqqa asoslangan shaxslargina tashkil etishi barchamizga ma'lumdir.

Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyevning Farmoni bilan tasdiqlangan "Jami yatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Konsepsiyasi"10 ijrosi yuzasidan, yoshlarga o'z huquqlarini himoya qilishning amaliy mexanizmlarini o'rgatishga qaratilgan "Street law" guruhi tashkil etilgan edi. Ushbu o'tgan vaqtda aynan yuridik universitet hamda yuridik texnikumlarning faol talaba-o'quvchilari ushbu guruhlarga jalb etilmoqda. Yuridik universiteti va texnikum yoshlaridan tashkil topgan "Street law" hamda "Adolat qanotlari" volontyorlik guruhi a'zolari guruh kordinatorlari boshchiligida viloyat adliya boshqarmasi, viloyat prokuraturasi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda aholining ayniqsa maktab o'quvchilarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir targ'ibot ishlarini olib bormoqda.

Yuridik texnikumlarning eng asosiy vazifasi TDYU ga talaba yetkazib berish emas, balki hududlardagi tashkilot, korxona va muassasalarda o'rta maxsus ma'lumotli huquqshunos kadrlar bilan ta'minlanlash hisoblanadi. Shuning uchun texnikum bitiruvchi kurs o'quvchilarining aksariyat qismi notarius yordamchisi, FHDYO bo'limi inspektori, Davlat xizmatlari markazi mutaxassisi, davlat ijrochisi, arxivator kabi mutaxassisliklarda ishlashni asosiy maqsad sifatida qarashmoqda.

Qolaversa, mazkur qaror yuridik texnikum bitiruvchilari uchun OTM "yurisprudensiya" yo'nalishining 2-kursiga tavsiya etilishlari uchun aniq tartibqoidalarini belgilab berdi. Unga ko'ra bitiruvchi kurs o'quvchisiga bir nechta talablar qo'yildi. Xususan texnikum o'quvchilariga har bir fan bo'yicha o'zlashtiri sh ko'rsatkichi reyting natijalari bo'yicha 71 va undan ortiq foizni tashkil qilishi kerak (o'quvchi sirtqi yoki masofaviy ta'lim shakllarida o'qiganda 85 va undan ortiq foizni tashkil qilishi kerak), chet tilini B2 va undan yuqori darajada bilishini tasdiqlovchi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 8 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

sertifikatga ega bo'lishi, ma'naviy-ma'rifiy va jamoat ishlari, loyihalar va tanlovlarda faol ishtirok etishi hamda ichki tartib-qoidalarga, odob-axloq qoidalariga rioya etishi kerak bo'ladi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, birinchidan, huquqshunoslarimizning mantiqiy fikrlanishini yanada oshirish hamda yuridik ta'limni yangi bosqichga chiqarishda ta'lim muassasalarimizda noan'anaviy usullaridan ko'proq foydalanish kerak. Masalan AQSh huquq ta'limida professor "Sokrat usuli" (Socratic method) deb ataladigan dars berish usulidan ko'p foydalanadi. Ushbu usulga ko'ra, professor darsda ma'ruza o'qish o'rniga talabalarga mavzu bo'yicha savollar berish yordamida jonli bahs yuritishga jalb qiladi. Albatta, bunday dars berish uslubidan samarali foydalanish uchun talabalar yangi o'tiladigan ma'ruzaga tegishli materiallarni oldindan o'qib, tahlil qilib chiqqan bo'lishi kerak.

Buning uchun professor talabalarga oldindan o'qishlari kerak bo'lgan mavzu, tegishli adabiyot va ulardagi betlar va boshqa qo'shimcha materiallarni beradi. Professorning dars davomida savollari ham shu o'quv materiallariga tayanadi. AQSh huquq ta'limi mantiq asoslariga tayanadi. Masalan, AQShdagi abituriyentlar universitet huquq bo'limiga kirish uchun LSAT (Law school admission test) deb nomlanadigan test topshirishlari kerak bo'ladi. Ushbu test taxminan 100 ta savoldan iborat bo'lib, odatda 2 soatcha davom etadi. Savollarning deyarli barchasi abituriyentning mantiq asoslari bo'yicha bilmini sinaydi. Mantiq asoslariga tayanish huquq bo'limiga o'qishga kirgandan keyin ham davom etadi. Afsuski, O'zbekistoda huquqshunos talabalarga mantiq asoslaridan dars berish yo'lga qo'yildiyu, bu fan sekin-asta o'quv dasturidan olib tashlandi. Shuning uchun talabaning o'zi bu ilmni egallash uchun mantiq asoslari bo'yicha OTM larda o'quv kursini tiklash kerak.

Talabalarimiz esa hech bo'lmaganda ushbu kursdan kerakli qo'llanma topib, eng kamida xulosa chiqarishning deduktiv (asosan sillogizmlar) va induktiv (asosan analogiyalar) ko'rinishlarini o'rganib chiqishi kerak. Shu bilan birga, mantiqiy xulosa chiqarishdagi xatolarni (ingliz tilida "fallacy" deb ataladi) o'rganishlari kerak.

Ikkinchidan, TDYU magistraturasiga DTM tomonidan o'tkaziladigan test sinovlari asosida qabul qilinishi, bazaviy yuridik ma'lumotga ega bo'lgan shaxslar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda masofaviy, sirtqi va kechki o'qitish dasturlarini joriy etilishi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni ko'pgina yoshlarimiz uchun imkoniyatlar eshigini ochib berdi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 8 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Ammo bo'lajak huquqshunoslarimiz yoki ayni vaqtda tahsil olayotgan kadrlarimiz huquqiy bilimni yodlashga harakat qilishadi. Xorijiy universitetlarda esa, kodeks va qonun moddaralarini yod bilishga uncha ahamiyat berilmaydi. Yod olishdan ko'ra tushunish, tahlil va to'g'ri tatbiq qilish zarurroq hisoblanadi.

Uchinchidan, so'nggi 20 yillikni tahlil qiladigan bo'lsak, oliy yuridik ma'lumotga ega bitiruvchilarining katta qismi asosan huquq-tartibot organlarida faoliyat yuritishni maqsad qilib olgan. Bu esa sud tizimida, oliy va professional ta'lim tizimida, nodavlat-notijorat tashkilotlar faoliyatida va yuridik tashkilotlarda huquqshunos kadrlarning sezilarli ravishda yetishmasligini keltirib chiqardi. Birgina misol, hozirda O'zbekistonda 4 mingga yaqin advokatlar orasida 100 ga yaqini 30 yoshgacha bo'lgan yoshlardir. O'zbekistonda 8250 nafar fuqaroga 1 ta advokat to'g'ri keladi. Bu ko'rsatkich AQSHda 256 nafar, Italiyada 260 nafar qo'shni Qozog'istonda 4000 nafar fuqaroga to'g'ri keladi. Odatda advokatlar bir vaqtnning o'zida ta'limda o'qituvchilik va yuridik tashkilotda huquqshunoslik kasbini ham amalga oshirib keladi. OTM da va yuridik texnikumlarda esa oliy ma'lumotli huquqshunoslarning yetishmasligi o'rta bo'g'inda bulg'usi mutaxassislarni tayyorlash imkoniyatini kamaytirmoqda. Shuning uchun, yuridik texnikumlarda uzluksiz kamida 3 yil faoliyat yuritgan o'qituvchilarining TDYU magistraturasiga imtihonsiz qabul qilinishlari va ularning kelajakda kamida 3 yil u yerda dars berish majburiyatini olishi, o'rta-maxsus yuridik muassasasida kadrlar yetishmasligini oldini olishga qaratilgan aqlli innovatsion yechim sifatida qaralmoqda.

To'rtinchidan, yurtboshimizning "O'zbekiston Respublikasida yuridik ta'lim va fanni tubdan takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tizimidagi ta'lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Qarori yuridik sohani isloh qilishning yangi davrini boshlab berishga zamin yaratdi. Mazkur hujjatlar zamirida kelajakda jahon hamjamiyatida mustahkam o'rin egallaydigan, fuqarolik jamiyatimiz rivojlanishini yangi bosqichga ko'taradigan yuridik kadrlar yetishib chiqadi desak adashmagan bo'lamiz. O'zbekistonda huquqshunoslik bo'yicha bakalavr darajasini qo'lga kiritgandan keyin xorijiy universitetlarining birida magistr va yoki doktorlik darajasini qo'lga kiritish uchun tahsil olishning ko'pgina foydali tomonlari bor. Shu maqsadda bakalavr bitiruvchilarimiz hamda yuridik texnikum bitiruvchilarini chet el universitet hamda texnikumlariga talaba almashinish hamda ko'proq kvota ajratilishini kuchaytirish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 8 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4947 sonli "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi farmoni, 2017 yil 7-fevral;

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29-apreldagi "O'zbekiston Respublikasida yuridik ta'lim va fanni tubdan takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-5987 sonli Farmoni;

3. Prezidentning 2020 yil 19 maydagi "Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to'g'risida"gi PF5997-sonli Farmoni;

4. Vazirlar Mahkamasining 2021 -yil 22-noyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tizimidagi ta'lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi 705-sonli Qarori;

5. Vazirlar Mahkamasining 2021 -yil 6-apreldagi "Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo'yicha tayyorlash tizimini yanada takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" 189-son Qarori;

6. Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi ta'lim muassasalarida kredit-modul tizimini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida" 2021 -yil 10-iyundagi 359-son qarori;

7. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2022-yil 28-yanvardagi "2022 - 2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-son Farmoni.

8. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4947 sonli "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi farmoni, 2017 yil 7-fevral.

9. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8-oktyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi farmoni.

10. https://xs. uz/uz/post/toshkent-davlat-yuridik-universiteti-dunyoning-top-500- olijgohlari-rojkhatiga-kirdi

11. https://tsul.uz/uz/general-page/sovmestnie-obrazovatelynie-programmi

12. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi "O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari faoliyatini takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 677-sonli .

13. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tizimidagi ta'lim muassasalari faoliyatini

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 8

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi 705-sonli qarori.

14. https://blogs.voanews.com/uzbek/talabalar-

shaharchasi/2011/08/07/ozbekistonda- yuridik-talim-muammolar-va-ularning-yechimi/

15. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2019 yil 9 yanvardagi PF-5618-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan "Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Konsepsiyasi".

16. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2018 yil 13-apreldagi "O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-3666-son qarori.

17. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2022-yil 28-yanvardagi "2022 - 2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-son Farmoni.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.