Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO TASHKILOTLAR TOMONIDAN TA’SIS ETILGAN IJTIMOIY-IQTISODIY VA INSON HUQUQLARI SOHALARIGA TAALLUQLI REYTINGLARDAGI O‘RNINI YAXSHILASH'

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO TASHKILOTLAR TOMONIDAN TA’SIS ETILGAN IJTIMOIY-IQTISODIY VA INSON HUQUQLARI SOHALARIGA TAALLUQLI REYTINGLARDAGI O‘RNINI YAXSHILASH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1144
47
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
inson huquqlari va erkinliklari / islohotlar / O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi / Harakatlar strategiyasi. / human rights and freedoms / reforms / National Strategy of the Republic of Uzbekistan / Strategy of Actions.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Sh. Xamdamova, D. Dilmurodov, J. Imamov

Maqola O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlarini ta’minlash borasidagi islohotlar, xususan, iqtisodiy va siyosiy-huquqiy reytingi hamda uning indekslardagi mavqeyini yaxshilash maqsadida olib borilayotgan ishlar va Inson huquqlari bo‘yicha Milliy strategiyadagi qo‘yilgan vazifalarni ochib berishga bag‘ishlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVEMENT OF THE POSITION OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN IN THE SOCIO-ECONOMIC AND HUMAN RIGHTS AREAS ESTABLISHED BY INTERNATIONAL ORGANIZATIONS

The article is devoted to the reforms in the Republic of Uzbekistan for the provision of human rights, in particular, the work carried out in order to improve its economic and political-legal rating and its position in the indices, and the tasks set in the National Strategy for Human Rights.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO TASHKILOTLAR TOMONIDAN TA’SIS ETILGAN IJTIMOIY-IQTISODIY VA INSON HUQUQLARI SOHALARIGA TAALLUQLI REYTINGLARDAGI O‘RNINI YAXSHILASH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO TASHKILOTLAR TOMONIDAN TA'SIS ETILGAN IJTIMOIY-IQTISODIY VA INSON HUQUQLARI SOHALARIGA TAALLUQLI REYTINGLARDAGI O'RNINI YAXSHILASH Xamdamova Shirin Mirzayuldashevna

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti "Xalqaro huquq va ommaviy-huquqiy fanlar" kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar bo'yicha falsafa doktori (PhD) Dilmurodov Dilmurod Dilshodjon o'g'li

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro munosabatlar fakulteti 3-bosqich talabasi

Imamov Javoxir Fayozovich Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti 2-

bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7233630 Annotatsiya. Maqola O'zbekiston Respublikasida inson huquqlarini ta'minlash borasidagi islohotlar, xususan, iqtisodiy va siyosiy-huquqiy reytingi hamda uning indekslardagi mavqeyini yaxshilash maqsadida olib borilayotgan ishlar va Inson huquqlari bo'yicha Milliy strategiyadagi qo'yilgan vazifalarni ochib berishga bag'ishlangan.

Kalit so'zlar: inson huquqlari va erkinliklari, islohotlar, O 'zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi, Harakatlar strategiyasi.

УЛУЧШЕНИЕ ПОЛОЖЕНИЯ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН В СОЦИАЛЬНО-ЭКОНОМИЧЕСКОЙ И ПРАВОЗАЩИТНОЙ СФЕРАХ, УСТАНОВЛЕННЫХ МЕЖДУНАРОДНЫМИ ОРГАНИЗАЦИЯМИ Аннотация. Статья посвящена проводимым в Республике Узбекистан реформам по обеспечению прав человека, в частности работе, проводимой в целях повышения ее экономического и политико-правового рейтинга и позиций в индексах, а также задачам, поставленным в Национальная стратегия прав человека.

Ключевые слова: права и свободы человека, реформы, Национальная стратегия Республики Узбекистан, Стратегия действий.

IMPROVEMENT OF THE POSITION OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN IN THE SOCIO-ECONOMIC AND HUMAN RIGHTS AREAS ESTABLISHED BY

INTERNATIONAL ORGANIZATIONS Abstract. The article is devoted to the reforms in the Republic of Uzbekistan for the provision of human rights, in particular, the work carried out in order to improve its economic and political-legal rating and its position in the indices, and the tasks set in the National Strategy for Human Rights.

Keywords: human rights and freedoms, reforms, National Strategy of the Republic of Uzbekistan, Strategy of Actions.

KIRISH

O'zbekiston Respublikasida inson huquqlarini ta'minlash eng dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Bu sohada ilk qadam 1948-yil 10-dekabrda qabul qilingan Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasining O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanganligi bo'ldi. Shundan so'ng, Inson huquqlari va erkinliklarini muhofaza qilishning ta'sirli vositasini barpo etish, xalqaro tashkilotlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikni kengaytirish, davlat muassasalari xodimlari va aholining inson hu quqlari bo'yicha

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

madaniyatini oshirish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari va boshqaruv tizimini demokratiyalashni qo'llab-quvvatlash dasturiga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 31-oktabrdagi Farmoni bilan Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi tuzilishi mamlakatimizda inson huquqlarini himoya qilishning institutsional mexanizmi bo'ldi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Bugun esa O'zbekiston o'z mustaqil taraqqiyotining sifat jihatdan yangi bosqichi yo'lida jahonning ko'plab mamlakatlari va yirik xalqaro tashkilotlari bilan turli sohalarda hamkorlik qilib kelmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan tinchlik va barqaror taraqqiyotni ta'minlash yo'lidagi hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanib, faollashib bormoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil sentabr oyida Nyu-Yorkda o'tgan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi ishtiroki va ushbu tashkilot yuqori minbaridan turib ilgari surgan qator muhim tashabbuslari mamlakatimiz bilan BMT o'rtasidagi hamkorlikning yangi bosqichini boshlab bergan edi. Davlatimiz rahbari 2020-yilda Oliy Majlisga yo'llagan Murojaatnomasida BMT va boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlar doirasida ko'p tomonlama hamkorlikni jadallashtirishni davom ettirish zarurligini ta'kidlab, O'zbekistonning 2021-2023-yillar mobaynida tashkilotning Inson huquqlari bo'yicha kengashiga a'zo bo'lishi masalasini ilgari surgani edi va 2020-yil 13-oktabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi sessiyasida bo'lib o'tgan saylovlarda O'zbekiston milliy davlatchiligimiz tarixida ilk bor BMTning Inson huquqlari bo'yicha kengashi a'zoligiga uch yil muddatga - 2021-2023-yillarga saylandi. O'zbekistonda inson huquqlarini rag'batlantirish, himoya qilish va ularga rioya qilish masalalari davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi.

Mamlakatda inson huquqlarini ta'minlash va ushbu sohaga taalluqli reytinglardagi o'rnini yaxshilash borasida ko'plab sa'y-harakatlar qilinishiga qaramasdan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklar tufayli O'zbekiston Respublikasi inson huquqlari sohasida dunyo miqyosida yuqori reytingga ega bo'la olmagan. Lekin, so'nggi yillarda mamlakatda ko'plab sohalar qatori ushbu yo'nalishda ham ko'plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Jamiyatda gender tengligini ta'minlash, Jasliq qamoqxonasining yopilishi, majburiy va bolalar mehnatining to'liq tugatilishi mamlakatimizda inson manfaatlari ta'minlanishiga ham zamin yaratadi.

Hozirda O'zbekiston Respublikasi inson huquqlari bo'yicha 80 dan ortiq xalqaro hujjatlarga, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlari sohasidagi 9 ta asosiy konvensiyadan 6 ta asosiy shartnomasiga va 4 ta fakultativ protokoliga qo'shilgan ishtir okchi-davlatlardan biri bo'lib, ularning amalga oshirilishi yuzasidan BMTning Inson huquqlari bo'yicha kengashi va shartnomaviy qo'mitalariga muntazam ravishda milliy ma'ruzalarni taqdim etib kelmoqda. Mamlakatimizni 2017-2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi doirasida o'tgan davr mobaynida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etishga qaratilgan 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari qabul qilingan bo'lsa, endilikda keng jamoatchilik muhokamasi natijasida "Harakatlar strategiyasidan - Taraqqiyot strategiyasi sari" tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan hamda yettita ustuvor yo'nalishdan iborat 2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni "Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi. Jahon miqyosidagi murakkab jarayonlarni va mamlakatimiz bosib o'tgan taraqqiyot natijalarini chuqur tahlil qilgan

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

holda keyingi yillarda "Inson qadri uchun" tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya qilish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, inson huquqlari va manfaatlarini so'zsiz ta'minlash hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlarning ustuvor yo'nalishlari belgilandi. Inson huquqlari bo'yicha xalqaro standartlar milliy qonunchilikka va huquqni qo'llash amaliyotiga tizimli hamda bosqichma-bosqich implementatsiya qilinmoqda. O'zbekiston tomonidan inson huquqlari va erkinliklari sohasida ratifikatsiya qilingan xalqaro hujjatlar normalari milliy qonunchilikka tadbiq etilmoqda.

Shu bilan birga, inson huquqlari sohasida uzoq muddatli strategiyaning qabul qilinishi nafaqat ushbu sohada davlat siyosatining samarali amalga oshirilishiga, inson huquqlari va erkinliklariga hurmat munosabati shakllanishiga, mamlakatning xalqaro maydondagi obro'si yanada mustahkamlanishiga, shu jumladan, O'zbekiston Respublikasining iqtisodiy va siyosiy -huquqiy reyting hamda indekslardagi mavqeyini yaxshilashga ham xizmat qiladi.

TADQIQOT NATIJALARI

Shu o'rinda ushbu sohada mavjud quyidagi muammolar saqlanib qolayotganligini ko'rsatadi:

Birinchidan, inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish faoliyatini ta'minlashning mexanizmlarini tartibga solishda hamda inson huquqlari bo'yicha xalqaro standartlarni qonunchilik va huquqni qo'llash amaliyotiga implementatsiya qilishdagi huquqiy bo'shliqlarni bartaraf etish zarur.

Ikkinchidan, davlat boshqaruvi organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining inson huquqlari sohasidagi faoliyatini o'zaro hamkorlikda amalga oshirishning aniq mexanizmlari ishlab chiqilmagan. Shu o'rinda inson huquqlari sohasida O'zbekistonning xalqaro majburiyatlari lozim darajada bajarilishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini ta'minlash tizimini yanada takomillashtirish zarur.

Uchinchidan, inson huquqlari sohasida davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatini huquqiy tartibga solish, bu sohada zarur dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirishning aniq tartibini belgilash lozim.

To'rtinchidan, sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan inson huquqlari bo'yicha xalqaro shartnomalar normalarini qo'llash amaliyotini yanada kengaytirish, ozod likdan mahrum qilish joylarida saqlanayotgan shaxslar huquqlariga rioya etilishini monitoring qilish tizimini takomillashtirish, shartnomaviy qo'mitalarning xabarlarini ko'rib chiqish yuzasidan qarorlarni bajarishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish hamda jamiyatda inson huquqlari va erkinliklariga hurmat hissining shakllanishi, xalqaro va mintaqaviy mexanizmlar tavsiyalarining to'liq bajarilishi uchun sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa davlat organlari xodimlarining inson huquqlari bo'yicha malakasini oshirish ishlarini tizimli yo'lga qo'yish zarur.

Beshinchidan, insonning shaxsiy, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy huquqlari va erkinliklarini ta'minlash kafolatlarini kuchaytirish, jumladan mazkur huquqlarni poymol qilganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish talab etiladi.

Shu munosabat bilan, quyidagi maqsad va vazifalar hamda asosiy yo'nalishlarni nazarda tutuvchi Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini amalga oshirish alohida ahamiyat kasb etmoqda. 2021-yilning 22-fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT Inson huquqlari bo'yicha kengashining 46-sessiyasida so'zlagan nutqida quyidagi vazifalarga batafsil to'xtalib o'tdi:

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Birinchidan, insonning asosiy huquq va erkinliklarini ta'minlash O'zbekistondagi islohotlarda eng muhim o'rinda turadi. 2030-yilgacha mo'ljallangan Barqaror rivojlanish maqsadlari mamlakatimizda har bir insonning huquq va qonuniy manfaatlarini ta'minlashni ko'zda tutadigan "hech kimni e'tibordan chetda qoldirmaslik" tamoyili asosida amalga oshiriladi.

Ikkinchidan, gender siyosati masalalari borasida mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida va ishbilarmonlik sohasida ayollarning rolini tubdan oshirishga qaratilgan ishlarni qat'iy davom ettiriladi.

Uchinchidan, alohida ehtiyojga ega bo'lgan shaxslarning huquqlarini ta'minlashga jiddiy e'tibor qaratiladi.

To'rtinchidan, aholimizning yarmidan ko'pini tashkil etadigan yoshlar huquqlarini himoya qilish doimo e'tibor markazida ekani, majburiy mehnat va bolalar mehnatiga barham berish bo'yicha katta ishlarni amalga oshirilgani va Shu bilan birga, Prezident tomonidan so'nggi davrda Yangi O'zbekistonning bu sohadagi yutug'i sifatida e'tirof etildi.

Beshinchidan, "Inson huquqlari sohasida ta'lim" deklaratsiyasining 10 yilligiga bag'ishlab biz Oliy komissar boshqarmasi bilan birgalikda global forum o'tkazishni taklif etayotganimiz,

Oltinchidan, birgina 2020-yilning o'zida 50 ming nafar vatandoshimiz O'zbekiston fuqaroligiga qabul qilingani, bu yil yana 20 mingdan ziyod kishi fuqarolikka ega bo'lgan.

MUHOKAMA

Bugungi kunda jamiyatimizda gender tengligini ta'minlash oldimizga qo'yilgan eng muhim vazifalardan biridir. 2019-yil 2-sentabrdagi "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining qa bul qilinishi, O'zbekiston Respublikasi Gender komissiyasining tashkil etilishi, ayollarning hozirda turli mas'ul rahbarlik lavozimlariga tayinlanishi, Bugungi kunda parlamentda xotin-qizlar soni BMT tomonidan belgilangan tavsiyalarga mos darajada bo'lib, 32 foizni tashkil etishi hamda xotin-qizlarning boshqaruv lavozimidagi ulushi 27 foiz, siyosiy partiyalarda esa 44 foizga yetganligi yurtimizda gender tengligini ta'minlash orqali inson huquqlari sohasida reytinglardagi o'rnini yaxshilashga asos bo'lib kelmoqda.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, Yangi O'zbekistonning demokratik o'zgarishlarga sodiqligini namoyish qilish, yurtimizda kechayotgan ulkan o'zgarishlar va yangilanishlar davrida avvalo inson huquqlarini himoya qilish va rag'batlantirish, ushbu sohadagi xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar bilan hamkorlikni yangi bosqichga ko'tarish milliy staregiyamizning birlamchi vazifalaridan biridir.

REFERENCES

1. O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi veb-sahifasi (www.mfa.uz)

2. Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi to'g'risidagi qonun-hujjati (www.lex.uz)

3. www.gazeta.uz

4. "BMT Ustav va Shartnomaviy Organlarining tavsiyalarini O'zbekiston Respublikasida amalga oshirilishiga ko'maklashish loyiha maqsadlari" (www.uz.undp.org.)

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

5. O'zbekiston - BMT: inson huquqlarini himoya qilish yo'lidagi mustahkam hamkorlik (www.xs.uz)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.