Научная статья на тему 'O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO HUQUQ NORMALARINI YARATISHDAGI ISHTIROKI'

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO HUQUQ NORMALARINI YARATISHDAGI ISHTIROKI Текст научной статьи по специальности «Политологические науки»

CC BY
3167
288
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xalqaro huquq / norma / konvensiya / xalqaro tashkilotlar / imperative / mintaqa / universal. / international law / norm / convention / international organizations / imperative / region / universal.

Аннотация научной статьи по политологическим наукам, автор научной работы — Boboyorov, Marat Ochilovich, Ochilov, M.M.

Maqolada xalqaro huquq normalariga asoslangan tushincha berilgan bo’lib, unda O’zbekiston Respublikasining xalqaro huquq normalarini yaratishdagi ishtiroki birinchi Prezidentimiz Islom Karimov nutqlari xalqaro huquq to’grisida bildirgan fikrlari va Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Jeneva shahrida so’zlagan nutqlari va rejalari hamda Oliy majlisning inson huquqlari raisi Akmal Saidovning ham fikr va mulohazalari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PARTICIPATION OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN IN THE CREATION OF INTERNATIONAL LAW NORMS

The article provides an understanding based on the norms of international law, in which the participation of the Republic of Uzbekistan in the creation of norms of international law, the opinions of the first President Islam Karimov on international law and the speeches and plans of the Honorable President Shavkat Mirziyoyev in Geneva, as well as the plans of the Oliy Majlis Akmal Saidov, Chairman of the Rights Committee, also commented on his views.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO HUQUQ NORMALARINI YARATISHDAGI ISHTIROKI»

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO HUQUQ NORMALARINI YARATISHDAGI ISHTIROKI

Boboyorov Marat Ochilovich

Ichki ishlar vazirligi 2-sonli Toshkent akademik litseyi o'qituvchisi,

Ochilov M.M.

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabasi

Maqolada xalqaro huquq normalariga asoslangan tushincha berilgan bo 'lib, unda O 'zbekiston Respublikasining xalqaro huquq normalarini yaratishdagi ishtiroki birinchi Prezidentimiz Islom Karimov nutqlari xalqaro huquq to 'grisida bildirgan fikrlari va Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Jeneva shahrida so 'zlagan nutqlari va rejalari hamda Oliy majlisning inson huquqlari raisi Akmal Saidovning ham fikr va mulohazalari yoritilgan.

Kalit so'zlar: xalqaro huquq, norma, konvensiya, xalqaro tashkilotlar, imperative, mintaqa, universal.

Mamlakatimiz birinchi Prezidenti Islom Karimov O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo'shma majlisida «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» yuzasidan qilgan ma'ruzasida shunday degan edi: «Mamlakatimizni demokratik yangilashning bugungi bosqichdagi eng muhim yo'nalishlaridan biri bu -qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, shaxs huquqi va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish va liberallashtirishdan iboratdir. Bir so'z bilan aytganda, yurtimizda huquqiy davlat asoslarini yanada takomillashtirish va aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish biz uchun hal qiluvchi vazifa bo'lib qolmoqda. XXI asr insoniyat jamiyati hayotining baynalminallashuvidek tarixiy qonuniyatning kuchayish harakati bilan ajralib turadi. Davlat chegaralarining mavjudligi va har xilligiga qaramay, yagona xalqaro jamiyatda mamlakatlarning o'zaro aloqalari o'sib bormoqda. Xalqaro munosabatlar nafaqat davlatlar hayotiga, balki har bir alohida odamga ham katta ta'sir ko'rsatmoqda. Xalqaro munosabatlar tizimi huquqning muayyan sohasi xalqaro huquq bilan tartibga solinadi. U ko'p yoki oz darajada davlatlarning, jismoniy va yuridik shaxslarning turli-tuman aloqalariga ta'sir qiladi. Xalqaro huquqning milliy huquq va davlat ichki hayotiga ham ta'siri kuchaymoqda. Shu bois, xalqaro huquqni bilish nafaqat xalqaro munosabatlar bilan bevosita shug'ullanuvchi

ANNOTATSIYA

KIRISH

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

mutaxassislar, balki jahon siyosati va iqtisodiyotida, tadbirkorlikda yo'l topish, oddiy fuqarolar va sayyohlar uchun ham ancha ahamiyatli bo'lib bormoqda. Xalqaro huquq normalari asta-sekin milliy huquqiy tizimning bir qismiga aylanib bormoqda, uning asoslarini bilish jismoniy va yuridik shaxslarning o'z huquqlarini mamlakat ichida himoya qilishlari uchun zarurdir. Afsuski, xalqaro huquqiy bilimlar darajasi nihoyatda past. Turli davlatlarning huquqni amalga oshiruvchi organlari milliy huquqiy tizimda xalqaro normalarning yangi vazifasiga tayyor emasligini alohida ta'kidlash lozim. Xalqaro huquqiy sohada tayyorgarlikning past darajadaligi aksariyat mamlakatlarning yuristlari uchun xosdir. O'zbekistonda ham bu muammo dolzarb bo'lib turibdi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Yuridik oliy o'quv yurtlarida xalqaro huquq kursi asosan umumiy ta'lim sifatida o'qitilar edi. Boshqa yuridik fanlar o'qitilayotganda, muayyan huquq sohasining xalqaro huquq bilan bog'liqligi amalda e'tiborga olinmas edi. Shuning uchun milliy huquqning xalqaro huquq bilan o'zaro aloqasi masalalarini yorituvchi o'quv adabiyotlarini tayyorlash hozir juda muhim hisoblanadi. Shu bilan birga, asosiy e'tiborni amaliyotchi yuristlar uchun katta ahamiyatga ega bo'lgan, masalan, xalqaro iqtisodiy huquq, xalqaro jinoyat huquqi va boshqa xalqaro huquq sohalariga qaratish maqsadga muvofiqdir. Barcha yuristlarni juda murakkab, ko'p sohali tizimga aylangan xalqaro huquq bo'yicha mutaxassisga aylantirish masalasini qo'yish xayoliy bo'lib qolardi. Bugun hatto xalqaro yurist ham xalqaro huquqning hamma sohasi bo'yicha mutaxassis bo'la olmaydi. Shuning uchun bizning vazifamiz shundan iboratki, milliy huquq sohasi mutaxassislariga muayyan masalalarni hal qilishga imkon beradigan tegishli manbalarni topishda va boshqalarda xalqaro huquq asoslarini bilishlari uchun ko'maklashishdir. Shuningdek, ta'kidlash zarurki, hatto xalqaro huquqning alohida sohasini mufassal bilish ham, nazariy jihatdan asossiz bo'lib, uni to'g'ri tushunishni kafolatlamaydi. Shu bois, ushbu ma'ruzalar kursida muayyan sohada yo'l topish uchun zarur bo'lgan umumiy va maxsus qismlariga alohida e'tibor berilgan. Xalqaro huquqning o'ziga xos tabiatini bilib olgach, uning u yoki bu sohasini qiyinchiliksiz o'zlashtirish, umumiy prinsiplar bilan sohaga oid normalarning o'zaro aloqasini hisobga olish, yangi hodisalarda yo'l topish mumkin. Ko'p yillar davomida «Xalqaro huquq» kursi umumiy ta'lim xususiyatiga ega bo'lib, ichki huquq doirasida band bo'lgan amaliyotchi yuristlar faoliyatiga to'g'ridan to'g'ri bog'liq emas edi. Endilikda xalqaro huquq har qanday ixtisoslikdagi yurist uchun alohida ahamiyatga ega. Shuning uchun xalqaro huquqqa amaliy nuqtai nazardan qarash, uni o'rganish va o'qitish tobora katta ahamiyatga ega bo'lmoqda. Nafaqat xalqaro yurist, balki konstitutsiyaviy, ma'muriy, fuqarolik, jinoiy, oilaviy va boshqa

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

ichki davlat huquqi sohalarida ishlovchilarning ehtiyojini ham hisobga olish zarur. Xalqaro huquqqa faqat kasbiy nuqtai nazardan qarash noto'g'ri bo'lgan bo'lardi. Xalqaro huquq - ko'p asrlik baynalminal aloqaviy tajribani gavdalantiruvchi, insoniyatning umumiy madaniy merosining, umuminsoniy madaniyatning muhim elementidir. U baynalminal ong rivojiga, odamlarni barcha millatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga ko'maklashadi. Shu yo'nalishda xalqaro huquqiy madaniyat milliy va etnik ziddiyatlarni bartaraf etishda katta ahamiyat kasb etadi. Xalqaro huquqni o'rganish shu qadar dolzarb bo'lmoqdaki, bunga BMT ham e'tibor bermoqda. Xalqaro huquqni o'rganish va o'qitishni rag'batlantirish, uning ahamiyatini tushunishga ko'maklashish hamda xalqaro huquqiy bilimlar ko'lamini kengaytirish, BMTning xalqaro huquq o'n yilligining (1990-1999) asosiy masalalaridan biridir. Xalqaro huquqiy bilimlarni o'rganish va tarqatish, o'qitishda yordam ko'rsatish bo'yicha BMTning Dasturi qabul qilingan. Ushbu ma'ruzaning yozilishida xalqaro tashkilotlar va aksariyat davlatlar amaliyotidagi dastlabki manbalardan foydalanilgan. Xalqaro huquqiy normalar talqinida muhim bo'lgan BMTning Xalqaro sudi qarorlariga alohida e'tibor berilgan. Albatta, ko'p hollarda O'zbekiston Respublikasining amaliyoti hisobga olingan. Xorijiy mamlakat olimlarining eng yangi asarlaridan foydalanilgan.

«Xalqaro huquq» tushunchasini aniqlash va unga ta'rif berish xalqaro huquq fanining eng muhim vazifalaridan biridir. Agar, davlat va huquq nazariyasi fani davlatlarning milliy huquqiy tizimiga xos bo'lgan hodisalarni o'rgansa, xalqaro huquq fani esa davlatlararo yoki kengroq ma'noda xalqaro munosabatlarga xos bo'lgan hodisa va jarayonlarning huquqiy xususiyatlarini ko'rib chiqadi. Xalqaro huquq bu - davlatlarning do'stlik va diplomatik munosabatlarini tartibga solib turuvchi prinsip va normalardan tashkil topgan alohida huquqiy tizimdir. Bundan tashqari, xalqaro huquqqa bir necha ta'riflar berilgan, ularning umumiy tushunchasini quyidagicha ifodalash mumkin: Xalqaro huquq - bu tinchlik va hamkorlikni ta'minlash maqsadida davlatlararo munosabatlarni tartibga soluvchi yuridik me'yorlar tizimidir. Xalqaro huquq g'oyat keng va turli tarmoqlarni o'z ichiga oluvchi alohida huquqlar tizimidir. Barcha milliy huquqiy tizimlarga xos bo'lgan huquqning asosiy xususiyatlari xalqaro huquqqa ham xosdir. U davlat idora xarakteriga ega bo'lib, muayyan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib turuvchi yuridik normalar tizimidan iborat. Bu normalarga rioya qilish zarur holatlarda davlat majburiyati orqali ta'minlanadi. Ichki davlat subyektlari jismoniy, yuridik shaxslar va davlat organlaridan iborat. Xalqaro huquq subyektlari esa, asosan ustidan hech qanday hukmronlik bo'lmagan suveren davlatlardan, xalqaro va davlatlararo tashkilotlar, mustaqillik uchun kurash olib borayotgan millatlar va xalqlardan iborat.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

Xalqaro huquq o'z harakat predmetiga ega. Bu davlatlararo munosabatlar, umuman olganda, xalqaro huquq tizimining barcha subyektlari o'rtasidagi munosabatlar. Xalqaro huquq normalari uning subyektlari tomonidan tuziladigan bitimlar orqali yaratiladi. Ichki davlat huquqi singari xalqaro huquq ham xalqaro normalarga rioya qilishni ta'minlash uchun davlat tomonidan majbur qilish usulining qo'llanishini ko'zda tutadi. Xalqaro huquqiy me'yorlarda milliy davlatlarning o'zaro munosabatlaridagi murakkab jarayonlar o'z aksini topadi. Ularning asosida shakllanayotgan, xalqlarning subyektiv xohish-irodasiga emas, balki ijtimoiy taraqqiyotning obyektiv omillariga mos keladigan huquqiy ong xalqaro huquqda o'z ifodasini topadi. Hozirgi zamon xalqaro huquqi Ikkinchi jahon urushidan keyin Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ustavi qabul qilinganidan so'ng yuzaga kelib, rivojlangan. Shu bois, «hozirgi zamon xalqaro huquqi» tushunchasi xalqaro munosabatlarning umum e'tirof etilgan tamoyillari va me'yorlari rivojlanishining yangi bosqichini aks ettirgan holda, xalqaro huquq harakatining xronologik doirasini belgilaydi. «Xalqaro huquq» atamasi xalqaro ommaviy huquqni bildiradi, undan xalqaro xususiy huquqni farqlab olish kerak.

Xalqaro huquq normalari. Xalqaro huquq manbaalari tushunchasi.Xalqaro odatlar. Xalqaro shartnomalar. Madaniyatli millatlar tomonidantan olingan xalqaro huquqning umumiy prinsiplari. Sud qarorlari. Xalqarohuquqiyta 'limot (doktrina).Huquq sohasida shakl alohida ahamiyatga ega. Qadimgi Rimda shunday deyilardi: forma legalis fonna essentialis (yuridik shakl muhim). Agarda xalqaro huquqni uning tartibga solayotgan munosabatlari bilan o 'zaro aloqasini ko'radigan boMsak, unda u davlatlararo munosabatlarning yuridik shakli sifatida yaqqol namoyon bo'ladi. o'zining nisbatan mustaqilligi imkoniyatidan kelib chiqib ushbu shakl davlatlararo munosabatlarga tartibga soluvchi ta 'simi ko'rsatadil. Xalqaro huquq normasi - bu subyektlaming kelishuvi asosida yaratilgan, ular uchun huquq va majburiyatlarni o 'rnatuvcht rasmiy qat'iy qoida bo'lib, uni amalga oshirish yuridik mexanizm bilan ta'minlanadi.Norma so 'zi lotin tilidan tarjima qilinganda qoida, yetakchi, asosiy qonun, namuna degan m a'nolami bildiradi. Norma xalqaro huquq binosini qurish uchun ishlatiladigan bo'lib xizmat qiladi. Uning alohida jihati huquqiy tizim elementlari ekaniigi bilan belgilanadi. Xalqaro huquq normasi deganda davlatlar, boshqa xalqaro huquqning subyektlari tomonidan yuridik jihatdan muqarrar sifatda tan olingan axloq (yurishturish) qoidalari tushuniladi. Xalqaro huquq normalarini, masalan, xalqaro huquq subyekti arming o 'zaro munosabatlari davomida ham rioya etiladigan odatlardan farqlash lozim. Agar xalqaro huquqiy normalar - bu yuridik jihatdan majburiy bo'lgan qoidalar bo'lsa, odatlar yuridik majburlikdan mahrum bo'lganidir. Xalqaro huquqiy normaiami buzish xalqaro-

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

huquqiy javobgarlikni keltirib chiqaradi, odat normalarini buzish esa bunday javobgarlikni keltirmaydi1.

Xalqaro huquq normalarining mazmuni davlatlar, boshqa xalqaro huquqning subyekllarining huquq va majburiyatlarini tashkil qiladi. o'zaro munosabatlarga kirishgan xalqaro huquqning subyektlari o 'z huquqlarini amalga oshiradilar hamda xalqaro huquqiy normalarda (o'rnatilgan majburiyatlarga ham ega boladilar. Xalqaro huquqiy norma mazmun mohiyatidan kelib chiqqan holda xalqaro huquq subyektlari

0 'zlarining xatti-harakatlari va xalqaro huquqning boshqa subyektlarining munosib harakatlari haqida o 'ylab ko 'radilar. Shu bilan birga, xalqaro huquqiy normalar xalqaro munosbatlar ishtirokchilarining xatti-harakatlarini tartibga soladi, ya'ni subyektiarning o 'zaro munosabatlarini tartibga soluvchi rolni bajaradi. Xalqaro munosabatlar tartibga solingan xalqaro-huquqiy normalar bilan birgalikda xalqaro-huquqiy xarakterga ega bo 'ladi. Xalqaro huquq subyektlari u yoki bu xalqaro-huquqiy munosabatlarda ishtirok etish bilan birga ular o'zlarining huquq va majburiyatlarini amalga oshiradilar. Shu bilan birga, quyidagi jihat e'tiborga molik: Shakllanayotgan butun dunyo huquqiy kompleksining tarkibiy qismi bo'lgan xalqaro huquq davlatlaming huquqiy tizimlarini, ya'ni davlatning ichki, milliy huquqiy tizimlarini o'z ichiga oladi. Bunda shunday nuqtayi nazar ta 'kidlanadiki, xalqaro huquqning ma'lum bir normalarining o 'zaro muvofiqlashuv va munosabatlar doirasida tartibga solishdagi ishtiroki albatta, davlatning huquqiy tizimi sohasida ham bevosita qollaniladi. Mazkur masala shundan dalolat beradiki, xalqaro huquq normalarining nafaqat davlatlararo- munosabatlar qoidalari sifatida lavsiflanadi, balki ularning o'z yurisdiksiyalari doirasidagi o 'zaro kelishtiv asosida qabul qilgan eng maqbul harakatlar qoidalari sifatida, shuningdek davlatlaming umumiy manfaatlari asosida boshqa subyektlarning maqomi va faoliyatiga taalluqli qoidalar sifatida tavsiflanadi.

Xalqaro huquq normalari - bu davlatlar va boshqa subyektlarning faoliyati munosabatlarining umummajburiy qoidalari hisoblanadi. Xalqaro huquqiy normalarning o'ziga xos xususiyati va tizimi uning tuzilishiga bog'liq. ko'pgina normalar faqat dispozitsiyadan iborat, sanksiyalar esa tizim asosida belgilanadi. Konkret sanksiya normalari qonun buzish holatlarida alohida shartnomalarda mustahkamlanadi.2

Malcolm D.Evans fikriga ko'ra, an'anaviy xalqaro huquqqa asosan ikki turdagi xalqaro huquqiy manbalar mavjud. Bular xalqaro huquqning moddiy va rasmiy

1 Лукашу к ИИ. Международное право. Общая часть. Учебник для студентов юридических факультетов и вузов. - Изд. 3-и доп. - М.: Волтере Клувср, 2005. - С. 25.

2 Международное праьо. Учебник для вузов. Ответственные редакторы — проф. Г. В. Игнатенко и проф. О.И. Тиунов. - М.: Издательская групла НОРМА-ИНФРА. - М., 1999. - С. 10

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

manbalaridir. Moddiy manba qoidalar aks etadigan hujjat hisoblanadi. Bularga shartnomalar, BMT Bosh Assambleyasining rezolyutsiyalari, Birlashgan Millatlar Xalqaro huquq komissiyasining takliflari va boshqa shu kabi hujjatlar kiritilishi mumkin. Xalqaro huquqning rasmiy manbasi esa davlatlar tomonidan huquqiy norma sifatida tan olingan qoidalar hisoblanadi. Xalqaro huquq normalari, avvalo, xalqaro huquq subyektlarining roziligi bilan yaratiladi. Rozilikni izhor etish shakli huquqni yaratish jarayoni kabi turlicha bo 'lishi mumkin. Rozilik berish tinch kel ishuv tarzida bo'lishi mumkin. Xalqaro-huquqiy normalar o'zining mazmun va shakliga ko'ra bir xil emas. Ularni quyidagicha asoslarga muvofiq tasniflash mumkin:

1. Yuridik kuchi bo'yicha:

- imperativ aniq, tushunarli axloq (yurish-turish)

chegaralari (me'yor) ni o'rnatadi. 1969-yilgi Xalqaro shartnomalar huquqi to'g'risidagi Vena konvensiyasining 58-moddasiga muvofiq norma jus cogens (umumiy xalqaro huquqning imperativ normasi) deb davlatlarning xalqaro hamjamiyati tomonidan qabul qilingan va tan olingan umumiy xalqaro huquq normasi bo'lib, undan og'ishga yo'l qo'yilmaydi, u faqatgina ushbu mazmundagi umumiy xalqaro huquq normasi bilan o 'zgartirilishi mumkin. Jus cogens normasining boshqa turdagi imperative xarakterdagi normalardan farqi shundan iboratki, jus cogens normasini har qanday tarzda rad etish davlatlarning sa'y-harakatarini ahamiyatsiz qilib qo 'yadi. Jus cogens normalari xalqaro aloqalarning har qanday sohasida qo 'llanilishi va ularga rioya etilishi zarurdir. Jus cogens normalari umumiy xalqaro huquqning normalari va ularning asosiy prinsiplari hisoblanadi;

- dispozitiv normalar, davlatlar o'zaro kelishuv asosida ulardan voz

kechishi mumkin, agarda ushbu chekinish boshqa davlatlarning huquqlari

va qonuniy manfaatlariga zid bo imasa.

2. Amal qilish doirasi bo'yicha:

- universal normalar, barcha davlatlar yoxud dunyodagi ko'pchilik davlatlar ishtirokidagi munosabatlarni belgilaydi. Misol uchun, BMTning Nizomi, 1961-yilgi Diplomatik aloqalar to'g'risidagi Vena konvensiyasi;3

- mintaqaviy normalar, bitta geografik jihatdan joylashgan hududlardagi davlatlar ishtirokidagi munosabatlami belgilaydi. Misol tariqasida, ushbu normalarga 1992-yildagi Yevropa kengashi to'g'risidagi shartnoma taalluqlidir. Mintaqaviy normalar tarixan ilgari universal tarzda namoyon bolgan va ilgarigi normalar negizida ularning tajribasi asosida yangilari yaratilgan. Endilikda ushbu jarayon yana ham davom etmoqda. Shu bilan birga, universal normalar mintaqaviy tizim rivojiga

3 The Sources o f International Law, Hugo. Thirlway. International Law. Malcolm D Evans. -Oxford University Press, 2003.-p . 118-119.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

ko'maklashadi, ularga boy tajribani yetkazib beradi; lokal normalar xalqaro huquqning ikki yoki bir nechta subyektlari ohtasidagi munosabatlami tartibga soladi.

3. Ta'sir qilish tavsifiga ko'ra: -taqiqlovchi;

- ruxsat beruvchi; -vakolat beruvchi.

4. Tizimdagi funksiyasi bo'yicha: moddiy va protsessual: protsessual norma xalqaro huquqni yaratish va amalga oshirish jarayonlarini tartiga soladi.

5. Manbasiga ko'ra:

- oddiy;

- shartnomaviy;

-xalqaro tashkilotlarning qarorlari normasi.

Shuningdek, havolaki normalar ham mavjud, ular boshqa normalarda qayd etilgan qoidalarga murojaat etishni talab qiladi. Turli xildagi bir nechta normalar hisoblangan tashkiliy normalar ham ajratilgan. Ularning vazifasi xalqaro organlar va tashkilotlar faoliyatini tartibga solib turadi. Shuningdek xalqaro huquq normalarining bir qancha tasnifi mavjud.

Mavjud buyruqlarning tavsifi bo'yicha: -prinsiplar;

- ajrimlar;

- huquqqa egalik;

- majburiyatlar;

- taqiqlar.

Xalqaro-huquqiy tartibga solish mexanizmidagi roli bo'yicha:

- tartibga soluvchi;

- muhofazalovchi.

Axloq qoidalarining mazmuni bo'yicha:

-moddiy ; -protsessual.

Amal qilish doirasi bo'yicha:

- universal;

- mintaqaviy;

- mahalliy.

Amal qilish vaqti bo'yicha:

- muddatli;

- muddatsiz.

Xalqaro huquq manbalari tushunchasi

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

Normalami amal qilishi bevosita emas, balki ular ma'lum bir manbalarda mustahkamlangandagina amalga oshiriladi. Xuddi shu manbaalar orqali huquq normalari subyektlarning xatti-harakatlariga ta'sir qiladi, ushbu xatti-harakatlarga yuridik ahamiyatga ega xususiyat beradi. Xalqaro huquq normalari har doim ma'lum bir huquqiy manbada aks ettirilgan shaklda namoyon boladi.

Xalqaro huquq manbalarini xalqaro-huquqiy normaning ifodasi shakli sifatida hisoblash odat tusiga kirgan. Xalqaro huquq normalari ikkita ma'noda tushuniladi: moddiy (jamiyat hayotining moddiy sharoiti) va rasmiy (huquq normasining ifodalanganlik shakli). Ular davlatlar tomonidan tan olingan biron bir davlatning erkini, istak-xohishini muvofiqlashtirish natijasining namoyon qilish shakli, shuningdek xalqaro-huquqiy normalami qayd qilish shakli hisoblanadi. Xalqaro huquqda barcha manbalar ikkita asosiy guruhga bo'linadi: asosiy va yordamchi. Xalqaro huquqda aniq o'rnatilgan manbalari ro'yxati mavjud emas. Xalqaro huquqning asosiy manbalari bo'lib xalqaro shartnomalar va odatlar hisoblanadi. Ayrim olimlar xalqaro huquqning manbalari ro'yxatiga BMT ning

Xalqaro sudi Nizomining 38-moddasini kiritadi, unda qayd etilishicha: "o'ziga biriktirilgan nizoli ishlami xalqaro huquq noimalari asosida hal qilish majburiyatiga ega bo'lgan sud quyidagilarni qo'llaydi:

a) nizolashuvchi davlatlar tomonidan ma'lum jihatdan tan olingan, qoidalarni o 'rnatuvchi, umumiy va maxsus xalqaro konvensiyalar;

b) umumiy tajribaning isboti sifatida huquqiy norma sifatida tan olingan xalqaro odat normalari;

d) madaniyatli millatlar tomonidan tan olingan huquqning umumiy

prinsiplari;

e) huquqiy normalarni belgilash uchun yordamchi vosita sifatida sud qarorlari va malakali mutaxassislarning turli millatlaming ommaviy huquqqa oid ta 'limoti (doktrina) va 59-moddada qayd etilgan izoh". Mavjud normalarni izohlashda xalqaro tashkilotlar rezolyutsiyalarining roli beqiyos. Umumiy xalqaro konvensiyalar deb barcha davlatlar ishtirok etadigan yoxud ishtirok etayotgan hamda barcha xalqaro hamjamiyat uchun umummajburiy ahamiyatga ega bo'lgan normalarni o'zida aks ettirgan shartnomalar, ya'ni umumiy xalqaro huquq normalari tushuniladi. Maxsuslariga esa ma'lum bir cheklangan ishtirokchi davlatlar ishtirok etgan shartnomalar tushuniladi. Xalqaro odatlar xalqaro huquq normalarini tashkil etib, u shunday yurish-turish qoidasiki, unda xalqaro huquq subyektlarining har doim takrorlanuvchi bir turdagi o'xshash xatti-harakatlarining mahsuli sifatida namoyon bo'lib, huquqiy norma sifatida tan olinadi. Takrorlanuvchi bir turdagi o'xshash xatti-harakatlar ularni takomillashuvini bildiradi. Lekin qaysi davrda odat normalarini

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

shakllantirish zarurligini xalqaro huquq belgilamaydi. Hozirgi aloqa va transport vositalari orqali davlatlar bir-birlarining xatti-harakatlaridan darhol xabardor bo'lishlari mumkin. Albatta, ularga munosabat bildirgan holda u yoki bu harakat shaklini amalga oshiradilar. Bu esa vaqt omili hozirda oldingidek odatlarni vujudga kelish jarayonida hech qanday muhim ahamiyat kasb etmasligiga olib keldi. Davlatlarning kelishilgan ifodasi bo'lmish xalqaro tashkilotlarning qarorlari odatlarni tashkil topishning tayanch fursati bo'lishi mumkin. Yurish-turish qoidalarining vujudga kelishi bilan odatlarni tashkil topish jarayoni nihoyasiga yetmaydi. Faqatgina davlatlarning huquqiy norma sifatida ulami tan olishi davlatlarning u yoki bu harakatlari odat tusiga aylanib qoladi. Odat normalari shartnomalar kabi shunday yuridik kuchga ega bo'ladi. Yurish-turish qoidalarini odat sifatida baholash murakkab masala hisoblanadi. Shartnomalardan farqli o'laroq odatlar qanday dir bir yagona aktlarda yozma shaklda rasmiylashtirilmaydi. Shuning uchun odatlarni mavjudligini belgilash uchun yordamchi vositalar, ya'ni sud qarorlari,doktrinalar, xalqaro tashkilotlar qarorlari, bir tomonlama aktlar va davlatlarning xatti-harakatlari asosida o'natiladi.Yordamchi vosita hisoblangan sud qarorlariga BMT Xalqaro sudi, boshqa xalqaro arbitraj va sud organlarining qarorlari kiradi. BMT Xalqaro sudi va boshqa xalqaro sud organlariga nizoli ishlar bilan murojaat qilinganda davlatlar ko'pincha nizolashayotgan taraflar uchun majburiy bo'lgan odat normalarining mavjudligini belgib berishni so'rashadi. BMT Xalqaro sudi o'zining amaliyoti davomida odatlarining mavjudligini tasdiqlash bilan cheklanmay balki ularga ma'lum darajada aniq ifoda (ta'rif) bergan. Misol tariqasida BMT Xalqaro sudining 1951-yildagi baliqchilik to 'g'risidagi ingliz-norvegiya nizosi haqidagi qarorini keltirish mumkin. jumladan, odat normalarini aniqlashda qirg'oqbo'yi davlatlar o 'zlarining hududiy suv havzasining oxirgi chegrasi sifatida ularni aniqlash uchun to 'gli chiziqni ham qo'llash mumkinligi bayon etilgan.

Akmal Saidovning Prezident Shavkat Mirziyoyevning Jeneva shahrida o'z ishini boshlagan BMT Inson huquqlari bo'yicha kengashi 46-sessiyasining Yuqori darajadagi segmentida so'zlagan nutqida belgilagan muhim vazifalar haqidagi «Inson huquqlari yo'lida harakatga da'vat»: O'zbekiston BMTning ushbu tashabbusi doirasida xalqaro hamkorlikni izchil davom ettiradi»

«O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuni Jeneva shahrida o'z ishini boshlagan BMT Inson huquqlari bo'yicha kengashi 46-sessiyasining Yuqori darajadagi segmentida so'zlagan nutqida biz so'nggi yillar davomida Kengashga a'zo bo'lish uchun butun mas'uliyatni anglagan holda intilib kelganimizni alohida ta'kidladi. Davlatimiz rahbari qayd etganidek, "Demokratik islohotlarimiz yangi O'zbekistonni bunyod etishga qaratilgan bo'lib, bu o'zgarishlar ortga

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

3(2), Feb., 2023

qaytmaydigan tus oldi".O'zbekiston ilk bor BMT Inson huquqlari bo'yicha kengashining a'zosi sifatida 2021 yil 1 yanvardan o'z vazifalarini bajarishga kirishdi. An'anaga ko'ra, BMT Inson huquqlari bo'yicha kengashining bahorgi sessiyasi doirasida 22-24 fevral kunlari Jeneva shahrida bo'lib o'tayotgan Yuqori darajadagi segment ishida Prezidentimiz Kengashga a'zo davlat rahbari sifatida birinchi marta ishtirok etdi va so'zga chiqdi.Segment majlisidan ko'zlangan maqsad - dunyo mamlakatlarida inson huquqlarini himoya qilish, shuningdek ushbu sohada xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda BMT Inson huquqlari bo'yicha kengashi mexanizmlari va tartib-taomillarini mustahkamlashning dolzarb masalalarini yuqori siyosiy darajada muhokama qilishdan iborat.Yuqori darajadagi segment Inson huquqlari bo'yicha kengashning yil davomidagi eng asosiy siyosiy tadbiri hisoblanadi. Mazkur Segment BMTga a'zo mamlakatlarning inson huquqlari va erkinliklarini rag'batlantirish hamda himoya qilish masalalari bo'yicha umumiy va o'zaro mutanosib yondashuvlarini ishlab chiqish va kelishib olish mexanizmi sifatida tuzilgan. Koronavirus pandemiyasi munosabati bilan Kengashning navbatdagi yig'ilishi videoanjuman shaklida o'tkazildi. Yig'ilish kun tartibidan inson huquqlariga rioya etilishi va ularni himoya qilish, shu jumladan fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni ta'minlash bilan bog'liq eng dolzarb masalalar o'rin oldi.Tadbirda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissar Mishel Bachelet, qariyb 150 mamlakatdan davlat, hukumat rahbarlari, tashqi ishlar vazirlari va inson huquqlari bo'yicha milliy institutlar namoyandalari, bir qator xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.O'zbekiston Prezidenti o'z chiqishida mamlakatimizda demokratik o'zgarishlarni yanada chuqrlashtirish va BMT Inson huquqlari bo'yicha kengashi doirasidagi faoliyatimizning ustuvor yo'nalishlari haqida atroflicha to'xtaldi.

Birinchi ustuvor yo'nalish: «Hech kimni e'tibordan chetda qoldirmaslik»tamoyiligi amal qilish Keyingi yillarda O'zbekiston inson huquqlarini himoya qilish sohasida bir qancha muhim natijalarga erishdi. Xususan, 2020 yil 13 oktabr kuni BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida bo'lib o'tgan saylovlarda O'zbekiston milliy davlatchiligimiz tarixida ilk bor BMTning Inson huquqlari bo'yicha kengashi a'zoligiga 2021-2023 yillarga saylandi. Yurtboshimiz ta'biri bilan aytganda, "insonning asosiy huquq va erkinliklarini ta'minlash O'zbekistondagi islohotlarda eng muhim o'rinda turadi". Shu ma'noda, BMTning 2030 yilgacha mo'ljallangan Barqaror rivojlanish maqsadlari mamlakatimizda "Hech kimni e'tibordan chetda qoldirmaslik" tamoyili asosida amalga oshirilmoqda yurtimizda har bir insonning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bunga BMTning Inson huquqlari bo'yicha oliy komissari

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

Boshqarmasi ekspertlari ishtirokida ishlab chiqilgan Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan qamrovdor ishlar samaralari yaqqol misol bo'la oladi Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 2020 yil 22 iyunda qabul qilingan Milliy strategiya mamlakatimizda inson huquqlarini himoya qilish mexanizmini takomillashtirish va inson huquqlari madaniyatini shakllantirishda katta ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu hujjatda inson huquqlari masalasiga tizimli yondashish va mavjud bo'shliqlarni, kamchiliklarni bartaraf etish ochiq-oydin ko'rsatilgan. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Kengashi va Senati Kengashi 2020 yil 25 sentabrda qabul qilgan qo'shma qarori bilan Inson huquqlari sohasida O'zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga rioya etilishi bo'yicha Parlament komissiyasi tuzildi va uning tarkibi hamda Reglamenti tasdiqlandi. Parlament komissiyasining asosiy maqsadi - inson huquqlari sohasida mamlakatimizning xalqaro majburiyatlariga rioya etilishiga hamda Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasini amalga oshirishga ko'maklashishdan iborat.

Sohadagi yana bir muhim natija: Prezidentimizning 2020 yil 22 iyundagi Farmoniga ko'ra, "Inson huquqlari himoyasi uchun" ko'krak nishoni ta'sis etildi. Ushbu ko'krak nishoni bilan ilk bor inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishdagi xizmati, inson huquqlarini targ'ib qilishdagi faolligi, inson huquqlari sohasidagi ta'lim, yoshlar o'rtasida inson huquqlarini himoya qilish an'analarini rivojlantirishga qo'shgan hissasi, inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlarni rivojlantirish va boshqarishdagi salmoqli yutuqlari, inson huquqlari sohasidagi samarali ilmiy faoliyati uchun bir guruh O'zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ikki nafar chet el fuqarosi taqdirlandi. E'tibor bering: har 5 yilda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi e'lon qilingan kun - 10 dekabrda BMTning Inson huquqlari bo'yicha mukofotini topshirish marosimi bo'lib o'tadi. Ushbu mukofot 1966 yilda Inson huquqlarini himoya qilishga ulkan hissa qo'shgan insonlarni taqdirlash uchun tashkil etilgan. Endilikda O'zbekiston ham inson huquqlari bo'yicha o'z mukofotini ta'sis etdi. 2020 yildan e'tiboran har yili 10 dekabr - Xalqaro inson huquqlari kunida "Inson huquqlari himoyasi uchun" ko'krak nishoni sovrindorlari tantanali ravishda taqdirlab boriladi. Shu tariqa mamlakatimizda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlash hamda inson huquqlari bo'yicha xalqaro standartlarni milliy qonunchilik va huquqni qo'llash amaliyotida amalga oshirish xalq uchun farovon va munosib turmush sharoitini yaratishga yo'naltirilgan demokratik islohotlarning asosiy mezoniga aylandi. Bugungi kunda inson huquqlari va erkinliklari sohasida O'zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan 80 dan ortiq xalqaro hujjatdagi normalar milliy qonunchilikda o'z ifodasini topmoqda. Bularning

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

barchasi, shubhasiz, inson huquqlari sohasida uzoq muddatli strategiyaning qabul qilinishi tufayli ushbu sohada davlat siyosati samarali amalga oshirilayotganidan dalolat beradi. Bu, o'z navbatida, jamiyatimizda inson huquqlari va erkinliklariga hurmat munosabati shakllanishiga, mamlakatimizning xalqaro maydondagi obro'si yanada mustahkamlanishiga, shu jumladan, O'zbekiston Respublikasining iqtisodiy va siyosiy-huquqiy reyting hamda indekslardagi mavqei yaxshilanishiga xizmat qilmoqda. Ikkinchi ustuvor yo'nalish: gender siyosatini qat'iy davom ettirish Mamlakatimizda faol gender siyosati doirasida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy mavqeini mustahkamlash bo'yicha jadal ish olib borilmoqda. Yurtboshimiz BMT Bosh Assambleyasi 75-yubiley sessiyasida qayd etganidek, «Biz uchun gender tenglik siyosati ustuvor masalaga aylandi. Xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi o'rni tobora kuchaymoqda. Yangi Parlamentimizda ayol deputatlar soni ikki barobarga ko'paydi». Haqiqatan ham, Oliy Majlisga bo'lib o'tgan oxirgi saylovlar natijasida birinchi marotaba O'zbekiston parlamentida ayollar soni bo'yicha BMT tavsiyalari (kamida 30 foiz) to'liq bajarildi. Qonunchilik palatasiga 32 foiz, ya'ni 48 nafar ayol-deputatlar saylangani, o'z navbatida, dunyodagi 190 parlament ichida O'zbekiston parlamentining 37-o'ringa ko'tarilishini ta'minladi. Vaholanki, 2014 yilda bu ko'rsatkich bo'yicha mamlakatimiz 128-o'rinda edi. Ya'ni, ilgari biz uchun gender tenglik masalasi ustuvor emasdek tuyulgan. Oqibatda biz bu borada ancha ortda qolib ketdik. Keyingi davrdagi tahlillar asnosida xotin-qizlarning jamiyatimizda tutgan o'rni va nufuzi, ularning boshqaruv idoralaridagi ishtiroki mutlaqo qoniqarsiz ahvolda ekani ayon bo'ldi. Shuning uchun oxirgi 4 yilda mamlakatimizda 2 ta muhim qonun - «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida»gi va «Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida»gi qonunlar qabul qilindi. 2020 yilning o'zida O'zbekistonda xotin-qizlarning hukumat va jamiyatdagi rolini oshirishga, ularning bandligini ta'minlashga, ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga va muhtoj ayollarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan 15 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan. Shu asosda keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Aytaylik, bir tomondan, zo'ravonlikdan jabr ko'rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish bo'yicha joylarda maxsus markazlar tashkil etilib, ayollarga maxsus «Himoya orderi» berilyapti. Ikkinchi tomondan, bugungi kunda opa-singillarimiz davlat boshqaruvi idoralarida samarali faoliyat yuritmoqda. Natijada boshqaruv lavozimlarida ayollarning ulushi 26,6 foizga yetkazildi. O'tgan yildan boshlab davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlarning bilim olish imkoniyatlari yanada kengaytirilib, oliy ta'lim muassasalariga 4 foizli davlat grantlari ajratildi. Mazkur yangi tizim asosida 2020 yilda 950 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar o'qishga qabul qilindi. Barcha

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

vazirlik va idoralarda gender tenglik masalalari bo'yicha maslahat kengashlari faoliyati tashkil etildi.Yanada muhimi, Prezidentimiz parlamentga taqdim etgan Murojaatnomasida Senat Raisi rahbarligida Respublika Xotin-qizlar jamoatchilik kengashini tashkil etish vazifasini kun tartibiga qo'ydi. Mazkur Kengash mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi va davlat boshqaruvidagi mavqeini yanada oshirishga qaratilgan yaxlit tizim yaratishga mas'ul bo'ladi. Kengashning asosiy vazifasi jamiyatda ayollar mavqeini oshirish, ularning muammolarini puxta o'rganish, xotin-qizlarni qiynayotgan ko'plab ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga amaliy yechim topish, ularni "temir daftar" va "ayollar daftari"dan chiqarishga ko'mak berishdan iboratdir. Birgina shu dalil va raqamlarning o'zi ham yurtimiz ayollarining jamiyatda haqiqiy o'rnini egallab borayotganidan dalolat berib turibdi. Binobarin, xotin-qizlar va yoshlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini har tomonlama ta'minlash O'zbekiston Prezidenti olib borayotgan adolatli siyosatning ustuvor yo'nalishlaridandir. O'zbekiston Prezidenti BMT Inson huquqlari bo'yicha kengashi 46-sessiyasidagi chiqishida mamlakatimizda gender siyosati qat'iy davom ettirilishini ta'kidlagani bejiz emas. Bu yil yurtimizda Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollarining muloqotini tashkil etish, shuningdek xotin-qizlarning mintaqaviy biznes-forumini o'tkazish rejalashtirilgani ham shundan dalolat beradi.

Uchinchi ustuvor yo'nalish: alohida ehtiyojga ega shaxslar huquqlarini ta'minlash. Mamlakatimizda 2020 yil 15 oktabrda «Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risida»gi qonun qabul qilindi. 2021 yil 17 yanvardan kuchga kirgan ushbu Qonun 2008 yilda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to'g'risida»gi qonunning o'rnini bosadi. Mazkur Qonunni ishlab chiqishda BMTning Nogironlar huquqlari to'g'risidagi konvensiyasi qoidalari, shuningdek AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Shveysariya, Rossiya, Belarus, Ukraina, Ozarbayjon kabi 10 dan ortiq xorijiy davlatlarning nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlariga oid qonunlari o'rganilgan. Bugungi kunda Oliy Majlis palatalarida BMT Nogironlar huquqlari to'g'risidagi konvensiyasini ratifikatsiya qilish bilan bog'liq ishlar izchil olib borilmoqda. Ayni paytda esa Konvensiyaning xalqaro standartlari va talablarini, shuningdek "nogiron" so'zi o'rniga "nogironligi bo'lgan shaxs" atamasidan foydalanishni nazarda tutuvchi yangi Qonun mamlakatimizning yuqoridagi toifaga mansub vakillari huquq va manfaatlarini ifodalashga xizmat qiladi. Yangi Qonun nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlarini belgilaydigan asosiy qonun hujjati hisoblanadi. Hozirgi kunda O'zbekistonda 700 mingdan ortiq nogironligi bo'lgan shaxslar, shu jumladan, 100 mingdan ortiq 16 yoshgacha nogironligi bo'lgan bolalar istiqomat qilishi e'tiborga olinsa, mazkur

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

Qonunning dolzarbligi va ahamiyati yaqqol namoyon bo'ladi. Davlat nogironligi bo'lgan bolalarni parvarishlayotgan oilalarga moddiy, maslahatga oid va boshqacha tarzda yordam beradi, sodda qilib aytganda, alohida ehtiyojga ega bo'lgan shaxslarni har tomonlama qo'llab-quvvatlaydi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo'llagan Murojaatnomasida aytilganidek, O'zbekistonda nogironlikni belgilashning jahon andozalariga mos «ijtimoiy modeli»ga bosqichma-bosqich o'tiladi. Muhtoj aholini protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya vositalari bilan ta'minlash bo'yicha yangi tizim joriy etiladi. Bu imkoniyatdan qariyb 50 ming kishi foydalanishi mumkin bo'ladi. Prezidentimizning bu boradagi yangi tashabbusi - imkoniyati cheklangan shaxslarning o'z qobiliyatini to'la ro'yobga chiqarish masalalari bo'yicha Mintaqaviy kengash tuzish taklifi ham shu kabi ezgu maqsadlarga qaratilgan. To'rtinchi ustuvor yo'nalish: yoshlar huquqlarini himoya qilish Yoshlar masalasi, chindan ham, yangi O'zbekiston taraqqiyotining muhim omili hisoblanadi. Oxirgi parlament saylovida Qonunchilik palatasiga 30 yoshgacha bo'lgan 9 nafar deputat saylangani ham buning yorqin tasdig'idir. Bugun parlamentimiz quyi palatasi tarkibining 6 fozini yoshlar tashkil etmoqda, jahon miqyosida esa bu ko'rsatkich atigi 2 foizdir. Yurtboshimiz BMT Bosh Assambleyasi 75-yubiley sessiyasida qayd etganidek, «Mamlakatimiz aholisining yarmidan ko'pini yoshlar tashkil etadi. Respublikamizda har bir yigit-qizning jamiyatda munosib o'rin egallashi va o'z salohiyatini namoyon etishi uchun ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. O'zbekistonda Yoshlar parlamentlari, Yoshlar ishlari agentligi faoliyat ko'rsatmoqda». Davlatimiz rahbari BMT minbaridan turib yana bir bor barcha-barchani BMTning Yoshlar huquqlari to'g'risidagi konvensiyasini qabul qilish bo'yicha -O'zbekiston tashabbusini qo'llab-quvvatlashga chaqirdi. Konvensiya loyihasi butun dunyo jamoatchiligi tomonidan alohida e'tirof etilyapti. Jumladan, o'tgan yili o'tkazilgan Inson huquqlari bo'yicha Samarqand forumida bu konvensiya loyihasi bo'yicha ijobiy fikrlar bildirildi. Xalqaro anjumanda «Yoshlar-2020: global birdamlik, barqaror taraqqiyot va inson huquqlari» nomli Samarqand rezolyutsiyasi qabul qilindi. Hujjatda, jumladan, yoshlar huquqlari - har kim foydalanishi zarur bo'lgan, ammo ayrimlar yoshining kichikligi tufayli bunday imkoniyatdan mahrum etilgan huquqlar ekani qayd etilgan. Samarqand rezolyutsiyasi hozirgi zamon davlatlarining rivojlanishi bilan bog'liq barcha jarayonlarda yoshlarni yanada keng jalab etish zarurligini har tomonlama tasdiqlashga xizmat qiladi. O'zbekiston nafaqat ushbu konvensiya lo-yihasini tayyorlash tashabbusi bilan chiqdi, balki yoshlar masalasini bugun davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi darajasiga ko'tardi. Mamlakatimizda Yoshlar ishlari bo'yicha agentlik tashkil etildi, fondlar tuzildi, navqiron yigit-qizlarning bandligini ta'minlash bo'yicha doimiy chora-tadbirlar

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

amalga oshirib kelinmoqda.Yurtimizda keyingi davrda tuzilgan yoshlar tashkilotlari haqida so'z borgan ekan, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) o'rinbosari - Bola huquqlari bo'yicha vakil lavozimi joriy etilganini ham qayd etish o'rinlidir. Prezidentimiz 2020 yil 29 mayda imzolagan «Bola huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi farmon bilan Bola huquqlari bo'yicha vakilning asosiy vazifalari va faoliyati yo'nalishlari belgilab berildiDavlatimiz rahbari o'z nutqida O'zbekistonda joriy yilning «Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» deb e'lon qilinganini ma'lum qilar ekan: birinchidan, BMT shafeligida Yoshlar huquqlari bo'yicha butunjahon konferensiyasini o'tkazish;ikkinchidan, BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashining o'ninchi forumida Yoshlar huquqlari to'g'risidagi konvensiya loyihasini taqdim etish; uchinchidan, BMTning Yoshlar huquqlari bo'yicha maxsus ma'ruzachisi institutini ta'sis etish tashabbuslarini ilgari surdi.Agar hozirgi kunda dunyoda insoniyat tarixida kuzatilmagan darajada ko'p - 2 milliarddan ziyod yoshlar mavjudligi hisobga olinsa, O'zbekiston Prezidentining bu g'oyalari nihoyatda dolzarb va foydali ekanini yaqqol anglash mumkin.

Beshinchi ustuvor yo'nalish: majburiy mehnat va bolalar mehnatiga barham berishSo'nggi 15 yil ichida dunyoda odam savdosi qurbonlari orasida bolalarning ulushi uch baravarga oshgan, ayollar ushbu jinoiy harakatning asosiy nishoni bo'lib qolmoqda. BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ma'lumotlariga qaraganda, hozirgi kunda dunyo bo'yicha 40 milliondan ortiq odam qullikning zamonaviy shakllariga duchor etilgan bo'lib, ularning 71 foizini ayollar va qizlar tashkil etadi.Xalqimiz qadr-qimmati, inson manfaatlarini himoya qilish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi ijobiy imijini mustahkamlashda odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish masalalari katta ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan, Milliy strategiya ijrosi doirasida 2020 yil 17 avgustda «Odam savdosiga qarshi kurashish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida»gi qonun qabul qilingani diqqatga loyiqdir. Davlatimiz rahbari «Bolalar mehnatiga barham berish xalqaro yili» deb e'lon qilingan joriy yilda O'zbekistonda Bolalar Ombudsmani to'g'risidagi qonun qabul qilinishiga jahon hamjamiyati e'tiborini qaratgani shuni anglatadiki, majburiy mehnat va bolalar mehnatiga barham berishda qonun asosida kutilgan maqbul natijalarga erishamiz. Oltinchi ustuvor yo'nalish: inson huquqlari sohasi bo'yicha ta'limni rivojlantirish Prezidentimiz bu borada, birinchidan, Inson huquqlari sohasida ta'lim deklaratsiyasining 10 yilligiga bag'ishlab BMT Inson huquqlari bo'yicha oliy komissari Boshqarmasi bilan hamkorlikda global forum o'tkazish; ikkinchidan,

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

o'qitish tizimini rivojlantirish maqsadida BMTning inson huquqlari sohasidagi Ixtiyoriy badallar jamg'armasiga O'zbekiston o'z hissasini qo'shishi takliflarini bildirdi. Davlat rahbarining bu haqdagi fikrlarini tinglar ekanman, Samarqand veb-forumining 2020 yil 13 avgustda bo'lib o'tgan uchinchi yalpi majlisida yoshlar uchun inson huquqlari bo'yicha ta'lim masalalari muhokama qilinganini esladim. O'shanda turli mamlakatlar ekspertlari tomonidan yoshlarga inson huquqlari bo'yicha ta'lim berish borasidagi tajriba tahlil etilib, ushbu muhim yo'nalishni takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berildi. Inson huquqlari sohasidagi ta'lim nima uchun aynan yoshlarga bunchalik muhim? BMT Inson huquqlari bo'yicha oliy komissari Boshqarmasi vakili Paulina Tandiononing fikricha, «Inson huquqlari sohasidagi ta'lim yoshlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, ularni rivojlantirish va jamiyat hayotiga jalb etishning kalitidir. U navqiron insonlarga o'zining faol fuqaro sifatidagi mavqeini anglash, e'tirof etish va bu bilan bog'liq vazifalarini ado etish, ya'ni choralar ko'rish hamda o'ziga va boshqalarga tegishli inson huquqlariga amal qilinishiga erishish, shuningdek davlat ishlarida hamda qarorlar qabul qilishga oid demokratik jarayonlarda tegishli tartibda ishtirok etish imkoniyatini taqdim etadi».Yevropa Kengashining Yoshlar ishlari bo'yicha maslahat kengashi a'zosi Nika Baxsoliani ta'kidlashicha, «ta'lim - adolatsizlikka barham berish usuli bo'lsa, inson huquqlari sohasidagi ta'lim - bu sohadagi eng maqbul usuldir».BMT Inson huquqlari bo'yicha oliy komissari Boshqarmasi maslahatchisi, "ND Consultance" direktori Nordin Drisi e'tirof etishicha, «O'zbekistonda bugungi kunda yuz berayotgan ijobiy siyosiy o'zgarishlar tufayli inson huquqlari sohasidagi ta'limni rivojlantirish va inson huquqlari sohasida ishonchli bilimlarni egallagan yangi avlod huquqshunoslarini tarbiyalash uchun mustahkam platforma yaratilishi mumkin". Shu o'rinda o'tgan yilning noyabr oyidan buyon Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazida «Inson qadr-qimmati - eng oliy qadriyat» maxsus o'quv moduli mashg'ulotlari o'tkazib kelinayotgani haqida muxtasar to'xtalmoqchimiz. Mazkur o'quv moduli mamlakatimiz sudlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbar xodimlari uchun mo'ljallangan. O'quv kursida barcha sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbar xodimlari ikki bosqichda o'qitilmoqda. Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya, Ichki ishlar va Mudofaa vazirliklari, Milliy gvardiya, Davlat bojxona qo'mitasi, Davlat xavfsizlik xizmati rahbar xodimlari - jami 2 ming 300 dan ziyod tinglovchi maxsus o'quv moduli mashg'ulotlariga jalb etildi.Bundan tashqari, Markaz tomonidan turli yo'nalish va bosqichlardagi ta'lim muassasalari uchun «Inson huquqlari» fani bo'yicha o'quv dasturlari tayyorlangan. O'tgan yil oktabr-dekabr oylarida tashkil etilgan «Raqamli iqtisodiyot, inson huquqlari sohasida ta'lim va tadqiqotlar» mavzusidagi tanlovda 12 nominatsiya bo'yicha qatnashgan 80 ta

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

ishtirokchi orasidan g'oliblar aniqlandi va taqdirlandi. Yettinchi ustuvor yo'nalish: fuqaroligi bo'lmagan shaxslar sonini kamaytirish 1991 yildan 2016 yil dekabrgacha 482 kishi O'zbekiston fuqaroligini olgan bo'lsa, 2016 yil dekabrdan 2020 yilgacha bo'lgan muddatda bunday shaxslar 15 ming nafarni tashkil etdi. Bundan tashqari, 1995 yil 1 yanvarga qadar O'zbekistonda yashab kelgan 50 ming nafar fuqaroligi bo'lmagan shaxs O'zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olindi. Davlat rahbari Yuqori darajadagi segmentda so'zlagan nutqida: «bu yil yana 20 mingdan ziyod kishi fuqrolikka ega bo'ladi», deb qayd etdi.

Bunday muhim qadamlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining fuqaroligi bo'lmagan insonlar sonini kamaytirishga qaratilgan chaqirig'iga munosib javobdir. Prezidentimiz alohida qayd etganidek, «O'zbekiston fuqarolari hamisha o'z davlati va Konstitutsiyasi himoyasida bo'ladi va biz bu tamoyilni bundan buyon ham qat'iy amalga oshiramiz».Shuni ham aytish joizki, hozirgi kunda O'zbekiston fuqaroligiga qabul qilish va fuqarolikdan chiqish mexanizmlari isloh qilinib, arizaga ilova qilinishi lozim hujjatlar soni 2 baravarga qisqartirilgan. O'zbekistonning inson huquqlari sohasidagi yangi tashabbuslari. Biz inson huquqlarini kafolatlash, himoya qilish va rag'batlantirish borasida erishgan natijalarimiz bilan kifoyalanib qolmaymiz Prezidentimiz yuqori darajadagi Segment ishtirokchilari e'tiborini mamlakatimizda nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari to'g'risidagi kodekslar ishlab chiqilayotganiga qaratdi. Bu kodekslardan biri - O'zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini yanada rivojlantirishga, ikkinchisi esa so'z erkinligini har tomonlama qo'llab-quvvatlashga xizmat qilishi lozim. Davlatimiz rahbari ta'biri bilan aytganda, buni biz «qat'iy maqsad qilganmiz». O'zbekiston Prezidenti BMTning Inson huquqlari bo'yicha kengashiga 3 ta taklif bilan chiqdi. birinchi taklif: Sudyalar kengashlari faoliyatinining universal prinsiplarini ishlab chiqish;

ikkinchi taklif: Qiynoqlarga qarshi konvensiyaning Fakultativ protokolini O'zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilish;

uchinchi taklif: mazkur masalalar yuzasidan hamkorlikda ishlash maqsadida BMTning Qiynoqlar masalasi bo'yicha maxsus ma'ruzachisini mamlakatimizga taklif etish. Davlatimiz rahbari, shuningdek BMT Inson huquqlari bo'yicha oliy komissari Mishel Bacheletning yurtimizga tashrifini kutib qolishimizni qayd etdi. «Bu borada mandatga ega bo'lgan barcha vakillarning O'zbekistonga tashrif buyurishlari uchun doimiy taklifnoma yuborish haqida qaror qabul qilamiz», dedi Prezidentimiz. Xulosa qilib aytganda, O'zbekiston inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlariga bundan keyin ham sodiq qoladi. Shu bilan birga, Yurtboshimiz ta'kidlaganidek, «biz inson huquqlari borasida hali ulkan yo'lning boshida

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

turganimizni yaxshi tushunamiz va xalqaro hamkorlarimizning qo'llab-quvvatlashiga umid qilamiz».4

REFERENCES

1. Xalqaro huquq darsligi - Akmal Saidov

2. Лукашу к ИИ. Международное право. Общая часть. Учебник для студентов юридических факультетов и вузов. - Изд. 3-и доп. - М.: Волтере Клувср, 2005. -

3. Международное праьо. Учебник для вузов. Ответственные редакторы — проф. Г. В. Игнатенко и проф. О.И.

4. Тиунов. - М.: Издательская групла НОРМА-ИНФРА. - М., 1999. - С. 10

5. The Sources o f International Law, Hugo. Thirlway. International Law. Malcolm D Evans. -Oxford University Press, 2003.-p . 118-119.

6. "Yangi O'zbekiston''gazetasi

С. 25.

4 "Yangi O'zbekiston''gazetasi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.