Научная статья на тему 'INSON HUQUQLARI VA XALQARO ODAT HUQUQI'

INSON HUQUQLARI VA XALQARO ODAT HUQUQI Текст научной статьи по специальности «Политологические науки»

CC BY
7
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Ta’lim fidoyilari
Ключевые слова
xalqaro huquq / fuqarolaring huquqlari / odat huquqi / odat normasi / huquq monitoringi.

Аннотация научной статьи по политологическим наукам, автор научной работы — Ikromjon Nodirbek O’G’Li Muzaffarov, Aslonboyeva Gulsanam Baxromjon Qizi

Ushbu maqolada inson huquqlari bo‘yicha xalqaro huquq davlat bilan uning fuqarolari o‘rtasidagi fuqarolaring huquqlarini xalqaro miqyosda himoya qilish bilan bog

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INSON HUQUQLARI VA XALQARO ODAT HUQUQI»

WWW.REANDPUB.COM

TAFAKKUR MANZILI MAY 2022

ISSN:2180-2160

INSON HUQUQLARI VA XALQARO ODAT HUQUQI Ikromjon Nodirbek o'g'li Muzaffarov

Andijon davlat universiteti Ijtimoiy MG 'MAHTyo'nalishi talabasi, e-mail:agsu

info@edu. uz

Ijtimoiy Iqtisodiyotfakulteti Amaliypsixologiyayo'nalishi 201 guruh talabasi Aslonboyeva Gulsanam Baxromjon qizi

Annotatsiya: Ushbu maqolada inson huquqlari bo'yicha xalqaro huquq davlat bilan uning fuqarolari o'rtasidagi fuqarolaring huquqlarini xalqaro miqyosda himoya qilish bilan bog'liq bo'lgan huquqiy munosabatlari tartibga solishi borasida adabiyotlar tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: xalqaro huquq, fuqarolaring huquqlari, odat huquqi, odat normasi, huquq monitoringi.

Xalqaro odat huquqi davlatlaming huquqiy majburiyati tushunchasidan kelib chiqadi hamda qat'iy rioya etiladigan umumiy va doimiy amaliyotdan tashkil topadi. Xalqaro odat xalqaro huquqning manbaidir. Xalqaro huquqning odat normasi xulq-atvor va yurish-turishning barchaga bab-baravar qoidalari, ya'ni, xalqaro huquq subyektlari yuridik jihatdan majburiy deb e'tirof etadigan qoidalar bir xil amal qilishida ko'rinadi. Inson huquqlari bo'yicha xalqaro huquq davlat bilan uning fuqarolari o'rtasidagi fuqarolaming huquqlarini xalqaro miqyosda himoya qilish bilan bog'liq bo'Igan huquqiy munosabatlami tartibga soladi. Boshqa davlatlar odatda, bunday huquq monitoringiga faqat oddiy diplomatik amaliyot vositasida tasodif tufayli jalb etilib qolishi mumkin. Shunday qilib, davlatlar tomonidan inson huquqlari bo'yicha xalqaro huquqni hosil etish sifatida qabul qilingan amaliyot, umuman olganda, xalqaro odat huquqini tashkil etuvchi xulq-atvor va yurish-turishning ayrim shakllaridan farq qiluvchi shakllami o'z ichiga oladi, ular, xususan, quyidagilardan iborat: birinchidan, BMTNizomiga va uning inson huquqlariga doir qoidalariga yalpi tarafdorlik; ikkinchidan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi universal tarzda va tezda tasdiq etilgan holda qabul qilinganligi; uchinchidan, inson huquqlarining umume'tirof etilgan tamoyillarini qabul qilish yoki ayrim huquqlaming o'zini qabul qilish to'g'risida xalqaro bitimlami tayyorlash hamda qabul qilish ishida davlatlaming yalpi ishtiroki; to'rtinchidan, inson huquqlari tamoyillarining Yevropa, Lotin Amerikasi va Afrikadagi mintaqaviy tashkilotlarda

TAFAKKUR MANZILI

WWW.REANDPUB.COM

MAY 2022 ISSN:2180-2160

davlatlar tomonidan qabul qilinishi; beshinchidan, inson huquqlari bo'yicha xalqaro tamoyillaming xalqaro huquq normalari deb e'tirof etilishi; oltinchidan, davlatlaming o 'z milliy huquqiy tizimlari yoki amaliyotlarini xalqaro standartlarga yoki xalqaro tashkilotlar tomonidan e'lon qilingan tamoyillarga muvofiq holga keltirish borasidagi faoliyati hamda inson huquqlari to'g'risidagi qoidalaming milliy konstitutsiyalar va qonunlarga yettinchidan, milliy siyosatda, diplomatik amaliyotda, xalqaro tashkilotlaming faoliyati va harakatlarida inson huquqlari tamoyillariga muntazam murojaat etib turilishi; sakkizinchidan, davlatlaming inson huquqlari bo'yicha xalqaro huquqni buzish bilan bog6liq amaliyotni, shu jumladan, boshqa davlat tomonidan qonunbuzarlikka javob tariqasida ko'rilayotgan qamoqqa olish choralari va sodir etilayotgan boshqa nomatlub harakatlari aks etgan boshqa munosabatlari yoki harakatlari. Xalqaro odil sud huquqlari bo'yicha xalqaro odat huquqi mavjudligi e'tirof etilgan. Shu bilan birga, inson huquqlari bo'yicha xalqaro odat huquqi, asosan, birinchi avlod (turkum) huquqlari deb yuritiladigan fuqarolik va siyosiy huquqlarga taalluqli bo'lib, ikkinchi va uchinchi avlod huquqlariga, eng avvalo, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy huquqlarga amalda daxl etmaydi. Inson huquqlari va xalqaro shartnomalar huquqi. Xalqaro shartnomalar huquqi davlatlar bilan xalqaro huquqning boshqa subyektlari o6rtasidagi xalqaro shartnomalar tuzish, bunday shartnomalaming amal qilishi va ulami bekor qilish bilan bog6liq munosabatlami tartibga soluvchi huquqiy normalar majmuidan iborat. Ushbu xalqaro shartnomalami tuzish, amalda qo'llashni xalqaro huquqiy tartibga solish bo'yicha maxsus xalqaro shartnomalar ham qabul qilingan bo6lib, ular quyidagilami tashkil etadi:

Hozirgi paytda, xalqaro shartnomaviy munosabatlami tartibga soluvchi mazkur xalqaro shartnomalaming qoidalarga rioya qilingan holda, inson huquqlari masalalarini qamrab olgan maxsus xalqaro hujjatlar bazasi shakllantirilgan bo'lib, mazkur baza 1000 ga yaqin xalqaro hujjatlami tashkil etadi.

Inson huquqlari bo'yicha xalqaro huquq normalari hozirgi zamon xalqaro huquqida yuridik kuchlari nuqtayi nazaridan ikki turga: xalqaro majburiy (imperativ) xarakterdagi, yoki boshqacha qilib aytganda, "xalqaro qattiq huquq" (international hard law) va majburiy (deklarativ) xarakterga ega bo'lmagan, boshqacha qilib aytganda, "xalqaro yumshoq huquq" (international soft law)larga bo'linadi. Imperativ normalar deganda

TAFAKKUR MANZILI

WWW.REANDPUB.COM

MAY 2022 ISSN:2180-2160

davlatlar tomonidan qo'shilib, bajarilishi shart bolgan va uning bajarilishi bo'yicha alohida mexanizmlarga ega bo'lgan hujjaüar, konvensiyalar, faktlar va boshqa majburiy xalqaro shartnomalar tushunilsa, deklarativ hujjatlarda esa, davlatlami bunday hujjatlar qoidalariga majburlovchi mexanizmlarga ega bo'lmagan va davlatlami bunday hujjatlami bajarishga undovchi chaqiriqlar bayon qilingan. Imperativ normalami o'zida qamrab olgan hujjatlarga 1966-yilda qabul qilingan, "Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risida"gi xalqaro pakt, "Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g 'risida"gi xalqaro pakt, Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiya kabi hujjatlar kiradi.

ADABIYOTLAR

1. Saidov A.X. Inson huquqlari bo'yicha xalqaro huquq. Darslik. - T.: Konsauditinform-Nashr, 2006.

2. Saidov A X. Inson huquqlari bo'yicha xalqaro huquq. Darslik. - T.: Konsauditinform-Nashr, 2006.

3. Saidov A.X. Inson huquqlari bo'yich axalqaro huquq. Darslik. - T.: Konsauditinform -Nashr, 2006.

4. Mo'minov Abdulxay Rashidovich, Tillabayev Mirzatillo Alisherovich/Inson huquqlari. DARSLIK. Ikkinchi nashr. Toshkent "Adolat" 2013.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.