Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SIYOSIY PARTIYALAR FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHNING BA’ZI MASALALARI'

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SIYOSIY PARTIYALAR FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHNING BA’ZI MASALALARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

5404
316
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Davlat / jamiyat / Vatan / siyosat / normativ / partiya / dastur / saylov / g„oya / parlament / millat / demokratiya / mafkura / prinsp / konstitutsiya / huquq / plyuralizm / madaniyat / mafkura / fuqaro / islohot / jamoatchilik nazorati / tamoyil / targ„ibot / muxolifat

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Tuxtasin Xudаyberganovich Tashmetov

Siyosiy partiyalar jamiyatni harakatga keltiruvchi asosiy siyosiy kuch hisoblanadi. Zero, parlamentarizmning rivojlanib borishi siyosiy partiyalar o„rtasida sog„lom siyosiy raqobatni vujudga keltiradi. Bu esa jamiyatimizda saylov erkinligi, so„z erkinligi, ovozlarni halolik bilan sanash, ijtimoiy fikrdan bahramand bo„lish, ijtimoiy manfaatlar integratsiyasi hamda erkin, demokratik saylovlarda siyosiy kuchlar raqobati kabi qat‟iy tizimlarning shakllanishiga zamin yaratadi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SIYOSIY PARTIYALAR FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHNING BA’ZI MASALALARI»

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SIYOSIY PARTIYALAR FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHNING BA'ZI MASALALARI

Tuxtasin Xudayberganovich Tashmetov

Chirchiq davlat pedagogika universiteti v.b. dosenti falsafa fanlari bo'yicha falsafa

doktori (PhD) toshmetovtuxtasin@gmail .com

Siyosiy partiyalar jamiyatni harakatga keltiruvchi asosiy siyosiy kuch hisoblanadi. Zero, parlamentarizmning rivojlanib borishi siyosiy partiyalar o'rtasida sog'lom siyosiy raqobatni vujudga keltiradi. Bu esa jamiyatimizda saylov erkinligi, so'z erkinligi, ovozlarni halolik bilan sanash, ijtimoiy fikrdan bahramand bo'lish, ijtimoiy manfaatlar integratsiyasi hamda erkin, demokratik saylovlarda siyosiy kuchlar raqobati kabi qat'iy tizimlarning shakllanishiga zamin yaratadi.

Kalit so'zlari: Davlat, jamiyat, Vatan, siyosat, normativ, partiya, dastur, saylov, g'oya, parlament, millat, demokratiya, mafkura, prinsp, konstitutsiya, huquq, plyuralizm, madaniyat, mafkura, fuqaro, islohot, jamoatchilik nazorati, tamoyil, targ'ibot, muxolifat,

Insoniyat siyosiy ongining davr bilan hamnafas rivojlanib borishi siyosiy jarayonlar, siyosiy tizim va uning tarkibiy qismlarini takomillashtirishga ham o'z ta'sirini ko'rsatmoqda. "Zamonaviy fuqarolik jamiyatining bardavom faoliyati bir necha, serqirra jamoat tashkilotlari bilan uzviy aloqani talab etadi, ularning eng asosiysi siyosiy partiyalardir". Siyosiy partiyalar jamiyat tizimining asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Binobarin jamiyat siyosiy tizimi doimiy harakatdagi ijtimoiy hodisadir. Shu boisdan mashhur ingiliz siyosiy arbobi Genri Sent Jon Bolingbrok siyosiy partiyani demokratik institut sifatida e'tirof etib, "partiya millatning ovozi" ekanini qayt etadi.

Siyosiy partiyalar saylovoldi dasturlarida ta'lim tizimiga, yoshlar masalasiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Quvonarli jihati shundaki, bugungi kunda yoshlarimiz barcha jabhalarida bo'lgani kabi siyosiy partiyalar faoliyatida ham alohida o'ringa ega bo'lib borishmoqda. Har bir siyosiy partiyada yoshlar qanoti faoliyat olib borayotganligi buning yaqqol tasdig'idir.

ANNOTATSIYA

KIRISH

September, 2022

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

"Partiya" so'zi lotincha "part" so'zidan kelib chiqqan bo'lib, "ish", "qism" degan ma'nolarni anglatadi. Siyosiy partiya - fuqarolarning eng faol, mushtarak mafkura asosida bog'langan, davlat hokimiyatini qo'lga kiritish, uni saqlab qolish va amalga oshirishga intiluvchi qismi, ixtiyoriy ittifoqi.

Siyosiy partiya - bu jamiyatdagi ma'lum bir guruhlar, toifalar, qatlamlarning qiziqishlarini aks ettiradigan hamda davlat hokimiyatini tashkil etish va davlat ishlarida qatnashish orqali ularni amalga oshirishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yadigan kishilar birligini ifodalaydi. Boshqacha aytganda, siyosiy partiyalar mamlakatdagi muayyan aholining yoki guruhlarning manfaatlarini, maqsadlarini va intilishlarini ifodalaydigan hamda qonuniy vositalar yordamida ularni davlat siyosti darajasiga ko'tara oladigan jamiyatdagi yagona kuch hisoblanadi. Aynan mana shu jihati, ya'niy siyosiy hayotdagi bevosita ishtiroki bilan o'z manfaatlarini ifodalashi orqali siyosiy partiyalar boshqa jamoat tashkilotlaridan farqlanadi.

Siyosiy partiyalar zamonaviy demokratik jamiyatlar siyosiy tizimining muhim ajralmas qismidir. Davlat va huquq nazariyasidan bizga ma'lumki, siyosiy tizim - bu xalq irodasiga muvofiq davlatda siyosiy hokimiyatni amalga oshirishga xizmat qiluvchi siyosiy institutlar, siyosiy normalar, prinsplar, jarayonlarning o'zaro aloqadorligi va mushtarak yig'indisi. Ramziy ma'noda aytganda, siyosiy tizim davlat hokimiyatini amalga oshiruvchi siyosiy muassasalar yoki tashkilotlarning harakatlanish maydonidir, ushbu siyosiy maydonning barqarorligini mustahkamlovchi siyosiy poydevor - siyosiy partiyalardir. Zero, siyosiy partiyalar hokimiyat konstitutsiyaviy-huquqiy tuzilishining barcha bo'g'inlariga singib ketgan holda nafaqat uni shakllantirishda, balki faoliyat yuritishida ham hal qiluvchi rol o'ynaydilar.

Jamiyatda turli xil patriyalarning mavjud bo'lishi natijasida siyosiy fikr , qarashlarning xilma-xilligi vujudga keladi. "Plyuralizm, ya'ni fikrlar xilma-xilligi va qarashlarning rang-barangligi ma'rifiy jamiyatga xos bo'lib, muayyan haqiqatni turlicha izohlash, tushunish va talqin etish tamoyiliga asoslanadi"

Siyosiy partiyalarning o'ziga xos xususiyatlari qonuniy raqobat olib borilishi sharoitida ijobiy natijalarga olib keladi hamda davlat, jamiyat rivoji uchun o'z hissasini qo'shadi. Bugungi kunda, aynan shu sababli, demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda mamlakatdagi siyosiy raqobatni rivojlantirish asosiy maqsad, yo'nalish sifatida namoyon bo'lmoqda. Partiyalararo qonuniy raqobat fuqarolar siyosiy madaniyatidagi

halol raqobat tushunchasi bilan uzviy bog'liq.

September, 2022

O'zbekistonda parlament demokratik prinsiplaridan kelib chiqib ko'p partiyaviylik tizimiga amal qilgan holda ochiq va erkin saylovlar asosida shakllanmoqda va faoliyat olib bormoqda. O'tgan davr mobaynida bu borada zarur tajriba to'plandi, erishilgan yutuq va kamchiliklarni ikki palatali parlament sharoitida yanada chuqurroq tahlil etish imkoni paydo bo'ldi. Zero, partiyalar o'rtasida doimiy kurash - g'oya va dasturlar kurashi parlamentning kundalik faoliyatida asta-sekinlik bilan bo'lsada namoyon bo'lmoqda, parlament faoliyatida har qaysi partiya o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga sobitqadamlik bilan erishishga harakat qilmoqda. Biroq bu yo'lda muayyan murakkabliklar, xato va kamchiliklar ham mavjudligini ta'kidlash lozim. Shuning uchun, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev: "Bir fikrni takror va takror aytishni o'rinli, deb bilaman: olib borayotgan islohotlarimizning muvaffaqiyati, avvalambor, siyosiy partiyalarning yetuklik darajasiga, ularning jonajon Vatanimiz oldidagi mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga qay darajada tayyor ekaniga bevosita bog'liqdir",- deb ta'kidlaydi.

Davlat va siyosiy partiyalar o'zaro munosabatlarining asosiy yo'nalishlari ular faoliyatini normativ tartibga solish, davlat va jamoatchilik nazorati, davlat va siyosiy partiyalarning masalalarni bahamjihat hal qilish bo'yicha o'zaro hamkorligi, siyosiy partiyalar faoliyatini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash hisoblanadi.

Hozirgi kunda respublikamizda Xalq Demokratik partiyasi, "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi, tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasi hamda O'zbekiston ekologik partiyalari faoliyat yuritib kelmoqdalar. Barcha siyosiy partiyalar o'z faoliyatlarini Konstitutsiya va O'zbekiston Respublikasi Qonunlari asosida amalga oshiradilar. Shu boisdan, siyosiy partiyalar qonun asosida tashkil etilishi va faoliyat olib borishi, bir maqsadli shaxslarni birlashtirishi, muayyan dasturi va yo'nalishiga ega bo'lishi, boshqa jamoat tashkilotlari orasida o'zining rasmiyligi va muhimligi bilan ajralib turishini ta'kidlash lozim.

Jamiyat hayotida qonuniylik mezonlari to'liq joriy etib borilishi davlatning faoliyatida o'z aksini topishi va doimo mustahkamlanib borilishini taqozo etadi. Aynan shu maqsadlarga mos holda O'zbekistonda islohotlarning muhim yo'nalishlari etib hokimiyatni bo'linish tamoyilini amalga oshirishni ta'minlash, jamiyat siyosiy tizimida parlamentni rivojlantirish, partiyalarning rolini oshirish kabi masalalar belgilab olingan. Bu yo'lda jamiyatimiz hayotining barcha sohalarida "Kuchli davlatdan -kuchli fuqarolik jamiyati sari" g'oyasi asosida ijobiy natijalarga erishilmoqda.

September, 2022

Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 9 | 2022

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ko'p partiyaviylik - demokratik davlatlarda siyosiy hayotni tashkil etishning asosiy konstitutsiyaviy prinsiplaridan biri, siyosiy va mafkuraviy plyularizmni ancha umumiy bo'lgan prinsipining ifodasi hisoblanadi. Ko'p partiyaviylik prinsipi yuridik jihatdan davlat fuqarolarning o'z dunyoqarashlariga muvofiq tarzda siyosiy partiyalarga birlashish huquqini, barcha siyosiy partiyalarning qonun oldida tengligini, ular faoliyati erkinligini tan olishi va kafolatlashini anglatadi. Ko'p partiyalilik prinsipi vakolatli davlat organlarining milliy, irqiy, diniy yoki ijtimoiy murosasizlikni, qonuniy davlat hokimiyat organlarini kuch ishlatib ag'darishni targ'ib qiladigan yoki boshqa yo'sinda amalda bo'lib turgan qonunchilikni buzadigan siyosiy partiyalarni qonunda belgilangan tartibda ta'qiqlashi va tarqatib yuborishni mustasno qilmaydi.

Binobarin, mamlakatda haqiqiy ko'ppartiyaviylik tizimining paydo bo'lishi bugungi kunda mavjud bo'lgan har bir siyosiy partiyaning faoliyatiga bog'liq. Shuning uchun ham O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlaganlaridek, "Har bir partiya muayyan ijtimoiy qatlamga tayangan holda, ana shu toifa manfaatlarining himoyachisi sifatida o'zining aniq ravshan harakat dasturiga ega bo'lishi kerak. Unda har qaysi partiyaning maqsad va vazifalari, jamiyat taraqqiyoti borasidagi muqobil takliflar o'z ifodasini topishi lozim. Amalda ko'ppartiyaviylik - bu har xil kurash va g'oyalar o'rtasidagi bahs-munozara, turli partiyalar, jumladan muxolif partiyalar uchun ham siyosiy raqobat maydonidir".

Partiyalar faoliyatini harakatga keltiruvchi kuchlar - bu xalq va turli guruhlarning maqsad va manfaatlari, qadriyatlari, orzu-istaklari va g'oyalaridir. Partiya o'z faoliyati orqali a'zolarining manfaat va ehtiyojlarini davlat boshqaruvi organlariga yetkazib turadi.

Ko'p partiyaviylik, avvalo, jamiyatimizda o'z manfaat va qarashlariga ega bo'lgan har qaysi ijtimoiy qatlam va guruhning maqsad va intilishlarini to'liq aks ettirish uchun kerak. Chunki hayot bor ekan, inson bor ekan, har qaysi toifa o'zining mafaatlarini qandaydir yo'llar bilan amalga oshirishga harakat qiladi, bu hayotni qanday tashkil qilish lozim, inson, oila qanday sharoitda tinch va baxtli yashashi mumkin, degan masalalar atrofida fikr yuritadi, kerak bo'lsa, qonuniy yo'llar bilan o'z maqsadlariga erishishga intiladi.

Jamiyatimizning turli sohalarida islohotlar natijasida erishilgan marralar va yutuqlarni e'tirof etgan holda, jamiyatni yanada demokratlashtirish, boshqaruvni takomillashtirish masalalarida ba'zi muhim masalalarning ahvoli va rivojlanish sur'atlarini mamlakatimiz oldida turgan ulug'vor vazifalaridan kelib chiqadigan talablar darajasiga ko'tarish masalasi dolzarb bo'lmoqda. Bu avvalo jamiyat rivojida va uni boshqarishda

September, 2022

https://t.me/ares uz Multidisciplinary Scientific Journal

siyosiy partiyalarning rolini jiddiy ko'tarish masalasidir. Bu yo'nalishda qo'yilgan yana bir muhim qadam O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilgan parlamentimiz tomonidan qabul qilingan "Davlat boshqaruvini yangilash va demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonundir. Bu qonunni qabul qilishdan asosiy maqsad siyosiy partiyalar fraksiyalarining davlat va jamiyat qurilishi tizimidagi roli va ahamiyatini kuchaytirish, ularning funksiyalarini bajarishda samaradorlikni oshirish, jamiyat siyosiy hayotida fraksiyalar faoliyatini ta'minlash, aholi manfaatlarini bevosita fraksiyalar orqali qonunchilik darajasiga ko'tarish va hal qilish, partiya yo'nalishi va dasturini parlament va mahalliy kengashlarda mustahkamlash va barqarorlashtirish imkoniyatini shakllantirishdan iborat.

Bizga ma'lumki, yangi qonun loyihalarini tayyorlash tashabbusi deputatlarning to'g'ridan-to'g'ri birlamchi vazifalaridan biridir. Zamon talablari, jamiyatimiz shart-sharoitlari, aholimiz tub ehtiyojlarining mazmunidan kelib chiqqan qonun loyihalari borasida tashabbuslar siyosiy partiyalar fraksiyalari vakillari tomonidan muntazam ravishda ilgari surilishi zarur.

Xulosa o'rnida shuni aytish kerakki, O'zbekistonda siyosiy tizimi zamonaviy siyosiy munosabatlar shart-sharoitlari va omillariga moslashish hamda uyg'unlashish sifatlariga ega bo'lib bormoqda. Siyosiy partiyalarning islohatlar jarayonidagi jamiyatni yangilash va modernizasiya qilish, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishdagi roli va ahamiyati kuchaytirish, ijro hokimiyati ustidan jamoatchilik, saylab qo'yiladigan hamda vakolatli organlar nazoratini kuchaytirish, taraqqiy topgan demokratik davlatlar tajribasi asosida yurtimizda haqiqiy ko'ppartiyaviylik muhitini qaror toptirishga qaratilgan hayotiy zarur huquqiy qoidalar o„z aksini topdi. Bularning barchasi siyosiy partiyalarning keng ko'lamda ijtimoiy-siyosiy faoliyat yuritishini ta'minlaydigan mustahkam qonunchilik bazasi yaratilishiga va ularning jamiyatimizdagi o'rni va nufuzi va mavqeini, vakolatlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

REFERENCES 1. Юдин Ю.А. Политические партии и право в современном гасударстве. М.: Издателъская группа "ФОРУМ-ИНФРА-М",

XULOSA

1998. С.36.

September, 2022

2. Qirg'izboyev M. Fuqarolik jamiyati: siyosiy partiyalar, mafkuralar, madaniyatlar. T.: Sharq. 1998. B.30-32.

3. Jalilov A., Muhammadiev U., Jo'raev Q va bos'hqalar. Fuqarolik jamiyati asoslari: o'quv qo'llanma. Tos'hkent, 2015. B198-199.

4. Bekov I.R., Abbosxo'jayev Sh.A. Siyosiy partiyalar va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi. - T.: "O'zbekiston", 2007. B.5.

5. Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. Toshkent : O'zbekiston, 2000. B.19.

6. Mirziyoyev Sh.M. Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi, islohotlarning tashabbuskori va asosiy ijrochisi bo'lishi kerak. Prezident S'havkat Mirziyoevning Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O'zbekiston Yekologik harakati vakillari bilan videoselektor yig'ilis'hidagi ma'ruzasi // Xalq so'zi, 2017 yil 13iyul.

7. Tadjixanov U., Odilqoriev H., Saidov A. O'zbekiston Respublikasining konstitusiyaviy huquqi. T., 2001. B.473.

8. Bekov.I., Hamidova K. Saylov va siyosiy partiyalar.-Tos'hkent: O'zbekiston, 2009.-6-7 b.

9. Karimov I.A. Ozad va obod Vatan, yerkin va farovon hayot-pirovard maqsadimiz. - T.: 8 tom. O'zbekiston. - B. 333.

10. Bekov I., Hamidova K. Saylov va siyosiy partiyalar.-Tos'hkent-O'zbekiston,

11. Bekov I.R, Abbosxo'jayev S'h. A. Siyosiy partiyalar va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi. - T.: "O'zbekiston", 2007. B.5.

12. TamMeTOB T.X. MH.MHH FOAHH emnap OHrara CHHrgHpnmHHHr 3aMOHaBHH ycynnapn. "Ernnapra ong gaBnar cnecaraHHHr emnap H^THMOHHnamyBHgarn ypHH Ba axaMHaTH". -T.: 2019. B 191-195.

13. T.T Khudayberganovich. (2020). The importance of the use of innovative technologies in raising the spirituality of young people. International journal of multidisciplinary research (IJMR). -p. 25-27.

14. T.T Khudayberganovich. (2020). Prospects for relying on the basis of the national idea in protecting young people from hard and harmful ideas. International Journal for Innovative Engineering and Management Research. A Peer Revieved Open Access International Journal. Elsevier SSRN 9 (11) -p. 81-85.

15. Tuxtasin Xudayberganovich Tashmetov. (2021). Global yutuqlardan foydalanishda milliy g'oyaning samaradorligini oshirish mexanizmlari. Academic research in educational sciences, 2(3), 596-602.

16. T.T Khudayberganovich. (2020). Ernnapra öepnnaeTraH HMKOHHtfraapHHHr TapÖHflgara axaMHtfra. Science and Education. -p.618-619.

17. Tuxtasin Xudoyberganovich Tashmetov (2021). Yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirishning ta'lim-tarbiyaning o'rni. Academic

Research in Educational Sciences, 2(1), p. 1047-101.

2009.9-b.

September, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.