Научная статья на тему 'JAMIYAT TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHIDA YOSHLAR
MAʼNAVIY MADANIYATINI YUKSALTIRISHNING IJTIMOIY-FALSAFIY
MASALALARI'

JAMIYAT TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHIDA YOSHLAR MAʼNAVIY MADANIYATINI YUKSALTIRISHNING IJTIMOIY-FALSAFIY MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

1169
50
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
uchinchi renessans / globallashuv / taraqqiyot / jamiyat / maʼnaviyat / madaniyat / yoshlar.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Bahodir Mardon Oʻgʻli Mardonov

Ushbu maqolada Oʻzbekiston taraqqiyotining yangi bosqichi – uninchi renenessans davrida yoshlar maʼnaviy madaniyatini rivojlantirish va yuksaltirishning strategik vazifalari, taʼlim va tarbiya siyosatining ijtimoiy moʻljallari hamda yoshlar taʼlim-tarbiyasi, ongi va tafakkuri masalasi globallashuvning bugungi chegarasida oʻziga xos hal qiluvchi nuqtalardan biri ekanligi, shu bilan birga yoshlarda maʼnaviy madaniyatni yuksaltirishning hozirgi vaqtdagi dolzarb muammolari va ularning yechimi haqida soʻz yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «JAMIYAT TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHIDA YOSHLAR MAʼNAVIY MADANIYATINI YUKSALTIRISHNING IJTIMOIY-FALSAFIY MASALALARI»

JAMIYAT TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHIDA YOSHLAR MA'NAVIY MADANIYATINI YUKSALTIRISHNING IJTIMOIY-FALSAFIY

MASALALARI

Bahodir Mardon o'g'li Mardonov

Bojxona instituti katta o'qituvchisi E-mail: mardonov.bahodir@inbox.ru

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada O'zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichi - uninchi renenessans davrida yoshlar ma'naviy madaniyatini rivojlantirish va yuksaltirishning strategik vazifalari, ta'lim va tarbiya siyosatining ijtimoiy mo'ljallari hamda yoshlar ta'lim-tarbiyasi, ongi va tafakkuri masalasi globallashuvning bugungi chegarasida o'ziga xos hal qiluvchi nuqtalardan biri ekanligi, shu bilan birga yoshlarda ma'naviy madaniyatni yuksaltirishning hozirgi vaqtdagi dolzarb muammolari va ularning yechimi haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: uchinchi renessans, globallashuv, taraqqiyot, jamiyat, ma'naviyat, madaniyat, yoshlar.

Kirish. Dunyo bo'yicha innovatsion raqamli texnologiyalar rivojlangan holda, insoniyat tafakkuriga ta'sir qilib boruvchi kiber aloqa axborot vositalarining ko'lami kengayib borayotgan bir davrda yoshlarning ma'naviy madaniyatida insoniylik g'oyalarini, xususan, ezgulik, do'stlik, bag'rikenglik, yaxshilik, oqibat, vafo kabi ma'naviy-axloqiy tamoyillarini saqlash va asrash muhim ahamiyatga ega bo'lib bormoqda. Inson tirik mavjudotlardan tafakkuri va ma'naviyati bilan farqlanishi bois, ushbu tafakkur imkoniyatlarini jamiyatga xizmat qilishini ta'minlashga, uning ma'naviy madaniyatida insoniylikni saqlashga erishish uchinchi ming yillikda zaruriyatga aylandi. Axborot xuruji avj olayotgan, dunyoni bo'lib tashlash va hukmronlik qilishga da'vogar mamlakatlar orasida ziddiyatlar keskinlashayotgan bir vaziyatda dunyo ilm ahlining diqqat markazida insonni inson bo'lishiga o'rgatishga ehtiyoj har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb qilmoqda.

Mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichi hisoblanayotgan uchinchi renessans davrida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va yangilanishlar jarayoni, yoshlar ma'naviy madaniyatini takomillashtirish kun tartibidagi dolzarb vazifalardan biridir. Respublikamizda islohotlarning asosiy yo'nalishlaridan biri "Yoshlarga oid davlat siyosati" doirasida yoshlar, ularning huquq va erkinliklarini ta'minlash bo'lib, bunda nafaqat yoshlarning iqtisodiy, balki ijtimoiy individual ongining

June, 2023

303

himoyasi va ma'naviy madaniyatini shakllantirishga, uni shu aziz Vatanning tom ma'nodagi fidoyi fuqarosi sifatida tarbiyalash nazarda tutilgan. O'zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta'kidlaganidek, «O'zbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirishni maqsad qilib qo'ygan ekanmiz, bunga faqat jadal islohotlar, ilm-ma'rifat va innovatsiya bilan erisha olamiz. Nafaqat yoshlar, balki butun jamiyatimiz a'zolarining bilimi, saviyasini oshirish uchun avvalo ilm-ma'rifat, yuksak ma'naviyat kerak. Ilm yo'q joyda qoloqlik, jaholat va albatta, to'g'ri yo'ldan adashish bo'ladi» [1, 2-b.]. Yoshlarning ma'naviy madaniyatining ijtimoiy taraqqiyotni ta'minlashdagi o'rni, uning mohiyatini belgilovchi omillarni aniqlash ijtimoiy-madaniy yuksalishda o'zaro uyg'unlikni ta'minlash, ilmiy-amaliy ahamiyatga molik bo'lgan xulosalarni ishlab chiqish dolzarb vazifa bo'lib qolmoqda. Shu nuqtai nazardan tafakkur imkoniyatlarini kengaytirish, erkin va tanqidiy fikrlash, faoliyatni maqsadga yo'naltirish, kelajakka mo'ljal olish kabilarga erishish maqsadida 2017 yil 13 sentyabrda "Kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ib qilish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to'g'risida"gi Prezident Qarori e'lon qilindi va u bosqichma-bosqich tizimli amaliyotga joriy qilinmoqda. Chunki kitob bilim manbai bo'lib, u shaxs ma'naviy madaniyatini shakllantiruvchi eng muhim omildir. 2017 yildan 30 iyun sanasini Prezidentimiz tashabbusi bilan "Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz" degan shior keng tarqalib, "Yoshlar kuni" deb e'lon qilinishi, yoshlarga imtiyozli kreditlarning berilishi, ta'lim tizimining barcha bosqichlaridagi islohotlar, oliy ta'lim tizimida o'qish imkoniyatlarining yildan-yilga kengayib borayotganligi, zamonaviy va diniy bilimlar uyg'unligini ta'minlash jarayoni yuksak ma'naviyatli shaxsni tarbiyalashga yo'naltirilgandir.

Asosiy qism. Bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulkan islohotlarning zamirida "Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari" degan hayotiy g'oya turibdi. Milliy yuksalish faqatgina ma'naviy sohada emas, balki demokratik jamiyat va huquqiy davlat, farovon va tinch-osuda hayot, iqtisodiy jihatdan barqarorlik kabi hayotimizning barcha sohalarini taraqqiy ettirishni ko'zda tutadi. Bu jarayonlar davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyevning tashabbusi asosida ilgari surilgan O'zbekistonni yanada rivojlantirishning 2017-2022 yillarga mo'ljallangan harakatlar strategiyasi, uzoq muddatli - 2030 yilga qadar mo'ljallangan taraqqiyot konsepsiyasida o'z aksini topmoqda. Ayniqsa, "Raqamli iqtisodiyot-2030", ta'lim tizimini taraqqiy ettirishning 2030 yilga qadar mo'ljallangan konsepsiyasi va boshqalar buning yaqqol isbotidir. Har bir jamiyatning taraqqiyotini, uni amalga oshirishga qaratilgan strategik dastur yoki konsepsiyalar bo'lmasin, ularning barchasini amalga oshiruvchi kuch bu inson omilidir. Bunda bu omilning ma'naviy-ruhiy, iqtisodiy-huquqiy, jismoniy jihatdan qo'llab-quvvatlanishi va uning imkoniyatlari

June, 2023

304

har tomonlama kafolatlanishi shart qilinadi. Xususan ma'naviy madaniyati ham o'z o'rnida insonning ham ma'nan, ham jismonan va moddiy jihatdan yuksalishini ta'minlovchi muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Bu borada ma'naviy madaniyat jamiyatning barcha sohalari va tarmoqlarini rivojlantirishga hissa qo'shish birga ulardan ma'naviy kuch oladi, ijobiy ma'noda ta'sirlanadi.

O'zbekiston taraqqiyotining hozirgi bosqichi jamiyatning tobora huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish sari intilishidagi asosiy muammolaridan biri bu mustaqil shaxsga muhtojligidir. Bu o'rindagi asosiy jihat inson tashqi ijtimoiy kuchlar tomonidan majburlanmasdan va ongning ichki sharoitlari, ruhiy dunyosi orqali manipulyatsiya qilinmasdan erkin rivojlanishidir. Bugungi talab ham inson o'zini o'zi o'zgartirishi, o'zini o'zi tarbiyalashi orqali erkin bo'la olishi, o'z hayotini va atrofini o'zgarishlarga olib kirishidir. Bu borada haqiqiy o'zgarish ideal, ma'naviy o'zgarishdan boshlanadi. Ichki va tashqi uyg'unlikda shaxsning ma'naviy madaniyati muammolari ko'plab olimlar tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, ular falsafada keng qo'llaniladigan dialektik determinizm tamoyiliga alohida e'tibor qaratdilar. Bunda tashqi sabablar juda murakkab tizimlarning ichki sharoitlari orqali harakat qiladi. Biz kelgusida shaxsning ichki va tashqi dialektikasi nuqtai nazaridan jamiyatdagi ma'naviy, axloqiy va madaniy holatining murakkab muammolarini hal qilishga e'tibor qaratishimiz lozim. Ayniqsa, bu borada yoshlar ma'naviy olamining ijtimoiy-madaniy avtonomiyasini o'rganish yanada samarali mezon bo'lib xizmat qilishi mumkin. Yoshlar madaniyatining ichki va tashqi jihatlari bir-biriga qarshi emas, garchi ular bir-biriga o'xshash bo'lmasa ham. Ularning qarama-qarshi birligining sharti - bu insonning o'zini o'zi belgilashi. Tashqi madaniyatni o'zlashtirgan kishi o'z ichki madaniyatini ham rivojlantiradi. Inson va madaniyat tashqi va ichki yoki obyektiv va shaxsiy birlikdir.

Madaniyatning ichki yoki shaxsiy turi ma'naviy borliq prinsipiga muvofiq tashkil etiladi. Bunda insonning o'zi va uning atrofidagi g'oyalari, maqsadlari, g'ayratlari va harakatlari muhim rol o'ynaydi. Madaniyat jamiyatning ajralmas belgisidir, shuning uchun u ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Hayot jarayonida inson madaniy-tarixiy mavjudot sifatida shakllanadi. Yoshlar ma'naviy madaniyatini shakllantirishda til, ong, dunyoqarash, ma'lumot muhim o'rin tutadi va nafaqat uning keng qamrovli mohiyatini, insonning ichki va tashqi birligining asosiy prinsipini mustahkamlashga xizmat qiladi. Inson ijtimoiy mavjudot sifatida o'zining ma'naviy madaniyatining yaratuvchisidir va bu o'z-o'zini rivojlantirish, o'zini takomillashtirish orqali amalga oshiriladi. Bilim, ong, aql va sabab bir butunning bir tomonini - shaxsning ma'naviy olamini anglatadi, uni obyektiv mazmun va shaxsning tashqi hayot faoliyati uchun ahamiyati nuqtayi nazaridan tavsiflaydi. Umuman ma'naviy

June, 2023

305

madaniyat nafaqat voqelikni inson ongida obyektiv-mazmunli aks ettirish bilan, balki hissiy, baxtsiz idrok, ushbu tarkibni anglash bilan ham bog'liqdir.

Darhaqiqat, har bir mamlakatda aholining ijtimoiy-siyosiy faolligi ma'naviy intellektual salohiyati jamiyat taraqqiyotini belgilovchi muhim omillardan biridir. Davlat va jamiyat boshqaruvida fuqarolarning ayniqsa, yoshlarning ishtiroki ularning obyektiv voqelikka munosabatida to'la namoyon bo'ladi. Boshqaruv jarayonidagi bunday munosabat har bir insonning jamiyat siyosiy hayotida o'z o'rniga ega bo'lishi, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy maqsad va manfaatlarini qondirishi hamda ularni amalga oshirish yo'lidagi harakatlari asosida yuz beradi. Jamiyatda yangicha munosabatlar tarkib topayotgan hozirgi davrda yoshlarning ijtimoiy-siyosiy hayotda ishtirok etish imkoniyatlari kengayib bormoqda. Bizga ma'lumki, hozirgi kunda dunyodagi har qanday davlatning obro'si va nufuzi, kuch-qudrati, uning moddiy boyliklari, iqtisodiy taraqqiyoti, harbiy quvvati bilan emas, balki avvalo, yuksak ma'naviy salohiyati bilan ham belgilanadi. Xalqning, millatning ma'naviy-ma'rifiy boyligi esa har tomonlama yetuk iste'dodli va qobiliyatli, axloqli va bilimli yoshlar tomonidan rivojlantiriladi. Lekin masalaning yana bir tomoni - hozirgi tez sur'atlar bilan dunyo hamjamiyatida rivojlanib borayotgan davlatlarning barkamol avlod tarbiyasida ularga salbiy ta'sir qilishi mumkin bo'lgan omillardan doimiy ravishda himoyalash dolzarb masaladir. Ma'lumotlarga qaraganda, O'zbekistonda aholining o'rtacha yoshi 24 yoshni tashkil etadi. Biz uchun hech qachon kun tartibidan tushmaydigan yana bir o'ta muhim masala borki, unga alohida to'xtalib o'tish zarur. U ham bo'lsa, unib-o'sib kelayotgan yosh avlodimiz, farzandlarimiz tarbiyasi bilan bog'liqdir. Buyuk bobomiz Abdulla Avloniy aytganidek, bu masala biz uchun haqiqatan ham yo najot, yo halokat, saodat, yo falokat masalasidir va o'z dolzarbligi va ahamiyatini hech qachon yo'qotmaydigan, ta'bir joiz bo'lsa, masalalarning masalasidir [2, 195-b.]. Demak, mamlakatimizda yoshlarning jamiyat taraqqiyotiga nisbatan ongli munosabati, undagi ishtiroki va faolligisiz milliy taraqqiyotni tasavvur qilish qiyin. O'zbekiston sharoitida yoshlarga ijtimoiy taraqqiyotning muhim "katalizatori" sifatida qaralishining eng muhim sabablaridan biri ham ular tarkibi, ongi va dunyoqarashi bilan bog'liq. Negaki, yoshlar dunyoqarashi bugungi yangilanishlar jarayonida shakllanib bormoqda. Shu sabab ham davlat siyosatida bu masalaga alohida yondashilmoqda.

Huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati sharoitida siyosiy faollik ko'proq yoshlar tashkilotlari, ma'naviyat va ma'rifatga daxldor jamoat tashkilotlari, ta'lim muassasalari, mahalla, oila kabi fuqarolik jamiyati institutlari o'rtasida o'zaro mustahkam aloqa bog'lanishini talab etadi. Umuman, bugungi demokratik jarayonlar chuqurlashayotgan, fuqarolik jamiyati institutlari shakllanayotgan

June, 2023

306

sharoitda har qanday masalaning yechimida davlat va jamiyat o'rtasida uyg'unlik ta'minlanmas ekan, islohotlarda kerakli natijalarni qo'lga kiritish qiyinchilik bilan amalga oshishi aniq. Demak, islohotlar va ularning samarasi avvalo aholiga, O'zbekiston sharoitida esa yoshlarga, ularning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokining, ya'ni siyosiy faolligining darajasiga bog'liqdir. Ayni masalada, ya'ni, jamiyat taraqqiyotida inson omili xususida dunyo tajribasiga to'xtalsak, ikkinchi jahon urishidan keyingi xonavoyran bo'lgan Germaniya va Yaponiya kabi bir qator ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti ziyon ko'rgan, bugungi kunda esa, taraqqiyotda katta tajribaga ega bo'lgan davlatlar milliy taraqqiyoti ham jamiyatning yuksak darajadagi faolligi asosida amalga oshganligini ko'rsatadi. Nemis va yapon jamiyati urushdan keyingi och-nahorliklarga, muhtojliklarga qaramay, barcha topganlarini yoshlar kamolotiga, ularning ta'lim va tarbiyasi uchun sarflagan. Buning ustiga g'olib davlatlar ko'rgan zararlarni ham ana shu xalqlar to'lashi kerak bo'ldi. Ana shunday og'ir sharoitda Yaponiyada siyosiy, iqtisodiy inqirozga uchragan mamlakatni tushkunlikdan olib chiqishning birdan-bir yo'li sifatida xalq milliy ruhiyatini tiklash, ta'lim tizimini yangi asosda yo'lga qo'yishga e'tibor qaratildi. "Xalqning qornini to'ydirish uchun, avvalo uning miyasini to'ydirish kerak" degan o'ziga xos shior va g'oya ilgari surildi. Bu g'oya "miyasi to'ygan xalqning qorni o'z-o'zidan to'yadi" degan tamoyil asosida amalga oshirila boshlangan. "Miyasi to'ygan" xalqning e'tiqodi, mamlakat istiqboliga ishonchi, vatanparvarlik va millatparvarlik tuyg'usi, ilmiy, madaniy saviyasi, kasbiy mahorati, mamlakat oldidagi burch va mas'uliyatini anglash tuyg'usi qanchalik yuqori va mustahkam bo'lishini nemis va yapon xalqlarining tarixiy tajribasi tasdiqlamoqda. Demak, jamiyat taraqqiyotning qaysi bosqichida bo'lmasin, uning rivoji yuksak darajadagi ijtimoiy-siyosiy faollik hamda fuqarolarning ma'naviy kamoloti orqali amalga oshadi.

Ma'naviy madaniyat - bu ma'naviy qadriyatlarning ma'lum bir tizimi, inson u yoki bu tarzda ma'naviy boylikni egallaydi va shu tariqa shaxs sifatida namoyon bo'ladi, shuning uchun ma'naviyatga erishish inson hayotining asosiy vazifasidir. Biror kishi nimani o'zlashtirishi mumkinligi va undan yordam so'rashi kerakligi haqida qiyin savol tug'iladi. Masalan, ekzistensializm har qanday shaklda ta'limni rad etadi, uni insonga nisbatan zo'ravonlik yoki hech bo'lmaganda uning erkinligini cheklaydi. Biroq inson ma'naviyatini til, ta'lim, aloqa, sotsializatsiya orqali boyitib borishi aniq. Hisob-kitoblar, qadriyatlar, tabiatni, vaqtni, ideallarni idrok etish usullari hayot jarayonida an'analar va ta'lim orqali inson ongiga joylashtirilgan. Jamiyat tarixi davomida, tabiat va o'zining tarixi davomida, boshqa odamlarga o'tish va o'z-o'zini harakat qilish jarayonida insoniyat tabiatdir. Boshqa tomondan, inson haqiqatan ham o'z mohiyatini - haqiqatni yaratadi, bilishning qiyin yo'lini tugatadi,

June, 2023

307

o'zida yangi chinakam insoniy fazilatlarni rivojlantiradi, qobiliyatlarni ko'paytiradi, ehtiyojlarni oshiradi, yangi kuchlarni shakllantiradi. Inson ichki dunyosi tashqi sharoitlar va ularni o'ziga xos aks ettirish ta'siri ostida shakllanadi, ya'ni bu ta'lim jarayonida va o'z-o'zini tarbiyalash jarayonida amalga oshadi. Ikkinchisi shaxsning ichki faoliyati natijasi, u uchun foydali, orzu qilingan deb hisoblanadigan fazilatlarni rivojlantirishga qaratilgan bo'ladi. Insonning shaxsiy o'sishi bilan uning ichki dunyosida ham, tashqi qismida ham o'zgarishlar bo'ladi.

Dunyo tajribasi shuni ko'rsatmoqdaki, qachonki demokratik tamoyillar ko'proq quyidan yuqoriga qarab takomillashib borsa, u o'ziga xos qadriyat darajasiga ko'tariladi. Zero jamiyat a'zolari kundalik hayotida aks etmaydigan demokratiya turmush tarzimizning tarkibiy qismiga ham aylana olmaydi. Bu esa uzoq muddatli jarayon. Jamiyat siyosiy hayotini erkinlashtirish va demokratlashtirish shoshma-shosharlik bilan amalga oshiriladigan jarayon emas. Agar ushbu holat bosqichma-bosqich muntazam amalga oshirilmaydigan bo'lsa, turli xavfli, noxush oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu bois ham davlatimiz rahbari, bir ijtimoiy tuzumdan, ikkinchisiga o'tish muqarrar ravishda kuchli ijtimoiy-siyosiy faollik asosida amalga oshishini ta'kidlab, bu jarayonga tabiiy holat sifatida qaramoqda. Ana shu tabiiylik jamiyat a'zolarini ayniqsa, ongi, tafakkuri hali to'la shakllanib ulgurmagan yoshlarning hayotida birmuncha qiyinchilik bilan amalga oshadi. Yoshlar ijtimoiy-siyosiy ongini o'stirish va yangicha dunyoqarashini shakllantirish masalalari ma'naviy yetuklikka asoslangan hamkorlik, hamjihatlilik, hamfikrlilik omillari turli inqirozli holatlar, to'qnashuvlarning oldini olish jarayonida namoyon bo'ladi. Bu esa taraqqiyotning tadrijiyligiga olib keladi. Mamlakatning ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-mafkuraviy barqarorligi jamiyatdagi ma'naviy salohiyat va intellektual omilning natijasi ekanligini ko'rsatmoqda. Bunda ijtimoiy-siyosiy faollik va milliy birlikning ta'minlanishini ikki xil aspektda ko'rish mumkin: 1) Bu jarayon jamiyat siyosiy tizimi, ya'ni kuchli davlat va uning ijro hokimiyatining amaliyoti bilan bog'liq bo'lgan. (Milliy taraqqiyotning bunday yo'lini Amerika Qo'shma Shtatlari va Angliyaning 1930-1940-yillardagi siyosiy tizimi va ijtimoiy hayotidagi o'zgarishlarda ko'rish mumkin); 2) xalq ijtimoiy-siyosiy faolligi, millatning o'z-o'zini anglashi, ta'lim tizimiga alohida e'tibor, milliy taraqqiyot sari g'oyaviy-mafkuraviy birlikka intilishi bilan bog'liq bo'lgan. Germaniya va Yaponiyaning ikkinchi jahon urushidan keyingi milliy taraqqiyoti va unda nemis va yapon xalqlarining milliy birligining aks etganligi misolida ko'rish mumkin. Agar ana shunday vaziyatda xalqning ruhan tetikligi, g'oyaviy birligi bo'lmasa, jamiyat siyosiy tizimi amaliyotda hech qanday samara bermasligi mumkin edi. Aslida, o'tish davrida jamiyatning barcha sohalaridagi muammolar bir qalqib yuzaga chiqadi. Ana shunday

June, 2023

308

dolzarb muammolarning yechimida aholi (Mamlakatimiz sharoitida aholining 60% dan ortig'ini tashkil qiladigan yoshlar)ning ijtimoiy-siyosiy faolligi, ongi va dunyoqarashi belgilovchi ahamiyat kasb etadi. Mavjud muammolarning ko'lami, xalqning maqsad manfaatlari tizimi bilan bog'liqlik darajasi ommaning jamiyat taraqqiyoti bilan uyg'unlashuviga hamda shu asosda siyosiy dunyoqarashning, yangicha tafakkurning shakllanishiga olib keladi.

Yuqoridagi berilgan faktlardan ma'lum bo'ladiki, har qanday mamlakatda ham har qanday avlod texnikada, texnologiyada, ishlab chiqarishda, farovonlik darajasida, ma'naviy madaniyatda olg'a siljishga qulay sharoitga ega bo'lavermaydi. Biroq barkamol avlod meros qilib oladigan ishlab chiqarish munosabatlari ishlab chiqarish kuchlarining o'sishiga olib kelsa va o'zi ham hech bo'lmasa ushbu tuzum doirasida takomillashadigan bo'lsa, yangi avlod ishlab chiqarishni, texnikani, texnologiyani, fanni, ta'limni, madaniyatni rivojlantirish masalalarini o'zi muvaffaqiyatli hal etgan bo'lardi. Bunda, aslida, inson muammosi, uning ehtiyojlarini qondirish, qobiliyatini namoyon etish, jismoniy, madaniy va intellektual jihatdan kamol topish, ijtimoiy hayotning turli sohalarida faol ishtirok etish uchun sharoit yaratish muammosi global nuqtayi nazardan diqqat markazida turadi. Turli ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarning tarixiy ustuvorliklari ko'p jihatdan ularda aynan shu masalalar qanchalik muvaffaqiyatli hal etilayotgani bilan belgilanadi. Shaxs ma'naviy madaniyatiga salbiy ta'sir ko'rsatadigan eng katta tahdidlardan biri bu korrupsiyadir. Bugun dunyo tajribasi shuni ko'rsatadiki, davlat doirasidagi yirik korrupsion jinoyatlardan ko'ra maishiy korrupsiya katta yo'qotishlarga olib keladi. Jumaladan, ta'lim tizimidagi oddiygina sessiyadagi "baho olish" jarayoni kelgusida katta-katta ijtimoiy larzalarga sabab bo'lishi mumkin. Janubiy Afrika Respublikasi Stellenboss universiteti peshtoqiga quyidagi ibora yozib qo'yilgan. "Har qanday millatni yo'q qilish uchun atom bombasi yoki uzoq masofali raketa shart emas. Buning uchun ta'lim sifatini tushirib, imtihonlarga aldov aralashtirishning o'zi kifoyadir. Bu tarzda ta'lim olgan shifokorlar qo'lidan bemorlar o'lim topadi, quruvchilar qurgan uy va binolar vayron bo'ladi, iqtisodchi va hisobchilar qo'lida moliyaviy resurslar sovuriladi, adolat ham shunday huquqshunos va sudyalar qo'lida zavol topadi". Taasufki, oliy ta'lim tizimida asosan talabalik safiga qabul qilish, o'qish jarayonida topshiriladigan turli sinovlar, talabalarning bitiruv malakaviy ishi yoki magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish, magistraturaga qabul, shuningdek, talabalarning o'qish joyini ko'chirish, o'qish yo'nalishini o'zgartirish hamda o'qishga qayta tiklashda korrupsiya holatlari kuzatilmoqda.

Xullas, an'anaviy qadriyatlarimizni ilm-fan va taraqqiyot yutuqlari bilan boyitib borish, o'zligimizni chuqurroq anglash, milliy g'oya va istiqlol mafkurasi tamoyillarini xalqimizning qalbi

June, 2023

309

va ongiga singdirish, muqaddas dinimiz va tariximizni soxtalashtirish, ulardan siyosiy maqsadlarda foydalanishga yo'l qo'ymaslik - bu boradagi asosiy vazifalarimizdandir. Shuningdek, yana boshqa qator vazifalarni amalga oshirish lozim. Ular, Birinchidan, xalqimizni milliy yuksalish va islohotlar jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirish, ularning kuchi va salohiyatlarini ijtimoiy hamkorlik va millatlararo totuvlik, diniy bag'rikenglik kabi ezgu maqsadlarga safarbar etish. Bu ma'naviyatning kuch-qudratidan ezgu maqsadlar yo'lida samarali foydalanish, ijtimoiy munosabatlarni insoniylik g'oyalari asosida rivojlantirish demakdir.

Ikkinchidan, turli qarash va fikrga ega bo'lgan ijtimoiy qatlamlar, siyosiy kuch va harakatlarning o'ziga xos orzu intilishlarini uyg'unlashtiruvchi - "Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari" g'oyasini xalqimiz uchun bosh maqsadga aylanishiga erishish.

Uchinchidan, ota-bobolarimiz dinining asl mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish borasidagi ishlarini davom ettirish. Toki, bu din xalqimizning ming yillik tarixi, bugungi ma'naviy hayotimizning ham asosi ekani xalqimizning ongiga singdirib borish shu ma'noda, buyuk ajdodimiz Bahouddin Naqshbandning "Dil ba yor-u, dast ba kor" degan hikmati biz uchun muhim hayotiy tamoyil bo'lib qolaveradi.

To'rtinchidan, O'zbekistonni rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish, ta'lim-tarbiya tizimini zamon talablari asosida muttasil takomillashtirib borish.

Beshinchidan, O'zbekistonda yashayotgan barcha millat va elatlarning qadriyatlari, diniy e'tiqodi, urf-odat va an'analarini hurmat qilish, ularni asrab-avaylash va rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi. Xalq so'zi. 2020-yil 25-yanvar. № 19 (7521)

2. Mirziyoyev Sh. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. 2-jild. -Toshkent: O'zbekiston, 2018. -195 b.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi.// 25.01.2019. http://www.uza.uz.

4. Karimov I. O'zbekiston buyuk kelajak sari. -Toshkent: O'zbekiston, - 300 b.

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618 "Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida"gi farmoni.//Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi.//http://www.lex.uz.

6. Mirziyoyev Sh. Milliy taraqqiyot yo'limizni qatiyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. 1-jild. -Toshkent: O'zbekiston, 2018. -535 b.

BE^ June, 2023

https://t.me/ares uz Multidisciplinary Scientific Journal

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.