Научная статья на тему 'SAYLOV VA UNING YOSHLAR FAOLIYATIDA TUTGAN OʻRNI'

SAYLOV VA UNING YOSHLAR FAOLIYATIDA TUTGAN OʻRNI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

26
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
saylovlar / yoshlar / ijtimoiy faollik / siyosiy bilimlar / xulq-atvor / davlat institutlari / elektoral madaniyat / yoshlar siyosati / davlat hokimiyati / ijtimoiysiyosiy hayot. / elections / youth / social activism / political knowledge / behavior / public institutions / elective culture / youth politics / public power / socio-political life.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — B. G. Nurqulov

Maqolada davlat organlarini shakllantirishning muhim mexanizmlaridan biri boʻlgan saylovlar va ularda yoshlar ishtiroki, shuningdek, yosh avlodning siyosiy ongini yuksaltirish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda saylov institutining oʻrni va ahamiyati masalalari oʻrganilgan va ushbu jarayonning ijtimoiy ahamiyati tadqiq qilingan. Shuningdek, saylov va boshqa ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda yoshlarning siyosiy xulq-atvorini shakllantiradigan holatlarga doir qarashlar oʻrin olgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ELECTIONS AND THEIR ROLE IN YOUTH ACTIVITIES

The article explores the issues of elections, which are one of the important mechanisms for the formation of state bodies, and youth participation in them, as well as the role and importance of the Electoral Institute in raising the political consciousness of the younger generation, increasing their socio-political activity, and explores the social significance of this process. Also, in elections and other sociopolitical processes, views on the circumstances that shape the political behavior of young people are included.

Текст научной работы на тему «SAYLOV VA UNING YOSHLAR FAOLIYATIDA TUTGAN OʻRNI»

SAYLOV VA UNING YOSHLAR FAOLIYATIDA TUTGAN O'RNI

B. G. Nurqulov

Stajyor o'qituvchi, O'zbekiston Milliy universiteti, Toshkent, O'zbekiston

ANNOTATSIYA

Maqolada davlat organlarini shakllantirishning muhim mexanizmlaridan biri bo'lgan saylovlar va ularda yoshlar ishtiroki, shuningdek, yosh avlodning siyosiy ongini yuksaltirish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda saylov institutining o'rni va ahamiyati masalalari o'rganilgan va ushbu jarayonning ijtimoiy ahamiyati tadqiq qilingan. Shuningdek, saylov va boshqa ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda yoshlarning siyosiy xulq-atvorini shakllantiradigan holatlarga doir qarashlar o'rin olgan.

Kalit so'zlar: saylovlar, yoshlar, ijtimoiy faollik, siyosiy bilimlar, xulq-atvor, davlat institutlari, elektoral madaniyat, yoshlar siyosati, davlat hokimiyati, ijtimoiy-siyosiy hayot.

ELECTIONS AND THEIR ROLE IN YOUTH ACTIVITIES

B. G. Nurkulov

Trainee teacher, National University of Uzbekistan, Tashkent, Uzbekistan

ABSTRACT

The article explores the issues of elections, which are one of the important mechanisms for the formation of state bodies, and youth participation in them, as well as the role and importance of the Electoral Institute in raising the political consciousness of the younger generation, increasing their socio-political activity, and explores the social significance of this process. Also, in elections and other sociopolitical processes, views on the circumstances that shape the political behavior of young people are included.

Keywords: elections, youth, social activism, political knowledge, behavior, public institutions, elective culture, youth politics, public power, socio-political life.

Saylov - mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotidagi eng muhim siyosiy jarayonlardan biri hisoblanadi. Har bir saylovchining ovozi zamirida mamlakatning ertasi, avlodlar kelajagi va fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy haq-huquqlari mujassam. Har bir millatning, mamlakatning ertasi, kelajak taqdiri yosh avlodning qo'lida ekanligi sir emas. Shu sababli, yoshlarning siyosiy-ijtimoiy faolligi davlat

April 20, 2024

432

ahamiyatiga molik masalalardandir. Mamlakatimizda so'nggi yillarda yoshlar siyosatiga e'tibor sezilarli darajada kuchaydi. 2016-yilning 14-sentyabrida "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi Qonun yangi tahrirda qabul qilingan edi. Ushbu qonun yillar davomida mavhum bo'lib kelgan huquqiy tushunchalarga aniqlik kiritish bilan birga, yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga ko'tarishda muhim omil bo'lmoqda.

Ma'lumki, bugungi kunda yoshlar ijtimoiy jihatdan ham turlicha qarashlarga, turlicha dunyoqarashga, ijtimoiy maqomga ega qatlam (ishchi, tadbirkor, hunarmand, talaba, shaharlik, qishloqlik, tijoratchi, boy oilaga mansub, o'rta yoki kambag'alroq oilaga mansub va h.k.) sifatida o'zlarining qatlamlashgan manfaatlariga ega. Shu nuqtai nazardan siyosiy liderlar yoki deputatlikka nomzodlar ularga alohida ahamiyat qaratadi, chunki yoshlar juda katta siyosiy-ijtimoiy kuch sifatida, qatlam sifatida siyosiy jarayonlar rivojiga va taqdiriga juda katta ta'sir ko'rsatadi. Shuningdek, aynan yoshlar, katta yoshlilarga nisbatan mamlakatdagi siyosiy vaziyatga va o'zgarishlarga boshqacha munosabatda bo'ladi, boshqacha ta'sir ko'rsatadi va bu holat ilmiy isbotlangan [1].

Ma'lumki, saylovlar - davlat hokimiyati organlarining davriylik prinsipiga binoan almashib turishiga, ularni xalq va jamiyat oldida hisobdorlik asosida ishlash tartib-taomillariga rioya qilishga muttasil undab, hatto majburlab turadigan yagona mexanizmdir. Gap ana shu mexanizmdan, imkoniyatdan samarali foydalanishda. Bu esa saylovchilarning huquqiy ongi, bilim va madaniyatining nechog'lik yuksakligiga, yoshlardagi xalq va Vatan taqdiriga daxldorlik tuyg'usining barqarorligiga ham bog'liq. Chunki, "Ovoz berish fuqarolik ishtirokining fundamental aktlaridan bo'lib, uning vositasida yoshlar demokratiyaga o'z hissasini qo'shadilar. Garchi, bu jarayon yoshlarni siyosiy-ijtimoiy voqeliklarga jalb qilishning shakllaridan biri hisoblansa-da, u yoshlarga o'z ovozlarini, pozitsiyalarini eshittirishga imkon beradi, jamiyatdagi muammolarini yechish uchun e'tiborni qaratish omili bo'ladi, hamda ishtirokning boshqa shakllari uchun boshlang'ich asos bo'la oladi" [2].

Umuman olganda, xalqaro tajribaga qaraydigan bo'lsak, saylovlar nafaqat turli bo'g'inlarda yoshlarning faol ishtirokini ta'minlashga qaratilgan turli tadbirlarga boy tarzda tashkil qilinadi, balki ularning huquqiy asoslari yaratilishiga ham keng ahamiyat qaratiladi. "Saylovlarga puxta tayyorgarlik ko'rish va uni umume'tirof etilgan xalqaro tamoyillar asosida o'tkazish uchun saylov jarayoni ishtirokchilarining milliy saylov qonunchiligi va xalqaro saylov standartlari bo'yicha bilim va amaliy ko'nikmalarini oshirishga yangicha yondashiladi" [3].

Bo'lib o'tadigan turli uchrashuvlar, seminarlar, tadbirlarda "Saylov huquqi", "Saylovlarni yuqori saviyada o'tkazish jarayoni va uning o'ziga xos xususiyatlari", "Saylov jarayonlarida volontyorlar bilan ishlashning huquqiy asoslari va zamonaviy

April 20, 2024

433

uslublari", "Saylovlarda yoshlarning ishtiroki va uni samarali tashkil etish tizimi" kabi mavzularning saylov jarayonidagi o'rni masalalari chuqur muhokama qilinishi lozim va ularning aksariyati aynan yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligiga ta'sir ko'rsatishi ilmiy asoslangan.

Saylovchilarning qariyb 1/3 qismini yoshlar tashkil etayotgan sharoitda yoshlarga bo'lgan yondashuvning zamonaviy usullarini joriy etish muhim ahamiyatga ega. Nafaqat saylov yoshidagi, balki xali saylov yoshiga yetmagan o'g'il-qizlarga ham mamlakatimizda barcha sohalarda, jumladan, milliy saylov tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning yuksak samaralari haqida tushunchalar berish, ularni saylov jarayonlari bilan hozirdan tanishtirib borish zarur.

Zotan, bugungi maktab o'quvchisi ertangi faol saylovchidir. Bunda yoshlarni yosh kategoriyalari bo'yicha saralab, segment-guruhlar bo'yicha ishlash yaxshi natija beradi, degan umiddamiz. Ijtimoiy tarmoqlar hamda ommaviy axborot vositalari orqali yoshlarning saylov qonunchiligi bo'yicha bilimini oshirish ham doim dolzarb masaladir. Shuningdek, ularga joylarda o'tkaziladigan tadbirlar orqali saylov qonunchiligining o'ziga xos xususiyatlari va mazmun-mohiyatini tushuntirish, yigit-qizlarni faol fuqarolik pozitsiyasida tarbiyalash g'oyat muhim ahamiyatga ega. Bunday tadbirlar yoshlarimizning siyosiy ongini hamda bilimini yanada oshirishga ko'mak beradi.

Biz tadqiqotimiz davomida so'rovnomamiz ishtirokchilariga "Siz o'zingizni siyosiy faol inson deb hisoblaysizmi?" degan savol bilan murojaat qildik. Respondentlarimizdan esa quyidagi javoblarni oldik: "Ha" javobini belgilaganlar -8,3%ni, "Ha, unchalik emas" javobini belgilaganlar - 11,3%ni, "Yo'q" javobini belgilaganlar - 42,5%ni, javob berishga qiynalganlar - 33,3%ni, boshqa variantini tanlaganlar esa - 4,8%ni tashkil etdi. Biz tadqiqotimiz davomida "Yo'q" javobini belgilangan respondentlar soni ko'proq foizni tashkil qilganligini sababi shundan iboratki, bu yerda respondentlarning ko'proq qismini uyushmagan yoshlar, o'rta, o'rta-maxsus hamda uy bekalari tashkil qilganligi sababli ko'proq foizni tashkil qilgan. Ta'kidlash joizki, mazkur muammo turmush-tarzimiz bilan ham uzviy bog'liq. Muammoning yechimini ham o'z ruhiyatimizdan, xatti-harakatimiz va kundalik turmushimizdagi odatiy bo'lib qolgan illatlar, fikrlash tarzimizdan izlashimiz kerak [4].

Binobarin, aholining elektoral madaniyatini oshirishda saylov oldi targ'ibotning zamonaviy usullari va shakllaridan unumli foydalanish, ayniqsa, ushbu jarayonda yoshlarning faolligini ta'minlash borasida ko'plab amaliy ishlar qilinmoqda. Yoshlar va saylov - bu ikki tushuncha o'zaro bog'liq va saylovni yoshlarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Yangi O'zbekistonning egalari bo'lmish yoshlarda siyosiy, huquqiy bilimni oshirish orqaliy ularning saylovlarda faol

April 20, 2024

434

ishtirokini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Saylovlarda yoshlar faolligini oshirishda esa, Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti, oliy ta'lim dargohlarida hamda mahalla fuqaro yig'inlarida aholi va yoshlar orasida targ'ibot-tashviqot ishlari tashkil etib borilmoqda.

Bunday targ'ibot ishlarining keng ko'lamda olib borish saylovlarda yoshlarning siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etishlarining garovidir [5].

Shuni aytish joizki, yoshlar jamiyat siyosiy tizimida qabul qilinayotgan qonunlar, amalga oshirrilayotgan iqtisodiy islohotlar, sud-huquq islohotlari, ilg'or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining iste'molchisi hamda yaratuvchilaridir. Bunday imkoniyat yoshlarda, bir tomondan, ularning siyosiy faolligi shakllanishiga xizmat qilsa, boshqa tomondan, davlat va jamiyat oldidagi mas'uliyatini oshiradi. Yoshlarning siyosiy faolligi, birinchi navbatda, huquq vositasida mustahkamlab qo'yilgan ijtimoiy munosabatlar, yoshlar uchun yaratilgan ijtimoiy-siyosiy turmush tarzi ta'sirida shakllanadi. Yoshlar hayotining iqtisodiy, ijtimoiy va ma'naviy sharoitlari siyosiy bilimlar doirasini belgilab beradi hamda siyosatga nisbatan ongli munosabatni shakllantirishning zarur sharti bo'ladi.

Shu bilan birga, yoshlar doirasidagi har turli destruktiv kayfiyat va qarashlar ham jamiyat ravnaqiga o'z salbiy ta'sirini o'tkazadi. Shu bois, yoshlar tafakkurida mavjud bo'lishi mumkin bo'lgan har qanday yot va buzg'unchi g'oyalardan jamiyat o'zini bugun himoyalashga o'rganishi lozimligi davr talabi bo'lib qolaveradi. Bugun yoshlar tafakkurini sog'lomlashtirish kelgusi jamiyatning sog'lomligini ta'minlovchi omil hisoblanadi. Shunday ekan, yoshlar siyosatining amal qilish bosqichlarida yoshlar kayfiyatlari, orzu-umidlari, hayotiy maqsadlari, intilishlari va qanday yashashga qiziqishlarini ilmiy o'rganish, ulardan to'g'ri xulosalar qilish, yoshlar intilishlarini ijobiy va bunyodkorlik ishlariga yo'naltirishiga erishish o'ta dolzarb strategik vazifalardan hisoblanadi [6].

Xulosa o'rnida aytish lozimki, bugun insoniyat o'z taraqqiyotining butunlay yangi bosqichiga qadam qo'ydi. Chunki, hamma erkin, farovon va to'kis demokratik jamiyatda, mamlakatda yashashni orzu qiladi va bu tabiiy holatdir. Lekin faqat orzuning o'z kamlik qiladi. Maqsadga erishish, farovon va erkin hayotni qo'lga kiritish uchun esa faol harakat qilish, o'qish, o'rganish, intilish, eng muhimi o'z kelajagiga befarq bo'lmaslik kerakligi yoshlarning ongiga chuqur o'rnashgandagina davlat va jamiyat taraqqiyoti amalga oshadi.

Bu borada esa yoshlarning siyosiy faolligini oshiradigan, ularning siyosiy tafakkurini yanada yuksaltiradigan, ushbu jarayon yoshlarning doimiy ravishda zaruriy huquqiy-siyosiy bilimlar bilan qurollanishlari, ularning jamiyatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etishlari, mamlakatimizda amalga

435

April 20, 2024

oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy sohalardagi keng qamrovli islohotlarning samarasi va ta'sirchanligining oshishiga xizmat qiladi.

REFERENCES:

1. Бондарь Н.Н. Молодежь и выборы. Общество и право. 2011 № 4 (36). - С 91.

2. Broadening Youth Voting. https://circle.tufts.edu/our-research/broadening-youthvoting

3. Young people and the vote. https://education.aec.gov.au/democracyrules/files/dm-topic-5.pdf.

4. Nurqulov B. Yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish omillari //News of UzMU journal. - 2024. - Т. 1. - №. 1.3. 1. - С.190-193.

5. https://azkurs.org/saylov-tizmi-va-uning-yoshlar-faoliyatidagi-orni.html?page=3

6. Жиянмурaтoвa Г. Ш. Узбекиста^^ фук;aрoлик жим^ти шaрoитидa ëшлaр ижтимoий-сиëсий фaoллиги динaмикaси //Журнвл ^ци^льных исследoвaний. -2020. - Т. 3. - №. 1.

7. Gulnoz J., Bunyod N. Absenteizm ijtimoiy hodisa sifatida //Research and Publication. - 2023. - Т. 1. - №. 11. - С.4-10.

8. Gulnoz J., Bunyod N. Yoshlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish-ustuvor vazifa //Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi. - 2024. - Т. 1. - №. 1.

9. Джиянмуратова Г. Ш. и др. Сиёсий бегоналашув назариялари: шаклланиши ва ривoжлaниши тарихи //Журнал сoциaльных исследoвaний. - 2022. - №. SI-2.

10. Хусашва Х.Т. Талаба ёшлар шциал категориясини урганишда мультидисциплинар ёндашув. Ижтимoий фанлар электрoн журнали № 2 (2019) 02-12-2019.

11. Zaitov Э. Mahallaning o'rganilishida tarixiy yondashuv //Журнал сoциaльных исследoвaний. - 2024. - T. 7. - №. 1.

12. Ktolbetov A.J. "Jamiyat ijtimoiy sohasi" tushunchasiga doir. // "Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya materiallari tuplami (Toshkent sh., 25-may 2023.). -Toshkent : UzMU. - B/ 53-56.

436

April 20, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.