Научная статья на тему 'YANGI O‘ZBEKISTON YOSHLARNI IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

YANGI O‘ZBEKISTON YOSHLARNI IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
23
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
yoshlar / yoshlar siyosati / ijtimoiy kapital / hukumat va yoshlar / mahalla va yoshlar / oila va yoshlar.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Shamsiyev Shohruz Yoldosh Ogli, Ikromov Davron Ikrom O‘g‘li, Mamasharifov Samandar Jumabek O‘g‘li

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyati ilmiy jihatdan yoritilgan. Shuningdek, yoshlarga oid siyosatida yoshlar ijtimoiy kapitalini rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI O‘ZBEKISTON YOSHLARNI IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

YANGI O'ZBEKISTON YOSHLARNI IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

JShamsiyev Shohruz Yo'ldosh o'g'li, 2Ikromov Davron Ikrom o'g'li, 3 Mamasharifov Samandar Jumabek o'g'li

1Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti, Ma'naviy ma'rifiy va yoshlar masalalari bo'yicha dekan o'rinbosari 2Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti tyutori 3Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11214413

Annotatsiya. Mazkur maqolada O'zbekiston Respublikasi yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyati ilmiy jihatdan yoritilgan. Shuningdek, yoshlarga oid siyosatida yoshlar ijtimoiy kapitalini rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: yoshlar, yoshlar siyosati, ijtimoiy kapital, hukumat va yoshlar, mahalla va yoshlar, oila va yoshlar.

Аннотация. В данной статье научно освещена сущность государственной политики в отношении молодежи Республики Узбекистан. Также в молодежной политике даются предложения и рекомендации по развитию социального капитала молодежи.

Ключевые слова: молодежь, молодежная политика, социальный капитал, правительство и молодежь, соседство и молодежь, семья и молодежь.

Abstract. In this article, the essence of the state policy on youth of the Republic of Uzbekistan is scientifically covered. Also, suggestions and recommendations on the development of youth social capital are given in the youth policy.

Key words: youth, youth policy, social capital, government and youth, neighborhood and youth, family and youth.

Yangi O'zbekistonda davlat va inson munosabatlarini ushlab turuvchi, o'z-o'zini anglab, har bir harakatini muvofiqlashtimvchi shaxsga xos bo'lgan eng muhim va umumiy xususiyat bu uning faolligidir. Faollik (lotincha -actus-harakat,-activus - faol so'zlaridan kelib chiqqan tushuncha) shaxsning hayotdagi barcha xatti - harakatlarini namoyon etishini tushuntiruvchi kategoriyadir. Bu-o'sha oddiy qo'limizga qalam olib, biror chiziqcha tortish bilan bog'liq elementar harakatimizdan tortib, toki ijodiy fikrlashimizgacha bo'lgan murakkab harakatlarga aloqador ishlarimizni o'zida aks ettiradi. Shuning uchun ham shaxs, uning ongi va o'z-o'zini anglashi muammolari uning faolligi, u yoki bu faoliyat turlarida ishtiroki va uni uddalashi aloqador sifatlari orqali bayon etiladi. Har qanday sharoitda ham barcha harakatlar ham ichki-shaxsiy, ham tashqi - ijtimoiy nuqtai nazaridan boshqarilib boriladi.1 Inson faolligi harakat, faoliyat, xulq tushunchalari bilan chambarchas bog'liq bo'lib, shaxs va uning ongi masalasiga borib taqaladi. Shaxs aynan turli faolliklar jarayonida shakllanadi, o'zligini namoyon qiladi. Demak, faollik yoki inson faoliyati passiv jarayon bo'lmay, u ongli ravishda boshqariladigan faol jarayondir.

Inson faolligini mujassamlashtiruvchi harakatlar jarayoni faoliyat deb yuritiladi. Ya'ni, faoliyat-inson ongi va tafakkuri bilan boshqariladigan, undagi turli-tuman ehtiyojlardan kelib chiqadigan, hamda tashqi olamni va o'z-o'zini o'zgartirish va

'G'oziyev E. G. Umumiy psixologiya. Toshkent 2002. 1-2 kitob

takomillashtirishga qaratilgan o'ziga xos faollik shaklidir. Ijtimoiy faollik kishilarning ijtimoiy voqelikning biror bir sohasidagi fikrlari, his-tuyg'ulari va hatti-harakatlarini jamlashga jamiyat hayotiga baho berishga va shu asosda ijtimoiy voqelikning tegishli tomonlarini o'zgartirishga ta'sir ko'rsatadi. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda "ijtimoiy faollik"-shaxsning har sohadan xabardorlik, komillik darajasini ko'rsatuvchi mezon, deyish mumkin. Ijtimoiy faolikka intilib yashashning o'zi g'oya hisoblanadi. Uning mazmunini esa jamiyat ma'naviy yuksalishini ta'minlaydigan bilim, odob axloq, iste'dod, qobiliyat, ijobiy ko'nikma va malakalar, bular asosida shakllangan dunyoqarashlar majmui tashkil etadi. Yoki aniqroq aytsak, ijtimoiy faollik shaxs ma'naviyatini kamolot sari yetaklovchi, barcha ijobiy mazmunga ega sifatlarni o'zida mujassam etgan, ijtimoiy taraqqiyotni ta'minlashga xizmat qiladigan g'oyalar majmuidan iborat. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev asarlarida bayon qilingan ijtimoiy faol va raqobatbardosh, tashabbuskor kadrlar tayyorlashga oid nazariy g'oyalar, sharq mutafakkirlarining barkamol inson tarbiyasiga oid qarashlari, shuningdek, "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi", davlatimiz rahbari ijtimoiy ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo'lga qo'yish bo'yicha 5 ta muhim tashabbusi asosida ma'naviy jihatdan shakllantirish ularga kasbiy bilimlar berish o'qituvchi kasbiga tegishli malaka va ko'nikmalarni hosil qilish jarayoni bilan uzviylikda ol ib boriladi. Bu uzviylik pedagogika fanlari hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi mazmunidagi o'zaro aloqador xususiyatlarga bog'liq. Demak, talaba-yoshlarni tarbiyalashda pedagogika oliy o'quv yurtlari oldida turgan muhim vazifa hozirgi davr talabiga javob bera oladigan, erkin fikrlaydigan, o'z fanini chuqur biladigan, kasbiy mahorati kuchli, tashabbuskor, dunyoqarashi keng, ijtimoiy faol, yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassis kadrlarni tayyorlashdan iborat. Ijtimoiy faollik sifatlarining asosiy elementlarini o'ziga singdirib olgan har bir talaba yosh, bo'lajak mutaxassis sifatida xayot qonuniga mas'uliyat bilan yondashib, ijtimoiy -iqtisodiy voqelikni aniq idrok etishga, o'zi va kasbdoshlarining sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilishga, ezgu maqsad yo'lidagi to'siqlarning hech biridan cho'chimay engib o'tishga tayyor bo'ladi. Ya'ni, demokratik xuquqiy davlatning shakllangan ijtimoiy faol fuqarosiga aylanadi. Ijtimoiy faollik bilimlarga tomon xarakat qilish sifatida sodir bo'ladi. Bugungi kunda yoshlar omili, komil inson g'oyasining bosh maqsadiga aylanib, uning xususiyatlari, fazilatlari, xislatlari, xosiyatlari, sifatlari, ichki imkoniyatlari, iste'dod alomatlari qancha erta ro'yobga chiqarilsa, demak taraqqiyotni yuzaga keltiruvchi super yoshlarni shakllantirish shunchalik tezlashadi. Inson komillik sari qancha tezkor harakat qilsa, u kamolotni ertaroq egallaydi, taraqqiyotni jadallashtirishga munosib hissa qo'shadi. Yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishda davlatimiz siyosatining strategik yo'nalishlari. Hozirgi fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurishga doir islohotlarni chuqurlashtirish jarayonida yoshlarni shu yurtga, shu Vatanga munosib farzand sifatida tarbiyalash dolzarb vazifalardan biriga aylandi. Shuning uchun davlatimiz va xalqimiz ta'lim-tarbiya tashkilotlari hamda jamoat birlashmalaridan yoshlarni yetuk inson bo'lishlariga munosib hissa qo'shishiga katta umid bilan qaraydi. Xalqimiz demokratik institutlarga, ularning tashkilotchilik, tashabbuskorlik harakatlariga katta ishonch bog'lamokda. Fuqarolik jamiyati asoslari shakllanayotgan bir sharoitda shaxs erkinligini yanada kengaytirish ularda davlat va jamiyat h ayoti, uning ravnaqini ta'minlashdagi burch va mas'uliyatlarini chuqur anglab yetish, ko'nikmalarini hosil qilish huquqiy saviyasi va madaniyatini yuksaltirishda, davlat organlari, ta'lim muassasalarigina mas'ul bo'lib qolmay

shu bilan birga jamoat tashkilotlari va boshqa nodavlat tuzilmalarini faollik darajasini ortishini ham taqozo etadi. Fuqarolik madaniyati shakllangan muhitda odamlarda ijtimoiy hayotda ishtirok etish ehtiyoji paydo bo'ladi. Bunda kishilar fuqarolik jamiyat i institutlariga birlasha boshlaydilar. Fuqarolik madaniyati kuchayib borgan sari odamlar siyosiy-ijtimoiy jihatdan faollashib, partiyalarga a'zo bo'lish tendensiyasi kuchayadi. Demak, siyosiy partiyalar a'zolari soni va sifatining oshib borishi darajasi h am fuqarolik madaniyatini ko'rsatuvchi, ijtimoiy faollikni oshiruvchi mezonlardan biridir. Fuqarolik madaniyati shaxsning jamiyatdagi faol a'zosi sifatida ma'lum haq-huquqlarga ega bo'lish bilan birga o'z zimmasidagi burch va majburiyatlarni vijdonan ado etishdir.2 Yoshlarda ijtimoiy madaniyatini shakllantirish - ularga mustaqil davlat tuzilmasining xususiyatlari, mamlakatning xalqaro maydonda tutgan o'rni, vatanparvarlik va millatlararo do'stlik tuyg'ulari, respublikamiz iqtisodiyotini rivojlantirish yo'lida amalga oshirilayotgan ijtimoiy harakatlar, mehnat an'analari, milliy istiqlol g'oyasi va mafkura asoslari haqidagi bilimlarni berish asosida ularda fuqarolik hissini zimmalaridagi burch va majburiyatlarni bajarishga nisbatan mas'uliyat, yot mafkuraviy qarashlarni anglash va unga qarshi bo'lish, ijtimoiy faollik va fidoyilik kabi sifatlarni mujassamlashtirgan yaxlit bir tarbiya jarayoni hisoblanadi. Fuqarolik jamiyati institutlari - o'z-o'zini boshqarish organlari, nodavlat va jamoat tashkilotlarini mustahkamlash hamda rivojlantirish yoshlarning siyosiy-ijtimoiy madaniyatini, faolligini oshirishning muhim shartlaridan biridir.

Yangi O'zbekistonda davlat qurilishi va fuqarolik jamiyatini erkinlashtirish, kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatga o'tish vazifalarini amalga oshirishda yoshlarning jamiyatda o'z o'rni bo'lishini bilish, eng muhimi, o'zini jamiyatning ajralmas qismi deb, tushunishi ulkan ahamiyat kasb etadi. Bu ijtimoiy faollikka erishishda mavjud demokratik institutlar, o'z-o'zini boshqarish organlari, partiyalar, nodavlat va jamoat tashkilotlari muhim o'rin tutadi. Chunki, jamiyatda yashayotgan har bir yoshning ijtimoiy-siyosiy faoliyati mavjud siyosiy institutlar, partiyalar yoki nodavlat va jamoat tashkilotlari orqali amalga oshiriladigan demokratik siyosiy jarayonlarda aks etadi. Bu, bir tomondan, yoshlarning ijtimoiy faollik darajasiga, ularning ijtimoiy qarashl arini idrok etib, uning ishtirokiga bog'liq bo'lsa, ikkinchi tomondan, jamiyatdagi mavjud o'z-o'zini boshqarish organlari, nodavlat va jamoat tashkilotlarining ish faoliyatiga, yoshlarni o'z atroflariga birlashtiradi. O'zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik jarayonlar insonlarning, turli xil ijtimoiy qatlamlar, siyosiy institutlar, davlat va nodavlat tashkilotlarning faoliyati va o'zaro munosabati bilan bog'liq. Jamiyat hayotining demakratlashuvi hamda mamlakatni modernizatsiyalash jarayonlari aholining eng katta ijtimoiy qatlamini tashkil etadigan yoshlarning ijtimoiylashishiga hamda ularning tarbiyasiga katta ta'sir ko'rsatadi. Yoshlar jamiyatning tub negizi, aholining ilg'or qatlami, kelajakning ishonchli egalari hisoblanadi. Shu nuqtai-nazardan qaraganda, har bir davr yoshlarining bilim darajasi, dunyoqarashi, o'y-fikri, ma'naviy qiyofasiga qarab o'sha jamiyatning ertangi kunini aniq tasavvur etish mumkin. Shu boisdan ham mustaqillikka erishilgach, aniqrog'i, 2017 yilning 30 iyun "O'zbekiston Respu blikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to'g'risida"gi Qonunning qabul qilinishi bilan mamlakatimizda yoshlarga e'tibor masalasi davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan edi. Ushbu Qonun orqali "Yoshlarga oid siyosat olib boorish O'zbekiston Res publikasi davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi bo'lib, undan ko'zlangan asosiy maqsad yoshlarning ijtimoiy shakllanishi va kamol

2Kon I. S. Shaxs sotsiologiyasi. M., 1967.

topishi, iqtidori jamiyat manfaatlari yo'lida imkoni boricha to'la-to'kis ro'yobga chiqishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy jihatdan shart-sharoit yaratish hamda ularni kafolatlashdan iboratdir", mustahkamlab qo'yilgan. O'z-o'zidan, davlatning bu jarayondagi asosiy vazifasi yoshlarning jamiyatga turli xil salbiy oqibatlarsiz kirib kelishini ta'minlash, ularning o'z huquq va erkinliklarini to'la amalga oshirishlarini kafolatlashdan iborat. Bu esa, davlatning yoshlarga oid siyosatini amalga oshi rishida o'z ifodasini topadi.

Unda yoshlarning ijtimoiy madaniyatini yuksaltirish, demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlarida ularning faolligini oshirish, yuksak ma'naviyatli, mustaqil fikrlovchi, qat'iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va chuqur bilimga ega bo'lgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash, ularda turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish, yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallashlari uchun munosib sharoitlar yaratish, ularni ish bilan ta'minlash va tadbirkorlikka jalb qilish, iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash, ijodiy va intellektual salohiyatini ro'yobga chiqarishga qaratilgan ishlarni tizimli yo'lga qo'yish, yoshlar ni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanishga keng jalb etish, yoshlar orasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, yoshlar o'rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilishining oldini olish, barkamol avlodni tarbiyalashda ommaviy axborot vositalari va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish kabi eng muhim va dolzarb yo'nalishlarda chora-tadbirlar ko'zda tutilgan.

Dasturda belgilangan yo'nalishlar o'zaro uzviy, chambarchas bog'liq bo'lib, bir -birini taqozo etadi. Yoshlarni ijtimoiy ximoya qilish, zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallashlari uchun munosib sharoitlar yaratish, ularni ish bilan ta'minlash va tadbirkorl ikka jalb qilish ushbu dasturning o'ziga xos bo'lgan jihati bo'lib hisoblanadi.3 Yosh tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish, iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash, ijodiy va intellektual salohiyatini ro'yobga chiqarishga qaratilgan ishlarni tizimli yo'lga qo'yish ko'zga tutilgan. Yigit-qizlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanishga keng jalb etish, yoshlar orasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, voyaga etmaganlar va yoshlar o'rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilishini oldini olish, barkamol avlodni tarbiyalashda ommaviy axborot vositalari va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishni keng rivojlantirish, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, intilishlarini qo'llab-quvvatlash, ularni ma'naviy va jismoniy kamol toptirish, Vatanga muhabbat, istiqlol g'oyalariga sadoqat ruxida tarbiyalash, turli yot g'oyalarni targ'ib qilib kelayotgan va past saviyali "ommaviy madaniyat" ta'siridan asrash kabi m asalalar dasturning asosiy vazifasi hisoblanadi. Barkamol avlodni tarbiyalash g'oyasi va uni amalga oshirish mexanizmlari Mamlakatimizda voyaga yetib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama sog'lom va mustahkam ruhda tarbiyalash, ularning huquq va erkinliklarini ta'minlash, qonuniy manfaatlarini muhofaza etish davlat siyosati darajasiga ko'tarilganligi barchamizga ma'lum. Davlatimiz rahbarining tashabbusi va rahnamoligida yoshlar tarbiyasining ustuvor yo'nalishlari belgilab olindi va bu borada tub islohotlar amalga oshirildi. Lekin biz sobiq tuzumning mafkuraviy qarashlarini umuman inkor etishning o'zi hech qanday bunyodkorlik dasturiga ega bo'lmagan siyosiy va madaniy ekstremizm xavfini tug'dirishi ehtimolini yaxshi anglar edik. Shu bilan birga, tarixiy qadriyatlar, urf-odat va an'analar, turmush tarziga orqa -oldini o'ylamasdan, yoppasiga betartib qaytish boshqa bir keskinlik, deylik bugungi davr

3 N. Ismoilova, D.Abdullayeva. Ijtimoiy psixologiya. 2013.

hayotini qabul qilmaslik, jamiyatni yangilash zaruratini inkor etish kabi nomaqbul holatlarga olib kelishi mumkinligini unutmaslik zarur edi. Barchamizga ma'lumki, millat va xalqning ruhi, dunyoqarashi va turmush tarzini ifoda etadigan milliy ma'naviyatga munosabat, uni zamon talablari asosida rivojlantirish, odamlarning dunyoqarashi va tafakkurini o'zgartirish masalasi har tomonlama chuqur va puxta o'ylab ish yuritishni talab qiladi".

Yoshlarga oid davlat siyosatining tashkiliy-huquqiy asoslarini yoshlar bilan ishlovchi tashkilotlar faoliyatida ko'rish mumkin. Yoshlar har bir davlatning kelajagini belgilovchi kuch ekanini e'tiborga olsak, dunyoning deyarli barcha davlatlarida bejiz yosh lar siyosatini amalga oshirish bo'yicha milliy konsepsiyalar ishlab chiqilib, samarali faoliyat olib bormayotganining guvohi bo'lamiz. Bugungi kunda dunyoning taraqqiy etgan davlatlarida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishning ikki xil strategiyasi amal qilmoqda. Bular: yoshlar siyosati sohasida davlatning yetakchi roliga asoslangan strategiya hamda yoshlar siyosati sohasida davlat va fuqarolik jamiyati tuzilmalari tengligiga asoslangan strategiya. Hozirgi davrda Germaniya va Fransiyani birinchi yo'nalishdagi siyosatni olib boradigan davlatlar sirasiga kiritish mumkin. Ushbu davlatlar o'z faoliyatini yoshlar siyosatini umummilliy, mintaqaviy va hududiy darajalarga qarab ixtisoslashtirish asosida olib boradi. Bunda yoshlar siyosati oila, qariyalar, ayollar va yoshlar ishlari bo'yicha vazirlik tomonidan Konstitutsiya va federal qonunlar asosida amalga oshiriladi. Xususan, Fransiyada yoshlar siyosati Yoshlar ishlari, sport va jamoat birlashmalari bo'yicha vazirlik tomonidan ishlab chiqiladi. Yoshlar siyosati sohasida davlat hamda fuqarolik jamiyati tuzilmalari tengligiga asoslangan strategiya Buyuk Britaniya va Shvetsiyaga xos bo'lib, bunda yoshlar siyosatining umumiy ko'rinishi, maqsad va yetakchi vazifalari davlat tomonidan belgilab berilsa, bu vazifalarning ijrosi mahalliy o'zini o'zi boshqarish organlari hamda jamoat birlashmalari tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu davlatlarga xos bo'lgan xususiyat esa yoshlar siyosati va yoshlar ishlari bo'yicha maxsus davlat organlarining mavjud emasligida namoyon bo'ladi. Shu bilan birga, dunyoning ko'plab davlatlarida yoshlar huquq va manfaatlarini xalqaro va milliy darajada qo'llab-quvvatlashni o'z oldiga maqsad qilgan yoshlar parlamentlari hamda milliy yoshlar kengashlari faoliyat yuritmoqda. Jumladan, xalqaro darajada yoshlar manfaatlarini qo'llab-quvvatlovchi Yevropa yoshlar parlamenti, Buyuk Britaniya Birlashgan Qirolligi yoshlar parlamenti, Shimoliy Irlandiya yoshlar forumi, Shotlandiya yoshlar parlamenti kabi yoshlar parlamentlari hamda Avstriyadagi Avstriya xalqaro yoshlar hamkorligi qo'mitasi, Belgiyadagi Flaman yoshlar kengashi, Buyuk Britaniyada Britan yoshlar kengashi, Germaniyada xalqaro yoshlar ishlari bo'yicha Germaniya milliy qo'mitasi (bunday kengashlar Islandiya, Ispaniya, Italiya, Kipr, Latviya, Litva kabi yana 25 ga yaqin davlatda mavjud) faoliyat yuritmoqda. Bularni keltirishdan maqsad, yoshlar huquq va manfaatlarini qo'llab-quvvatlovchi, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshiruvchi mexanizm mamlakatimizda qay darajada amal qilayotganiga e'tibor qaratishdir.4

Xo'sh, O'zbekistonda kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o'tish uchun muhim qadamlar tashlanayotgan bugungi kunda yoshlar ishlari bilan shug'ullanuvchi davlat tashkilotini tuzish qanchalik zarur? Bizningcha, yoshlar mamlakatimiz aholisining 64 foizi (17 million 80 ming nafar)ni tashkil etuvchi asosiy qatlam ekan, aytish mumkinki, yoshlar bilan bog'liq muammolar davlatning olib borayotgan siyosatida alohida ahamiyat kasb etadi.

4Belinskaya E. P., Tixomandritskaya O.A. Shaxsning ijtimoiy psixologiyasi. M., 2001.

Muxtasar qilib aytganda, jamiyatdagi barcha sohalar qatori yoshlar tashkilotlarini ham tashkiliy jihatdan isloh qilish, bu borada zamonaviy faoliyat mezoniga ega mustahkam institutni shakllantirish-ertangi kun egalari bo'lmish yoshlar kelajagini ta'minlash da muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Bugungi kunda kelajak avlodni ma'naviy barkamol qilib tarbiyalash o'ta muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki mamlakatimizda boshlangan va chuqur ildiz otib borayotgan iqtisodiy islohotlarning ijobiy samarasi va qolaversa, kelajagi buyuk davlat qurishdek o'ta mas'uliyatli va muhim vazifaning qay darajada hal etilishi aynan mazkur masalaning yechimiga bevosita bog'liqdir desak, hech bir mubolag'a bo'lmaydi. Ma'naviy barkamol avlodni tarbiyalash masalasining paysalga solinishi yoki bunga panja ortidan qarash, buni qandaydir mavhum yoki o'z-o'zidan amalga oshib boraveradigan holat sifatida tushunish va shunday baholash o'ta kaltabinlik bo'lar edi. Zero, "qayerdaki beparvolik va loqaydlik hukm sursa, eng dolzarb masalalar o'zibo'larchilikka tashlab qo'yilsa, o'sha yerda ma'naviyat eng ojiz va zaif nuqtaga aylanadi. Va aksincha qayerda hushyorlik va jonkuyarlik, yuksak aql-idrok va tafakkur hukmron bo'lsa, o'sha yerda ma'naviyat qudratli kuchga aylanadi". Yurtimizda yosh oilalar himoyasi, ularni qo'llab-quvvatlash uchun ham juda katta hajmdagi ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. O'tgan yillar davomida oila haqida 50ga yaqin qonun, 70 ga yaqin qaror va farmoyishlar e'lon qilindi. Ularning aksariyat katta qismi ijtimoiy, moddiy va ma'naviy himoya qilish va farovonligini ta'minlashdan iborat. Shunisi e'tiborga molikki, yosh oilalarni moddiy va ma'naviy qo'llab-quvvatlash mas'ulligini birinchi navbatda davlatimiz o'z zimmasiga olgan. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli ado etishda davlat idoralari, fuqarolik institutlari va mahalliy hokimiyatlar tashabbuskor bo'lmoqdalar. Shuningdek, bola huquqlarini himoya qilish borasida milliy qonunchiligimizda ham bir qator qonun hujjatlari va davlat dasturlari qabul qilingan.

Chunki yoshlar mamlakat kelajagi. Shuning uchun ham birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov "Albatta, har bir bandaga rizq-nasibani Olloh taolo beradi. Lekin bu hayotda nasibasi butun va to'la bo'lishi uchun insonning o'zi ham chin dildan intilishi, zurriyodini sog'lom muhitda tarbiyalashi katta ahamiyatga ega ekanini unutmasligimiz zarur", - degan edi. Marhum yurtboshimizning mazkur fikrlarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-madaniy tizimdagi islohotlar nafaqat farovon turmush tarzini yo'lga qo'yish, balki ma'naviyati yuksak yangi avlodni shakllantirishga xizmat qiladigan ijtimoiy-ma'naviy muhitni yaratishni nazarda tutilgan. Yurtimizning kelgusidagi mavqei, rivojlangan davlatlar qatoridan joy olishi ularning qo'lida. Ana shuni unutmagan holda yoshlar tarbiyasiga alohida e'tibor va g'amxo'rlik biz kattalarning dolzarb vazifamizdir. Barkamol avlodni tarbiyalash g'oyasi va uni amalga oshirish insoniyatning eng yorqin orzusi bo'lib kelgan. Bunday insonlar orasida O'zbekiston deb atalm ish muazzam zaminimizda yashagan bobolarimizning o'z o'rni va nomi bor. Barkamol avlodni tarbiyalash orzusiga o'z tariximizdan juda ko'p dalillar keltirishimiz mumkin. Farobiyning "Fozil odamlar shahri" asaridagi g'oyalarni yodga olaylik. Unga ko'ra jamiya tning har bir fuqarosi mansabi, tutgan o'rni, ya'ni kim bo'lishidan qat'iy nazar FOZIL kishi. Fozil inson o'z davlatining barcha qonun qoidalarini yaxshi biladi, unga amal qiladi, o'z kasbining ustasi, lozim bo'lganda Vatani uchun jon fido qiladi. Fozillar shahri aholisi bir-biriga hurmatda bo'ladi. Ota-ona va farzand, ustozu shogird o'rtasida sharqona nazokat, mehr va ehtirom bo'ladi. Avvalo, bunday fikrlashning o'zi bobolarning ma'naviy darajasi naqadar yuksak bo'lganligini va albatta

bunday fikr aytish bu borada ko'p asrlik meroslarni o'rganish natijasida vujudga kelishini ta'kidlash joiz.

Demak, bizning barkamol avlod tarbiyalash haqidagi niyatimiz uchun ma'naviy asos bor. Davlatimizning birinchi rahbari I.A.Karimov ta'kidlaganidek, "Mustaqillik yangicha yashashni, yangicha fikrlashni, hayotda har bir fuqarodan o'ziga yarasha munosib o'rin egallashni, yangi mafkura asosida yangicha ma'naviyatni talab etadi. Talab etibgina qolmasdan, jadal o'zgarib borayotgan iqtisodiy va ijtimoiy sharoitda yangicha o'ylashga va harakat qilishga majbur etmoqda. Yangicha o'qish, yangicha ishlashning o'zi bo'lm aydi. Shuning uchun ham bizga raqobatbardosh yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi fozil insonlar kerak. Dasturning asosiy maqsadi ham aynan barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishdan iboratdir". Har tomonlama etuk avlodni tarbiyalasakgina, bugun hayot oldimizga qo'yayotgan o'ta murakkab, og'ir, sinov va qiyinchiliklarni engib o'tamiz, shundagina ko'zlangan yuksak marralarni egallay olamiz. Hech qachon hech kimdan kam bo'lmagan va hech kimdan kam bo'lmaydigan avlodni tarbiyalab kelayotgan xalqimiz, ezgu maqsad-muddaomiz - erkin, ozod va obod hayot bunyod etishda ham hech kimdan kam bo'lmaydi. Shuning uchun bu muhim masalaga doimo davlatimiz, jamiyatimizning asosiy vazifasi sifatida qaralmoqda. Insoniyat hamisha mukammal jamiyat bunyod etish ishtiyoqida yashagan. Mukammal jamiyatni ma'naviy yuksak, axloqiy barkamol, jismoniy etuk avlod yaratadi. Bugun mamlakatimizda yuz berayotgan o'zgarishlar insonlar hayotiga, taqdiriga daxldor ekanligini har birimiz his qilishimiz va shundan tegishli xulosalar chiqarishimiz lozim.5 Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, barcha o'zgarishlar va yangilanishlarning markaziga inson va uning manfaatlari qo'yilganligi hammamizni quvontiradi. Ya'ni, bugungi kunda ana shu jarayonlarning mohiyatida islohot-islohot uchun emas, avvalo inson uchun, uning farovon hayoti uchun xizmat qilishi kerak, degan maqsad mujassam ekanini va uning amaliy ifodasini barcha sohalarda ko'rish, kuzatish qiyin emas. Mustaqil Respublikamiz fuqarolari, xususan yoshlari ruhiyatida insonparvarlik tuyg'ularini shakllantirish, ularni ijtimoiy faolligini oshirish, rivojlantirish demokratik, adolatli jamiyatni barpo etishning muhim kafolati sanaladi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, o'z maqsadlarimizga erishishda bir necha vazifalari borligini ta'kidlab o'tish o'rinli hisoblanadi: Yoshlarimizni ma'naviy yangilanish va islohotlar jarayoning faol ishtirokchisiga aylantirish; Amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlari, keng ko'lamli islohotlarning mohiyatini, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining ahamiyatini yoshlarimizga sharhlab berish va tushuntirish;

Ijodkor ziyolilar ishtirokida joylarda samarali targ'ibot tizimini amalga oshirish; Ma'naviyatning kuch qudratini faqat ezgu maqsadlar yo'lida samarali foydalanish va rivojlantirish; Turli qarash va fikirlarga ega bo'lgan ijtimoiy qatlamlar, siyosiy kuch va xarakatlarning o'ziga xos orzu intilishlarini uyg'unlashtiruvchi g'oya Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, millatlararo totuvlik, diniy b ag'rikenglik-barchamiz uchun muqaddas maqsadga aylanishiga erishish;

5Rajabov S. Pedagogika faning buyuk allomalari. T. «O'qituvchi», 1990.

Qabul qilingan "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da belgilangan vazifalarni izchil davom ettirish; Ta'lim-tarbiya tizimini muttasil takomillashtirish.Bu orqali kelajagimiz bilimli, dono va ma'naviy sog'lom, barkamol avlodga bog'liq ekanligini chuqur angla shga erishish;

Ota-bobolarimiz va bizning muqaddas e'tiqodimiz bo'lmish islom dinning bugungi hayotimizdagi o'rni va ta'sirini, yoshlarimizni ruhan pok, iymoni butun, irodasini baqquvvat etishdagi, odamiylik fazilatlarini uyg'unlashtirishdagi hissasini va mohiyatini keng jamoatchilikka tushintirish borasidagi tashviqot ishlarini davom ettirish;

Ko'p millatli mamlakatimiz yoshlari orasida ularning milliy va diniy mansubligidan qat'iy nazar, ularda hamjihatlik va birdamlik tuyg'ularini kuchaytirish: chunki ma'naviyat turli xalqlar va mamlakatlar kishilarini qon-qarindosh qiladi.Ularning taqdirini o 'zaro hurmat asosida yaqinlashtiradi;

"Taraqqiyot strategiyasi"da belgilangan vazifalarni fuqarolar va yoshlar orasida izchil davom ettirish: "Ijtimoiy sohani rivojlantirish" deb nomlangan to'rtinchi yo'nalish aholi bandligini oshirish, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ularning salomatlig ini saqlash, yo'l-transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiyalash, aholini elektr energiya, gaz bilan ta'minlashni yaxshilash, aholining muhtoj qatlamlariga ko'rsatiladigan ijtimoiy yordam sifatini oshirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi maqomini oshirish, sog'liqni saqlash sohasini isloh qilish, maktabgacha ta'lim muassasalarining qulayligini ta'minlash, umumiy o'rta ta'lim, o'rta maxsus va oliy ta'lim sifatini yaxshilash hamda ularni r ivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish orqali erishish mumkinligini nazarda tutadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Belinskaya E. P., Tixomandritskaya O.A. Shaxsning ijtimoiy psixologiyasi. M., 2001.

2. Rajabov S. Pedagogika faning buyuk allomalari. T. «O'qituvchi», 1990.

3. Mirzièyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. T: O'zbekiston 2018. 29- bet.

4. Islom ziyosi o'zbegim siymosida. T.: Toshkent islom universiteti. 2001.

5. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Hadis va haèt. T:, Hilol nashrll 2018. 12-bet.

6. Султонова Озода Раджабовна, Нарзиева Наргиза Норкузиевна, Суванова Дилнура Курбановна, Социально-экономическое положение сельской молодежи и пути его улучшения (https://pedagogs.uz/index.php/ped/article/view/934), ПЕДАГОГИ: Том. 53 № 2 (2024): Международный Исследовательский Журнал Педагоги | Педагоге.Uz | Педагоги | Пэд | Том-53 | Выпуск-2 (https://pedagogs.uz/index.php/ped/issue/view/27)

5. Suvanova, D., & Karoboyev, S. (2023). THE SIGNIFICANCE OF RELIGIOUS VALUES IN FORMING AESTHETIC CULTURE. Академические исследования в современной науке, 2(26), 103-108.

6. Kurbanovna, S. D. (2023). Yoshlarda estetik madaniyat shakllanishining metodologik masalalari. Finland" modern scientific research: topical ISSUES, achievements and innovations", 14(1).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.