BARKAMOL SHAXS TARBIYASI
G. G. Jamalova
TDIU dotsenti, siyosiy fanlar nomzodi
ANNOTATSIYA
Har qaysi jamiyat, har qaysi davlat birinchi navbatda yuksak madaniyatli va ma'naviyatli insonlari bilan kuchlidir. Bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati esa qadimdan ota-bobolarimiz tomonidan shakllanib kelgan asl milliy va diniy qadriyatlarimizni ahamiyati nechog'lik muhim ekanini ko'rsatmoqda. Zero, ertangi farovon hayot jamiyatni mukammal axloq tamoyillari asosida barpo qilish, oilada barkamol farzand tarbiyasi, uning jismonan baquvvat, ruhan tetik, ma'nan etuk, aqlan va axloqan go'zal bo'lib etishi bilan belgilanadi. Ushbu maqolada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning zamiri, kelajak yosh avlodni tarbiyalash va u larni barkamol qilib o'stirishdagi muvaffaqiyati kelajak avlodning ma'naviy kamoloti hamda milliy ruhiyati darajasi bilan belgilanishi va ushbu masaladagi fikrlar bayon etilgan.
Kalit so'zlar: yoshlar, kelajak yosh avlod, milliy va diniy qadriyatlarimiz, yoshlarga oid davlat siyosati, barkamol shaxs, komil inson.
"Yosh avlod tarbiyasi hamma zamonlarda ham muhim va dolzarb ahamiyatga ega bo'lib kelgan. Ammo, biz yashayotgan XXI asrda bu masala haqiqatan ham hayot-mamot masalasiga aylanib bormoqda"
SH. Mirziyoev
KIRISH
Barkamol shaxs tarbiyasida milliy qadriyatlar, urf-odatlar, an'ana va marosimlar, ezgulik, tinchlik istagi, oila tuyg'usi, ota-onani e'zozlash milliy iftixor, avlod-ajdodlari bilan faxrlanish, ochiq ko'ngillilik, diyonat kabi qadriyatlarning yoshlar ongi va qalbiga singdirilishida tayanch vositasi bo'lib xizmat qiladi. Ana shunda etuk ma'naviyat sohibi bo'lgan yoshlar kelajakni oldindan ko'rishga, og'ir va murakkab sharoitlarda ham yuksak maqsadlar sari intilib yashashga qodir bo'la dilar.
Buyuk muhaddis bobomiz Imom Buxoriyning "Odob durdonalari" (Al-Adab al-mufrad) kitobida "Hech bir ota o'z farzandiga xulqu-odobdan buyukroq meros bera olmaydi", deyiladi.
October, 2023
176
MAVZU BO'YICHA ADABIYOTLAR SHARHI
Darhaqiqat, inson kamoloti - ham aqliy va jismoniy, ham g'oyaviy-siyosiy, ma'naviy-madaniy rivojlanishining uzviy birligidan tashkil topadi. Komil inson g'oyasi azal-azaldan xalqimizning, millat ma'naviyatining uzviy qismi bo'lib kelgan. Komil inson haqidagi fikr-mulohazalar, g'oyalar va ijtimoiy-siyosiy fikrlar kuni kecha paydo bo'lmagan. U o'zining uzoq tarixiga ega bo'lib, Zardo'shtiylikning muqaddas kitobi "Avesto"da halol mehnat va fidoyilik komillikning asosiy mezoni sifatida talqin etilgan. Inson taqdiriga biror bir faylasuf, huquqshunos yoki olimu ulamolar befarq bo'lmaganlar. Insonni ulug'lash, yovuz va qabix ishlardan saqlanib turish va shu tariqa komil insonga xos axloq qoidalarini aks ettiruvchi bebaho asarlar yozib qoldirganlar. Jumladan, Kaykovusning "Qobusnoma", Sa'diyning "Guliston", Amir Temurning "Temur tuzuklari", Alisher Navoiyning "Mahbub-ul qulub", Abdurahmon Jomiyning "Bahoriston" kabi asarlari shular jumlasidandir. Buyuk allomalarimizning ilmiy-falsafiy va diniy- axloqiy me'roslarida ma'naviy barkamol insonlarning umumiy xislatlari va fazilatlari haqidagi axloqiy talablar mujassamligini ko'ramiz. Buyuk mutafakkir Abu Nasr Forobiy tasavvuridagi jamiyatning har bir a'zosi tutgan mansabi, tutgan o'rnidan qat'iy nazar fozil- ma'naviyatli, ma'rifatli insondir. Fozil inson o'z davlatining qonun-qoidalarini yaxshi biladi, unga amal qiladi, fikrlaydi, lozim bo'lganda Vatan uchun jon fido qiladi. Unda sharqona nazokat, mehr-oqibat mujassamdir.
Prezident SH.Mirziyoev "Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz" asarida ma'naviyatga yuksak baho berib, bizning havas qilsa arziydigan buyuk tariximiz, havas qilsa arziydigan beqiyos boyliklarimiz borligini, xudo hoxlasa, havas qilsa arziydigan buyuk kelajagimiz ham bo'lishini, ana shunday yorug' keljakni avvalambor azmu shijoatli, jo'shqin orzu-intilishlar bilan hayotga kirib kelayotgan, hech kimdan kam bo'lmaydigan navqiron avlodimiz, butun O'zbekiston yoshlari barpo etishi zarurligini ta'kidladi.
Insonni ma'naviy kamolotga yetkazmay, jamiyat taraqqiyotida ulkan natijalarga erishib bo'lmaydi. Bu haqda mamlakatimiz Prezidenti SHavkat Mirziyoev: "Ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash,-davr talabi"mavzuidagi anjumanda so'zlagan nutqida yosh avlod tarbiyasiga to'xtalib, jumladan shunday deydi: "Bizni hamisha o'ylantirib keladigan yana bir muhim masala- bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so'z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog'liq. Bugun zamon shiddat bilan o'zgaryapti. Bu o'zgarishlarni hammadan ham ko'proq his etadigan kim- yoshlar. Mayli, yoshlar o'z davrniing talablari bilan uyg'un bo'lsin. Lekin ayni paytda o'zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug'
October, 2023
177
zotlarning avlodimi, degan da'vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o'zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan".
TAHLIL VA NATIJALAR
Huquqiy, demokratik davlat, fuqarolik jamiyatini barpo etishning muhim shartlaridan biri - yangicha, zamonaviy fikrlaydigan, iymon-e'tiqodi mustahkam, mustaqillik va ma'naviyat asoslarini mukammal o'zlashtirib olgan barkamol avlodni shakllantirishdan iboratdir. Jamiyatimiz taraqqiyotining poydevori bo'lgan barkamol avlodni voyaga etkazishda ta'lim muaassasalarining, ma'naviyat va ma'rifatning o'rni beqiyos. Ta'lim-tarbiya tizimi mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida shaxs ichki dunyosining boyishi, demokratik asoslarning rivojlanishi hamda fuqarolik jamiyati qurilishi uchun mas'uldir.
Yoshlarni buzg'unchi g'oya va mafkuralardan himoya qilish, ular qalbida mafkuraviy immunitetni shakllantirish kun tartibidagi eng dolzarb vazifadir. SHunday ekan, talaba-yoshlarni umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, Vatanga muhabbat, istiqlolga sadoqat ruhida tarbiyalashda ta'lim-tarbiya tizimining har bir bo'g'ini alohida mas'uliyatga ega. Barkamol shaxsni tarbiyalash, ular ongiga milliy ma'naviyatimizga hurmat ruhini singdirish esa ko'p jihatdan ta'lim-tarbiya sohasida faoliyat yuritayotgan rahbarlar, ustoz-murabbiylarning tashabbuskorligi, adolatliligi, fidoyiligi, kamtarligi va jonkuyarligiga bog'liq. Davlat va jamiyat qurilishining bosh strategik maqsadi - ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurishdir. Bu esa fuqarolik jamiyati asoslarini rivojlantirish va barkamol avlod tarbiyasi bilan uyg'un holda kechadi. YUrtboshimiz ta'biri bilan aytganda, aql-zakovatli, yuksak ma'naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakkina, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot qaror topadi. Darhaqiqat, yoshlar ma'naviyati, ularning ma'naviy- axloqiy etukligi mamlakatimiz kelajagini belgilaydi.
Komil inson sifatlari ulug' mutafakkirlarning fikrlarida tahlil qilinib, jamiyatdagi shaxslar, ayniqsa, yoshlarning axloqiy, komillik sifatlarini shakllantirishda ma'naviy qadriyatlarning o'rni va roli muhimdir. Ma'naviyatni shakllantiradigan asosiy mezon hisoblangan ma'naviy meros, madaniy boyliklar, ko'hna tarixiy yodgorliklarning o'rni va ahamiyati haqida atroflicha to'xtaladi. Shuningdek, inson va jamiyat taraqqiyotining muhim omili - ma'naviy va moddiy hayot mushtarakligi, aynan ushbu tamoyillar bir-birini inkor etmasligi, aksincha, bir-birini to'ldirishi hamda mamlakatda siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy barqarorlik va taraqqiyotning mustahkam garovi bo'lib xizmat qilishi e'tirof etiladi.
October, 2023
178
ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1
madaniyatni yuksaltirish muhim o'rin tutadi. YOshlar siyosiy madaniyatini shakllantirish ularni madaniy, ma'naviy, jismoniy va ruhiy jihatdan o'stirish to'g'risida g'amxo'rlik qilishdir. Siyosiy madaniyat ma'rifatni, siyosiy onglilikni hamda ijtimoiy-siyosiy faoliyatni qamrab olgan shaxs va ijtimoiy birlikning madaniyatidir. U o'z ichiga ijtimoiy-siyosiy institutlar va siyosiy jarayonlar bilan bevosita aloqador bo'lgan elementlarni qamrab olgan jamiyat ma'naviy madaniyatining bir qismi bo'lib, tarixan qaror topgan qadriyatlardan kelib chiqqan holda o'ziga xos siyosiy xulq-atvorni namoyon qiladi va amalga oshiradi.
Davlatimiz siyosatining bosh maqsadi - yurtimizda yashayotgan har bir inson uchun munosib hayot sharoitini yaratish, tinch, osuda hayotimizni mustahkamlashdan iborat.
Ta'lim muassasalarida barkamol shaxsni tarbiyalashda quyidagi omillarga alohida e'tibor qaratish lozim, deb hisoblaymiz:
- o'quv maskanlari va talabalar turar joylarida yoshlarni etuk ma'naviy inson sifatida tarbiyalash maqsadida milliy-madaniy, tarixiy hamda umuminsoniy qadriyatlar ruknidagi ijodiy kechalar, ma'ruzalar va tanlovlar o'tkazish;
- milliy qadriyatlar, urf-odatlar va ma'naviy merosimizni aks ettiruvchi multimediya vositalaridan foydalanib, ularni sharhlab borish;
- diniy bag'rikenglik, milliy totuvlik g'oyalarini yoshlar ongiga singdirish maqsadida keng ko'lamli tadbirlar uyushtirish.
Umumiy va maxsus bilimlarga ega, tafakkuri, madaniyati va ma'naviyati yuksak, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq bo'lgan insonlargina jamiyatimizni yanada mustahkamlash va takomillashtirishga qodir bo'ladi. YOshlar -har qanday jamiyatning ertasi. Zero, barkamol avlod va yuksak axloqli vatanparvar yoshlar bugunimiz va ertamizning haqiqiy davomchilaridir.
REFERENCES
1. SH.M.Mirziyoev "Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz" asari. 1-jild, Toshkent, -"O'zbekiston" 2019.
2. Solnoma. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Miromonovich Mirziyoev faoliyat xronikasi. Toshkent - "O'zbekiston", 2022.
3. Imom Buxoriyning "Odob durdonalari" (Al-Adab al-mufrad)
4. R.X.Djuraev. Prezident SHavkt Mirziyoev yoshlarda ma'naviyatni tarbiyalash haqida.
Yoshlarni vatanparvarlik, insonparvarlik ruhida tarbiyalashda siyosiy
XULOSA
https://doi.org/10.5281/zenodo.7930703
October, 2023