JAMIYAT HUQUQIY HAYOTIDA RO'Y BERAYOTGAN O'ZGARISHLAR VA
YOSHLAR SIYOSATI 1Ostonov Oybek Aliqulovich, 2Tojiyeva Jumagul Jahongirovna
1Tarix fanlari dokdori., dotsent, Toshkent davlat agrar universiteti "Gumanitar fanlar va huquq"
kafedrasi
2Toshkent davlat agrar universiteti, Huquq va turizm fakulteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10876647
Annotatsiya. Ushbu maqolada Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati sohasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. O'tgan vaqt ichida yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakatimiz istiqboli uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni tarbiyalash borasida alohida tizim yaratildi. yuz bergan o'zgarishlar tahlil qilingan.
Kalit so'zlar: yoshlarga oid siyosat, ta'lim-tarbiya, yoshlar huquqiy munosabatlarda, yoshlarning ijtimoiy faolligi, yosh tadbirkorlar.
Abstract. In this article, large-scale work is being done in the field of youth policy in our country. In recent years, a special system has been created to support young people in every way, to protect their rights and legal interests, to educate young people who are able to take responsibility for the future of our country, to take initiative and to be ambitious. the changes that have occurred are analyzed.
Keywords: youth policy, education, youth in legal relations, youth social activity, young entrepreneurs.
Yoshlar dunyoqarashini yuksaltirish, ularda ijtimoiy faollikni shakllantirishga barcha davrlarda alohida e'tibor qaratilgan. Bugungi kunda yosh avlodda tarixni anglash orqali hayotni anglash, insonning o'z mohiyatini anglash qobiliyati shakllanadi. Agar inson, millat miqyosida ushbu qobiliyatning shakllanishiga, xalqning o'z kechmishini bilishiga, undan saboq olishiga keng imkoniyatlar yaratilsa, bunday xalq, millat yoki elatning istiqboli ham buyuk bo'ladi. Bugungi kunda yoshlarni davr yukini zimmasiga olishga qodir bo'lgan barkamol inson qilib voyaga yetkazish davlat ahamiyatiga ega bo'lgan eng muhim vazifalardan biri sifatida e'tirof etilmoqda. Yoshlarning zamon talablari asosida puxta bilim olishi, kasb-hunar egallashi, jamiyatda munosib o'rin topishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Ular manfaatlarini har tamonlama muhofaza qilish masalasi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida, "Ta'lim to'g'risida"gi, "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi, "Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida"gi, "Voyaga yetmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to'g'risida"gi, "Bolalarni ularning sog'lig'iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to'g'risida"gi qonunlarda o'z ifodasini topgan. Birgina "Harakatlar strategiyasi ijrosi doirasida 2017 yilning o'zida 20 dan ortiq qonun va 700 dan ziyod qonunosti hujjatlari qabul qilindi"[1.7].
Mamlakatimizda keyingi yillarda yoshlarga oid davlat siyosatining turli jihatlarini o'rganish, tadqiq qilish jarayonlari tegishli soha mutaxassislari tomonidan amalga oshirila boshlandi. Shu bilan bir qatorda, ushbu masalani o'ziga xos jihatlarini jrunalistika va politologiyaning o'zaro uyg'unligi tayangan holda o'rganish vazifalari muhim ahamiyatga ega bo'lmoqda. Jumladan, mamlakatimiz OAV faoliyatida yoshlarga oid siyosatning jamiyat hayotiga, xususan, yoshlarimiz tarfakkuriga singdirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirilishi,
ularning samaradorligini kuchaytirish bilan bog'liq ko'pgina nazariy masalalarni hal qilish nihoyatda dolzarb mohiyat kasb etmoqda.
Yoshlar siyosatiga asoslangan sa'y harakatlar tizimi davlat va oila ustuvorligi, davlat va shaxs, davlat va fuqarolik jamiyati, davlat va milliy xavfsizlik, davlat va mafkura. Davlat va ta'lim-tarbiya, davlat va aholi salomatligi, davlat va xotinqizlar, davlat va yoshlar kabi o'zaro aloqador ijtimoiy-siyosiy voqealarning izchil, hamnafas va bir-birini to'ldiruvchi siyosiy kategoryailardan iboratdir. Shu bilan birga, davlat o'z siyosatini amalga oshirar ekan, tabiiy ravishda, yoshlar qatlamini uning tayanchi va istiqbolini belgilab beruvchi asos sifatida qabul qiladi. zero, yoshlar davlatning eng muhim ijtimoiy insoniy qadriyatlardan hisoblanadi.
Yoshlarga oid siyosatni amalga oshirishda resursga yo'naltirilgan yondashuv yoshlar orasidagi ijtimoiy muammolarni hal etishga emas, balki rivojlanishga qaratiladi. Ya'ni yoshlar siyosati «resurs» tushunchasining utilitar talqini asosida quriladi, bunda yoshlar har qanday siyosiy qarorlar, loyihalar, dasturlarni amalga oshirish uchun resurs sifatida qaraladi. Bu siyosatning talqini shundan iboratki, u mustaqil, mas'uliyatli yoshlarni tarbiyalashga qaratilishi; yoshlarni jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etishga tayyorlashi kerak. Yoshlarga oid siyosatning «aralash turi» yoshlarni mobillashtirish va ularning resurs salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan, ya'ni yoshlarga oid siyosat mamlakatda yoshlarni qo'llab-quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgan.
Yoshlarga oid davlat siyosatining o'zagini tashkil etuvchi, rivojlanish yo'nalishi va yoshlar sohasidagi faoliyatning kutilayotgan natijasini belgilab beruvchi muhim xususiyatlaridan biri bu yoshlar siyosatining maqsadidir. Davlatlarning yoshlarga oid siyosatining maqsadi davlatlarning strategik maqsadlari va yoshlarning dolzarb muammolariga asosan farqlanadi, ular yoshlarni qo'llab-quvvatlash va rivojlantirishga, jinoyatchilik bilan bog'liq muammolarni hal qilishga yoki yoshlar faolligini oshirish uchun ko'ngillilar harakati va tashkilotlarini rivojlantirishga qaratilgan bo'lishi mumkin. Bu har bir davlat o'zining iqtisodiy ahvoli, siyosiy tizimi, yoshlarning ustuvor muammolari, tarixiy va madaniy an'analari, tashkilotlarning o'ziga xos xususiyatlari va aholi bilan ijtimoiy ishlarni amalga oshirish va hokazolardan kelib chiqib yo'naltirilishi bilan bog'liq. Yoshlarga oid siyosatning maqsadiga erishish uchun uni amalga oshirishda mexanizm va texnologiyalardan foydalaniladi.
Yoshlarda huquqiy madaniyatni shakllanishida o'ziga xos xususiyatlardan asta-sekinlik xususiyatidir. Yoshlarda huquqiy madaniyatning shakllanishi bir lahzada yoki juda qisqa davr ichida ro'y bermaydi.
Yoshlar ulg'ayib borgan sari, huquqiy voqea xodisalarning mohiyatini, ularning kelib chiqish sabablarini va oqibatlarini asta-sekinlik bilan anglab beradi.
Yoshlar huquqiy munosabatlarda va jamiyat huquqiy xayotida ro'y berayotgan o'zgarishlarning mohiyatini ko'proq bilib borsa, o'zining bu munosabat va o'zgarishlardagi o'rni va ishtirokini ham shunchalik ko'p anglab boradi. Bundan tashqari huquqiy voqea-xodisalar jamiyat taraqqiyotining alohida bir bosqichiga xos bo'lgan xususiyat emas, jamiyat rivojlanar ekan, qabul qilingan qonunlar, farmonlar o'z kuchini yo'qotib, yangilari ishlab chiqilishi mumkin. Bu uzluksiz jarayon yoshlar ongiga asta-sekinlik bilan tasir eta boradi. Davlat va jamiyatdagi rivojlanish bir joyda to'xtab qolmaganligi singari, yoshlarning huquqiy madaniyati ham bir hil darajada qotib qolmaydi, balki yangi huquqiy xayotdagi o'zgarishlar tasirida o'zgarib, rivojlanib boradi.
Yoshlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan huquqiy bazani takomillashtirish; ta'limning barcha bosqichlarida yoshlarning sifatli ta'lim olishini ta'minlash, hududlarda inklyuziv ta'lim rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish;yoshlarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ularning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish;yoshlarni madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko'nikmalarini rivojlantirish, ular o'rtasida kitobxonlikni targ'ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta'minlashga qaratilgan «Besh muhim tashabbus»ni amalga oshirish;ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor yoshlar, mehribonlik uylarida tarbiyalangan, yetim bolalar, boquvchisini yo'qotgan va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni qo'llab-quvvatlash;yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlar jamoat tashkilotlari va volontyorlik harakatlarini qo'llab- quvvatlash va boshqalar.. ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor yoshlar, Mehribonlik uylarida tarbiyalangan yetim bolalar, boquvchisini yo'qotgan va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni qo'llab-quvvatlash, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlar jamoat tashkilotlari va volontyorlik harakatlarini qo'llab- quvvatlash masalalari ham aks etgan[2.366].
"Yoshlarga oid davlat siyosati"ning asosiy mazmun mohiyati respublikamiz yoshlarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlarida ularning faolligini oshirish, O'zbekiston Respublikasida siyosiy, huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini yoshlarga to'laqonli tushuntirish, yosh avlodni ushbu jarayonlarga keng jalb etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Shuningdek, ushbu dasturda ko'zda tutilgan yoshlarni yuksak ma'naviyatli, mustaqil fikrlovchi, qat'iy xayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va chuqur bilimlarga ega bo'lgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash, ularda turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish, yoshlarni vatanparvarlik ruxida tarbiyalash, ularda milliy g'urur va iftixor tuyg'usini shakllantirish, turli ma'naviy taxdidlar va axborot xurujlaridan yoshlarni ximoya qilishga, yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruxida tarbiyalashga, yosh avlodni ekologik va estetik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Yoshlarni ijtimoiy ximoya qilish, zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallashlari uchun munosib sharoitlar yaratish, ularni ish bilan ta'minlash va tadbirkorlikka jalb qilish ushbu dasturning o'ziga xos bo'lgan jihati bo'lib hisoblanadi. Yosh tadbirkorlarni qo'llab-kuvvatlash va rag'batlantirish, iqtidorli yoshlarni qo'llab-kuvvatlash, ijodiy va intellektual salohiyatini ruyobga chiqarishga qaratilgan ishlarni tizimli yo'lga qo'yish ko'zga tutilgan.
Yigit-qizlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanishga keng jalb etish, yoshlar orasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, voyaga yetmaganlar va yoshlar o'rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilishini oldini olish, barkamol avlodni tarbiyalashda ommaviy axborot vositalari va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishni keng rivojlantirish, yoshlarning huquq va manfaatlarini ximoya qilish, intilishlarini qo'llab-kuvvatlash, ularni ma'naviy va jismoniy kamol toptirish, Vatanga muhabbat, istiqlol g'oyalariga sadoqat ruxida tarbiyalash, turli yot g'oyalarni targ'ib qilib kelayotgan va past saviyali «ommaviy madaniyat» ta'siridan asrash kabi masalalar dasturning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Ushbu dasturda ko'zda tutilgan masalalarni ijrosini ta'minlash maqsadida barcha muassasalarda tadbirlar rejalari ishlab chiqilgan. Shu maqsadda viloyat adliya boshqarmasida ham
dastur bajarilishi yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan bo'lib, uni bajarilishiga har birimiz o'zimizning munosib hissamizni qo'shishimiz lozimdir.
Xulosa o'rnida aytganda, O'zbekistonda yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash, ularning hayotga mustaqil qadam qo'yishlari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish, madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, axborot texnologiyalari bo'yicha savodxonligini oshirish, zamonaviy tadbirkorlik ko'nikmalarini shakllantirish, ular ongida qat'iy fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga qaratilgan ishlar O'zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan bo'lib qolaveradi.
REFERENCES
1. Мирзиёев Ш.М. Конституция - Эркин ва фаровон хдётимиз, мамлакатимизни янада тараккий эттиришнинг мустах,кам пойдеворидир -Т.: Узбекистан, 2018.7-6.
2. Абдусаттаров, Ш., Алимова, М. (2023). Ёшларга оид давлат сиёсати концепцияси -ёшларга муносиб шароитларни яратишнинг асоси. Перспективы развития медицины, 1(1), 365-366. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/development medicine/article/view/20028
3. Социальные технологии. Толковый словарь // — Москва-Белгород: Луч Центр социальных технологий, 1995.-С 36.