Научная статья на тему 'YOSHLAR HUQUQLARI: IMKONIYATLAR VA HIMOYA QILISH MEXANIZMLARI'

YOSHLAR HUQUQLARI: IMKONIYATLAR VA HIMOYA QILISH MEXANIZMLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
18
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Yoshlarni huquqlari / yoshlarning huquqlarni himoya qilish mexanizmlar / yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar / yoshlarning huquqiy madaniyati / yoshlarni huquqiy ongini oshirish

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Umurzakova Nargisa Muxtarovna, Xamidullayev Xayrullo Rahmatillo Ogli, Alpanov Javohir Turgunboy Ogli, Abdiyev Abdushohjahon Ganisher Ogli

Bu maqolamning asosiy maqsadi.Yoshlarni huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish.o’zbekiston RespublikasikKonstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalash.Yoshlarning huquq va erkinliklarni tushun tiribberish.Yosh avlodni sog’lom o’sishi sifatli ta’lim olishi va barkamol shaxs bo’lib voyaga yetishi ta’minlash.Yoshlarni qo’llab-quvvatlash tizimni tubdan isloh qilish va yanada rivojlantirish

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YOSHLAR HUQUQLARI: IMKONIYATLAR VA HIMOYA QILISH MEXANIZMLARI»

YOSHLAR HUQUQLARI: IMKONIYATLAR VA HIMOYA QILISH MEXANIZMLARI 1Umurzakova Nargisa Muxtarovna, 2Xamidullayev Xayrullo Rahmatillo og'li, 4Alpanov Javohir Turg'unboy og'li, 5Abdiyev Abdushohjahon G'anisher og'li

1Ilmiy rahbar, Toshkent Davlat Agrar Universiteti, "Gumanitar fanlar va huquq" kafedrasi katta

o'qituvchisi

2Toshkent Davlat Agrar Universiteti, "Huquq va Turizm" fakulteti, "Yurisprudensiya" yo'nalishi

2- bosqich talabasi

4Toshkent Davlat Agrar Universiteti, "Huquq va Turizm" fakulteti, "Yurisprudensiya" yo'nalishi

2- bosqich talabasi

5Toshkent Davlat Agrar Universiteti, "Huquq va Turizm" fakulteti, "Yurisprudensiya" yo'nalishi

2- bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10876882 Annotatsiya. Bu maqolamning asosiy maqsadi.Yoshlarni huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish.o'zbekiston RespublikasikKonstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalash.Yoshlarning huquq va erkinliklarni tushun tiribberish.Yosh avlodni sog'lom o'sishi sifatli ta'lim olishi va barkamol shaxs bo'lib voyaga yetishi ta'minlash.Yoshlarni qo'llab-quvvatlash tizimni tubdan isloh qilish va yanada rivojlantirish

Kalit so'zlar: Yoshlarni huquqlari,yoshlarning huquqlarni himoya qilish mexanizmlar,yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar,yoshlarning huquqiy madaniyati,yoshlarni huquqiy ongini oshirish

Abstract. Education of young people in a spirit of Constitution and laws of the Republic of Uzbekistan. Understanding the rights and freedoms of young people. Healthy growth of the younger generation ensures quality education and adulthood as a perfect individual. Radical reform and further development of the youth support system.

Keywords: The mechanism for protecting the rights of young people, the rights of young

people

Аннотация. Основная цель данной статьи. Воспитание молодежи в духе повышения правосознания и правовой культуры. Соблюдение Конституции и законов Республики Узбекистан. Понимание прав и свобод молодежи. Здоровое развитие подрастающего поколения обеспечивает качественное образование и взрослую жизнь совершенной личности. Коренное реформирование и дальнейшее развитие системы поддержки молодежи.

Ключевые слова: Механизм защиты прав молодежи, права молодежи.

Bashariyatning necha ming yillik tarixiy rivojlanish tajribasi shundan dalolat beradiki, har qanday davlatning kelajagi hamisha yosh avlodga to'g'ridan-to'g'ri bog'liq bo'lib kelgan.Shundan ma'lumki mamlakatning iqtisodiy deb olamizmi ijtimoiymi har qanday sohani oladigan bo'lsak davlating gurkirab rivoj topishi uchun yoshlar muhim rol o'ynaydi.Hozirgi kunda yurtimiz aholisining yarmidan ko'pini 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar tashkil etuvchi davlat hisoblanadi. 2022-yil 1-yanvar holatiga ko'ra, 30 yoshgacha bo'lgan aholi soni 19,6 million kishini tashkil etadi, bu umumiy doimiy aholining 55,6 foizini tashkil qiladi. Shuning uchun ham zamonaviy O'zbekistonning ustuvor yo'nalishi - turli darajadagi qarorlar qabul qilish jarayonida yoshlarning ovozi yanada inobatga olinishini ta'minlashdan iborat.Yoshlarimiz davlatimizning eng muhim bebaho boyligi hisoblanadi, deb aytsam mubolag'a bo'lmaydi. Yoshlarga qancha ko'p sarmoya

kiritsa ko'p karra o'zini oqlaydi. Yurtimizda ham bu boradi keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.Kerak bo'lsa buni davlat siyosati darajasiga ko'tarmoqda.

Hozirgi kunda yurtimizda yoshlarga oid davlat siyosatida tub islohatlar olib borilmoqda.Bu borada jahon tajribasini tatbiq etish yoshlarga qulay imkoniyalar yaratib berish,yoshlarni har taraflama jismonan ham ma'nan barkamol qilib tarbiyalashni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan.Bu yangi tahrir qabul qilingan konstitutyamizda ham mustahkamlab qo'yilgan.Bu bo'yicha alohida bob ham ajratilib qo'yilganligi biz yoshlarni yanada xursand qiladi.Konstitutsiyamizning,, XIV bob Oila,bolalar,yoshlar''deb belgilab qo'yilganligi, yurtimizda yoshlarning huquq va erkinliklari nechog'lik himoya qilinayotganligining isbot desak mubolag'a bo'lmaydi.Yana shuningdek Prezident Shavkat Miramonovich Mirziyoyev tomonidan 2017-yil sentyabr oyida Birlashgan millatlar tashkiloti bosh assambleyasining 72 sessiyada Yoshlar huquqlari to'g'risidagi xalqaro konvensiya qabul qilish g'oyasini ilgari surdi Konvensiyaning asosiy maqsadi- yoshlarning huquqlari, erkinliklari, qiziqishlari, ehtiyojlarini belgilash va ularni amalga oshirish bo'yicha davlatlarning majburiyatlarini ta'minlash.

So'nggi o'n yilliklar tajribasi shuni aniq ko'rsatadiki, shiddat bilan o'zgarib borayotgan dunyoda, asosiy ulushi yoshlar bo'lgan, inson kapitali va innovatsion salohiyatni jadal rivojlantirish, samarali to'plash va amalga oshirish imkoniyatiga ega bo'lgan davlatlar ustunlikka ega bo'ladi.

So'rovda mamlakat bo'ylab 10 mingdan ortiq respondentlar qatnashgan, ularning 37%i ayol respondentlardir.Yana shuningdek bu to'g'risida yurtimizda,,Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'rsida"gi qonun ham qabul qilindi.Bu qonunni amalga oshirish va ijrosini ta'minlash maqsadida juda ham ko'plab qonunlar qabul qilindi.Bu qonunlarda yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash asoslarini belgilab beradi. Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari quyidagilardan iborat:

yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash; yoshlarning hayoti va sog'lig'ini saqlash;

yoshlarning ma'naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga ko'maklashish;

yoshlar uchun ochiq va sifatli ta'limni ta'minlash;

yoshlarni ishga joylashtirish va ularning bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish; yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik tuyg'usi, bag'rikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta'sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga bo'lgan qat'iy ishonch va qarashlarga ega qilib tarbiyalash;

yoshlarni axloqiy negizlarni buzishga olib keladigan xatti-harakatlardan, terrorizm va diniy ekstremizm, separatizm, fundamentalizm, zo'ravonlik va shafqatsizlik g'oyalaridan himoya qilish; yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish; iqtidorli va iste'dodli yoshlarni qo'llab-quvvatlash hamda rag'batlantirish; yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish; yoshlarda sog'lom turmush tarziga intilishni shakllantirish, shuningdek yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va yoshlar sportini ommaviy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;

yosh oilalarni ma'naviy va moddiy jihatdan qo'llab-quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish;

yoshlarning huquqlari va erkinliklarini ro'yobga chiqarish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirisXususan, yoshlar kamoloti ta'lim, ijodiy va intellektual rivojlanish, bandlik va yoshlar ilgari surayotgan innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlashning asosiy elementlariga asoslanadi. Sog'lom turmush tarzini mustahkamlash, yoshlar ongida vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni alohida ta'kidlab o'tish joiz. Bu komponentlar u yoki bu tarzda yoshlar bilan ishlashga jalb qilingan barcha ijtimoiy institutlarning yoshlar rivojlanishiga qo'shayotgan hissasining ajralmas qismi hisoblanadi.

Yoshlarni institutsional darajada qo'llab-quvvatlash Yoshlar ishlari agentligi tomonidan amalga oshirilmoqda, mahallalarda esa 2022-yildan yoshlar yetakchilari lavozimi joriy qilingan bo'lib, mahallalarda o'z faoliyatini ko'rsatmoqda. Agentlik tomonidan har bir yosh ushbu tashkilot tomonidan ko'rsatilayotgan ko'mak haqida ma'lumot olishi, shuningdek, ro'yxatdan o'tish va imtiyozli kredit olish, o'z biznesini ochish, malaka oshirish, huquqiy yoki psixologik maslahatlar olish uchun o'z arizasini topshirishi imkoni mavjud bo'lgan platforma ishlab chiqilgan. "Yoshlar daftarchasi" orqali 700 mingdan ortiq o'g'il-qizni qo'llab-quvvatlashga 650 milliard so'm ajratildi.

"O'zbekiston yoshlari - 2025" konsepsiyasi, yoshlar bilan ishlash samaradorligini baholashning yagona mezonlari, yoshlar siyosatini baholash milliy indeksi kabi yoshlar siyosatini chuqurlashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish davom etmoqda.Yoshlarga oid siyosat sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Markaziy Osiyo davlat rahbarlari 2023-yil 15-sentabrda kuni Markaziy Osiyo davlatlarining ijtimoiy, madaniy, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy hayotiga yoshlarni yanada kengroq jalb qilish uchun sharoit yaratishga qaratilgan "Yoshlarga oid siyosatning umumiy yo'nalishlari to'g'risidagi kelishuvni" imzoladilar.

Ushbu tashabbus doirasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev yoshlarning bilim va malakasini rivojlantirish bo'yicha davlatlarning sa'y-harakatlarimizni birlashtirish, ularni yetuk malakali kadrlar qilib tayyorlash va bandligini ta'minlash maqsadida Markaziy Osiyo yoshlari imkoniyatlarini kengaytirish va ularning salohiyatini ro'yobga chiqarish markazini tashkil etish hamda yoshlarning radikallashuviga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlik bo'yicha Mintaqaviy kompleks dastur ishlab chiqish qabul qilish orqali yosh avlodni ekstremistik g'oyalar ta'siridan himoya qilish choralarini ko'rishni taklif etdi.Yana shuni aytib o'tish kerakki O'zbekiston respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzurida ,,Yoshlar parlament "tashkil etildi.Yoshlar parlament tashkil etish bo'yicha Prezidentining 2020 yil 2 martdagi Farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturining 21-bandi ijrosini ta'minlash bilan bog'liq. Davlat dasturida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining har ikkalla palatasi huzurida Yoshlar parlamentlarini tashkil etish va ularning tarkiblarini shakllantirish tartibini belgilash nazarda tutilgan edi. Keng muhokamalar va xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqib, 29 iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va O'zbekiston yoshlar ittifoqi o'rtasida Qonunchilik palatasi huzurida "Yoshlar parlamenti"ni tashkil etish bo'yicha bitim imzolandi. Mazkur bitim bilan "Yoshlar parlamenti" respublika komissiyasi, Nizomi, Reglamenti va tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi.Yoshlar parlamentni tuzishni va faoliyatini Qonunchilik palatasiga mos ravishda shakllantirdi.Bu esa yoshlarni Qonunchilik palatasining faoliyati, yo'nalishlari,ular qanchalik mas'uliyati kasbdaligi va Qonunchilik palatasini yanada qayindan bilishga xizmat qiladi.Yoshlarni qo'llab-quvvatlash, ularning huquqiy ongi va savodxonligini oshirish, jamiyatda yoshlarni siyosiy faol qatlamga aylantirish hamda ularning siyosiy-huquqiy bilim va ko'nikmalarini amalda boyitish, qonunchilik va qonun ijodkorligi jarayoniga yoshlarni jalb qilish va qabul qilinayotgan

qonunlarni yoshlar orasida keng targ'ib qilish orqali ularning parlament hayotiga daxldorligini oshirish "Yoshlar parlamenti"ning asosiy maqsadi etib belgilandi.

Yoshlarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish; qonun ijodkorligi va huquqni qo'llash amaliyotining dolzarb muammolarini yoshlar ishtirokida muhokama qilish va ularni bartaraf etishga qaratilgan takliflar tayyorlash; qonunchilik texnikasi, qonun loyihalarini yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish qoidalari, huquq ijodkorligi masalalari bo'yicha amaliy muhokamalarni tashkil etish; yoshlarning siyosiy bilimlarini oshirish, ularda vatanparvarlik ruhini kuchaytirishda vakillik organlari bilan hamkorlik qilish kabi muhim vazifalar ham Nizom bilan tasdiqlandi.Bu ishlardan bilsak bo'ladiki yurtimizda yoshlarning huquqlar nechog'lik himoya qilinganligini.

Xulosa.Xulosa so'ngida shuni aytish keraki yurtimizda biz yoshlarga juda ham ko'p imkoniyatlar yaratilib berilmoqdaki buni davlatimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlardan ham ko'rinib turibdi.Ya'ni buni davlat siyosati darajasiga ko'tarilganidan va Prezidentimiz Shavkat Miramonovich Mirziyoyev tomonidan Birlashgan millatlar tashkilotining 72-bosh assambleyasida yoshlar huquqlari to'g'risidagi xalqaro konvensiyani tuzish aynan prezident tomonidan ilgar surilish biz yoshlarning huquq va erkinliklarimiz nechog'lik himoya qilinayotganligining dalili debsam xato bo'lmaydi.Biz yoshlarni ruhan manan yetuk shaxslar qilib tarbiyalash va sifatli ta'lim tarbiya berish,begona yod va buzg'unchi odatlarni kirib kelishi oldin olish, yoshlarni ma'naviyatini yuksaltirish, vatanga bo'lgan muhabbatda tarbiyalash, uning har bir qarich yerni o'z ko'z qorachig'idek asrashi,yoshlarni yetuk kadrlar qilib tarbiyalash borasida juda ham ko'p islohotlar olib borilmoqda.Biz yoshlar bu yaratilib berilayotgan imkoniyatlarga javoban yetuk kadr bo'lib yetishimiz davlatimizni har taraflama rivojlanish va taraqqiy etishi,jahonda o'z o'riga ega bo'lish uchun o'z hissamizni qo'shishimiz kerak bo'ladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

2. Yoshlar huquqlari: imkoniyatlar va himoya qilish mexanizmlari nomli maqola (https://parliament.gov.uz/news/yoshlar-huquqlari-imkoniyatlar-va-himoya-qilish-mexanizmlari)

3. BMTning Yoshlar to'g'risidagi konvensiyasi qanday bo'lishi kerak? terisidagi maqola (https://uza.uz/oz/posts/yoshlar-huquqlari-togrisidagi-bmt-konvensiyasi-jahon-yoshlarining-huquq-va-manfaatl ari -kafolati_197922)

4. Yoshlarga oid davlat siyosatini to'g'risidagi qonuni 14.09.2014-yildagi 0'RQ-406-son (https: //lex.uz/docs/-3026246?ONDATE=26.01.2022)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.