YOSHLAR DAVLATNING ASOSIY TAYANCHI VA KELAJAK BUNYODKORI 1Raxmanov Ulug'bek Xabibullayevich, 2Numonov Mansurbek Nosirjon o'g'li
1Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti "Qishloq xo'jaligi huquqi va
agroturizm" kafedrasi mudiri 2Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti Yurisprudensiya ta'lim yo'nalishi 2-
bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10868888 Annontatsiya. Ushbu maqolada mamlakatimiz taraqqiyotida xalqimizning tutgan o'rni, kuch va g'ayratga to'la yoshlarimizning Yangi O'zbekistonni qurishdagi ahamiyati, buning uchun ularga yaratilgan shart va sharoitlar, shuningdek ularning o'z salohiyatlarini to'la ro'yobga chiqarishlari uchun yaratilayotgan huquqiy mexanizm hamdayoshlar xalqaro qonunchilik haqida so'z borgan.
Kalit so'zlar: davlat, xalq yoshlar, Yangi O'zbekiston, huquq, BMT, e 'tirof, imkoniyat.
Davlatning rivojlanishidagi asosiy omillardan biri uning tabiiy resurslari, geografik joylashuvi umuman tabiat taqdim etgan jamiki narsa hisoblanadi. Misol uchun, 2023 yil boshidan boshlab OPEK (neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti) tarkibiga 13 ta a'zo davlat (Jazoir, Angola, Kongo, Ekvatorial Gvineya, Gabon, Iroq, Eron, Quvayt, Liviya, Nigeriya, Saudiya Arabistoni, Venesuela va Birlashgan Arab Amirliklari) kiradi, ular dunyodagi neft zaxiralarining katta ulushiga ega. OPEK dunyodagi tasdiqlangan neft zaxiralarining taxminan 81,5 foizini tashkil qiladi. Sir emaski yuqoridagi mamlakatlarning rivojlanishi va taraqqiyotida markaziy o'rinda neft resurslari turadi.[1]
Suv transporti dengiz va daryo transporti tarmoqlarini o'zida birlashtiradi. Dengiz transporti jahon transport tizimida alohida o'rin tutadi. Bu tarmoq avvalo bir-birlaridan alohida va uzoqda joylashgan materik va qitalarni bog'lab turuvchi, xalqaro mehnat taqsimotini amalga oshiruvchi vosita sifatida ahamiyatli. Shuningdek, asosan, dengiz transporti minglab tonna yukni uzoq masofalarga tashiydigan bo'lganligi uchun boshqa transport tarmoqlariga nisbatan xizmat tannarxi eng arzonga tushadi. Har yili barcha xalqaro yuklarning o'rtacha 4/5 qismi dengiz transportida tashilmoqda. Asosiy dengiz yo'llari turli mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi va ularni iste'mol qiluvchi davlatlar o'rtasida tashkil qilingan. Odatda, Afrika, Lotin Amerikasi, Osiyo, Avstraliyadan turli sanoat va qishloq xo'jalik xomashyolari, asosan, Yevropa, Yaponiya, Shimoliy Amerika mamlakatlariga, ulardan esa aholi va xalq xo'jaligi uchun turli iste'mol mahsulotlari dunyoning barcha iste'molchi hududlariga yetkazib beriladi.[2]Suv yo'llari ham davlatlar rivojlanishiga o'zining ulkan hissasini qo'shadi.
Keng yer maydonlari, xilma xil qazilma boyliklar mamlakatlarning oldinga ildamlashida muhim o'rin oladi. Lekin, shunday mamalakatlar borki ularning yer maydoni unchalik katta emas, umuman olganda ancha kichkina. Tabiiy resurslar haqida esa so'z ham bo'lishi mumkin emas. Ammo ular butun dunyoni o'z natijalari bilan hayratda qoldirishdi. Biroq, qanday? Bularning barini ularning xalqi qildi. Yaponlar o'zlarining taqinchoqlarigacha davlatni tiklash uchun berishdi, singapurliklar esa "balkon"da tovuq, tomlarida qo'y boqishdi. Davlat va hquq nazaryasi shuni takidlaydiki fuqarolarsiz davlat davlat emas. Huddi dengiz suvsiz dengiz hisoblanmaganidek. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o'z nutqida takidlaganidek: "Barchamizga ma'lumki, har bir suveren davlat o'zining betakror tarixi va madaniyatiga egadir. Bu tarix, bu
madaniyatning haqiqiy ijodkori, yaratuvchisi esa, haqli ravishda shu mamlakat xalqi hisoblanadi. [3]"
Yoshlarni esa malakatimizning "oltin zahirasi" deya ta'rifgan edilar. Darhaqiqat, kuch va g'ayratga to'la yoshlar mamalakatizning porloq kelajagi bunyodkorlaridir. Ularni qulay sharoitlar bilan ta'minlash, o'z salohiyati to'la namoyish qilishlari huquqiy asoslar yaratildi.Ayniqsa, "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonunining qabul qilinishi yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlashning huquqiy mexanizmlarini yaratish sohasidagi yangilik bo'ldi. 4 bob, 33 moddadan iborat mazkur qonunda yoshlar huquq va erkinliklari tom ma'noda ta'minlangan, desak mubolag'a bo'lmaydi.
Xususan, ushbu qonunning 5-moddasida yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari belgilangan. Ushbu yo'nalishlardan davlat tomonidan yoshlarni qo'llab-quvvatlash borasida qanchalik ulkan vazifalar qamrab olinganligini, endilikda mazkur qonun yoshlarga qanday imkoniyatlarni kafolatlayotganini ko'rish mumkin.
E'tiborga molik yana bir yangilik sifatida 2022 yilning 18 iyulda hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning "Oliy, o'rta maxsus va professional ta'lim tashkilotlarida xotin-qizlarning ta'lim olishlarini qo'llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar to'g'risida" gi qarori qabul qilinganini aytishimiz mumkin. Qarorga muvofiq, 2022-2023 o'quv yilidan boshlab, oliy ta'lim muassasalarining barcha shaklida o'qiyotgan talaba qizlar uchun 7 yilga mo'ljallangan foizsiz kreditlar ajratilishi yo'lga qo'yildi. Talaba o'qishni bitirganidan so'ng 7 oydan boshlab, olgan kreditlarini qaytaradi.
Tizimda qabul va ta'lim jarayoni raqamlashtirilgan. Bundan 3-4 yil oldin abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish uchun har xil tashkilotlardan turli ma'lumotnomalar so'ralar edi. Hozirda mazkur jarayonning barchasi raqamlashtirildi.
Nafaqat ta'lim, balki yurtimizda yoshlar sporti uchun ham keng ko'lamli imkoniyatlar yaratildi. 2022 yilning 11 aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan "Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida" gi qaror imzolandi. 2022 yildan boshlab har yili an'anaviy tarzda 30 iyun -O'zbekiston Respublikasi yoshlari kuni hamda dekabr oyida o'tkaziladigan "Yoshlar forumi" doirasida sportning futbol, mini-futbol, voleybol, yengil atletika, shaxmat, shashka, stol tennisi, stritbol, vorkaut turlari bo'yicha besh bosqichli ommaviy sport musobaqalarini o'tkazish tizimi joriy etildi. Shuningdek, "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida kitobxonlik, madaniyat va san'at, intellektual o'yinlar, axborot texnologiyalari hamda sport turlari bo'yicha musobaqalar o'tkazilib kelinmoqda.[4]
O'z o'rnida aytish joizki, hujjatga muvofiq "Besh tashabbus olimpiadasi" olimpiya hamda milliy sport turlari bo'yicha uch bosqichli umumrespublika sport musobaqalari davomida g'olib va sovrindorlarni (1-3 o'rin) tayyorlagan umumiy o'rta ta'lim maktablarining jismoniy tarbiya fani o'qituvchilari va sport-ta'lim muassasalarining trenerlari malaka attestatsiyasiga jalb etilmaydi va ularga to'g'ridan-to'g'ri malaka toifalari beriladi. Qolaversa, Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Yosh kitobxon" tanlovi ham yoshlarga berilayotgan e'tiborning muhim ko'rinishlaridan biridir. Tanlovning respublika bosqichi g'oliblariga Prezident sovg'asi "Spark" avtomashinasi topshiriladi.
Toshkentda 2023 yil 23-26-oktabr kunlari «Yoshlar huquqlari: imkoniyatlar va himoya qilish mexanizmlari» mavzusida xalqaro forum bo'lib o'tdi. Xalqaro konferensiyaning yopilish marosimida yoshlar huquqlarini himoya qilish va rag'batlantirish bo'yicha xalqaro, mintaqaviy va
milliy tajriba va yondashuvlar muhokama qilindi. Yoshlar huquqlarini himoya qilish va rag'batlantirish bo'yicha amaldagi xalqaro va mintaqaviy hujjatlar va mexanizmlarni qo'llash ko'lami tahlil etildi.
Forum ishtirokchilari tomonidan yoshlar huquqlarini himoya qilish mexanizmlari va imkoniyatlari samaradorligini oshirish yo'llari taklif etildi. Yoshlar o'z huquqlarini to'liq ro'yobga chiqarishida duch keladigan asosiy muammolar yoritildi.
Barcha davlatlar siyosatiga yoshlar huquqlarini integratsiya qilishning huquqiy, ma'muriy va siyosiy asoslarni takomillashtirish yo'llari va vositalarini ishlab chiqish bo'yicha aniq tavsiyalar ilgari surildi.
Shu asosda xalqaro forumning yakuniy hujjati - Yoshlar huquqlari bo'yicha Markaziy Osiyo deklaratsiyasi loyihasi ishlab chiqildi va muhokama qilindi.
2024 yil-O'zbekistonda «Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili» deb e'lon qilindi. Bu haqda prezidentimiz Shavkat Mirziyoev mamlakatimiz xalqiga yo'llagan Yangi yil tabriklarida. "Inson qadrini ulug'lash, aholimiz manfaatlarini ta'minlash, buning uchun kuchli iqtisodiyot barpo etish bizning asosiy vazifamizdir, deb takidladilar.
Mamlakatimizda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratib berish borasida mustahkam huquqiy baza yaratilgan va bu tizim zamon talablariga hamohang ravishda takomillashtirib borilmoqda. Xususan, bugungacha Parlament tomonidan yoshlarga oid 40 dan ziyod qonun hujjatlari qabul qilingan bo'lib, 30 dan ortiq xalqaro huquqiy hujjatlar ratifikatsiya qilingan.Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan ayni davrda insoniyat tarixidagi eng ko'p yoshlar qatlami bilan yashayotganimizni inobatga olgan holda BMT minbarida Yoshlar huquqlari to'g'risidagi BMT konvensiyasini qabul qilish taklifi ilgari surilgani ham xalqaro hamjamiyat tomonidan iliq qarshilandi. O'zbekiston rahbari bunga asos qilib, bugun dunyo miqyosida yoshlarning soni ikki milliarddan ortib ketgani, xalqaro terrorizm va esktremizm shiddat bilan o'sib borayotgan bir paytda yoshlarga himoya zarurligini muhim omillar sifatida asoslab berdi. Alohida ta'kidlash joizki, prezidentimiz ma'ruzalarida ham bu masala alohida o'z aksini topdi. Jumladan, yoshlarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan quyidagi ustuvor vazifalar belgilandi: birinchidan, jismonan sog'lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat'iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish; ikkinchidan, o'rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish hamda xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb etish; uchinchidan, yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo'llab-quvvatlash va ro'yobga chiqarish, bolalar va yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-son "O'zbekiston -2030" strategiyasi to'grisida" gi Farmoni qabul qilingan bo'lib, unga ko'ra quyidagi vazifalarni bajarish rejalashtirildi;
Yoshlarni zamonaviy kasblar va chet tillariga o'qitish tizimini yaratish.
Yoshlarning zamonaviy kasblar bilan mashg'ul bo'lishini ta'minlash uchun har bir viloyatda 1 tadan "Kreativ park"lar faoliyatini tashkil etish, ularga yiliga kamida 40 ming nafar yoshlarni jalb qilish.
Maktab bitiruvchilari kamida 2 ta xorijiy til va 1 ta kasb egallashini ta'minlash.
Yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning ilmiy faoliyatini rag'batlantirish.
Ilmiy va innovatsion faoliyat, intellektual o'yinlar hamda chet tillarini o'rganishga jalb etish orqali kamida 2 million nafar yoshlarning iqtidorini rivojlantirish.
Har yili 500 nafar iste'dodli yoshlarni xorijning nufuzli oliygohlariga o'qishga yuborish.
Yoshlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ishsizlik darajasini kamaytirish.
400 ming nafar yoshlarning bandligini ta'minlash va muammolarini hal etishga erishish.
Yoshlarning ishsizlik darajasini 14 foizdan 11 foizga kamaytirish.
Yoshlar o'rtasida IT sohasini yanada ommalashtirish hamda sohada xizmatlar eksportini oshirish.
IT sohasida 300 ming nafar yoshlarni ish bilan ta'minlash.
Maktab o'quvchilarini xalqaro IT bozorida talab yuqori bo'lgan zamonaviy kasblarga o'rgatish.
"Bir million dasturchi" loyihasini kengaytirish va har yili 15 ming nafar eng iqtidorli yoshlarni nufuzli xalqaro kompaniyalar talablariga mos dasturlar asosida tayyorlash.
Jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanadigan yoshlar qamrovini kengaytirish.
Respublikada sport bilan professional va doimiy shug'ullanuvchi yoshlar ulushini oshirish.
"O'zbekiston - 2030» strategiyasini "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni imzolandi.
Unga ko'ra yoshlar o'rtasida tadbirkorlikni keng ommalashtirish va biznes bilan shug'ullanishga qo'shimcha imkoniyatlarni yaratish maqsadida oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida ajratilayotgan kreditlarning kamida 40 foizi yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga yo'naltirilishi ko'zda tutilgan.
"Yosh tadbirkor" tanlovi asosida "mahalla - tuman - viloyat - respublika" bosqichlarida yoshlarning istiqbolli biznes loyiha va g'oyalari saralanishi, respublika bosqichida saralashdan o'tgan har bir loyihaga bazaviy hisoblash miqdorining 1 000 baravarigacha miqdordagi imtiyozli kreditlar ajratilishi va kredit stavkasining 50 foizi qoplab berilishi, g'olib bo'lgan biznes loyiha va g'oyalar egalari Yosh tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi hisobidan xorijiy davlatlarga malaka oshirishga yuborilishi ham ko'zda tutilyapti.
2024-yilgi davlat dasturi loyihasida yoshlarni oliy ta'lim bilan qamrov darajasini oshirish, nodavlat va respublikada faoliyat olib borayotgan xorijiy oliy ta'lim tashkilotlarida davlat grantlari bo'yicha kadrlar tayyorlash o'rnini 1200 taga yetkazish (20% ga oshirish), Xalqaro nufuzli reyting agentliklari ekspertlari ishtirokida respublika oliy ta'lim tashkilotlari reyting ko'rsatkichlarini yaxshilash bo'yicha master-klass, seminar-treninglar o'tkazish, ta'lim tizimini xalqaro mehnat bozoridagi o'zgarishlar, texnologik jarayonlarga mos tashkil etish, oliygohlardagi ta'lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, hamkor universitetlar bilan 10 ta qo'shma ta'lim dasturi asosida kadrlar tayyorlashni yo'lga qo'yish kabi oliy ta'lim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish bo'yicha qator vazifalar nazarda tutilmoqda.
Shuni hisobga olgan holda 2024-yilgi Davlat dasturi loyihasi muhokamalarida oliy ta'lim tashkilotlari professor-o'qituvchilari, talaba-yoshlar, tadqiqotchilar, ilmiy salohiyatli kadrlar hujjat loyihasini yanada takomillashtirish bo'yicha taklif va tashabbuslarni bildirishda faol bo'lishlari maqsadga muvofiq ekanligi alohida ta'kidlandi.
Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlarni qo'llab-quvvatlash, ma'nan yetuk, jismonan sog'lom, vatanparvar va fidoyi yosh avlodni tarbiyalash, shuningdek, aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgan e'tiborning yana bir amaliy ifodasir.
Prezidentimiz o'z Murojaatnomalarida "Biz o'z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug' maqsadni qo'ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Mirzo Ulug'beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta'lim va tarbiyani rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g'oyamizning asosiy ustunlari bo'lib, xizmat qilishi lozim" deya alohida ta'kidladilar. Darhaqiqat, bu barchaga katta mas'uliyat yuklaydiki, buning uchun o'z oldiga qo'ygan katta marralarni zabt etishi uchun yoshlarga keng imkoniyatlar yaratish va har tomonlama ko'mak berish zarur.[5]
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.-T.: Adolat 2023.
2. Shavkat Mirziyoyev. Buyuk kelajakni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz.-Toshkent.: "O'zbekiston" NMIU, 2017.-488 b.
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-son "O'zbekiston -2030" strategiyasi to'grisida" gi Farmoni
4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PQ-300-son " " O'zbekiston-2030" strategiyasini 2023-yilda sifatli va o'z vaqtida amalga oshirish chora tadbirlari tog'risida" gi Qarori
5. ""O'zbekiston — 2030" strategiyasini "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida" 21.02.2024 yildagi PF-37-son O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
6. https://bigenc.m/c/organizatsiia-stran-eksportiorov-nefti-9c43d7
7. https://geografiya.uz/iahon-iqt-ijt-geografiyasi/ 1001-jahon-transporti.html
8. https://president.uz/oz/lists/view/111
9. https://uza.uz/oz/posts/yangi-ozbekiston-yoshlari-kelajagimiz-bunyodkori_470030
10. https://bmti.uz/article/yoshlar-kelajagimiz-bunyodkorlari