Научная статья на тему 'YOSHLAR HUQUQLARIGA E’TIBOR DAVLAT SIYOSATINING ASOSIY YO‘NALISHI SIFATIDA'

YOSHLAR HUQUQLARIGA E’TIBOR DAVLAT SIYOSATINING ASOSIY YO‘NALISHI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
16
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yoshlar huquq va erkinliklari / yoshlar siyosati / huquqni himoya qilish / huquqiy-siyosiy ong / huquqiy madaniyat.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Ostonov Oybek Aliqulovich

Bugungi kunda ilmiy-texnika taraqqiyoti shaxsiy va intellektual salohiyatning rivojlanishi va o‘sishini rag‘batlantirmoqda, bu esa o‘z navbatida yoshlarning dunyoqarashi o‘zgarishiga olib kelmoqda. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda yoshlar muammolarining ustuvor ekanligini hisobga olib, yosh avlodning huquq va erkinliklarini ta’minlash tizimini takomillashtirish, shuningdek, yoshlar uchun xavfsiz va qulay mehnat sharoitlari yaratish, eng avvalo ular mehnatini tartibga solinishida zarur huquqiy vositalar yaratish ularni himoya qilish uchun bir qator ilg‘or islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu maqolada yoshlarning huquq va erkinliklarini ta’minlash tizimini takomillashtirish, shuningdek, ularni himoya qilish jarayonlarida yuz bergan o‘zgarishlar tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YOSHLAR HUQUQLARIGA E’TIBOR DAVLAT SIYOSATINING ASOSIY YO‘NALISHI SIFATIDA»

YOSHLAR HUQUQLARIGA E'TIBOR DAVLAT SIYOSATINING ASOSIY

YO'NALISHI SIFATIDA Ostonov Oybek Aliqulovich

Tarix fanlari dokdori., dotsent. Toshkent davlat agrar universiteti "Gumanitar fanlar va huquq"

kafedrasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10868705

Annotatsiya. Bugungi kunda ilmiy-texnika taraqqiyoti shaxsiy va intellektual salohiyatning rivojlanishi va o'sishini rag'batlantirmoqda, bu esa o'z navbatida yoshlarning dunyoqarashi o'zgarishiga olib kelmoqda. Shu bilan birga, O'zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda yoshlar muammolarining ustuvor ekanligini hisobga olib, yosh avlodning huquq va erkinliklarini ta'minlash tizimini takomillashtirish, shuningdek, yoshlar uchun xavfsiz va qulay mehnat sharoitlari yaratish, eng avvalo ular mehnatini tartibga solinishida zarur huquqiy vositalar yaratish ularni himoya qilish uchun bir qator ilg'or islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu maqolada yoshlarning huquq va erkinliklarini ta'minlash tizimini takomillashtirish, shuningdek, ularni himoya qilish jarayonlarida yuz bergan o'zgarishlar tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: yoshlar huquq va erkinliklari, yoshlar siyosati, huquqni himoya qilish, huquqiy-siyosiy ong, huquqiy madaniyat.

Abstract. Today, scientific and technical progress encourages the development and growth ofpersonal and intellectual potential, which, in turn, leads to a change in the worldview of young people. At the same time, taking into account the priority of youth issues in the implementation of the state policy on youth in the Republic of Uzbekistan, it is necessary to improve the system of ensuring the rights andfreedoms of the young generation, as well as to create safe and comfortable working conditions for young people, first of all, it is necessary to regulate their work A number of progressive reforms are being implemented to create legal instruments to protect them. This article analyzes the changes that occurred in the processes of improving the system of ensuring the rights and freedoms of young people, as well as their protection.

Keywords: youth rights and freedoms, youth policy, rights protection, legal and political awareness, legal culture.

Yoshlar uchun xavfsiz va qulay mehnat sharoitlari yaratish, eng avvalo ular mehnatini tartibga solinishida xalqaro standartlar talablariga rioya etilishini ta'minlovchi zarur huquqiy vositalar yaratish, mavjudlarini esa takomillashtirish haqida qayg'urish lozim bo'ladi. Jahon ijtimoiy taraqqiyotidagi tub o'zgarishlar jarayoni bugungi kunda aholi, ayniqsa yoshlarning huquqiy ong va siyosiy madaniyatini rivojlantirish zarurligini ko'rsatmoqda. Zero, qonunchilikdagi ba'zi nomukammalliklar, huquq va erkinliklarni himoya qilish kafolatlarining yemirilishi, huquqiy tizimning deformatsiyasi yoshlar ongida huquqiy va siyosiy nigilizmga olib kelmoqda. Bu esa, dunyo mamlakatlarida yoshlarning huquqiy-siyosiy ongi va madaniyatini shakllantirish masalasini ijtimoiy voqelikni aks ettiruvchi mafkuraviy, psixologik jarayon sifatida kun tartibiga qo'ymoqda. Ayniqsa, jahonda kechayotgan siyosiy va huquqiy o'zgarishlar yoshlarning huquqiy va siyosiy madaniyatini yuksaltirishni dolzarb masalaga aylantirdi.

Yurtimizda shu munosabat bilan inson kapitalini rivojlantirish ayniqsa jamiyatimizning buguni va kelajagi bo'lgan yoshlar salohiyatini keskin oshirish bo'yicha keng qamrovli vazifalar

ro'yobga chiqarilmoqda. Zero, har tomonlama barkamol yoshlarimiz jamiyatimizda demokrtik islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirilishining potensial asosidir.

Aynan yoshlar fuqarolik jamiyatining eng faol qismidir, masalan yoshlar turli sohalarda innovatsion loyihalar va texnologiyalarni joriy qilishga ko'proq moslashgan bo'ladi, ular jamiyatga yangi g'oyalar va bilimlarni tashiydi hamda ularda o'z hayotini qurishga intilish kuchli bo'ladi[1.29]. Shu jihatdan qaraganda, O'zbekiston yoshlari bugungi va ertangi kun egalari sifatida mamlakatimizda farovon hayot asoslarini barpo etishda bosh strategik resurs hisoblanadi. Mamlakatimizning demokratik yangilanishlar yo'lidan odimlashi va taraqqiyot sur'atlari ko'p jihatdan yoshlarning jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi holati va faolligiga bog'liq bo'ladi.

O'tgan yili 23 oktyabrda Toshkentda bo'lib o'tgan "Yoshlar huquqlari: imkoniyatlar va himoya mexanizmlari" xalqaro forumida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissari janob Volker Turk, "Qaror qabul qiluvchilar, jumladan, hukumatlar, davlat va xususiy muassasalar vakillari yoshlarning tashvishlarini eshitishlari va ularning inson huquqlaridan to'liq bahramand bo'lishlarini ta'minlash uchun chora ko'rishlari juda muhim"[2.2] deb ta'kidlashi ham masalaning xalqaro ahamiyati dolzarbligini ko'rsatmoqda.

Davlatimiz rahbari Sh.M. Mirziyoyev ta'kidlaganidek, "Biz yoshlarning mamlakatimiz hayotidagi demokratik jarayonlarda faol ishtirok etishiga ularning siyosiy va ijtimoiy salohiyatini oshirishga alohida e'tibor qaratishimiz lozim"[3.2].

Yurtimiz mustaqillikni qo'lga kiritgan dastlabki kunlardanoq O'zbekistonda yoshlar siyosatiga alohida e'tibor qaratilib, 1991 yil 20 noyabrda "O'zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to'g'risida"gi qonunning qabul qilinishiva uning 2016 yil 14 sentyabrda yangi tahrirda tasdiqlanishi mamlakatimizda yoshlar siyosatiga bo'lgan e'tibor va g'amxo'rlikni yangicha bosqichga ko'tarishi bilan muhim ahamiyatga ega.

Shu munosabat bilan alohida ta'kidlash joizki, yoshlar manfaatlarini to'liq ro'yobga chiqarishga yo'naltirilgan g'oyalar mamlakatimizdagi innovatsion davlat siyosatining konseptual asosiga aylandi.

Zero, mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta'kidlaganidek: "Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og'ishmasdan qat'iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko'taramiz. Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma'naviy salohiyatga ega bo'lib, dunyo miqyosida o'z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo'sh kelmaydigan insonlar bo'lib kamol topishi, baxtli bo'lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz"[4.14]. Ushbu jarayonlar 2016 yilning 14 sentyabrda mamlakatimiz yoshlari manfaatlarini har tomonlama ro'yobga chiqarish, yoshlar ravnaqining siyosiy-xuquqiy, ijtimoiy-madaniy va ma'naviy asoslarini yanada mustahkamlash va rivojlantirish borasida davlatimiz tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosatning muhim samarasi sifatida O'zbekiston Respublikasining "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi yangi qonuni qabul qilindi.

Ta'kidlash joizki, 4-bob, 33-moddadan iborat bo'lgan mazkur qonun normalarida yoshlar manfaatlarini ro'yobga chiqarish, yoshlarning jamiyatning faol a'zosi bo'lishi, hususan yuksak ilmiy salohiyatga erishishi uchun zarur bo'lgan barcha imkoniyatlarning huquqiy zaminlari mustahkamlandi.

Jumladan, qonunning "yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari" deb nomlangan 5-moddasida belgilab qo'yilganidek "Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari quyidagilardan iborat:

Yoshlarning huquq erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini ta'minlash;

yoshlarning hayoti va sog'ligini saqlash;

yoshlarning ma'naviy, intellektual, jismoniy va ahloqiy jihatdan kamol topishiga ko'maklashish;

yoshlar uchun ochiq va sifatli ta'limni ta'minlash;

yoshlarni ishga joylashtirish va ularning bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish"[5.1].

Bu o'rinda alohida ta'kidlash joizki, davlatimiz rahbarining 2017 yilning 7 fevral kuni qabul qilingan farmoni bilan tasdiqlangan harakatlar strategiyasida mamlakatimiz yoshlariga oid davlat siyosatining konseptual asoslari yanada rivojlantirildi va yoshlar manfaatlarini ro'yobga chiqarishning prinsipial jihatdan yangi bo'lgan innovatsion asoslari belgilab berildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 5 iyulda «Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O'zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo'llab-quvvatlash to'g'risida»gi Farmoni va 2017 yil 18 iyulda «O'zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar to'g'risida»gi Qarori qabul qilindi. Ushbu meyoriy hujjatlarda yoshlarning ilmiy va innovatsion faoliyatini qo'llab-quvvatlash mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda yosh olimlarning jahon ilmiy maydonida raqobatbardoshliligini shakllantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, yoshlarning intellektual mulk obyektlarini respublikaning iqtisodiy va ijtimoiy tarmoqlariga joriy etish nazarda tutilgan[6.1].

2017 yil 30 iyunda mamlakat yoshlari hayotida yangi sahifa ochildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan O'zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etildi, uning asosiy faoliyati yoshlarning barcha tashabbuslarini qo'llab quvvatlash va amalga oshirishga qaratilgan. Davlat rahbari tashabbusi bilan O'zbekiston tarixida ilk bor 30 iyun "Yoshlar kuni" deb e'lon qilindi. "O'zbekiston Respublikasida yoshlar kunini belgilash to'g'risida"gi qonun qabul qilindi.

Shu nuqtayi nazardan, BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish masalasi bugungi va ertangi kun yoshlari bilan bevosita bog'liq hamda O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yoshlar huquqlarini yanada keng ta'minlash va himoya qilish bo'yicha tashabbuslari keng qo'llab-quvvatlanmoqda.

Masalan, O'zbekiston tomonidan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida Yoshlar huquqlari to'g'risidagi konvensiyani qabul qilish haqida ilgari surilgan tashabbus nafaqat mamlakatimiz fuqarolari, balki jahonning ikki milliarddan ortiq yoshlari huquqlarini himoya qilish uchun ham katta ahamiyatga molikdir. Ushbu tashabbus xalqaro hamjamiyat tomonidan tobora ko'proq qo'llab-quvvatlanmoqda. Yoshlar huquqlari bo'yicha Do'stlar guruhi tashkil etildi. Uning asosiy vazifasi yoshlar siyosati sohasidagi tashabbuslarni qo'llab-quvvatlash va yoshlar huquqlari bo'yicha xalqaro huquqiy hujjatni ishlab chiqishga qaratilgan harakatlarni rag'batlantirishdan iborat. Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev ta'kidlaganidek: "Bugungi dunyo yoshlari - son jihatidan butun insoniyat tarixidagi eng yirik avloddir, chunki ular 2 milliard kishini tashkil etmoqda.

Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo'lib kamolga yetishi bilan bog'liq" [7.1].

2020 yil avgust oyida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yoshlar huquqlarini himoya qilishning dolzarb masalalariga bag'ishlangan va yosh avlod hayotini

yaxshilash uchun global hamkorlikni mustahkamlashda muhim rol o'ynaydigan Samarqand veb-forumi bo'lib o'tdi [8.9].

Forumda O'zbekiston tomonidan tayyorlangan Yoshlar huquqlari to'g'risidagi konvensiya loyihasi muhokama qilinib, BMT Bosh Assambleyasi 74-sessiyasining rasmiy hujjati sifatida taqdim etilgan "Yoshlar-2020: global birdamlik, barqaror rivojlanish va inson huquqlari" deb nomlangan Samarqand rezolyutsiyasi qabul qilindi. Ushbu rezolyutsiya A/74/998 raqami ostida BMTning rasmiy hujjatlari tizimiga joylashtirilgan. Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining doimiy Kengashida Samarqand rezolyutsiyasi YEXHTning rasmiy hujjati sifatida tarqatildi, shuningdek bu hujjat Islom hamkorlik tashkiloti a'zo davlatlariga yuborilib, MDHning rasmiy veb-saytida e'lon qilindi.

Mamlakatimizning yoshlar huquqlarini himoya qilish tamoyiliga bo'lgan sodiqligi Prezidentimizning BMT Inson huquqlari bo'yicha Kengashi 46-sessiyasidagi nutqida ham tasdiqlangan bo'lib, unda yoshlar huquqlarini himoya qilish bo'yicha qator tashabbuslar ilgari surilgan.

Jumladan, Yoshlar huquqlari to'g'risidagi xalqaro konvensiyani qabul qilish va yoshlar huquqlari bo'yicha Maxsus ma'ruzachini, BMT homiyligida yoshlar huquqlari bo'yicha Butunjahon konferensiyasini ta'sis etish hamda bu konferensiyani O'zbekiston hukumati tomonidan BMT Bosh kotibining Yoshlar bo'yicha maxsus vakili, BMT Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissari idorasi ko'magida va boshqa xalqaro, yoshlar tashkilotlari hamkorligida joriy yilning avgust oyida o'tkazish rejalashtirilgan. Ushbu konferensiya yoshlarning huquqlarini himoya qilish, rag'batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo'yicha fikr almashish va xalqaro mintaqaviy hujjatlarni ishlab chiqish bo'yicha takliflar tayyorlash imkonini beradi [8.10].

Umuman olganda, bugungi yuksalish davri siyosatida mamlakatimizda izchil iqtisodiy islohotlar ijtimoiy rivojlanishning tarkibiy qismi sifatida qaralmoqda. Bu esa hozirda intellektual jihatdan yetuk va ijodiy salohiyatli hamda zamonaviy bilim va ko'nikmalarga ega bo'lgan, mamlakatimizning munosib kelajagi uchun javobgarlikni o'z zimmasiga ola biladigan yoshlarni tarbiya qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirilishini nazarda tutadi. Komillik kaliti yuksak huquqiy madaniyatga erishuvimizdadir. Mamlakatimizda yoshlarni ilmli, yuksak ma'naviyatli komil insonlar qilib tarbiyalashga katta e'tibor karatilayotganligi bejizga emas. Yurtimizda yuksak huquqiy madaniyatli kishilar qanchalik ko'p bo'lsa, qonun ustuvorligiga erishish shunchalik oson bo'ladi.

REFERENCES

1. Козина Е.С. Развитие инновационного потенциала в рамках молодежной политики. Сборник статей. - M.: Директ -Медиа, 2013. - С.29.

2. International Forum: "Youth Rights: Possibilities and Mechanisms of Protection" in Tashkent // https://www.osce.org/project-coordinator-in-uzbekistan/556227.

3. Узбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Узбекистон Ёшларига байрам табриги // Халк сузи, 2019 йил 1 июль. № 133(7363).

4. Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон демократик Узбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. - Т.: "Узбекистон", 2016. - Б. 14.

5. Узбекистон Республикасининг Ёшларга оид давлат сиёсати тугрисидаги ^онуни // Халк сузи. 2016 йил 15 сентябрь.

6. Хасанова М. Жамият ижтимоий сиёсий, маънавий хдётида ёшларнинг урни ва иштироки//http://insonhuquqlari.uz/uz/articles/zhamijat-izhtimoij-siesij-manavij-aetida.

7. Мирзиёев Ш.М. Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Бош Ассамблеясининг 72-сессиясидаги нутк // Халк сузи, 2017, 20 сентябрь.

8. Саидов А.Х. Янги Узбекистонда ёшлар сиёсати. - Тошкент: Инсон ^укуклари буйича Узбекистон Республикаси Миллий маркази, 2021. 9-10 бетлар.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.