Научная статья на тему 'YOSHLAR HUQUQLARI:IMKONIYATLAR VA HIMOYA QILISH MEXANIZMLARI'

YOSHLAR HUQUQLARI:IMKONIYATLAR VA HIMOYA QILISH MEXANIZMLARI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
37
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Konstitutsiyaviy norma / huquq / strategiya / konsepsiya / dastur / konvensiya / sessiya / subsidiya.

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Abdurazzoqova Sevinch Lazizjon Qizi

Ushbu maqolada yoshlar huquqlarini himoya qilish mexanizmlari va ularning imkoniyatlari, shuningdek bu huqularning O’zbekiston Respublikasi yangi konstitutsiyasidagi o’rni va ularni qo’llash prinsiplari hamda olib borilayotgan islohotlar o’z aksini topdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YOSHLAR HUQUQLARI:IMKONIYATLAR VA HIMOYA QILISH MEXANIZMLARI»

YOSHLAR HUQUQLARI:IMKONIYATLAR VA HIMOYA QILISH MEXANIZMLARI

Abdurazzoqova Sevinch Lazizjon qizi

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti "Agrobiznes va raqamli iqtisodiyot" fakulteti Yurisprudensiya ta'lim yo'nalishi 2-108-guruh talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10870076

Annotatsiya. Ushbu maqolada yoshlar huquqlarini himoya qilish mexanizmlari va ularning imkoniyatlari, shuningdek bu huqularning O'zbekiston Respublikasi yangi konstitutsiyasidagi o'rni va ularni qo'llash prinsiplari hamda olib borilayotgan islohotlar o'z aksini topdi.

Kalit so'zlar:Konstitutsiyaviy norma,huquq, strategiya, konsepsiya, dastur, konvensiya, sessiya, subsidiya.

Davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini ta'minlaydi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag'batlantiradi. Ushbu norma O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan bo'lib, bu borada jamiyatimizda yoshlarni huquqlarini himoya qilish uchun davlat barcha yo'nalishlarda ularga zarur hamda imtiyozli huquqlarini himoya qiluvchi mexanizmlarni yaratdi. Binobarin, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar buni yana bir bor isbotladi. Endilikda yoshlar o'zlari uchun yaratilgan barcha imtiyozlardan foydalanib, yuksak marralarni zabt etishmoqda. Bugun yurtimizda yoshlarni har jihatdan qo'llab-quvvatlash davlat siyosati darajasiga ko'tarilib, yangilangan Konstitutsiyada ham ko'plab soh ava yo'nalishlar qatorida yoshlar masalasiga alohida ustuvorlik berilgan. Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati sohasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. O'tgan vaqt ichida yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakatimiz istiqboli uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni tarbiyalash borasida alohida tizim yaratildi.

O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, Oliy Majlis palatalari huzurida Yoshlar parlamentlari, O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshida Yoshlar akademiyasi tashkil qilindi. Hududlarda "Loyihalar fabrikasi" ish boshladi.

Yosh avlodning sog'lom o'sishi, sifatli ta'lim olishi va barkamol shaxs bo'lib voyaga yetishini ta'minlash, shuningdek, yoshlarning madaniyat, san'at, sport, axborot texnologiyalari va kitob o'qishga bo'lgan qiziqishini har tomonlama qo'llab-quvvatlashga qaratilgan "besh muhim tashabbus"ni joriy etish bo'yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Yurtimizda tashkil etilayotgan yangi davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari, umumta'lim maktablari, oliy o'quv yurtlari, nufuzli xorijiy universitetlarning filiallari, zamonaviy IT-parklar, madaniyat muassasalari va sport inshootlari, mutlaqo yangi namunadagi ta'lim maskanlari — "Prezident maktablari", "Temurbeklar maktabi", "Ijod maktablari" bugungi globallashuv sharoitida raqobatga qodir bo'lgan yetuk kadrlarning yangi avlodini tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

Yoshlarni qo'llab-quvvatlash tizimini tubdan isloh qilish va yanada rivojlantirish maqsadida 2021-yil mamlakatimizda "Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili" deb e'lon qilindi.

Yoshlar sohasidagi muammolarga samarali yechimlar ishlab chiqish, shuningdek, mamlakatimizda 2020-yil dekabr oyida tashkil etilgan O'zbekiston yoshlari forumida hamda

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga va xalqimizga Murojaatnomasida qayd etilgan yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish bilan bog'liq vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida "O'zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi. Ushbu qarorda bir qancha vazifalar belgilandi. yoshlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan huquqiy bazani takomillashtirish;

mamlakatda xavfsizlik, ekologik barqarorlik, adolat va teng huquqlilikni ta'minlashda yoshlarning rolini oshirish;

yoshlar uchun malakali tibbiy xizmatdan foydalanish shart-sharoitlarini yaxshilash, ular o'rtasida tibbiy savodxonlikni oshirish va sog'lom turmush tarzini mustahkamlash;

ta'limning barcha bosqichlarida yoshlarning sifatli ta'lim olishini ta'minlash, hududlarda inklyuziv ta'lim rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish;

yoshlarni ona Vatanga, oilaga, mustaqillik g'oyalariga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash;

yoshlarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish va ularning mehnatga oid qonuniy huquqlarini himoya qilish orqali ularning iqtisodiy huquq va imkoniyatlarini kengaytirish;

yoshlarni madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko'nikmalarini shakllantirish, ular o'rtasida kitobxonlikni targ'ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta'minlashga qaratilgan "besh muhim tashabbus"ni amalga oshirish;

ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor yoshlar, mehribonlik uylarida tarbiyalangan, yetim bolalar, boquvchini yo'qotgan va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni qo'llab-quvvatlash;

salohiyatli yosh kadrlarni qo'llab-quvvatlash va davlat fuqarolik xizmatiga tayyorlash, ularning mehnat bozorida raqobatbardoshligini ta'minlash;

yosh xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, ularning jamiyatdagi mavqeyini yanada oshirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

yoshlarning g'oya, taklif va tashabbuslarini ro'yobga chiqarish maqsadida yoshlar jamoat tashkilotlari hamda volontyorlar faoliyatini qo'llab-quvvatlash; kabi vazifalar ushbu konsepsiya ijrosini ta'minlashdagi ustuvor vazifalar etib belgilandi.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 78-moddasida "Farzandlar ota-onasining nasl-nasabi va fuqarolik holatidan qat'I nazar, qonun oldida tengdirlar. Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to'laqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish davlatning majburiyatidir." deb belgilangan bo'lib mamlakatimizdagi o'zgarishlar hamda yoshlarga beriladigan imkoniyatlarda bu o'z tasdig'ini topadi. Xususan, yoshlarga berilgan imkoniyatlar, ularga yaratilgan sharoitlar ularni yetuk, har tomonlama kamol topishi va aqliy imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishi uchun xizmat qiladi. Davlatimiz tomonidan bu borada bir qancha islohotlarning o'tkazilishi esa bu imkoniyatlarni yanada izchilligini ta'minlaydi. Zero, hozirgi kunda yoshlarimiz o'qishi hamda malaka tajribalardan foydalanish uchun chet davlatga borib o'qish tizimi yaratilgan bo'lib, bu imkoniyat yoshlarni yuksak marralarni zabt etishga va salohiyatlarini ro'yobga chiqarishda muhim rol o'ynaydi. Bu borada yoshlarimizni har tomonlama qo'llab-quvvatlash uchun "El-yurt umidi" fondi tashkil qilininib, bu fond orqali yoshlarni chet mamlakatda o'qishi hamda rivojlanishi uchun barcha moliyaviy mablag'lar ta'minlab beriladi. Shuningdek, mamlakatimizda yoshlarni qo'llab-quvvatlash va ularning imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish maqsadida BMTning qator dasturlariga

ham a'zo bo'lmoqda . Xususan, yoshlar iqtisodiyotga hissa qo'shish uchun zarur bo'lgan bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishi va ular mehnat bozoriga kirishlari lozim. BMT tarixida ilk bor tizimli strategiya - "Yoshlarni jamiyat hayotiga jalb etish orqali demokratiyani mustahkamlash" - 2030-yilga qadar Yoshlar strategiyasi qabul qilindi. O'zbekiston bu strategiya jadal sur'atlar bilan amalga oshirilayotgan dunyoning o'nta davlatidan biri hisoblanadi. BMT O'zbekistonda qisqa vaqt ichida Yoshlar parlamenti va BMT Yoshlar maslahat kengashining tashkil etilganini; yoshlarni mazmunli qamrab olish va imkoniyatlarini kengaytirishni ta'minlash uchun ko'plab strategiyalar, dasturlar va moliyaviy vositalarni qabul qilinganligini olqishladi. Ushbu haqiqatni anglagan O'zbekiston ularning intellektual, jismoniy, ma'naviy-axloqiy kamolotiga ko'proq mablag' sarflamoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining Nyu-York shahrida bo'lib o'tgan 78-sessiyasida BMTda Markaziy Osiyoda yoshlarni rivojlantirishga ko'maklashish bo'yicha Ishchi guruhini tuzish tashabbusi bilan chiqdi. Ushbu tashabbus Markaziy Osiyo mintaqasida yoshlar huquqlarini ta'minlash va ularni amalga oshirishdan yuqori darajada manfaatdor ekanligini yana bir bor namoyon etadi. Aholining qariyb yarmini yoshlar tashkil etuvchi Markaziy Osiyoda navqiron avlod, ularning salohiyatini ro'yobga chiqarish bilan bog'liq masalalar alohida ahamiyat kasb etishi hisobga olinadi. Shuningdek, O'zbekiston BMTning "Bola huquqlari" to'g'risidagi konvensiyasiga ha a'zo hisoblanadi. Bu borada mamlakatimizda bir qancha dasturlar amalga oshirilmoqda. Bulardan biri yuqorida ta'kidlangan "O'zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi" hisoblanadi. Bu boradagi amalga oshirilayotgan ishlar qatoridan yana biri O'zbekistinda 2024-yil "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili" deb e'lon qilinishi bo'ldi. Davlat tomonidan yoshlarni qo'llab-quvvatlash hamda ularning bandligini ta'minlash uchun qator ishlar amalga oshirilmoqda hamda ularning tadbirkorlik va boshqa faoliyat bilan shug'illanishlari uchun davlat tomonidan subsidiyalar ajratilmoqda. Shu o'rinda ularning ta'lim olishi uchun davlat tomonidan imtiyozli kriditlar ya'ni xotin-qizlar uchun foizsiz ta'lim kriditlari ajratilmoqda . Shu o'rinda sanab o'tilgan barcha imkoniyatlar yoshlarni har tomonlama rivojlanishi va kamol topishi hamda hayotdagi oliy maqsadlariga erishishlari uchun mustahkam poydevor bo'lib xizmat qilmoqda. Davlat va jamiyat bolalarda hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, mamlakatidan hamda xalqning boy madaniy merosidan faxrlanishi, vatanparvarlik va Vatanga bo'lgan mehr-muhabbat tuyg'ularini shakllantirish to'g'risida g'amxo'rlik qiladi. Shu o'rinda mamlakatimizda yoshlar ongini o'stirish va ularni boy madaniy merosimizdan boxabar qilish maqsadida bir qancha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Albatta, aholining huquqiy madaniyatini doimiy ravishda yuksaltirib borish, respublikamizdagi barcha davlat boshqaruv organlarining asosiy vazifalaridan biridir.

Yoshlarning bilim olish huquqini kafolatlab qo'yish maqsadida Konstitutsiyaning 50-moddasida "Har kim ta'lim olish huquqiga ega . Davlat uzluksiz ta'lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta'lim tashkilotlari rivojlanishini ta'minlaydi. Davlat maktabgacha ta'lim va tarbiyani rivojlanish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Davlat bepul umumiy va o'rta ta'lim va boshlang'ich professional ta'lim olishni kafolatlaydi. Umumiy o'rta ta'lim majburiydir. Maktabgacha ta'lim va tarbiya, umumiy o'rta ta'lim davlat nazoratidadir. Ta'lim tashkilotlarida alohida ta'lim ehtiyojlariga ega bo'lgan bolalar uchun inklyuziv ta'lim va tarbiya ta'minlanadi." deb belgilab qo'yilgan. Konstitutsiya negizida tayyorlangan "Kadrlarni tayyorlash milliy dasturi" hamda "Ta'lim to'g'risida" gi qonun bugunda ta'lim-tarbiya sifati, yoshlarning huquqiy bilimi va

madaniyatini oshirish, ular orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish, ta'lim muassasalarining samaradorligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Ta'kidlash joizki, ta'lim tizimida tubdan o'zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, sohada amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar natijasi o'laroq Maktabgacha ta'lim vazirligi, 11 yillik o'rta ta'lim tizimini joriy etildi. O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimini tubdan isloh qilindi, yangidan ochilgan oliy ta'lim muassasalari, filiallar faoliyati tashkil etildi. Shuningdek, maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini tubdan yaxshilandi. Bolalarimizning qiziqish va intilishlarini hisobga olgan holda, ularga maktabgacha bo'lgan davrda har tomonlama puxta ta'lim va tarbiya berish, dunyoqarashini kengaytirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, qalbi va ongiga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirish orqali ularni ona Vatanga muhabbat, pokiza orzular ruhida kamol toptirish bugungi kundagi eng muhim, eng dolzarb masalalardan biri ekanligiini amaldagi ishlar isbotlamoqda.

Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar yoshlarning ta'lim olishi, intelektual imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishi uchun hamda ularning har tomonlama to'laqonli rivojlanishi uchun keng imkoniyatlarni yaratib bermoqda. Ayniqsa, bu islohotlarning ko'pi Konstitusiyada belgilab qo'yilganligi ularni keng va har tomonlama amalga oshirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, davlat tomonidan ishlab chiqilgan dasturlar, strategiyalar, konsepsiyalar ham yoshlarni imkoniyatlarini amalga oshirish, ularni har tomonlama rivojlantirish uchun xizmat qiladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi , 01.05.2023

2. Ta'lim to'grisidagi qonun 23.09.2020

3. O'zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida Vazirlar mahkamasining qarori 18.01.2021

4. Bola huquqlari to'g'risida BMT konvensiyasi 1989-yil

5. https/lex.uz /dosc/-5841063. Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.