Научная статья на тему 'YANGI TAHRIRDAGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASIDA YOSHLARNING HUQUQ VA ERKINLIKLARINING KAFOLATLANISHI'

YANGI TAHRIRDAGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASIDA YOSHLARNING HUQUQ VA ERKINLIKLARINING KAFOLATLANISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
19
96
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Konstitutsiyaning yangi tarixi / yoshlar / Konstitutsion erkinlik / jamiyat / yangi konstitutsiyaviy bilim / imkoniyat / yoshlarga e’tibor.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Xaydarova Larisa Sunnatovna, Muxtaraliyeva Muxarramxom Maxammadjon Qizi, Sherqulov Asadullo Sobir O‘G‘Li

Ushbu maqola, “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” kitobida: “Amaldagi Konstitutsiyamizda yoshlar huquqlari va yoshlar siyosati haqida birorta ham so‘z yo‘qligi albatta adolatdan emas. Kelajak avlod haqida g‘amxo‘rlik dunyoning bir qator davlatlarining konstitutsiyalari va xalqaro shartnomalarda asosiy huquqiy norma sifatida mustahkamlangan. Bir so‘z bilan aytganda, mamlakatimiz Konstitutsiyasiga kelajak avlod haqida alohida bob kiritish zarur”, degan fikrlar ta’kidlangan hamda bu boradagi hayotiy talablar kun tartibiga qo‘yildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI TAHRIRDAGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASIDA YOSHLARNING HUQUQ VA ERKINLIKLARINING KAFOLATLANISHI»

YANGI TAHRIRDAGI O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASIDA

YOSHLARNING HUQUQ VA ERKINLIKLARINING KAFOLATLANISHI 1Xaydarova Larisa Sunnatovna, 2Muxtaraliyeva Muxarramxom Maxammadjon qizi

3Sherqulov Asadullo Sobir o'g'li

^'Gumanitar fanlar va huquq" kafedrasi katta o'qituvchisi 2,3TDAU talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10868960

Annotatsiya. Ushbu maqola, "Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi " kitobida: "Amaldagi Konstitutsiyamizda yoshlar huquqlari va yoshlar siyosati haqida birorta ham so'z yo'qligi albatta adolatdan emas. Kelajak avlod haqida g'amxo'rlik dunyoning bir qator davlatlarining konstitutsiyalari va xalqaro shartnomalarda asosiy huquqiy norma sifatida mustahkamlangan. Bir so 'z bilan aytganda, mamlakatimiz Konstitutsiyasiga kelajak avlod haqida alohida bob kiritish zarur", degan fikrlar ta'kidlangan hamda bu boradagi hayotiy talablar kun tartibiga qo'yildi.

Kalit so'zlar: Konstitutsiyaningyangi tarixi, yoshlar, Konstitutsion erkinlik, jamiyat, yangi konstitutsiyaviy bilim, imkoniyat, yoshlarga e 'tibor.

Kirish

"Farzandlarimiz Yangi O'zbekiston bunyodkorlari sifatida maydonga chiqayotgan bugungi kunda Konstitutsiyamizda yoshlarning huquq va manfaatlarini to'la ta'minlash maqsadida yoshlar sohasidagi davlat siyosati, o'g'il-qizlarimizni har tomonlama qo'llab-quvvatlash masalasi, ularning huquq va burchlari konstitutsiyaviy darajada o'z aksini topishi kerak". Bu fikrlar - xalqimizning amri va xohish-istaklariga, tez sur'atga ega demokratik o'zgarishlar ehtiyojlariga asoslangan holda, O'zbekiston Prezidenti konstitutsiyaviy islohotlarning boshidayoq belgilab bergan ayni sohadagi o'zgarishlarning 9 ta ustuvor yo'nalishidan biriga taalluqli.

Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga qaraganda, 2023 yil 1 yanvar holatiga ko'ra, O'zbekistonda 14-30 yoshgacha bo'lgan yoshlar soni 9 million 654 ming 351 kishini tashkil etib, jami aholining 26,8 foiziga teng kelmoqda. Ya'ni, mamlakatimiz boshqa sohalar qatori nufus jihatidan ham katta davlatga aylanmoqda. Yurtimiz aholisi 2040 yilga borib 50 millionga yetishi, jamiyatning yarmidan ko'pini yoshlar tashkil qilishi kutilmoqda. Yoshlarimizga munosib hayot sharoiti yaratish uchun esa barqaror iqtisodiyot, xavfsiz davlat, samarali boshqaruv, ijtimoiy kafolatlar bo'lishi lozim. Shu ma'noda, ayni masalaning yechimi ham mustahkam huquqiy poydevor - O'zbekistonning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasini qabul qilishni taqozo etdi. Umumxalq referendumida yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiyamizda bu g'oya, tamoyil va talablar qay darajada o'z aksini topdi? Ushbu savolga javob berishda, avvalo, Asosiy qonunimizning alohida bobi - XIV bob "Oila, bolalar va yoshlar" deb nomlanganiga hamda undan yoshlarga oid qator normalar o'rin olganiga e'tibor qaratish darkor. Bunday yangicha yondashuv, shubhasiz, Yangi O'zbekistonda yoshlar siyosati ustuvor ekanligidan yaqqol dalolatdir.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada davlat tomonidan yoshlar huquqlari himoyalanishi va ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtiroki rag'batlantirilishi kafolatlab qo'yildi. Konstitutsiyamizning 79-moddasi birinchi bandida qayd etilganidek: "Davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik

huquqlari himoya qilinishini ta'minlaydi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag'batlantiradi". Bosh qomusimizda, shuningdek, davlat yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, xalqning boy madaniy merosidan faxrlanish, vatanparvarlik tuyg'ulari shakllanishiga g'amxo'rlik qilishi belgilandi. Bu haqida Konstitutsiyaning 78-moddasi to'rtinchi bandida shunday deyilgan: "Davlat va jamiyat bolalarda hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, mamlakatidan hamda xalqning boy madaniy merosidan faxrlanishni, vatanparvarlik va Vatanga bo'lgan mehr-muhabbat tuyg'ularini shakllantirish to'g'risida g'amxo'rlik qiladi".

Yana bir muhim yangilik: yoshlarning ta'lim olishi, ijtimoiy va tibbiy himoyasi, uy-joyli bo'lishi, bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish - davlatning konstitutsiyaviy majburiyati sifatida Asosiy qonunga kiritildi. Konstitutsiyaning 79-moddasi ikkinchi bandiga ko'ra: "Davlat yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning ta'lim olishga, sog'lig'ini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga bo'lgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi". Shu o'rinda yangi tahrirdagi Konstitutsiyadan ilk marotaba uzluksiz ta'lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta'lim tashkilotlari rivojini ta'minlash davlatning vazifasi etib belgilanganini ta'kidlash maqsadga muvofiqdir. Ta'limga oid normalar 50,51 va 52-moddalarda o'z aksini topdi.

Bundan tashqari, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 53-moddasi birinchi bandida: "Har kimga ilmiy, texnikaviy va badiiy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi. Intellektual mulk qonun bilan muhofaza qilinadi", deb ta'kidlangan. Zero, intellektual salohiyatini yuqori, dunyoqarashi keng, mustaqil fikrlaydigan avlodni voyaga yetkazish va tarbiyalash davlatimiz siyosatining ustuvor yo'nalishlaridandir. Xulosa qilib aytganda, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda davlat yoshlarga g'amxo'rlik masalaasida o'z zimmasiga g'oyat muhim majburiyatlarni olgani alohida diqqatni tortadi. Eng asosiysi, mazkur konstitutsiyaviy normalar nafaqat O'zbekiston yoshlari manfaati, balki butun jamiyatimiz va mamlakatimizning kelgusi taqdiri uchun nihoyatda ahamiyatlidir. Shunday ekan, navqiron avlodimiz vakillari tomonidan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz «Yoshlar Konstitutsiyasi» deya e'tirof etilayotgani bejiz emas.

Yoshlar (yosh fuqarolar) - 14 yoshga to'lgan va 30 yoshdan oshmagan shaxslar. Iste'dodli yoshlarni aniqlash, ularni tarbiyalash masalasining davlat siyosati darajasiga ko'tarilganligi yurtimizda o'rnak olsa arzigulik hodisa. Boisi yoshlarning bilim darajasi, kasbiy malakasi, ma'naviy va ruhiy barkamollik kabi fazilatlari va ijtimoiy sifatlari butun jamiyatning rivojlanish darajasiga salmoqli ta'sir ko'rsatadi. Buni o'z vaqtida anglab yetgan mamlakat esa yoshlarning har tomonlama rivojlanishi uchun o'zida bor imkoniyatlarni ishga solib sharoit yaratadi va uni xalqaro darajada yoyishga bel bog'laydi. Shu o'rinda aytib o'tishimiz joizi, 2017-yil 19-sentabr kuni Amerikaning Nyu-york shahrida bo'lib o'tgan BMTning 72- sessiyasida Shavkat Mirziyoyev birinchi marta rasmiy tashrif bilan ishtirok etdi. E'tiborli jihati shundaki, Prezidentimiz o'z nutqlarida yoshlar huquqlari to'g'risidagi Konvensiya ishlab chiqish g'oyasini ilgari surdi va bu butundunyo hamjamiyati tomonidan ulkan mamnuniyat bilan qabul qilindi. Boshlangan ushbu siyosatning davomi bo'lib bugungi kunda Yangi O'zbekistonda yuritilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati yoshlarda mustaqil faoliyat, yangi davrga mos keladigan ijtimoiy-ma'naviy xislatlarni, xususan, globallashuv sharoitida muhim ahamiyat kasb etadigan milliy o'zlikni anglashning nazariy-metodologik va amaliy asosini tashkil qiladi.

Yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining qay darajada kafolatlangani haqida so'z yuritar ekanmiz, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga diqqatimizni qaratamiz. 2023-yil 1-maydan kuchga kirgan O'zbekistonning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasida ilk marotaba oliy ta'lim tashkilotlariga akademik erkinlik berilishi, nodavlat ta'lim tashkilotlari qo'llabquvvatlanishi to'g'risidagi qoidalar kiritildi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada tanlov asosida davlat hisobidan bepul oliy ma'lumot olinishi kafolatlanadi. Ma'lumki, 2017-yilgacha oliygohlarga kirish uchun davlat grantlari soni faqat qisqarib kelganligi, oxirgi olti yilda bu boradagi ahvol butunlay o'zgarib, grantlar soni 2 baravar ko'payib, 40 mingtaga yetgani biz yoshlar uchun quvonarli holat1. Bundan tashqari, Yoshlar huquqlari aks etayotgan alohida moddaga ko'ra, davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini ta'minlaydi. Ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag'batlantiradi.

Shuningdek, davlat yoshlarning ma'naviy, intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning ta'lim olishga, sog'lig'ini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga bo'lgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratib berishi belgilanmoqda. O'qish, munosib ish topish, oila qurish, uyli bo'lish masalasi har bir yoshni jiddiy o'ylantiradigan, qiynaydigan masalalardan bo'lib, bularning barini birdaniga hal qilish juda mushkul. Shu bois davlat endilikda bu kabi masalalarni o'z zimmasiga olmoqda. Ya'ni, yangilanayotgan Konstitutsiyada yoshlarning sifatli ta'lim olishi, ishga joylashishi, uy-joyga ega bo'lishiga alohida e'tibor qaratiladi. Shuningdek ushbu Konstitutsiyada yoshlarning ta'lim olishga bo'lgan huquqlari har tomonlama kafolatlanib qo'yildi. Xususan, Yangi talqindagi Konstitutsiyaning 21- moddasiga e'tiborimizni qaratamiz. Har kimga o'z shaxsini erkin kamol toptirish huquqi kafolatlandi. Bilamizki inson shaxsiyatining kamol topishi to'g'ridan-to'g'ri ta'lim tarbiya orqali amalga oshiriladi. Bundan tashqari, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 33-moddasida esa davlat tomonidan internet tarmog'idan foydalanish uchun har qanday imkoniyatning yaratilishi qayd etilgan. Rivojlangan XXI asrda ta'lim tizimini hech qachon internetsiz tasavvur qila olmaymiz. Endi to'g'ridan - to'g'ri 50-51-moddalarga diqqat qaratamiz. Xususan, 50-modda bo'yicha, har kim ta'lim olish huquqiga ega. Davlat uzluksiz ta'lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta'lim tashkilotlari rivojlanishini ta'minlaydi. Davlat maktabgacha ta'lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Davlat bepul umumiy o'rta ta'lim va boshlang'ich professional ta'lim olishni kafolatlaydi. Umumiy o'rta ta'lim majburiydir. Maktabgacha ta'lim va tarbiya, umumiy o'rta ta'lim davlat nazoratidadir. Ta'lim tashkilotlarida alohida ta'lim ehtiyolariga ega bo'lgan bolalar uchun inklyuziv ta'lim va tarbiya ta'minlanadi. Buni qarangki, alohida ehtiyojga ega bo'lgan bolalar uchun ta'lim tashkilotlarida inkluziv ta'lim turining tashkil etilishi Yangi O'zbekistonning yangi talqindagi Konstitutsiyasidan joy olgan inson qadrining, yoshlar huquqlarining kafolatidir. Maktabgacha ta'lim tizimi haqida so'z yuritishdan avval statistika ma'lumotlariga e'tibor qaratsak, so'ngi olti yilda bolalarning bog'cha bilan qamrovi 27 foizdan 70 foizga o'sganini ko'ramiz. Ko'rsatkichning davomiy oshib borishi uchun Konstitutsiyaning yangi normalari bevosita xizmat qiladi. Chunki Konstitutsiyada davlat maktabgacha ta'lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishi va boshlang'ich professional ta'lim bepul ekanligini ham belgilandi.

Yoshlar huquqlari kafolatlarining yana bir huquqiy asosiga to'xtalar ekanmiz, bu shubxasiz "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi qonunni ko'rsatamiz. Qonunda nazarda tutilishicha, yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy printsiplari quyidagilardan iborat: - ochiqlik va shaffoflik;

- yoshlarga oid davlat siyosatini ro'yobga chiqarishda yoshlarning ishtirok etishi; - yoshlar tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish; - ma'naviy, axloqiy va madaniy qadriyatlarning ustuvorligi; - yoshlarning kamsitilishiga yo'l qo'yilmasligi. Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari esa quyidagilar: - yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash; - yoshlarning hayoti va sog'lig'ini saqlash; - yoshlarning ma'naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga ko'maklashish; - yoshlar uchun ochiq va sifatli ta'limni ta'minlash; - yoshlarni ishga joylashtirish va ularning bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish; - yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik tuyg'usi, bag'rikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta'sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga bo'lgan qat'iy ishonch va qarashlarga ega qilib tarbiyalash; - yoshlarni axloqiy negizlarni buzishga olib keladigan xatti-harakatlardan, terrorizm va diniy ekstremizm, separatizm, fundamentalizm, zo'ravonlik va shafqatsizlik g'oyalaridan himoya qilish; - yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish; - iqtidorli va iste'dodli yoshlarni qo'llab-quvvatlash hamda rag'batlantirish; - yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish; - yoshlarda sog'lom turmush tarziga intilishni shakllantirish, shuningdek yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va yoshlar sportini ommaviy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish; - yosh oilalarni ma'naviy va moddiy jihatdan qo'llab-quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish; - yoshlarning huquqlari va erkinliklarini ro'yobga chiqarish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish 3. Mazkur belgilangan prinsip va asosiy yo'nalishlar asosida yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta'minlashning ishonchli tizimi ishlab kelmoqda. Buning isboti sifatida, "Yoshlar ishlari agentligi" va uning hududlardagi bo'linmalarini va ushbu tashkilot qoshida faoliyat yuritayotgan "Yoshlar ittifoqi" ni keltirishimiz mumkin. Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy etilgan "Yoshlar daftari", "Temir daftar" va "Ayollar daftari" ham faqat va faqat yoshlarning, xalqning manfaatiga xizmat qilmoqda. Shuni ham ta'kidlash joizki, Oliy Majlis qoshida o'z faoliyatini olib borayotgan "Yoshlar parlamenti" ham biz yoshlarni o'ylantirgan va qiynab kelayotgan masalalarga yechim topish bilan band. Shu bilan birga yoshlarning qonuniy manfaatlarini kafolatlash va ularga huquqiy hamda amaliy yordam ko'rsatish maqsadida, har bir tuman, viloyat hokimliklarida yoshlar masalalari bo'yicha hokim o'rinbosarlari tayinlangan. Mamlakat hayotining barcha sohasida yoshlarning manfaatlarini kafolatlash va himoya qilish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan va bu o'z samarasini berib kelmoqda. Yoshlar siyosati doirasida amalga oshirilgan ishlar, chora-tadbirlarning qaysidur ma'noda yil sarhisobi bo'ladigan kun - 30-iyun "Yoshlar kuni" munosabati bilan butun O'zbekiston bo'ylab tayyorgarlik harakatlari shiddat bilan davom etmoqda. Bu yil ushbu bayram avvalgilariga qaraganda yanada qiziqarli, hayajonlarga boy va yoshlarning qonuniy manfaatlarini yanada kafolatlovchi yangi qonunlar ishlab chiqilishi bilan kutib olinishi rejalshtirilmoqda.

Xulosa

Xulosa qilib aytganda, davlatning qudratini belgilaydigan qator omillardan biri, shubhasiz, ma'nan yetuk, jismonan sog'lom, har tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazishdir. Shu ma'noda, bugungi kunda mamlakatimizda sog'lom avlodni tarbiyalash naqadar muhim, mas'uliyatli vazifa ekani barchamizga ayon. Yoshlarga, bolalarga e'tibor, darhaqiqat, kelajakka qo'yilgan sarmoyadir. Zero, Yangi O'zbekistonda yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar va

shartsharoitlar ushbu ezgu maqsad yo'lida xizmat qiladi. Yangi tahrirdagi O'zbekiston

Respublikasining Konstitutsiyasi esa bunga huquqiy zamin yaratib, poydevor vazifasini o'taydi.

REFERENCES

1. O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI Mazkur yangi taxrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023 yil 30 aprel kuni o'tkazilgan O'zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan. Toshkent: "O'zbekiston" nashriyoti, 2023-128b.

2. "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida" gi qonun 2016-yil 14-sentyabr

3. "YANGI O'ZBEKISTON YOSHLARI TARBIYASIDA MILLIY G'OYA MA'NAVIY QADRIYATLARNING O'RNI" Uralov Dilshodbek. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, vol. 1, no. 4, 2021, pp. 1352-1356.-rni (дата обращения: 17.06.2023).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.