Научная статья на тему 'YOSHLARNING IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISHDAGI ISLOHOTLAR VA ULARNING AHAMIYATI'

YOSHLARNING IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISHDAGI ISLOHOTLAR VA ULARNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
848
149
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
ijtimoiy faollik / jarayon / islohot / yoshlar / ijtimoiy rivojlanish / ta’lim

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Zilola Baxtiyor Qizi Nazarova

Maqolada yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar tahlil qilingan va mazkur jarayonlarning ahamiyati haqida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YOSHLARNING IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISHDAGI ISLOHOTLAR VA ULARNING AHAMIYATI»

YOSHLARNING IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISHDAGI ISLOHOTLAR

VA ULARNING AHAMIYATI

Zilola Baxtiyor qizi Nazarova O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Maqolada yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar tahlil qilingan va mazkur jarayonlarning ahamiyati haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: ijtimoiy faollik, jarayon, islohot, yoshlar, ijtimoiy rivojlanish, ta'lim

REFORMS AND THEIR IMPORTANCE IN INCREASING THE SOCIAL

ACTIVITY OF YOUNG PEOPLE

Zilola Baxtiyor qizi Nazarova Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: The article analyzes the reforms implemented in the field of increasing the social activity of young people and talks about the importance of these processes.

Keywords: social activity, process, reform, youth, social development, education

Ma'lumki, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirish bo'yicha Harakatlar strategiyasining to'rtinchi yo'nalishi "Ijtimoiy sohani rivojlantirish" etib belgilangan. O'zbekistonda olib borilayotgan davlat siyosatining g'oyat muhim yo'nalishi bo'lgan ijtimoiy sohadagi islohotlar quyidagilarni nazarda tutadi:

- aholi bandligi va real daromadlarini oshirish;

- aholini ijtimoiy himoya qilish va sog'liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish;

- arzon uy-joylar barpo etish bo'yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta'minlovchi yo'l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiya qilish;

- ta'lim va fan sohasini rivojlantirish;

- yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish[1].

Murojaatnomada davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev O'zbekistonni rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari to'g'risida to'xtalar ekan,

mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi birinchi navbatda ijtimoiy sohadagi islohotlar samarasi bilan chambarchas bog'liq ekanligini ta'kidladi.

Shu munosabat bilan, 2019-yilda ijtimoiy sohani yanada rivojlantirishning quyidagi asosiy vazifalari belgilab berildi:

- aholi o'rtasida ishsizlikni kamaytirish, odamlar va oilalarning daromadini oshirish;

- pensiya va nafaqalarni tayinlash va to'lash tartibini qayta ko'rib chiqish, pensiya tizimini tubdan isloh qilish;

- ilm-fan, zamonaviy va uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish;

- tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash va ko'lamini kengaytirish;

- xotin-qizlar va yoshlarni davlat tomonidan ijtimoiy qo'llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish;

- aholi turmush sharoitini yaxshilash, uni munosib turar joy bilan ta'minlash, xalq farovonligini oshirish;

- jamiyatda sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish;

- turizmni rivojlantirish, sohaga investitsiyalar jalb etish, kadrlar salohiyatini oshirish;

- milliy g'oyani rivojlantirish[2].

Keng qamrovli ijtimoiy rivojlanish sohalari tizimida yoshlarga zamonaviy ta'lim-tarbiya berish va ularni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash masalasi naqadar o'tkirligi va dolzarbligi bilan alohida ahamiyatga ega. Zero, tarixdan ma'lumki, har bir davrda aynan ma'rifat jamiyat farovonligiga va mamlakat taraqqiyotiga turtki bergan. Shu sababli endilikda dono xalqimizning "Beshikdan to qabrgacha ilm izla" degan naqlini amaliy hayot faoliyatimizga ko'chirish, mamlakatimizda ta'limning uzluksizligi prinsipini amalda ro'yobga chiqarish masalasi davlat siyosati darajasiga ko'tarilmoqda. So'nggi ikki yilda ta'lim tizimini zamonaviy demokratik davlatlar darajasiga olib chiqish, yoshlarning taraqqiyotning yetakchi kuchi sifatida jamiyatimizdagi o'rnini yanada oshirish bo'yicha keng ko'lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Oliy ta'lim tizimini yanada takomillashtirish ijtimoiy sohadagi islohotlarning muhim yo'nalishiga aylandi. Xususan, 2017-2021 yillarda oliy ta'lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi qabul qilindi. Oliy ta'lim muassasalariga qabul qilishning shaffof mexanizmlari joriy etildi va kvotalar jiddiy ravishda oshirildi. Oliy ta'lim tizimida yangi, zamonaviy ta'lim muassasalari, jumladan, nufuzli xorijiy universitetlarning filiallari tashkil etilmoqda. Yangi tashkil etilgan institut va filiallar hisobidan yurtimizdagi oliy ta'lim muassasalari soni 81 taga, hududlardagi filiallar 15 taga, xorijiy universitetlar filiallari 7 taga yetdi. Oliy ta'lim muassasalarida sirtqi va kechki bo'limlar ochildi.

Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev ta'kidlaganidek, "Bularning barchasidan biz yagona bir maqsadni ko'zda tutmoqdamiz. Ya'ni O'zbekiston ilm-fan, intellektual salohiyat sohasida, zamonaviy kadrlar, yuksak texnologiyalar borasida dunyo miqyosida raqobatbardosh bo'lishi shart" Prezident Murojaatnomasida ta'lim-tarbiya sohasini bevosita inson kamolotiga yanada xizmat qilishini ta'minlash yo'lidagi muhim amaliy qadam sifatida bolalarni maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish darajasini 34 foizdan 2019 yilda 44 foizga yetkazish, zamonaviy umumiy o'rta ta'lim tizimini tashkil etish, davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida xususiy maktablar va bog'chalar tashkil etish, oliy ta'lim tizimida tahsil olish uchun teng imkoniyat yaratishga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirishga asosiy e'tibor qaratilmoqda. Jumladan, so'nggi ikki yilda oliy va o'rta maxsus ta'lim muassasalari bitiruvchilarini oliy ta'lim bilan qamrab olish darajasi 9-10 foizdan 15 foizgacha oshirishga erishildi. Shu munosabat bilan Prezident Murojaatnomasida 2019 yilda mamlakatimizda bitiruvchilarni oliy ta'lim bilan qamrab olish darajasini 20 foizga yetkazish va kelgusi yillarda oshirib borishga vazifasi qo'yildi. Zotan, oliy ma'lumotli, yuksak malakaga ega yoshlar soni ortishi jamiyat rivojlanish sur'atlariga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Shuningdek, davlatimiz rahbarining dasturiy ma'ruzasida oliy ta'lim sohaning rivojlanishiga turtki beruvchi quyidagi prinsipial yangi g'oya va tashabbuslar ilgari surildi:

- oliy o'quv yurtlari hamda nodavlat ta'lim maskanlari salohiyati oshirish orqali ular o'rtasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo'yicha raqobat muhitini kuchaytirish;

- yoshlarga bir vaqtning o'zida bir nechta oliy o'quv yurtiga hujjat topshirish imkoniyatini berish;

- oliy ta'lim muassasalariga real imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, qabul kvotalarini mustaqil belgilash tizimini joriy etish;

- bakalavriat yo'nalishida tahsil olayotgan talabalarga xorijda o'qishni davom ettirish imkoniyatlarini yanada kengaytish.

Murojaatnomada mamlakatimiz aholisining yarmidan ortig'ini tashkil etadigan yoshlar bilan ishlash masalasi eng asosiy vazifalar qatorida qayd etildi. Bu bejizga emas.

Ta'kidlash joizki, taraqqiyot g'oyasi va istiqbollarini belgilab olmagan, ma'naviy asoslardan mahrum bo'lgan, asosiysi, o'zining yosh fuqarolariga ko'ngiliga yo'l topa olmagan davlat va jamiyat farovon istiqbolni tasavvur qilishi qiyin. Davlatning yoshlarga bo'lgan munosabati jamiyat taraqqiyoti darajasi, uning ochiqligi, oldinga intilayotganligining ko'rsatkichlaridan biridir.

Shuning uchun davlatning jamiyatni birlashtirish va fuqarolik tashabbuslarini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan siyosatida yoshlar masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Aynan yoshlar islohotlar chuqurlashayotgan davrda turli to'siqlarni yengib

o'tishga qodir, mamlakatning yuksalish sari odimlariga kuch bag'ishlay oladigan aholi qatlamidir.

Aynan yoshlar fuqarolik jamiyatining eng faol qismidir, masalan yoshlar turli sohalarda innovatsion loyihalar va texnologiyalarni joriy qilishga ko'proq moslashgan bo'ladi, ular jamiyatga yangi g'oyalar va bilimlarni tashiydi hamda ularda o'z hayotini qurishga intilish kuchli bo'ladi[3]. Shu jihatdan qaraganda, O'zbekiston yoshlari bugungi va ertangi kun egalari sifatida mamlakatimizda farovon hayot asoslarini barpo etishda bosh strategik resurs hisoblanadi. Mamlakatimizning demokratik yangilanishlar yo'lidan odimlashi va taraqqiyot sur'atlari ko'p jihatdan yoshlarning jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi holati va faolligiga bog'liq bo'ladi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta'kidlaganidek, "... yoshlarimiz bilan ko'proq gaplashish, ularning qalbiga quloq solish, dardini bilish, muammolarini yechish uchun amaliy ko'mak berishimiz kerak. Bu borada uyushmagan yoshlar bilan ishlashga alohida e'tibor qaratishimiz zarur" [4].

2016-yil 14-sentabrda qabul qilingan "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni ushbu sohaning asosiy yo'nalishlari bo'lgan ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy chora-tadbirlarni aniq belgilab beradi. Qonunda belgilab berilishicha, O'zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati "yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularning intellektual, ijodiy va boshqa yo'nalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratishni" nazarda tutadi[5]. Bu jarayonlarda mamlakatimiz yoshlarini bunyodkor g'oyalar atrofida birlashtirgan O'zbekiston yoshlar ittifoqi muhim o'ringa ega bo'lmoqda.

O'zbekiston yoshlar ittifoqi jismonan sog'lom, ma'nan yetuk va intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan yosh avlodni shakllantirish, yoshlarni tashqi tahdidlar va "ommaviy madaniyat"ning zararli ta'siridan muhofaza qilish, yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga har tomonlama ko'maklashish va shart-sharoitlarni yaratish maqsadida jismoniy shaxslar tomonidan ittifoq tashkiliy-huquqiy shaklida tuzilgan, O'zbekiston yoshlarini birlashtiruvchi nodavlat notijorat tashkilotidir[6]. Ittifoqning asosiy maqsadi yoshlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash, O'zbekistonni jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoriga kirishi jarayonlariga jalb qilish hamda yosh avlodning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishni ta'minlash, yigit-qizlarning ma'naviy va kasbiy saviyasini yuksaltirish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro'yobga chiqarishga ko'maklashishdan iborat.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi farmoni bilan tasdiqlangan "Yoshlar - kelajagimiz" davlat dasturi mamlakatimiz yoshlarining bor salohiyatini ro'yobga chiqarish, jamiyatimizga samarali ijtimoiylashuvini ta'minlash

yo'lidagi navbatdagi qadam bo'ldi. Davlat dasturi yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, g'oyalari va loyihalarini ro'yobga chiqarishga ko'maklashish va qo'llab-quvvatlash, band bo'lmagan yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori bo'lgan mutaxassisliklar va biznes yuritish ko'nikmalariga o'qitish, shuningdek, umuman yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish orqali ularning bandligini ta'minlashga qaratilgan[7].

Davlat dasturidagi tadbirlarni moliyalashtirish uchun O'zbekiston yoshlar ittifoqi huzurida "Yoshlar - kelajagimiz" jamg'armasi tashkil etildi. Jamg'arma mablag'laridan quyidagilarni amalga oshirish uchun foydalanadi:

- yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, g'oyalari va loyihalarini amalga oshirish uchun tijorat banklari orqali yillik 7 foiz stavka bilan imtiyozli kredit va mol-mulkni lizingga berish;

- Davlat dasturi doirasida olinadigan kreditlar bo'yicha kredit hajmining 50 foizidan ko'p bo'lmagan miqdorda kafilliklar berish;

- Davlat dasturi doirasida amalga oshiriladigan tadbirkorlik loyihalarida ular qiymatining 50 foizidan ko'p bo'lmagan miqdorda ishtirok etish, keyinchalik Jamg'arma ulushini 5 yil davomida realizatsiya qilish;

- tegishli ko'nikmalarga ega band bo'lmagan yoshlar yashaydigan uy xo'jaliklari uchun 20 tagacha parranda va quyon bolasi, 5 ta mayda va 2 ta yirik qoramol sotib olish, ularning qiymatini kelishilgan muddatlarda qaytargan holda ularni boqish va keyinchalik realizatsiya qilishda ko'maklashish;

- yoshlarning qayta tayyorlanishi va malaka oshirishini tashkil etish, mehnat bozorida talab yuqori bo'lgan kasblarga o'qitish, shuningdek, ularga biznes yuritish ko'nikmalarini singdirish.

Davlat dasturi doirasida 2018-yil 1-iyuldan hududlarda davlat-xususiy sheriklik shartlarida "Yosh tadbirkorlar" kovorking-markazlari, "Yoshlar mehnat guzari" komplekslari qurilishi boshlandi. Ma'lumot uchun "Yoshlar mehnat guzari"majmuasi - savdo-maishiy va kichik ishlab chiqarish maydonlarini tashkil etish uchun mehnat kuchi haddan ziyod bo'lgan tumanlarda barpo etilgan binolar majmuasi. "Yosh tadbirkorlar" kovorking markazi - yosh tadbirkorlarga imtiyozli shartlarda binolar, ofis texnikasi va sarflash materiallarini ijaraga berish, ularni internet bilan ta'minlash, shuningdek, yoshlarning biznes tashabbuslari, staraplari, g'oyalari va loyihalarini amalga oshirishga boshqacha ko'mak berish, jumladan, biznes rejalar ishlab chiqish, maslahat, yuridik, buxgalteriya va boshqa xizmat turlarini ko'rsatish, forumlar, master-klasslar va seminarlar tashkil tashkil etish uchun ixtisoslashgan markaz.

Globallashuv sharoitida jamiyatimiz taraqqiyotiga nisbatan yangi imkoniyatlar bilan bir qatorda noan'naviy tahdidlar yuzaga kelmoqdaki, hozirgi davrda milliy ma'naviyat, milliy g'oya targ'ibotini zamonamiz talablari darajasida yanada takomillashtirishga kuchli ehtiyoj sezilmoqda. Bu jarayonda yoshlar masalasi

mamlakatimizda bugun va kelajak bog'liqligini ta'minlovchi, milliy o'ziga xoslikni saqlab qoluvchi muhim omil sifatida namoyon bo'lmoqda. Prezidentimiz tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida yangi madaniyat va istirohat bog'larini tashkil etish, ularni yosh avlod orasida sog'lom turmush targ'ibotiga hamda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladigan zamonaviy yoshlar maskanlariga aylantirish taklifi ilgari surildi. Yurtimizda milliy g'oyasiz, milliy o'zlikni anglamasdan turib, vatanparvarliksiz hech qanday islohotlarni amalga oshirish mumkin emasligi ta'kidlandi.

Davlatimiz rahbari yoshlar ongiga buyuk alloma va adiblarimizning bebaho merosi, yengilmas sarkarda va arboblarimizning jasoratini singdirish, ularda milliy g'urur va iftixor tuyg'ularini kuchaytirish masalasiga alohida e'tibor qaratib, "O'zbekiston tarixi" telekanalini tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi. Zero, tarixiy xotirasiz kelajakni tasavvur etish mushkuldir. Xolisona tarix asosiga qurilgan milliy g'oya mamlakatimizda keng qamrovli islohotlar uchun cheksiz kuch-qudrat manbai bo'lib xizmat qiladi. Zero, Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev ta'kidlaganidek, "Biz O'zbekistonning buyuk kelajagini barpo etishga mahkam bel bog'lagan ekanmiz, bu ulug' ishni ertaga emas bugun boshlashimiz, buning uchun avvalo navqiron yoshlarimizga zarur sharoitlarni aynan bugun yaratib berishimiz kerak" [8].

Ta'kidlash joizki, yurtimizda bugungi kunda tamomila yangi bo'lgan sifat bosqichida amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar boshqa ulug'vor vazifalar bilan bir qatorda, yoshlarning ezgu maqsadlari, intilishlari g'oyalari va eng muhim innovatsion g'oyalarini har tomonlama izchil ravishda ro'yobga chiqarishga yo'naltirilgandir. O'z navbatida demokratiyaning eng ilg'or qoidalari va qadriyatlarini faoliyatining yetakchi mezoniga aylantira olgan yoshlarimiz yurtimiz taraqqiyotining tayanchi bo'lishdek buyuk maqomga ega bo'ladilar. Umuman olganda, bugungi yuksalish davri siyosatida mamlakatimizda izchil iqtisodiy islohotlar ijtimoiy rivojlanishning tarkibiy qismi sifatida qaralmoqda. Bu esa hozirda intellektual jihatdan yetuk va ijodiy salohiyatli hamda zamonaviy bilim va ko'nikmalarga ega bo'lgan, mamlakatimizning munosib kelajagi uchun javobgarlikni o'z zimmasiga ola biladigan yoshlarni tarbiya qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirilishini nazarda tutadi. Mamlakatimizda yoshlar o'z salohiyat va intilishlarini ro'yobga chiqarishlari uchun yaratilayotgan barcha shart-sharoitlar kelgusida ularni barkamol qilib tarbiyalash, raqobatbardosh kadrlar sifatida shakllanishi, o'z innovatsion g'oyalar va tashabbuslari orqali yurt ravnaqi va Vatan tinchiligiga o'z hissasini qo'shishiga xizmat qiladi.

So'nggi yillarda "Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili" davlat dasturi, "Yoshlar daftari" va "Yoshlar dasturlari"ning amalga oshirilishi natijasida 596 ming nafar yoshlar bandligi ta'minlandi hamda 25,7 ming nafar imkoniyati cheklangan va tibbiy yordamga muhtoj yoshlar doimiy

nazoratga olindi. "Yoshlar daftari" jamg'armalarida mahalliy byudjetning orttirilgan qismining 15 foizi va ijro hujjatlariga oid undiruvlar hisobidan 382,8 mlrd so'm mablag' shakllantirildi. Ushbu mablag'lar hisobidan 140 mingga yaqin yoshga ijtimoiy-moddiy yordam ko'rsatildi. Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, yangi g'oyalar asosida ishlab chiqilgan innovatsion, startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish maqsadida 3,3 trln miqdoridagi mablag'larni yo'naltirish orqali 132 ming nafar yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratildi. Bir necha kun avval O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori imzolandi

1. Unga ko'ra Respublikamizdagi jami 9 309 ta mahallada yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etildi.

2. Yoshlar ishlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va bo'limlari tuzilmalarida mahalla va ta'lim muassasalarida yoshlar bilan ishlash bo'linmalari tashkil etildi.

3. Quyidagilar mahalladagi yoshlar yetakchisining asosiy vazifalari etib belgilandi:

-I- "Yoshlar balansi"ni shakllantirish, yoshlar to'g'risidagi zarur ma'lumotlarni "Yoshlar daftari" va "Yoshlar portali" elektron platformalariga kiritib borish, ular bilan samarali ish tashkil qilish;

-I- Mahallalarda yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy xalq o'yinlari va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, besh muhim tashabbus loyihalari, yoshlar festivallari va boshqa madaniy-ma'rifiy tadbirlarni amalga oshirish;

-I- Yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, iste'dodi va tashabbuslarini rag'batlantirish hamda hayotda o'z o'rnini topishlariga ko'maklashish;

-I- Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning intellektual jihatdan kamol topishini va ma'naviy rivojlanishini ta'minlash;

-I- huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo'lgan yoshlar bilan tizimli ishlash, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan yoshlarning ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilinishi va moslashuviga ko'maklashish.

4. Yetakchilar o'ziga biriktirilgan mahallalarda faoliyatini quyidagi asosiy yo'nalishlarda amalga oshiradi

-I- madaniyat va san'atni targ'ib qilish borasida

-I- sog'lom turmush tarzi va sportni ommalashtirish borasida

-I- axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishni tashkil qilish borasida

-I- ma'naviyat va kitobxonlikni targ'ib qilish borasida

-I- vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va huquqiy savodxonlikni oshirish borasida

-I- tadbirkorlik g'oyalarini qo'llab-quvvatlash borasida

5. Yetakchi lavozimiga nomzodlar tumanlar (shaharlar) hokimlari boshchiligidagi tanlov komissiyalarini shakllantirish orqali ochiq tanlovlar asosida ishga qabul qilinadi.

So'nggi yillarda "Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili" davlat dasturi, "Yoshlar daftari" va "Yoshlar dasturlari"ning amalga oshirilishi natijasida 596 ming nafar yoshlar bandligi ta'minlandi hamda 25,7 ming nafar imkoniyati cheklangan va tibbiy yordamga muhtoj yoshlar doimiy nazoratga olindi. "Yoshlar daftari" jamg'armalarida mahalliy byudjetning orttirilgan qismining 15 foizi va ijro hujjatlariga oid undiruvlar hisobidan 382,8 mlrd so'm mablag' shakllantirildi. Ushbu mablag'lar hisobidan 140 mingga yaqin yoshga ijtimoiy-moddiy yordam ko'rsatildi. Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, yangi g'oyalar asosida ishlab chiqilgan innovatsion, startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish maqsadida 3,3 trln miqdoridagi mablag'larni yo'naltirish orqali 132 ming nafar yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratildi. Yetakchi lavozimiga yoshlar bilan ishlash tajribasiga ega, yoshlarni ergashtira oladigan, shaxsiy fazilatlari bilan namuna ko'rsatgan, fidoyi, sadoqatli va vatanparvar nomzodlar tayinlanadi. Yetakchining oylik ish haqi miqdori u biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda quyidagicha belgilandi:

- xonadonlar soni 500 tagacha bo'lgan mahallada - mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining 5 baravari miqdorida;

- xonadonlar soni 501 tadan 1 000 tagacha bo'lgan mahallada - mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida;

- xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq bo'lgan mahallada - mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining 6 baravari miqdorida.

Ish faoliyati natijalariga ko'ra Yetakchilarni Milliy kadrlar zaxirasiga kiritiladi. Yetakchi sifatida ishga qabul qilingan shaxslarning harbiy va maxsus unvonlari saqlab qolinadi. Yetakchi sifatidagi ish staji navbatdagi harbiy va maxsus unvonlar olishda hisobga olinadi, shuningdek, ularga oldingi ish joyiga qaytganida qonunchilikda belgilangan barcha imtiyozlar tatbiq etiladi. Har bir Yetakchining ish faoliyati to'liq raqamlashtiriladi hamda quyidagi yo'nalishlarni nazarda tutuvchi elektron reyting tizimi (KPI) joriy etiladi. Mahalladagi Yoshlar yetakchisini saralash natijalari to'g'risida Respublika bo'yicha 9 309 ta mahallada Yoshlar yetakchilari lavozimiga nomzodlar uchun "vacancy.argos.uz" portalida tanlov e'lon qilindi. Tanlovda lavozimiga jami 42 538 nafar nomzodlar onlayn hujjat topshirdi (bir o'ringa 4,6 nafar). Respublika ishchi guruhi tomonidan nomzodlar bilan suhbat o'tkazilib, 9 309 ta (100 foiz) mahallalar uchun nomzodlar tanlab olindi. Qaror bilan, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Davlat boshqaruvi akademiyasi va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida Yetakchilar uchun yangi joriy

etilayotgan tizimning tub mohiyati va samarali faoliyat ko'rsatishini ta'minlash bo'yicha joriy yilning 25-28 yanvar kunlari masofaviy tartibda tashkil etilgan o'quv-seminarda 9294 nafar Yoshlar yetakchilari ishtirok etdi. O'quv davomida yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish maqsadida ishtirokchilar metodik jihatdan ta'minlandi, yoshlar yetakchilarining tashkiliy-huquqiy bilimlari oshirildi, ularda yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish ko'nikmalari shakllantirildi. Yuqorida qayd etilgan har bitta vazifani yoshlar manfaatidan kelib chiqib, mutasaddi vazirlik va idoralar, hokimliklar, sektor rahbarlari bilan hamkorlikda tizimli va sifatli amalga oshirilishi ta'minlanadi[9].

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni // "Xalq so'zi" gazetasi, 2017 yil 8 fevral. №28 (6722).

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. // "Xalq so'zi" gazetasi. 2018 yil 29 dekabr. №271-272 (7229-7230)

3. Козина Е.С. Развитие иннoваsиoннoгo поте^иала в рамках молодежной политики. Сборник статей. - M.: Директ -Медиа, 2013. - С. 29.

4. Mirziyoyev SH.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. - T.: O'zbekiston, 2017. - B. 23.

5. "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida" gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni. 2016 yil 14 sentabr // O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi - Lex.Uz. http://lex.uz/

6. O'zbekiston yoshlar ittifoqi. http://yoshlarittifoqi.uz/uz/ menu/maqsad-va-vazifalar

7. Узбекистан Республикаси Президентининг "Ёшлар- келажагимиз" Давлат дастури т^'рисида" ги Фармони. 2018 йил 27 июн // Узбекистан Республикаси qoнун hужжатлари маълумотлари миллий базаси - Lex.Uz. http://lex.uz/

8. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O'zbekiston yoshlariga bayram tabrigi // Xalq so'zi, 2019 yil 1 iyul №133(73-63)

9. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori yuzasidan ma'lumot. Manba: http://yoshlar.gov.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.