Научная статья на тему 'JAMIYATNI DEMOKRATLASHTIRISH YO’LIDAGI ISLOHOTLAR'

JAMIYATNI DEMOKRATLASHTIRISH YO’LIDAGI ISLOHOTLAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jamiyat / islohot / modernizatsiya / erkinlashtirish / demokratiya / huquqiy davlat / fuqarolik jamiyati / siyosiy huquqiy madaniyat / ijtimoiy faollik.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Dilbar Shuxratovna Sagdullayeva

Keyingi yillarda jamiyatimiz hayotining barcha jabhalarini qamrab olgan va tadrijiy tarzda amalga oshirilayotgan islohotlarning ishtirokchisiga aylanib bormoqdamiz. Amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlar, ya'ni yangilanishlar xalqimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashi oʻzgarib, demokratik tamoyillarga muvofiqlashib borishiga olib kelmoqda. Zero, xalqimiz tafakkur tarzi yangilansagina olib borilayotgan islohotlar samara berishi sir emas. Demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati barpo etishning eng muhim sharti bo‘lgan xalqning xohish irodasini, uning orzu-intilish va manfaatlarini har tomonlama hisobga olgan holda, davlat hokimiyati idoralari faoliyatini yoʻlga qoʻyish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «JAMIYATNI DEMOKRATLASHTIRISH YO’LIDAGI ISLOHOTLAR»

Toshkent davlat iqtisodiyot O'zbekiston — 2030 strategiyasi:

universiteti inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari

Tashkent State University of Uzbekistan - 2030 Strategy:

^Economics_opporiunitjesLioRealjzeHumanPOtentjaL

JAMIYATNI DEMOKRATLASHTIRISH YO'LIDAGI ISLOHOTLAR

Dilbar Shuxratovna Sagdullayeva

Muhammad al -Xorazmiy nomidagi TATU dotsenti, falsafa fanlari nomzodi

ANNOTATSIYA

Keyingi yillarda jamiyatimiz hayotining barcha jabhalarini qamrab olgan va tadrijiy tarzda amalga oshirilayotgan islohotlarning ishtirokchisiga aylanib bormoqdamiz. Amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlar, ya'ni yangilanishlar xalqimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashi o'zgarib, demokratik tamoyillarga muvofiqlashib borishiga olib kelmoqda. Zero, xalqimiz tafakkur tarzi yangilansagina olib borilayotgan islohotlar samara berishi sir emas. Demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati barpo etishning eng muhim sharti bo'lgan xalqning xohish irodasini, uning orzu-intilish va manfaatlarini har tomonlama hisobga olgan holda, davlat hokimiyati idoralari faoliyatini yo'lga qo'yish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.

Ushbu maqolada mamlakatimizda modernizasiyalash, demokratlashtirish, fuqarolik jamiyati barpo etish yo'lida amalga oshirib kelinayotgan islohotlar hamda ularning natijalari falsafiy tahlil etildi. O'z navbatida, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati o'rtasidagi aloqadorlik o'rganilib, ularning to'liq ishlashi fuqarodan yuksak siyosiy-huquqiy madaniyatlilikni talab etishi asoslab berildi.

Kalit so'zlar: jamiyat, islohot, modernizatsiya, erkinlashtirish, demokratiya, huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati, siyosiy - huquqiy madaniyat, ijtimoiy faollik.

Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat fuqarolik jamiyatini qurish bosh strategik maqsad qilib qo'yildi. Bizning bosh maqsadimiz - yurtimizda xalq hokimiyatini nomiga emas, balki amalda joriy qilishdan iborat. Demokratik islohotlar yo'li - biz uchun yakkayu yagona va eng to'g'ri yo'ldir [1]. Mamlakatimiz siyosiy-huquqiy sohalarini modernizatsiyalash jarayonlari olib borilgan islohotlar samaradorligida namoyon bo'ladi. Bu borada huquqiy davlatchilik asoslarini shakllantirish eng asosiy vazifalardan biri bo'ldi.

Huquqiy davlat o'zida mamlakatda yashovchi barcha xalqlar, millatlar va elatlarning suverenitetini ifoda etuvchi - boshqacha aytganda, - aholi turli qatlamlari manfaatlarini ifodalovchi va huquqqa bo'ysunuvchi shaxs huquq va erkinliklarini mustahkamlovchi ijtimoiy boshqaruv shaklidir.

17-aprel, 2024

139

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan — 2030 Strategy: to Realize Human Potential

Jamiyatda qonun ustuvorligini kafolatlash bilan birga bunday davlat hamma uchun kafolatlangan adolatparvarlikka asoslangan ijtimoiy munosabatlarning erkinligini ham ta'minlaydi. Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida huquqning, qonunning ustuvorligini ta'minlash huquqiy davlatning muhim, birlamchi xususiyati hisoblanadi. O'z navbatida, mamlakatimizni modernizatsiya qilish va erkinlashtirish, siyosiy-huquqiy va iqtisodiy tizimni demokratik yangilash vazifasi kishilarning dunyoqarashi, ongu tafakkuri, siyosiy-huquqiy saviyasi, madaniyatini va ijtimoiy faolligini yuksaltirishni, huquqiy munosabatlar barcha ishtirokchilarining huquqiy savodxonligini yanada oshirish, huquqiy madaniyatini takomillashtirishni talab etadi. Bu borada davlat suvere nitetining ifodasi bo'lgan 2023 yil 1 maydan kuchga kirgan yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 2019 yil 9 yanvarda qabul qilingan Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish kontseptsiyasi qonun ustuvorligini, qonun oldida barchaning tengligini ta'minlashning huquqiy asoslari hisoblanadi. Yuksak huquqiy madaniyat demokratik jamiyat poydevori hamda huquqiy tizim yetukligining ifodasidir. U jamiyatdagi turli xil hayotiy jarayonlarga faol ta'sir ko'rsatuvchi, fuqarolarning, barcha ijtimoiy guruhlarning jipslashuviga ko'maklashuvchi, jamiyatning yaxlitligi hamda batartibligini ta'minlovchi va mustahkamlovchi omildir. Qonunni hurmat qilish huquqiy jamiyatning, siyosiy va huquqiy tizimlar samarali faoliyat ko'rsatishining asosiy talablaridan biri hisoblanadi.

Huquqiy davlat uchun huquqni chuqur anglashgina yetarli emas. Qonunlar va boshqa barcha huquqiy hujjatlar ham o'z mazmuniga ko'ra adolatli bo'lishi kerak. Demokratik jamiyat qurish uchun mamlakatda qabul qilinayotgan qonunlar adolatli bo'lishi, o'zida xalq manfaatlarini ifoda etishi shart. Bunday qonunlarga og'ishmay itoat etilsagina jamiyatda demokratiya qaror topadi va mustahkam bo'ladi. Chunki barcha demokratik institutlar inson huquq va erkinliklari qonuni vositasida joriy etiladi. "Qonun ustuvorligini ta'minlash, - deb yozadi Islom Karimov, - shaxs, oila, jamiyat va davlatning huquq va manfaatlari muhofazasini kuchaytirish, aholining huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, fuqarolarni qonunga bo'ysundirish va hurmat ruhida tarbiyalash - bu rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan chinakam demokratik, huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurishning nafaqat maqsadi, balki uning vositasi, eng muhim sharti hisoblanadi" [2].

—Qonunlar jamiyatni modernizatsiyalash vositasidir. Ular innovatsiyalarni hayotga joriy etishni tezlashtiradi, yangi qadriyatlarni, shu jumladan, siyosiy-huquqiy

140

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan — 2030 Strategy: to Realize Human Potential

tamoyillarni ham, barcha uchun bab-barobar hayot tarzi va faoliyat dasturiga aylantiradi" [3].

Ikkinchidan, fuqarolar haq-huquqlarining realligi hamda shaxs erkin rivojlanishining ta'minlanishi. Individ erkinligining huquqiy xarakteri ijtimoiy hayotning barcha sohalarida namoyon bo'lishi kerak. Shaxs erkinligining kafolatlanish darajasi esa mamlakatning davlatchilik, iqtisodiy va ma'naviy zaminlari bilan o'lchanadi.

Uchinchidan, davlat va fuqarolarning o'zaro javobgarligi. Siyosiy hokimiyatni amalga oshiruvchi davlat va ana shu davlatni shakllantirishda ishtirok etuvchi fuqarolararo munosabatlar adolat va tenglik tamoyillariga asoslangan holda qurilishi kerak. Demokratik jamiyatda majburiyatsiz huquqlar, shuningdek huquqlarsiz majburiyatlar yo'q. Huquqiy davlatda majburlash faqat huquq asosida amalga oshiriladi. Davlat faqat uning suvereniteti, fuqarolarning haq-huquqlari poymol etilgandagina qonun doirasida kuch ishlatishga murojaat qiladi.

To'rtinchidan, demokratik, huquqiy davlat rivojining mantiqi, ichki qonuniyatlari davlat hokimiyati organlari va boshqaruvining siyosiy partiyalar va jamoat birlashmalari - kasaba uyushmalari, fahriylar, yoshlar, xotin-qizlar tashkilotlari, mahallalar, ijtimoiy va ijodiy jamg'armalar, fuqarolarning boshqa ko'ngilli birlashmalari bilan har tomonlama yaqin aloqalari va hamkorligini ifoda etadi. Huquqiy demokratiya fuqarolarning prezident va hokimiyatning vakillik organlariga bo'lgan saylovlarda qatnashuvigagina imkoniyat yaratmay, ularni mamlakatdagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy jarayonlarning borishiga, davlat va jamiyatning barcha ishlari boshqaruviga bevosita, shuningdek jamoat birlashmalarining faoliyati orqali ishtirok etishini ham ta'minlaydi. Keng ommani atrofida birlashtirgan jamoatchilik va nodavlat tashkilotlari huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati qurishning asosiy shartidir.

Beshinchidan, faoliyat va mehnat sohalarining bo'linishi, turli davlat organlari o'rtasida funktsiyalar va vakolatlarning aniq taqsimlanishi, ya'ni qonunchilik, ijrochilik va sud hokimiyatlarining bo'linishi davlatning huquqiy xarakterini ifodalovchi muhim sohadir. Faqat qonun chiqaruvchi hokimiyat xalqning mustaqilligini, xohishini ifodalaydi, davlatning huquqiy xarakterini aniqlovchi institutlar, me'yorlar, mezonlar va tartibotni belgilaydi, boshqa hokimiyatlarning tashkil etilishi va faoliyat ko'rsatishi uchun zarur bo'lgan shart-sharoitlarni belgilaydi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat ijro etuvchi hokimiyatni shakllantiradi, uning faoliyatini qonunlar asosida nazorat qiladi, jamiyatning huquqiy asoslarini yangilab, mustahkamlab boradi.

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan — 2030 Strategy: to Realize Human Potential

Oltinchidan, demokratik huquqiy davlatda inson va fuqarolaming asosiy huquqlari, erkinliklari, burchlari xalqaro huquq me'yorlari asosida amalga oshiriladi. Davlat va shaxs munosabatlari huquqiy asosga tayanishi zarur. Sobiq sovet ittifoqida bu munosabatlar insonning huquqiy ehtiyojlari va manfaatlarini, fikri va irodasini mensimaslik, umumdavlat maqsad va vazifalarini zo'rlab birinchi o'ringa qo'yish yo'li bilan amalga oshirildi.

Endilikda fuqaroning o'z huquq va erkinliklaridan foydalanish imkoniyati uning huquqiy ong va huquqiy madaniyati darajasiga borib taqalmoqda. Fuqaroning takomillashgan huquqiy madaniyat sub'ektiga aylanishi huquqiy davlatning to'liq ishlashi, fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojiga olib keladi [3].

Huquqiy tenglik, ijtimoiy adolat o'z huquqi, manfaatini anglagan inson boshqalarda ham shunday huquq va manfaat borligini his qilgan joyda yuzaga keladi. Burch, ma'suliyat, erkinlik mezonlarini davlat qonunlar asosida belgilaydi. Lekin bu huquqiy mezonlarni insonlar qalban va ruhan anglab, ularga amal qilgandagina ular haqiqiy kuchga aylanadi. Shu asosda shaxsning o'ziga ko'proq huquq berilishi va ma'suliyat yuklanishi - demokratiyaning asl mohiyati bo'lgan -o'z-o'zini boshqarish uchun, bunda huquqiy madaniyatning takomillashib borishi uchun keng yo'l ochadi.

Yettinchidan, huquqiy davlatda hokimiyat organlariga saylovlar umumiy, teng, to'g'ridan - to'g'ri, saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo'li bilan o'tkaziladi. Bu ham mamlakatda qaror topayotgan demokratiyaning bir ko'rinishidir.

Sakkizinchidan, demokratik huquqiy davlat fuqarolik jamiyati qurilishi - bu siyosiy tuzumni demokratlashtirishgina emas, balki iqtisodiy munosabatlarning huquqiy tamoyillarini tiklash, xo'jalik yuritishning demokratik asoslarini tubdan qayta qurishni ham anglatadi. Bu xo'jalik boshqaruvining ma'muriy-buyruqbozlik usullarini, avtoritar hokimiyatning iqtisodiyot borasidagi o'zboshimchaliklarini rad etishni, ishlab chiqarishni tashkil etishda moddiy manfaatdorlik, tadbirkorlikni o'z ichiga oladi. Yurtimizda xo'jalik yuritish usullarini tubdan o'zgartirish tovar -pul munosabatlarining amal qilishi uchun sharoit yaratish bilan birga bozor iqtisodiyotiga o'tish imkoniyatlarini ham kengaytirdi. Mustahkam huquqiy negiz bo'lgandagina o'zini oqlamagan eski tizimni qayta qurish, madaniy bozor iqtisodiyotiga ega bo'lgan yangi jamiyat qurish mumkinligi O'zbekiston tajribasida namoyon bo'ldi.

142

17-aprel, 2024

Toshkent davlat iqtisodiyot O'zbekiston - 2030 strategiyasi:

universiteti inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari

Tashkent State University of Uzbekistan - 2030 Strategy:

Economics_opp^tunitiesJoRealizeHumnPotentiaL

Darhaqiqat, huquqiy davlatni, kuch yoki inqilobiy yo'l bilan emas, balki tabiiy-tarixiy, tadrijiy yo'l bilan, huquq me'yorlarini jamiyat a'zolari qalban, vijdonan anglashi, ularda huquqiy ong va madaniyatni shakllantirish orqali barpo etish mumkin.

Xulosa qilib aytish mumkinki, Huquqiy davlat - bu fuqarolar jamiyati, ya'ni qonunlar to'la ustuvorligini ta'minlovchi jamiyatni qurishning boshlang'ich nuqtasidir. Demak, huquqiy davlatning asosiy sharti - har qanday sharoitlarda shaxs manfaatlari davlat manfaatlaridan ustunligini ta'minlashdan iboratdir. Inson, shaxs hatto buyuk va ezgu maqsadga erishish yo'lida ham hech qachon vosita sifatida qaralmaydi. Inson va uning manfaati doimo, har qanday sharoitda ham faqat asosiy maqsaddir. Bu - insonparvarlik tamoyilidir. Tenglik, erkinlik, birodarlik, xalqlar va millatlararo do'stlik, insonning o'z xohish-irodasini erkin bildirishi hamda uni amalga oshirishi, barcha fuqarolarning teng huquqliligi, davlat asosiy idoralarining saylanishi, ularning saylovchilar oldida hisob berishi, davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustuvorligi, saylash yo'li bilan shakllanadigan davlat idoralarining saylovchi tashkilotlar oldidagi javobgarligi kabi demokratik jamiyatning xalqaro miqyosda e'tirof etilgan asosiy tamoyillari bugun O'zbekistonda amal qilmoqda, ularning huquqiy asoslari yaratildi.

Mamlakatni demokratlashtirish va modernizatsiyalash jarayonlari olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyat rivojini yangi bosqichga ko'tarish maqsadiga xizmat qiluvchi muayyan vazifalarni bajarishni taqozo etadi. O'z navbatida, "Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari" tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan yettita ustuvor yo'nalishdan iborat 2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi" milliy davlatchiligimiz poydevori yanada mustahkamlanishi, chegaralarimiz daxlsizligi ta'minlanishi, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglik muhitini kuchaytirish, qonun ustuvorligi, inson huquq va erkinliklari hamda manfaatlari himoyasini ta'minlash, umuman olganda ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, iqtisodiy sohalarni yanada liberallashtirish va modernizatsiya qilish bo'yicha eng muhim ustuvor yo'nalishlarni amalga oshirish orqali fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Yuqoridagilarga asoslanib aytish mumkinki, huquqiy davlat fuqarolik jamiyati yuzaga kelishi imkoniyatlarini ta'minlab, u bilan bog'liqlikda, birliqdagina mavjud bo'ladi. Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati koevolyutsion tarzda shakllanadi. Fuqarolik jamiyatining asosiy maqsadi - millati, dini, irqi va jinsi, e'tiqodi va qarashlaridan qat'iy nazar, shu davlatda yashayotgan har qaysi insonning huquq va

17-aprel, 2024

143

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan — 2030 Strategy: to Realize Human Potential

erkinliklarini himoyalash va hayotda ularning o'z salohiyatini namoyon qilishi uchun barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratib berishdan iboratdir. Huquqiy davlat fuqarolik jamiyati qaror topishining omili hisoblansa, aynan fuqarolik jamiyatining o'zi ham huquqiy davlatning yanada mustahkamlanishiga ta'sir ko'rsatadi. XXI asrning murakkab jarayonlari to'fonida bu ikki ijtimoiy fenomen inson, uning huquq va erkinliklari himoyasi ta'minlanishi yo'lida, sog'lom ijtimoiy muhitni yaratuvchi omillar sifatida takomillashib boraveradi. Ularning taraqqiyoti insoniyat ehtiyojlarining eng chuqur, mustahkam asoslariga tayanadi. Demak, mamlakatimizni demokratlashtirish va modernizatsiyalash orqali fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlari har bir fuqaroga katta ma'suliyat yuklab, daxldorlik, ijtimoiy faollikning o'sishini taqozo etmoqda.

REFERENCES

1. Мирзиёев Sh. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - T.:"Ozbekiston" nashriyoti, 2021.

2. Karimov I.A. Adolat - qonun ustuvorligida // Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak.10-Jild. - ToshkentO'zbekiston, 2002. - 28-bet.

3. Musaev F. Demokratik davlat qurishning falsafiy-huquqiy asoslari. - Toshkent: O'zbekiston, 2007. - 106-bet. - 257-258-betlar.

4. Sobirovich, Z. F. (2023). Implementating Modern Educational and Information Technologies Into the Higher Educational Process. Central Asian Journal of Social Sciences and History, 4(9), 168-171.

5. Sobirovich, Z. F. (2023). Conceptual Foundations of Teaching History. Best Journal of Innovation in Science, Research and Development, 2(2), 171-174.

6. 3naeB, O. (2023). MAPKA3HH OCHE^A HHK YHFOHHm ^ABPHHHHr ^AX,OH TAMA^YHH^ATYTrAH YPHH. Talqin va tadqiqotlar, 1(24).

21-bet.

144

17-aprel, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.