Научная статья на тему 'ZAMONAVIY YOSHLARNING SIYOSIY INSTITUTLARGA ISHONCHI TADQIQOTLARI: XORIJ TAJRIBASI'

ZAMONAVIY YOSHLARNING SIYOSIY INSTITUTLARGA ISHONCHI TADQIQOTLARI: XORIJ TAJRIBASI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

15
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yoshlar / demokratiya / siyosiy institutlar / ishonch / siyosiy eskapizm / siyosiy faollik / Youth / democracy / political institutions / trust / political escapism / political activism

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — G. Sh. Jiyanmuratova

Ushbu maqolada AQSh va Yevropa Ittifoqida yoshlarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida ishtirok etishga qiziqishi, siyosiy faolligi va siyosiy institutlarga ishonchi darajasiga bagʻishlangan izlanishlar oʻrin olgan. Ushbu tadqiqotlarning XX asrning oʻrtalaridagi va XXI asr boshlaridagi yoshlarning siyosiy institutlarga ishonchi darajasidagi tafovutlar, zamonaviy yoshlarda siyosiy eskapizm darajasining ortishiga sababchi omillar bilan bogʻliq turlicha xulosalari tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CONFIDENCE IN POLITICAL INSTITUTIONS OF MODERN YOUTH I RESEARCH: FOREIGN EXPERIENCE

This article presents research on the level of interest, political activity and trust in political institutions among young people in the United States and the European Union. Various findings from these studies are analyzed regarding differences in the level of youth trust in political institutions in the mid-twentieth and early 21st centuries, as well as the factors responsible for the increasing level of political escapism among modern youth.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY YOSHLARNING SIYOSIY INSTITUTLARGA ISHONCHI TADQIQOTLARI: XORIJ TAJRIBASI»

O'zbekiston Milliy universiteti Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi

NationalUniversityofUzbekista^^^^^ranSÎ2Bm2

ZAMONAVIY YOSHLARNING SIYOSIY INSTITUTLARGA ISHONCHI TADQIQOTLARI: XORIJ TAJRIBASI

G. Sh. Jiyanmuratova

S.f.f.d. (PhD), dotsent O'zbekiston Milliy universiteti, Toshkent, O'zbekiston

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada AQSh va Yevropa Ittifoqida yoshlarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida ishtirok etishga qiziqishi, siyosiy faolligi va siyosiy institutlarga ishonchi darajasiga bag'ishlangan izlanishlar o'rin olgan. Ushbu tadqiqotlarning XX asrning o'rtalaridagi va XXI asr boshlaridagi yoshlarning siyosiy institutlarga ishonchi darajasidagi tafovutlar, zamonaviy yoshlarda siyosiy eskapizm darajasining ortishiga sababchi omillar bilan bog'liq turlicha xulosalari tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: Yoshlar, demokratiya, siyosiy institutlar, ishonch, siyosiy eskapizm, siyosiy faollik

CONFIDENCE IN POLITICAL INSTITUTIONS OF MODERN YOUTH I RESEARCH: FOREIGN EXPERIENCE

G.Sh. Jiyanmuratova

Sffd (PhD), associate professor National University of Uzbekistan , Tashkent, Uzbekistan

ABSTRACT

This article presents research on the level of interest, political activity and trust in political institutions among young people in the United States and the European Union. Various findings from these studies are analyzed regarding differences in the level of youth trust in political institutions in the mid-twentieth and early 21st centuries, as well as the factors responsible for the increasing level of political escapism among modern youth.

Keywords: Youth, democracy, political institutions, trust, political escapism, political activism

Ko'plab olimlar 1990-yillaming oxiridan boshlab rivojlangan mamlakatlarda, asosiy demokratik institutlar sezilarli o'zgarishlarga duch kelmagan bo'lsa-da, yangi avlodlarning siyosiy oriyentatsiyalari va ustanovkalari awalgilarining qadriyatlaridan tubdan farq

April 20, 2024

190

O'zbekiston Milliy universiteti Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi National University of Uzbekistan_Transformation of the Social Landscape and Social Structures of the Modern World

qilayoganligini ta'kidlaydilar. Bu, birinchi navbatda, siyosiy xulq-atvorning turi va siyosiy ishtirok darajasiga bog'liq, albatta. Bu holat demokratiya kelajagiga qanday ta'sir qilishi haqida ko'plab fikrlar mavjud. Ayrimlar buni yoshlar o'rtasida demokratik sadoqat va siyosiy faollik darajasi susayganidan dalolat sifatida baholaydi. Bundan kelib chiqadigan asosiy va eng xavfli holat - turli darajadagi saylovlarda muntazam ishtirok etuvchi yoshlar sonining kamayishidir. Aksariyat rivojlangan mamlakatlarda siyosiy eskapizm (qochish) darajasi allaqachon ancha yuqori, bu asosan yoshlarning siyosatga qiziqishi pastligi bilan izohlanadi [1, - B. 221-236]. Ba'zi tadqiqotchilar siyosiy sinizm, past darajadagi siyosiy qiziqish yoki fuqarolik majburiyatlari kabi tushunchalarga, boshqalari esa yangi avlodning siyosiy loqaydligi asosidagi institutsional kamchiliklarga e'tibor qaratadi. Saylov tizimining murakkabligi, asosiy raqiblarning mafkuraviy tafovutlarining zaifligi, real siyosiy alternativaning yo'qligi - bularning barchasi yoshlarning saylovda qatnashishni istamasligiga ta'sir qilmoqda.

Yoshlarning davlat siyosatidagi faolligi susayganligini ko'rsatuvchi yana bir omil -partiyaviy identiklikning pastligidir. Ma'lumki, saylovchilarning yoshi ulg'aygan sari siyosiy identiklik darajasi oshadi. Shunga qaramay, bu aksioma ham so'nggi o'n yilliklarda o'zining qat'iy shaklini yo'qotdi - yoshlar partiyalar turlari va mafkuralaridan qat'iy nazar, partiya hayotida ishtirok etishdan tobora ko'proq qochmoqda. Masalan, R. Delton 2002-yilda o'tkazilgan tadqiqot natijalariga asoslanib, aynan shunday xulosaga kelgan: «Rivojlangan mamlakatlarda dastlab partiyalarning asosiy yollash vositasi hisoblangan yoshlar qanotlari so'nggi nafasini olmoqda, juda tezlikda o'z a'zolarini yo'qotmoqda» [2, -B. 19-36].

Ilmiy hamjamiyat tomonidan zamonaviy yoshlar siyosiy befarqligining o'ta muhim omil ekanligi tan olinishiga qaramay, buni qanday talqin qilish kerakligi haqidagi yagona xulosa mavjud emas. Tadqiqotchilarning bir guruhi bu tendensiyalarni siyosiy tizim va umuman ijtimoiy tuzilmadagi yirik tarkibiy o'zgarishlarning ko'rsatkichlari sifatida ko'radi. Ularning fikricha, yoshlar nafaqat ovoz berish jarayoni va partiya siyosatidan, balki fuqarolik faolligining boshqa shakllaridan, xususan, notijorat tashkilotlari faoliyatidan ham chekinmoqda. Bu siyosiy institutlar va ularning vakillariga (shaxslararo muloqot darajasida) ishonchsizlikka asoslanadi.

Robert Patnemning qayd etishicha, avlodlar almashinuvi XX asrning 90-yillari oxirida AQSh jamiyatida ijtimoiy kapital kuchining pasayishiga ta'sir qiluvchi asosiy omil hisoblanadi [3]. Yoshlar nafaqat partiya hayotida, balki yoshlarni qat'iy qoidalar tizimiga kiritmagan (siyosiy partiyalarda bo'lgani kabi) va to'liq harakat erkinligi bilan qoldirilgan, har doim alohida qo'llab-quvvatlangan turli jamoat tashkilotlari, ijtimoiy yordam ko'rsatishga qaratilgan ko'ngillilar uyushmalari faoliyatida ham ishtirok etishdan o'zini tiyadi. Bundan tashqari, Patnem buni faqat yosh omili bilan izohlamaydi, chunki ularning

191

April 20, 2024

O'zbekiston Milliy universiteti Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi

ota-onalari xuddi shu yoshda bo'lganida, AQShda siyosiy va ijtimoiy faollik darajasi ancha yuqori bo'lgan.

Ushbu yo'nalish vakillarining bayonotlaridan farqli o'iaroq, boshqa tadqiqotchilar o'zlarining bayonotlarida kamroq pessimistik bo'lib, bunday tadqiqotlarmng biryoqlamaligini qayd etadilar. Ularda siyosiy faollik darajasining pasayishi yoshlarning asosiy siyosiy institutlarga bo'lgan ishonchining pasayishi bilan emas, balki yangi avlodlarning siyosiy hayotdagi ishtirokining «kamroq tuzilmaga solingan shakllar» ga asoslangan boshqa norasmiy turlari bilan izohlanayotganini ko'rsatuvchi muhim dalillar bazasi to'plangan [4, - B. 45-61].

Madlen Gotye Kvebekdagi fuqarolik faolligi shakllari bo'yicha o'zining tadqiqot natijalariga asoslanib o'z maqolasida: "Ko'pincha siyosiy faollikning ushbu shakllari (siyosiy shiorlar aks etgan maxsus kiyim kiyishdan tortib to mitinglar, namoyishlarda qatnashish, petitsiyalarni imzolashgacha) hatto siyosiy tahlil doirasida ham hisobga olinmaydi", deb yozadi. Shu bilan birga, u yangi avlodlar oldingi avlodlarga qaraganda demokratiya asoslariga ko'proq sodiq ekanini ta'kidlaydi [5, - B. 265-276].

Robert Inglhart 2003-yilgi tadqiqotida shunday xulosaga keladi: "Demokratik qadriyatlar, xususan, hokimiyatlar bo'linishi tamoyili, inson huquqlari zamonaviy yoshlar uchun juda muhimdir. Bundan tashqari, u avtoritarizmning har qanday ko'rinishi va siyosiy institutlar tomonidan iyerarxiyaning turli shakllarini juda tanqid qiladi. Yangi avlodlar madaniy jamoalarning, shuningdek, jinsiy ozchiliklarning ijtimoiy faoliyatining turli shakllariga bag'rikenglik bilan munosabatda bo'lib, bu, nima bo'lishidan qat'iy nazar, demokratik g'oyalarning keng tarqalayotganidan dalolat beradi" [6]. Aslida, yoshlar eski siyosiy institutlarning ishlashiga shubha bilan qaraydigan, lekin ayni paytda demokratik me'yorlar va qadriyatlarga sodiq «human critical»* ning yangi avlodi yetakchilaridir.

Shunga qaramay, 2003 - 2007-yillarda nashr etilgan maqolalarning aksariyati "Zamonaviy yoshlarning siyosiy eskapizmi nimaga olib kelishi mumkin va bu vaziyatni qanday tuzatish mumkin?" degan savolni muhokama qilishda davom etdi. Ushbu tadqiqotlar yoshlarning (odatda 16 dan 18 yoshgacha) turli xil ijtimoiy va siyosiy o'zgarishlarga duchor bo'lishini o'rganadi. Darhaqiqat, agar yoshlarning siyosiy yo'nalishlari haqida ko'proq ma'lumotga ega bo'lsa, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy rivojlanishi haqidagi bashoratlar to'g'riroq bo'ladi, deb taxmin qilinadi. Xususan, Rassell Deltonning asarlari shu narsaga bag'ishlangan.

XX asrning 50 - 60-yillaridagi tadqiqotchilar yosh va turli davlat muassasalariga bo'lgan ishonch darajasi o'rtasidagi sezilarli bog'liqlikni aniqlagan bo'lsalar (yoshga qarab odamlar ularga nisbatan kamroq ishonishlari ta'kidlangan), yaqinda olib borilgan ishlar teskari munosabatlar mavjudligini ko'rsatdi. Shunga asoslanib, R. Delton shunday xulosaga

* Robert Inglhart tomonidan kiritilgan tushuncha.

April 20, 2024

192

O'zbekiston Milliy universiteti Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi National University of Uzbekistan_Transformation of the Social Landscape and Social Structures of the Modern World

keladi: "16 - 30 yoshli yoshlar kattalarga qaraganda ancha pessimist. Yangi avlodlarda siyosatni ochiqchasiga rad etish ko'paymoqda. Masalan, «X avlod»* vakillari davlat institutlariga nisbatan o'ta takabburlik munosabatida bo'lishadi va yosh o'tishi bilan ularning aksariyatida bu tuyg'u kuchayadi. Avlodlar almashinuvining normal jarayoni shu tariqa siyosiy institutlar faoliyatiga ishonch darajasining yanada pasayishiga va shunga mos ravishda zamonaviy demokratik davlatlarda inqilobiy o'zgarishlarga olib kelishi mumkin" [7, - P. 19-36].

Ushbu konsepsiya doirasida yosh avlodlar yuzaga kelishi mumkin bo'lgan ijtimoiy va siyosiy kataklizmlarning asosiy ko'rsatkichi sifatida olib qaraladi. Bundan kelib chiqadiki, "sof demokratik makon"da qandaydir zararli gaz paydo bo'lsa, birinchi navbatda yoshlar unga e'tibor qaratadi. Albatta, ushbu turdagi tadqiqotlarni bunday instrumental tushunish juda ziddiyatli - yoshlarning siyosiy yo'nalishlari faqat ushbu yosh guruhi vakillariga xos bo'lishi va boshqa avlodlarning salbiy reaksiyasini keltirib chiqarishi mumkinligi (Qo'shma Shtatlar va G'arbiy Yevropadagi «hippi»* harakati tajribasiga qarash kifoya). Bunday holda, demokratik tuzum uchun xavf tug'diradigan qadriyatlarning uzatilishi haqida gap bo'lishi mumkin emas.

2003 - 2007-yillarda o'tkazilgan tadqiqotlar shuni tasdiqlaydiki, inson yoshi o'tishi bilan ijtimoiy tan olinishi uchun zarur yoki foydali hodisa sifatida ovoz berish odatini shakllantirishi bilanoq, bu xulq-atvor namunasi inson tomonidan hech qanday qo'shimcha harakatlarsiz muvaffaqiyatli saqlanib qoladi. Saylov uchastkasiga birinchi marta tashrif buyurayotgan o'smir uchun bu namuna yanada muhimroq. Shu bilan birga, tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, siyosiy ijtimoiylashuvning boshqa agentlarining keyingi ta'siri (oila, maktab, tengdoshlar yoki muvaqqat uyushmalar) barqarorlik gipotezasi* deb ataladigan narsadan kam bo'lmasligi mumkin.

Shuni ta'kidlash kerakki, siyosiy institutlarga birlamchi ustanovkaning barqarorligi haqidagi tezis individual yo'nalishlar va xulq-atvor shakllari uchun to'g'ri keladi, lekin shaxsning faolligini belgilaydigan turli xil ustanovkalarning nomuvofiqligini tushuntirib bera olmaydi.

Rivojlangan mamlakatlarda yangi avlodlarning siyosiy faoliyati tadqiqotlari ommabopligining tiklanishi XX asrning 80-yillari boshlariga kelib soni keskin kamayib ketgan siyosiy ijtimoiylashuv muammolari tadqiqotlarining qayta tiklanishiga olib keldi. Bu yerda yetakchilar sifatida Uilyam Gelston va Viijiniya Shapiro ishlarini eslab o'tish joiz [8, - P. 217-234].

* Bu atama kanadalik yozuvchi Duglas Kouplend tomonidan 1990-yilda nashr etilgan shu nomli asarida kiritilgan.

* Jamiyatga o'z noroziligini passivlik va harakatsizlik, maqsadsiz, sarson-sargardon turmush tarzi orqali bildiruvchi yoshlar harakati.

* Rassell Dalton «persistence hypothesis» («qat'iylik gipotezasi») atamasini ishlatadi.

April 20, 2024

193

O'zbekiston Milliy universiteti National University of Uzbekistan

y

Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi Transformation of the Social Landscape and Social Structures of the Modern World

Zamonaviy demokratik davlatlarning ijtimoiy va siyosiy evolyutsiyasining kaliti yoshlarga tegishli bo'lganligi sababli, quyidagi savollar birinchi o'ringa chiqadi:

- yoshlar siyosiy jarayon haqida kerakli ma'lumotlarni qayerdan va qanday o'zlashtiradi;

- yoshlarda siyosiy ustanovkalar qanday shakllanadi.

V. Shapiro ta'kidlaganidek, siyosiy ijtimoiylashuvning zamonaviy tadqiqotlari XX asrning 50 - 70-yillarida Qo'shma Shtatlarda va Yevropada olib borilgan tadqiqotlardan tubdan farq qiladi. U davrda ijtimoiylashuvga siyosiy tizim barqarorligini ta'minlashning zarur mexanizmi sifatida qarash odatiy hol edi. Tabiiyki, bunday tadqiqotlar strukturaviy funksionalistik yondashuv asosida amalga oshirilgan. T. Parsonsning fikriga ko'ra, ijtimoiy tizim o'z hayotini intensiv ijtimoiylashuv jarayoni orqali ta'minlaydi, bunda yangi avlodlar ijtimoiy tizim asos bo'lgan me'yorlar va qadriyatlarni o'z ichiga oladi. Shunday qilib, ijtimoiylashuv har qanday fundamental ijtimoiy va siyosiy o'zgarishlarning oldini oladi.

Siyosiy ijtimoiylashuv oldingi tadqiqotlarining o'ziga xos xususiyatlarini tushunish uchun XX asrning 60-yillari boshlarida Fransiyada o'tkazilgan tadqiqotlardan biriga murojaat qilsak. Undan ko'zlangan asosiy maqsad - bolalar va o'smirlarning o'z davlati ramzlari va madhiyasi, yetakchi siyosatchilar, xususan, prezident nomini qay darajada bilishini tahlil qilish edi. Metodika yopiq savollarga ega standart anketaga asoslangan edi. Siyosiy ijtimoiylashuvning zamonaviy tadqiqotchilari yoshlarning umuman siyosatga qiziqishi va o'z mamlakatining siyosiy hayotida ishtirok etishi yoki shunga mos niyatga ega ekanligiga e'tibor qaratadi (M.Ue va D.Shtolle, J.Torni-Purt tadqiqotlari).

Bugungi kunda, shu bilan birga, tadqiqotning asosiy obyekti ham o'zgarmoqda - oila va ota-onalarning ta'siri o'rniga hozirda jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, qiziqish guruhlari (turli xil tengdoshlar guruhlari), shuningdek, siyosiy jarayon doirasidagi norasmiy o'zaro ta'sirlashuvning turli shakllari o'rganilmoqda. G'arb demokratiyalaridagi tarkibiy o'zgarishlarni bashorat qilish uchun yosh avlodlarning siyosiy me'yorlari va qadriyatlarini bir nechta omillarni hisobga olgan holda tahlil qilish mantiqiy bo'ladi.

Birinchi navbatda, ushbu tadqiqot yo'nalishi doirasida kerakli natijalarga erishish uchun zamonaviy yoshlarning siyosiy yo'nalishlarini hozirgi keksa avlodning bilan emas, balki 50 - 60-yillar avlodlarining siyosiy yo'nalishlari bilan taqqoslash kerak bo'ladi, bu esa turlicha metodlarga asoslanilganligi bois yanada qiyin ko'rinadi (anketalarning o'zgartirilgan tuzilishi, chuqurlashtirilgan intervyular va fokus-guruhlardan faol foydalanish, korrelyatsiya tahlilining turli xil variantlari va boshqalar).

Ta'kidlash kerak bo'lgan ikkinchi omil - joriy siyosiy tizimning me'yor va qadriyatlari interiorizatsiyasi jarayoni qanday sodir bo'lishidir. XX asrning o'rtalaridan boshlab ijtimoiylashuvning asosiy agentlari sezilarli o'zgarishlarga duch keldi. Xususan, maktab asosiy ta'sir etuvchi omil sifatida oila o'rnini egalladi (ta'lim tizimi ham o'zgardi). Tengdoshlar va muvaqqat birlashmalar (yoshlarning qiziqish guruhlari) rolini tahlil qilishga

April 20, 2024

O'zbekiston Milliy universiteti Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi

National^niversity^f^zbekistan^^^^ra

tobora ko'proq e'tibor qaratilmoqda. Nihoyat, ommaviy axborot vositalari ijtimoiy va siyosiy institut sifatida inqilobni boshdan kechirdi.

Siyosiy ustanovkaning «barqarorlik gipotezasi» empirik jihatdan tasdiqlanishi kerak. Ko'rinib turibdiki, bugungi kunda yoshlarning keksa avlod vakillaridan farqlari ko'p: ularning aksariyat hollarda doimiy ish joyi va o'z oilasi yo'q, ular jamoat tashkilotlari va turli tarmoq kasaba uyushmalari a'zosi emas. Bundan tashqari, bu tendensiya rivojlangan mamlakatlarda majburiy ta'lim muddati uzaytirilishi tufayli ham kuchayib bormoqda.

Shunday qilib, rivojlangan mamlakatlarda demokratik davlatlarning keyingi rivojlanishini bashorat qilish uchun birinchi navbatda quyidagi savolga javob topish kerak: zamonaviy yoshlar va XX asrning 50 - 70-yillaridagi yoshlarning siyosiy yo'nalishlari o'rtasida qanday farqlar mavjud va ular qanday tushuntiriladi.

Bunga javobni Qo'shma Shtatlarda va Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida o'tkazilgan bir qator tadqiqotlar beradi. Xususan, K.Jennings va L. Stokerlarning 1965-yilda o'smirlar va ularning ota-onalari o'rtasida o'tkazilgan so'rovi natijalariga asoslangan ishlari. 1973, 1982 va 1997-yillarda bir qator intervyular ham o'tkazilgan. Ushbu tadqiqotning o'ziga xosligi shundaki, 1997-yilda 1965-yilgi so'rovda qatnashgan respondentlarning farzandlari o'rtasida xuddi shunday so'rov o'tkazilgan.

1965-yilda respondentlarning 2/3 qismidan ko'prog'i (o'sha paytda 17 yoshda bo'lgan) ko'pchilik odamlarga ishonish mumkin, degan fikrga qo'shilgan bo'lsa, oradan 32 yil o'tgach, faqat 1/3 qismi bu savolga ijobiy javob berdi (zero ularning ota-onalari 1965-yildagi kabi bir xil ishonch darajasida qolishdi). Ushbu tadqiqot, shuningdek, XX asrning 90-yillari boshidan beri Qo'shma Shtatlardagi siyosiy institutlarga umumiy ishonch darajasining keskin pasayishi ortida «X avlodi» vakillari turganini isbotladi, ilgari ko'plab amerikalik tadqiqotlarda baby-boomer* avlodi ayblanar edi.

Y. Torni-Purta, K. Barber va V. Richardsonning IEA Civic Education survey (Fuqarolik ta'limi so'rovi) ga asoslangan loyihasini [9] ham eslab o'tish joiz. Uning asosiy maqsadi: "Nega zamonaviy demokratik mamlakatlarda o'smirlar o'rtasida ishonch darajasi va ijtimoiy faollik darajasi pasaygan?" degan savolga javob berishdir. Tadqiqotchilar ota-onalar va bolalar o'rtasidagi shaxslararo muloqotning turli shakllarining (siyosat haqidagi munozaralar, siyosiy sohadagi alohida voqealar) qisqarishi kabi muhim omilga e'tibor berishadi. Odatda, aynan shu narsa yoshlarning keyingi siyosiy faolligini belgilab beruvchi birlamchi munosabatni shakllantirish bilan bog'liq.

Tadqiqotning yana bir xulosasi: siyosiy institutlarga ishonch darajasi va yoshlarning mamlakat siyosiy hayotidagi ishtiroki darajasi davlatning demokratik taraqqiyoti bilan bevosita bog'liq. Demokratik institutlar «fasad» rolini o'ynaydigan kam rivojlangan

1 Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda tug'ilishning vaqtincha sezilarli o'sishi sodir bo'lgan davrda tug'ilgan shaxs.

April 20, 2024

195

O'zbekiston Milliy universiteti Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi

^ationalUniversityofUzbekista^^^^^ra

mamlakatlarda yoshlar siyosiy hayotga kamroq e'tibor berishadi va turli siyosiy institutlar faoliyatiga ishonchlari kamroq bo'ladi*.

M.Ue va D.Shtolle tomonidan olib borilgan tadqiqot natijalariga murojaat qilmoqchiman. Ular yoshlik davridagi siyosiy ishtirok shakllarining bu faoliyatning ulg'ayish jarayonida namoyon bo'lishiga ta'sirini o'rgandilar. Ular K. Jennings va L. Stoker kabi «barqarorlik gipotezasi» dan foydalanganlar. Asosiy e'tibor ikkita mexanizmni tahlil qilishga qaratildi. Birinchisi - network mechanism (tarmoq mexanizmi), ya'ni yosh yigit-qiz jamoat tashkilotlari faoliyatida faol ishtirok etsa, yoshi ulg'aygan sari uning siyosiy faolligi faqat oshib borishini nazarda tutadi. Ikkinchisi - attitudinal mechanism (munosabat mexanizmi), ya'ni bolaning erta (7 yoshdan 16 yoshgacha) ijtimoiy tashkilotlar faoliyatida ishtirok etishi yoki bola bilan turli siyosiy mavzularni muhokama qilishga tayyor bo'lgan ota-onalarning faoliyati orqali meros bo'lib qolgan muayyan demokratik ustanovkalarning ham yillar davomida unga ta'sir qilishini tasdiqlovchi mexanizm.

K.Jennings va L. Stoker tadqiqotining asosiy yutug'i: bolaning erta yoshda egallagan siyosiy faollik darajasi va siyosiy institutlar faoliyatiga bo'lgan ishonchi keyingi siyosiy ijtimoiylashuv jarayonida keskin o'zgarmaydi. Ushbu natijalarga asoslanib, xulosa qilishimiz mumkin: agar bolalar erta yoshda siyosiy institutlarga ishonmasa va turli siyosiy va ijtimoiy harakatlarda ishtirok etishga moyil bo'lmasa, bu munosabat ularning hayotining keyingi davrlarida ham o'zgarishsiz qoladi. Bunday odamlarning ko'payib borishi esa demokratik mamlakatlarning yanada rivojlanishiga jiddiy xavf tug'dirmoqda.

Yuqorida qarab o'tilgan xorij tajribalari albatta bizning mamlakatimiz yoshlari siyosiy faolligi tadqiqotlari uchun ma'lum bir ma'noda ham nazariy, ham empirik baza bo'lib xizmat qilishi mumkin.

REFERENCES:

1. Plutzer E. Becoming a habitual voter: Inertia, resources, and growth in young adulthood //American political science review. - 2002. - T. 96. - №2. 1. - C. 41-56.

2. Dalton R. J., Wattenberg M. P. (ed.). Parties without partisans: Political change in advanced industrial democracies. - Oxford University Press, USA, 2002.

3. Putnam R. D. Bowling alone: The collapse and revival of American community. -Simon and schuster, 2000.

4. O'Toole T. et al. Tuning out or left out? Participation and non-participation among young people //Contemporary politics. - 2003. - T. 9. - №2. 1. - C. 45-61.

5. Gauthier M. The inadequacy of concepts: the rise of youth interest in civic participation in Quebec [1] //Journal of youth studies. - 2003. - T. 6. - №№. 3. - C. 265-276.

* Ayni paytda buni asosiy axborot manbalarining davlat tomonidan nazorat qilinishi, shuningdek, yoshlarning siyosiy madaniyati pastligi bilan ham izohlash mumkin.

April 20, 2024

196

O'zbekiston Milliy universiteti Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi National University of Uzbekistan_Transformation of the Social Landscape and Social Structures of the Modern World

6. Inglehart R., Norris P. Rising tide: Gender equality and cultural change around the world. - Cambridge University Press, 2003.

7. Dalton R. J. The decline of party identifications //Parties without partisans: Political change in advanced industrial democracies. - 2000. - С. 19-36.

8. Galston W. A. Political knowledge, political engagement, and civic education //Annual review of political science. - 2001. - Т. 4. - №2. 1. - С. 217-234.

9. Qarang: What Democracy Means to Ninth-Graders: U.S. Results From the International LEA Civic Education Study / http://nces.ed.gov/surveys/cived/

10. Джиянмуратова Г. Yoshlaming siyosiy institutlarga nisbatan ishonchi muammosi: nazariy asoslar //Журнал социальных исследований. - 2024. - №2. SI-1.

11. Theoretical k. Z. E. Methodological approaches to social work with deviant youth prone to harmful habits //Theoretical & Applied Science. Philadelphia, USA. - 2021.

- №. 12. - С. 102-104.

12. Хусанова Х.Т. Талаба ёшлар социал категориясини урганишда мультидисциплинар ёндашув. Ижтимоий фанлар электрон журнали № 2 (2019) 02-12-2019.

13. Raqamli jamiyatda ijtimoiy adolatni amalga oshirish imkoniyatlari. А. Холбеков, Ж Ибрагимов. Журнал социальных исследований. №6 (3), 2023.

14. Ahmedova F.M. Attitude of young peopie to education //Журнал социальных исследований. - 2021. - Т. 4. - №. 4.

15. Dzhiyаnmurаtоvа G. Fасtоrs Determining the Behаviоr of Уоп^ Voters //Information Horizons: American Journal of Library and Information Science Innovation (2993-2777). -2023. - Т. 1. - №. 10. - С. 96-100.

16. Gulrnz J., Bunyоd N. Yоshlаr ijtimоiy-siyоsiy fаоlligini оshirish-ustuvоr vаzifа //Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi.

- 2024. - Т. 1. - №. 1.

17. Nurqulov b. Yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish omillari //News of UzMU journal. - 2024. - Т. 1. - №. 1.3. 1. - С. 190-193.

197

April 20, 2024

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.