Научная статья на тему 'YOSHLARDA SIYOSIY IMMUNITETNI SHAKLLANTIRISHDA MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLARNING O‘RNI'

YOSHLARDA SIYOSIY IMMUNITETNI SHAKLLANTIRISHDA MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLARNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Политологические науки»

CC BY
47
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
siyosat / yoshlar / jamiyat / davlat / inson qadri / boshqaruv / inson / madaniyat / islohot / siyosiy ong / axloq. / politics / youth / society / state / human value / management / human / culture / reform / political consciousness / ethics.

Аннотация научной статьи по политологическим наукам, автор научной работы — Abdiyev, G‘ayrat Ergashevich

Maqolada yangi O‘zbekiston yoshlari siyosiy ongini yukslatirishga qaratilgan falsafiy qarashlarning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni zamonaviy ilm-fan yutuqlari asosida ochib berilgan. Unda yoshlar davlat boshqaruvida o‘zlarining faolligi bilan o‘zgarayotgan jamiyatdagi islohotlarda islohotchiga aylanishi, bugungi davrning ruhini siyosiy jihatdan ifodalashlari falsafiy tarzda tadqiq etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF NATIONAL AND UNIVERSAL VALUES IN FORMING POLITICAL IMMUNITY IN YOUTH

The article reveals the role of philosophical views aimed at raising the political consciousness of young people of Uzbekistan in the development of society based on the achievements of modern science. It philosophically researched how young people become reformers in the changing society through their activeness in public administration, politically express the spirit of today's era.

Текст научной работы на тему «YOSHLARDA SIYOSIY IMMUNITETNI SHAKLLANTIRISHDA MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLARNING O‘RNI»

YOSHLARDA SIYOSIY IMMUNITETNI SHAKLLANTIRISHDA MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLARNING O'RNI

d https://doi.org/10.5281/zenodo. 11628465

Abdiyev G'ayrat Ergashevich

Samarqand davlat chet tillar institute tadqiqotchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada yangi O 'zbekiston yoshlari siyosiy ongini yukslatirishga qaratilgan falsafiy qarashlarning jamiyat taraqqiyotida tutgan o'rni zamonaviy ilm-fan yutuqlari asosida ochib berilgan. Unda yoshlar davlat boshqaruvida o'zlarining faolligi bilan o 'zgarayotgan jamiyatdagi islohotlarda islohotchiga aylanishi, bugungi davrning ruhini siyosiy jihatdan ifodalashlari falsafiy tarzda tadqiq etilgan.

Kalit so'zlar: siyosat, yoshlar, jamiyat, davlat, inson qadri, boshqaruv, inson, madaniyat, islohot, siyosiy ong, axloq.

АННОТАЦИЯ

В статье раскрывается роль философских взглядов, направленных на повышение политического самосознания молодежи Узбекистана, в развитии общества на основе достижений современной науки. Философски исследовано, как молодые люди через свою активность в государственном управлении становятся реформаторами в меняющемся обществе, политически выражают дух сегодняшней эпохи.

Ключевые слова: политика, молодежь, общество, государство, человеческая ценность, управление, человек, культура, реформа, политическое сознание, этика.

ANNOTATION.

The article reveals the role of philosophical views aimed at raising the political consciousness of young people of Uzbekistan in the development of society based on the achievements of modern science. It philosophically researched how young people become reformers in the changing society through their activeness in public administration, politically express the spirit of today's era.

Keywords: politics, youth, society, state, human value, management, human, culture, reform, political consciousness, ethics.

KIRISH

Har bir davrda siyosiy ong jamiyatdagi yangilanishlar jarayoni bilan bog'liq tarzda innovatsiyalarni talab qilib boradi. Mazkur faoliyatda insonlarning voqelikka

ijtimoiy yondashuvlari negizida milliy madaniyat, ma'naviyat va siyosiy immunitet namoyon bo'lib boradi. Bugungi kunda yangi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlardan ko'zlangan maqsad ham o'sib kelayotgan yosh avlod siyosiy ongida o'tmish falsafiy merosga ilmiy yondashish, ma'naviy tafakkurni kamol toptirishdan iborat. "Vatanimiz o'z taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo'yayotgan bugungi kunda biz uchun qadimiy tariximiz va madaniyatimizga oid yangi ilmiy tadqiqotlar har qachongidan ham muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham biz jahondagi ilmiy-madaniy tashkilotlarni O'zbekiston madaniy merosini o'rganish, asrab-avaylash va targ'ib etish jarayonlariga keng jalb etib, dunyoning turli mamlakatlaridagi shu yo'lda birga ishlash istagini bildirgan olimlar va mutaxassislarga har tomonlama yordam berishda davom etamiz"1. Shu boisdan jamiyatimizda tarixga yangicha ilmiy yondashuvni rivojlantirish, kun tartibidagi masalalarni doimiy va uzluksiz jarayon sifatida barcha sohalarda kuchaytirish dolzarb bo'lib qolmoqda.

Yangicha falsafiy tafakkur doirasida yoshlarni tarbiyalab voyaga yetkazish, milliy qadriyatlarga sodiqlikni kamol toptirish strategik jihatdan muhim sanaladi. Bugungi kunda yurtimiz "hayotida kechayotgan siyosiy jarayonlarning yoshlar tomonidan sergaklik va ogohlik bilan anglab yetilishi ham umummanfaatlar uchun amaliy ahamiyatga egadir... Bu, o'z navbatida, yoshlarni mamlakat va umumxalq manfaatlariga zid maqsadlarni amalga oshirishga harakat qiladigan siyosiy va ijtimoiy harakatlarga nisbatan mustaqil qarashlarning shakllanishiga hamda ularni bartaarf etishda faollik ko'rsatishga undaydi"2. Biz yoshlarimizda o'z mustaqil fikriga ega bo'lishni, davlat va jamiyat manfaatlariga xizmat qiladigan siyosiy ongni kamol toptirishmiz lozim.

ASOSIY QISM.

Yangi O'zbekistonda yoshlar siyosiy ongini yuksaltirish, siyosiy maydonlarda milliy o'zligini namoyon etish xususiyatlarini kuchaytirish sohasida o'zgarishlar fuqarolar ongida namoyon bo'lmoqda. Bu borada axborot maydonida sodir bo'layotgan o'zgarishlarga nisbatan yoshlarning siyosiy tafakkurini oshirish, bilim saviyasini innovatsion g'oyalar bilan oshirib borishni jamiyatning bosh talabiga aylanish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Yoshlarning siyosiy ongini o'stirishda milliy qadriyatlarning roliga e'tiborni qaratish masalasi har bir davrda davlatning oldida turgan muhim strategik jarayon sifatida doimo siyosatchilar, faylasuflar, iqtisodchilar, davlat rahbarlari va yirik biznes egalarini qiziqtirib kelgan. Bu masala bugungi kunning ijtimoiy taraqqiyoti va jamiyat rivoji uchun dolzarb bo'lib, Yangi O'zbekistonda ham yoshlar siyosiy tafakkurini rivojlantirish davlatimiz rahbarining

1 Mnp3HëeB ffl.M. .Rmu y36eKHCTOH CTpaTeraacn. -TomKeHT: O'zbekiston, 2021. -E. 37.

2 OTaMypogoB C. Ëm^ap CHëCHH MagaHHHTHHH pHBO^aHTHpnm OMH^apH. -TomKeHT: O'zbekiston, 2015. -E.68.

qonun, farmon va farmoyishlarida yaqqol aks etmoqda. Davlatimiz rahbari ta'kidlaganidek, "Biz yoshlaming mamlakatimiz hayotidagi demokratik jarayo^a^ faol ishtirok etishiga, ularning siyosiy va ijtimoiy salohiyatini oshirishga alohida e'tibor qaгatishimiz lozim"3. Yoshlaг siyosiy ongida axboгotlaгga nisbatan ma'naviy munosabat bildirishni milliylik ruhida shakllantirishimiz darkor. Bunda birinchidan, muammoning dolzart bo'lib yoshlaг ongi, tafakkuгi, dunyoqarashiga ta'siг etishini alohida siyosatchilaг doirasida hal etishga e'tibomi qaгatishni talab etadi. Chunki, siyosiy maydonlarda axborot olamida milliy qadriyatlarning rolini oshirish tizimiga alohida e'tibor qaгatildi. Natijada jamiyatshunos, faylasuf, tarixchi, siyosatchi, huq^shunos^ biгgalikda muammoning jamiyat va davlat hayotiga qanday yo'llar va vositalar asosida kirib kelishini, unga qarshi kurashish omillarini birgalikda hal etishni amalga oshirish mexanizmlari yangi bosqichga olib chiqildi. Ikkinchidan, axborot olamida milliylikni saqlash bugungi kunda davlat siyosati darajasidagi masalaga aylanganligini inobatga olgan holda yoshlar ichidan yosh siyosatshunoslar tayyorlash tizimini barcha mutaxassisliklarga joriy etib borilmoqda. Hattoki, milliy parlamentda ham yoshlarning sonini oshishi buni yaqqol isbot etmoqda. Uchinchidan, Yangi O'zbekistonda yosh^ siyosiy ongida axboratlaTga nisbatan doimo ogohlik bilan javob berishni to'g'ri yo'lga qo'yish uchun xalqara va mintaqaviy tashkilotlar doirasida huquqiy me'yoriami hayotga joriy etildi. Shu asosida jamiyatda xalqning manfaatlarini aks ettirgan puxta qonunlar ishlab chiqila boshlandi.

YosЫar siyosiy ongini oshirishda axboгot xavfsizlikni ta'minlash uchun malakatimizga kirib kelayotgan barcha axboriy xuгujlaгga qarshi kuгash yo'llarini va choгalaгini ko'гish keгak bo'ladi. Bugungi kunda ko'plab "yuksak taraqqiy etgan mamlakatlaгda insonlaming o'zaгo begonalashuvi, bñ jinsli nikohning qonuniylashtirilishi, ota-ona, oila, farzand, qon-qarindoshlik va boshqa bir qator milliy va umuminsoniy qadriyatlarga qarama-qarehi bulgan individualizm, "o'zingni bil, o'zgani qo'y" tamoyilini amaliyotga aylantirish va ulami ommaviylashtiгishga bo'lgan intilish kuchayib bormoqda"4. Mana shunday illatlarga qarshi yoshlarimizda siyosiy iradani shakllantiгish, o'zga millatlaming salbiy illatlariga javob qaytaгa oladigan yoshlarni tarbiyalash bizning bosh maqsadimizdir. Buning uchun axborot maydonida sodñ bo'layotgan yangiliklaTdan hamisha xabaгdoг bo'lib boгish, yoshlar ongida siyosiy immunitetni kuchaytiгish lozim. Yangi O'zbekistonda siyosiy munosabatlar sohasida yoshlarning manfaatlarini hisobga olgan holda barcha sohalaráa xavfsizlikni ta'minlashda mustahkam va yetarii daгajada

3 Мирзиёев Ш.М. Нияти улуг хал^нинг иши хам улуг, хаёти ёруг ва келажаги фаровон булади. - Тошкент: 3-жилд, Узбекистан, 2019. -Б. 386.

4 Отамуродов С. Глобаллашув: миллатни асраш масъулияти. -Тошкент: O'zbekiston, 2018. -Б. 245.

himoyalanganlikni yanada kuchaytirish zaruriy talablardan biriga aylanib ulgurdi. Buning uchun quyidagi maqsadlarga erishish lozim:

1. Yoshlarga ommaviy tarzda ta'sir ko'rsatish, ya'ni har bir yigit-qizda axborotga nisbatan mafkuraviy immunitetni ta'minlash va o'ziga xos himoyaga asoslangan qobiqni shakllantirish lozim. Bu jarayonda siyosiy ong va madaniyatga, yoshlar jamoalariga ta'sir etish orqali amalga oshiriladi;

2. Siyosiy targ'ibotlarga va yoshlar o'rtasida axborotning yoyilishiga urunishlarga qarshi milliy qadriyatlar negizida faoliyat olib borish va ularga qarshi millliy mentalitet orqali kurashish;

3. Axborotni tarqatish jarayonida yoshlar davlatning milliy xavfsizligi, manfaatlari va qadriyatlarini hisobga olgan holda siyosiy faoliyatini amalga oshirishi hamda jamiyat manfaatlariga mos faoliyat yuritishi;

4. Yangi O'zbekiston yoshlarining dunyo bilan integratsiyasi rivojida siyosiy ongi doirasida muhim tashabbuslarga davlat nomidan ishtirok etishi, axborot maydonida xalq va mamlakatning manfatlari yo'lida siyosiy jaaryonlarni amalga oshirishi va uning monitoringni yaratish;

5. Davlatga qarshi salbiy axborotlarga nisbatan yoshlarning tezkor javob bera oladigan siyosiy bilimlarini oshirish orqali axboriy javob qurolini ishlab chiqish va ularga qarshi kurashish.

Mazkur maqsadlarga erishish uchun har birimiz yoshlar siyosiy faolligini oshirib borishimiz, milliy qadriyatlar bilan uyg'unlashgan ijtimoiy hayotda yuksak ma'naviyat va falsafiy dunyoqarashni rivojlantirishimiz darkor. Bu yo'lda har birimiz ajdodlarimizning yaratgan boy bebaho falsafiy merosi, yuksak axloqiy ideallar bilan boyitilgan hikmatlar durdonalarini asrab-avaylab, kelajak avlodlarni yetkazishimiz lozim. Bu borada bevosita ota-bobolarmizning nasihatlariga quloq tutish, xayrli ishlarni amalga oshirishda yoshi ulug'lar bilan maslahat qilish muhim ahamiyatga ega. Jumladan, Nizomulmulk ta'kidlaganidek, "agar podshoh, biror ishni amalga oshirmoqchi yoki qandaydir zaruratni hal etmoqchi bo'lsa, u albatta dono keksalar va yoshi ulug'lar bilan mashvarat va kengash qilishi lozim. Har birlari o'z fikrlarini aytib, podshoh ra'yi bilan solishtirib, bir-birlarining fikrlarini eshitib va har taraflama mo'ylab, keyin ma'qullangan fikrni tanlaydilar. Ko'pchilik bo'lib qabul qilingan tadbir eng savobli bo'ladi va doim shunday yo'l tutish kerak"5. Bu fikrlar asrlar davomida o'zining isboti topib, bugungi kundagi siyosiy faoliyat uchun ham muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

Bugungi kunda Yangi O'zbekistonda axborot olamida milliy qadriyatlarga e'tiborni kuchaytirish, jamiyat xavfsizligini ta'minlash borasidagi islohotlarda tashqi

5 HrooMyrnwym. CuëcaTHOMa. -TomKeHT: .Rmu acp aMogn, 2008. -E. 93.

va ichki axborotlarga javob beradigan milliy tizimda yoshlarning siyosiy faolligi rivojlanib bormoqda. Bunda har bir fuqaro, jumladan yoshlarimiz o'zlarining siyosiy faoliyatida xalqning ertangi kelajagi uchun xizmat qiladigan, milliy manfaat va siyosatni qo'llab-quvvatlaydigan islohotlarda samarali ishtirok etishlari lozim. Bu borada davlatimiz rahbari ham o'zining qarashlarini ilgari surib, jamiyatda siyosiy ong, madaniyat, faoliyat va tafakkurni rivojlantirish masalalariga alohida e'tibor qaratib kelmoqda. Bizning eng asosiy yutug'imiz - ko'p millatli xalqimizning vujudga kelayotgan qiyinchilik va sinovlarni yengishga qodirligi, zamonaviy dunyoqarashi, siyosiy ongi va ijtimoiy faolligi yuksalib borayotgani, atrofimizdagi voqealarga beparvo bo'lmasdan, aksincha, daxldorlik tuyg'usi bilan yashayotganidir6. Shunday ekan, har bir yosh avlod ongida siyosiy bilimlarni kuchaytirib borish, jahon bilan hamnafas yashash tuyg'ularini rivojlantirish davr talabi sanaladi.

Jamiyatda yoshlarning siyosiy ongiga milliy qadriyatlarni singdirilishi va amalga oshirilishi zarur bo'lgan milliy mentalitetni rivojlantirish, jamiyatda mavjud islohotlarga nisbatan bir qator vazifalarni amalga oshirish lozim. Bunda:

- Yoshlar siyosiy faoliyatiga doir jarayonda axborotlarning xavfli yoki xavfsizligi masalasiga doir davlat siyosatini ishlab chiqish va shu asosda siyosat bilan bog'liq bo'lgan tadbirlar va mexanizmlarni kuchaytirish lozim;

- Yoshlarning siyosiy ongini o'stirishga qaratilgan faoliyatda milliy qadriyatlarga mos huquqiy tizimni kuchaytirish kerak;

- Yoshlarda siyosiy bilimlarni oshirishga qaratilgan axborotlarni ko'paytirish orqali zamonaviy dastur va konsepsiyalarini amaliyotga tadbiq etish darkor;

- Yoshlar siyosiy faoliyatida axborot sohasida davlat bilan xalqning yaqinligini muvofiqlashtirish borasida Oliy Majlis deputatlari zamonaviy mexanizmlarni ishlab chiqish kerak;

- Yoshlar siyosiy faolligi bilan bog'liq axborot maydonida real bo'lgan hozirgi geopolitik siyosatidan kelib chiqqan holda davlatning milliy qadriyatlar va ma'naviyatni rivojlantirish borasidagi ilmiy-amaliy ishlarni rivojlantirish lozim;

- Yoshlarning ilmiy faoliyatida siyosiy ongini rivojlantirishga qaratilgan axborot maydonida huquqiy va ilmiy-texnikaviy asoslarini kengaytirish kerak;

- Jamiyatda yoshlarning siyosiy bilimlarini kuchaytirishga qaratilgan kadrlar tayyorlashning yagona tizimini yaratish darkor.

Jamiyatda yoshlarning milliy manfaatlarini inobatga olib, axborot tahdidlarini oldini olish maqsadga muvofiqdir. Bu jarayon axboriy xurujlar yoki tahdidlar

6 Mnp3HëeB ffl.M. MHMHH Taparç^HëT HY^HMH3HH RarbuaT ôraaH gaBOM этгнрн6, amu ôoc^H^ra KyrapaMH3. -TomKeHT: 1-^H^g, Y3ÔeKHCTOH, 2018. -E. 46.

davlatlarda ijtimoiy-siyosiy vaziyatni, millatlararo va dinlararo munosabatlarni izdan chiqarish uchun tuzoq vazifasini bajaradi. Bunda aholining ruhiyati va hatti-harakatiga ta'sir etuvchi kuchlarga qarshi kurashish, jamiyat axborot xavfsizligini ta'minlashda aniq maqsadlarga asoslangan maxsus axborotlarni ishlab chiqish va tarqatish muhim hisoblanadi. Mana shunday axborotlarga nisbatan yoshlarda siyosiy ong va tafakkurni rivojlantirish, voqelikka gnoseologik nuqtai nazardan yondashuvni amalga oshirish lozim bo'ladi. Jamiyatda "xalqimizning ko'p asrlik ma'naviyati va milliy qadriyatlari, diniy qarashlari va hayotiy udumlariga, yoshlarimizning ongini zaharlab, ma'naviy jihatdan qaram etishga qaratilgan mafkuraviy xatarlarga qarshi samarali kurash olib borish"7 barcha fuqarolarimizning burchi sanaladi.

Barcha davlatlarda milliy qadriyatlar asosida yoshlarning ta'lim-tarbiyasiga e'tibor qaratiladi. Tarix va o'tmish saboqlariga tayanish, tajriba asosida yashashga intilish rivojlanayotgan mamlakatlarda namoyon bo'lmoqda. Bunday siyosiy ong o'zbek yoshlarining ham jahon bilan hamnafas bo'lib yashashlari uchun xizmat qiladi. Yurtimizda kundan kunga tobora intellektual salohiyati yuqori darajada bo'lib borayotgan yoshlarimizda ma'naviy madaniyatimizga munosabatni oshirib borish, milliy mentalitetimizga xos siyosiy tafakkurni o'stirish tobora rivojlanib bormoqda. Bunda voqelikda bo'layotgan yangiliklar va innovatsiyalarning o'rniga ahamiyat berish, milliy qadriyatlar asosida yoshlarda zamonaviy siyosiy ong va tafakkurni rivojlantirish namoyon bo'lmoqda.

Yangi O'zbekistonda yoshlarning siyosiy ongi shakllantirish uchinchi Renessans poydevorini qurish bilan bog'lib bo'lib, bunda zamanaviy ilm-fan yutuqlari bilan yaqindan tanishish, dunyo bilan hamohang yashash alohida ahamiyat kasb etadi. Mamlakat yoshlarini turli axboriy xurujlardan psixologik himoya qilishning maxsus usullar foydalanish, ularning ham fikrlariga tayanish maqsadga muvofiqdir. Bu yo'lda yoshlarga ishonch bildirish, ularning siyosiy irodasini yanada kuchaytirish borasidagi ishlarimizning boyitishimiz darkor. "Bugungi kunda zamonaviy ilm-fan va yuqori texnologiyalarni mukammal egallash har qanday davlat va jamiyat taraqqiyotining hal qiluvchi shartiga aylanib borayotgani hech kimga sir emas. Ana shu haqiqatni chuqur anglagan holda, biz navqiron avlodimizning ham jismoniy, ham ma'naviy jihatdan barkamol bo'lib voyaga yetishi uchun bor kuch va imkoniyatlarni safarbar etmoqdamiz"8. Bunday faoliyatida yoshlarda siyosiy bilimlar orqali o'zini-o'zi boshqarish qobiliyatini shakllantirish, o'zini himoyalash psixologik xavfsizligini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

7 Mnp3a0^HM0B E. Ëm^ap omuga mhothh fo^hh maKraaHTHpnm. -TomKeHT: _3Hra acp aMogn, 2008. - E. 20.

8 Mnp3HëeB ffl.M. Mhothh THKiaHHmgaH - mhuhh roKca^nm capu. - TomKeHT: 4-^H^g, Y36eKHCTOH, 2020. -E. 442.

Ayni paytda yoshlar siyosiy ongining shakllanishida ijtimoiylashuv jarayoni sodir bo'lmoqda. Yoshlar siyosiy ongining ijtimoiylashuvida asosiy rolni jamiyatdagi ijtimoiy institutlar amalga oshiradi. Ayniqsa, ta'lim-tarbiya tizimida ijtimoiy aloqalar, axloqiy me'yorlar, milliy qadriyatlar va ma'lum bir standartlarga ega xulq-atvor normalari o'ziga xos xususiyatga ega. Yoshlar siyosiy sohadagi ijtimoiy o'zaro munosabatlarni tartibga solishda jamiyatning yangi vakillari sifatida fuqarolik jamiyatini boyitishga xizmat qilmoqda. Yoshlarning siyosiy bilimlari fuqarolik xususiyatlarini egallashda, voqelik bilan birgalikda vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishda o'z o'rniga ega. Vatanparvarlik ham farzandlarimiz ta'lim olishida siyosiy ongning o'sishiga, yuqori darajadagi yoshlar fuqarolik pozitsiyasining shakllanishiga olib boradi. Yoshlarning siyosiy ongi, o'z Vataniga sadoqat hissi, o'z yurtini himoya qilish singari fuqarolik burchi va konstitutsiyaviy majburiyatlarni bajarishda xizmat qiladi. Milliy o'zlikni anglash, qadriyatlarga hurmat, ajdodlarimiz ma'naviyatini davom ettirishda siyosiy ong va bilimlarni ko'paytirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Hozirda yoshlarning jamiyatdagi mavqeini kuchaytirish, ularning barcha jabhalarda ishtirokini mustahkamlash, jamiyatning siyosiy islohotlari va mamlakatning siyosiy hayotida yoshlarni ko'proq jalb etish uchun keng ko'lamli islohotlar yo'lga qo'yildi. Shunday imkoniyatlardan samarali foydalanish, milliylik ruhida diniy va dunyoviylikni namoyon etish, yangi renessansning poydevoriga xizmat qiladigan ilm-fanni rivojlantirish barchamizning jamiyat oldidagi vazifamiz va fuqarolik burchimiz sanaladi. Shunday ekan, barchamiz bu yilda yoshlarga o'rnak bo'lib, yangi marralarni egallashlarida yetkadosh bo'lishimiz darkor.

Har bir jamiyat o'zining siyosiy foliyatini o'sib kelayotgan yosh avlodning ongiga sindirib borishda siyosiy institutlarning islohotlariga tayanadi. Bunday faoliyat bilan joylarda yoshlar harakatlari, tashkilotlar, partiyalar ish olib boradi. Bugungi kunga kelib zamonaviy jamiyatda yoshlarning siyosiy ongini o'stirishda mavjud imkoniyatlar bilan bir qatorda yangi innovatsiyalardan samarali foydalanishni zamon talab etmoqda. O'zbekistonda amalga oshirilayotgan siyosiy islohotlardan ko'zlangan maqsad yoshlarning siyosiy savodxonligini rivojlantirish, yoshlarni ijtimoiy va siyosiy munosabatlarda faol ishtirok etishiini ta'minlash muhim shartga aylanib ulgurdi. Yoshlarning davlat va jamiyat siyosiy hayotdagi ishtirokini kuchaytirish borasidagi ishlarning samarasi natijasida jamiyat hayotida yoshlar hozirda faol qatnashmoqdalar. Ular ko'proq davlat boshqaruvidagi iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va axborot sohalariga nisbatan siyosiy sohaga qiziqish bildirmoqda. Yoshlarning siyosat bilan qiziqishlarini oshirishda siyosiy institutlar, siyosiy madaniyat (shu jumladan siyosiy qadriyatlar, mafkura va boshqalar), siyosiy qatlam vakillari tomonidan to'g'ridan-to'g'ri tadbirlar tashkil etilishi muhim bo'lmoqda.

Bir qator tadqiqotchilar yoshlar siyosiy ongining o'sishini ijobiy tomonga ishora qilmoqdalar. Ular yoshlarning siyosiy faolligi oshishi bilan bog'liq o'zgarishlarda siyosiy institutlarga alohida e'tibor qaratishmoqda. Masalan, I.N. Kolzxannova fikricha, yoshlar tadbirkorlarning ijtimoiy guruhlariga kirib borishi natijasida menejerlar, ya'ni yangi siyosiy madaniyat namunalarini shakllantirish, o'zlarining yoshlar tashkilotlarini yaratish, siyosiy targ'ibot yetakchilari, yoshlar siyosiy elitalarining tuzilishiga ahamiyat bermoqdalar. Masalan, rus olimlari O. M. Karpenko va I.A. Lamanov fikrlaricha, siyosiy partiyalar, ayniqsa, yoshlar siyosiy harakatlarning yetakchilik fenomeniga ega bo'lishmoqda. Shu boisdan yoshlarning davlat boshqaruvidagi faolligi kuchaymoqda. Yoshlarning saylovlarga jalb etilishi asosida siyosiy sohagi bilimlarining oshishi, yoshlarning qiziqishlari va ehtiyojlarini yangi ta'lim turlariga intilishi paydo bo'lgan.

Barcha davlatlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida yoshlarning ta'lim-tarbiyasiga e'tibor qaratiladi. Tarix va o'tmish saboqlariga tayanish, yoshlarning siyosiy ongini o'stirishda tajriba asosida yashashga intilish rivojlanayotgan mamlakatlarda namoyon bo'lmoqda. Bunday siyosiy ong o'zbek yoshlarining ham jahon bilan hamnafas bo'lib yashashlari uchun xizmat qiladi. Yurtimizda kundan kunga tobora intellektual salohiyatni yuqori darajada bo'lib borayotgan yoshlarimizda ma'naviy madaniyatimizga munosabatni oshirib borish, milliy mentalitetimizga xos siyosiy tafakkurni o'stirish tobora rivojlanib bormoqda.

Jamiyatda yoshlarning siyosiy immunitetini oshirishda ajdodlarimizning qoldirgan qadriyatlariga tayanish ijobiy ahamiyat kasb etadi. Bunda birinchidan, ota-bobolarimizning o'z davrida yosh avlod tarbiyasida siyosiy ong masalasini ijtimoiy muhit va hayot bilan parallel olib borganligi, ikkinchidan, har bir fuqaroning ongini jamoatchilik ongi asosida rivojlantirish, uning boshqa falsafiy unsurlar bilan bog'liqligiga e'tibor qaratishgan. Ushbu siyosiy jarayonlarda siyosiy tuzilmalarning faoliyat yo'nalishlari dialektik tarzda borliqqa uzviy ravishda rivojlangan. Jamiyatda yoshlar bir vaqtning o'zida siyosiy immunitetini kuchaytirib borish bilan birga, mavjud qadriyatlarni siyosatda qo'llaydi. Bunda siyosiy kategoriyalardan muvaffaqiyatli foydalanish ham yoshlarning o'z qadriyatlari va fikrlash usullarini voqelikda namoyon etishiga olib keladi. Yoshlar jamiyatda siyosiy toifaga kirib borishida siyosiy ong va immunitetni sifatli, mazmunli bo'lishi e'tibor qaratish zarur. Yoshlarning siyosiy institutlar bilan hamorlikda keng ijtimoiy kontekstda siyosiy faoliyat va munosabatlarni amalga oshirishlari ijtimoiy voqelikni ijtimoiy sub'ektlar tomonidan anglab yetilishiga olib keladi. Siyosiy jihatdan mukammal shaxsga aylanish, faol sub'ekt sifatida mustaqil ravishda davlat boshqaruvidagi turli ijtimoiy faoliyat turlari bilan bog'liq jarayonlarni amalga oshirishda yoshlarning qiziqishlari dolzarb sanaladi. Bu faoliyat turlari jamiyatdagi milliy va umuminsoniy qadriyatlarga

monand tarzda axloq, din, sa'nat, adabiyot, ma'naviyat kabi ilm-fan sohlarining barqaror rivojlanishi uchun xizmat qiladi.

Siyosiy immunitet jamiyatdagi ijtimoiy-madaniy hodisalar asosida rivojlanib, muayyan ob'ektiv-institutsional tizim sifatida nafaqat siyosiy sohaga, qolaversa, real voqelikning ma'naviy sohasiga, ijtimoiy ongga ham o'z ta'sirini o'tkazadi. Bunda yoshlarning siyosiy ongga nisbatan kognitiv imkoniyatlari kengayib, siyosiy bilim darajalari jamiyatdagi siyosiy jarayonlarni tavsiflashiga yordam beradi. Ular turli nazariy bilimlar doirasida siyosiy o'z-o'zini anglashga intiladi, voqelikning siyosiy ongda namoyon bo'lishini tavsiflaydi. Yoshlar siyosiy immunitetining keng miqyosda ijtimoiy hayotda aks etishi bevosita jamiyatdagi hokimiyat munosabatlarini bir butun majmua sifatida rivojlanishiga xizmat qiladi. Bunda siyosiy ong tizimida qadriyatlar ijtimoiy falsafaning tarmog'i sifatida gnoseologik faoliyatga ham tabiiy ravishda bog'lanadi.

Yoshlarning siyosiy immunitetini ijtimoiy faoliyatda, huquqiy munosabatlarda, axloqiy idealda, ma'naviy tarbiyada ob'ektivlashib borishini ko'rish mumkin. Kognitiv tarzda ularning siyosiy ongni kundalik ehtiyojlar negizida rivojlantirish o'zining ijobiy samarasini beradi. "Yosh niholning barvasta daraxtga aylanishi parvarishiga bog'liqdek, odam bolasi komil inson bo'lib yetishishi uchun uni murg'aklikdan tarbiyalab borish lozim"9. Shu boisdan yoshlarda siyosiy ong bilish shakli sifatida o'ziga xos kognitiv mazmunni real voqelik asosida vujudga keltiradi. Ular ko'pincha anglanmagan holda ijtimoiy bilishning xususiyatlariga munosabat bildiradilar va zamonaviy konsepsiyalar nuqtai nazaridan holatni bilish sifatida qabul qilib, ob'ekt va sub'ekt nuqtai nazaridan ijtimoiy hayotga yondashadilar.

Siyosiy ong jamiyatda dinamik va o'zgaruvchan bo'lsa-da, uning milliy qadriyatlarda ifodalanish mazmuni, voqelikni umumlashtirish darajalari, o'ziga xos funksional komponentlari turli xil ma'naviy shakllanish tizimiga ega bo'lganligi sababli, ushbu tizim elementlari mavjud boshqa elementlarga ham o'zaro ta'sir o'tkazadi. Bunda siyosiy ong milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida ijtimoiy faol tizimga aylanadi. U qadriyatlar bilan parallel ravishda jamiyatning siyosiy immunitetini ko'tarib, an'anaviy qadriyatlarga uzluksizlikni saqlab turishi uchun qarama-qarshi bo'lgan sivilizasiyaviy ta'sirlardan yoshlarni himoya qiladi. Axborotlashgan jamiyatning xususiyatlariga mos holda eng yoshlarning ijtimoiy faollik darajasini oshiradi va ularda progressivlik, motivatsiya va vatanparvarlik singari tamoyillarni kuchaytiradi. Buning uchun mavjud ichki resurslardan oqilona foydalanib, siyosiy tashkilotlarning hokimiyat tuzilmalarida faol ishtirok etishiga, umuminsoniy qadriyatlarni mstahkamlashdi. Siyosiy ong ijtimoiy hayot sohalaridagi

9 Махмудов Ю^. ва бош^алар. Миллий гурур - маънавий комиллик мезони. -Тошкент: Дизайн-пресс, 2011. -Б. 258.

o'zaro ta'sirning yoshlar dunyoqarashida nafaqat ijtimoiy sub'ekt sifatila balki, aniq chora-tadbirlarni amalga oshirishda ko'maklashadi. Masalan, jamiyatdagi muayyan siyosiy strategiyaning muvaffaqiyatli bo'lishi yoki siyosiy institutlarning tizimli faol sub'ekt sifatida harakatlanishi davlat boshqaruvidagi yangilanishlar bilan uyg'un bo'lmasligi ham mumkin. Bu holat ko'proq Yevropa davlatlarining faoliyatida demokratiya tushunchasi negizida ko'zga tashlanadi. Shuning uchun har qanday jamiyat o'z taraqqiyot yo'lidan ongli ravishda olib boradigan muayyan harakatlarni amalga oshirishga yordam beruvchi yoki to'sqinlik qiluvchi muayyan g'oyalar, qadriyatlar, intellektual an'analarning o'zaro ta'sirlaridan himoyalanish yoki amal qilish mexanizmini shakllantiradi.

Yoshlarda siyosiy immunitet ijtimoiy ongning shakllari bilan bog'liq tarzda amalga oshadi. Jamiyatda madaniy tizimlar va ijtimoiy institutlar rivojlanishi jarayonida siyosiy ong o'tmishda ham o'zining ta'sir doirasiga ega bo'lgan, hozirgi zamonda ham sivilizatsiyalashgan ijtimoiy tizimlarga o'z ta'sirini o'tkazib, jamoatsilik ongiga o'z xususiyatlarini namoyon etadi. Bu siyosiy ongni yoshlar tafakkurida, birinchidan, ijtimoiy hayotni tashkil etishda ijtimoiy sub'ektlarning munosabatlarini tartibga soladi, mavjud qadriyatlarni jamiyatga mos tarzda tartiblashtiradi, ikkinchidan, u boshqa qadriyatlar bilan faol holatda jamiyatda davlat boshqaruvidagi jarayonlarga siyosiy tushunchalarni singdirish borishda xizmat qiladi. Shuningdek, bu siyosiy tushunchalar yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga ta'sir qilib, boshqaruvdagi mavhumliklarni o'zgartiradi, jamiyatdagi zarur ehtiyojlarini o'ziga xos tarzda zamonaviy bilimlar bilan boyitadi.

Yoshlar ko'pincha o'zgaruvchan siyosiy ongga ega bo'lib, ularda siyosiy immunitetni rivojlanish tendensiyalari qadriyatlarni chetlab o'tishga moyil bo'ladi. Vaholanki, siyosiy hayotning tadrijiyligi azaldan o'tmish qadriyatlarga monand holda siyosiy g'oyalar rivojlanishiga, siyosat borasidagi bilimlarning boyishiga olib kelgan. Yoshlardagi bunday murakkab va o'zgaruvchan rivojlanish tendensiyalarini "ajdodlarimizning bebaho merosi va umumbashariy qadriyatlarga tayanishi, yoshlarni komil inson etib tarbiyalashga undashi, mamlakatimizning dunyo hamjamiyatiga uyg'unlashib borishini nazarda tutish singari muhim omillarni qamrab oladi"10. Bular bevosita jamiyatda yangilanishlar jarayonida innovatsiyalar asosida qadriyatlarni asrab-avaylashni ham nazarda tutadi.

Siyosiy ong o'zining mazmun-mohiyati bilan turli siyosiy tuzilmalar uchun o'z predmetini almashtirish bilan birga, yangi muammolarning yechimini topishda muhim hisoblanadi. U orqali jamiyatda siyosiy immunitet shakllantirilib, mafkuraviy jarayonlar tizimga solinadi, turli empirik usullar orqali mavjud qadriyatlarning

10 Mnp3a0^HM0B E. Ëm^ap OHruga mhuhh foshh maKOTaHTHpnm. - TomKeHT: _3Hra acp aMogn, 2008. -E. 17.

siyosiylashtirilishini oldi olinib, madaniyatlar va axloq mutadillashtirilib turiladi. Xalq ommasi ishtirokida o'tkaziladigan falsafiy, sotsiologik tadqiqotlar o'rganilayotgan ob'ektning siyosiy xususiyatlarini ajratib olishga imkon beradi. Siyosiy ong orqali ongning boshqa shakllariga faol ta'sir ko'rsatish, ular bilan ijtimoiy bilish va ijtimoiy ijodning o'ziga xos turlari sifatida o'zaro munosabatda bo'lish inson qobiliyatini o'stiradi. Yoshlarda an'anaviy ravishda ijtimoiy faoliyatga qadriyatli yondashuvning asosiy vazifasi turli xarakterdagi siyosiy tushunchalarni birlashtirishdir. Bu an'anaviy ravishda umuminsoniy qadriyat sifatida ijtimoiy-tarixiy o'zgarishlarni sayqallab boradi. Bunda, birinchidan, har bir ijtimoiy ong shakllarida qadriyatlarga ilmiy yondashuv vujudga kelsa, ikkinchidan, jamiyatda har qanday siyosiy tuzilmalarning ochiqligi qadriyatlar negizida tartibga solish asosida mexanizmlarga bo'linadi.

Axborotlashgan jamiyatda yoshlar siyosiy immunitetining rolini o'rganishda o'z-o'zini tashkil etuvchi siyosiy tuzilmalar tizim sifatida sinergik tamoyillarga tayanishi, uning elementlaridagi dinamik va muvozanatsizlik darajalarini aniqlashtirish lozim. Bunda zamonaviy an'analarning ijtimoiy bilishdagi xususiyatlari, jamiyatda shaxsning roli, yoshlardagi qat'iyatlilik darajasi belgilovchi madaniy omil sanaladi. Yoshlar siyosiy ongi jamiyat va shaxsning qadriyatli munosabatlari negizida falsafiy dunyoqarashlga tayanadi va axloqiy munosabatlar tizimida tizimli tahlil qilinadi. Yoshlarda siyosiy immunitet hodisasi an'anaviy va zamonaviy jamiyatdagi qadriyatlarni transformatsiyasi asosida ijtimoiy munosabatlarni boyitadi. Kundalik hayotda an'anaviy jamiyatning aksiologik reabilitatsiyasi zamonaviy jamiyatning siyosiy immuniteti kuchayishiga xizmat qiladi. Yoshlarning kundalik siyosiy voqelikni anglashi negizida siyosiy ong chegaralari yangilanib, unda oddiy fuqaro va hokimiyatga nisbatan siyosiy tushunchalar rivojlanadi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, yoshlar ongida siyosiy immunitet shakllanishi ijtimoiy fenomen sifatida falsafiy dunyoqarashda yuqori evristik tafakkur vujudga kelishiga xizmat qiladi. Bugungi global axborot olamida ijtimoiy-siyosiy vaziyatlarda ijtimoiy xususiyatlarni o'rganish, xokimiyatning ijtimoiy tuzilishini vertikal tizimini rivojlantirish lozim. Har qanday siyosiy tizim faoliyatida hokimiyat turli yo'llar bilan qonuniylikka erishishga, ya'ni o'z harakatlarini o'zi nazorat qilayotgan aholining ko'pchiligi tomonidan ma'qullanishiga intiladi. Xalqning siyosiy ong darajasini chuqur o'rganib, o'ziga maqbul siyosiy munosabatlar tizimini shakllantiradi. U fuqarolarni doimo hokimiyatni ma'qullashga, uning targ'ibotini mustahkamlashga chorlaydi. Voqelikda jamiyat va hokimiyat o'rtasidagi munosabatlar ko'p jihatdan milliy va umuminsoniy qadriyatlar o'rtasidagi muloqotni tartibga soladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Mup3HëeB ffl.M. ^Hrn Y36eKHCTOH crpareruacH. -TomKeHT: O'zbekiston, 2021. -E. 37.

2. OTaMypogoB C. Ëmnap cuëcufi MagaHuaTHHu puBo^naHTHpum oMunnapu. -TomKeHT: O'zbekiston, 2015. -E.68.

3. Mnp3HëeB ffl.M. HuaTH ynyr xanKHHHr umu xaM ynyr, xaëTH ëpyr Ba Kena^aru ^apoBOH ôynagu. - TomKeHT: 3-^Hng, Y36eKHCTOH, 2019. -E. 386.

4. OTaMypogoB C. rnoôarnamyB: Munnarnu acpam MactynuaTH. -TomKeHT: O'zbekiston, 2018. -E. 245.

5. HrooMynMynK. CuëcaTHoMa. -TomKeHT: ^Hru acp aBnogu, 2008. -E. 93.

6. Mup3HëeB ffl.M. Munnufi TapaKKHëT fiynHMH3HH KaTtuaT 6unaH gaBoM эттнpн6, arnu ôocKHHra KyTapaMH3. -TomKeHT: 1-^Hng, Y36eKHCTOH, 2018. -E. 46.

7. Mup3aonuMoB E. Ëmnap ornuga Munnufi FoaHH maKrnaHTHpum. -TomKeHT: ^Hru acp aBnogu, 2008. - E. 20.

8. Saifnazarov, I. (2023). Yangi O'zbekiston: inson qadri ulug'langan yurt. -Tashkent: "Ilm-Ziyo-Zakovat" MChJ. - 209.

9. Mup3HëeB ffl.M. Munnufi THKnaHumgaH - Munnufi WKcanum capu. -TomKeHT: 4-^Hng, Y36eKHCTOH, 2020. -E. 442.

10. Saifnazarov, I. (2022). So'z erkinligi - Yangi O'zbekiston tayanchi. "Falsafaning dolzarb muammolari" mavzuidagi Res. ilmiy-amaliy konferensiya materiallari, Guliston. 129-133 betlar.

11. MaxMygoB ro.F. Ba ôom^anap. Munnufi Fypyp - MatHaBufi komhmhk Me3oHH. -TomKeHT: ^roafiH-npecc, 2011. -E. 258.

12. Saifnazarov, I., & Umarjonov, S. (2022). State and religion relations in New Uzbekistan. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2, 414-424.

13. YMap^oHoB, C. (2023). Ibn Sinoning "Ishoralar va tanbehlar" asari va Postklassik islom falsafasining boshlanishi. Scienceproblems. uz, 3(1), 37-50.

14. Mup3aonuMoB E. Ëmnap omuga Munnufi FoaHH maKmaHTupum. - TomKeHT: ^Hru acp aBnogu, 2008. -E. 17.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.