Научная статья на тему 'ZAMONAVIY O‘ZBEKISTON RIVOJINING HOZIRGI BOSQICHIDA YANGI QADRIYATLAR TIZIMINING SHAKLLANISHI'

ZAMONAVIY O‘ZBEKISTON RIVOJINING HOZIRGI BOSQICHIDA YANGI QADRIYATLAR TIZIMINING SHAKLLANISHI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

613
54
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Qadriyatlarning an‘anaviyligi va tadrijiyligi / tarixiy xotira / qadriyatlarga hurmat / milliy taraqqiyot / ijtimoiy barqarorlik / ijtimoiy-siyosiy asoslar / iqtisod / bozor munosabatlari / inson qadri uchun / ma‘naviy sohadagi islohotlar / ma‘naviy tarbiya / ma‘naviy kamolot. / Традиционной и постепенной ценности / историческая память / уважение к ценностям / национальное развитие / социальная стабильность / общественно-политические устои / экономика / рыночные отношения / человеческое достоинство / реформы в духовной сфере / духовное воспитание / духовная зрелость.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — X. P. Tuxtayev

Mazkur maqolada, zamonaviy O‗zbekiston rivojining hozirgi bosqichida yangi qadriyatlar tizimining shakllanish jarayonlari, qadriyatlarning an‘anaviyligi va tadrijiyligi va uning yoshlar ma‘naviy tarbiyasining vositasi ekanligi, qadriyatlarni asrab-avaylash, takomillashtirish va yuksaltirish, yangilarini yaratish har bir davr va jamiyat uchun muhim ahamiyat kasb etishi, Yangi O‗zbekistonda yangi qadriyatlar tizimini vujudga kelish jarayonining xususiyatlari tahlil va tadqiq etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье на современном этапе развития современного Узбекистана рассматриваются процессы формирования новой системы ценностей, традиционной и постепенной ценности, а также то, что она является средством духовного воспитания молодежи, сохранения, совершенствование и продвижение ценностей, создание новых важны для каждой эпохи и общества, анализируются и исследуются особенности процесса создания новой системы ценностей в новом Узбекистане

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY O‘ZBEKISTON RIVOJINING HOZIRGI BOSQICHIDA YANGI QADRIYATLAR TIZIMINING SHAKLLANISHI»

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-728-738

ZAMONAVIY O'ZBEKISTON RIVOJINING HOZIRGI BOSQICHIDA YANGI QADRIYATLAR TIZIMINING SHAKLLANISHI

Mazkur maqolada, zamonaviy O'zbekiston rivojining hozirgi bosqichida yangi qadriyatlar tizimining shakllanish jarayonlari, qadriyatlarning an'anaviyligi va tadrijiyligi va uning yoshlar ma'naviy tarbiyasining vositasi ekanligi, qadriyatlarni asrab-avaylash, takomillashtirish va yuksaltirish, yangilarini yaratish har bir davr va jamiyat uchun muhim ahamiyat kasb etishi, Yangi O'zbekistonda yangi qadriyatlar tizimini vujudga kelish jarayonining xususiyatlari tahlil va tadqiq etilgan.

Tayanch iboralar: Qadriyatlarning an'anaviyligi va tadrijiyligi, tarixiy xotira, qadriyatlarga hurmat, milliy taraqqiyot, ijtimoiy barqarorlik, ijtimoiy-siyosiy asoslar, iqtisod, bozor munosabatlari, inson qadri uchun, ma'naviy sohadagi islohotlar, ma'naviy tarbiya, ma'naviy kamolot.

В данной статье на современном этапе развития современного Узбекистана рассматриваются процессы формирования новой системы ценностей, традиционной и постепенной ценности, а также то, что она является средством духовного воспитания молодежи, сохранения, совершенствование и продвижение ценностей, создание новых важны для каждой эпохи и общества, анализируются и исследуются особенности процесса создания новой системы ценностей в новом Узбекистане.

Ключевые слова: Традиционной и постепенной ценности, историческая память, уважение к ценностям, национальное развитие, социальная стабильность, общественно-политические устои, экономика, рыночные отношения, человеческое достоинство, реформы в духовной сфере, духовное воспитание, духовная зрелость.

X. P. Tuxtayev

O'zMU Ijtimoiy fanlar fakul'teti professor v.b. [email protected]

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

In this article, at the present stage of development of modern Uzbekistan, the processes of formation of a new system

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-728-738

of values, traditionality and gradualness of values, as well as the fact that it is the means of spiritual education of young people, the preservation, improvement and promotion of values, the creation of a new one is important for each era and society, are analyzed and examines the features of the process of creating a new system of values in new Uzbekistan.

Keywords: Tradition and gradualness of values, historical memory, respect for values, national development, social stability, socio-political foundations, economy, market relations, human dignity, reforms in the spiritual sphere, spiritual education, spiritual maturity.

Insoniyat tarixida shunday burilish davrlari bo'ladiki, unda taraqqiyot yo'lidan borayotgan xalqlar taqdiri uchun dorilomon tamoyillar va muayyan rivojlanish bosqichiga xos ustivor yo'nalishlar hamda dolzarb vazifalarni aniqlash nihoyatda muhim hayotiy ehtiyojga aylanmoqda. Jamiyat taraqqiyotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarning samaradorligi, avvalo xalq ma'naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning chuqur o'rganilishi, an'ana va urf odatlarimizning saqlanishi, madaniyat va san'at fan va ta'lim rivoji, eng muhimi inson tafakkurining o'zgarishi va yuksalishi bilan uzviy bog'liqdir. Zero, o'z haq - huquqini taniydigan o'z kuchi salohiyatiga tayanadigan, tevarak atrofda sodir bo'layotgan voqea hodisalarga mustaqil yondosha oladigan har jihatdan barkamol avlod yoshlarini tarbiyalash bugungi kunning muhim vazifasidir.

Davrlar o'zgarishi, yillar o'tishi, odamzot umri, fikri, tafakkuri tinim bilmaganidek, qadriyatlar ham doimo o'zgarishda va yangilanishda bo'ladi. Bu jarayon moddiy va ma'naviy hayot hamda ijtimoiy tafakkurning bosqichma-bosqich o'sishi, an'anaviylik, vorisiylik kasb etishi sifatida vujudga keladi.

Xalqning tarixiy xotirasi, qadriyatlariga hurmati, avvalo, an'ana va marosimlarda o'z ifodasini topadi. Odamlarning turmush tarzi, moddiy va ma'naviy hayoti rivojlanish jarayonida muayyan ijtimoiy tartib-qoidalari, axloq me'yorlari, urf-odatlari, marosimlari an'ana sifatida tadrijiy tarzda o'zligini namoyon etaveradi.

—Qadriyatlarning an'anaviyligi va tadrijiyligi" tushunchasi ajdodlarning asrlar mobaynida to'plagan moddiy va ma'naviy qadriyatlarini vorisiylik asosida avlodlarga uzatish, bu borada tarixiy mezonlar va ijtimoiy hayot talablariga muvofiq tadrijiy ravishda muntazam boyib yoki yangilanib boradigan jarayonlarning namoyon bo'lishini ifodalaydi.[1,230] Tarixiy taraqqiyot bilan uyg'un bo'lgan bu holat uzluksiz harakatdagi jarayondir.

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-728-738

Qadriyatlar yoshlar uchun ma'naviy tarbiya vositasidir. Respublikamiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta'kidlab o'tganlaridek, "Bolalarni go'dakl igidan boshlab yuksak ma'naviy qadriyatlar ruhida tarbiyalash bo'yicha eng mqhim yo'nalishlarni belgilash;

yoshlarda vatanga sadoqat, tadbirkorlik, muctahkam iroda, mafkuraviy immunitet, mehr - oqibat, mas'uliyat, bag'rikenglik, huquqiy madaniyat, innovasion fikrlash, mehnatsevarlik kabi muhim fazilatlarni bosqichma - bocqich shakllantirish"[2,278], uchun albatta, bor kuch imkoniyatimizni sarflashimiz darkor.

Har bir davrning o'z qadriyatlar tizimi bo'lib, u vaqt o'tishi bilan o'zgarib, mazmunan boyib boradi, ba'zi shakllari transformatsiyaga uchraydi, ayrimlari yo'qoladi, yangilari shakllanadi. Qadriyatlar sohasidagi yangilanish ularning o'zgarishi, takomillashuvi va boyib borishi jarayonini ifodalaydi. Kishilar hayotida, umuman jamiyatda yuz berayotgan voqea-hodisalar shaxs ongi va qadriyatlar tizimida muayyan o'zgarishlarni keltirib chiqaradi. Ikkinchi tomondan, qadriyatlar voqelikdagi o'zgarishlarning kelib chiqishi va sodir bo'lishiga katta ta'sir ko'rsatadi. Yangilanish qadriyatlarning tub mohiyati bilan bog'liq hodisa. Agar qadriyatlar sayqallanib, yangilanib, boyib bor'masa, u tez orada eskirib, taraqqiyotga to'siq bo'ladigan hodisaga aylanib qoladi.

Jamiyat taraqqiyotidagi burilish, tub islohotlar rivoji qadriyatlarning o'zgarishiga ta'sir korsatadi va qadriyatlarning yangilanish sur'atlari ham tezlashadi. Masalan, O'zbekiston mustaqillikni qo'lga kiritgandan keyin unutilib ketayozgan qadriyatlarni tiklash, ularni yoshlar, aholi ongiga singdirishga katta e'tibor berila boshlandi. Bu xalqning ongi, turmush tarzi, jamiyatdagi voqea-hodisalarga munosabatining o'zgarishi va zamonaviy dunyoqarash shakllanishiga kuchli ta'sir o'tkazdi. Jamiyatni yangilash sohasida olib borilayotgan har tomonlama chuqur o'ylangan siyosat mamlakatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta'minlashning muhim omillaridan biri bo'ldi.

Qadriyatlarni asrab-avaylash, takomillashtirish va yuksaltirish, yangilarini yaratish har bir davr va jamiyat uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada muayyan davlat va millat oldida qadriyatlarni shakllantiradigan va unga ta'sir o'tkazadigan barcha omil va mezonlarni chuqur tahlil qilinishi, ularning ushbu yo'nalishda qanday o'rin tutishini yaxshi anglab olinishi kutilgan natijalarni berishi mumkin.

Qadriyatlarni shakllantiradigan asoslar inson ongiga ta'sir ko'rsatadigan, uning dunyoqarashi, tafakkur tarzini muayyan

yo'nalishga soladigan, o'zgartiradigan, jamiyat, millatga xos

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-728-738

ma'naviy, madaniy va moddiy mezonlar, an'analar, meros, turmush tarzi, g'oyalar va qarashlardan iborat turli omillar bilan uzviy bog'liqdir.

Yangi O'zbekistonning milliy taraqqiyotiga asoslanadigan yangi qadriyatlar tizimi shakllanish jarayonlari ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ma'naviy sohalardagi o'zgarishlar, respublikamizda qadriyatlar omili samaradorligini oshirish borasidagi faoliyatning asosiy yo'nalishlari ham ilmiy o'rganishni talab qiladi. Ushbu masalani oydinlashtirish uchun tarixga murojaat qilish, undan tanbehlar izlash mumkin. Holbuki dunyodagi eng qadimiy sivilizatsiyalardan biriga mansub bo'lgan, o'z ildizlari bilan asrlar qa'riga borib taqaladigan va uch ming yildan ko'proq davrni qamrab oladigan xalqimiz tarixi, mustaqil Yangi O'zbekistonda shakllanayotgan yangi qadriyat tizimi va unga munosabatimizning tamal toshlarini qo'yadigan ma'naviy asosdir.

Har qanday tadrijiy o'zgarish asosi ijtimoiy barqarorlikdir, bunday barqarorlik asosi esa jamiyatdagi asosiy sub'ektlar, guruhlar, qatlamlar, sinflar va boshqalar o'rtasidagi muayyan qadriyatlarga asosidagi hamjihatlik va hamkorlikdir. Bunday sharoitda davlatning zimmasida eng muhim vazifalar qoladi: davlat ijtimoiy barqarorlikni saqlab turishi, bu barqarorlik doirasida o'zgarishlarni amalga oshirish, xalq farovonligini ta'minlashi, eskilik o'rniga yangilikni vujudga kelishi bilan bog'liq bo'lgan muammolarni bartaraf qiladi, o'zgarashlarni bosqichma-bosqich amalga oshirishni ta'minalab turishi zarur.

Yangi O'zbekistonda yangi qadriyatlar tizimini vujudga kelish jarayoni:

a) yangilikning vujudga kelishi va takomillashishi keygayib borgani sari, eskilikning amal qilish imkoniyatlari kamayib boradi;

b) eski jihatlarga qarama-qarshi bo'lsa-da zohiriylikka aylanayotgan yangining amal qilish uchun shart-sharoitlar yetilib borgani sari eski jihatlar inkor etila boradi;

v) ularning miqyosi o'zgaradi, ta'sir doirasi kamayadi, avval xususiy jihatlar, so'ngra esa umumiy sifatiy o'zgarish ro'y beradi;

g) eski qadriyatlar tizimi amal qilishdan to'xtashi bilan yangi tizim uni inkor etishni tugallash jarayoniga kiradi;

d) shu bilan birga yangi tizimning to'liq shakllanishi, eskidan qolgan jihatlarni sarhisob qilish jarayoni boshlanadi;

ye) tug'ilib kelayotgan yangi tizim jamiyatdagi yangiliklarni o'zlashtirishi bilan birga yangi ehtiyojlar, maqsadlar va qiziqishlarni ham

vujudga keltiradi;

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-728-738

i) yangi tizimning barqaror xolga kelishi uchun muayyan yo'l, usullarni tanlash, chora-tadbirlarni amalga oshirishni zaruriyatga aylantiradi.

Yuqoridagi (d,ye,i) holatlar bilan bog'liq ijtimoiy faoliyat yangi qadriyatlar tizimida umuminsoniy, milliy va shaxsiy qadriyatlar qanday mavqeni egallashi, ularni amaliyotidagi munosabatlar, aloqalar qay tariqa borishini ko'p jihatdan belgilaydi.

Hozirgi davrda, Yangi O'zbekistonda yangi qadriyatlar tizimini mustahkamlash imkoniyatlari qo'yidagi ijtimoiy-siyosiy asoslarga tayanadi:

- mustaqil taraqqiyot yo'lidan borilishi, respublikaning jahondagi xalqaro aloqalarning teng huquqli sub'ektiga aylanishi, Yangi O'zbekistonning suveren davlat sifatida BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarning a'zosi ekanligi;

- ijtimoiy-siyosiy hayotda jahon sivilizatsiyasi va demokratik davlat tamoyillarining ustivor bo'lishiga e'tibor qilinayotganligi, demokratik saylovlar, ko'ppartiyaviylik prinsipiga amal qilinishi, davlat hokimiyati organlarining huquqiy asosida shakllantirilgani;

- jamiyat hayotining barcha sohalarida qonun ustivorligiga rioya qilinishining belgilab qo'yilganligi, kuchli ijtimoiy siyosat o'tkazish, huquqiy davlat qurish tomon borilayotganligi, kishilarning yoshi, jinsi, millati, dini va boshqa ijtimoiy belgilaridan qat'iy nazar teng huquqli ekanligi va qonun oldida barobarligi;

- ijtimoiy-siyosiy hayotda barqarorlik va jamiyat a'zolari o'rtasidagi hamjihatlikka asosiy e'tibor berilayotganligi, islohot va o'zgarishlarning bosqichma-bosqich tarzda amalga oshirilayotganligi, barcha jabhalarda qadriyatlar tiklanib, mustahkamlanayotgan mazkur jarayonda tadrijiy taraqqiyot tamoyiliga asoslangan yo'ldan borilayotgani va boshqalar.

Yangi O'zbekistonga asoslanadigan yangi qadriyatlar tizimini takomillashtirish jarayonining ijtimoiy-siyosiy sohadagi asoslari inson huquqlari va erkinliklarini to'la-to'kis barqaror qilinishi nazarda tutilayotgan huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish, qonunlar, Prezident qarorlari va farmonlarini amaliyotga tadbiq etilish va bajarish samarasini oshirish, bu boradagi vazifalar yanada mas'uliyatli yondashish bilan ham uzviy bog'liqdir.

Yangi O'zbekiston aholisi ko'p millatliligi va asosiy tarkibini yosh avlod tashkil etishi, ularda umuminsoniy, milliy qadriyatlar uyg'unligini ta'minlash va shaxs qadrini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini hisobga olib, o'zaro hamjihatlikini ta'minlaydigan tamoyillarga alohida e'tibor berish muhim ahamiyatga ega.

Jamiyat rivojining har qanday bosqichiga xos bo'lgan

ijtimoiy - siyosiy tuzilish va unga mos umumiy qadriyat

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-728-738

tizimlarining moddiy asosi iqtisodiy jarayonlar, ularda ro'y berayotgan o'zgarishlar bilan bog'liqdir. Iqtisod, mehnat va ishlab chiqarish sohasidagi o'zgarishlarni ilmiy-aksiologik jihatdan tadqiq qilish iqtisodiy islohotlarni qaysi qadriyatlarga qaratilganligi, ularni istiqboli qanday qadriyatlarni barqaror qilishi va kelajakda qay tarzdagi qadriyatlar tizimini vujudga keltirishi mumkinligini o'rganish imkonini beradi.

Iqtisodiy islohotlar va tub o'zgarishlarni amalga oshirish orqali erkin bozor munosabatlariga o'tish ob'ektiv jarayon bo'lib, u muayyan vaqt jarayonida nihoyatda xilma-xil vazifalarni hal qilishni, bunda mavjud shart-sharoitlarni hisobga olgan holda bosqichma-bosqich harakatni talab qilishidan dalolat beradi. Bu jarayonda qadriyatlar omili ta'sirini oshirish, kishilar yangi mezonlarga moslashishi, o'z ehtiyojlarini, qadriyatva intilishlarini zamon talablariga mos ravishda o'zgartirishlari uchun ham muayyan vaqt zarurligini ko'rsatdi.

Yangi qadriyatlarni shakllantirish vositasi bo'lgan bozor munosabatlari o'ziga xos xususiyatlari va jihatlariga ega bo'lib, bunda bozor sharoiti:

- mehnat taqsimoti ishlab chiqarishni tashkil qilish va iqtisodiy jarayonlarni boshqarishni zamonoviy usullarini samarali qo'llash imkonini berdi;

- ishlab chiqarishga omilkorlik, faollik, ijodiylik va ochiq raqobat paydo bo'lishiga olib keldi, tashabbuskorlikni rivojlantiradi va boqimandalik kayfiyatiga barham berdi, shaxsning iqtisodiy sohadagi imkoniyatlarni kengaytirdi;

- mulkchilikda hoqimlikni tugatdi mulkni xilma-xil shakllarni tengligini ta'minladi va mulkdorlarni haq-huquklarini himoya qilishni zamonaviy asosga ko'chirdi;

monopoliyasini yo'qotdi, ishlab chiqarishni zamonaviy jarayonlar va iste'molchilar talabiga mos ravishda tez o'zgarishi va hozirjavobligini ta'minladi;

- iqtisodiy jarayonlarga fan va texnik yutuqlarini, yangi texnologiyalarni qo'llashni tezlashtirdi, mehnat bilan mashg'ul kishilarni bu yangiliklar talabiga mos ravishda o'z iqtidor lari, ko'nikmalarni takomillashtirishga undadi;

- ishlab chiqarishda tejamkorlikka asoslangan usullarni qo'llashni zaruriyatga aylantirdi, moddiy boyliklarni tejab-tergab sarflaydigan, mulkni talon-taroj qilishga yo'l qo'ymaydigan iqtisodiy mexanizmlarni vujudga keltirdi.

Yangi O'zbekistonda haqiqiy bozor munosabatlarini shakllanishida mehnatni tashkil qilish va mulkchilikni yangi shakllari, fermerlik, tadbirkorlik, ishbilarmonlik va shu kabilar muhim ahamiyatga

mahsulotni ishlab chiqaruvchilarning narx-navo belgilashdagi

ega. Bunday korxonalar afzalligi shundaki, ular o'z faoliyatini tez

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-728-738

o'zgartira oladi, o'zgarib turadigan bozor sharoitlariga tez moslashishi imkoniga ega, mablag'lardan foydalanishni tezlashtira oladi, ishlab chiqarish talabiga moslashuvi oson. Bu boradagi jarayonlarni boshqarishda mulkchilikni hususiylashtirish, tadbirkorlik, fermerlik, ijara, bank tizimi, chet el investitsiyasi to'g'risidagi qonunlar, muhim ahamiyat kasb etdi. O'zbekiston Prezidentining farmonlari va respublika hukumati qarorlari bilan mustahkamlangan qonunlar qadriyatlarning iqtisodiyotga asoslanadigan huquqiy negizlarini belgilaydi, ishlab chiqarishdagi ko'p ukladlilik, xilma xil mulkchilik asoslarining teng huquqligini kafolatlaydi.

Respublikamiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta'kidlab o'tganlaridek, "Yangi O'zbekiston modernizasiyalashgan iqtisodga tayanadi. Bunday iqtisodiyotni shakllantirish uchun undagi davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqlarinin himoya qilish va uning rolini kuchytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag'batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish zarur." [2,144]

Har qanday iqtisodiy islohotlarning samarasi, mulk yoki tashkiliy sohalarnigina emas, balki kishilarning unga munosabati, mehnatkash inson qadr-qimmati va o'z mehnatini samaralaridan bahramand bo'lishi bilan bog'liq jihatlarni qamrab olgandagina to'la-to'kis bo'lishi mumkin. Negaki aynan mehnat - inson qadri va kamolotining mezoni, tarbiyaning umuminsoniy omillaridan biridir. Har bir kishi uchun mehnat hayotning asosini tashkil qiladi.

Iqtisodiy islohotlarni shu soha bilan bog'liq samarali tomoni shundaki, ular fermer, dehqon, tadbirkorlar ijodiy faolligini va omilkorligini oshirish, ular o'rtasida o'zaro yordamlashishi, hamkorlik va hamjihatlik tuyg'ularini uyg'otishga, xalqimizga xos azaliy qadriyatlarni mustahkamlashga yordam ham beradi. Hozirgi davrda iqtisodiy sohada dunyoga kelayotgan yangicha tafakkur markazida inson va uni ehtiyojlarini qondirish yotadi, bu o'zgarishlar kishilarning qobiliyati va iste'dodini namoyon qilish imkonini bermog'i lozim, degan tamoyilga asoslanadi.

Iqtisodiy sohadagi o'zgarishlar tufayli mehnatni tashkil qilish, haq to'lash borasida ham yangiliklar vujudga kelmoqda, tadbirkorlik, fermerlik sharoitida ishlash va faoliyat yuritish imkoniyatlari tobora kengayib bormoqda. Shu bilan birga bu sohada ham kishilarni iqtisodiy islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish, ularni amalga oshayotgan o'zgarishlarning istiqbollariga yanada ko'proq ishontirish, odamlarning ruhiyatida, qarashlarida, iqtisodiy tafakkurida tub burilish qilish eng asosiy vazifa bo'lib qolmoqda.

Darhaqiqat, jahon miqyosidagi murakkab jarayonlarni va

mamlakatimiz bosib o'tgan taraqqiyot natijalarini chuqur tahlil

April, 2023

National University of Uzbekistan

Google Scholar indexed

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-728-738

qilgan holda keyingi yillarda "inson qadri uchun" tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada oshirish iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya qilish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, inson huquqlari va manfaatlarini so'zsiz ta'minlash, hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlarning ustivor yo'nalishlari belgilab olindi. Chunonchi, "Harakatlar strategiyasidan, taraqqiyot strategiyasi tamoyili"ga asosan ishlab chiqilgan quyidagi yettita ustivor yo'nalishidan iborat 2022 - 2026 yillarga mo'ljallangan "Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasidagi", "milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o'sish suratlarini taminlashga qaratilgan uchinchi ustivor yo'nalishida o'n beshta maqsad va vazifalar belgilab olingan." [3]

Ma'naviy sohadagi islohotlar - qadriyatlar tizimini mustahkamlash omilidir. Hozirgi davrda qadriyatlar tizimining o'zgarish jarayoni, ko'p jihatdan, yuksak ma'naviyatni shakllantirish, kishilarning o'z hayoti, turmushi va faoliyatiga munosabatini tubdan o'zgartirishni, ularda yangicha tafakkur va dunyoqarashni vujudga keltirishni talab etmoqda. Gap istiqlol va islohotlar davrida insonni har tomonlama kamol toptirish, qadriyatlar omili mavqeini oshirish, shaxs ma'naviy-ahloqiy qiyofasini, unga ta'sir qiladigan tarbiyaviy mezonlarni sifat jihatidan yaxshilash haqida bormoqda.

"2022 - 2026 yillarga mo'ljallangan "Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasining, "Ma'naviy taraqqiyotni ta'minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish"", beshinchi ustivor yonalishida sakkizta maqsad belgilangan bolib, jamiyatda soglom duyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish, beyuk ajdodlarimizning boy ilmiy merosini chuqur organish va keng targib etishga qaratilgan."[3]

Sirasini aytganda, yangi qadriyatlar tizimining ma'naviy asoslari ham mustahkam bo'lishi lozim. Jamiyatni yangi sifatiy holatga o'tkazish vazifalarini amalga oshirish siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma'naviy sohalarda tub burilishlarni taqozo qiladi. Bu vazifalarni hal etish har jihatdan inson faoliyati, uning ijodiy aktivligi va tashabbuskorligi, o'z burchi, vijdoni, topshirilgan ishga ongli munosabati, sadoqati, ma'naviy yetukligiga ham bog'liq.

Har qanday jamiyat o'ziga monand ijtimoiy, siyosiy, mafkuraviy mezonlarning rang-barangligi asosida kamol topadi. Shunday sharoitda jamiyat a'zolarini ma'naviy tarbiyalash, ularning hamjihatligini ta'minlashda ma'naviyat, milliy g'oya va mafkuraning ahamiyati ortdi. Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish g'oyasi asosida, Yangi O'zbekistonning milliy mafkurasi fikrlar va g'oyalar, qarashlar, pozitsiyalar, ehtiyojlar,

April, 2023

735

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-728-738

talablar, qiziqish va intilishlarning turli tumanligi va rang-barangligiga asoslanadi. U jamiyatda istiqomat qiladigan fuqarolarning manfaatlariga, huquqlariga monand keladi, ularning turmush tarzini, hatti-harakatini belgilaydi yurtimizni umumbashariy qadriyatlar va chinakkam demokratiya asosida rivoj topishini aks ettiradigan qarashlar majmui bo'lib hisoblanadi.

Milliy mafkurasi ilmiy asoslangan, aholining turli qatlamlari, barcha millatlarni ulug' maqsadlar yo'lida birlashtiradigan, mamlakatimizdagi g'oyalar rang-barangligini ifodalaydigan, davlatimizni istiqbolga eltadigan ma'naviy omildir. U yangi qadriyatlar tizimini mustahkamlash uchun qo'llanma, istiqlol esa kelajakka tomon ilgarilanma harakat, istiqbolga tomon boradigan ijtimoiy jarayondir. Bu g'oya xalqning madaniy-ma'naviy kamoloti hamma ijtimoiy guruh, avlod, toifalarni, tabaqa va partiyalarni manfaatini ko'zda tutadi. Uning maqsadi har bir shaxsga g'oyaviy ta'sir ko'rsatish, inson qadr-qimmati, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan.

Jamiyatimizni yuksak intellektual va axloqiy qadriyatlar asosida yangilashda madaniyat yutuqlaridan foydalanish va ularni yangi dalillar bilan boyitish hozirgi kundagi muhim vazifadir. Bu o'z navbatida kishilarni ijtimoiy taraqqiyot qonunlaridan voqif etadi, shu asosda birdamlik, hamjihatlikni mustahkamlaydi, ijodiy faollikni oshiradi. Umuminsoniy madaniyatga va ma'naviyatga xos bilimlar xalqaro voqealarni tushunishga asos bo'libgina qolmasdan, kishilarda hozirgi talablarni to'g'ri tushunish va bu borada ongli, faol harakat qilish tuyg'usini ham uyg'otishga xizmat qiladi. Hozirgi sharoitda madaniy, ma'naviy, mafkuraviy va siyosiy vazifalar doirasi ancha kengaymoqda. Nazariy faoliyat, targ'ibot va tashviqotni har tomonlama kuchaytirishga alohida ahamiyat berish zaruriyatga aylanmoqda. Ma'naviy turmushni yuksaltirishga ijodiy yondoshish va pok ma'naviy muhitni vujudga keltirish borasidagi vazifalarni bajarish salmog'i yanada ortib bormoqda.

Bugungi kunda ma'naviy tarbiya va mafkuraviy ta'sir uchun eng muhimi kechayotgan jarayonlarning g'oyat murakkabligini, hal etilishi lozim vazifalarning dolzarbligini har bir kishi anglab olishiga erishishdir. Chunki bunday tub o'zgartirishlarni kishilarning ijtimoiy ongini, ruhiyatini, tafakkurini, ehtiyoj va talablarini tubdan o'zgartirmay turib amalga oshirib bo'lmaydi. Ularning madaniy va g'oyaviy kamoloti islohotlarning hozirgi davridagi o'zgarishlarning ma'naviy o'zagini tashkil etib, dunyoqarashni o'zgartirishda, ba'zida uchraydigan loqaydlik va boqimandalikni bartaraf etishda hal

qiluvchi vosita rolini o'taydi.

April, 2023

National University of Uzbekistan

Google Scholar indexed

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-728-738

Tabiiyki, bunday sharoitda ma'naviy qadriyatlarni shakllantirish omillari ham davrga muvofiqlashib boradi. Bu jarayon keng ma'noda o'quv muassasalari, ta'lim-tarbiya maskanlari, klublar, axborot-resurs markazlari, madaniyat va istirohat bog'lar faoliyatini qamrab oladi. Bunda muzey, kinoteatr, teatr va boshqa madaniy-ma'rifiy muassasalar, shuningdek, OAV (gazeta, jurnallar, Internet, radio, TV) muhim o'rin tutadi. Inson dunyoqarashini shakllantirish, ma'naviy-axloqiy tarbiya, g'oyalar targ'iboti, iqtisodiy bilimlarning ilmiy-texnikaviy targ'ibot-tashviqoti, estetik va jismoniy tarbiya, badiiy havaskorlik, madaniy dam olishni tashkil etish, yosh iste'dodlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash mazkur jarayonning turli yo'nalishlaridir. Ezgulik va mehr-oqibat, ulug'vorlik va go'zallik, vijdoniylik va mehr-shafqat, boshqalarga hurmat hamda tabiat bilan uyg'unlikni saqlash kabi ma'naviy xislatlar har bir kishiga asta-sekin, tadrijiy ravishda singdirib boriladi.

Ma'naviy kamolot va uning g'oyaviy asoslari xususida gap yuritganimizda yuksak vatanparvarlik tuyg'usi har bir madaniyatli kishi uchun zaruriy fazilat ekanligini, bu tuyg'uni shakllantirish zaruriyati doimiyligini alohida ta'kidlash lozim.

Yangi O'zbekiston sivilizatsion qadriyatlar tizimining mamlakat taraqqiyotidagi o'rni. Mamlakatimiz taqdiri har qachongidan ko'ra bugun o'zining tarixiy ma'naviy - ma'rifiy qadriyatlariga bog'liq bo'lib qoldi. Buyuk mutafakkirimiz ta'limotiga, boy milliy - umuminsoniy, ma'naviy - ma'rifiy qadriyatlarga asoslangan holda Yangi O'zbekiston dunyoviy davlati o'z kamolotining yangi bosqichiga qadam qo'ydi. Bu bosqich milliy tiklanishdan milliy yuksalish g'oyasiga asosan yuqori bosqich bo'lib, iom ma'nodagi odamni - odam, millatni - millat, yurtni - yurt qiladigan, uning buyuk kelajagini ta'min etadigan, uni yangi sivilizatsiya sari boshlaydigan milliy ongni yangicha mazmun bilan boyitib, zamonaviy jahoniy tafakkur darajasiga ko'taradigan ma'naviy tiklanish mohiyatidir.

Milliy tiklanish, ma'naviy qadriyatlar, milliy o'zlikni anglashning tiklanishi hisoblanadi. Qadriyatlar va ma'naviyat bilan jiddiy shug'ullanish, uni yuksaltirish va boyitish, milliy - ma'naviy ma'rifiy qadriyatlarni umuminsoniy qadriyatlar mezoniga aylantirish orqali komil avlodni tarbiyalash, yurtni barkamollashtirish azaliy - tarixiy kuch - qudrat va shuhratni tiklash, ravnaq toptirish, ozod va obod vatan ma'naviyatini sv'rifatini shakllantirish tabiiy bosh maqsad bo'lib qolmoqda.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Qadriyatshunoslik masalalari hozirgi davrda ham nazariy va amaliy kasb etmoqda. Mustaqillik yo'lida borayotgan Yangi O'zbekistonda yangi qadriyatlarning jamiyat hayotidagi ahamiyatini atroflicha o'rganish, hayotimizda umuminsoniy tamoyillarning ustivorligini ta'minlash nuqtai nazaridan bu masalalarning ahamiyati yanada oshib bormoqda.

April, 2023

737

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-728-738

Avvalo yurtimiz sivilizatsiyasiga xos yangi qadriyatlar rivojini, bu sivilizatsiya tarixida o'chmas nom qoldirgan olim, mutafakkir va allomalarimizning merosini o'rganish, bu boradagi xayrli ishlardan biridir. Ana shu yo'nalishdagi ishlar sivilizatsiyamizning umuminsoniy qadriyatlar taraqqiyotiga juda katta hissa qo'shganligi, boshqa sivilizatsiyalar va xalqaro madaniyatiga omilkor ta'sir o'tkazganligini, yurtimiz jahon madaniyatining o'choqlaridan biri bo'lganligini yanada zamonaviy dalillar bilan boyitadi. Shu bilan birga bu dalillar biz tavsiflayotgan qadriyatlar sohasiga oid tarixiy asoslarni zamonaviy aksiologiyaning Sharqona ildizlarini, uning hozirgi zamondagi yo'nalishlarini aniqlash imkonini beradi.

REFERENCES

1. Nazarov Q., To'xtayev H. Aksiologoya: qadriyatlar falsafasi./ Darslik. - Toshkent: Universitet, 2022. - B. 230

2. Mirziyoyev Sh. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi. To'ldirilgan ikkinchi nashri. - Toshkent: O'zbekiston, 2022.

3. https://lex.uz/uz/docs/5841063// УзР ПФ - 60 сон «2022 — 2026 йилларга мулжалланган Янги Узбекистоннинг тараккиёт стратегияси тугрисида», 28.01.2022

April, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.