Научная статья на тему 'AXBOROTLASHGAN JAMIYATDA AXLOQIY QADRIYATLARNING AXBOROT XURUJLARINI OLDINI OLIShDAGI O‘RNI'

AXBOROTLASHGAN JAMIYATDA AXLOQIY QADRIYATLARNING AXBOROT XURUJLARINI OLDINI OLIShDAGI O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
87
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
axborotlashgan jamiyat / inson / mafkuraviy immunitet / ma’naviyat / axborot xuruji / millat / davlat / oila / axloqiy qadriyatlar / информационное общество / человек / идеологический иммунитет / духовность / информационная атака / нация / государство / семья / моральные ценности

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Nasimov Azizbek Azimovich

Ushbu maqolada axborotlashgan jamiyatda insonlarga xavf solib turadigan axborot xurujlarini oldini olishga doir qarashlarning mohiyati, o‘tmishdan bizgacha yetib kelgan axloqiy qadriyatlarning ma’naviy ahamiyati falsafiy tarzda yoritilgan. Unda bugun axborot maydoni sodir bo‘layotgan xurujlarning jamiyatga salbiy ta’sirini kamaytirish, axborot xurujlariga qarshi kurashishda axloqiy qadriyatlarning roli yoritib berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF ETHICAL VALUES IN THE PREVENTION OF INFORMATION ATTACKS IN THE INFORMATION SOCIETY

В данной статье раскрываются взгляды на предотвращение информационных атак, представляющих угрозу для людей в информационном обществе. Объясняется роль моральных ценностей в борьбе с информационными атаками и снижении негативного воздействия информационных атак на общество

Текст научной работы на тему «AXBOROTLASHGAN JAMIYATDA AXLOQIY QADRIYATLARNING AXBOROT XURUJLARINI OLDINI OLIShDAGI O‘RNI»

AXBOROTLASHGAN JAMIYATDA AXLOQIY QADRIYATLARNING AXBOROT XURUJLARINI OLDINI OLIShDAGI O'RNI

A.A. Nasimov -

SamDChTI tadqiqotchisi

d https://doi.org/10.24412/2181 -7294-2023-3 -70-74

XXI asr insoniyat tarixida misli ko'rilmagan darajada yaniglanishlar davri bo'lishi bilan birga axborot maydonidagi turli xavf-xatarlarning avj olishiga olib keldi. Bu yesa, millatlar va xalqlar axloqiy qadriyatlarini mutatsiyaga uchrashiga, ba'zilarining yesa yo'qolib ketish darajasigacha borib yetdi. Shunday bir vaziyatda qadriyatlarni saqlab qolish va yosh avlodning qalbiga singdirish muhim sanaladi. "Butun dunyoda yosh avlodning ongi va qalbi uchun kurash davom yetayotgan bugungi kunda biz Markaziy Osiyoning kelajagi bo'lgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy vaumuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashimiz lozim. Shu maqsadda Markaziy Osiyo yoshlari o'rtasida doimiy muloqot maydonini tashkil yetish, qardosh xalqlarning yuksak axloqiy qadriyatlari va beqiyos ma'naviy merosini asrab-avaylash, ularni yanada boyitish va kelgusi avlodlarga bezavol yetkazishga ko'maklashadi"[1. 369]. Biz bugungi axborot xurujlari avj olayotgan davrning turli tahdidlaridan axloqiy qadriyatlarimiz orqali himoyalanishimiz, milliy o'zligimizni, milliy mentalitetimizni saqlab qolishimiz mumkin.

Jahonda axborot xurujlari kuchayib borayotgan bir davrda axloqiy qadriyatlar o'zining asl mazmun-mohiyatini saqlagan holda integratsiyalashib, barcha sohalarda globallashuv jarayonlari borayotganiligini guvohi bo'lmoqdamiz. Bunda madaniyatlarning yeklektik tarzda sintezlashuvi sodir bo'lib, hozirgi paytda o'zga urf-odatlarga yergashish, ma'naviy tamoyillarni yangilashi mumkin. Lekin axborot xurujlari masalasi jamiyatning ravnaqi bog'liqligi sababli u mamlakatda ijtimoiy ahamiyatga molik masaladir. Uning tahdidlariga qarshi kurasha oladigan kuch bizning mustahkam etiqodimiz, muqaddas dinimiz, ma'naviy boyliklarimiz, milliy g'oyamiz yekanligini unutmasligimiz darkor. Bugungi kunda tadqiqotchilar o'z talqinlarida kishilar ongiga tas'ir yetuvchi axborot xurujlari, axborot yekspansiyasi, axborot urushi, madaniy gegemonlik kabi tushunchalarni o'rganishda nafaqat xavfsizlik nuqtai nazaridan, balki axloqiy qadriyatlarga ta'sirini ham tahlil qilishini anglashimiz lozim. Jahonda kundan-kunga axborot xurujlari kengayib borayotgan bir davrda axloqiy qadriyatlar tanazzulini oldini olish, ularning barqaror yashashini ta'minlash zarur. "Bugungi kunda yon-atrofimizda yoshlarning qalbi va ongini zaharlab, ularni to'g'ri yo'ldan og'dirishga qaratilgan xavf-xatarlar tobora kuchayib bormoqda. Bunday mafkuraviy xurujlarga qarshi milliy g'oya asosida barchamiz birgalikda kurashmog'imiz, oila, maktab va mahalla hamkorligini mustahkamlashimiz zarur" [2. 367]. Shundagina axborotning yoshlar taqdiridagi ahamiyati daxldorlik jihatlari kuchli bo'ladi. Har mbir oilaning maktab va mahalla bilan hamkorligi yoshlarimizning axborot xurujlaridan himoyalanishida, ularning oldini olishga muhim bug'in bo'lib, bu jarayonda barchamiz faol bo'lmog'imiz lozim.

Jamiyatning axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirshda oila asosiy maskan bo'lib hisoblanadi. Chunki oilada bola dastlabki axborotlarni oladi va u orqali axloqiy qadriyatlarga moslashadi. Bugun tezlik bilan o'zgarib borayotgan zamon va makonda axloqiy qadriyatlarni, umummilliy an'analarni asrab qolish masalasi davlat va millat oldidagi ma'naviy burchimizdir. Keyingi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarning inson ma'naviy olamiga kirib borayotganligi natijasida deyarli barcha xalqlarning oila a'zolari axborot xurujlari asosida qo'shtirnoq ichidagi yangi axloqiy qadriyatlarga jalb yetilmoqda. Ayrim g'arazli mafkuralarning o'zga madaniyat va turmush tarzini tashviq qilayotganligi, uning salbiy ta'siri natijasida o'zligini yo'qotayotgan ba'zi bir yoshlar asta-sekinlik bilan qadriyatlardan yiroqlashib bormoqdalar. Ba'zilari o'z axloqiy qadriyatlarini boshqasiga almashtirilayotganligi achinarli holdir. Shu boisdan "oila insonning shakllanishida birinchi o'rinda turishini nazarda tutadigan bo'lsak, ijtimoiy tarmoqlardan haddan tashqari kyp foydalanish oila a'zolarining o'zaro biri-birlaridan uzoqlashish holatini keltirib chiqarmoqda. Bu yesa, avlodlar orasidagi samimiy aloqalarning uzilib qolishiga

70

olib keladi desak mubolag'a bo'lmaydi" [3. 70]. Biz bunday holatlarga tas'ir yetayotgan turli axborot xurujlarini oldini olishda barchamiz birgalikda oila a'zolari o'rtasidagi yaqinlik, qon-qardoshlik rishtalarini kuchaytirishimiz, doimiy ravishda o'zaro hurmat, dardlashish, xolidan xabar olish kabi axloqiylikni rivojlantirishimiz darkor. Bularning barchasi azaliy qadriyatlarimiz sanalib, ulardan samarali va oqilona foydalana olish jamiyat uchun ijobiy yutuqlarga xizmat qiladi.

Har bir davlat o'z islohotlarida axborot xurujlari sodir bo'lishi mumkin bo'lgan holatlarga alohida etibor qaratib, aholining mavjud tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetini shakllantirishga intiladi. Biz qanday sharoitda axborot xurujlarining qay tarzda va yo'sinda, kim yoki qaysi tarmoq orqali kirib kelishidan xabardor bo'lsak, axborot olayotgan manbamizni chuqur mulohaza qilib, o'tkir tahlil asosida xolislik bilan o'rganadigan bo'lsak, hech kim, hech qachon, har qanday sharoitda ham bizga o'z tahdidlarini o'tkaza olmaydi. Biz yoshlarimizni sotsial mediadan ajratib olish yemas, undan to'g'ri foydalanib, xolis va noxolis axborotlarni ajrata olish qobiliyatiga yega darajadagi intelektual jamiyat vakillariga aylantirishimiz kerak [1.12]. Bunday holat har bir insonni ogoh bo'lib, o'z mustaqil g'oyalari bilan yashashga chorlaydi. Aslida ham hushyor inson hamisha o'zining har bir faoliyatida boshqalarga zarar yetkazib qo'ymaslik, amalga oshirayotgan savobli ishlarida xalqning manfaati turishiga etibor qaratadi.

Har bir ota-ona farzandining qaysi davrada kimlar bilan do'st bo'lishi yoki muloqot o'rnatishi, qaysi ijtimoiy tarmoqlar orqali ko'ngilochar mazmundagi foto-video roliklar, qaysi insonlar hayoti bilan qiziqishlarini nazorat qilib borsa foydadan xoli bo'lmaydi. O'zbek xalqida sharqona qadriyatlar, sharqona tarbiya maktabi ayrim vaqtlarda farzandlarimizning huquq va imkoniyatlarini yaxshi ma'noda cheklab turishi ijobiy ahamiyatga yega sanaladi. Bugun ijtimoiy tarmoqlarda turli hil guruhlar tashkil yetib yoshlar ongiga axborot xurujlarini singdirishga intilayotganlar, yerkinlik, yaratilayotgan shart-sharoitlarni muhokama qilib o'tirganlar jamiyat uchun xavfli insonlardir. Biz bunday bekorchi va buzg'unchi g'oya targ'ibotchilarining ongini milliy g'oya va mafkuramiz asosida yengib o'tishimiz, zamonaviy axloqiy qadriyatlarimizning milliy usul va vositalaridan foydalanishimiz darkor. Shundagina yertangi hayot yo'limiz yorug', xalqimizning milliy taraqqiyot yo'li farovon bo'ladi.

Bugun "ommaviy madaniyat" niqobi ostida milliy mentalitet va axloqiy qadriyatlarimizga yot g'oyalar to'xtovsiz kirib kelayotganligi hech kimga sir yemas. Lekin biz g'arb demokartiyasi deb, sharqona go'zal axloqiy qadriyatlarimiz, sharqona milliy tarbiyamizni unutmasligimiz darkor. "Kelajagimiz, vorislarimiz taqdiriga daxldorlik, ularni baloyu ofatlardan asrash masalasi qo'yilar yekan, yeng avvalo o'zimizni tafakkur madaniyatimizni yuksaltirishimiz, shuningdek turli hil maqsadsiz g'oyalar, mantiqsiz seriallar bilan to'lib toshayotgan kunimizda oiladagi ma'rifat soatlari uslubidan foydalanish maqsadga mavofiq bo'lardi" [4. 8]. Har bir oilada farzandning yurish-turishi, ovqatlanishi, qanday uxlashi, qanday kiyim kiyinayotganligi, ijtimoiy tarmoqlarda nimani ko'rayotganligi juda muhim hisoblanadi.

Dunyoda axborot xurujlari ko'proq yoshlar va bolalarning ongini o'z domiga tortishi keyingi paytlarda bir qator ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Oilada kamol topayotgan har bir bolaga nafaqat ona-ona, balki qo'ni-qo'shni ham mas'ulligini unutmaslik kerak. Farzandlar ongiga ta'sir yetayotgan turli ijtimoiy tarmoqlar, OAV orqali axloqsizlik illatlari targ'ib yetilayotgan ba'zi bir seriallar qanchadan-qancha yoshlarni o'z domiga tortayotganligi achinarli holdir. Oilada axborot xurujlariga qarshi yoshlarda vatanparvarlik tuyg'usining shakllantirilishi orqali vatanni sevish, oilaga sadoqat, ota-onaga hurmat kabi yuksak ma'naviy fazilatlar singdirib boriladi. Farzandga tashqi axborot maydonidan ajralgan holda ta'lim-tarbiya berish, jahon xalqlari yerishgan yutuqlar va taraqqiyot mahsuli bilan tanishtirib borishda ijtimoiy tarmoqlarning roli katta. Lekin shunday bir vaziyatda turli axborot xurujlarining oldini olish, murakkab g'oyalar kurashi, mafkuralar qarama-qarshiligini mafkuraviy immunitet orqali yengib o'tishga o'rgatish lozim. Ijtimoiy tarmoqlarda xilma-xil yengiltak axborotlar xuruji avj olgan bir paytda, har bir kishi umummilliy taraqqiyotga xizmat qiladigan, milliy madaniyat rivojiga ko'mak beradigan axborotlarnigina qabul qilishi zarur bo'lib qolmoqda. Bu har bir fuqaroning yuksak ma'naviy va

ma'rifiy saviyasiga, axloqiy kamolot darajasiga, mamlakat va millat taraqqiyoti uchun javobgarlik tuyg'usining qay darajada shakllanganligiga bog'liq. Lekin internet sahifalarida aks yetayotgan pornografik ruhdagi saytlar ko'pincha barchamizni hushyorlikka chorlaydi. Chunki OAV va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan maatba mahsulotlari mutoolasida yuksak ahloqiy-yestetik jihatdan go'zal asarlar namunasiga murojaat qilishimiz shart. Aks holda axborot xurujlari har birimizni o'z domiga tortishi, jamiyatni parokandalikka olib kelib qo'yishi mumkin. Bugun bu ijtimoiy tarmoqlar jamoaviylikdan yiroqlashib g'arb individualizmini ko'proq dunyo yoshlari ongiga singdirishga intilmoqda. Yoshlarning ongini ustalik bilan yegallashga, aqldan ko'ra hissiyotni ustun qo'yishga targ'ib yetayotgan axborot xurujlarini farzandlarimiz qalbida o'zini o'zi boshqarish, o'zini o'zi asrash va yezguliklarga intilish instinktini shakllantiradigan sog'lom ma'naviy-ma'rifiy muhit tobora katta ahamiyat kasb yetmoqda.

Jamiyatda axloqiy qadriyatlarimiz asosida yoshlar o'rtasida an'anaviy hamkorlik, bir-biriga hurmat, insoniylik tuyg'ularini takomillashtirish, ajdodlarimizning boy tarixiy tajribalari va zamonaviy innovatsiyalar asosida milliylikni kuchaytirish muhim sanaladi. Bu jarayonni doimiy ravishda boyitib borish bilan birga milliy merosimizni asrab-avaylash, ma'naviy-ahloqiy muhitni sog'lomlashtirib borish bizning vazifamizdir. Jahonning turli mintaqalarida axborot xurujlari, mafkuraviy tajvuzlar, buzg'unchi yot g'oyalar avj olayotgan, "ommaviy madaniyat" tahdidi yoshlarni o'z domiga tortayotgan, terrorizm balosi o'zining nayranglari bilan insonlar hayotiga zomin bo'layotgan, aqidaparastlikni haq yo'li deb o'zligini unutayotgan ayrim kimsalardan ogoh bo'lishimiz lozim. Shuning uchun yoshlar bilan doimiy ravishda shug'ullanadigan, ularning har bir faoliyatini nazoratga oladigan mexanizmga kundan-kunga yehtiyoj oshib bormoqda. Axborot xurujlariga qarshi tura oladigan ijtimoiy-falsafiy tafakkur tezda o'zgarib, yangicha dunyoqarashni osonlikcha shakllantirmaydi. Yetarli hayotiy tajribaga yega bo'lmagan, soddadil, ishonuvchan yoshlarni axborot xurujlaridan himoya qilishda axloqiy qadriyatlarimiz o'ziga xos mezon hisoblanadi.

Bugun O'zbekistonda o'z taqdirini o'zi yaratadigan, qadr-qimmatini anglab, munosib hayot kechirish, umuminsoniyat yerishgan va amaliyotda bo'lgan imkoniyatlardan samarali foydalana oladigan fuqarolarimiz ko'plab topiladi. "Fuqarolarning ma'naviy-ma'rifiy darajasi yesa o'z navbatida jamiyatning umumiy holatini o'zgartiradi" [5. 43]. Bu yesa, jamiyatning har bir fuqarosi axborot xurujlariga qarshi tura oladigan mafkuraviy immunitetga yega bo'lishida o'ziga xos jarayon hisoblanadi. Shuning uchun jamiyatda xalqning ma'naviy olamini ajdodlarimiz qoldirgan boy axloqiy qadriyatlar bilan boyitib, borish, ularning milliy mentalitetini yanada kuchaytirish muhim falsafiy jarayon sanaladi.

Axborot xurujlari insonga ruhan ta'sir yetuvchi vositalar orqali singdirilayotganligi, turli maishiy ko'ngilochar yo'llar bilan kirib kelayotganligi hech kimga sir yemas. Jamiyatda insonning axborot istemolchisi sifatida undan samarali foydalanishi borasidagi madaniyatni, ziyraklikni oshirishimiz bugungi kunning yeng dolzarb va kechiktirib bo'lmaydigan vazifasi sifatida qabul qilishimiz kerak. Shundagina oldinga tashlanadigan har bir qadamimiz sermahmul, mazmunli, turli axborot xurujlaridan yiroq ijtimoiy muhitni yaratishga olib keladi. Jamiyatda axloqiy qadriyatlarni rivojlantirish asosida axborot xurujlaridan himoyalanishda quyidagilarga etibor berish lozim:

Birinchidan, har bir inson o'zining xavfsizligini ta'minlashga intilar yekan, u avvalo o'zi yashab turgan tabiiy tashqi muhitdan, so'ngra internet va ijtimoiy tarmoqlardan himoyalanishi zarur. Jamiyatda so'z yerkinligiga amal qilgan holda, umuminsoniy tahdidlarni qo'llab quvvatlovchi sahifalarga internetda joy bo'lmasligiga yerishish ustuvor bo'lib qolaveradi. Bunda aqliy imkoniyatlari to'la shakllanmagan yoshlarga yoshligidanoq milliylikni singdirish, yetarli hayotiy tajribaga yega bo'lmagan yoshlar qatlamining ma'naviy-ahloqiy, g'oyaviy-ma'rifiy tarbiyasi bilan har bir ota-onaning uzluksiz shug'ullanishini ta'minlash orqali axborot xurujlarining ma'lum ma'noda oldini olishga yerishamiz.

Ikkinchidan, Yangi O'zbekistondagi islohotlarning mazmunidan kelib chiqqan holda har bir fuqaro o'zining axborot xurujlariga qarshi tura oladigan bilim va ko'nikmalariga yega bo'lishi

darkor. Axborotlar maydoniga kirib kelayotgan har bir ma'lumotni analiz qilishi, uning xolis va noxolis yekanligini falsafiy tafakkur va ongida tahlil qilib, uning mazmuni kimga, nima maqsadda, qanday holatda, nima uchun targ'ib qilinayotganligi, ko'proq yerishiladigan natijalar qandayligini hisobga olishi orqali savollarga javob topa olishi kerak. Bunda farzand kamol topadigan oiladagi muhim muhim ahamiyat kasb yetadi.

Uchinchidan, ta'lim muassasalarida axborotlashgan jamiyatning ijobiy va salbiy jihatlarini keng yoritib bera olidgan ma'rifiy darslar sonini ko'paytirish lozim. Bunday alohida maxsus kurslarning o'qitilishi yesa axborot xurujlariga qarshi zarur bilim, muhim malaka, kerakli chora-tadbirlarni amlag oshirishga olib keladi. Axborot olamida foydali ma'lumotlarni izlash, ularning ijobiylarini yig'ish, turli yo'llar bilan saralash, qayta ishlash va ulardan samarali maqsadlarda foydalanish, dolzarb sanaladi.

To'rtinchidan, jamiyatning muhim bug'ini sanaladigan oila-mahalla-maktab konsepsiyasi orqali barcha joylarda izchil tarzda o'quv-trening targ'ibot ishlarini olib borish maqsadga muvofiq bo'ladi. Bunda har bir oila va mahallaga kirib borish, ulardagi ijtimoiy-ma'naviy muhitni o'rganish, har bir bola etibordan chetda qolmaslik lozim. Davlatimizning "Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to'g'risida"gi Qonundan kelib chiqqan holda yoshlar o'rtasida turli shafqatsizlik, bemani hayosizlik va zo'ravonlikni targ'ib qilishga qaratilgan g'oyalardan ogoh bo'lish, ularning oldini olish darkor.

Bugungi shiddat bilan o'zgarayotgan davrning axborot hurujlarini tahli yetish, ularning yosh avlod ongiga ta'sirini kamaytirish ishlarini jadallashtirish lozim. Chunki internet olamida mavjud bo'lgan axborot xurujlari ko'proq bolalarimizning yangilikka va g'aroyibotlarga o'chligidan foydalanib, o'z domiga tortayotganligi hech kimga sir yemas. Bu holatlar yoshlarni turli kompyuter o'yinlari tomon yetaklashi bilan birga, ularning murg'ak ongida sezdirmasdan axborot xurujlarini olib kira boshladi. O'z-o'zidan ayonki, biz bu tahdidlarga qarshi kurasha oladigan milliy ruhda tayyorlangan, xalq og'zaki ijodi obrazlari yoki yertak qahramonlari qatnashgan o'yinlarni tizimga qo'yib borishimiz, milliyligimizni targ'ib yetishimiz lozim bo'ladi.

Xulosa qilib aytganda, axborotlashgan jamiyat hamisha o'zining xavfli tomonlarini internet makoni orqali keng targ'ib qilibgina qolmasdan, yoshlarning ongini zararlashga intiladi. Bunga qarshi ilmiy tadqiqotlarni ko'paytirish, yangi innovatsion loyihalar doirasida ishlarni ko'paytirish ijobiy samara beradi. Shu boisdan, barchamiz ma'suliyat bilan avvalo mamlakat xavfsizligini, aholi tinchligini, millatlar totuvligini, jamiyat barqarorligini ta'minlashga birdek kirishishimiz, davlatning oldidagi fuqarolik majburiyatlarini bajarishimiz lozim. Axborot madaniyati bizning umuminsoniy madaniyatimizga aylanishi, axloqiy qadriyatlarimizning bir qismi bo'lishi ayniqsa, yoshlarda sog'lom falsafiy dunyoqarashni shakllantirishi muhim ahamiyat kasb yetib boraveradi.

ADABIYOTLAR:

1. Mirziyoev Sh.M. Yangi O'zbekiston strategiyasi. -Toshkent: O'zbekiston, 2021. 369-bet.

2. Mirziyoev Sh.M. Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari. 4-jild. - Toshkent: O'zbekiston, 2020. 367-bet.

3. Yuldosheva M.Q. Oilada umummilliy qadriyatlar shakllanishida axborot xurujlarining ta'siri // Siyosatshunoslik, huquq va xalqaro munosabatlar jurnali. 2022. № 4. -B. 70.

4. Jo'raev N., Muitov D., Quvondiqov I. Axborotlashgan jamiyat va yoshlar tarbiyasi. -Toshkent: Nishon noshir nashriyoti, 2014. -b. 12.

5. Yoqubov U. Marifat va jaholat chorrahasi. "Ma'naviy hayot" jurnali. 1/2017. -B. 8.

6. Yuldasheva M.Q. Axborotlashgan jamiyatda ma'naviy xavfsizlik masalalari. -Toshkent: Ma'naviyat, 2018. -B. 43.

7. Муминов, А. (2023). Некоторые аспекты перехода к информационному обществу. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари / Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук / Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 3(S/1), 55-59. https://doi.org/10.47390/B1342V3SI1Y2023N07

REZYUME:

Ushbu maqolada axborotlashgan jamiyatda insonlarga xavf solib turadigan axborot xurujlarini oldini olishga doir qarashlarning mohiyati, o'tmishdan bizgacha yetib kelgan axloqiy qadriyatlarning ma'naviy ahamiyati falsafiy tarzda yoritilgan. Unda bugun axborot maydoni sodir bo'layotgan xurujlarning jamiyatga salbiy ta'sirini kamaytirish, axborot xurujlariga qarshi kurashishda axloqiy qadriyatlarning roli yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: axborotlashgan jamiyat, inson, mafkuraviy immunitet, ma'naviyat, axborot xuruji, millat, davlat, oila, axloqiy qadriyatlar.

РЕЗЮМЕ:

В данной статье раскрываются взгляды на предотвращение информационных атак, представляющих угрозу для людей в информационном обществе. Объясняется роль моральных ценностей в борьбе с информационными атаками и снижении негативного воздействия информационных атак на общество.

Ключевые слова: информационное общество, человек, идеологический иммунитет, духовность, информационная атака, нация, государство, семья, моральные ценности

RESUME:

In this article, the nature of views on preventing information attacks that pose a threat to people in the information society, the moral value of moral values that have reached us from the past are philosophically explained. It explains the role of moral values in combating information attacks and reducing the negative impact of information attacks on society.

Key words: information society, human, ideological immunity, spirituality, information attack, nation, state, family, moral values.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.