Научная статья на тему 'KIBERMAKОNDAGI AXBОRОT XURUJLARIGA QARSHI KURASHISHDA YOSHLARNING O’RNI'

KIBERMAKОNDAGI AXBОRОT XURUJLARIGA QARSHI KURASHISHDA YOSHLARNING O’RNI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
33
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kibermakon / ijtimoiy tarmoq / ekstremizm / axbоrоtning himоyasi / ommaviy madaniyat. / Cyberspace / social network / extremism / information protection / public culture.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Odinayeva, Gulshoda Shavkatovna

Ushbu maqolada bugungi Kibermakоndagi axbоrоt hurujlariga qarshi kurashishda yoshlarning o’rni qanchalar muhim ekanligi haqida batafsil to’xtab o’tilgan. Shuningdek bugungi axborot asrida yoshlarning nimalarga jiddiy e’tibor qaratishlari, mafkuraviy imunitet shakillantirish masalalari tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF YOUTH IN THE FIGHT AGAINST INFORMATION ATTACKS IN CYBER SPACE

This article examines in detail how important the role of youth is in combating information attacks in modern cyberspace. Also in today’s information age, which young people pay serious attention to, issues of the formation of ideological immunity are analyzed.

Текст научной работы на тему «KIBERMAKОNDAGI AXBОRОT XURUJLARIGA QARSHI KURASHISHDA YOSHLARNING O’RNI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

KIBERMAKONDAGI AXBOROT XURUJLARIGA QARSHI KURASHISHDA YOSHLARNING O'RNI

Odinayeva Gulshoda Shavkatovna

Termiz muhandislik- texnologiya instituti Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi o'qituvchisi

Ushbu maqolada bugungi Kibermakоndagi axbоrоt hurujlariga qarshi kurashishda yoshlarning o'rni qanchalar muhim ekanligi haqida batafsil to'xtab o 'tilgan. Shuningdek bugungi axborot asrida yoshlarning nimalarga jiddiy e'tibor qaratishlari, mafkuraviy imunitet shakillantirish masalalari tahlil qilingan.

Kalit so'z: Kibermakon, ijtimoiy tarmoq, ekstremizm, axbоrоtning hmоyasi, ommaviy madaniyat.

В данной статье подробно рассматривается, насколько важна роль молодежи в борьбе с информационными атаками в современном киберпространстве. Также в сегодняшний информационный век, на что молодежь обращает серьезное внимание, анализируются вопросы формирования идеологического иммунитета.

Ключевые слова: Киберпространство, социальная сеть, экстремизм, защита информации, общественная культура.

Takidlash joizki, bugungi kunda global o'zgarishlar ta'sir qilmagan biror bir sohani topish mushkul. Shubhasiz, bu jarayonning insonlar orasidagi muloqotning kuchayib ketishiga, qo'shayotgan hissasi haqida yetarli darajada dalillar bor. Ayni paytda bugungi dunyoni ommaviy axborot vositalarisiz, ya'ni ijtimoiy tarmog'larisiz tasavvur etish qiyin, zero hayotimizning bir qismiga aylanib ulgurdi desak, adashmagan bo'lamiz. O'tgan asrlarda internet, OAV haqida, virtual muloqot haqida tasavvurga ega bo'lmagan odamlar bugun muloqotning eng oson yo'liga o'tishdi. Bu muloqotning afzalligi shundan iboratki, u hech qanday masofa bilmaydi. Shu bois, onlayn muloqotni joy, muhit va boshqa sub'ektiv jihatlarsiz tasavvur etib bo'lmaydi. Uning muhim jihati, onlayn muloqotda nafaqat suhbatlashish, balki, har qanday savolga javob topish, turli ma'lumotlar almashish, nimadir sotish va sotib olish, turli xorijiy tillarni o'rganish, qiziqarli filmlarni tomosha qilish, hattoki pul ishlash uchun ham imkoniyatlar mavjud. Lekin tanganing ikki tarafi mavjud. Quyidagi maqolada

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

internet paltformalari va ijtimoiy tarmoqlaming keltirishi mumkin bo'lgan xavf-xatari to'g'risida so'z yuritamiz.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Kibermakon-kompyuter tarmoqlari orqali amalga oshiriladigan muloqot maydoniga nisbatan ishlatiladigan tushunchadir. Ijtimoiy tarmoq esa bu qiziqishlari o'xshash yoki oflayn aloqaga ega bo'lgan odamlar o'rtasida muloqot qilish, tanishish, ijtimoiy munosabatlar yaratish uchun, shuningdek, ko'ngilochar (musiqa va filmlar) va ish maqsadlarida ishlatiladigan onlayn platforma.

Aytish mumkinki, bugungi kunda mashhur bo'lgan ijtimoiy tarmoqlarda o'z sahifasiga ega bo'lmagan insonni topib bo'lmaydi, bu holatni yuqori darajasini ayniqsa yoshlar orasida ko'rish mumkin. Bugungi axborotlashgan jamiyat yoshlari, jumladan mamlakatimizda o'sib kelayotgan yosh avlod asosiy vaqtining taxminan 50% foizini virtual muloqotga ajratmoqda. Chunki, bugungi yoshlar o'z hayotini, ijtimoiy tarmoqlarsiz tasavvur eta olmaydilar.

Bugungi kunda dunyoda internet foydalanuvchilari 2,8 milliarddan ko'p bo'lib, jumladan Xitoyda 500 million, Rossiyada 50 million, O'zbekistonda 10,5 milliondan ortiq foydalanuvchilar ro'yxatda bor va ijobiy yoki salbiy mazmundagi axborotlarni global tarmoqqa chiqishi uchun bir soniya yetarli. Jumladan, ijtimoiy tarmoqlardagi mafkuraviy tahdidlarga e'tibor qaratganda quyidagi axborotga duch kelamiz: «Mutaxassislarning qayd etishicha, «IShID», «Al-qoida» kabi terrorchi tashkilotlar o'z targ'ibotining 99 foizini internet orqali amalga oshiradi. Terrorchilar o'zlariga tegishli veb-sahifa va ijtimoiy tarmoqlarda «shahidlik», «jihod», «hijrat», «takfir», «xalifalik» kabi tushunchalarni buzib talqin qilish natijasida juda ko'p yoshlar to'g'ri yo'ldan adashib ketayotganini aytish muhim. Bugungi kunda terrorchi g'oyalarni targ'ib qiladigan 1100 dan ortiq internet saytlari aniqlangan»1. Bu esa bizni oldimizga yoshlarimizni ongini ana o'shanday kuchlar egallab olmasdan ilgari band qilish majburiyatini yuklaydi.

Ekstremizm( lotincha— o'ta, keskin degan ma'nolarni anglatadi) — siyosatda va mafkurada ashaddiy, favqulodda harakat va qarashlarga asoslanib faoliyat yuritish. Ekstremizmning siyosiy va diniy ko'rinishlari yaqqol ajralib turadi, ular zo'rlik yoki zo'rlik ishlatishga davat qilish. Ekstremistik kuchlar o'z maqsadlarini amalga oshirish uchun OAVdan keng foydalanish, puxta ishlangan strategiya asosida virtual jamoalar tuzishga internet tizimini ijtimoiy tarmog'i orqali turli tillarda targ'ibot olib borishga harakat qilmoqdalar. Deylik, yirik terroristiki tashkilotlar o'z jamoalariga faol tarzda

1 Tulepov A. Internet tahdidlardan himoya. T.:»Movarounnahr» 2015. B-15

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

ijtimoiy tarmoqlar orqali, asosan, 17- 35 yosh oralig'ida bo'lgan kishilarni qo'shib olmoqda. Bunda psixologik ta'sir samaradorligini yanada oshirish maqsadida ijtimoiy tarmoq a'zolarining sahifalari, sharh va izohlar hamda olib borilayotgan suhbat qo'yilayotgan rasmlar, suhbat va mavzularni puxta o'rganadi va shu asosida "nishon"ga olingan shaxsga mavzuga oid materiallar internetning "Facebook", "Vkontakte", "Telegram", "Odnoklassniki", "Vkontakte", "Viber", "Instagram", "WhatsApp" va "Twitter" kabi keng auditoriyaga ega bo'lgan ijtimoiy tarmoqlar orqali jo'natiladi va o'zaro aloqa yo'lga qo'yiladi.

Bunday holatlarning tobora ommalashuvi ayniqsa, fuqarolarni xususan yoshlarni ongida turli ko'rinishdagi buzg'unchi «fatvo»larning berib borilishi muammoning naqadar jiddiy ekanini ko'rsatadi. Chunki yoshlar katta kuch hisoblanib, ularni endi ongiga nimani singdirilsa, o'sha xotiraga muhrlanadi. Radikal oqimlar, shuning uchun ham aynan yoshlarni, o'z tuzog'iga ilintirishga harakat qiladilar. Zero yoshlardagi qiziqqonlik, ishonuvchanlik, kuch- g'ayrat ularning maqsadini amalga oshirish uchun ahamiyatga ega.

Axborot xavfsizligi- axborotni ruxsatsiz kirish, foydalanish, oshkor qilish, buzish, o'zgartirish, tadqiq qilish, yozib olish yoki yo'q qilishning oldini olish amaliyotidir. Ushbu universal kontseptsiya ma'lumotlar qanday shaklda bo'lishidan qat'iy nazar (masalan, elektron yoki, jismoniy) amal qiladi. Axborot xavfsizligini ta'minlashning asosiy maqsadi ma'lumotlarning konfidensialligi, yaxlitligi va mavjudligini muvozanatli, qo'llashning maqsadga muvofiqligini hisobga olgan holda va tashkilot faoliyatiga hech qanday zarar yetkazmasdan himoya qilishdir. Ma'naviy tahdidlar- hayotning hali oq-u qorasini yaxshi bilmagan, hayotiy tajribasi kam bo'lgan yoshlar va kelajak avlodlarimiz uchun internet tizimidagi manbasiga aylandi. Axborot xuruji, ijtimoiy tarmoqlar yoshlarimizning kelgusi kamolotiga zarar yetkazuvchi ko'pgina ma'naviy tahdidlarni vujudga keltirdi. Ulardan:

• Noqonuniy oqimlar sonining ko'payib borishi, muqaddas dinimizni niqob qilib, o'zlarining g'arazli maqsadlariga erishish yo'lida internet tizimining ijtimoiy tarmog'idan foydalanayotgani natijasida yoshlarimiz bilib- bilmay ularga qo'shilib bormoqda.

• Yoshlarimiz nazarida oilaning muqaddas dargoh ekanligi, turli tanishuv sahifalari va ijtimoiy tarmoqlarda o'zbek xalqining madaniyati, ma'naviyati va ma'rifatiga tahdid soladigan behayo va pornografik mazmundagi materiallarning ko'payishi natijasida unutilmoqda.

"Ommaviy madaniyat" targ'ibotchilari internet tizimining ijtimoiy tarmog'i imkoniyatlaridan foydalanib, o'zlarining g'ayriinsoniy maqsadlariga erishmoqda2.

2 O.Musurmonqulov, O.Musurmonqulova «Axborot asrida yoshlar dunyoqarashi: nazariya va amaliyot mavzuidagi»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

Yoshlar tomonidan qabul qilinayotgan, ijtimoiy tarmoqda tarqatilayotgan, yot g'oyalar va axborotlar, dunyodagi barcha mamlakatlarni ham tashvishga solmoqda. Ma'naviyatimizga tajovuz qilishga urinayotgan g'arazli kuchlarga, yoshlar ongi, qalbi va ichki dunyosini egallashga qaratilgan har qanday xatti-harakatlardan hamisha ogoh turishimiz kerak. Shunda bizni hech kim va hech narsa o'z tanlagan yo'limizdan ortga qaytara olmaydi hamda biz ko'zlagan ulug'vor maqsadimizga yetamiz albatta.

Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og'ishmasdan, qat'iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatning ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko'taramiz. Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma'naviy salohiyatga ega bo'lib, dunyo miqyosida o'z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo'sh kelmaydigan insonlar bo'lib kamol topishi, baxtli bo'lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz zarur bo'lsa, biz mamlakatimiz suvereniteti va mustaqilligiga, xalqimizning tinch va osuda hayotiga tahdid soladigan har qanday urinishlarga qarshi keskin zarba berishga qodirmiz»3. Ushbu so'zi bilan prezidentimiz Sh. Mirziyoyev yoshlarimizga e'tiborini yaqqol ko'rsatib berdi.

Buning uchun esa jamiyat hayotining modernizatsiyalashish sharoitida jamiyatda ma'naviy sohada quyidagi vazifalarni bajarishimiz lozim:

1.Yoshlarimizni ma'naviy yangilanish va islohotlar jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirish:

2.Turli qarash va fikrga ega bo'lgan yoshlarning o'ziga xos orzu-intilishlarini uyg'unlashtiruvchi g'oyalar Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, komil inson, yagona Vatan tuyg'usi, adolat - qonun ustuvorligida, xalq roziligi, jaholatga qarshi ma'rifat, innovatsion taraqqiyotni ta'minlash barcha yurtdoshlarimiz uchun muqaddas maqsadga aylanishiga erishish, milliy hamjihatlikni yanada mustahkamlash:

3.0ta-bobolarimiz dinining gumanistik mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish borasidagi ishlarni davom ettirish.

Buning uchun, avvalo:

4.0mmaviy axborot vositalarida milliy ma'naviyatimiz aks etgan ko'rsatuvlar, seriallar, kino va badiiy fílmlar namoyishini omma e'tiboriga taqdim qilish:

5.Internet tizimidan foydalangan holda milliy saytlar ko'paytirish hamda yoshlarbop ruknlarni ochish va ular orqali milliy g'oyalarni singdirib borishni ta'minlash:

Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to'plami T:. O'zDJTU 2013 yil, B-ll-12.

3 Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. -T., O'zbekiston: NMIU, 2016. B-ll.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

6.Jamiyatda ma'naviyatni takomillashtirish mavzuida ilmiy loyihalar joriy etish hamda qonun ustuvorligini ta'minlash zarurdir4.

Bugungi kunda eng muhim vazifa - dunyoda g'oyaviy va informatsion xurujlar, turli mafkuraviy tahdidlar avj olayotgan paytda yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ularning tafakkurida sog'lom dunyoqarash asoslarini shakllantirish hisoblanadi fikrimizcha. Ta'kidlash joizki, bunday tahlikali va murakkab davrda ma'naviy -ma'rifiy ishlarni zamon talablari asosida tashkil qilish, quyidagilarga bog'liq hisoblanadi: dunyoda yuz berayotgan voqealarga daxldorlik hissini oshirish, yoshlarni turli xil mafkuraviy xurujlardan himoya qilib, diniy ekstremizm va terrorizm yoshlarimizning hayotga ongli munosabatini shakllantirish, g'animlarning g'arazli urinishlari nimaga qaratilganligini har tomonlama anglash hamda jamoatchilikka yetkazish, vatanimiz mustaqilligi, tinch va osoyishta hayotiga xavf tug'dirishi mumkin bo'lgan tajovuzlarga qarshi kurashish, yoshlarga yurtimizda amalga oshirilayotgan ma'naviy targ'ibot va mafkuraviy jarayonlarni hamda ijobiy natijalarini tushuntirish, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning «Ma'naviyat va ma'rifat ishini vatanparvarlik ishi, vijdon ishi» ekanligi to'g'risidagi qarashlarining har bir fuqaroga mazmun-mohiyatini, xususan, yoshlar ongi, qalbi va ichki dunyosiga singdirish zarurligi hususida so'z yuritganlar.

Dunyo aholisining 90 % dan ortig'ida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish imkoniga ega. Foydalanayotganlar soni esa hayratlanarli. «Facebook» ijtimoiy tarmog'idan o'zidan 1,5 milliarddan ortiq kishi foydalanadi. Rus olimi I.N.Panarinning ta'kidlashicha, har kuni 936 milliondan ortiq foydalanuvchi «Facebook» ijtimoiy tarmog'idan foydalanadi. Ma'lumotlartga ko'ra, internetdan foydalanuvchilar sonining 51 % foizi bir oyda bir marta tarmoqqa kiradi, bir kun davomida facebookda foydalanuvchining bo'lish vaqti 21 daqiqa ekan. Kanadada facebookdan eng faol foydalanuvchilar yashaydi. 253 million kishidan ortiqrog'i Osiyolik foydalanuvchilardir. Facebookka kirish ma'lumotlarga ko'ra, Xitoyda ta'qiqlanmaganda, foydalanuvchular soni bundan ham ko'p bo'lishi mumkin edi. Mashhurligi bo'yicha ikkinchi o'rinda «Google»ga tegishli video-xosting xizmati turadi. Bir oyda saytdan 1,3 milliarddan ortiq kishi foydalanadi. Bir oyda internet foydalanuvchilari saytda joylashtirilgan videolarni ko'rish uchun 6 milliard soatdan ko'proq vaqtni sarflashar ekan. Hisob-kitoblarga ko'ra mutaxassislar insonlarning ijtimoiy tarmoqda sarflaydigan minimal vaqti 3 soatni tashkil etar ekan. Bir qarashda kishini xavotirga soladigan hech narsa yo'qdek.

4 Berdaliyev N.Sh. «Globallashuv sharoitida axborot tahdidlariga qarshi kurashishning zamonaviy texnologiyalarini yaratish muammolari» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya materiallari T:. «Fan va texnologiya» 2020 yil, B-130.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

Uch soat mobaynida inson turli hududlarda yashaydigan yaqinlari, tanishlari, qarindoshlari bilan muloqot qilmoqda, bunda nima sun'iylik bor deb o'ylash mumkin. Ushbu muloqot jarayonlarining ijobiy tomonlarini inkor etib bo'lmaydi, albatta. Ammo, ijtimoiy tarmoqlarda faqat ezgu niyatni ko'zlagan insonlar o'tirmasligini o'nlab misollar bilan asoslash mumkin. Yoshlar bunday holatga ko'proq yolg'iz qolish istagi kuchayganida namoyon bo'ladi. «Ko'k kit» o'yini ham tarmoqlarda mashhur bo'lib, u ham yolg'izlikni, jamoaviy munosabatlardan qochishni targ'ib qilib, oxir-oqibat yoshlarni o'z joniga qasd qilishga yetaklovchi jihatlarni oshkor qiladi. 2015 yildan boshlab bu haqidagi dastlabki shov-shuvlar boshlangan. «Ko'k kit», «Tinch uy», «f58», «f57» kabi «o'lim guruhlari» haqida turli fakt va ma'lumotlar internetda bor: «Ko'k kit»ni 18 yoshga to'lmagan, mustaqil fikri, qiziqqan mashg'uloti yo'q o'smirlar «Ko'k kit»ga qiziqish bildirgan. Boshida qiziq va oson, topshiriqlar berib o'smirning ichiga kirib oladi. Keyinchalik ko'k kitning suratini tanasiga tig' bilan chizdirib, bitta kuyni 3 kun tinimsiz tinglab, topshiriqlarni bajargan o'smirlarni maqtab, tabriklaydi.Va nihoyat 50 kunda so'nggi - 50 topshiriq (suiqasd)ni bajartirib,uni videoga olishni o'rgatuvchi o'lim o'yini, deyiladi5.

Birinchidan, bu tahdid 18 ga to'lmagan yoshlarni, o'smirlarni o'z nishoniga olgan bo'lib, yoshlarni biz bu kabi tahdidlardan xabardor qilishimiz kerak:

Ikkinchidan, esa yoshlarning qiziqishlarini bo'sh vaqtini va ixtiyorini egallashga yo'naltirilgan. Shuning uchun, yosh-avlodni bo'sh vaqtini samarali o'tkazishlariga zamin yaratishimiz lozim. O'smirlar o'z bo'sh vaqtiini til o'rganishga, sport yoki boshqa yoqtirgan mashg'ulotlari bilan birga, targ'ibot guruhlarini shakllantirish masalasiga e'tibor qaratish kerak. Shundagina o'smir-yoshlariga hech qanday tashqi kuchlarning ta'siri bo'lmaydi deb o'ylayman.

Uchinchidan, ularni o'z qo'l-oyoqlaridan foydalanib, g'oyaviy qul qilib, qurbon qilmoqchi. Shuning uchun, yoshlarning mafkuraviy immunitetni mustahkamlash uchun targ'ibot ishlarini o'tkazib borishimiz kerak:

To'rtinchidan, bular taraqqiyot strategiyasiga, ota-onalar, ustozlar, yoshlarga oid davlat siyosatiga, yoshlar maqsadlariga qarama-qarshi hisoblanadi. Shu sababdan bu tarbiya subektlarini bir nuqtaga jamlash shuningdek, mahallalarda, umumiy o'rta ta'lim maktablarida ma'naviy tanlovlar, tadbirlar treninglar, hamda targ'ibot ishlarini ta'sirchanligini ta'minlash uchun, zamonaviy informatsion va kompyuter texnologiyalarini samarali joriy qilishga qaratilgan samarali usullarni ishlab chiqish zarur hisoblanadi:

5 T.X. Tashmetov «Globallashuv sharoitida milliy g'oyani yoshlar ongiga singdirishning zamonaviy usullar» nomli Monografiya. T.:»Nishon nashir» 2020. B-88

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

Beshinchidan, yoshlarni bunday turli xil zararli g'oyalar ta'siriga tushib qolmasliklari uchun, har tomonlama mafkuraviy qurollantirishga davrning o'zi talab etmoqda. Zero, buyuk ajdodlarimizni « Alisher Navoiy , Ibn Sino, Al Beruniy, Imom Buxoriy, Burhoniddin Marg'inoniy, Imom Termiziy, Abu Mansur Moturudiy shu kabi boshqa allomalarimizning asarlari milliy tarbiyaning bosh g'oyasi bo'lib qolishi va ular yozgan asarlarida keltirilgan ibratli fikrlaridan bahramand bo'lishimiz kerak.

Ta'kidlashimiz joizki, bugungi kunda yoshlarni ma'naviy salohiyatini yuksaltirish va oshirish uchun, internet tizimidagj ijtimoiy tarmoqlarni salbiy ta'sirining oldini olish uchun, zamonaviy axborot texnologiyalari orqali maxsus internet dasturlarini ko'proq tuzib, yoshlar uchun ko'zda tutilgan, turli mavzular yuzasidan sohaviy tizimli va maqsadli loyiha dasturlarni tuzish va bularni doimiy a yangilab turish maqsadli, deb o'ylayman.

Yoshlarning ongiga: zamonaviy axborot texnologiyalar asosida milliy mafkura, milliy g'oya, milliy g'urur kabi oliy insoniy tushunchalarni targ'ib qilish jarayonida ularni ongi, qalbi va ichki dunyosiga singdirish bugungi kunning muhim talabidir. Yoshlarda vayronkor g'oya va mafkuralarning har qanday ko'rinishlariga qarshi kurashish orqali, mafkuraviy immunitetni innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda singdirish maqsadga muvofiqdir.

Tarixdan ma'lumki, ilgarigi xavf faqatgina maxfiy xabarlar va hujjatlarni o'g'irlash yoki nusxa olishdan iborat bo'lsa, hozirgi paytdagi xavf esa kompyuter ma'lumotlari to'plami, elektron ma'lumotlar, elektron massivlardan ularning egasidan ruxsat so'ramasdan foydalanishdir. "Bulardan tashqari, bu harakatlardan moddiy foyda olishga intilish ham rivojlandi".6

"Axborotning himoyasi" deb boshqarish va ishlab chiqarish faoliyatining axborot xavfsizligini ta'minlovchi va tashkilot axborot zaxiralarining yaxlitliligi, ishonchliligi, foydalanish osonligi va maxfiyligini ta'minlovchi qatiy reglamentlangan dinamik texnologik jarayonga aytiladi"7

Axborotning buzilishi yoki yo'qotilishi xavfiga olib keluvchi himoyalanuvchi obyektga qarshi qilingan harakatlarga- axborot xavfsizligiga tahdid deyiladi. Bugungi kunda keng tarqalgan tahdidlardan: zamonaviy korporativ tarmoqlar va tizimlar duchor bo'ladigan tahdidlarni tahlil qilamiz. Bunday tarmoqlarga bo'lish tabiiyk, sababi bir tahdid uchun ichki va tashqi manbalarga qarshi harakat turlari turlicha hisoblanadi.

6 Ibrohimov Azimjon Abdumo'min o'g'li (2021). Korporatsiyani boshqarishda fidutsiar majburiyatlar va ularni O'zbekistonda qo'llash imkoniyatlari. Oriental renaissance: innovative, educational, natural and social sciences, 1 (10), 841-853. doi: 10.24412/2181-1784-2021-10-841-

7 Usmonova Muniskhon (2020). The role of forensic psychiatric examination in invalidatingan agreement entered into by a citizen

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

"Umumjahon axborot globallashuvi jarayonlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini nafaqat mamlakatlar iqtisodiyoti va boshqa sohalariga joriy etish, balki axborot tizimlari xavfsizligini ta'minlashni ham taqozo etayapti. O'zbekiston axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xalqaro xavfsizlik tizimiga Markaziy Osiyoda birinchilardan bo'lib qo'shildi".8

Xulosa qilib aytishim mumkinki , bugungi globallashuv sharoitida har bir axborot iste'molchisi, axborotdan foydalanish madaniyatiga ega bo'lishi shart. Kibermakondagi axborot hurujlariga qarshi kurashishda yoshlarning o'rni beqiyos. Chunki bugungi kun ijtimoiy tarmoqdan foydalanuvchilarning eng katta qismi aynan yoshlar ekanligi haqida yuqorida aytib o'tdik. Agarda ular kompyuter tarmoqlaridan g'oyaviy bo'shliqqa yo'l qo'ymasdan, o'zlarini vaqtini ijtimoiy tarmoqlardan bilim olishga, tajriba almashishga va yutuqlardan to'g'ri foydalanishga ajratsalar albatta maqsadga muvofiq bo'ladi.

Biz milliy g'oya va ma'naviyat fanlarini manba sifatida singdirishda samarali bo'lgan bir nechta innovatsion texnologiyalarni asos qilib oldik. Bunda egallangan bilim, tajriba, shuningdek, ajdodlarimiz meros qilib qoldirgan ulkan ma'naviy merosni tadqiq qilish kerak bo'ladi. Zero, yosh-avlod milliy o'zligi bilan birga, zamon bilan hamnafas, dunyoni chuqur anglaydigan insonlar, bo'lib ulg'aysin. Biz uchun odob-axloq tushunchalarini rad etadigan yot va zararli g'oyalarni turli xil «da'vati» ham, umuman begona g'oyalar ham o'z ta'sirini o'tkazmaydi. Internet tizimining ijtimoiy tarmoqlarisiz zamonaviy dunyoni tasavvur qilib bo'lmaydi. Ammo uning zararli oqibatlarini minimallashtirish va foydali tomonlarini targ'ib qilish bugungi kun talabidir. Shu sababli jamiyatimiz vakillari oldida turgan asosiy vazifalar, o'sib kelayotgan yosh avlod ongi va tafakkurida zararli g'oyalarning mavjud bo'lmasligini ta'minlash, ularda internet tizimining ijtimoiy tarmoqlardan to'g'ri va maqsadli foydalanish ko'nikmalarini shakllantirishdan iboratdir.

REFERENCES

1. O. Musurmonqulov, O.Musurmonqulova «Axborot asrida yoshlar dunyoqarashi: nazariya va amaliyot mavzuidagi» respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to'plami T:. O'zDJTU 2013 yil, B-11-12.

2. Berdaliyev, N. Sh. «Globallashuv sharoitida axborot tahdidlariga qarshi kurashishning zamonaviy texnologiyalarini yaratish muammolari» mavzusidagi

8 Asadov, Sh. F (2021). Fuqarolik-huquqiy munosabatlarda davlat ishtiroki (davlat-xususiy sheriklik misolida). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1 (11), 789-799. doi: 10.24412/2181-1784-2021-11789-799

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya materiallari T:. «Fan va texnologiya» 2020 yil,

3. Rajabov H.I «Globallashuv sharoitida axborot tahdidlariga qarshi kurashishning zamonaviy texnologiyalarini yaratish muammolari» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya materiallari T:. «Fan va texnologiya» 2020 yil,

4. Tashmetov T. X. «Globallashuv sharoitida milliy g'oyani yoshlar ongiga singdirishning zamonaviy usullar» nomli Monografiya. T.:»Nishon nashir» 2020.

5. Shakambarov, A. A. (2023). MA'NAVIY MARGINALLASHUVDAN HIMOYALANISH-MILLIY MADANIY MEROSMIZNI ASRAB-AVAYLASH YO'LIDIR. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(9), 308-311.

6. Shakambarov, A. A. (2023). MA'NAVIY MARGINALLASHUV YOSHLAR MA'NAVIYATI SHAKLLANISHIGA XAVF SOLUVCHI TAHDID SIFATIDA. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(6), 418-422.

7. Normatova, F. A. (2023). TARIX FANINI O 'QITISHDA SAMARALI INTERAKTIV METODLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(6), 15-18.

8. Шакамбаров, А. А. (2023). ИСТОРИЧЕСКИЕ КОРНИ И ЗНАЧЕНИЕ ДУХОВНОЙ МАРГИНАЛИЗАЦИИ. International scientific journal of Biruni, 2(2), 133-137.

9. Отамуродова, Д. А. (2023). АГРАР СОДА ЩТИСОДИЁТИГА БИОХИЛМА-ХИЛЛИК ВА ЭКОЛОГИК ОМИЛЛАРНИНГ ТАЪСИРИ. International scientific journal of Biruni, 2(2), 151-159.

B-130.

B-207.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.