Научная статья на тему 'MA’NAVIY MARGINALLASHUV YOSHLAR MA’NAVIYATI SHAKLLANISHIGA XAVF SOLUVCHI TAHDID SIFATIDA'

MA’NAVIY MARGINALLASHUV YOSHLAR MA’NAVIYATI SHAKLLANISHIGA XAVF SOLUVCHI TAHDID SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
83
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ma’naviy tahdid / ma’naviy marginallashuv / globallashuv / mafkuraviy ta’sir / yoshlar onggi / «ommaviy madaniyat» / vesternizatsiya / kosmopolitizm / ijtimoiy tarmoqlar / media. / moral threat / moral marginalization / globalization / ideological influence / youth consciousness / "mass culture" / westernization / cosmopolitanism / social networks / media.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Shakambarov, Abdurashid Abdujabbarovich

Maqolada insonlar onggi va dunyoqarashini egallash uchun kurash ketayotgan bir paytda – globallashuv sharoitida yoshlar ma’naviyatini izdan chiqishiga olib keluvchi va media vositalari yordamida ta’sir o’tkazuvchi ma’naviy marginallashuv mohiyati haqida so’z yuritilgan. Yoshlar onggini himoyalovchi mexanizmning zarurligi, ma’naviy barkamol insonni, sog’lom avlodni tarbiyalashning ahamiyati yoritilgan. Turli-tuman g’oyaviy, mafkuraviy va axborot xurujlarining avj olishini e’tibordan chetda qoldirmaslikning ahamiyati haqida so’z borgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SPIRITUAL MARGINALIZATION AS A THREAT TO THE FORMATION OF YOUTH'S SPIRITUALITY

The article talks about the nature of spiritual marginalization, which leads to the derailment of the spirituality of young people in the conditions of globalization, while people are struggling to gain consciousness and worldview. The need for a mechanism to protect the minds of young people, the importance of raising a spiritually mature person and a healthy generation is highlighted. The article talks about the importance of not ignoring the rise of various ideological, ideological and informational attacks.

Текст научной работы на тему «MA’NAVIY MARGINALLASHUV YOSHLAR MA’NAVIYATI SHAKLLANISHIGA XAVF SOLUVCHI TAHDID SIFATIDA»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

MA'NAVIY MARGINALLASHUV YOSHLAR MA'NAVIYATI SHAKLLANISHIGA XAVF SOLUVCHI TAHDID SIFATIDA

Shakambarov Abdurashid Abdujabbarovich

TerDU tayanch doktoranti a.shoqambarov@mail .ru

ANNOTATSIYA

Maqolada insonlar onggi va dunyoqarashini egallash uchun kurash ketayotgan bir paytda - globallashuv sharoitida yoshlar ma'naviyatini izdan chiqishiga olib keluvchi va media vositalari yordamida ta 'sir o 'tkazuvchi ma 'naviy marginallashuv mohiyati haqida so'z yuritilgan. Yoshlar onggini himoyalovchi mexanizmning zarurligi, ma'naviy barkamol insonni, sog'lom avlodni tarbiyalashning ahamiyati yoritilgan. Turli-tuman g'oyaviy, mafkuraviy va axborot xurujlarining avj olishini e'tibordan chetda qoldirmaslikning ahamiyati haqida so 'z borgan.

Kalit so'zlar: ma'naviy tahdid, ma'naviy marginallashuv, globallashuv, mafkuraviy ta'sir, yoshlar onggi, «ommaviy madaniyat», vesternizatsiya, kosmopolitizm, ijtimoiy tarmoqlar, media.

The article talks about the nature of spiritual marginalization, which leads to the derailment of the spirituality of young people in the conditions of globalization, while people are struggling to gain consciousness and worldview. The need for a mechanism to protect the minds of young people, the importance of raising a spiritually mature person and a healthy generation is highlighted. The article talks about the importance of not ignoring the rise of various ideological, ideological and informational attacks.

Key words: moral threat, moral marginalization, globalization, ideological influence, youth consciousness, "mass culture", westernization, cosmopolitanism, social networks, media.

Bugungi kunda istalgan biron jamiyatning globallashuvdan holi bo'lishini tasavvur qilib bo'lmaydi. Shunday sharoitda, bir tomondan, globallashuv jarayonining afzalliklaridan oqilona foydalanish, ikkinchi tomondan, uning salbiy ta'sirini bartaraf etish borasida o'ylangan izchil siyosat olib borish, mexanizmlar ishlab chiqish har bir jamiyatning bugungi kundagi eng dolzarb masalalaridan biri bo'lib qolmoqda. Albatta, bizning jamiyatimiz ham bundan mustasno emas. Tan olishimiz kerak, globallashuv bizga zamonaviy texnologiylardan keng foydalanish, axborot oqimining jadallashuvi, investisiyalarning keng jalb qilinishi, jahon

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

bozorining integratsiyalashuvi va boshqa foydali jihatlami bermoqda. Masalaning ikkinchi tomoni ham borki, toza havo olish uchun ochgan derazalarimizdan chang va iflos havo ham kirib kelmoqda. Dunyoning yetakchi davlatlari va yirik korporatsiyalarning tabiiy zahiralarga egalik qilishga urinishi, ommaviy madaniyat namunalarining keng tarqalishi, g'oyaviy ta'sir ko'rsatishga urinish, milliy qadriyatlarning yo'qolib ketish xavfi, terrorizm va ekstremizmning global tus olishi va hokazolar globallashuvning salbiy oqibatlariga misol bo'lmoqda.

NATIJALAR.

Insoniyat tarixining hozirgi bosqichi hayotimizning barcha sohalarida xalqaro munosabatlarning integratsiyalashuvi bilan xarakterlanadi. Xususan, axborot-kommunikativ qurilmalarning rivojlanishi, kompyuterlashtirilishi, internet, kosmik stansiyalar va sun'iy yo'ldoshlar yordamida axborot almashuv, binobarin, g'oyaviy ta'sir o'tkazish imkoniyatlari ham tobora kengaymoqda.

Axborotlashgan jamiyatning shiddat bilan o'zgarib borishi natijasida XX asrda globallashuv jarayonining tezlashishi va umumsayyoraviy sivilizatsiyaning shakllana boshlashi jahon mafkuralarining xarakterini o'zgartirib yubordi. Qadriyatlar va ma'naviy muhitning universallashib borayotgani bir tomondan, milliylik va umuminsoniylik tamoyillarining integrasiyalashuviga sabab bo'lmoqda. Masalaning ikkinchi tomoni ham borki, bir jamiyatga tegishli bo'lgan o'ziga xoslikni mutlaqlashtirish insoniyatga, shu jumladan, o'z millatining kelajagiga xavf tug'diradigan salbiy hodisalarning mafkuralashgan holda globallashuviga olib kelmoqda. Biron-bir hudud yoki jamiyatda paydo bo'layotgan g'oyalar tez fursatda butun dunyoga tarqalmoqda. Natijada odamzod ma'lum bir davlatlar va siyosiy kuchlarning manfaatlariga xizmat qiladigan, turli mafkuraviy markazlarning bosimini doimiy ravishda sezib yashamoqda. Bu bosimni vesternizasiya misolida ko'rish mumkin. Vesternizasiya (ingl, western - «G'arb») —yevropasentrizm g'oyasining zamonaviy ko'rinishi bo'lib, insoniyat erishgan barcha yutuqlarni g'arblashtirish, G'arb dunyosining o'ziga xos tafakkuri va turmush tarzi natijasi deb ko'rsatishga urinish, G'arb mamlakatlarini ilg'or va yetakchi kuch, ideal hodisa sifatida targ'ib etishga qaratilgan nazariya va amaliyot. Vesternizasiya tushunchasi XIX asrning 50-yillaridan e'tiboran, oshkora aytila boshladi. Bugungi kunda vesternizasiya tushunchasi «kosmopolitizm» («dunyo fuqaroligi»), «globallashuv», «ommaviy madaniyat» kategoriyalari bilan bir qatorda ishlatilmoqda. Agar yoshlar sevib tomosha qiladigan zamonaviy G'arb kinolariga e'tibor bersangiz huddi shu g'oya singdirilganiga guvoh bo'lasiz. Eng zo'r texnologiyalarni g'arb olimlari ishlab chiqadi, dunyoni saqlab qolish g'arbliklar chekiga tushadi, har qanday biologik, tabiiy, texnogen va hatto koinotdan keladigan ofatlar bilan kurashuvchi qahramonlar

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

bu - g'arbliklar, ijtimoiy va iqtisodiy, siyosiy, IT sohasidagi o'ta keskin muammolarni faqatgina g'arbliklar hal etishga qodir, terrorizmga munosib javob berishga G'arb qodir, xullas dunyoda inson hal qilishi mumkin bo'lgan har qand ay muammo borki, buning yechimini faqat G'arbliklar topa oladi, bir so'z bilan aytganda dunyo taqdirini hal qilish G'arbliklar zimmasiga tushgan. Bu g'oyaning ustuvorligini Gollivud kinolarida kuzatish mumkin. Internet orqali tarqalgan o'yinlar ham bundan mustasno emas. Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi kabi hududlarda joylashgan aksariyat davlatlar va xalqlar uchun G'arb najot farishtasidek go'yo. Bu juda chuqur o'ylangan, ta'sir kuchi anchayin tahdidli bo'lgan manipulyatsiya. Bu kabi kino, klip va boshqa mass media vositalari yordamida tayyorlangan materiallar orqali yosh avlodni o'z millatini emas boshqa millatni lider sifatida ko'rsatadigan, uni kuchsiz va zaif deb tassavvur qilishga undaydigan, xudbinlikka va zo'ravonlikka chaqiradigan g'oyalar qurshab olishi tayin. Yoshlar kumir deb bilgan kinoqahramonlariga havas qilishadi, ular ishlatgan gap-so'zlarni lug'atlariga kiritishadi, ular kiygan kiyimlarni kiyishga urinishadi, ulardek o'zlarini xudbin va zo'ravon tutishga urinishadi, xullas, o'sha fe'l atvorni "o'zlashtirishadi".

MUHOKAMA

Globallashuv hodisasi bugun mafkuraviy ta'sir o'tkazish uchun xavfli qurolga aylanib qoldi - kuchlar nisbatini o'zgartirish yoki turli davlat va siyosiy kuchlar manfaatlariga xizmat qiladigan ko'rinmas qurolga. Bunday keskin vaziyatda odam o'z mustaqil fikriga, ko'p asrlik hayotiy-milliy qadriyatlarga, sog'lom dunyoqarash va mustahkam irodaga ega bo'lmasa, ma'naviy marginallashuv ta'siriga tushib qolishi tayin, yaqinlashib kelayotgan tahdidlarning goh oshkora, goh pinhona ko'rinishidagi ta'siriga qarshi tura olishi qiyin masala. Ayniqsa, parallel sur'atdagi informatsiyaga, zamonaviy texnologiyaga, ommabop yangiliklarga, madaniyatning yangicha ko'rinishlariga chanqoq yoshlarning bu ta'sir doirasiga tushish xavfi ikki hissaga ortiq. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek: «Biz boshimizdan kechirayotgan hozirgi globallashuv davri o'ta shiddat bilan o'zgarayotgani va turli tahdidlar ko'pligi bilan oldimizga hal etishni kechiktirib bo'lmaydigan g'oyat murakkab vazifalarni qo'ymoqda».1

Kuchayib borayotgan ma'naviy hurujlar, yot g'oya va mafkuralar ta'sirida inson ongini egallashga urinish tobora ortib bormoqda. Bu ma'naviy marginallashuv deb nom olgan yangicha jarayonni keltirib chiqarmoqda. Marginallashuv bu begonalashuv hodisasi, ma'naviy marginallashuv esa insonning o'z hayotiy-milliy

1 Mirziyoev.Sh.M. .Jamiyatimizni erkinlashtirish, islohotlarni chuqurlashtirish, ma'naviyatimizni yuksaltirish va xalqimizning hayot darajasini oshirish - barcha ishlarimizning mezoni va maqsadidir. T. 15. -T.: O'zbekiston. 2017. -

326 b

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

qadriyatlaridan, o'zligidan, milliy mafkurasidan, ma'navi merosidan begonalashuvidir, undan uzoqlashuvidir. Bu inson mafkurasini qadriyatlardan xalos qilib, uni yengil-yelpi fikrlar, xudbinlik, ozroq muddat odamni band qilib keyin chiqindi bo'lib chiqib ketadigan o'y-fikrlar bilan to'ldirish demakdir. Oddiy chiqindidan ko'ra miyamizdagi chiqindining zarari va xatari anchayin murakkab bo'ladi. Ma'naviy marginallashuv tahdidi ko'pincha erkinlik va demokratiya niqobi ostida bo'ladi. Bu niqoblar, shunchalik jozibaliki, ularning zararli mohiyatini darhol anglab olish qiyin. Chunki ular chiroyli yaltiroq qog'ozlarga o'ralgan bo'ladi, xuddi e'tiborni tortadigan shirinliklar qog'oziga o'xshab - rangbarang. Mazali, lekin zaharlangan shirinliklar: yesang rohat qilasan va yana yeging keladi. Shu asnoda zaharlanib, iching zaharga to'lib borayotganingni sezmaysan ham. Bezovtalansang, qolganlarni kuzatasan - qolganlarda ham shu holat: demak, bu - tabiiy, o'zi shunday bo'lishi kerakdek, go'yo. Zaharlash uchun avvalo insonlarning ma'naviyati, dunyoqarashi nishonga olinadi. Odamlarning "miyasidan joy olish"da axborot texnologiyalari, Internet ularga yordam beradi. Ijtimoiy tarmoqlar qancha odam kerak bo'lsa, shuncha topib beradi - ularning yangi ma'lumotga chanqog'ini qondiradi. Ular odamlarning miyasiga o'zlariga ma'qul so'z, tushuncha, jargon, obraz, tasvirlarni (o'z mediaaskarlarini) kiritishadi (xuddi Troya oti kabi). Har kuni o'zingiz bilmagan holda ularni qabul qilasiz, aytasiz, qo'llaysiz, ishlatasiz. Xuddi kola sog'liqqa zararligini bilsangizda baribir o'z pulingizga sotib olganingiz kabi

"...Yangi ibora, tushuncha, fikrlarni «noto'g'ri, zararli», deb miyangizdan, tasavvuringizdan chiqarib tashlay olmaysiz. «O'zim bilaman qanday yashashni. Mening o'z qarash (askar)larim bor. Bu ta'sirlar o'tkinchi. Hech narsani o'zgartira olmaydi», deysiz loqaydgina. Shu alfozda noto'g'ri qarorlarga asos beruvchi qarash, fikr, o'y, ma'lumotlar xotirangizda to'planaveradi. Ular ham «Bu bosh - mening makonim, demak, meniki», deb hisoblashadi. Ular ko'payaverishadi. Kunlarning birida miyangizga so'ramay kirib olib, bemalol yashayotgan begona qarash, fikr (askar)lar sizning bagona (o'z) qarash, fikr (askar)laringizga zo'rlik qila boshlaydi. Dastlab qarshilik qilasiz. Lekin tevarak-atrofda ham, boshqalarda ham shu holatni sezib, «Be. O'zi shunday ekan-ku», deb to'ng'illab... qo'shilib qo'ya qolasiz."2

Xulosa qilib aytganda, rivojlanayotgan va yosh mustaqil mamlakatlar aholisi ulkan ma'naviy tahdid qarshisida turibdi, ularning qadriyatlarinim, ma'naviyatini boshqa bir madaniyat shakllari yutib yuborish arafasida. Bunday xavfdan bizning jamiyatimiz ham holi emas. Bugungi kunda ma'naviy marginallashuv jarayoni

2 Suvanov I. A. Barqarorlikka rahna soluvchi mafkuraviy tahdidlar. Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma'naviy tadqiqotlar instituti Ilmiy jurnali. 2023, 12-iyun.

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

yoshlarning qarashlarini o'zlariga ma'qul bo'lgan yo'nalishda o'zgartirish, diniy ekstremizm, axloqsizlik kabi buzg'unchi g'oyalarni singdirish tarzida namoyon bo'lmoqda. Mafkuraviy tahdidlarga qarshi doimo sergak, ogoh va hushyor bo'lib yashashni o'rganish, murakkab va tahlikali hayotning shafqatsiz o'yinlari to'g'risida biryoqlama va soxta tasavvurlar shakllanmasligiga alohida e'tibor berish lozim. Buning uchun insonlarda sog'lom hayot tarzi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-ehtirom, o'z kuchiga va ertangi kunga ishonch tuyg'ularini yanada kamol toptirish zarur. Aytish joizki, yoshlarning globallashuvga nisbatan sog'lom dunyoqarashini rivojlantirishga qaratilgan mexanizm ishlab chiqilishini davr taqozo qiladi. "Barchamizga ayon bo'lishi kerakki, qayerda beparvolik va loqaydlik hukm sursa, o'sha erda ma'naviyat eng ojiz va zaif nuqtaga aylanadi va aksincha qayerda xushyorlik va jonkuyarlik hukm sursa, u yerda ma'naviyat qudratli kuchga aylanadi."3 Prezident Sh.Mirziyoyev ta'kidlaganidek, "Dunyo shiddat bilan o'zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga rahna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo'layotgan bugungi kunda ma'naviyat va ma'rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga etishga intilishiga e'tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir". 4 Ommaviy madaniyat va globallashuv niqobidagi bu tahdidlarning mudhish oqibatlari hamda ko'lami jihatidan hech narsa bilan o'rnini qoplab bo'lmaydigan ma'naviy-ruhiy zarari nihoyatda dahshatlidir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. УТ Яздонов. Жамоатчилик фикрини трансформация килиш имкониятлари. Фалсафа ва хукук. 1 (№ 1.), -Б. 158-160

2. Mirziyoyev.Sh.M. .Jamiyatimizni erkinlashtirish, islohotlarni chuqurlashtirish, ma'naviyatimizni yuksaltirish va xalqimizning hayot darajasini oshirish - barcha ishlarimizning mezoni va maqsadidir. T. 15. -T.: O'zbekiston. 2017. -326 b.

3. Suvanov I. A. Barqarorlikka rahna soluvchi mafkuraviy tahdidlar. Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma'naviy tadqiqotlar instituti Ilmiy jurnali. 2023, 12-iyun.

4. Zokirov B. G'arb tamadduni: inqiroz alomatlari // Tafakkur, 2007. №2. - 23 b.

5. Safoeva. S. Globallashuv jarayonining ijtimoiy hayot sohalariga ta'siri. // Globallashuv jarayonida jamiyatni demokratlashtirishning siyosiy, falsafiy-huquqiy masalalari. -Toshkent: Falsafa va huquq nashriyoti, 2006.

3 Quronov. M. Mafkuraviy tahdidlar va yoshlar tarbiyasi T.: Akademiya ,2008 54-bet

4 Mirziyoev.Sh.M. .Jamiyatimizni erkinlashtirish, islohotlarni chuqurlashtirish, ma'naviyatimizni yuksaltirish va xalqimizning hayot darajasini oshirish - barcha ishlarimizning mezoni va maqsadidir. T. 15. -T.: O'zbekiston. 2017. -

326 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.