Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(5), May, 2023
JAMIYATDA AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASHNING MA'NAVIY
OMILLARI
Abdurahmonova Gulnigor Shaydullayevna
Termiz davlat pedagogika instituti magistranti
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada bugungi kunda jamiyatga xavf solayotgan axborot xavfsizligi, uning yoshlar ongiga salbiy ta'siri, axborot xavsizligini ta'milashda davlat idoralarining roli hamda axborot xavsizligini ta'minlashning ma'naviy omillari haqida so 'z yuritilgan.
Kalit so'zlar: axborot xavfsizligi, axborot asri, globallashuv, "Ommaviy madaniyat ", ma 'naviy qadriyatlar, ma 'naviy tahdidlar.
АННОТАЦИЯ
В данной статье рассматривается безопасность информации, которая угрожает обществу сегодня, ее негативное влияние на сознание молодежи, роль государственных органов в обеспечении информационной безопасности и нравственные факторы информационной безопасности.
Ключевые слова: информационная безопасность, информационный век, глобализация, «массовая культура», духовные ценности, духовные угрозы.
ABSTRACT
This article discusses the security of information that threatens society today, its negative impact on the minds of young people, the role of government agencies in ensuring information security and the moral factors of information security.
Key words: information security, information age, globalization, "mass culture", spiritual values, spiritual threats.
KIRISH
Bugun insoniyat juda ham tez sur'atlar bilan o'sib borayotgan globallashuv davrda yashamoqdalar. Bu davrni turli xil nomlar bilan turlicha atashmoqdalar. Kimdir uni "Globallashuv davri" desa, yana kimdir "axborotlashuv davri" deb izohlashmoqdalar. So'nggi yillarda yer kurrasida axborot almashinuvini shiddat bilan rivojlanishi, internet barcha davlatlar, barcha yoshdagi insonlar uchun, yagona axborot almashinuvi vositasiga aylanib borayotgani natijasida, "Axborot xavfsizligi" tushunchasi paydo bo'ldi. Chunki bugun axborot orqali turli ijtimoiy qatlamlar va yoshlar ongida sodir bo'layotgan o'zgarishlar aynan axborot xurujlari orqali sodir bo'lmoqda. Axborot muammosi hozirgi kompyuter inqilobi sharoitida, ya'ni axborotni saqlash va uzatish vazifalari deyarli mashinalar zimmasiga yuklangan zamonda uning xavfsizligini ta'minlashga hamda mustahkamlashga erishish dolzarb vazifa xisoblanadi.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
TAHLIL VA NATIJALAR.
Jahon tajribasidan ma'lumki, davlat axborot infrastrukturasining rivojlanishi barcha sohalarni, shuningdek, odamlarning dunyoqarashi va ularning ijtimoiy hayotiga jiddiy ta'sir o'tkazadi.
Bugungi kunda axborot texnologiyalari, avtomatlashtirilgan tizimlar va ma'lumotlar bazasi davlat strukturalarini, iqtisodiyotni va mamlakat xavfsizligini boshqarishning ajralmas qismi bo'lib kelmoqda. Shu bois O'zbekistonda ham axborot manbalari va zamonaviy texnologiyalarni rivojlantirishga yo'naltirilgan milliy qonunchilik asoslari yaratildi, u davlat axborot infrastrukturasining shakllanishida ijobiy rol o'ynamoqda. Shunga qaramasdan axborotni qabul qilish, qayta ishlash, saqlash va uzatish tizimlaridan foydalanishda himoya va kirishni cheklash vositalaridan minimal holda foydalanilmoqda. Bunda milliy xavfsizlikka ta'sir qiluvchi ma'lumotlarning chiqib ketishi va davlat axborot maydoniga kirib kelish xavfi o'sib boradi.
Zamonaviy axborot bozorini shakllantirishda axborot xavfsizligi, ayniqsa, yoshlarning axborot xavfsizligini ta'minlash muammolari alohida o'rin egallaydi. Shunday ekan, jamiyatning axborot xavfsizligini ta'minlash davlat va uning vakolatli organlarining asosiy vazifasi bo'lib qolaveradi. Axborot xavfsizligi deganda - shaxs, jamiyat va davlatning xavfli axborotlardan himoyalanganlik holati tushuniladi [1].
Axborot texnologiyalari turli axborot tarqatish manbasi ekan, bunda axborot xavfsizligini ta'minlash bir tomondan davlatning ushbu sohadagi siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan bo'lsa, jamiyatda yoshlarning axborot xavfsizligini ta'minlash ikkinchi asosiy va muhim davlat ustuvor siyosati hisoblanadi.
"Axborot asri" deb atalayotgan bugungi zamonimizda ishlab chiqarish va boshqarish, moliya va mudofaa, transport va energetika, ta'lim va OAV kabilarni axborot kommunikatsiya vositalarisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Endilikda axborot inson hayotining muhim qadriyatlaridan biriga aylanib ulgurdi. Axborot olamida o'rinli ishlatilgan ma'lumotlar taraqqiyotga xizmat qilsa, aksincha bitta yolg'on axborot bilan dunyoni larzaga solish mumkin.
Ta'kidlash joizki, mamlakatimizning amaldagi qonunchiligiga ko'ra, milliy qadriyatlarimizga zid bo'lgan mahsulotlarni tayyorlash, tarqatish va sotish ta'qiqlangan. Aytish kerakki, chetdan kirib kelayotgan kinofilmlarning asosidagi g'oyada shaxs ruhiy holatini izdan chiqarish, ulardagi estetik didni yo'qotish va jamiyatda axloqiy parokandalikni keltirib chiqarish nazarda tutiladi. Ularning maqsadi ko'z ilg'amas darajada yashirin va bir qarashda zararsizdek tuyulsada, mohiyatan bu mavzudagi filmlar ruhiy va ahloqiy parokandalikni ko'zlaydi [2]. Afsuski chegara
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
bilmaydigan bu kabi ma'naviy tahdidlar ta'sirida yoshlarimiz dunyoqarashida ma'naviyatimizga zid bo'lgan odatlar ham uchramoqda.
Ayni paytda hayot haqiqati shuni ko'rsatadiki, har qanday taraqqiyot mahsulidan ikki hil maqsadda - ezgulik va yovuzlik yo'lida foydalanish mumkin. Yovuzlik yo'lida foydalanish bugungi kunda eng ommalashgan va dolzarbligi bilan alohida o'rin egallamoqda. Chunki insonlarning kundalik iste'moliga aylangan "internet", "radio -televedeniya" dan har xil siyosiy kuchlar bundan unumli foydalanmoqdalar. Natijada turli oqimlarga kirib, diniy ekstremizm tashkilotlarini g'arazli niyatlarini amalga oshirishdagi vositaga aylanib qolayotgan insonlar yo'q emas albatta.
Zamonaviy fan-texnika mahsuli bo'lgan qo'l telefoni va internet bugungi kunda yoshlar ahloqiy va estetik kamolotiga soya solayotgan eng xatarli kommunikatsiya vositasi hisoblanadi. Ularda zo'r berib namoyish etilayotgan erotik va terroristik ruhdagi sur'atlar va videroliklar hech qanday ahloqiy me'yorlarga to'g'ri kelmaydi.
Axborot xurujlari shaxsga muayyan tashkilot va davlatga yo'naltirilgan ta'sir bo'lib, asl maqsadi normal ta'sir bo'lishini nazarda tutgan siyosiy - ijtimoiy guruhlarning g'arazli niyatlaridan kelib chiqadi, shu bois, xavfsizlik choralarini ko'rish ham turli bo'lganligi bois, xavfsizlik choralarin ko'rish ham turli sohalarda va turli jabhalarda amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda internet orqali yetkazilayotgan xurujlarning aniq manzilini bilish ancha mushkul.
Mutaxassislar yuqoridagi kompyuter jinoyatchiligi qo'yidagi turlari mavjudligini ta'kidlab o'tishadi; 1) qo'poruvchilik; 2)josuslik; 3)ekstremistik guruhlar faoliyati; 4) uyushgan jinoyatchilik va qalloblik; 5) hakkerlar faoliyati. Bularni amalga oshiruvchilar esa; a) hakerlar, b) krekerlar; v) frikerlardir [3]. Ular o'zlarini faoliyatini inson ongini g'arazli g'oyalar bilan to'ldirishda, davlat, fan-texnika va sanoat taraqqiyotiga salbiy ta'sir ko'rsatishda namoyon qiladi.
Hammamiz yaxshi bilamiz, mafkuraviy tahdid sohasiga qarshi turishda katta yoki kichik masalaning o'zi yo'q. Bu jarayonda hamma narsa muhim. Xolbuki, bizning ming yillik qadriyatlarimizni, odob-ahloq me'yorlarimizni, bir so'z bilan aytganda, ruhiy dunyomizni izdan chiqarishga qaratilgan makkorona sa'y-xarakatlarga deyarli har qadamda duch kelamiz.
Ko'p hollarda "Ommaviy madaniyat" niqobi ostida zo'ravonlik, fahsh, axloqsizlik g'oyalari targ'ib qilinayapti. Bu "madaniyat"ga uchgan millatning necha ming yillik qadriyatlari, ma'naviy boyliklari o'z ta'sir kuchini yo'qotishi, qadrsizlanishi aniq. Zero, "ommaviy madaniyat" olomonni, o'zgalar xoxish-irodasiga bo'ysunadigan manqurtlar olomonini yetishtirib beradi.
Bugungi kunda dunyoning ko'plab sog'lom fikrli ziyolilari, mutaxassislari ham dunyo miqyosidagi globallashuv jarayonining, xususan zo'r berib targ'ib-tashviq
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(5), May, 2023
qilinayotgan "ommaviy madaniyat"ning ko'plab xalqlar uchun salbiy ta'sirga ega ekaniga e'tibor qaratmoqdalar. Albatta, ma'naviy tahdidlarga salbiy munosabatda bo'lishning o'zi yetarli emas. Bunday tahdidlarning tabiatini, ildizini, manbalarini va o'zaro aloqalarini chuqur anglab yetganimizdagina ularga qarshi kurashish oson kechadi.
Ana shunday vaziyatni hisobga olgan holda yoshlarimizni ma'naviy olamini bunday tahdidlardan asrash, hozirgi o'ta murakkab zamonda xalqaro maydonda sodir bo'layotgan jarayonlarni tub mohiyatiga yetib borish, ular haqida holis va mustaqil fikrga ega bo'lish, bugungi kunning eng dolzarb vazifasi desak, hech qanday hato bo'lmaydi.
Axborot xavfsizligi jamiyat va davlataning axborot borasidagi xavfsizligini ta'minlanishi muhimdir. "Jamiyatning axborot borasidagi xavfsizligiga quyidagi yo'llar bilan erishiladi:
- demokratik fuqarolik jamiyati asoslari rivojlantirilishini, ommaviy axborot erkinligini ta'minlash;
- qonunga xilof ravishda ijtimoiy ongga axborot vositasida ruhiy ta'sir ko'rsatishga, uni chalg'itishga yo'l qo'ymaslik;
- jamiyatning ma'naviy, madaniy va tarixiy boyliklarini, mamlakatning ilmiy va ilmiy-texnikaviy salohiyatini asrash hamda rivojlantirish;
- milliy o'zlikni anglashni izdan chiqarishga, jamiyatni tarixiy va milliy an'analar hamda urf-odatlardan uzoqlashtirishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni buzishga qaratilgan axborot ekspansiyasiga qarshi harakat tizimini barpo etish [4].
XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, yoshlarimizning kitob bilan muloqotda bo'lishi, internet tarmog'idan axborot olishi, ruhiyatini sog'lom va bunyodkorlikka undovchi axborotlar bilan mustahkamlab borishida davlat xavfli axborotlarning erkin aylanishining oldini olish, bunda esa mavjud qonunchilikni takomillashtirish, ta'lim tizimini mustahkamlash, yoshlarda erkin fikr yuritish va o'zini qiziqtirgan barcha savollarga javob oladigan muloqot maydonini yanada kengaytirish muhim hisoblanadi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)
1. Ishmuxammedov A.E. Iqtisodiy xavfsizlik. - Toshkent, 2018.
2. Sahieva M. Yoshlar ruhiyatiga ma'naviy tahdidlar va ularni bartaraf etishning psixologik xususiyatlari // "Ma'naviy tahdidlarga qarshi kurashish mexanizmlarini
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
takomillashtirish xavfsizlikni ta'minlash omili sifatida" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari to'plami. - Toshkent, 2019 yil noyabr. 94-97 betlar.
3. Panarin I.N. Informatsionnaya voyna i diplomatiya. - Moskva, 2019.
4. Mo'minov F., Baratov Sh. va boshqalar. Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik. Darslik. - Toshkent, 2020.
5. Хужаназаров, А. З., & Алламуратов, Ш. А. (2021). Реформы в системе здоровья Узбекистана в последние годы. Наука, техника и образование, (1
6. Хужаназаров, А. З., & Алламуратов, Ш. А. (2019). Тиббиётга назар: муаммо ва ечимлар. Взгляд в прошлое, (24).
7. Khuzhanazarov, A. Z., & Allamuratov, S. A. (2019). Look at medicine attention: problems and solutions. Утмишга назар журнали, 24(2).
8. Mamanovich R.K. Components of political culture in political processes //Academicia: an international multidisciplinary research journal. - 2021. - Т. 11. -№. 2. - С. 953-959.
9. Hakim R. Political and Legal Culture-the Factors of Stability of the Political and Legal System //Бюллетень науки и практики. - 2021. - Т. 7. - №. 3. - С. 281-286.
(76)), 19-23.