Научная статья на тему '“OMMAVIY MADANIYAT” TUSHUNCHASI VA UNING YOSHLAR TARBIYASIGA TAHDIDI'

“OMMAVIY MADANIYAT” TUSHUNCHASI VA UNING YOSHLAR TARBIYASIGA TAHDIDI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
1768
248
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“Ommaviy madaniyat” / axborot xuruji / mafkuraviy immunitet. / Mass culture. information attack / ideological immunity.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Ibragimov, Solijon

Ushbu maqolada G‘arb olamida yuzaga kelgan “ommaviy madaniyat”ning falsafiy, siyosiy va madaniy ildizlari borasida, uning mamlakatimizga kirib kelishi va yoshlar tarbiyasiga xatarli taxdidi xamda yoshlarimizda mafkuraviy immunitetni shakllantirish xaqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE CONCEPT OF "MASS CULTURE" AND ITS THREAT TO YOUTH EDUCATION

The philosophic, political, cultural roots of West countries' "pop-culture", mass culture causes, consequences of their appearance in our country, also the problems ideological immunity of our youth against this occurrence are described in the article.

Текст научной работы на тему «“OMMAVIY MADANIYAT” TUSHUNCHASI VA UNING YOSHLAR TARBIYASIGA TAHDIDI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

"OMMAVIY MADANIYAT" TUSHUNCHASI VA UNING YOSHLAR

TARBIYASIGA TAHDIDI

Solijon Ibragimov

QarshMII "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi katta o'qituvchisi

Ushbu maqolada G'arb olamida yuzaga kelgan "ommaviy madaniyat"ning falsafiy, siyosiy va madaniy ildizlari borasida, uning mamlakatimizga kirib kelishi va yoshlar tarbiyasiga xatarli taxdidi xamda yoshlarimizda mafkuraviy immunitetni shakllantirish xaqida so 'z boradi.

Kalit so'zlar: "Ommaviy madaniyat", axborot xuruji, mafkuraviy immunitet.

ПОНЯТИЕ « МАССОВАЯ КУЛЬТУРА» И ЕГО УГРОЗА ДЛЯ ВОСПИТАНИЯ МОЛОДЕЖИ

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассматриваются философские, политические, культурные корни «массовая культура» западного мира, причины, последствия её появления в нашей стране, а также вопросы формирования идейного иммунитета у нашей молодежи против этого явления.

Ключевые слова: "Массовая культура ", информatsiонная атака, идеологический иммунитет.

THE CONCEPT OF "MASS CULTURE" AND ITS THREAT TO YOUTH

EDUCATION

ABSTRACT

The philosophic, political, cultural roots of West countries' "pop-culture", mass culture causes, consequences of their appearance in our country, also the problems ideological immunity of our youth against this occurrence are described in the article.

Key words: Mass culture. information attack, ideological immunity.

"Ommaviy madaniyat" hodisasi G'arb olamida XX asr boshlarida paydo bo'ldi. Jamiyatning demokratlashuvi va ta'limning ommaviylashuvi madaniyat sohasida zodagonlar monopoliyasining zaiflashishiga uyg'ongan "quyi tabaqalar"ning madaniy iste'moli oshishiga imkon yaratdi. Zamonaviy texnologiyalar yengil mo'siqa va yuzaki mazmunli davriy nashrlar, bema'ni teledasturlar va soddalashtirilgan syujetli filmlarning paydo bo'lishiga olib keladi. 20-asrlarda nashriyot va

ANNOTATSIYA

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

teleeshittirishning rivojlanishi, "ommaviy madaniyat''ning keng tarqalishiga yordam berdi.

"Ommaviy madaniyat" tushunchasi, xususan: moda, hayot, sog'liqni saqlash mahsulotlari, arxitektura, professional sport, ommaviy badiiy madaniyat, estrada musiqasi, adabiyot (engil o'qish), audiovizual mahsulotlar (teleseriallar va tok-shoular, ko'ngilochar radio radioeshittirishlar), tasviriy san'at (shu jumladan biennale), siyosiy harakatlar (jumladan, mafkura targ'iboti), ilm-fan ("engil" variantda), reklama, imidj yaratish, siyosiy texnologiyalar, folklor, komp'yuter o'yinlari kabi voqelikni o'z ichiga oladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ma'lumki, "ommaviy madaniyat" asosini ma'naviy va axloqiy tubanlik illatlari tashkil qiladi. „Ommaviy madaniyat" Shaxs madaniy ongini noto'g'ri shakllantiradi, milliy madaniyatni buzadi, umuminsoniy madaniy qadriyatlarni shubha ostida qoldiradi. Hozirgi vaqtda axloqsizlikni madaniyat deb bilish va aksincha, asl ma'naviy qadriyatlarni mensimasdan, eskilik sarqiti deb qarash bilan bog'liq holatlar bugungi taraqqiyotga, inson hayoti, oila muqaddasligi va yoshlar tarbiyasiga katta xavf solmoqda..

Amerikalik faylasuf va yozuvchi Duayt Makdonald o'zining "Ommaviy madaniyat nazariyasi" maqolasida bu haqda shunday yozadi: "...Ommaviy kommunikatsiya tizimi orqali ommaviy madaniyat jamiyat a'zolarining mutlaq ko'pchiligiga amal qiladi, inson dunyosining barcha ko'rinishlarida: ma'lum turmush tarzi va kiyim uslubidan tortib, turning ma'lum cheklovlarigacha; mafkuraviy tamoyillarga rioya qilishdan yaqinlar o'rtasidagi maxsus munosabatlargacha o'z qoidalarini o'rnatadi. Ommaviy madaniyat inqilobiy xususiyat va dinamiklikka ega bo'lib, sinflar, an'analar va didlar o'rtasida har qanday to'siqlarni buzadi; u barcha madaniyatlararo xususiyatlarni eritib yuboradi, o'z yo'lidagi hamma narsani aralashtirib yuboradi. Shu bilan birga, barcha qadriyatlarni yo'q qilishi ham mavjud. Madaniyatda gomogenizatsiya ( S.I.-madaniy bir xillik, qo'shilib ketish) va undan keyingi madaniy "kolonizatsiya" shunday sodir bo'ladi[1].

Hozirgi vaqtda butun jahonda globallashuv jarayonlarining kuchayib borishi bilan Yer yuzida tinchlik-barqarorlikni saqlash, aholi farovonligi, uning munosib turmush darajasi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta'minlash, umumbashariy muammolar bilan birgalikda, milliy madaniyat, san'at va urf-odatlarni saqlab qolishdek masalalar ham kun tartibiga chiqmoqda. Globallashuv jarayoni bilan bog'liq ziddiyatlar, avvalo, ma'naviyat va madaniyat sohasida yaqqol namoyon bo'lmoqda. "Shu jihatdan globallashuvga butun dunyoni qamrab olgan madaniy inqilob deb ta'rif berish ham mumkin" [2].

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

O'zbekiston mustaqillikka erishib, jahon xamjamiyatida o'z o'rniga, nufuziga ega bo'lib borayotgan bugungi kunda, globallashuv jarayoni ta'siridan chetda turishi mumkin emas. Mamlakatimiz tinchligiga raxna solayotgan muammolardan biri esa "ommaviy madaniyat" tahdididir.

Xalqimizning ma'naviy olamini bunday tahdidlardan asrash, o'ta murakkab bir zamonda xalqaro maydonda sodir bo'layotgan jarayonlarning tub mohiyatiga yetib borish, ular haqida xolis va mustaqil fikrga ega bo'lish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridandir.

«Ommaviy madaniyat» tub mohiyatiga ko'ra milliy madaniyatlarning kushandasi bo'lib, u madaniy xilma-xillikni xushlamaydi, uning asl maqsadi - bu olamni yakrang ko'rish. Cobiq sho'ro davlatida ham xuddi shunga o'xshash amaliyot o'tkazilgan edi. Ommaviy «sovet xalqi»ni «yasash» niyatida «sovet grajdani», «sovet grajdanining ahloq kodeksi» singari mag'zi puch tushunchalar zo'r berib targ'ib qilindi, millatlar bora-bora yagona sovet xalqiga qo'shilib ketishi kerak edi. Hatto millat, qadriyat, mentalitet degan tushunchalar lug'atlardan o'chirib tashlanishiga bir bahya qoldi.

«Ommaviy madaniyat»ning yovuzligi shundaki, u odamzodning fikrlashiga tish-tirnog'i bilan qarshi. To'g'ri, bir qarashda «ommaviy madaniyat» hurfikrlilik, inson erki tarafdoridek ko'rinadi, lekin barcha «ilmu amali»ning negiziga e'tibor berilsa, insonning fikrlashiga, tafakkur qilishiga zid ekani ayon bo'ladi.

Xo'sh bundan ko'zlangan maqsad nima?

Fikrsizlik oqibatida tobe bo'lish-kuch bilan bo'ysundirilgandan ko'ra ming chandon fojiali. Tarix ko'p bor guvoh bo'lgan: qurol-aslaha vositasida bo'ysundirilgan xalqlar ko'p yillar, hatto asrlar o'tsada, baribir ozodlikka erishishgan. Chunki qurol-aslaxa milliy tafakkurini, qalbini zabt eta olmagan odamlar ongida ozodlikka erishishdek ulug' orzu yashayvergan! Ammo xalqning ongi mahv etilsa-chi? Bunday xalq milliy ozodlik xaqida o'ylashga qodir bo'lmasligi, bunga qurbi yetmasligi kunday ravshan. Millat uchun, halq uchun bundan og'irrok fojia bormi? Milliy ozodlikni unutish millatning izsiz yo'qolishi emasmi?

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev masalaning shu jihatiga alohida to'xtalib, "Biz bir narsani hech qachon esimizdan chiqarmasligimiz zarur. Agar "ommaviy madaniyat" tahdidi faqat chetdan - G'arbdan kirib keladi, desak, qattiq adashamiz. Bu balo, afsuski, o'zimizdan, o'z oramizdan ham chiqishi mumkin. Men bu gaplarni osmondan olib aytayotganim yo'q. Yurtimizda nashr etilayotgan ayrim gazeta-jurnallar, kitoblarni, suratga olinayotgan ba'zi klip va kinolarni, efirga berilayotgan qo'shiq va raqslarni kuzatib, sog'lom fikrlaydigan har qanday odam shunday xulosaga kelishi tabiiy .

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

Mana, Toshkentdagi to'ylarda "kelinnavkar" degan yana bir balo chiqibdi. Nima emish, endi kelinning ota-onasi qiziga qo'shib uning o'nlab dugonalarini ham bir xil kiyintirishi, yasantirishi kerak ekan. Bunday bemaza qiliqlar qaerdan chiqyapti? Yoshlarimiz kimdan o'rganyapti buni?"[3].

«Ommaviy madaniyat» jamiyatning ma'naviy, axloqiy qadriyatlarini, bir so'z bilan aytganda milliy maishiy hayotni zimdan ta'qib qilib boradi. Hatto milliy, diniy tarbiyadan, urf-odatlardan begonalashish, ularni mensimaslikka da'vat qilish hollari ham kuzatilayotgani tashvishlanarli, albatta. Ommaviy madaniyat" asta-sekin insonga xos bo'lmagan xususiyatlarini kuchaytirib boradi: Axloqiy buzuqlik. Jamoat joylarida o'pishish, shahvoniy filmlar ko'rish kabi illatlar paydo bo'lmoqda.Zo'ravonlik. Zo'ravonlikni targ'ib qiluvchi filmlar, kompyuter o'yinlariga odatlanib qolish. Individualizm. "O'zim bo'lsam bo'ldi, o'zga bilan nima ishim bor" degan "prinsip"ning tarkib topishi. Egotsentrizm. Barcha narsaga shaxsiy manfaat nuqtai nazardan yondoshish va h.k.

"Ommaviy madaniyat" yoshlarning madaniy ongining to'g'ri shakllanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Shu ma'noda "ayrim yosh ijrochi va ijodiy guruhlarning jamoatchilik e'tiboriga taqdim etayotgan „asar"lari san'atning hech qanday talab va mezonlariga javob bermaydi. Nafaqat mavzu, musiqa va ijro usullari, balki sahna harkatlarida ham ochiqdan-ochiq ajnabiy „ommaviy madaniyat" ko'rinishlariga taqlid qilish, „yulduzlik" kasaliga chalinish holatlari tez-tez uchrab turayotgan chinakam san'at muxlislarini ranjitmasdan qolmaydi" [4].

Bunday salbiy holatlar yoshlar madaniy ongining noto'g'ri shakllanishiga olib keladi.O'tgan asrning 60 - 70 yillari G'arbiy Yevropa va AQShda mafkurasizlashuvga, ya'ni ijtimoiy xayotni mafkuradan xoli etishga urindilar. Lekin bu yo'l o'zini oqlamadi. Chunki tarbiyadagi mafkuraviy bo'shliq o'z asoratlarini ko'rsata boshladi. Bunday holat haqida nufuzli nemis nashrlarida: "...hozirgi yoshlarimiz o'rtasida loqaydlik, ruxsizlik, befarqlik, anglanmagan norozilik, beqarorlik kayfiyatlari tarzida nomayon bo'layotgan "yoshlar madaniyati" deb ataluvchi xatti-harakatlar kuchaymoqda. Bu - yoshlarning o'z ajdodlari ijtimoiy va madaniy qadriyatlaridan begonalashayotganliklarining belgilaridir"[5], - degan tashvishli fikrlar bildirila boshlandi. Patrik Jozef Byukenen ham o'zining mashxur «G'arbning halokati» asarida madaniy inqilobning tasiri xaqida shunday yozadi: «Abortlar, ajralishlar, tug'ilishning pasayishi, o'spirinlar o'rtasida o'z-o'ziga suiqasd xollarining ko'payishi maktablarning kriminallashuvi, giyoxvandlikning ommaviy tus olganini qayd etgan statistik ma'lumotlar madaniy inqilob keltirib chiqaradigan inqiroz qanchalik chuqur ildiz otganidan dalolat beradi. Bir so'z bilan aytganda, jinsiy inqilob bolalarimiz o'rtasida ajal urug'ini sepmokda.. .»[6].

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

Natijada, "Mafkuraviy yangilanish", "qayta mafkuraviylashuv"ga kuchli zarurat tug'ildi va mafkurasizlik xatosini tuzatishga kirishildi. Shu tariqada, G'arbiy Yevropa va AQShning pozitivistik pedagogikasi e'tiborni ijtimoiy qadriyatlarga, mafkuraviy tarbiyani o'z ichiga oluvchi "maktabda o'quvchilarni siyosiy indoktrinatsiyalashni amalga oshirish" konsepsiyasini ishlab chiqib, amalga oshira boshladi.

G'arbning o'zida vazifasini bajarib bo'lgan, umumiy tanqidga uchragan "Madaniy inqilob", "Jinsiy inqilob", "Yoshlar madaniyati" kabi "Ommaviy madaniyat" g'oyasi , xamon bazi siyosiy kuchlar tomonidan yangi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy makonlarga suqilib kirish quroli, vositasi sifatida qo'llanilib kelinmokda.

G'arbona individualizm, inson xuquqlari va shaxs erkinligi shiori ostida "Mavjudlik", "Erkinlik", kabi falsafiy ta'limotlar ta'sirida yuzaga kelgan adabiyot va san'atdagi yo'nalishlar, xamda oqimlar butun boshli avlodlarni voyaga yetishishi, axloqiy normalarni orqaga chekinishi, nikox va oilaga eskilik sarqiti deb, erkinlikni bug'ish deb qarashni shakllantirdi.

"Ommaviy madaniyat" ta'sirida ayollarning oiladagi an'anaviy vazifalaridan ozod etilishi esa ularning oila va nikoxga munosabatini tubdan o'zgartirib yubordi. Bugungi kunda millionlab Amerikalik xotin-qizlar femenist ayollarning qarashini qabul qilib, turmush qurish va bola tug'ishdan voz kechmoqda. Shu sababli P. Btiyukenen Amerika xalqiga qarata deydi: "1950 - yillarda boshlangan „ommaviy madaniyat" harakati 1990 - yillarga kelib millatimizni naslsizlik balosiga duchor

"Ommaviy madaniyat" muayyan siyosiy kuchlar tomonidan ilgari suriladimi, yoki yangi marksistlar, sotsialistlar tomonidan targ'ibot qilinadimi, baribir natijasi milliy madaniyatga zarba berishdir. «Ommaviy madaniyat»ning asl maqsadi har kuyga solish mumkin bo'lgan olomonni shakllantirish bo'lgani bois, u ma'naviy oziq beradigan, badiiy yuksak, o'quvchini mushohadaga undab, tasavvur olamining kengayishiga xizmat qiladigan asarlarning yaqiniga yo'latmaydi.

60 yillardan rivojlangan Rok xarakati XX asrning ikkinchi yarmidagi badiiy xayotning yorqin timsoliga aylandi. U Angliya va AKShdan oyoq olib butun dunyoni egallab oldi. "Ommaviy madaniyat"ning tub ildizlaridan quvvat olgan bu rok-xarakatning ijodkorlari Elvis Presli, "Betliz" va boshqa guruxlar o'z chiqishlari bilan mashxur bo'ldilar.

Aslida, Musiqaning tarbiyaviylik xususiyati uni tinglash, his etish, munosabat bildirish kabi estetik madaniyat tizimi orqali izohlanadi. Lekin ba'zi bir hollarda ayrim estrada musiqa namunalari yoshlarning ahloqiy olamiga zo'rlik bilan ta'sir ko'rsatishga urinmoqda. Ular asosan G'arb musiqasi namunalari yoki ularga taqliddir. Hozirgi davr ultra musiqasining ayrim turlari ("bit", "rok", "rep", "pop")

qildi" [7].

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

yoshlarni ma'naviy qashshoqlikka, tubanlikka boshlamoqda. Bunday bema'ni va behayo musiqalarning ba'zi «namunalari» bizga ham yetib kelgan. G'arb musiqasining shiddat bilan yoshlarimiz hayotiga va ongiga kirib kelishini garchand yangilik sifatida qabul qilsak ham, ularning fe'l-atvorida jiddiy burilish yasalayotganligi bor gapdir. G'arb musiqiy janrlarining yoshlar tarbiyasi, yashash tarziga mos kelayotganini inkor eta olmaymiz. Ularning ta'bi, didi shuni talab qilayapti. Lekin jazavaga tortuvchi, bir xil so'zlarni ko'p takrorlayveradigan, bir xil ritmga asoslangan musiqani ko'p tinglaydigan yoshlar, shubhasiz milliylikdan yiroqlashadi. Ularning ongu shuuriga shovqin-suronli musiqa shu darajada o'rnashadi-ki, natijada yurishturishi ham o'zgara boshlaydi. Shu boisdan yoshlarda to'g'ri estetik didni, insonning ma'naviy dunyosini boyituvchi haqiqiy go'zal musiqaga muhabbatni tarbiyalash, yangi inson - mustaqil davlat quruvchisini kamol toptirish uchun kurash jamiyatimizning muhim vazifasidir [8].

Madaniy inqilob bir necha avlod xayoti mobaynida g'alabaga erishgan bo'lsa, uni yengish uchun kamida yana shuncha vaqt talab qiladi. Dunyo mafkuraviy poligonga aylangan va g'oyaviy kurash manfaatlar kurashida asosiy vosita bo'lar ekan, undan keyin janglar siyosiy maydonda emas, axlok, tafakkur va ma'naviyat soxasida kechadi. Zero raqiblar shunchaki bir siyosiy partiya bo'lmasdan , u o'zga e'tiqod, g'oya va mafkuralarga va aniq maqsadga ega bo'lgan kuchlardan iborat bo'ladi. Bunda maktab ta'limi , ommmaviy axborot vositalari xamda milliy g'oya munosabati va nuqtai nazari hal qiluvchi kuchga aylanadi. Bu o'rinda so'z g'oyat muxim masala- yoshlarning ongi va qalbi xususiyatida borayotir[9 ].

Yevropaparastlik va amerikacha madaniyat ta'siri, shu ta'sirga jiddiy moyillik -«ommaviy madaniyat»ga ergashish, odatda dunyoqarashi, ongi to'liq shakllanmagan, milliy g'oya va qadriyatlar mohiyatini anglab yetmagan yoshlar orasida ko'prok kuzatilmoqda. Milliy asoslari, mazmun-mohiyatidan begona ruhiyatda voyaga yetayotgan yoshlar tabiiy ravishda sanab o'tilgan madaniyatlarga taqlid kiladi va bundan manfaat izlovchi turli yot kuchlar qurboniga aylanib boradi.

Yoshlarimiz yot mafkuralar targ'ibotining "mehribonligi", "xolisligi" va "betarafligi", "yoqimliligi", "do'stonaligi"ning ortida nima yotganini doimo bilishlari lozim. Ya'ni ularning zaminida O'zbekistonning rivojlanib ketishiga qarab muntazam taktikasini o'zgartirib turuvchi jonsarak aqidaparastlik targ'iboti natijasi va amaliyoti yotganini, ularning an'anaviy fundamentalistik nazariyasi va g'oyalarni zamonaviy usullarda "jonlantirayotganligini" tushunish zarur[10].

Xozirgi davrda inson ongi va qalbini egallash uchun kurash borayotgani xech kimga sir emas. Shuning uchun yot g'oyaviy ta'sirlarga qarshi kurashd a uzilishlarga

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

yo'l qo'yib bo'lmaydi. Bunday sharoitda begona g'oyalarning qo'poruvchi tasiriga qarshi doimiy va uzliksiz aksil targ'ibotni tashkil etish muhim sanaladi.

Aytish kerakki, madaniyatning ommaviylashuvi va "Ommaviy madaniyat" tushunchalari bir xil ma'noni bermaydi. Birinchisi, madaniyatlar almashinuvi, milliy madaniyatlarning rivojlanishi va uning elementlarini ommaviylashuvini bildirsa, ikkinchisi, g'oyaviy ta'sir vositasi, milliy madaniyatning kushandasi sifatida namoyon bo'ladi.

Davlatimiz rahbarining 2021 yil 26 martdagi «Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori negizida ilgari surilgan «Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari» g'oyasi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalarda olib borilayotgan yangilanishlar, ma'naviy-ma'rifiy yo'nalishda olib borilayotgan faoliyatning, yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirishga xizmat qiluvchi ta'lim va tarbiya usullarini asosi bo'lib xizmat qiladi.

Xulosa qilib aytganda, yuqorida sanab o'tilgan muammolarni bartaraf etishda, birinchidan, targ'ibot-tashviqot tizimini shakllantirish, ikkinchidan, tashqi va ichki siyosiy holatni milliy mafkura bilan bog'lagan holda milliy manfaatlar negizida ko'rib chiqish va baho berish, uchinchidan, milliy mafkura negizlarini aniqlash va aniq siyosiy maqsadlarni ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish kerak bo'ladi.

«Ommaviy madaniyat» tahdidi, bugungi zamon voqelikka ochiq ko'z bilan, real va hushyor qarashni, jahonda va yon-atrofimizda mavjud bo'lgan, tobora kuchayib borayotgan ma'naviy tahdid va xatarlarni to'g'ri baholab, ulardan tegishli xulosa va saboqlar chiqarib yashashni talab etadi. Shu bois yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yosh avlod ongida murakkab va tahlikali hayot haqida, uning shafqatsiz o'yinlari to'g'risida biryoqlama va soxta tasavvur bo'lmasligi lozim. Unutmasligimiz kerakki, ogoxlik va xushyorlik, mafkuraviy yetuklik va manaviyatlilik davrimizning talabidir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Dwight MacDonald "A Theory of Mass Culture", in Diogenes, No. 3, Summer 1953, pp. 3-4.

2. Saidov U. "Olomon adabiyoti", "Tafakkur" jurnali, 2008, №2, 5-bet.

3. Shavkat Mirziyoevning O'zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvdagi ma'ruzasi. «Xalq so'zi», 04.08.2017.

4. I.Karimov. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. T., "Ma'naviyat",2008, 142-bet.

5. Milliy istiqlol g'oyasi. Darslik.T.,"Akademiya" nashriyoti, T, 2005, 114-bet.

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

6. B'yukenen P. G'arbning halokati. "Jahon adabiyoti" jurnali, 2007, 1-son, 35-bet.

7. Allanbaev R. "Yoshlar ma'naviyatini shakllantirishda mo'siqa san'atining o'rni". O'zDSMI xabarlari — 2018, №1(5),38-bet.

8. Ibragimov S.E. Yoshlar tarbiyasida "Ommaviy madaniyat" tahdidi. "Sohibqiron yulduzi" jurnali 2022 yil № 1, b-140.

9. Ibragimov S.E. Globallashuv jarayonida "Ommaviy madaniyat"ning yoshlar tarbiyasiga tahdidi. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. No. 11, 2022, 397-402.

10. Ibragimov S. E. JADIDCHILIK HARAKATI //Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. - 2021. - Т. 1. - №. 3. - С. 119-129.

11. Ибрагимов, С. (2022). ГЛОБАЛЛАШУВ ЖАРАЁНИДА "ОММАВИЙ МАДАНИЯТ" НИНГ ЁШЛАР ТАРБИЯСИГА ТАДДИДИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(11), 397-403.

12. Ibragimov, S. E., & Ibragimov, J. S. O. G. L. (2022). MILLATLARARO TOTUVLIK VA DINIY BAGRIKENGLIK OZBEK XALQINING YUKSAK QADRIYATIDIR. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 811-818.

13. Ибрагимов, С. (2021). БАРКАМОЛ АВЛОДНИ ШАКЛЛАНТИРИШДА ГУЗАЛЛИК ТУШУНЧАСИНИНГ АХАМИЯТИ. Научно-просветительский журнал " Наставник ", (2).

14. Тураева, С. Х., Ибрагимов, С. Э., & Буриев, И. И. (2019). ЭСТЕТИКА КАК ОБЩАЯ ТЕОРИЯ ИСКУССТВО. In Colloquium-journal (N

15. Ochilova, N. R., & Ibragimov, S. E. (2019). THE ETHICS OF NONVIOLENCE AND ITS ROLE IN STRENGTHENING THE FAMILY. Theoretical & Applied Science, (10), 608-610.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.