Научная статья на тему 'MA’NAVIY MARGINALLASHUVDAN HIMOYALANISH – MILLIY MADANIY MEROSMIZNI ASRAB-AVAYLASH YO’LIDIR'

MA’NAVIY MARGINALLASHUVDAN HIMOYALANISH – MILLIY MADANIY MEROSMIZNI ASRAB-AVAYLASH YO’LIDIR Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
32
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ma’naviy tahdid / ma’naviy marginallashuv / globallashuv / mafkuraviy ta’sir / yoshlar onggi / «ommaviy madaniyat» / milliy-madaniy meros / axloqiy normalar / ijtimoiy tarmoqlar / media / moral threat / moral marginalization / globalization / ideological influence / youth consciousness / “mass culture” / national cultural heritage / moral norms / social networks / media.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Shakambarov Abdurashid Abdujabbarovich

Maqolada hozirgi jadal globallashuv sharoitida ma’naviy sohada kechayotgan jarayonlar tahlili, yoshlar ma’naviyatini shakllanishiga salbiy ta’sir o’tkazuvchi ma’naviy marginallashuv mohiyati haqida so’z yuritilgan. Yoshlar onggini himoyalovchi mexanizmning zarurligi, ma’naviy barkamol insonni, sog’lom avlodni tarbiyalashning ahamiyati yoritilgan. Anchagina chuqur salbiy oqibatlarga olib keladigan ma’naviy tanazzulni va unga sabab bo’layotgam ma’naviy marginallashuvdan himoyalanishning ahamiyati haqida so’z borgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROTECTION FROM SPIRITUAL MARGINALIZATION IS A WAY TO PRESERVE OUR NATIONAL CULTURAL HERITAGE

The article examines the analysis of the processes occurring in the spiritual sphere in modern conditions of rapid globalization, the nature of spiritual marginalization, which has a negative impact on the formation of the spirituality of youth. The need for a mechanism to protect the consciousness of young people, the importance of raising a spiritually mature personality and a healthy generation are emphasized. They talked about the importance of protecting against moral failure, leading to deep negative consequences, and the moral marginalization that causes it.

Текст научной работы на тему «MA’NAVIY MARGINALLASHUVDAN HIMOYALANISH – MILLIY MADANIY MEROSMIZNI ASRAB-AVAYLASH YO’LIDIR»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(9), September, 2023

MA'NAVIY MARGINALLASHUVDAN HIMOYALANISH - MILLIY -MADANIY MEROSMIZNI ASRAB-AVAYLASH YO'LIDIR

Shakambarov Abdurashid Abdujabbarovich

TerDU tayanch doktoranti a.shoqambarov@mail .ru

ANNOTATSIYA

Maqolada hozirgi jadal globallashuv sharoitida ma 'naviy sohada kechayotgan jarayonlar tahlili, yoshlar ma'naviyatini shakllanishiga salbiy ta'sir o'tkazuvchi ma 'naviy marginallashuv mohiyati haqida so 'z yuritilgan. Yoshlar onggini himoyalovchi mexanizmning zarurligi, ma'naviy barkamol insonni, sog'lom avlodni tarbiyalashning ahamiyati yoritilgan. Anchagina chuqur salbiy oqibatlarga olib keladigan ma 'naviy tanazzulni va unga sabab bo 'layotgam ma 'naviy marginallashuvdan himoyalanishning ahamiyati haqida so 'z borgan.

Kalit so'zlar: ma'naviy tahdid, ma'naviy marginallashuv, globallashuv, mafkuraviy ta'sir, yoshlar onggi, «ommaviy madaniyat», milliy-madaniy meros, axloqiy normalar, ijtimoiy tarmoqlar, media

АННОТАЦИЯ

В статье рассматривается анализ процессов, происходящих в духовной сфере в современных условиях стремительной глобализации, характера духовной маргинализации, оказывающей негативное влияние на формирование духовности молодежи. Подчеркивается необходимость механизма защиты сознания молодежи, важность воспитания духовно зрелой личности и здорового поколения. Говорили о важности защиты от морального падения, ведущего к глубоким негативным последствиям, и вызывающей его моральной маргинализации.

Ключевые слова: моральная угроза, моральная маргинализация, глобализация, идеологическое влияние, молодежное сознание, «массовая культура», национально-культурное наследие, моральные нормы, социальные сети, СМИ.

KIRISH.

Millat ruhiyatining ichki dunyosini, milliy madaniy merosini, o'tmishning osoru atiqalariyu bugunning qadriyatlarini o'zida jamlagan soha bu ma'naviy soha hisoblanadi. Jadallik bilan o'zgarayotgan bugungi kunda turli yangi tushunchalar, jarayonlar paydo bo'lib kundalik turmushimizning bir qismiga aylanib ulgurmoqda. Zamonaviy dunyoning o'ziga xos fenomeni bo'lmish marginallashuv ma'naviy

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

sohaning og'riqli nuqtalaridan biri bo'lib bormoqda - anchagina chuqur salbiy oqibatlarga olib keladigan ma'naviy tanazzulni keltirib chiqarmoqda.

MUHOKAMA VA NATIJALAR.

Yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalashda, sog'lom dunyoqarash va immunitetni shakllantirishda, jamiyatimizda sog'lom muhitni barpo etishda ma'naviyat va madaniyatning ahamiyati beqiyosdir. Chunki, ular millat dunyoqarashi va kayfiyatiga ta'sir o'tkazadilar. Agar jamiyatning kayfiyati va dunyoqarashi o'zgarib, o'z ma'naviyati, tarixiy milliy-madaniy meroslaridan uzoqlashib ketib, undan begonalashsalar, ular endi o'zlarining kelib chiqishlaridan tortib, to o'z millatlarining ham milliy qadriyatlari, an'analarini ham rad eta boshlaydilar. Keltirilgan fikrni isbotlash uchun yaqin o'tmishga, millatimiz tarixiga bir nazar solish kifoya.

Masalan, milliy - madaniy merosimizdan begonalashuvimiz bizlarni manqurtlarga aylantiray dedi, - deya fikr bildirgandi atoqli adib Chingiz Aytmatov. Adib o'z asarida manqurt obrazini yaratadi, manqurt - o'zligini unutgan kishi, hatto o'z ismini - otasi qo'ygan ismini ham eslolmaydi, onasini ham tanimaydi. Bu majoziy ma'noda yaratilgan obraz bugungi kun odamlariga ishoradir, ya'ni biz ham sovet tizimi davrida millatimiz tarixi, milliy ozodlik harakatlari va ularning sarkardalari, dinimiz va o'zligimizni unutay dedik.

Milliy mustaqillikka erishgach, madaniy va ma'naviy sohada begonalashuvni bartaraf etish boshlandi. Adiblarimiz hamda milliy ozodlik harakati nomoyondalari nomlari, milliy urf-odatlar, o'yinlar, marosim va qadriyatlar qayta tiklanishni boshladi. Xalq o'yinlari musobaqalari, xalq sayillari, diniy bayramlar ommaviy tarzda o'tkazila boshlandi. Biroq, shu bilan begonalashuv muammosi bizni to'la to'kis tark etmadi. U endi globalizmning xususiyatlaridan biri bo'lmish marginallashuv nomi ostida ko'rinish berdi. Mustaqillik bilan birga hayotimizga jahon xalqlari bilan turli jabhalardagi integrallashuv ham kirib keldi. Keng ko'lamli globallashuv boshqa xalqlar hayotiga jadal sur'atlar bilan kirib kelganidek bizning jamiyatimiz ham bundan mustasno bo'lmadi. Endi ma'lumotlar oqimi juda tez fursatda cheklanmagan miqdorda har bir inson hayotiga kirib kela boshladi. Internet tarmog'i esa bu jarayonni tezlashtirdi. Ilgari yangiliklar telekanal va radio orqali ulashilgan bo'lsa endi yer yuzi bo'ylab parallel sur'atda har qanday insonga yetib kela boshladi, hech qanday chegarasiz sur'atda. Yangicha formatdagi ommaviy tadbirlar, ko'ngilochar shoular, bayram va marosimlar chegara bilmay ommaga taqdim qilina boshlandi. Bu ommaviy tadbirlarni ichida insoniylikka, axloqiy me'yorlarga zid, milliy qadriyatlarga to'g'ri kelmaydiganlari ham yo'q emas albatta.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

Mashhur bo'lishni istagan yoshlar ommasi hatto, sharm-hayoni unutgan ommaga aylandi. Ular uchun yangi qadriyatlar paydo bo'ldi, yangicha formatdagi hayot mazmuni paydo bo'ldi. Ular marginallashgan shaxslarga aylanishdi, ular hamma uchun odatiy bo'lgan qadriyatlar, turmush tarzini rad etishdi, ular o'zlari yashayotgan jamiyatdan uzoqlashishdi. Bu kabi holatlar dastlab G'arbda ko'rinish bergan bo'lsa, endi Sharq jamiyati ham ko'r-ko'rona taqlid qilishga o'tdi. Bunga misol qilib zamonaviy Yaponiyadagi axmoqona shou-dasturlar, insonning shaxsiyatini yer bilan bitta qiluvchi o'yinlar, insonning intim hayotiga ham arashadigan reality-shoular, oila institutining tugab borishi, dastlab Koreyada serial ko'rinishida olingan va hozirgi kunda realiti-shouga aylanishi kutilayotgan "Kalmar o'yini" va boshqalarni keltirish mumkin. Bu holatlarning barchasi ommaviy madaniyat ko'rinishida butun dunyoga aql bovar qilmas tezlikda tarqalmoqda. Ilgari biror yangilik uning jamiyatga ta 'siri salbiy yoki ijobiyligi nuqtai nazaridan taqdim qilingan bo'lsa, bugun ular hech qanday filtrlarsiz, faktchekingsiz, jamiyat ruhiyatiga salbiy ta'sirini hisobga ham olmasdan internet tarmoqlari orqali yashin tezligida tarqalmoqda. Shavqatsizlik va zo'ravonlik holatlari, behayolik tasvirlangan mediamateriallar, manipulyatsiya ruhidagi kontentlar internet tarmog'ida taqdim qilinayotgan eng ko'p materiallarga aylanmoqda. Afsuski, bugungi globallashuv jamiyatdagi har bir shaxsning internet tarmog'idan erkin foydalanishiga imkoniyat yaratmoqda, ijtimoiy tarmoqlarning soni ham kundan kun ortib bormoqda. Yoshlarning zamonaviy axborot kommunikatsion qurilmalar, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi ham tabiiy hol albatta. Bularning hammasi kelgusi avlod ma'naviyatiga ta'sir qilmay qolmaydi, ularning milliy qadriyatlardan uzoqlashishiga, marginallashuviga sabab bo'ladi.

Madaniyat sohasidagi globallashuv ommaviy madaniyatning yaratilishiga olib kelmoqda. Yana bir jiddiy muammo: axborot jamiyati muhitida jahon xalqlarining milliy, madaniy qadriyatlari uyg'unlashib ketishini kuzatish mumkin. Bunday sharoitda esa dunyo xalqlari, xususan, kam sonli millatlarning milliy an'ana va qadriyatlari xavf ostida qoladi. G'arb olimlari tomonidan ayni shu jihatni ko'zda tutgan "erituvchi qozon nazariyasi" ham ilgari surilgan. Bu nazariya tarafdorlarining fikricha, axborot jamiyatida millatlarning qadriyatlari, an'ana va urf-odatlari xuddi bir qozonda qaynagan taomdek qo'shilib, aralashib ketadi.

Turli mamlakatlarda va turli qit'alarda yashovchi odamlar uchun yagona ta 'm (kola, spagetti, hotdog, gamburger, tort va hok), yagona qolipli tadbirlar (shou, konsert, olimpiada, to'y tadbirlari) moda (jinsi, krasovkalar, kostum shimlar va hok), turmush tarzi, boshqa mamlakatlardagi xulq-atvor normalari bilan bevosita tanishish (turizm, chet elda ishlash, migratsiya orqali) va boshqa shunga o'xshash omillar avvalgi madaniy qadriyatlardan voz kechib yangilarini qabul qilishga undamoqda.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

Jamiyat amalda bo'lib kelgan milliy madaniy qadriyatlarini yangi paydo bo'lgan ommaviy madaniyat bilan almashmoqda

XULOSA.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, ma'naviyatimizga bo'layotgan begonalashuv, asrlar osha shakllangan milliy madaniy merosimizga bepisand bo'lish, qadriyatlarimizdan uzoqlashish, ya'ni ma'naviy marginallashuv jarayoni imkon qadar hamjihatlikda, to'g'ri yondashuvlar asosida bartaraf qilinsagina yosh avlodda sog'lom dunyoqarash shakllanadi va taraqqiy etadi shu bilan birgalikda kelgusida kutilayotgan salbiy ijtimoiy-ma'naviy hodisalarning o'z vaqtida oldi olinadi.

Millat ma'naviyatini marginallashuvdan xalos etish uchun milliy-madaniy merosga bo'lgan munosabatni juda erta yoshdan shakllantirib, takomillashtirib borish, jamiyatning har bitta a'zosining ma'naviy qadriyatlardan yaxshi xabardor bo'lishini ta'minlash va bu sohada bajarilishi kerak bo'lgan loyihalar, ishlar uchun yetarlicha mablag' ajratilishini ta'minlash lozim deb o'ylayman.

REFERENCES

1. Yazdonov, U. B. T. (2023). RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA ULARNING JAMIYAT TARAQQIYOTIDAGI O 'RNI. Academic research in educational sciences, ^(SamTSAU Conference 1), 222-227.

2. Исторические корни и значение духовной маргинализации. A.A. Шакамбаров. INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL OF BIRUNI, Vol. 2, Issue 2. May. (2023), 133-137.

3. Shakambarov, A. (2023). MA'NAVIY MARGINALLASHUVNING PAYDO BO'LISHI VA SALBIY OQIBATLARI. Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 2(4), 88-89.

4. Shakambarov, A. A. (2023). MA'NAVIY MARGINALLASHUV YOSHLAR MA'NAVIYATI SHAKLLANISHIGA XAVF SOLUVCHI TAHDID SIFATIDA. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(6), 418-422.

5. Axborot jamiyati: xayolot emas, haqiqat. S. Yoqubov, "Tafakkur" jurnali, 2007 yil 4-son.

6. Shakambarov, A. A. (2022). YOSHLARIMIZ ONGIDA MADANIYAT TUSHUNCHASINI SHAKLLANTIRISHDA AUROBINDO GXOSH G'OYALARINING ROLI VA AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10), 654-657.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.