Научная статья на тему 'YANGI VIRTUAL OLAMDA INSON AXLOQIY ONGINING TRANSFORMATSIYASI'

YANGI VIRTUAL OLAMDA INSON AXLOQIY ONGINING TRANSFORMATSIYASI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
2800
156
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
virtual reallik / axloqiy ong / globallashuv / ommaviy madaniyat / axloq / ijtimoiy ong / internet / etika. / virtual reality / moral consciousness / globalization / popular culture / ethics / social consciousness / internet / ethics.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Boynazarov, Odiljon Fayzullayevich

Ushbu maqolada XXI asrda globallashuv va globalizasiya sharoitida ommaviy madaniyatning kuchayishi , inson ahloqiy dunyosining inqirozi, etosfera sofligining buzilishi muammolari falsafiy jihatdan tahlil qilingan. Virtual reallik ommaviy madaniyatning asosiy quroliga aylanib insonlarni manqurt (zombi)sha aylantirishi, insoniy munosabatlar ziddiyatlar kelib chiqshishiga, behayolik, jangarilik, buzuqlik va vahshiylikni targ’ib qilinishi va oddiy holatga aylanshi maqolaning asosiy muammo obyetkdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TRANSFORMATION OF HUMAN MORAL CONSCIOUSNESS IN THE NEW VIRTUAL WORLD

This article philosophically analyzes the problems of the rise of mass culture in the context of globalization and globalization in the XXI century, the crisis of the human moral world, the violation of the purity of the atmosphere. The main problem of the article is that virtual reality has become the main tool of popular culture, turning people into zombies, human relations into conflict, propaganda, arrogance, militancy, corruption and savagery, and becoming commonplace.

Текст научной работы на тему «YANGI VIRTUAL OLAMDA INSON AXLOQIY ONGINING TRANSFORMATSIYASI»

Scientific Journal Impact Factor

YANGI VIRTUAL OLAMDA INSON AXLOQIY ONGINING TRANSFORMATSIYASI

Boynazarov Odiljon Fayzullayevich

Samarqand davlat universtiteti mustaqil izlanuvchisi e-mail: odiljon.boynazarov@univ-silkroad.uz Samarqand, O'zbekiston

Ushbu maqolada XXI asrda globallashuv va globalizasiya sharoitida ommaviy madaniyatning kuchayishi , inson ahloqiy dunyosining inqirozi, etosfera sofligining buzilishi muammolari falsafiy jihatdan tahlil qilingan. Virtual reallik ommaviy madaniyatning asosiy quroliga aylanib insonlarni manqurt (zombi)sha aylantirishi, insoniy munosabatlar ziddiyatlar kelib chiqshishiga, behayolik, jangarilik, buzuqlik va vahshiylikni targ'ib qilinishi va oddiy holatga aylanshi maqolaning asosiy muammo obyetkdir.

Kalit so'zlar: virtual reallik, axloqiy ong, globallashuv, ommaviy madaniyat, axloq, ijtimoiy ong, internet, etika.

This article philosophically analyzes the problems of the rise of mass culture in the context of globalization and globalization in the XXI century, the crisis of the human moral world, the violation of the purity of the atmosphere. The main problem of the article is that virtual reality has become the main tool of popular culture, turning people into zombies, human relations into conflict, propaganda, arrogance, militancy, corruption and savagery, and becoming commonplace.

Keywords: virtual reality, moral consciousness, globalization, popular culture, ethics, social consciousness, internet, ethics.

В статье философски анализируются проблемы подъема массовой культуры в условиях глобализации и глобализации в XXI веке, кризиса нравственного мира человека, нарушения чистоты атмосферы. Основная проблема статьи в том, что виртуальная реальность стала главным инструментом массовой культуры, превращая людей в ламантинов, человеческие отношения в конфликты, пропаганду, пропаганду, дикость, разврат и дикость.

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

Scientific Journal Impact Factor

Ключевые слова: виртуальная реальность, нравственное сознание, глобализация, массовая культура, этика, общественное сознание, интернет, этика.

Axborot sohasidagi globallashuv qanchalik yuqori cho'qqisiga chiqqaniga bugungi kunda millionlab yoshlarning internetdan internetdan foydalanishga o'tganligi va o'z kasbining ustalarini internet tarmog'i orqali mablag' ishlab topayotganidan ham anglash mumkin. Shunday chigal va murakkab sharoitda biz uchun galdagi yeng muhim vazifalardan biri - yosh avlodning ongi hamda qalbini yot g'oyalardan, mafkuraviy tahdidlardan asrab-avaylashdir.

Shuni hisobga olgan holda, internet tizimi orqali ma'naviy targ'ibot ishlarini, jumladan, elektron kitobxonlikni kuchaytirishi zarur. Nega deganda, biz farzandlarimizning ongi, dunyoqarashi asrlar davomida sinovdan o'tgan, yuksak ma'naviyat xazinasi bo'lgan jahon va milliy adabiyotimiz asosida emas, balki qandaydir shubhali, zararli axborotlar asosida shakllanishiga beparvo qarab turolmaymiz [1.592].

Axborotlashgan jamiyatda aholini, ayniqsa yoshlarni kiberjinoyatchilikdan himoya qilish dolzarb vazifalardan biriga aylangan. Inson ma'naviy qiyofasini saqlab qolish, uning axloqiy ongini kiberhujumlardan saqlash dolzarbligicha qolmoqda. Shuni alohida ta'kidlash jozki, hozirgi davrda hech bir mamlakat bunday xavf-xatarga qarshi yolg'iz o'zi qarshilik ko'rsatishi juda qiyindir. Bunday sharoitda xalqaro hamkorlikni kengaytirish, globallashuv vositalaridan ayni damda foydalanish, kiberjinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashish zaruratga aylandi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ilmiy tadqiqotlarda hozirgi texnologik inqilob ayni paytda ham ijobiy, ham salbiy natijalarga olib kelayotganligi, chunonchi, kompyuter odamni ijobiy fikrlashdan mahrum qilib qo'yishi to'g'risidagi ba'zi fikrlarga duch kelamiz. Ularning birida shunday fikr bildiriladi: "bugungi odam kompyuter yonida texnik funksiyani bajaruvchiginadir. Boshqacha aytganda, u kompyuterni yemas, kompyuter uni boshqaradi. Kompyuter go'yoki uning tanasining ajralmas bir bo'lagiga aylanib qoladi. Shu bois uning bilimi kam bo'ladi. Unga ko'pgina tarixiy, texnik ko'nikmalarni ijobiy faoliyatning keragi bo'lmay qoladi. Bunday odamni qotib qolgan odam deb atash mumkin" [2.6].

Yuqoridagi fikrlarga biz to'la qo'shilamiz. To'g'ri, texnika taraqqiyoti bilan inson tafakkuri taraqqiyoti o'rtasida ziddiyatlar bor va ular bundan keyin ham davom

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 11

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

yetadi. Yuksak texnologiya, eng avvalo, inson tafakkuri taraqqiyotining mahsuli. Shu bilan birga bu hosila narsa tafakkurning yeng sirli raqobatchisidir. Ammo bu raqobat salbiy emas, balki ijobiydir. Tafakkur va texnika kashfiyotlari o'rtasidagi raqobat inson tafakkurini orqaga so'rmaydi, aksincha, uni yanada yuksaklikka ko'tarishga undaydi. Inson shu tariqa yanada chuqurroq, yanada kengroq fikrlashga majbur bo'ladi.

Ikkinchi tomondan, tafakkur taraqqiyoti tabiat kabi cheksizdir. Uni to'xtatadigan, orqaga buradigan bir kuch dunyoda yo'q. Uning miyasi ham tabiatning ajralmas bir bo'lagi. Shuning uchun u inson va tabiat o'rtasidagi munosabat faollashgan sayin yanada cheksiz, hududsiz rivojlanib boraveradi. Faqat texnika taraqqiyotini yaratuvchilardan yemas, balki ularni ishga soluvchilardan aql-idrok yuksakligi, diyonat hukmi, vijdon amali talab qilinadi. Chunki texnika kashfiyotlaridan ezgu maqsadlar uchun ham, yovuz maqsadlar uchun ham foydalanish mumkin.

Zamonaviy aloqa vositalari, jumladan internetdagi ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining munosabatlari va taraqqiyotning bu mahsulidan foydalanish xususida ko'p gapirildi.Yangi virtual olamning rivojlanishi insonda ortiqcha, aqlga sig'mas, hyech bir ahloq qoidalariga to'g'ri kelmaydigan xoxish-istaklarni keltirib chiqarmoqda. Virtual olamda tanishish, do'stlashish va xatto nikoh tuzilish holatlari kuzatilmoqda. Ayni damda ommalashib borayotgan holat virtual nikoh haqida to'xtalsak.

"Axborotlashgan jamiyat" deb nom olgan XXI asrda global tarmoqdagi xabarlar oqimi va sig'imi yaqin yaqin vaqtlar ichidagi zamonaviy odam bo'lgan Homo Sapiyensni, kommunikasion aloqalar ichidagi inson, ya'ni - Homo Virtusga o'zgartirib qo'yishi mumkinligi haqidagi farazlar tadqiqotchilar o'rtasida qizg'in muhokama qilinmoqda [3. 15]. Hattoki ba'zi tadqiqotlarda "homo virtus", "digital natives", "net generation", "the milleenials" kabi tushunchalar virtual makonda yashovchi ijtimoiy subyekt va virtual borliqdagi axborotning asosiy iste'molchilari, deb ta'kidlanmoqda [4. 159].

Millatimizda, oila tushunchasi muqaddas hisoblanadi. Shu sababdan oilaviy munosabatlarga jiddiy qaraladi. Urf-odatlarimizga ko'ra, kelin yoki kuyovlikka nomzodning nasl-nasabi, salomatligi, ijtimoiy ahvoli obdon so'rab-surishtiriladi. Sovchilik, Maslahat oshi , Unashtiruv , Fotiha to'y kabi urf-odatlarning zamirida baxtli nikoh, mustahkam oila barpo yetish muddaosi yotadi. Afsuski, davrimizga kelib, zamonaviy texnika va axborot vositalari milliy qadriyatlarimizga rahna solyapti. Virtual tanishuv, Virtual do'stlik, Virtual sevgi kabi ijtimoiy tarmoqlardagi munosabatlar sirasiga Virtual nikoh jumlasi ham kirdi. Taassufki, muqaddas nikoh

Scientific Journal Impact Factor

munosabatiga jiddiy qaramaydigan, ma'nan qashshoq bo'lgan kishilar ijtimoiy tarmoqlarda turmush qurib, ajrashishga ham ulgurishyapti.

Nikoh insoniy aloqalar ichidagi eng muqaddas aloqadir. Chunki u Allohning amriga muvofiq, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga amal qilaroq bir necha mo'min-musulmonlarning ishtiroki va guvohligida amalga oshiriladigan muqaddas aloqadir. Shuning uchun ham boshqa insoniy aloqalardan farqli o'laroq, nikoh aqdi tuzishning o'ziga yarasha rukn va shartlari bor. Agar mazkur rukn va shartlar amalga oshmasa, nikoh sahih bo'lmaydi.

Internetda Virtual nikoh, Virtual oila qurishga ishonadiganlarning ruhiy muammosi borligi aniq. Ko'p hollarda real hayotdan qo'rqadigan, ruhan yolg'iz va o'ta irodasiz kishilar bunday soxta munosabatlarga chuv tushishadi. Tushkunlik paytda, ularni yolg'iz qoldirmagan ma'qul. Chunki shundoq ham ruhiy iskanja holatida bo'lgan insonni virtual munosabatlar real hayotdan uzoqlashtirib, jamiyatdan ajratadi. Muammolarni badtar chigallashtiradi. Tabiiyki, virtual hayotga berilganlarga, boshqalar telbaga qaraganday qarashadi. Oqibatda ruhiy tushkunlikdagi odam yonidagilardan uzoqlashib, virtual yaqin iga osongina bog'lanadi. Virtual munosabatlar inson, ayniqsa, shaxsiy hayotdan omadi chopmagan kishiga ta'siri oson kechishi sababi shundaki, bu olamda inson o'zi xohlaganidek yashaydi. Albatta, aldamchi hayot shirin tuyuladi. Irodasi ojiz kishi virtual munosabatlarga mukkasidan ketadi.

Internet tizimi orqali insonlarning ongiga g'oyaviy "hujum" uyishtirish holatlari kuzatilmoqda. Bunday jarayonlarni amalga oshirishda yesa kibermakon qulay muhit manbaiga aylanib ulgurgan. Kibermakon dunyo kompyuter tarmoqlarining "virtual " umumiy majmui. Kibermakonda sodir bo'lishi mumkin bo'lgan, insonni ham ma'nan, ham jismonan yo'q qilishi mumkin bo'lgan kuch kiberterorizmdir.

Hukumatimiz tomonidan fuqarolarning vaqtini tejash, ularda chiqarilayotgan qonunlarga hurmat hissini uyg'otishga qaratilgan turli xildagi chora tadbirlar ko'rilmoqda. Bunda yaqindan internet tizimi komakchilik qilmoqda. Xususan, ijtimoiy tarmoqdagi kanallari, internet tarmog'idagi saytlar (lex.uz, my.gov.uz va boshqalar)ni misol keltirishimiz mumkin. "Elektron hukumat" tizimi internet tarmog'idan oqilona foydalanishning natijasi o'laroq yuzaga keldi. Bu tizimning ahamiyati va uni rivojlantirish to'g'risida davlatimiz rahbari shunday fikrni bildirdi: "Yelektron hukumat"ni tashkil yetish dasturi doirasida biznes va axoliga elektron tizimlar, shuningdek, "yagona darcha" tizimi orqali barcha davlat xizmatlarini ko'rsatish yo'lga qo'yiladi.

Scientific Journal Impact Factor

Hozirgi kunda ko'plab mamlakatlarda internetdan foydalanish konikmalari fakultativ dars sifatida maktab dasturiga kiritila boshladi. Buni ham grifingga qarshi kurashishning o'ziga xos usuli sifatida ko'rsatish mumkin. Negaki, fakultativ darslar orqali bolalar internetdan olinadigan ma'lumotlarning qanchalik haqqoniy va to'g'ri ekanini tekshirishga o'rgatiladi. Bunday darslar, ayniqsa, o'smirlar uchun zarur. Internetda grifingdan tashqari o' smir yoshlar uchun yana bir qancha xavflar ham bor. Ya'ni bolalar va internet muammosi tobora chuqurlashib borayotgan bir paytda, ekstremistik xarakterdagi sekta va uyushmalar saytlarining foydalanishga ochiqligi, virtual firibgarlikka keng yo'l qo'yilganini ham e'tibordan chetda qoldirib bo'lmaydi. Bolalarning qiziquvchan tabiati ularni yuqorida tilga olingan turdagi saytlarga yetaklashi, bu veb sahifalarda ularning ruhiy yoki jismoniy sog'ligiga xavf soluvchi ma'lumotlarni ko'rishiga olib kelishi tabiiy.

Axborot asri bo'lgan XXI asrda insoniyatning virtual olam bilan bog'langanlik darajasi oshib bormoqda. Virtual reallik orqali inson qabul qilayotgan informasiya miqdori oshib, ba'zi bir holatlarda inson ularni analiz qilishga qodir bolmay qolmoqda.

Axborot xurujlariga qarshi kurashishning samarali usuli, unga qarshi tura oluivchi kadrlar guruhini tashkil qilishdir. Davrimiz yoshlarining qiziquvchanligini hisobga olgan holda mamlaktimizda axborot-resurs markazlarining sonini oshirish va orqali ularning "feyk" xabarlar ta'siridan asrash nazarta tutiladi.

Axborot-resurs markazlarining asosiy vazifalari yetib quyidagilar belgilandi:

■ ta'lim muassasalari o'quvchilari hamda aholining zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda muntazam ta'lim olishi va mustaqil ravishda talim olishiga ko'maklashish;

■milliy ma'naviy-axloqiy qadriyatlarni keng kolamda targ'ib qilish, xalqning madaniy-tarixiy merosidan bahramand bo'lishini ta'minlash, ma'naviy boy va uyg'un kamol topgan shaxsning ijodiy o'sishi uchun imkoniyat yaratib berish;

■ yangi axborot texnologiyalari (ma'lumotlar yelektron bazalari, internet resurslari) asosida aholiga axborot xizmati ko'rsatish;

■madaniy, ta'lim, axborot hamda boshqa dastur va loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun ta'lim muassasalari, mahalliy o'zini o'zi boshqarish organlari, milliy madaniyat markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish va hokazolar. Insonning harakati natijasida uning ahloqiy qarashlari yuzaga keladi. U bu ahloqni qayerdan olishi juda muhimdir. Virtual olamdan olinajak xar bir informasiya kishi ahloqiy qarashlarini poklikka undashi lozim.

Scientific Journal Impact Factor

Hozirda biz keng ko'lamda foydalanib kelayotgan internet ombori o'ziga barchani ohangrabodek tortmoqda. Bugun dunyoda o'z ta'sir doirasini kengaytirish, kishilar ongini boshqarishga urinayotgan g'arazli kuchlar ham borki, ular Internetdan qurol sifatida foydalanishmoqda. Hozirgi kunda axborot oqimining ko'pligi bois ma'lumotlarning hammasini tahlil qilishga, obdon fikr yuritishga ulgurilmaydi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali uzatilayotgan ma'lumotlarning ta'sir yetishi turli kurinishlarda bo'lmoqda. Avvalo bunga yoshlarning yendigina kurtak yozayotgan tafakkur tarzi reaksion tasirga uchramoqda. Bu yesa ma'lumotni qabul qilishdan avval uni analiz qilib olish funkisiyalari yetarli darajada ishlamayotganidan dalolatdir. Buning oqibati o'laroq yoshlar orasida ahloqsizlikning kuchayishi, milliy mentalitetga umuman yod g'oyalarning yoshlar ongida rivojlanishi, oilalarning buzilishi kabi ayanchli holatlarni kuzatishimiz mumkin.

Dunyo rivojlanib borgani sari uning biz payqamay qolgan, ammo o'ta dolzarb bo'lgan qirralari chiqib bormoqda. Virtuallik orqali ommaviy madaniyat globallashib bormoqda. Albatta bu juda yaxshi. Chunki jahonda bo'layotgan voqyea hodisalar va yangiliklardan tez fursatlardan habardor bo'lish zamon talabidir. Respublikamizda olib borilayotgan tub iqtisodiy, ijtimoiy islohotlar negizida ham aynan mana shunday omillar turibdi desam mubolag'a bo'lmaydi.

Prof. Sh.S.Kushakov fikricha, kompyuter asri yangi dezinformasiyani vujudga keltirdi, ya'ni feykli dezinformasiya. Demak virtual olamda ko'proq yolg'on ma'ulomotlar tarqatish, kishilarni aldash, chalg'itish oson kechmoqda [5.19].

Bugungi kunda Internetdan vaqtichog'lik va pochta xizmatidan tashqari, turli kuch va manfaatlar to'qnashuvidagi axborot quroli sifatida samarali foydalanib kelinayotganini ko'rish mumkin.Internet tarmog'ining mohiyatini tushuntirish uchun uning mantiqiy tuzilishini anglab olmoq kerak. Internetda axborotni paketli uzatish tamoyilidan foydalaniladi. Internetda tarmoqning samarali ishlashi uchun mavjud axborotni qanday qilib paketlar holatiga uzatish va yetkazilgan axborotni qayta tiklash hamda bo'laklangan paketlarni foydalanuvchiga qanday yetkazish kerakligi muammosini hal qilish lozim bo'ladi.

Internet (International Network— xalqaro kompyuter tarmog'i) butundunyoni qamrab qolgan global kompyuter tarmog'idir. Hozirgi kunda Internet dunyoning ko'plab (150 dan ortiq) mamlakatlarida 100 millionlab abonentlarga yega. Internet dastlab faqat tadqiqot va o'quv yurtlariga xizmat qilgan bo'lsa, u ishlab chiqarish doirasida ham keng tarqalmoqda. Internet bir qancha qulayliklarga yega yekanligi bilan ajralib turadi. Bular tarmoqning tezkorligi, arzonligi, aloqaning keng qamrovli ekanligidir.

Scientific Journal Impact Factor

Postnoklassik fanlarda sinergetika, virutalistika, global evolyusionizm, inson muammosi yangi shaklanayotgan postnoklassik tafakkur tarzining xarakterli jihatiga aylanli. [6.21]. Umuman olganda internet vaqtni va mablag'ni tejashga yordam berishidan tashqari axborotlarni juda tez uzatish va qabul qilish, kerakli ma'lumotlarni juda tez izlab topish, uzogimizni yaqin qilish, onlayn suhbatlar qilish, dunyo voqyelaridan qisqa fursatlarda xabardor bo'lish kabi ko'plab imkoniyatlarni yaratib beradi.

Inson internet olamida o'zini istagan qiyofada, hohlagan holatda namoyon qilishi mumkin. Shu nuqtai nazardan inson internet olamida, ya'ni virtual reallikda "menga hamma narsa ravo" g'oyasi asosida ish tuta boshladi. Har bir qiladigan ishimiz konnstitusiya va qonunlar bilan tartibga solinib turiladi, ammo virtual olam qonuniyatlari ba'zida real olam qonunlariga zid tarzda harakat qilishini ko'rmoqdamiz. Virtual reallikda bo'ladigan voqyea hodisalarga insonda birinchi taqlid paydo bo'ladi. Lekin inson psixikasidan bizga ma'lumki, u har doim "minus" tomonini tez ko'radi va tez o'zlashtiradi. Fikrimizning isboti sifati quyidagi misolni keltirishimiz mumkin. Shunday ekan, o'zbek xalqini tanlagan yo'lidan chalgi'tish uchun internet orqali qilinayotgan mafkuraviy xurujlarni tahlil qilish maqsadga muvofiq.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz, -T.: "O'zbekiston", 2018. - B.592.

2. Ermatov H. Insoniyat dard qidirmog'dami, darmon? //Muloqot,2000, 6-son, -B.6.

3. Плешакова В. Кибер онтология и психология безопасности информатсионной сферы: аспекты киберсотсиализатсии человека в сотсиалных сетях Интернет среды // Вестник, 2014. -С. 15.

4. Королева Н. Семио сфера личности. Санкт- Петербург , 2005. -С. 159.

5. Кушаков Ш.С. Фейковая модел дезинформасии как разновидност симулякора // Yoshlarni g'oyaviy tarbiyalashning dolzarb masalalari. Talabalar ongida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish" mavzusidagi respublika ilmiy-nazariy konferensiyasi materilalari. Samarqand, 2019. - S 19-21.

6. Sultanova G.S. The essence and nature of postnonclassical scientific thinking. « Школа Науки» • № 3 (14) • Февраль 2019 .. «School of Science» • № 3 (14) • February 2019", 2019. - P. 21-23.

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.